ONA TILIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Yuklangan vaqt
2024-10-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
58,3 KB
ONA TILIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH
METODIKASI
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi, vazifalari.Ona tilidan sinfdan
tashqari ishlarning shakllari va ularning mazmuni.Ona tilidan sinfdan tashqari
ishlarning shakllari va ularning mazmuni.
To‘garak ishlarini rejalashtirish. Bellashuvlarning mazmuni va ularni tashkil
qilish usullari.
Reja:
1.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.
2.
Sinfdan tashqari ishlarning bosqichlari.
3.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari
4.
Ta`lim muassasalarida to’garaklar faoliyatini tashkil etish
5.
Bellashuv maqsadlari va topshiriqlarga qo’yiladigan talablar.
6.Bellashuvlarni tashkil etish va o’tkazish.
Tayanch tushunchalar: fonetika, grammatika, morfemika, sintaksiz, so’z
birikmasi, so’z, ta’lim jarayoni, didaktik o’yinlar, olimpiadalar, kecha, viktorina,
ertalik.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi – ona tili darslarida olgan bilim, ko’nikma
va malakalarini takomillashtirish, ona tilining fonetika, grammatika, morfemika,
sintaksiz, so’z birikmasi, so’z, gap kabi tushunchalari bilan yaqindan tanishish,
muntazam ravishda ona tiliga muhabbatni uyg’otish va uni amalda to’g’ri qo’llay
oladigan ongli komil insonni tarbiyalashdir.
Sinfdan tashqari ishlar o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda
ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi.
Buning uchun o’quvchilarda izlanuvchanlik va ijodkorlik darajasiga ko’tarish talab
qilinadi. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari ishlar darslari
tashkil etilgan. Sinfdan tashqari ishlar 1-2 -sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2
haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe
darsining 17 -20 daqiqasi ajratiladi.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi-o’quvchilarda
fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to’ldiruvchi va
chuqurlashtiruvchi ona tilidan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan
iborat.Boshlang’ich sinflarda ona tilidan “sinfdan tashqari ish” deyilganda
o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan,
dastur bilan bog’liq bo’lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan
mashg’ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin. Uning birinchi turiga
rejadagi materiallarni o’zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash
tushunilsa, ikkinchi turi esa ona tilini o’rganishga qiziquvchi bolalar bilan
o’tkaziladigan mashg’ulotlar kiradi.
Ma’lumki birinchi turdagi mashg’ulotlar hozirgi kunda mamlakatimizning
barcha mamlakatlarida mavjud. Bunday mashg’ulotlarni bilimlar darajasi bir-biriga
yaqin 3-4 o’quvchidan iborat kichik guruhlarda haftada 1-2 marta o’tkazish mumkin.
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko’proq ikkinchi turdagi mashg’ulotlar
nazarda tutiladi va ular asosan o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi:
O’quvchilarda ona tiliga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg’otish, o’quvchilarning
ona tilidan reja bo’yicha olgan bilimlarini kengaytirish, o’quvchilarda ilmiy
tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan
ishlashga o’rgatish, o’quvchilarda tilshunos olimlar va tarixiy materiallar haqida
tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga
oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari
ishlarda amalga oshiriladi.
Sinfdan tashqari ishlar bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi.
Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STI mashg’uloti" deb
yuritiladi.
2.
Boshlang’ich
bosqich.
Bu
1-sinfning
2-yarim
yilligiga
to’g’ri
keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda
o’quvchilaming o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan
tashqari o’qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari
ishlar tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan,
uchinchidan,
oldinga
qo’yilgan
tarbiyaviy
vazifalar
bilan,
to’rtinchidan,
o’quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi.
Boshlang’ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish
turlari:
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boiladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy
maqsadlarni ko’zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o’quvchi bu jarayonda
qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa
nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni
shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko’rsatish, nutq odobini tarbiyalash
singarilarda o’z ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to’garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan
o’tkaziladigan tadbirlarga kiradi.Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf
o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o’stirish, olingan bilim
va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha
ma’lumotlar manbai hisoblanadi
Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha
bilim, malaka va ko’nikmalar berish.Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy
faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
Adabiy kechalarga misollar “Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga
bag’ishlangan kecha” va h.k.Eskursiya ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi
va ekskursiyadan oldin o’quvchilarga topshiriqlar beriladi.
Muzeylarga
ekskursiyaga borish;
Metro bekatlari bo’ylab
sayohat;
Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k.Bayram va tadbirlar
Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin.Bayram va tabrirlar ssenary
asosida tashkil etiladi.Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar.Uchrashuv jonli
muloqot tarzida tashkil etiladi.Uchrashuvga o’quvchilar yaxshi biladigan shoir va
yozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq.
