OLIY NERV FAOLIYATI FIZIOLOGIYASI
Reja:
1.Oliy nerv faoliyati haqida umumiy tushuncha.
2.Bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i faoliyatini o‘rganishda I.M.Sechenov va
I.P.Pavlovning xizmati.
3.Shartli va shartsiz reflekslar. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati, hosil
qilish qoidalari, usullari va turlari.
4.Bosh miya yarim sharlarida kuzatiladigan tormozlanishlar.
5.Dinamik steriotip. Nerv sistemasining tiplari. I.P.Pavlov ta’limotining
chorvachilikdagi ahamiyati.
TAYaNCh IBORALAR:
O.N.F.,po‘stloq,po‘stloq osti tuzilma,evolyusiya,kul rang va oq modda
yegatlar,tuban,suduralib yuruvchi va sut emizuvchii yuqori darajada rivojlangan
issiqqonli hayvonlar, kuzatish, ta’s irlash, qisman va to‘liq olib tashlash,
elektroensefalografiya, kibirnetik, klinik, shartli va shartsiz refleks, neyrogliya,
uchburchaksimon, duksimon, assosion, kommisural, proeksimon, I.M.Sechenov va
I.P.Pavlov, determinizm, analiz va sintez, tuzilish va struktura, analizatorlar yadrosi,
ko‘rish, yeshitish qismi, teri va proprioresepsiya po‘stloq qismi mator, peremator,
qo‘shimcha mator qismi, retseptorlar, oziqa ko‘rinishi, qo‘ng‘iroq chalinishi yoki
metronom tebranishi, yirtqich hayvon, moslashish, ta’sirot kuchi, so‘lak ajratish
usuli, tabiiy va sun’iy shartli refleks, tashqi va ichki tormozlanish, chegaradan
chiqqan tormozlanish, reflekslarni so‘nishi, differensiasiyalanish, tormozlanishni
kechikishi, 80, 85, 90, 100, irradiasiya, konsentrasiya, induksiya, manfiy va musbat
induksiya, dinamik steriotip, qo‘zg‘aluvchan, harakatchan, inert, nimjon tip, uyqu,
mavsumiy, gipnotik, norkotik, patologik, 1-2 signal tizmi.
1. Oliy nerv faoliyati deganda, M.N.S.sining misli ko‘rilmagan darajada
rivojlangan oliy qismi-bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘i va po‘stloq osti
tuzilmalarining ishtirokida hosil bo‘ladigan reflektor reaksiyalar tushiniladi. Katta
yarim sharlar po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalar ishtirokida hosil bo‘ladigan
reflektor reaksiyalar - shartli reflekslardir. Demak, shartli reflekslar po‘stloq
faoliyatining, ya’ni oliy nerv faoliyatining mazmuni, mohiyatini tashkil qilib,
organizmning xulq atvorini belgilaydi. Miya po‘stlog‘ini faoliyati orqali organizm
uzluksiz o‘zgarib turadigan tashqi muhit sharoitlariga moslashib, turli ta’sirotlarga
nisbatan qulay vaziyatni yegallaydi.
Evolyusion taraqqiyot jarayonida katta yarim sharlar po‘stlog‘i boshqa
organlardan keyin rivojlangan. Past taraqqiy yetgan o‘mirtqali hayvonlarda katta
yarim sharlar po‘stlog‘i taraqqiy yetmagan bo‘lib, miyaning kul rang moddasini
hosil qiluvchi nerv hujayralari avval sudralib yuruvchilarda paydo bo‘lib, ularni
miya po‘stlog‘ining asosiy qismini targ‘il tana tashkil qiladi. Bir oz yuqoriroq
rivojlangan organizmlardan qushlar miyasining po‘stlog‘ida yegatlar bo‘lmasa ham,
targ‘il tana yaxshi rivojlangan bo‘lib, sut emizuvchiilarda miya po‘stlog‘i o‘z
taraqqiyotining yuksak nuqtasiga yerishgan. Sut emizuvchiilar katta yarim sharlar
po‘stlog‘i o‘rta miyani qarib o‘rab olib, yegatlar soni ko‘p, kulrang moddasining
sathi kengaygandir. Sut emizuvchii hayvonlar qancha taraqqiy yetgan bo‘lsa miya
po‘stlog‘i ham shunchalik rivojlangandir. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i sut
emizuvchii hayvonlar vakillaridan odamlarda misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy
yetgan bo‘lib, odamlar xulq-atvori va ong nuqtai nazaridan boshqa sut
emizuvchiilardan sifat tomonidan farq qiladi. Demak, evolyusion taraqqiyot
bosqichlaridan birida hayvonot olamining vakillarida miya po‘stlog‘ining paydo
bo‘lishi
so‘ngra
tegishlicha
rivojlanib
borib,
organizm
funksiyalarining
M.N.S.sining boshqa qismlari bilan miya po‘stlog‘i tomonidan boshqarilishi taqazo
qilingan ya’ni funksiyalar miya po‘stlog‘iga bog‘liq bo‘lgan.
Miya po‘stlog‘i tashqi muhit bilan M.N.S.sining quyi qismlari orqali aloqada
bo‘lib, tashqi muhit ta’sirotlari muayyan nerv tolalari orqali M.N.S.sining tegishli
qismlariga uzatilib u yerda tegishli nerv bog‘lamlari orqali miya po‘stlog‘iga berilib,
po‘stloqdagi javob reaksiyasi nerv yo‘llari orqali M.N.S.quyi qismlariga undan
organizmning tegishli organlariga uzatiladi. Shunday qilib, miya po‘stlog‘i organizm
organlariga o‘z ta’sirini M.N.S. qo‘yi qismlari orqali o‘tkazar ekan.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyatini o‘rganish xilma-xil usullar
yordamida o‘rganiladi:
1. Kuzatish usuli - hayvon xulq atvorini kuzatib, turli ta’sirotlar ta’siriga xulq
atvori o‘rganilib, bu usul oliy nerv faoliyati to‘g‘risida chuqur tushunchalar
bermaydi. Shuning uchun bu usuldan boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi.
2. Miya po‘stlog‘ini ta’sirlash usuli - miya yarim sharlarini turli qismlarini
ta’sirlab, organizmda yuz beradigan o‘zgarishlarga qarab, ta’sirlangan joyning
vazifasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
3. Miya po‘stlog‘ini to‘liq yoki qisman olib tashlash usuli yordamida miya
po‘stlog‘ini yoki uning qismlarini organizm uchun ahamiyati o‘rganiladi.
