OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BEMORLARNI OVQATLANTIRISH CHORA - TADBIRLARI, OVQAT TARQATISH VA OVQATLANTIRISH USULLARI

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

21,2 KB


 
 
 
 
 
 
OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BEMORLARNI 
OVQATLANTIRISH CHORA - TADBIRLARI, OVQAT TARQATISH VA 
OVQATLANTIRISH USULLARI 
 
 
Xirurgik bemorlarni to’laqonli, sifatli ovqatlanishi davolanishda asosiy rol 
o’ynaydi. Ovqatlanishni to’laqonli bo’lmasligi jaroxat bitishini qiyinlashtiradi va 
shifoxona ichi infeksiyasiga qarshi kurash kiyin kechishiga sababchi bo’ladi. Sifatli 
va vitaminga boy ovqat ratsioni operatsiyadan keyingi paytda organizmni 
infeksiyaga tolerantligini va immunitetini oshiradi. Xirurgik bemorlarni to’laqonli, 
sifatli ovqatlantirishni turini tashkil qilish xar bir shifokorni burchidir. Xirurgik  
bemorlarni to’laqonli ovqatlantirish  organizmning energetik va plastik ehtiyojini 
oshiradi. Bunday ovqatlantirish kasallik paytida organizmni energiya sarfini 
to’laqonlik bilan to’ldiradi. Organizmni ovqatga kunlik talabi solishtirilsa, sutka 
davomida oqsil 13-17%, yog’ 30-35%, uglevodlar 50-55% ni tashkil etadi. 
Kasallikni turiga qarab ovqatlanish ratsionini va ovqatlantirish yo’li tanlaniladi. 
Organizimga 2 xil yo’l bilan ovqat yetkazib berish yo’li bor -  tabiiy va sun’iy. 
Shifokor tabiiy ovqatlanishda ovqatlanish dietasini va ovqat stol nomerini belgilaydi. 
Ovqatlantirish  dieta stolini jahonda bir xil N.I.Pevzner bo’yicha 15ta nomerlari bor. 
Bu dieta nomerlari xar biri o’z tarkibiga, uni pishirish turiga, energiya va vitaminga 
boyligiga qarab, organizmga singishiga va qarshi kursatmasiga qarab beriladi. Bir 
xil xirurgik operatsiyalardan keyin va bir qancha kasalliklarda tabiiy yo’l bilan 
ovqatlantirish ilojisi bo’lmaydi, shu payt sun’iy ovqatlantiriladi:   enteral (zond 
orqali yoki stoma orqali) yo’l; parenteral yo’l va aralash yo’l bilan ovqatlantirish. 
 
Enteral (zond orqali) ovqatlantirish – oshqazon yoki ingichka ichakga 
qo’yilgan zond naycha orqali ovqatantirish tushuniladi. Zond  bilan ovqatlantirishni 
xirurgik kasalliklarda ko’rsatma: bosh miya travmasi bilan hushidan ketganda; og’ir 
intoksikatsiya paytida; og’iz bo’shlig’ida, hiqildoqda va qizilo’ngachda to’sqinlik 
bo’lganda (o’smalar va chandiqli kuyishlar, torayishlar). Organizimda (sepsis, 
OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BEMORLARNI OVQATLANTIRISH CHORA - TADBIRLARI, OVQAT TARQATISH VA OVQATLANTIRISH USULLARI Xirurgik bemorlarni to’laqonli, sifatli ovqatlanishi davolanishda asosiy rol o’ynaydi. Ovqatlanishni to’laqonli bo’lmasligi jaroxat bitishini qiyinlashtiradi va shifoxona ichi infeksiyasiga qarshi kurash kiyin kechishiga sababchi bo’ladi. Sifatli va vitaminga boy ovqat ratsioni operatsiyadan keyingi paytda organizmni infeksiyaga tolerantligini va immunitetini oshiradi. Xirurgik bemorlarni to’laqonli, sifatli ovqatlantirishni turini tashkil qilish xar bir shifokorni burchidir. Xirurgik bemorlarni to’laqonli ovqatlantirish organizmning energetik va plastik ehtiyojini oshiradi. Bunday ovqatlantirish kasallik paytida organizmni energiya sarfini to’laqonlik bilan to’ldiradi. Organizmni ovqatga kunlik talabi solishtirilsa, sutka davomida oqsil 13-17%, yog’ 30-35%, uglevodlar 50-55% ni tashkil etadi. Kasallikni turiga qarab ovqatlanish ratsionini va ovqatlantirish yo’li tanlaniladi. Organizimga 2 xil yo’l bilan ovqat yetkazib berish yo’li bor - tabiiy va sun’iy. Shifokor tabiiy ovqatlanishda ovqatlanish dietasini va ovqat stol nomerini belgilaydi. Ovqatlantirish dieta stolini jahonda bir xil N.I.Pevzner bo’yicha 15ta nomerlari bor. Bu dieta nomerlari xar biri o’z tarkibiga, uni pishirish turiga, energiya va vitaminga boyligiga qarab, organizmga singishiga va qarshi kursatmasiga qarab beriladi. Bir xil xirurgik operatsiyalardan keyin va bir qancha kasalliklarda tabiiy yo’l bilan ovqatlantirish ilojisi bo’lmaydi, shu payt sun’iy ovqatlantiriladi: enteral (zond orqali yoki stoma orqali) yo’l; parenteral yo’l va aralash yo’l bilan ovqatlantirish. Enteral (zond orqali) ovqatlantirish – oshqazon yoki ingichka ichakga qo’yilgan zond naycha orqali ovqatantirish tushuniladi. Zond bilan ovqatlantirishni xirurgik kasalliklarda ko’rsatma: bosh miya travmasi bilan hushidan ketganda; og’ir intoksikatsiya paytida; og’iz bo’shlig’ida, hiqildoqda va qizilo’ngachda to’sqinlik bo’lganda (o’smalar va chandiqli kuyishlar, torayishlar). Organizimda (sepsis,  
 