Mehmon bolalar adabiyotio vakili bo’lishi lozim.Ko’rik tanlovlar.Bu ko’rik
tanlovlar sinflar ichida yoki sinflar aro bo’lishi mumkin.Masalan: “Yilning eng
bilimdon o’quvchisi”,To’garaklar ma’lum bir fan asosida tashkil etiladi.To’garak
uchun yillik ish reja tuziladi..Masalan: “Yosh xattot”, “Ona tilim – jon-u dilim”. Ona
tllidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham tarbiyavly
maqsadlarni ko’zlaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlami doimiy va mavsumiy
tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy tadbirlarga to’garak mashg’ulotlari klritilsa,
qolganlari vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilaming
doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi. To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo
uning mashg’ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to’garagining a’zolari
soni 12-15 o’quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo’lsa,
mashg’ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar
maktabda parallel sinflar bo’lmasa, to’garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo’lishi ham
mumkin. To’garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim - Jonu
dilim”, “Til - dil kaliti”, “O’zbek tili davlat till” v.h. Mashg’ulot 15 kunda bir marta
o’tkazilgani ma’qul.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari va ularning mazmuni.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan
hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to’g’ri keldi. Yangi
tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O’zPFiTl olimlari guruhi, Respublika
Ta’lim markazi mutaxassislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab
chiqildi. Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan ushbu
Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari
inobatga olindi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining
zaruriyati.
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega boTishi xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan
xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq
jarayonni qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda fan va
madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning
samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o’smirlar orasida
axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlami kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq
yo’q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs boTa olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy
tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o’rinni egallaydi.
Maktab
va
maktabdan
tashqari
ta’lim
muassasalari
tarbiyachilari
(o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosarlari. bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o’quvchilarga
umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni oTgatishdek muliim vazifa
turadi. Fanni o’tganishga muhabbat uyg’otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy
tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir.
Bolalaming o’qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o’rni aniqlanadi,
atrofdagilaraing u bilan munosabati belgilanadi, o’qishdagi muvaffaqiyat bolaning
axloqiy tarbiyasini yuqori daraj aga ко’taradi. O’quvchilar qalbida yuksak
ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini
tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo’lgan
kitobni sevish, uni o’qish va ko’z qorachig’idek saqlay bilish lozim, o’qish uchun
uni tanlay olish va o’qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar
va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim,
his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki
o’ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo’yicha faoliyat
hisoblanadi. Mana 8 shu tarbiyaning asosiy manbai - shaxslar bo’lib qoladi - bu
jamiyat va individning o’zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari
tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida
markaziy niuanirao hisoblanadi.
Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo’ladi ? Shaxs
jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o’z
navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o’zaro munosabatlari jarayoni
natijasi va jarayonining o’zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo’q va demak, jamiyat
ularga bog’liq bo’ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi,
deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy
tarkibiy qismi to’g’risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning
yaqin bir-biriga bog’liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va
jamiyat bir narsa va bir xilda o’xshash bo’lishi nmiasi bilan farq qiladi? Uning farqi
hajmiga aloqador bo’ladimi (kichik shaxs kaila jamiyat qabilida) yoki yana boshqa
muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o’zaro bog’liqlik mana shu
doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o’ziga
xosligi nimalardan iborat? Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo’lib, o’zini
amalga oshirish jarayonida madaniyatini o’zgartiradi, ba’zan madaniyati
rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o’n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida
jamiyat xotirasida qoladi. O’zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam
etganligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va
moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo’lib qoladi.
Bunday shaxs o’zining zamondoshlari uchun ma’lum bo’lgan yoki begona tajribani
olib kiradi, faqat vaqt o’tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs
o’zini jamiyatga qarshi qo’yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga
kirishishi mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to’plami emas. Jamiyat - bu qadriyatlar o’z
maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga
intiluvchi, o’zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir,
o’zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar
to’pkigan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir. Shaxs va
jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadilar. Hatto eng
qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular
birlashmaydilar va ular o’rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’Ium sharoitlarda ular
birbirlariga qarama-qarshi turishlari mumkin. Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida,
о’sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish
faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qaramaqarshi ijtimoiy-
tarixiy jarayon hisoblanadi.
Ularning odam bo’lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning
ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo’lib
ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi. Tarbiya,
ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari
bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish
sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini
almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo’ladilar,
o’z hayotlari va mehnat qobiliyatini yo’qotayotgan katta avlod hayotini
ta’minlaydilar.
2. Tarbiya - doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga
kelishi bilan birga paydo boTadi va jamiyatning o’zi yashar ekan, u ham mavjud
bo’ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini
tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi hisoblanganligi
uchun ham zarurdir. Bunda qonuniy o’zaro bog’liqliklar va bu hodisaning boshqa
ijtimoiy hodisalar bilan o’zaro bog’liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o’qitishning bir
qismi sifatida, ta’limni ham o’z ichiga oladi.