Organizmlarning taraqqiy yetish darajasiga bog‘liq ravishda po‘stloqning to‘liq yoki
qisman olib tashlanishi uning xulq atvorida muayyan o‘zgarishlar hosil qiladi.
4. Po‘stloq biotoklarini qayd qilish-elektroensefalografiya usuli miya
po‘stlog‘ida hosil bo‘lgan biotoklarni yozib olib, hosil bo‘lgan yegri chiziq-
elektroensefalogrammaga qarab, miya funksiyasi haqida hulosa qilinadi.
5. Kibernetik usullar keyingi yillarda keng qo‘llanilib, nozik va aniq ishlaydigan
mexanizmlar yordamida miya faoliyatini turli holatlarini sun’iy gavdalantirish
moddellashtirish jarayoni bo‘lib, miya faoliyatini aniq o‘rganishga yordam beradi.
6. Klinik usullar. Turli kasalliklar davrida miya faoliyatini o‘rganish.
7. Shartli reflekslar usuli-po‘stloq faoliyatining mohiyatini yoritadigan qulay
usuldir. Shartli reflekslar usullari yordamida po‘stloqni asl fiziologik jarayoni
o‘rganiladi. Po‘stloq faoliyatini o‘rganishda anatomik, gistologik, gistoximik,
bioximik, biofizik usullardan keng foydalaniladi.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining hujayra strukturasi. Miya po‘stlog‘i nerv va
tayanch to‘qima-neyrogliya hujayralaridan tuzilgan bo‘lib, katta yarim sharlar
po‘stlog‘ida nerv hujayralari ustma-ust joylashib bir necha qavatdan iborat.
1.Qavat - malekullyar qavat-po‘stloqning eng tashqi qavati, neyrogliya
hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, nerv hujayralari kamdir.
2.Qavat - tashqi donali qavat turli shakldagi mayda nerv hujayralaridan iborat.
3.Qavat - o‘rta va katta piramidasimon hujayralardan tuzilgan.
4.Qavat - ichki donador qavat- mayda hujayralardan iborat.
5.Qavat - ganglioz qavat Besning katta piramidasimon hujayralaridan iborat.
6.Qavat - polimorf hujayralar qavati ikkiga bo‘linib: uchburchaksimon
hujayralardan tashkil topgan tashqi qavat va duksimon hujayralardan tashkil topgan
ichki qavatdan iborat.
Miya po‘stlog‘ining faoliyatida nerv hujayralaridan tashqari po‘stloqning turli
qismlarini o‘zaro va M.N.S.sining quyi qismlari bilan bog‘lanishini ta’minlovchi
nerv tolalarini o‘rni muhimdir.
Miyaning oq moddasini tashkil yetuvchi nerv tolalar uch xildir:
1) assosion ya’ni biriktiruvchi tolalar, bir yarim sharni ikki qismini o‘zaro
bog‘laydi.
2) kommisural ya’ni tutashtiruvchi tolalar, ikki yarim sharning o‘zaro
simmetrik qismlarini bir-biri bilan bog‘laydi.
3) proeksion, o‘tkazuvchi tolalar, po‘stloq bilan M.N.S.si quyi qismidagi
kulrang modda to‘plamlarini bir-biri bilan bog‘laydi. Bu uch xil tolalar afferent va
yefferent tolalardan iborat.
2.Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i dastlab I.M.Sechenov tomonidan
o‘rganilib Bosh miya reflekslari degan asarida ta’riflanishi asosida oliy nerv
faoliyati haqida ta’limotga asos yaratildi. Keyinchalik po‘stloq faoliyati I.P.Pavlov
tomonidan atroflicha o‘rganildi. I.P.Pavlovning shartli reflekslar usuli katta yarim
sharlar po‘stlog‘ining faoliyatini o‘rganishda katta ahamiyatga yega bo‘lib, shu usul
asosida katta yarim sharlar fiziologiyasini o‘rganishga imkoniyat tug‘iladi.
I.P.Pavlov po‘stloq faoliyatini atroflicha o‘rganib, oliy nerv faoliyati haqida uchta
materialistik prinsipni ilgariga suradi.
1.Determinizm prinsipi-tabiatda sodir bo‘ladigan har qanday hodisalarning
sababi bo‘lgani kabi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida yuzaga keladigan hodisalar ham
ma’lum bir sababga bog‘liqdir. Biz ba’zan biror jarayonni sababini aniqlayolmasak,
bu ularni sababi yo‘q degan xulosaga olib kelmasligi kerak, uni aniqlayolmasligimiz
biz qo‘llayotgan usullarni mukammal emasligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2.Analiz va sintez prinsipi. Miya po‘stlog‘i ta’sirotlarni analiz qilib, qismlarga
ajratadi. Shu qismlarni darrov birlashtirib, yaxlitlaydi, sintez qiladi. Po‘stloqning
analiz faoliyatiga binoan predmetning alohida - alohida shakli farq qilinib, rangi, hidi
ajratiladi, sintez faoliyati tufayli belgili predmet haqida tushincha hosil qilinib,
ta’sirotni keltirib chiqadigan predmet haqida yakun yasaladi.