kuyish kasalligi va ko’p travmalarda) katabolizm mexanizmi oshganda; hamma  
anoreksiyalarda. 
 
Zond bilan oqatlantirilganda suyuq ovqatlar (sut, bulyonlar, soklar), aralash 
yengil hazm bo’ladigan (quritilgan sut, shakar, kraxmal) yoki maydalangan (go’sht, 
baliq, tvorogdan) tashkil topadi. Zond kuyish imkoni bo’lmaganda (qizlo’ngach 
o’smalarida) oshqozonga gastrostomiya qo’yiladi. Sun’iy yasalgan oshqazon 
teshigidan 
(gastrostoma) 
trubka 
orqali 
ovqatlantiriladi. 
Gastrostomadan 
operatsiyaning ikkinchi kunlaridan suyuq ovqat ko’rinishida ovqatlantiriladi. Xar 2- 
3 soat ichida 100-150 ml gastrostomaga trubka qo’yib Jane shpritsida yoki varonka 
orqali yuboriladi. Ovqatlantirgandan so’ng trubkani suvda yuviladi va trubkaga 
qisqich qo’yiladi. 5-7 kun o’tgandan so’ng ovqatlar kasha ko’rinishda 400-500 ml 4-
5 martagacha ovqatlantiriladi.   
 