3. Tarbiya -ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o’zining vazifasi,
mazmuni va shakllari bo’yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo’ladi. U jamiyat hayoti
xususiyati va tashkil 10 etilishi bilan bog’liq bo’lgar.ligi uchun o’z davrining
ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar
va guruhlarda bolalami tarbiyalashning asosiy tendensiyalari ba’zan qarama-qarshi
bo’ladi.
4. O’sib kelayotgan avlodni tarbiyalash - ulaming ijtimoiy tajriba asosiy
elementlarini o’zlashlinshlari hisobiga, ulami katta avlod ijtimoiy munosabatlariga,
munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi
asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o’zaro ijtimoiy munosabatlari va
o’zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ulami bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan
qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu
o’zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog’ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga,
jamiyatda ulaming o’rnini va ularning mhiy holatini aniqiashga qaratilgan.
Kattalar bolalar bilan o’zlarining tarbiyaviy munosabatlarini anglab yetishlari
va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o’z oldilariga qo’yar
ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga
yo’naltirilgan tus oladi. Kattalaming ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini
anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo’lida tarbiyalash
qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga
keladi.
Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda
namoyon bo’ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o’rganishga, ulardan
shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi.
Mana shu asosda pedagogika - tarbiya qonunlari to’g’risidagi va bolalar hayoti va
faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsadlarida,
ulardan foydalanish to’g’risidagi fan yuzaga keladi. Shunday qilib, tarbiya - ijtimoiy
hodisa - jamiyat va individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zamrdir. U ma’lum
tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi natijasidagi aniq
tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning asosiy mezonlari
shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi.
Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir.
Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-
qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-
qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi
qarama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada о’sib
kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o’mashib
olishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha
ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida
tashkil etilishi ishlab chiqarish o’sishini ortga surishga olib keldi. Davlat mulkchiligi
va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faolligi va tashabbuskorligiga ko’pincha
to’sqinlik qiladi. Xalq ta’limi tizimida bu o’zining mazmum, shakli va metodlari
qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi.
Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy
hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o’rtasida yuzaga keladi.
Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmimini va
tashkil etilishini ko’ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlanishidan ortda
qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib borgan sari o’sib kelayotgan avlodni
zamonaviy tayyorlashga xalaqit qiluvchi “qalpoq” va konservativ holatlami o’z
vaqtida aniqlash hamda yo’qotish zarur bo’ladi. Uni hal etish ta’lim va tarbiya
mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim va tarbiya metodlarini
hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy
hayot yangi sharoitlari va unga bolalami tayyorlash bilan uning eskirib qolgan
usullari o’rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi.
Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik - insondagi mavjud tabiat kuchlari,
inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy
hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo’luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar
o’rtasida yuzaga keladi. Erkinlikni cheklovchi, avtoritar jamiyat iste’dodlarni
so’ndiradi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq rasmiyatchilarga,
ishlab chiqarish jarayoning bir ortiqcha qismiga, ijtimoiy hayotda to’siqqa
aylantiradi. Demokratik jamiyat esa moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, lurli
ijtimoiy munosabatlami takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy hayot
talablariga mos va o’zida mavjud tabiiy kuch, iste’dod va qobiliyatlarga nisbatan
rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning to’rtinchi qarama-qarshiligi - bolaning faol tabiati, uning ijtimoiy
hayotda, turh munosabatlarda, muomalalarda ishtirok etishga intilishi bilan hayot
jarayonida amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilimlari, malaka va
ko’ntkmalari yetishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o’rtasida
kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida
faol ishtirok etishga haqiqiy harakatlantiruvchi kuch, rag’bat hisoblanadi. U bolani
faqat tarbiyaviy o’zaro munosabatlar obyekti sifatida etnas, balki subyekti sifatida
ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ta’limtarbiyaviy tayyorlashga sabab bodadi.
Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish. Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta
jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi - ijtimoiylashtirish, o’zini tarbiyalash va
kasbiy ta’sir ko’rsatish. Bu jarayonlar uchta asosiy subyektlar shaxsi bilan
shakllanuvchi - jamiyat, individning o’zi va pedagogning bir obyekt bilan o’zaro
munosabatlari davomida amalga oshiriladi. Jamiyat to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
“Ijtimoiylashtirish” tushimchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi.
Tadqiqotchilar uni qadriyatli ko’rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab
tushuntiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga kelgan, katta ilmiy
material ham to’plangan. Sotsialogik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish
juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini
talqin qilish albatta, qarama-qarshi bo’lgan ijtimoiyiashtirish konsepsiyasining
shakllanishiga olib keladi.
