Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari va ularning mazmuni
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
23,5 KB
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari va ularning mazmuni
Reja:
1.Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning shakllari
2. Konsepsiyasi “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi”
3. Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan
hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi
tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFiTl olimlari guruhi, Respublika
Ta’lim markazi mutaxassislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab
chiqildi. Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan ushbu
Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari
inobatga olindi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining
zaruriyati.
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega boTishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan
xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq
jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda fan va
madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning
samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida
axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlami kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq
yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs boTa olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy
tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar,
sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari.
bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq
qoidalari asosida hayot kechirishni oTgatishdek muliim vazifa turadi. Fanni
o‘tganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning
ajralmas tarkibiy qismidir.
Bolalaming o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi,
atrofdagilaraing u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning
axloqiy tarbiyasini yuqori daraj aga ко‘taradi. O‘quvchilar qalbida yuksak
ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini
tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan
kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun
uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar
va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya - bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-
hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga
hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat
hisoblanadi. Mana 8 shu tarbiyaning asosiy manbai - shaxslar bo‘lib qoladi - bu
jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari
tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida
markaziy niuanirao hisoblanadi.
Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi ? Shaxs jamiyatdan
tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida
shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosabatlari jarayoni natijasi va
jarayonining o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va demak, jamiyat ularga bog‘liq
bo‘ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar.
Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi
to‘g‘risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga
bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va
bir xilda o‘xshash bo‘lishi nmiasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador
bo‘ladimi (kichik shaxs kaila jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi,
degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi
muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi nimalardan
iborat? Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga oshirish
jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik
ilgarilab ketadiki o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etganligi sababli, shaxs
ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni
yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi. Bunday shaxs o‘zining
zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt
o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi
qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas. Jamiyat - bu qadriyatlar o‘z
maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga
intiluvchi, o‘zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir,
o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar
to‘pkigan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir. Shaxs va
jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadilar. Hatto eng
qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular
birlashmaydilar va ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’Ium sharoitlarda ular
birbirlariga qarama-qarshi turishlari mumkin. Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida,
о‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish
faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qaramaqarshi ijtimoiy-
tarixiy jarayon hisoblanadi.
Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab
chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib
ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi. Tarbiya,
ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari
bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga
jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini almashtirishning
amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va
mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’minlaydilar.
2. Tarbiya - doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga
kelishi bilan birga paydo boTadi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud
bo‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini
tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi hisoblanganligi
uchun ham zarurdir. Bunda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa
ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir
qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya -ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zining vazifasi,
mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat hayoti
xususiyati va tashkil 10 etilishi bilan bog‘liq bo‘lgar.ligi uchun o‘z davrining
ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar
va guruhlarda bolalami tarbiyalashning asosiy tendensiyalari ba’zan qarama-qarshi
bo‘ladi.
4. O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash - ulaming ijtimoiy tajriba asosiy
elementlarini o‘zlashlinshlari hisobiga, ulami katta avlod ijtimoiy munosabatlariga,
munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi
asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va
o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ulami bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan
qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu
o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga,
jamiyatda ulaming o‘rnini va ularning mhiy holatini aniqiashga qaratilgan.
Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosabatlarini anglab yetishlari va
bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar
ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga
yo‘naltirilgan tus oladi. Kattalaming ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini
anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash
qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga
keladi.
Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda
namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rganishga, ulardan
shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi.
Mana shu asosda pedagogika - tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va
faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsadlarida,
ulardan foydalanish to‘g‘risidagi fan yuzaga keladi. Shunday qilib, tarbiya - ijtimoiy
hodisa - jamiyat va individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zamrdir. U ma’lum
tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi natijasidagi aniq
tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning asosiy mezonlari
shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi.
Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir.
Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-
qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-
qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi
qarama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada о‘sib
kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o‘mashib
olishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha
ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida
tashkil etilishi ishlab chiqarish o‘sishini ortga surishga olib keldi. Davlat mulkchiligi
va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faolligi va tashabbuskorligiga ko‘pincha
to‘sqinlik qiladi. Xalq ta’limi tizimida bu o‘zining mazmum, shakli va metodlari
qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi.
Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy
hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi.
Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmimini va
tashkil etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlanishidan ortda
qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib borgan sari o‘sib kelayotgan avlodni
zamonaviy tayyorlashga xalaqit qiluvchi “qalpoq” va konservativ holatlami o‘z
vaqtida aniqlash hamda yo‘qotish zarur bo‘ladi. Uni hal etish ta’lim va tarbiya
mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim va tarbiya metodlarini
hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy
hayot yangi sharoitlari va unga bolalami tayyorlash bilan uning eskirib qolgan
usullari o‘rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi.
Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik - insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson
tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy
hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar
o‘rtasida yuzaga keladi. Erkinlikni cheklovchi, avtoritar jamiyat iste’dodlarni
so‘ndiradi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq rasmiyatchilarga,
ishlab chiqarish jarayoning bir ortiqcha qismiga, ijtimoiy hayotda to‘siqqa
aylantiradi. Demokratik jamiyat esa moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, lurli
ijtimoiy munosabatlami takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy hayot
talablariga mos va o‘zida mavjud tabiiy kuch, iste’dod va qobiliyatlarga nisbatan
rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning to‘rtinchi qarama-qarshiligi - bolaning faol tabiati, uning ijtimoiy
hayotda, turh munosabatlarda, muomalalarda ishtirok etishga intilishi bilan hayot
jarayonida amaliy, haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilimlari, malaka va
ko‘ntkmalari yetishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi o‘rtasida
kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok etishga, tarbiya jarayonida
faol ishtirok etishga haqiqiy harakatlantiruvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. U bolani
faqat tarbiyaviy o‘zaro munosabatlar obyekti sifatida etnas, balki subyekti sifatida
ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ta’limtarbiyaviy tayyorlashga sabab bodadi.
1.4. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta
jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi - ijtimoiylashtirish, o‘zini tarbiyalash va
kasbiy ta’sir ko‘rsatish. Bu jarayonlar uchta asosiy subyektlar shaxsi bilan
shakllanuvchi - jamiyat, individning o‘zi va pedagogning bir obyekt bilan o‘zaro
munosabatlari davomida amalga oshiriladi. Jamiyat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
“Ijtimoiylashtirish” tushimchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi.
Tadqiqotchilar uni qadriyatli ko‘rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab
tushuntiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga kelgan, katta ilmiy
material ham to‘plangan. Sotsialogik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish
juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini
talqin qilish albatta, qarama-qarshi bo‘lgan ijtimoiyiashtirish konsepsiyasining
shakllanishiga olib keladi.
Qattiq ijtimoiyiashtirish deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional maktab
vakillari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga to‘la jalb etish sifatida belgilaydi.
Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda, "moslashish”. “qulaylik”, “tenglik”
kabi muvozanat tushunchalariga tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa -
individlami ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi. Bu konsepsiyaga “yangi
insonparvarlashtirish” tarafdorlari qarshi! chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o‘z
qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o‘zini amalga
oshirishi va o‘zini namoyon etishiga to‘sqinlik qilayotgan elementlami tanqidiy
yengishni ko‘radilar. Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan
muhitga ta’sir koTsatish to‘g‘risida gap yuritilayotgan bo‘Isa. ikkinchi holatda,
“ijtimoiyiashtirish va shaxs” tushunchalarini to‘la adashtirish sodir bo‘lmoqda.
Ta’lim tizimidagi ijtimoiyiashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o‘zini
tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan
shaxsning mustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda.
Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarini qayta ishlab chiqish
muammosiga e'tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa madaniy ijodkorlik shaxsi ijodiy
qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan. Ma’lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtai
nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takoniillashtirishga
olib kelmaydi. Ijtimoiyiashtirish - muhit, jamiyatning shaxsga ta’siri demakdir. Shu
bilan birga ta’sir ko‘rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi.
Jamiyat - urauman alohida kuch - o‘ziga xos insoniy munosabatlar va o‘zaro
aloqalardir. Bu narsalar boTmasa, odam ham baribir muhitga juda moslasha oladigan
hayvonligicha
qoladi. Muomalalar
davomida
yuzaga
keladigan insonlar
munosabatlari - mana shu jamiyat demakdir.
Biz ijtimoiylashtirish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham,
biomuhit, kosmos ham inson ko‘ziga ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga
muvofiq bo‘lmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko‘rinishi bo‘yicha,
mohiyati bo‘yicha esa muqarrar va qonuniy) ta’sir ko‘rsatib shaxsni shakllantiradi.
Haqiqatda ko‘zga ko‘rinmas ta’sir ko‘rsatish - nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon.
Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbatlarda
shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo‘lmaydi. Hatto ularning har birini
aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllanib bo‘lgan
dunyoqarashiga yot bo‘lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda
quvonchni his etish qiyin bo‘ladi.
Agarda dunyoqarashi shakllanmagan bo‘lsa. unda ham odamdan noqulay muhit
ta’siridan qoniqishni talab qilib bo‘lmaydi. Odam o‘zi o‘z hayotini tashkil etadi, u
nima qilishi kerakligini o‘zi tanlaydi: dunyoga qarab agarda unda o‘z hayotini ko‘rsa
xursand bo‘ladi. Biroq taqdir shaxsan tanlash imkoniyatini chegaralaydi. U
boshqalar tomonidan amalga oshirilgan, awalgi avlod tanlagan mavjud vaziyatni
odam oldiga qo‘yadi, u bilan bahslashib bodmaydi. Uni meros kabi, shaxsiy
turmushning bir qismi yoki asosi sifatida qabul qilish va mana shu tajribaga hurmat
bilan munosabatda bodish kerak. Muhit o‘zida insonga monand axborotlami
yetkazadi, shaxs yuzaga kelishi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi, shu bilan birga bu
axborotlami insonga majburlamaydi. Xohlovchilar uni o‘zlashtirishi mumkin.