Operatsiyadan keyingi davrda asosan organizmdan yo’qotilgan oqsillar, 
elektrolitlar va metobolizmni korreksiya qilish yotadi. Organizm qabul qilyotgan 
ozuqadan kaloriyani xisoblash uchun kam miqdorda dekstroza ishlatiladi, bemorda 
giperglikemiya bo’lmasligi uchun yog’larni, triglitsiridlarni va yog’ kislotalarni 
beriladi. Operatsiya paytida va abdominal og’ir operatsiyalarida OITga har xil yo’l 
bilan ovqatlantiriladi (gastrostomiya va entrostomiya). 
Bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda ovqatlantirish. 
  Ovqatlantirish bemorning qaysi kasallik bo’yicha operatsiya bo’lganligi  turiga va 
qancha davom etganligiga bog’liq. 
OIT bilan operatsiya bo’lgan bemorlar birinchi kun enteral ovqatlantirilmaydi, 
keyingi kunlardan cheklangan  (bulyonlar, kisel, suxarik va boshqalar) stol №1a yoki 
15a, keyin umumiy stol №15ga o’tkaziladi. 
OITni yuqori qismi bilan operatsiya bo’lgan bemorlarga birinchi 2 kun enteral 
ovqatlantirilmaydi. Faqat parenteral ovqatlantiriladi: vena ichiga qon o’rnini 
bosuvchi dorilar, glyukoza, oziqlantiruvchi huqnalar. 2-3 kundan stol №0 (bul’on, 
kisel) 4-5 kundan stol №1a (qotgan non qo’shiladi); 6-7 kundan  stol №16 
(kashasimon ovqatlar); agar asorati bo’lmasa 10-12 kundan umumiy stol №15 
buyuriladi. 
 Qorin bo’shlig’i operatsiyalarida, lekin OIT (o’t qopi, oshqazon osti bezi, taloq) 
butunligi buzulmaganda stol №13 (bul’on, sho’rvalar, kisel, jigar, olma) tavsiya 
kuyish kasalligi va ko’p travmalarda) katabolizm mexanizmi oshganda; hamma anoreksiyalarda. Zond bilan oqatlantirilganda suyuq ovqatlar (sut, bulyonlar, soklar), aralash yengil hazm bo’ladigan (quritilgan sut, shakar, kraxmal) yoki maydalangan (go’sht, baliq, tvorogdan) tashkil topadi. Zond kuyish imkoni bo’lmaganda (qizlo’ngach o’smalarida) oshqozonga gastrostomiya qo’yiladi. Sun’iy yasalgan oshqazon teshigidan (gastrostoma) trubka orqali ovqatlantiriladi. Gastrostomadan operatsiyaning ikkinchi kunlaridan suyuq ovqat ko’rinishida ovqatlantiriladi. Xar 2- 3 soat ichida 100-150 ml gastrostomaga trubka qo’yib Jane shpritsida yoki varonka orqali yuboriladi. Ovqatlantirgandan so’ng trubkani suvda yuviladi va trubkaga qisqich qo’yiladi. 5-7 kun o’tgandan so’ng ovqatlar kasha ko’rinishda 400-500 ml 4- 5 martagacha ovqatlantiriladi. Operatsiyadan keyingi davrda asosan organizmdan yo’qotilgan oqsillar, elektrolitlar va metobolizmni korreksiya qilish yotadi. Organizm qabul qilyotgan ozuqadan kaloriyani xisoblash uchun kam miqdorda dekstroza ishlatiladi, bemorda giperglikemiya bo’lmasligi uchun yog’larni, triglitsiridlarni va yog’ kislotalarni beriladi. Operatsiya paytida va abdominal og’ir operatsiyalarida OITga har xil yo’l bilan ovqatlantiriladi (gastrostomiya va entrostomiya). Bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda ovqatlantirish. Ovqatlantirish bemorning qaysi kasallik bo’yicha operatsiya bo’lganligi turiga va qancha davom etganligiga bog’liq. OIT bilan operatsiya bo’lgan bemorlar birinchi kun enteral ovqatlantirilmaydi, keyingi kunlardan cheklangan (bulyonlar, kisel, suxarik va boshqalar) stol №1a yoki 15a, keyin umumiy stol №15ga o’tkaziladi. OITni yuqori qismi bilan operatsiya bo’lgan bemorlarga birinchi 2 kun enteral ovqatlantirilmaydi. Faqat parenteral ovqatlantiriladi: vena ichiga qon o’rnini bosuvchi dorilar, glyukoza, oziqlantiruvchi huqnalar. 2-3 kundan stol №0 (bul’on, kisel) 4-5 kundan stol №1a (qotgan non qo’shiladi); 6-7 kundan stol №16 (kashasimon ovqatlar); agar asorati bo’lmasa 10-12 kundan umumiy stol №15 buyuriladi. Qorin bo’shlig’i operatsiyalarida, lekin OIT (o’t qopi, oshqazon osti bezi, taloq) butunligi buzulmaganda stol №13 (bul’on, sho’rvalar, kisel, jigar, olma) tavsiya  
 
etiladi. 
Yo’g’on ichak operatsiyalarida bemorga 4-5 kun ichi kelmasligini ta’minlash kerak. 
Bunga ovqat suyuq formada kam miqdorda beriladi va 8-10 tomchi opiya beriladi. 
Og’iz bo’shlig’i operatsiyalarida burun orqali oshqozonga zond qo’yiladi va zond 
orqali (suyuq ovqatlar) ovqatlantiriladi. 
OITga bog’liq bo’lmagan operatsiyalarda operatsiyadan 1-2 kunlardan keyin stol 
№1a  yoki №1b buyuriladi, keyinchalik stol №15 ga o’tkaziladi.  
 
Ovqat tarqatish va ovqatlanirish 
 
Ovqat shifoxonani hamma bo’limlariga yagona oshxonada (ovqat 
pishiradigan joy) tayyorlanadi. Hamma bo’limlarda ovqat olib keladigan va 
tarqatadigan mas’ul shaxs markerda yozilgan haroratdan izalatsiyalangan idishda 
ovqatni olib keladi. Har bir bo’lim oshxonasida (tarqatish) ovqat isitish uchun 
plitalar mavjud bo’ladi, kerak bo’lsa ovqatni isitish uchun, birinchi suyuq ovqat va 
issiq ichimliklar 75°Cdan past, ikkinchi ovqat esa 65°Cdan past va salqin ovqat va 
ichimliklar  7-14°Cdan past bo’lmasligi kerak. 
  