Qattiq ijtimoiyiashtirish deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional
maktab vakillari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga to’la jalb etish sifatida
belgilaydi. Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda, "moslashish”. “qulaylik”,
“tenglik” kabi muvozanat tushunchalariga tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy
vazifa - individlami ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi. Bu konsepsiyaga
“yangi insonparvarlashtirish” tarafdorlari qarshi! chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda
o’z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o’zini amalga
oshirishi va o’zini namoyon etishiga to’sqinlik qilayotgan elementlami tanqidiy
yengishni ko’radilar. Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan
muhitga ta’sir koTsatish to’g’risida gap yuritilayotgan bo’Isa. ikkinchi holatda,
“ijtimoiyiashtirish va shaxs” tushunchalarini to’la adashtirish sodir bo’lmoqda.
Ta’lim tizimidagi ijtimoiyiashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o’zini
tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan
shaxsning mustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda.
Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarini qayta ishlab
chiqish muammosiga e’tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa madaniy ijodkorlik
shaxsi ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan. Ma’lumki, bu ikki qarama-
qarshi nuqtai nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini
takoniillashtirishga olib kelmaydi. Ijtimoiyiashtirish - muhit, jamiyatning shaxsga
ta’siri demakdir. Shu bilan birga ta’sir ko’rsatish shaxsning tashkil topishida juda
zarur hisoblanadi. Jamiyat - urauman alohida kuch - o’ziga xos insoniy munosabatlar
va o’zaro aloqalardir. Bu narsalar boTmasa, odam ham baribir muhitga juda
moslasha oladigan hayvonligicha qoladi. Muomalalar davomida yuzaga keladigan
insonlar munosabatlari - mana shu jamiyat demakdir.
Biz ijtimoiylashtirish to’g’risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham,
biomuhit, kosmos ham inson ko’ziga ko’rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga
muvofiq bo’lmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko’rinishi bo’yicha,
mohiyati bo’yicha esa muqarrar va qonuniy) ta’sir ko’rsatib shaxsni shakllantiradi.
Haqiqatda ko’zga ko’rinmas ta’sir ko’rsatish - nazorat qilib bo’lmaydigan jarayon.
Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbatlarda
shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo’lmaydi. Hatto ularning har birini
aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllanib bo’lgan
dunyoqarashiga yot bo’lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda
quvonchni his etish qiyin bo’ladi.
Agarda dunyoqarashi shakllanmagan bo’lsa. unda ham odamdan noqulay
muhit ta’siridan qoniqishni talab qilib bo’lmaydi. Odam o’zi o’z hayotini tashkil
etadi, u nima qilishi kerakligini o’zi tanlaydi: dunyoga qarab agarda unda o’z
hayotini ko’rsa xursand bo’ladi. Biroq taqdir shaxsan tanlash imkoniyatini
chegaralaydi. U boshqalar tomonidan amalga oshirilgan, awalgi avlod tanlagan
mavjud vaziyatni odam oldiga qo’yadi, u bilan bahslashib bodmaydi. Uni meros
kabi, shaxsiy turmushning bir qismi yoki asosi sifatida qabul qilish va mana shu
tajribaga hurmat bilan munosabatda bodish kerak. Muhit o’zida insonga monand
axborotlami yetkazadi, shaxs yuzaga kelishi to’g’risida ma’lumotlar beradi, shu
bilan birga bu axborotlami insonga majburlamaydi. Xohlovchilar uni o’zlashtirishi
mumkin. Shunda uning hayoti taqdirga qarshi bodib qolmaydi, taqdiri rivojlanishiga
to’siq bodmaydi. Uning dunyoga munosabati, quvonchli yoki alamli ko’rinishda
bodishidan qat’iy nazar, mazmuni bo’yicha ancha chuqur bodadi. Shuning uchun
jamiyat go’yoki tabiiy ravishda bolaga o’zining yaxshi tomonini namoyon etishga,
unga “kulib boqishga” harakat qiladi. Mana shu hayotga kirib kelayotgan insonga
o’ziga xos munosabat faqat beg’araz emas, balki jamiyatning g’amxo’rligi hamdir.
U eng to’g’ri, asrlar davomida shakllangan tamoyillashtirish yo’lidir. Faqatgina
mana shu narsa shaxsning tabassum qilishiga olib kelishi mumkin. Individni muhitga
jalb etib, insonni keng jamoa va hodisalar bilan munosabatlarda bo’lishi
imkoniyatini taqdim etishda, ularning javoblari shaxs uchun baholash shaxsiy
mezonini ishlab chiqishda asosiy me’yor bo’lib qoladi - mana shunga
ijtimoiyiashtirish deyiladi.
U kasbiy tarbiyaviy faoliyatdan ham iborat emas, balki nisbatan mustaqil
jarayon hisoblanadi, shaxsga rol o’yinini “qiyinlashtirish” alohida vazifasini
bajaradi. Mana shusiz, u anglab yetilmagan bo’lib, jamiyatda yakkalanib qoladi.