3.Tuzilish struktura prinsipi organizmdagi istalgan jarayon zaminida belgili
struktura yotib, har bir jarayoni anatomo fiziologik birlik, tegishli struktura keltirib
chiqarishini asoslaydi. Demak organizm jarayonlari moddiy bo‘lganligi uchun
po‘stloqdagi jarayonlar ham moddiy bo‘lib ularning ham moddiy asosi-strukturasi
bor.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘i turli qismlarining funksional va struktura
hususiyatlari. Organizmda biror funksiyaning boshqarilishida bosh miya katta yarim
sharlar po‘stlog‘ining qaysi qismi ishtirok yetishi to‘g‘risida juda ko‘p qarama-
qarshi fikrlar aytilgan bo‘lib, ba’zi olimlar bosh miya po‘stlog‘ining ma’lum bir
nuqtasi ma’lum bir funksiyani bajaradi desa, boshqalari bu fikrni inkor qilgan. Ular
miya po‘stlog‘ining barcha qismi struktura va funksional jihatidan bir xil deb
hisoblab, ma’lum bir funksiyani boshqarilishida butun miya po‘stlog‘i ishtirok
yetadi deganlar. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ini turli qismlari turli
funksiyalarni boshqarishini I.P.Pavlov isbotlagan. U miya po‘stlog‘ining tegishli
qismlarida muayyan funksiyalarni boshqaradigan ixtisoslashgan hujayralar guruhi,
analizatorlar yadrosi joylashganligini, analizatorlar yadrosi po‘stloqda tarqoq
joylashgan hujayralar bilan bog‘langan bo‘lib, ular o‘rtasida chegara yo‘q deb
tushuntiradi. Shuning uchun ham po‘stloqning birorta yadrosi shikastlansa, uning
vazifasini po‘stloqni turli qismlarida joylashgan analizatorlar bilan bog‘liq
hujayralar ma’lum darajada boshqaradi. Lekin bu hujayralar analizatorlar yadrosiga
o‘xshash mukammal analiz va sintez qila olmaydi, ya’ni u yadro vazifasini to‘liq
bajara olmaydi. Demak, miya po‘stlog‘ida ma’lum funksiyalarni bajaradigan
markazlar borligi nisbiy tushuncha bo‘lib, belgili funksiyani yuzaga chiqishida
po‘stloqni turli qismidagi hujayralar qatnashar ekan.
Bir xil funksiyalarni boshqarishda ixtisoslashgan po‘stloq hujayralari tuzilish
va funksional hususiyatlariga ko‘ra bir qancha qismlarga bo‘linib, katta yarim sharlar
po‘stlog‘ining qismlari quyidagilardir.
Ko‘ruv qismi-po‘stloqdagi ko‘ruv analizator qismi po‘stloq yensa sohasida
joylashgan. Po‘stloqni chakka qismida yeshitish analizatorining markaziy qismi
joylashgan bo‘lib, eshituv qismi deyiladi. Teri, chandir, paylardan keladigan
ta’sirotlar po‘stloqning markaziy nuqtasida, Roland yegatining orqa sohasida analiz
va sintez qilinib, po‘stloqning bu qismini teri va proprioresepsiyaning po‘stloq qismi
deb ataladi. po‘stloqdagi Roland yegatining oldingi qismi harorat reaksiyalarini
boshqarishda qatnashadi. Harakatni yuzaga chiqaradigan gavda muskullarining
faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan qismga mator qism deyiladi. Po‘stloqning mator
qismidan yirik piramidal hujayralar po‘stloq osti yadrolari, MNS.sining quyi qismi
hatto orqa miya bilan bog‘langandir. Yirik piramidal hujayralarning o‘simtalari
po‘stloqning targ‘il tana. qizil yadro, qora substansiya, miyacha va orqa miyaning
harakatlantiruvchi yadrolari bilan bog‘laydigan pastga tushuvchi yo‘llarini hosil
qiladi. po‘stloq mator qismining shikastlanishi organizmni turli qismlarini
falajlanishiga olib keladi. Mator qismdan oldinroqda peremetr qism, po‘stloqning
medial sohasida qo‘shimcha mator qism joylashgan.
Po‘stloqning barcha qismlari organizmni tegishli qismlaridan kelayotgan
impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob reaksiyasini beradi. Bu javob
reaksiyalar M.N.S.sining qo‘yi qismlari orqali muayyan organga uzatilib, muayyan
reflektor akt ro‘yobga chiqadi. Demak, miya po‘stlog‘ining barcha qismlari tegishli
holatda tashqi muhitdan moddiy dunnyodan axborot olib, bu axborotga kerakli javob
berib, organizm funksiyalarini tashqi muhitga mukammal moslashuvini ta’minlaydi.
Miya po‘stlog‘idagi hujayralarning ta’sirotlarga javoban ko‘rsatadigan reaksiyasi
o‘sha hujayralar bilan bog‘langan boshqa qismlardagi hujayralarning ishtirokida
yuzaga chiqadi.
3.Shartli reflekslar haqida ta’limot. Organizmning barcha reflekslari ikki
guruhga shartli va shartsiz reflekslarga bo‘lib o‘rganiladi. Shartsiz reflekslar,
tug‘ma, nasldan-naslga o‘tuvchi, hayot davomida deyarli o‘zgarmay qoladigan
reaksiyalar bo‘lib, bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtirokisiz ro‘yobga
chiqadi. Shartli reflekslar shartsiz refleks asosida hayot davomida hosil bo‘lib,
zaruriyati qolmaganida yo‘qolib, nasldan-naslga o‘tmaydi, miya po‘stlog‘ini
ishtirokida ro‘yobga chiqadi. Shartli va shartsiz reflekslarni bir-biridan farqini aniq
tasavvur yetish uchun so‘lak ajralishiga taaluqli shartli va shartsiz reflekslarni ko‘rib
chiqaylik. Yangi tugilgan qo‘zi onasini yemmasdan so‘lak bezlari so‘lak ajratmaydi
va onasini yemaboshlaganida hosil bo‘lgan so‘lak ajralishi shartsiz refleks yo‘li bilan
yuzaga chiqadi. Bu refleksda qo‘zi onasini yemayotganida og‘ziga tushayotgan sut
og‘izdagi retseptorlarni qo‘zg‘atib, retseptorlar qo‘zg‘alishni markazga intiluvchi
nerv tolalariga berib, u orqali uzunchoq miyadagi so‘lak ajratish markaziga borib uni
qo‘zg‘atadi. Uzunchoq miyadagi markazning qo‘zg‘alishi katta yarim sharlar
po‘stlog‘idagi so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘alishi bilan davom yetib, uzunchoq
miyadagi markaz faoliyati miya po‘stlog‘idagi oliy markaz nazoratida bo‘ladi.