Shunda uning hayoti taqdirga qarshi bodib qolmaydi, taqdiri rivojlanishiga to‘siq
bodmaydi. Uning dunyoga munosabati, quvonchli yoki alamli ko‘rinishda
bodishidan qat’iy nazar, mazmuni bo‘yicha ancha chuqur bodadi. Shuning uchun
jamiyat go‘yoki tabiiy ravishda bolaga o‘zining yaxshi tomonini namoyon etishga,
unga “kulib boqishga” harakat qiladi. Mana shu hayotga kirib kelayotgan insonga
o‘ziga xos munosabat faqat beg‘araz emas, balki jamiyatning g‘amxo‘rligi hamdir.
U eng to‘g‘ri, asrlar davomida shakllangan tamoyillashtirish yo‘lidir. Faqatgina
mana shu narsa shaxsning tabassum qilishiga olib kelishi mumkin. Individni muhitga
jalb etib, insonni keng jamoa va hodisalar bilan munosabatlarda bo‘lishi
imkoniyatini taqdim etishda, ularning javoblari shaxs uchun baholash shaxsiy
mezonini ishlab chiqishda asosiy me’yor bo‘lib qoladi - mana shunga
ijtimoiyiashtirish deyiladi.
U kasbiy tarbiyaviy faoliyatdan ham iborat emas, balki nisbatan mustaqil jarayon
hisoblanadi, shaxsga rol o‘yinini “qiyinlashtirish” alohida vazifasini bajaradi. Mana
shusiz, u anglab yetilmagan bo‘lib, jamiyatda yakkalanib qoladi. Shaxs
madaniyatning yaratuvchisi, muhitning tomiri bo‘lmish jodiy shaxsni yaratishda
zarur shartdir hamda ijtimoiyiashtirish jarayonining mustaqilligini tan olish, bu
jarayonni insonparvarlashtirish yo‘nalishini takomillashtirishdagi har qanday
urinishlardan voz kechishini anglatmaydi. Insonparvar bo‘lmagan, yangi shaxsning
faolligi sababsiz bostirilishi, individning layoqati, intilishlari hisobga olinmay
ijtimoiy vazifalami majburlash sodir bo‘ladigan insonga muhitning ta’sir ko‘rsatishi
bilan ijtimoiylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ijtimoiyiashtirish - bu
shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin bo‘lgan shaklini belgilovchi
birlikning o‘zaro aloqalari jarayonidir. “Insonparvarlashtirish” tushunchasi
ko‘pincha ma’naviylashtirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi. Hozirgi kunda bu
keng
qo‘llaniladigan
tushuncha,
umumiy
yo‘nalish
ahamiyatiga
ega.
Insonparvarlashtirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy
taraqqiyot to‘g‘risida gapIrish mumkin emas.
Insonparvarlik - bu inson qanday bo‘lishi, uning mohiyati qandayligi to‘g‘risida
o‘ylash va g‘amxo‘rlikdir. Bu o‘zini anglashdir, va shu bilan bir vaqtda, mavjudlikni
himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash, shaxsni faqatgina vosita sifatida
qarashga har qanday urinishlaming muhimsizligi ifodasidir. Shundan so‘ng
insonparvarlik shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy
hayotda subyektning barqarorligini ta’miniash mexa16 nizmini shakllantirish - bu
g‘oya demak. Har qanday ijtimoiy guruh, kattami yo kichikmi, hamda shaxs va
jamiyat ozmi-ko‘pmi shakllangan o‘z g‘oyasini paydo qiladi. G‘oya obyektiv
bo‘lmagan dunyo ko‘rinishini emas, balki g^oya yetkazuvchi saqlanib qolishi
ta’minlanadigan doirada dunyoga qarash tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Albatta, g‘oya chuqur rivojlantirilgan bo‘lsa. agar subyektning boshqa subyektlar
bilan aloqasi hisobga olingan bo‘lsa, unda bunday obyektiv ong ijtimoiy rivojlanish
umumiy tendensiyasiga ham qarama-qarshilik qiladi, hatto deyarli mos kelishi
mumkin. Lekin u bilan hech qachon batamom birday bo‘la olmaydi, chunki jamiyat
va uning alohida subyekti o‘xshash bo‘la olmaydi. G‘oyasiz, markazga intilgan
yo‘nalish subyektning mana shu bilimlar tizimisiz, ijtimoiy fikr umuman mavjud
bo‘lmaydi, ular markazga intilgan kuchlami - entropiya kuchlarini, subyektning
buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G‘oyalar doirasida asosiy ijtimoiy
qadriyatlar to‘g‘risidagi bilim yuzaga keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma’naviy
madaniyat shakllanishi uchun asos bo‘lib qoladi, uning yordamida g‘oya doirasida
mavjud
qadriyatlar
uchun
xos
bo‘lgan
egoistik
aksent
yo‘qotiladi,
insonparvarlashtirish to‘g‘risida tasavvurlar shakllantiriladi.
ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda
matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 - yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ
darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 - yil.
4. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich matematika darslarida tarixiy materiallardan
foydalanish. Toshkent. “Uzkomtzentr” 2003- yil