Shaxs madaniyatning yaratuvchisi, muhitning tomiri bo’lmish jodiy shaxsni
yaratishda zarur shartdir hamda ijtimoiyiashtirish jarayonining mustaqilligini tan
olish, bu jarayonni insonparvarlashtirish yo’nalishini takomillashtirishdagi har
qanday urinishlardan voz kechishini anglatmaydi. Insonparvar bo’lmagan, yangi
shaxsning faolligi sababsiz bostirilishi, individning layoqati, intilishlari hisobga
olinmay ijtimoiy vazifalami majburlash sodir bo’ladigan insonga muhitning ta’sir
ko’rsatishi bilan ijtimoiylashtirishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ijtimoiyiashtirish - bu
shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin bo’lgan shaklini belgilovchi
birlikning o’zaro aloqalari jarayonidir. “Insonparvarlashtirish” tushunchasi
ko’pincha ma’naviylashtirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi. Hozirgi kunda bu
keng
qo’llaniladigan
tushuncha,
umumiy
yo’nalish
ahamiyatiga
ega.
Insonparvarlashtirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy
taraqqiyot to’g’risida gapIrish mumkin emas.
Insonparvarlik - bu inson qanday bo’lishi, uning mohiyati qandayligi
to’g’risida o’ylash va g’amxo’rlikdir. Bu o’zini anglashdir, va shu bilan bir vaqtda,
mavjudlikni himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash, shaxsni faqatgina
vosita sifatida qarashga har qanday urinishlaming muhimsizligi ifodasidir. Shundan
so’ng insonparvarlik shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko’zda tutadi. Ijtimoiy
hayotda subyektning barqarorligini ta’miniash mexa16 nizmini shakllantirish - bu
g’oya demak. Har qanday ijtimoiy guruh, kattami yo kichikmi, hamda shaxs va
jamiyat ozmi-ko’pmi shakllangan o’z g’oyasini paydo qiladi. G’oya obyektiv
bo’lmagan dunyo ko’rinishini emas, balki g^oya yetkazuvchi saqlanib qolishi
ta’minlanadigan doirada dunyoga qarash tizimini ishlab chiqishga yo’naltirilgan.
Albatta, g’oya chuqur rivojlantirilgan bo’lsa. agar subyektning boshqa subyektlar
bilan aloqasi hisobga olingan bo’lsa, unda bunday obyektiv ong ijtimoiy rivojlanish
umumiy tendensiyasiga ham qarama-qarshilik qiladi, hatto deyarli mos kelishi
mumkin. Lekin u bilan hech qachon batamom birday bo’la olmaydi, chunki jamiyat
va uning alohida subyekti o’xshash bo’la olmaydi. G’oyasiz, markazga intilgan
yo’nalish subyektning mana shu bilimlar tizimisiz, ijtimoiy fikr umuman mavjud
bo’lmaydi, ular markazga intilgan kuchlami - entropiya kuchlarini, subyektning
buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G’oyalar doirasida asosiy ijtimoiy
qadriyatlar to’g’risidagi bilim yuzaga keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma’naviy
madaniyat shakllanishi uchun asos bo’lib qoladi, uning yordamida g’oya doirasida
mavjud
qadriyatlar
uchun
xos
bo’lgan
egoistik
aksent
yo’qotiladi,
insonparvarlashtirish to’g’risida tasavvurlar shakllantiriladi.
To’garak ishlarini rejalashtirish
Shaxsni bolalar jamoasida shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining
tarkibiy qismi. Bolalar jamoasi, ularning tuzilishi va belgilari. Bolalar jamoasini
shakllantirish yo’llari va vositalari. Jamoada bir maqsadga qaratilganlik,
uyushqoqlik va ijtimoiy fikr uyg`otish uchun shart-sharoit yaratish. Jamoada barobar
ta`sir ko’rsatish tizimi. Jamoa ishini tashkil etishda “Kuch-birlikda” kabi
hikmatlarga amal qilish. Bir maqsadga qaratilgan faoliyat-o’qish, o’yin, sport,
mehnat, badiiy havaskorlik va boshqalarni tashkil etish.
Jamoadagi kelajakka umid bog`lash tizimi va an`analari. Faollar va ularning
jamoa a`zolari bilan munosabati. Jamoada o’zaro axloqiy munosabatlarni
shakllantirishda o’qituvchi, tarbiyachining tutgan o’rni.
Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:
- har bir o’quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo’llarini;
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga
qo’yilgan Davlat standarti talablarini to’garak a`zolarini o’qitish va tarbiyalash
sifatini yaxshilash maqsadida o’quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish
usullarini;
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to’g`risidagi Nizomni o’rganishlari;
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni
tarbiyalash yo’llarini;
- o’quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash
bo’yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama
qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo’g`irchoq tayyorlash kasbi turlari
haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari;
- o’quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;
- iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llarini.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo’yicha
tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil etishda maktabdan va
sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari
ta’limni tashkil qilishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-
yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to’g`risidagi Nizomi asosiy
hujjat hisoblanadi. Bo’lajak to’garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo’lib qolmoqda. Bu borada
kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga
e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o’rgatishda egallanayotgan bilim ko’nikmalar davlat
ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo’lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo’yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya
taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va
boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo’yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o’qituvchi o’quvchilarga
axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o’rgatishi va
bunday mashg`ulotlarda o’quvchi asosiy figura bo’lishiga erishishi kerak.