Demak, miya va po‘stloqdagi markazlar qo‘zg‘alib, ta’sirotni analiz va sintez qilib,
hosil bo‘lgan javob reaksiyasi uzunchoq miyadan M.Q.N. orqali so‘lak bezlariga
yuboriladi va so‘lak ajrala boshlaydi. Keyingi kunlarda qo‘zi onasini uzoqdan ko‘rib,
hali uni yemmasdan so‘lak bezlari so‘lak ajrata boshlaydi, ya’ni sutni emmay balki
onasini uzoqdan ko‘rishi so‘lak ajratish uchun kifoya bo‘ladi ya’ni shartli reflektor
yo‘l bilan so‘lak ajraladi. Qo‘zi har gal sut emmoqchi bo‘lib harakat qilganda onasini
ko‘rgan va yemgan. Ya’ni, har bir marta, oldin miya po‘stlog‘idagi ko‘rish markazi,
so‘ng so‘lak ajratish markazi qo‘zg‘algan. Bunday tartibda qo‘zg‘alish bir necha
marta takrorlanganidan so‘ng bu markazlar o‘zaro aloqador bo‘lib qoladi.
Aloqadorlik mustahkamlanib, barqarorlashib bolani ko‘rish po‘stlog‘idagi ko‘rish
qismi qo‘zg‘alib qolmay balki u bilan aloqador bo‘lgan so‘lak ajratish oliy
markazining qo‘zg‘alishi sabab bo‘ladi. So‘lak ajratish markazini qo‘zg‘alishi
uzunchoq miyadagi so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘atib, uzunchoq miyadagi
markazning quzg‘alishi M.Q.N.ni tegishli tolalari orqali so‘lak bezlariga o‘tkazilib,
so‘lak ajratilishiga sabab bo‘ladi. Demak, shartsiz refleksni ro‘yobga chiqishida
normada ham po‘stloq ishtirok yetadi, lekin bu vaktda po‘stloqning ishtiroki shart
bo‘lmay, po‘stloqdagi markaz qo‘zg‘almaganida ham shartsiz refleks hosil
bo‘laveradi. Lekin shartli refleks hosil bo‘lishida miya po‘stlog‘ini ishtiroki zaruriy
shart bo‘lib, shartli refleks po‘stloqdagi ikki markazni o‘rtasida yuzaga kelgan
aloqadorlik tufayli hosil bo‘ladi. Shartli refleks hosil bo‘lganida po‘stloqdagi
markazlar o‘rtasidagi aloqadorlik vaqtincha funksional aloqador bo‘lib, bu
markazlar o‘rtasida anatomik bog‘lanishlar hosil bo‘lmaydi. Ya’ni bu markazlardan
biri bir qancha vaqt ikkinchisi bilan birga qo‘zg‘almay qolsa, markazlar o‘rtasidagi
bog‘lanish vaqtincha uzilib, bu shartli refleksni yo‘qolishiga olib keladi. Bu shartli
refleksni qayta tiklash mumkin. Buni uchun har ikkala po‘stloqdagi markazlar yana
bir necha marta birga qo‘zg‘atilishi kerak. Shartli refleks hosil bo‘lishi uchun shartsiz
ta’sirot bilan shartli ta’sirot ta’sir qilishi lozim.
Qo‘zilarda so‘lak ajralishini shartli refleksini hosil bo‘lishini taxlil
qilganimizda qo‘zi sut yemganidan so‘ng, onasini ko‘rgan paytda so‘lak ajralishini
ko‘rdik. Shu paytda onaning ko‘rinishi shartli, og‘izga emilgan sut shartsiz
ta’sirotdir. Demak, shartli refleks hosil bo‘lishi uchun shartli ta’sirot shartsiz
ta’sirotdan oldin ta’sir qilishi lozim va shu ta’sirot bilan birga davom yetib uni
mustahkamlashi kerak.
Shartsiz reflekslar turga xos bo‘lib shartli refleks individga xos bo‘lgan
reflektor reaksiyalardir. So‘lak ajratish hamma hayvonlarga xos va bir turdagi
hayvonlarda so‘lak ajratish bir xil bo‘lib, sut emizuvchii hayvonlarning barchasi
og‘ziga ozuqa tushganida so‘lak ajratadi. Ba’zan hayvon o‘zining konkret yashash
sharoitiga binoan qo‘shimcha ta’sirotga ham so‘lak ajratishi kuzatiladi.
Masalan: shartsiz ta’sirot bilan birga davom yetadigan boshqa ta’sirot-
harorat, yorug‘lik, tovush, ximiyaviy moddalarga shartli refleks, hosil qilish
mumkin. Shunday qilib, miya po‘stlog‘ini vazifasi navbatma-navbat qo‘zg‘aladigan
turli markazlar o‘rtasida funksional bog‘lanish hosil qilish, ya’ni shartli refleks hosil
qilishdan iborat. Shulardan kelib chiqib, po‘stloq faoliyatini mazmuni deganda
shartli refleks hosil qilish, mustahkamlash, sharoit o‘zgarganda so‘ndirish, yo‘qotish
tushuniladi. Demak, hosil bo‘lgan har bir shartli refleks muhitning organizm oldiga
qo‘ygan yangi vazifasidir. Tashqi muhitni uzluksiz o‘zgarishi organizm oldiga
yangi-yangi vazifalarni qo‘yadi. Organizm yesa ularga javob reaksiyalarini ishlab
chiqaradi.
Organizm shartli reflekslrni hosil qilib tashqi muhitga moslashib, hayot
uchun ahamiyati qolmaganlarini-yeskirganlarini yo‘qotadi. Masalan: oldin
qo‘ng‘iroq chalinib, hayvonga oziqa berilib, bu hodisani bir necha marta takror-
lanaborilsa va keyinchalik birgina qo‘ng‘iroq chalinishini o‘zi so‘lak ajrali-shini
yuzaga keltiradi ya’ni qo‘ng‘iroq ovoziga shartli refleks hosil bo‘ladi. Bu vaqtda
po‘stloqdagi yeshitish qismi bilan so‘lak ajratish oliy qismlari orasida funksional
aloqa hosil bo‘lib, qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajralaboshlaydi. Demak,
qo‘ng‘iroq chalinishi hayvonning o‘sha vaqt oralig‘ida hayot uchun oziqala-nishiga
aloqador signal yoki ahamiyatli ta’sirot. Keyinchalik qo‘ng‘iroq chalinib hayvonga
ovqat berilmay qo‘yilsa, hayvon qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajratmay qo‘yadi.
Qo‘ng‘iroq chalinishi va ovqat berilishi birga bo‘lmaganligi uchun po‘st-loqdagi
so‘lak ajratish va yeshitish qismlari orasida aloqa uziladi. Qo‘ng‘iroq chalinishi,
hayvon va uning oziqalanishi uchun ahamiyatsiz bo‘lib, shartli refleks so‘nadi.
