Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi, vazifalari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
19,4 KB
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi, vazifalari
Reja:
1. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.
2. Sinfdan tashqari ishlarning bosqichlari.
3. Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati
Tayanch tushunchalar: fonetika, grammatika, morfemika, sintaksiz, so‘z
birikmasi, so‘z, ta’lim jarayoni, didaktik o‘yinlar, olimpiadalar, kecha, viktorina,
ertalik.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi – ona tili darslarida olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini takomillashtirish, ona tilining fonetika, grammatika, morfemika,
sintaksiz, so‘z birikmasi, so‘z, gap kabi tushunchalari bilan yaqindan tanishish,
muntazam ravishda ona tiliga muhabbatni uyg‘otish va uni amalda to‘g‘ri qo‘llay
oladigan ongli komil insonni tarbiyalashdir.
Sinfdan tashqari ishlar o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda
ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi.
Buning uchun o‘quvchilarda izlanuvchanlik va ijodkorlik darajasiga ko‘tarish talab
qilinadi. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari ishlar darslari
tashkil etilgan. Sinfdan tashqari ishlar 1-2 -sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2
haftada 1 marta o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe
darsining 17 -20 daqiqasi ajratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi-o‘quvchilarda
fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to‘ldiruvchi va
chuqurlashtiruvchi ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan
iborat.Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan “sinfdan tashqari ish” deyilganda
o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan,
dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan
mashg‘ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin. Uning birinchi turiga
rejadagi materiallarni o‘zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash
tushunilsa, ikkinchi turi esa ona tilini o‘rganishga qiziquvchi bolalar bilan
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kiradi.
Ma’lumki birinchi turdagi mashg‘ulotlar hozirgi kunda mamlakatimizning barcha
mamlakatlarida mavjud. Bunday mashg‘ulotlarni bilimlar darajasi bir-biriga yaqin
3-4 o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda haftada 1-2 marta o‘tkazish mumkin.
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi mashg‘ulotlar
nazarda tutiladi va ular asosan o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:
O‘quvchilarda ona tiliga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilarning
ona tilidan reja bo‘yicha olgan bilimlarini kengaytirish, o‘quvchilarda ilmiy
tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan
ishlashga o‘rgatish, o‘quvchilarda tilshunos olimlar va tarixiy materiallar haqida
tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga
oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari
ishlarda amalga oshiriladi.
Sinfdan tashqari ishlar bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Unga
darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STI mashg‘uloti" deb yuritiladi.
2.
Boshlang‘ich
bosqich.
Bu
1-sinfning
2-yarim
yilligiga
to‘g‘ri
keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda
o‘quvchilaming o‘qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning sinfdan
tashqari o‘qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari
ishlar tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o‘quv vazifalari va dastur bilan,
uchinchidan, oldinga
qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalar
bilan, to‘rtinchidan,
o‘quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi.
Boshlang‘ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish turlari:
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boiladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy
maqsadlarni ko‘zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchi bu jarayonda
qo‘shimcha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa
nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni
shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko‘rsatish, nutq odobini tarbiyalash
singarilarda o‘z ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan
o‘tkaziladigan tadbirlarga kiradi.Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o‘stirish, olingan bilim
va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo‘shimcha
ma’lumotlar manbai hisoblanadi
Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o‘quvchilarga qo‘shimcha bilim,
malaka va ko‘nikmalar berish.Tarbiyaviy ahamiyati – o‘quvchilarning ijodiy faoliyat
ko‘rsatishiga,
nutq
odobiga,
mustaqil
fikrlashiga
zamin
hozirlash.
Adabiy kechalarga misollar “Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga
bag‘ishlangan kecha” va h.k.Eskursiya ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi
va ekskursiyadan oldin o‘quvchilarga topshiriqlar beriladi.
Muzeylarga
ekskursiyaga
borish;
Metro
bekatlari
bo‘ylab
sayohat;
Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k.Bayram va tadbirlar
Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin.Bayram va tabrirlar ssenary
asosida tashkil etiladi.Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar.Uchrashuv jonli
muloqot tarzida tashkil etiladi.Uchrashuvga o‘quvchilar yaxshi biladigan shoir va
yozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq.
Mehmon bolalar adabiyotio vakili bo‘lishi lozim.Ko‘rik tanlovlar.Bu ko‘rik
tanlovlar sinflar ichida yoki sinflar aro bo‘lishi mumkin.Masalan: “Yilning eng
bilimdon o‘quvchisi”,To‘garaklar ma’lum bir fan asosida tashkil etiladi.To‘garak
uchun yillik ish reja tuziladi..Masalan: “Yosh xattot”, “Ona tilim – jon-u dilim”. Ona
tllidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham tarbiyavly
maqsadlarni ko‘zlaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlami doimiy va mavsumiy
tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari klritilsa,
qolganlari vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilaming doimiy
barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo uning
mashg‘ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to‘garagining a’zolari soni 12-
15 o‘quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa,
mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar
maktabda parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi ham
mumkin. To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim - Jonu
dilim”, “Til - dil kaliti”, “O‘zbek tili davlat till” v.h. Mashg‘ulot 15 kunda bir marta
o‘tkazilgani ma’qul.
ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda
matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 - yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ
darslarni
tashkil
etish
metodikasi.
Toshkent.
“TDPU”
2005
-
yil.
4. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich matematika darslarida tarixiy materiallardan
foydalanish. Toshkent. “Uzkomtzentr” 2003- yil