-Xonada o’qituvchilar va o’quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter,
kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to’plami bo’lishi kerak. Har bir
darsda o’qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo’yicha
tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko’rgazmalar namunalari bo’lishl kerak.
Ta`lim muassasalarida to’garaklar faoliyatini tashkil etish to’g`risida
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. Ta`lim muassasalarida umumta`lim va maxsus fanlar, hamda badiiy
havaskorlik to’garaklari, sport seksiyalari va to’garaklari (keyingi o’rinlarda
“to’garaklar” deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Kostitututsiyasi,Qonunlari,
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror-lari,
Ta`lim vazirligi qaror va buyruqlari hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi va
faoliyat yuritadi.
2. To’garaklar uzluksiz ta`lim tizimining tarkibiy qismi bo’lib, o’quvchilarning
bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularning umumta`lim fanlariga , kasb-
hunarga , ommaviy sport va jismoniy sog`lomlashtirish tadbirlariga , badiiy
havaskorlik, estetik talablarini qondirishga qaratilgandir.
3. To’garaklar qiziqishlari bir xil bo’lgan bir guruh o’quvchilarning ma`lum bir
fan yoki kasb bo’yicha, o’qituvchi va kasbiy ta`lim ustalari yordamida bilim va
mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi.
4. Ta`lim muassasalarida to’garaklarni tashkil qilishning asosiy maqsadi,
o’quvchilarning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularning
o’tkazish ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli, olingan nazariy bilimlarni
mustahkamlash va amalda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish, kasbiy mahoratlarini
oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlagan kasbiy yo’nalishlari bo’yicha
mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir.
5. To’garaklar turini tanlash va qatnashish o’quvchilar uchun ixtiyoriy bo’lib,
uning to’garaklarga ishtirok etishi xaqidagi og`zaki bildirishi yetarlidir.
6. To’garaklar mazmunan o’quvchilarning qiziqish vaimkoniyatlarini xisobga
olgan xolda tashkil etiladi, ularga majburiy topshiriqlar berilmaydi.
7. To’garaklar o’quv yili davomida faoliyat ko’rsatadi.
8. To’garak mashg`ulotlarinng jadvali o’quvchilarning jamoat ishlarida ishtirok
etishi va dam olishlarini hisobga olgan holda, ularning yoshi, fiziologiyasining
o’ziga
xosligi,
sanitariya-gigiyena
normalari
hisobga
olinib,
pedagogik
xodimlarning taqdimnomasi asosida tuziladi.
9. O’quvchilarni to’garak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida
ta`lim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to’garaklarga
qatnashuvchi o’quvchilar o’rtasida tanlovlar tashkil qilinadi.
10. To’garaklar mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda buyurtmachi
korxona, tashkilot va muassasalar hamda o’quvchilar ota-onalar hisobidan ta`lim
olayotgan yo’nalishlariga turdosh yo’nalishlaridan chuqur bilim va ko’nikma berish
maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
II.To’garak a`zolarinnig huquq va burchlari
11. To’garak a`zolari quyidagi huquqlarga ega:
a) qiziqishlari asosida faoliyat ko’rsatayotgan to’garaklar turini tanlash va
ishtirok etish;
b) ta`lim muassasasi o’quv-texnologik jihozlari, axborot-resurs markazi
jamg`armasi va jihozlaridan foydalanish;
v) to’garak faoliyatini yaxshilash bo’yicha o’z takliflarini ta`lim muassasasi
rahbariyatiga og`zaki yoki yozma bildirish.
12. To’garak a`zolarinng burchlari:
a) tuzilgan jadval asosida to’garak ishida qatnashish, to’garak mashg`ulotlarini
sababsiz qoldirmaslik;
b) ta`lim muassasasi o’quvchilari orasida to’garak , uning mohiyati va
afzalliklari to’g`risida tushuntirish ishlarini olib borish;
v) kasbiy va nazariy bilimlarini muntazam oshirib borish;
g) konkurs va tanlovlarda ishtirok etish;
d) to’garak mashg`ulotlari uchun zarur bo’lgan barcha darslik, o’quv qo’llanma
va daftarlarni olib kelish;
e) texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena me`yorlariga rioya qilish.
III. To’garak ishini tashkil etish va rahbarlik qilish
13. Ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to’garaklar
tashkil etiladi.
14. Ta`lim muassasalarida tashkil qilingan to’garaklar ishini nazorat qilish ta`lim
muassasasi direktorining ma`naviy – ma`rifiy ishlari bo’yicha o’rinbosari zimmasiga
yuklatiladi.