Demak, shartli refleks hosil qilinganidan so‘ng uni yo‘qolib ketmasligi uchun shartli
ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan quvvatlanib turilishi lozim.
Hayvon oziqalanish, himoyalanish yoki o‘zi uchun zarur shartli reflekslarni
hosil qilib, yashayotgan sharoitda hayot uchun ahamiyatini yo‘qotgan shartli
reflekslarni yo‘qotib zaruriyat tug‘ilganida ularni tiklaydi.
Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Shartsiz reflekslar organizmning
nasldan-naslga o‘tadigan tug‘ma reflekslari bo‘lib, tashqi muhit o‘zgarmasa,
hayvonni shu muhitga moslashuvini ta’minlaydi.
Shartli reflekslarning organizm uchun ahamiyati katta bo‘lib, muhit
to‘xtovsiz o‘zgarib, organizm xilma xil ta’sirotlarga uchrab, shu ta’sirotlarga
organizm shartli refleks hosil qilib aniq va mukammal javob beradi. Shartli reflekslar
tufayli organizm ta’sirot bo‘lishini oldindan bilib, javob berishga hozirlik ko‘radi va
ta’sirotga nisbatan eng kulay vaziyatni yegallaydi. Masalan: hazm jarayonlariga
xilma-xil shartli reflekslar hosil bo‘lganligi tufayli, hayvon ozuqani iste’mol
qilmasdan uni hazm qilishga tayyorgarlik ko‘radi. Oziqani ko‘rinishi hidi,
oziqalanish vaqti va oziqalanishga aloqador boshqa ta’sirotlar, hayvon ozuqani
olmasdonoq hazm sistemasining turli qismlaridan tegishli hazm shiralari-so‘lak,
me’da shirasi, me’da osti bezining shirasi, o‘t suyuqligi va boshqalar ajraladi va
iste’mol qilingan ozuqalar oldindan ajralgan shiralar ta’siriga duchor bo‘lib yaxshi
hazmlanadi.
Shartli refleks hosil bo‘lishi natijasida hayvon turli xavf xatardan
himoyalanadi. Hayvon bolasi hali yirtqich hayvonni ko‘rmagan bo‘lsa, u yirtqich
hayvondan qochib o‘zini himoya qilmaydi. Hayvon tajribasi ortishi bilan
ta’sirotlarga shartli refleks hosil qilib yirtqich hayvonni ko‘rinishi bilan qochishga
harakat qiladi. Demak, shartli reflekslar organizmlarni boshqa muhitga
moslashishida shartsiz reflekslardan yuqori turib, organizmning turli ta’sirotlarga
oldindan tayyorlanishiga yordam beradi.
Shartli reflekslarni hosil qilishda qo‘yidagi qonuniyat va qoidalarga rioya
qilinishi lozim.
1.Shartli ta’srot shartsiz ta’sirotdan 10-20 sekund oldin ta’sir qilishi lozim.
2.Shartli va shartsiz ta’sirot ikkalasi bir necha marta birgalikda ta’sir qilishi
lozim.
3. Shartli va shartsiz ta’sirotlar kuchi o‘rtacha bo‘lishi lozim.
4. Hayvon miya yarim sharlar po‘stlog‘ini aktivligi normal, organizmda
patologik jarayonlar bo‘lmasligi, tajribada qo‘llanilgan shartli va shartsiz ta’sirotdan
boshqa yot ta’sirotlar organizmga ta’sir qilmasligi kerak.
Shartli refleks hosil qilish usullari. Shartli refleks har xil ta’sirotlardan
o‘zgarishini inobatga olib, shartli refles hosil qilinayotgan hayvon yeksperementator
va tajribaga aloqasi yo‘q ta’sirlardan ajratilishi lozim, ya’ni tajribada hayvonni chet
tovush, hid, harorat, yorug‘lik va boshqa ta’sirlar kiraolmaydigan maxsus kameraga
joylashtirib, shartli refleks uchun kerakli asbob va moslamalar kamera ichida bo‘lishi
kerak. Shartli refleksni birnecha xil usullar bilan hosil qilish mumkin.
1. So‘lak ajratish usuli-I.P.Pavlov bu usul yordamida bosh miya yarim sharlar
faoliyatini o‘rgangan bo‘lib, buning uchun hayvon so‘lak bezi lunjidan tashqariga
chiqarib tikilgan va so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil qilingan. Har xil hayvonlar
so‘lak bezlaridan so‘lak bir xilda ajralmaganligi uchun, bu usuldan qishloq xo‘jalik
hayvonlarining oliy nerv faoliyatini o‘rganishda kam qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida shartli reflekslarni himoyalanish, harakat,
harakat - ovqatlanish usullaridan foydalaniladi.
Himoyalanish - harakat usuli qo‘llanilganda oyoqni shartsiz refleksi asosida
shartli refleks hosil qilinadi. Buning uchun tajriba hayvonining oldingi oyoq
bilakuzuk bo‘g‘ini atrofi jundan tozalanib, fiziologik eritma bilan namlanib,
induksion g‘altakga ulangan elektrodlar bog‘lanadi. Induksion g‘altakdan
berilayotgan ta’sirot shartsiz ta’sirot, hushtak, qo‘ng‘iroq chalish, terini isitish yoki
sovitish yoki boshqa signallardan shartli ta’sirot sifatida faoydalaniladi. Oldingi
oyoqlarni bukish shartli refleksi hosil qilinadi. Shu paytda shartli ta’sirot berilganida
1-5 sekund o‘tishi bilan oyoq elektr toki bilan ta’sirlanib, tajriba bir necha marta
takrorlangandan keyin shartli refleks hosil bo‘lib, oyoq harakatlari pnevmatik
moslama yordamida kimografga yozib olinadi.
Harakat ovqatlanish usuli yordamida shartli refleks hosil qilish uchun hayvon
yerkin harakatlanadigan kamera yoki xonaga joylashtirilib, ozuqani shartsiz,
qo‘ng‘iroq. yorug‘lik signallari va boshqalarni shartli ta’sirot sifatida qo‘llab,
hayvonni tegishli joyga harakat qilib borib ovqatlanishga shartli refleks hosil
qilinadi. Shartli refleks hosil qilinganidan so‘ng birgina shartli ta’sirot hayvonni
oziqalanish joyiga harakat qilib borishiga sabab bo‘ladi.