15. Ta`lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog yoki ishlab chiqarish
ta`limi ustasi ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida fan to’garagini tashkil etadi.
16. Har bir to’garakdagi o’quvchilar soni 5 nafardan kam bo’lmasligi kerak.
17. To’garak yonalishini o’ziga xosligiga ko’ra (cholg`u ansambli, xor, raqs,
sport turlari va boshqalar) chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo’lganda
, alohida iste`dodga ega bo’lgan o’quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borilishi
mumkin.
18. To’garak rahbarlari ta`lim muassasasining asosiy shtatidagi o’qituvchilar
tarkibidan ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida ta`lim muassasasi direktori
buyrug` bilan tayinlanadi.
19. To’garak rahbari to’garak ishiga javobgar shaxs hisoblanadi va o’z faoliyati
yuzasidan ilmiy-pedagogik kengashga hisobot berib boradi.
20. To’garak rahbari zimmasiga:
a) o’z bilimi , ma`naviy-axloqiy fazilatlari va kiyinish odobi bilan o’quvchilarga
o’rnak bo’lishi;
b) to’garak obro’si, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo’lida
faollik ko’rsatish;
v)
o’quvchilarni
O’zbekiston
Respublikasi
qonunlari,
ota-onalar
hamdama`naviy , tarixiy, milliy, va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalash;
g) iqtidorli o’quvchlarni izlab topish va ularni to’garaklarga jalb qilish ;
d) fanlardan o’zlashtirish darajasi nisbatan past bo’lgan o’quvchilarni
mazmunan shu fanlarga mos bo’lgan to’garaklarga jalb qilish;
e) to’garak o’tkaziladigan o’quv xonasini to’garak yo’nalishiga mos ravishda
to’garaklarga jalb qilish;
j) to’garak a`zolari orasidan qobiliyatli o’quvchilarni taqdirlash va
rag`batlantirish to’g`risida ilmiy-pedagogik kengashga taklif kiritish;
i) bajarilgan ishlar bo’yicha yarim yillik va bir yillik hisobotlarini tayyorlash;
l) to’garak ishini havsizlik texnikasi qoidalari va sanitari-gigiyna meyorlari
asosida tashkil qilish vazifalari yuklatiladi.
21. To’garak rahbarlarida quyidagi meyoriy-xuquqiy xujjatlar bo’lishi lozim:
a) Ta`limi muassasalarida to’garaklarni tashkil qilish nizomi;
b) Ta`limi muassasalarida to’garaklarni tashkil etish tartibi;
v) to’garak dasturini tuzish bo’yicha uslubiy tavsiyalar;
g) ilmiy-pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan to’garakning yillik ish
rejasi;
d) o’quvchilar davomatini qayd qilish jurnali;
e) to’garak ish jadvali;
j) to’garakka qatnashuvchi o’quvchilarning ro’yxati.
IV. To’garaklar faoliyatini moliyalashtirish
22. To’garakni tashkil qilish va uni yuritish bilan bog`liq bo’lgan xarajatlar
o’rnatilgan tartibda ta`lim muasasi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Korxonalar va tashkilotlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarning to’garak
tashkil qilish va uni moliyalashtirish to’g`risidagi takliflari amaldagi qonunchilik
asosida xal qilinadi.
Bellashuvlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari
Bellashuv maqsadlari.
Iste’dodlarni rivojlantirishga ko’maklashuvchi shakllardan biri bu fan
bellashuvlaridir. "Bellashuv - bu har qanday bilim sohasidagi muayyan vazifalarni
eng yaxshi bajarish uchun o’quvchilar o’rtasidagi musobaqadir".
Shunday ekan, fan bellashuvlarini o’tkazishning maqsadlari quyidagilardan
iborat:
- fanga qiziqish uyg’otish orqali kichik maktab o’quvchisining shaxsini har
tomonlama rivojlantirish;
- bolalarda bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ularni amalda qo’llash
qobiliyati va istagini rivojlantirish;
- nostandart xarakterga ega bo’lgan vazifalarni qiyinchilik bilan to’g’ri qabul
qilish;
- notanish muhitda ishlashda psixologik stressni yengish.
Birinchi sinf o’quvchilari "maktab Olimpi" etagiga o’zlarining qiyin, ammo
qiziqarli
yo’llarini
boshlaydilar.
Va
bu
yerda
unutmasligimiz
kerakki,
olimpiadalarni, bellashuvlarni o’tkazishda "eng kuchli g’alaba qozonsin" tamoyili
bilan bir qatorda, boshqasi - "Olimpiadada g’oliblar bor, ammo yutqazganlar yo’q"
tamoyiliga amal qilish muhimdir, chunki shunchaki ishtirok etish muhimdir. Ko’p
bosqichli qurilish ko’plab o’quvchilarning ishtirok etishi va ular orasidan
iqtidorlilarini aniqlash imkonini beradi. Raqobatning qolgan qismi ham g’alaba
qozonadi. Muammolar bilan bog’liq masalalarga qiziqish, birinchi mustaqil
kashfiyotlar bolaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va turli o’quv fanlariga qiziqish uyg’otadi.
Bellashuv bolaga o’zini "kashf qilish" imkonini beradi va unga atrof-muhitda o’zini
o’rnatish imkoniyatini beradi.
Topshiriqlarga qo’yiladigan talablar.
Bellashuv – bu kichik maktab o’quvchisi duch keladigan nostandart vaziyat.
Ekstremal ish sharoitlari, topshiriqlarning g’ayrioddiy mazmuni, ularni bajarish
uchun cheklangan vaqt, mustaqil qarorlar qabul qilish zarurati, g’alaba qozonish
istagi - bularning barchasi o’qituvchi yoki olimpiada tashkilotchisi hisobga olishi
kerak bo’lgan muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bellashuvlarning turli
bosqichlarida taklif qilinadigan vazifalarni diqqat bilan ko’rib chiqish muhimdir.
Kichik yoshdagi o’quvchilar uchun topshiriqlar yuqori sinfdagi kabi xilma-xil
bo’lishi mumkin emas. Vazifalar, birinchi navbatda, har bir sinf uchun fanlar
bo’yicha ko’nikma va malakalarning maqbul hajmi bilan belgilanadi. Ammo ular
darslik materialini takrorlamasliklari, standart bo’lishlari kerak. Vazifalar
o’quvchilarning qiziqishini uyg’otishi kerak. Vazifalarda atrofdagi dunyodagi
tasvirlarga, ba’zan ertak syujetlariga murojaat qilish foydalidir. Barcha vazifalar uch
guruhga bo’linadi: reproduktiv, qisman qidiruv va ijodiy. Vazifalarni tuzishda bir
qator talablar bajarilishi kerak:
- barcha ishtirokchilar uchun bir nechta vazifalar bajarilishi kerak;
- vazifalarning bir qismi yechim topishda bir nechta yondashuvga imkon berishi
kerak;
- ijodiy xarakterdagi vazifalarni kiritish kerak, chunki ular iqtidorli
o’quvchilarni aniqlashga yordam beradi;
- barcha vazifalar o’quvchilar ushbu sinf dasturining asosiy bilimlaridan ijodiy
foydalanishlari uchun tanlanadi (kombinatorial, mantiqiy, rivojlanayotgan tabiat,
tezkor aql);
- bellashuv ishtirokchisi nafaqat o’z bilimlarini namoyish etib, balki yangilarini
ham qo’lga kiritib, musobaqani tark etishi kerak;
- mustaqil ish hajmi vazifalarni bajarish bir soatdan ortiq davom etmasligi
uchun rejalashtirilgan.
Bellashuvlarni tashkil etish va o’tkazish.
Bellashuv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun tegishli trening zarur,
buning natijasida o’quvchilar "Olimpiada tafakkuri" ko’nikmalarini, qisqa vaqt
ichida yechim yo’llarini belgilash va maqbulini tanlash qobiliyatini o’zlashtiradilar.
Belgilangan muddatdan bir hafta oldin o’qituvchi bolalarni bellashuv haqida
ogohlantiradi. Ishtirokchilarni mavzu bo’yicha o’quv mashqlari, baholash tizimi,
ro’yxatdan o’tish qoidalari va qoidalari bilan tanishtiradi. Bellashuvning majburiy
bosqichi-bu barcha ishtirokchilar tomonidan ishlarni topshirgandan so’ng darhol
topshiriqlarni yakuniy tahlil qilish va sharhlash, shunda talabalar o’zlarining ishlash
darajasini baholashlari va qiziqishlarini "qizg’in"qondirishlari mumkin.
Bellashuvlarni baholash mezonlari.
Vazifalarni baholashda quyidagi mezonlarga amal qilish kerak:
- topshiriqlar to’g’ri javoblar soniga mos keladigan ballar yig’indisi bilan
baholanadi. Mukammal javob – 2 ball, noaniq – 1, noto’g’ri-0;
- ijodiy vazifalar quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi: mazmuni, ifoda
shakli, o’ziga xosligi (har bir mezon uchun 0 dan 2 ballgacha);
Barcha topshiriqlarni tekshirgandan so’ng, ballar yig’iladi va har bir ish uchun
yakuniy ball beriladi. Shundan so’ng g’oliblar aniqlanadi. Xulosa qilish va
mukofotlash tantanali muhitda, sertifikatlar va esdalik sovg’alari bilan amalga
oshiriladi. Turli fanlar bo’yicha bellashuv, olimpiadalarning maktab turini o’tkazish
natijalariga ko’ra, 4-sinfda fan olimpiadalarining shahar turida ishtirok etishga
tayyorgarlik ko’rish uchun guruhlar tuziladi.