Shartli reflekslarni turlari. Shartli reflekslar bir necha xil bo‘lib: shartli
ta’sirot xiliga qarab tabiiy va sun’iy shartli reflekslar farq qilinadi. Shartli refleks
hosil qilish uchun qo‘ng‘iroq, har xil yorug‘lik signallari, metranomning tabranishi
sun’iy ta’sirlardan shartli ta’sirotchi tariqasida foydalaniladi va bularga hosil bo‘lgan
shartli reflekslar sun’iy shartli refleks deyiladi.
4. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida kuzatiladigan tormozlanishlar.
Nerv sistemasida ham boshqa organ sistemalardagidek ya’ni bosh miya yarim
sharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuzatiladi.
Po‘stloq qo‘zg‘alganda shartli refleks hosil bo‘lsa, tormozlanganida shartli
reflekslar yo‘qolaboradi.
Po‘stloqda ikki xildagi tormozlanishlar farq qilinadi.
1. Shartsiz yoki tashqi.
2. Shartli yoki ichki.
Shartsiz tormozlanishlarni ikki xili farq qilinib.
1. Tashqi tormozlanishlar.
2. Chegaradan chiqqan tormozlanishlarga bo‘linadi.
Tashqi tormzlanish miya po‘stlog‘idagi shartli refleks markazi bilan birga
boshqa markaz kuchli qo‘zg‘alganda kuzatilib,kuchli qo‘zg‘algan markaz o‘zidan
kam kuchli qo‘zg‘algan markazni tormozlaydi. Hozirgi holatda shartli refleksni
tormozlaydigan markaz, shartli refleks markazidan tashqarida joylashib, tashqi
tormozlanish deyiladi. Masalan: itda so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil qilingan
bo‘lsa, shu it so‘lak ajratayotgan paytida unga mushukni ko‘rinishi so‘lak ajralishini
tormozlaydi. Ya’ni mushuk ko‘rinishi tegishli markazni qo‘zg‘atib, so‘lak ajratish
markazini tormozlaydi yoki sigirlar sog‘ilayotganida shovqin-suron ko‘tarilishi,
begona odamlarni paydo bo‘lishi sut berish refleksini tormozlaydi. Ichki organlardan
kelayotgan ta’sirotlar shartli refleksni tormozlaydi. Masalan:qovuqning kuchli
to‘lishi, qusish va boshqalar shartli reflekslarni toromzlashi mumkin.
Tormozlanish jarayonini kuchi nerv markazlar holatiga bog‘liq. Juda och
qolganda ya’ni ovqatlanish markazi kuchli qo‘zg‘alganda bu markazni haddan
tashqari kuchli qo‘zg‘algan markaz tormozlashi mumkin.
2. Chegaradan chiqqan tormozlanish. Shartli tormozlanishni bir ko‘rinishi
bo‘lib, shartli ta’sirot kuchi yoki uni ta’sir qilish muddati kuchli oshib ketganida
kuzatiladi. Masalan: so‘lak ajralishiga qo‘ng‘iroq chalib so‘lak ajralishining shartli
refleksi hosil qilingan bo‘lsa, shu itga qo‘ng‘iroqni avvalgidan kuchli yoki uzoq vaqt
chalinib, so‘lak ajralishini tormozlab qo‘yish mumkin. Bu nerv hujayralarining
qo‘zg‘alishini chegara va me’yori borligidan dalolat beradi.
Shartsiz tormozlanish tug‘ma bo‘lib, markaz bilan birga M.N.S.sining qo‘yi
qismlariga ham xosdir.
Shartli tormozlanish po‘stloqga xos bo‘lib sekin paydo bo‘ladi va uzoq vaqt
davom yetadi.
Shartli refleksni shartli ta’sirot bilan doimo mustahkamlanib turilmasa shartli
tormozlanish paydo bo‘lib qoladi.
Tormozlanish shartli refleks markazida paydo bo‘lib, uni ichki tormozlanish
deyiladi va to‘rtta turi farq qilinadi.
1. Shartli refleksning so‘nishi. Shartli refleks hosil qilinganidan so‘ng ta’sirot
avvalgisidan boshqacha qilib ta’sir yetilsa va shu boshqa ta’sirot shartsiz ta’sirot
bilan mustah- kamlanmasa, shartli reflekas so‘nadi. Masalan: itda qo‘ng‘iroq
chalinishiga shartli refleks hosil qilinganidan keyin, shu shartli refleks avvalgiday
qo‘vvatlanib, mustaxkamlanib borilsa, so‘lak ajralishini shartli refleksi saqlanib
turaberadi. Agarda qo‘ng‘iroq chalinishi o‘zgartirilsa, cho‘zilib chalinsa, yoki uzib
chalinib, shartsiz ta’sirotchi oziqa berish bilan qo‘vvatlanmasa shartli refleks
so‘nadi.
Agar miya po‘stlog‘i tormozlanganidan so‘ng shu yeski tarzda qo‘ng‘iroq
chalinsa yoki qo‘ng‘iroq chalinishi bilan olov yoqilsa itda yana so‘lak
ajralaboshlanishi mumkin ya’ni refleks tormozdan tushadi.
2. Shartli refleksni differensiasiyalash. Hayvon shartli ta’sirotni unga juda yaqin
ta’sirotdan farq qiladi. Hayvonda shartli refleks hosil qilingandagi ta’sirotdan ozgina
o‘zgargan ta’sirot berilganda uni farqlay oladi, ya’ni shartli refleksni
generalizasiyalanishi kuzatiladi. Lekin hayvon o‘ziga ta’sir qilayotgan unga yaqin
boshqa ta’sirotni farqlaydi.Masalan: it metranomning 100 marta tabranishiga so‘lak
ajralishini hosil qilgan bo‘lsa, shu it 90-80-85 marta metranom tebranishiga ham
so‘lak ajratadi, yoki yuqoridagi ta’sirot geperelizasiyaga uchraydi. Keyin itni
metranomni 100 tebranishiga oziqa berib so‘lak ajratishini mustaxkamlasak, boshqa
tebranishlarga
so‘lak
ajratmaydi.
Ya’ni
ta’sirotni
differensiasiyalaydi.
Differensiasiyalovchi tormozlanish asosida po‘stloqni analiz faoliyati turib ta’sirotni
farqlaydi va javob reaksiyasini ishlab chiqaradi.
3. Shartli tormoz. Shartli ta’sirot, shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmasa va
shu shartsiz ta’sirot bilan boshqa ta’sirot kimbinasiyasi mustahkamlanmasa, shartli
tormozlanish hosil bo‘ladi. Masalan A shartli ta’sirotga shartli refleks hosil qilinib,
birinchi A ta’sirotning o‘ziga, so‘ngra V ta’sirot bilan kombinasiyasiga shartli
refleks hosil bo‘ladi. Keyinchalik A ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib,
A+B kombinasiyasi mustahkamlanmasa, shartli refleks A ta’sirotga hosil bo‘lib,
A+B ta’sirotga shartli refleks hosil bo‘lmay shartli tormozlanish hosil bo‘ladi. Shartli
tormozlanishda hayvon birmuncha o‘xshash va birmun o‘zgacha ta’sirotlarni analiz
qiladi va bir biridan ajratadi. Shartli tormoz hosil qilish uchun shartli ta’sirot bilan
qo‘shimcha ta’sirot birga qo‘shilib, bir vaqtda ta’sir qilingandagina yuzaga keladi.
Agar berilayotgan ta’sirotlar orasida tafavut bo‘lsa ikkinchi tartibli shartli refleks
hosil qilsa bo‘ladi.
4.Shartli reflekslarning kechikishi. Shartli ta’sirot bilan shartsiz ta’sirot
o‘rtasida farq bo‘lsa, shartli refleks kechikishi mumkin. Masalan chiroq yoqilishiga
nisbatan so‘lak ajiralish shartli refleksi hosil qilingan hayvonda chiroq yoqilishi
bilan oziqa berish o‘rtasida 1-5 sekund o‘sa, chiroq yoqilishiga so‘lak ajiralaberadi,
agar chiroq yoqilishi bilan oziqa berilish davri o‘rtasida 2-3 minut farq qiladi. Keyin
chiroq yoqilishi bilan so‘lak ajiralishi o‘rtasida ham 2-3 minut farq bo‘ladi. Demak,
shartli ta’sirot shartli refleks markazini avval tormozlab, so‘ng qo‘zg‘atadi.
Shartli tormozlanishlarni organizmga axamiyati katta bo‘lib, shartli
tormozlanish bo‘lmasa, organizm shartli ta’sirot bo‘ladigan turli ta’sirot-signallarga
keraksiz reaksiyalar bilan javob berabergan bo‘lar yedi. Tormozlanish tufayli
organizm o‘zi uchun zarur reaksiyalarni vujudga keltiradi va tashqi muhitga
moslashadi.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi irradiasiya, konsentrasiya va induksiya
hodisalari. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish va
tormozlanish avval po‘stloq bo‘ylab irradiasiyalanib, keyin yana to‘planib -
konsentrasiyalanadi. Po‘stloq irradiasiya xususiyati tufayli shartli refleks hosil
bo‘lib, shartli ta’sirotga tabiatan yaqin turadigan ta’sirotlarga ham shartli reaksiya
bilan javob beradi. Masalan: metranomning 100 marta tebranishi bilan birga 80, 85,
90 marta tabranishlariga so‘lak ajraladi. Keyinchalik metranomning 100 marta
tebranishi
shartsiz
ta’sirot
bilan
mustahkamlanib,
boshqa
tebranishlari
mustahkamlanmasa, metranomning 100 marta tebranishiga so‘lak ajralib, boshqa
tebranishga ichki tormozlanish hosil bo‘lib, qo‘zg‘alish shartli refleks markazida
to‘planib, konsentrasiyalanib, so‘lak ajralmaydi. Konsentrlanish tufayli hayvon
ta’sirotlarni bir-biridan farqlaydi. Po‘stloqda irradiasiya va konsentrasiya
hodisasidan tashqari induksiya hodisasi kuzatilib, induksiya irradiasiyaga qarama-
qarshi hodisa bo‘lib, qo‘zg‘alish yoki tormozlanishning konsentrasiyalanishiga
yordam beradi. M.N.S.sining boshqa qismlari singari po‘stloqda ham musbat va
manfiy induksiya kuzatiladi. Qo‘zg‘alish manbaining tormozlanish qismi manfiy
induksiya, tormozlanish manbaining atrofida qo‘zg‘alish qismi musbat induksiya
hosil bo‘ladi. Demak, po‘stloqda kuzatilayotgan jarayonlar murakkab: irradiasiya,
konsentrasiya va induksiya hodisalari quzg‘alish va tormozlanishning o‘zaro turli
munosabatlari bilan bog‘langan.
Miya po‘stlog‘ida ta’sirotlarning analiz va sintez qilinishi. Po‘stloqning eng
muhim vazifalaridan biri ta’sirotlarni analiz va sintez qilishdir. Ta’sirotlar
retseptorlar orqali qabul qilinib M.N.S. va uning oliy qismi bosh miya yarim sharlar
po‘stlog‘ining tegishli qismlariga uzatiladi. Bu ta’sirotlarga retseptorlarda tuban
analiz amalga oshirilib, bu retseptorlardan ko‘zdagi retseptorlar yorug‘likdan,
quloqdagi retseptorlar tovush to‘lqinlarining ta’sirlaridan qo‘zg‘aladi.
M.N.S.ning quyi qismlarida analiz yuzaga chiqib, bu analiz uncha
mukammalashmagan bo‘lib, mukammalashgan nozik analiz faqat bosh miya yarim
sharlar po‘stlog‘ida kuzatiladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining analiz
faoliyatining asosida ichki tormozlanishlar yotib, ta’sirotlarning analizi po‘stloqdagi
har xil neyronlarning birgalashib ishlashidan hosil bo‘ladi. Natijada ta’sirotning
ayirim yelementlari farq qilinadi, bir-biridan ajratiladi va differensatsiyalanadi.
Ta’sirot analiz qilinishi bilan sintez qilinadi. Sintez oqibatida po‘stloqdagi
har
xil
ta’sirotlar
o‘zaro
bog‘lanib,
birlashtiriladi,
ularni
yelementlari
umumlashtirilib, ta’sirotga yakun yasaladi va shartli refleks hosil bo‘lib, tegishli
organ va umuman organizm faoliyati ma’lum yo‘nalishda o‘zgarib, reflektor akt
yuzaga chiqadi. Shunday qilib, organizmga ichki va tashqi muhitdan kelayotgan
ta’sirotlarni po‘stloq to‘xtovsiz analiz qilib, organizm shu ta’sirotlarga muayyan
reaksiyalar bilan javob beradi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining analiz va sintez
faoliyati tufayli hayvon o‘zi uchun zarur biologik maqbul shartli reflekslarni hosil
qiladi.
5.Dinamik steriotip. Organizm hayot faoliyati davrida har kuni turli tuman
ta’sirotlarga uchraydi. Bu ta’sirotlar muayyan tartib bilan ta’sir yetib tursa po‘stloq
shu ta’sirotlarga muayyan qo‘zg‘alib va tormozlanib ma’lum steriotip hosil bo‘ladi.
Po‘stloqdagi bu sistemalik I.P.Pavlov tomonidan dinamik steriotip deb ataldi.
Dinamik stereotip po‘stloqning sintez qilish faoliyatini mahsuli. Po‘stloqda dinamik
steriotipning paydo bo‘lishini qo‘yidagi misolda ko‘rib chiqamiz. It o‘rgatuvchi itga
har kuni tartib bilan o‘tir, yot, to‘siqdan o‘t deb topshiriq berib, it shu
topshiriqni o‘rganganidan so‘ng (steriotip hosil bo‘lganidan keyin) itga birgina
o‘tir deyish bilan o‘tiradi va qolgan topshiriqlarni kutmasdan bajaradi. Ya’ni
yotadi to‘siqdan o‘tadi. Dinamik steriotipni to‘g‘ri tushinib olsak chorva mollarini
to‘g‘ri parvarishlab, ulardan to‘g‘ri foydalanishda katta ahamiyatga yega bo‘ladi.
Ya’ni hayvonlarni to‘g‘ri parvarish qilishda muayyan tartib, bo‘lsa shu tartibga
hayvon o‘rganadi-steriotip hosil bo‘ladi. Demak, miya po‘tlog‘ida muayyan tartib
bilan kelayotgan ta’sirotga qo‘zg‘alish va tormozlanish hosil qilib kundalik tartibga
o‘rganish-stereotip hosil qilar ekan. Bu hayvonni parvarish qilishda, unga muomla
qilishni osonlashtiradi. Hosil bo‘lgan stereotip qiyinlik bilan buziladi. Lekin
molxonada tartib buzilsa, ya’ni sut sog‘uvchi, mol boqar tez-tez o‘zgarabersa,
hayvon bilan yomon muomola qilinsa, shovqin suron kuchaysa dinamik sitereotip
buziladi. Natijada katta yarima sharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish
o‘rtasida muvozanat buzilib, nevroz rivojlanib, hayvon xulq atvori o‘zgarib,
maxusldorligi pasayadi. Demak, hayvonlarga parvarishlashda odatdagi tartib
qoidalarga rioya qilishni ahamiyati katta ekan. Bu shartli ta’sirotlar o‘z tabiatiga
ko‘ra sun’iy,ya’ni shartsiz ta’sirotga aloqasi yo‘q ta’sirot hisoblanadi. Masalan:
qo‘ng‘iroq chalinib, so‘ngra oziqa berish hisobiga itda hosil qilingan so‘lak ajratish
shartli refleksi sun’iy shartli refleksga kiradi.
Shartsiz ta’sirotning biror belgisi, hidi, ko‘rinishiga javoban hosil qilingan
refleks tabiiy shartli refleks deyiladi. Ozuqaning hidiga hosil bo‘lgan so‘lak ajratish
shartli refleksi tabiiy shartli refleksdir. Shartli reflekslar hosil bo‘lish tartibiga ko‘ra,
2, 3, 4 va hakozo tartibli shartli reflekslarga bo‘linadi. Demak, shartli reflekslar faqat
shartsiz refleks asosida hosil bo‘lib qolmay balki ilgari hosil bo‘lgan shartli refleks
negizida ham hosil bo‘ladi. Masalan: qo‘ng‘iroq chalinishiga hosil bo‘lgan so‘lak
ajratish shartli refleksi birinchi tartibli shartli refleks bo‘lib, uning asosida ikkinchi
tartibli refleks hosil qilish mumkin bo‘lib, buning uchun it terisini qashlash va
so‘ngra qo‘ng‘iroq chalishni bir necha marta takroralsak, keyinchalik it terisini
qashlashni o‘zi mustaqil ravishda qo‘ng‘iroq chalishdagidek so‘lak ajralishiga sabab
bo‘ladi. Shu ikkinchi tartibli refleks asosida uchinchi tartibli shartli refleks hosil
qilish mumkin bo‘lib, tajribalarda 5-6 tartibli reflekslar ham hosil qilingan.
Nerv sistemasining tiplari. Ta’sirotlarga turli hayvonlarda hosil bo‘ladigan
reaksiyalar bir xil bo‘lmay I.P.Pavlov itlarda o‘tkazilgan tajribalarida oliy nerv
faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga, organizmning irsiy va hayot
davrida ortirgan hususiyatlariga bog‘liqligini aniqladi. Individlarda shartli refleks
hosil bo‘lish tezligi, miqdori, mustahkamligi, tormozlanishning intensivligi, nerv
hodisalarining irradiasiyalanish va konsentrasiyalanish darajalari, patologik holatni
vujudga keltiruvchi ta’sirotlarga oliy nerv faoliyatining barqarorligi, turli xil
sharoitda bir xil emas. Turli ta’sirotlarga kelib chiqadigan javob reaksiyalari har
turdagi va har qaysi hayvon nerv sistemasining individual xususiyatiga va holatiga
ya’ni oliy nerv faoliyatining tipiga bog‘liq. Po‘stloqda doimo qo‘zg‘alish va
tormozlanish jarayoni kuzatilib turiladi, lekin turli hayvonlarda bu prosesslar bir
xilda hosil bo‘lmasdan, kuchi o‘zaro muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan
farq qiladi. Nerv hodisalarining (qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi) kuchi po‘stloq
hujayralarini ish qobiliyatiga, surunkali ravishda kuchli qo‘zg‘alib, fallik qila olish
hususiyatiga bog‘liq.
Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanatlashganligi bu
qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchining o‘zaro nisbati, ularning