Ovqatni ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi tarqatadi. 
 Yura oladigan bemorlar bo’lim oshxonasiga chiqadi. Yotoq rejimidagi bemorlarga 
ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi oborib beradi. Ovqat tarqatishdan 
oldin xalat (tarqatish uchun) kiyishlari shart, farroshlar ovqat tarqatilgan paytda 
oshxonani  tozalash ishlarini olib borishmaydi. 
 
Ovqat tarqatish paytida bemorlar davo muolajalarini va fizioterapiyalarni 
toxtatib turishlari kerak. Kichik tibbiyot xodimi og’ir bemorlarga qo’lini yuvishga 
yordam berishlari kerak. Biroz bosh qismi ko’tariladi, agar qarshi ko’rsatmalar 
bo’lmasa. O’zi ovqatini yeya olmaydigan bemorlarga  kichik tibbiyot xodimi yordam 
berish kerak. Suyuq ichimliklarni maxsus piyola idishida beriladi, suyuq ovqatni 
qoshiqlab bersa xam bo’ladi. Ovqat paytida bemor gaplashishi  mumkun emas, ovqat 
massasi gapiryotgan paytida nafas yo’liga tushishi mumkun. Bemorni ovqatni 
oxirigacha yemasa zo’rlash kerak emas. Bir ozdan so’ng ovqatni isitib berish 
mumkun  
Ovqatdan  20-30 daqiqadan so’ng bush idishlarni olish kerak.  
etiladi. Yo’g’on ichak operatsiyalarida bemorga 4-5 kun ichi kelmasligini ta’minlash kerak. Bunga ovqat suyuq formada kam miqdorda beriladi va 8-10 tomchi opiya beriladi. Og’iz bo’shlig’i operatsiyalarida burun orqali oshqozonga zond qo’yiladi va zond orqali (suyuq ovqatlar) ovqatlantiriladi. OITga bog’liq bo’lmagan operatsiyalarda operatsiyadan 1-2 kunlardan keyin stol №1a yoki №1b buyuriladi, keyinchalik stol №15 ga o’tkaziladi. Ovqat tarqatish va ovqatlanirish Ovqat shifoxonani hamma bo’limlariga yagona oshxonada (ovqat pishiradigan joy) tayyorlanadi. Hamma bo’limlarda ovqat olib keladigan va tarqatadigan mas’ul shaxs markerda yozilgan haroratdan izalatsiyalangan idishda ovqatni olib keladi. Har bir bo’lim oshxonasida (tarqatish) ovqat isitish uchun plitalar mavjud bo’ladi, kerak bo’lsa ovqatni isitish uchun, birinchi suyuq ovqat va issiq ichimliklar 75°Cdan past, ikkinchi ovqat esa 65°Cdan past va salqin ovqat va ichimliklar 7-14°Cdan past bo’lmasligi kerak. Ovqatni ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi tarqatadi. Yura oladigan bemorlar bo’lim oshxonasiga chiqadi. Yotoq rejimidagi bemorlarga ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi oborib beradi. Ovqat tarqatishdan oldin xalat (tarqatish uchun) kiyishlari shart, farroshlar ovqat tarqatilgan paytda oshxonani tozalash ishlarini olib borishmaydi. Ovqat tarqatish paytida bemorlar davo muolajalarini va fizioterapiyalarni toxtatib turishlari kerak. Kichik tibbiyot xodimi og’ir bemorlarga qo’lini yuvishga yordam berishlari kerak. Biroz bosh qismi ko’tariladi, agar qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa. O’zi ovqatini yeya olmaydigan bemorlarga kichik tibbiyot xodimi yordam berish kerak. Suyuq ichimliklarni maxsus piyola idishida beriladi, suyuq ovqatni qoshiqlab bersa xam bo’ladi. Ovqat paytida bemor gaplashishi mumkun emas, ovqat massasi gapiryotgan paytida nafas yo’liga tushishi mumkun. Bemorni ovqatni oxirigacha yemasa zo’rlash kerak emas. Bir ozdan so’ng ovqatni isitib berish mumkun Ovqatdan 20-30 daqiqadan so’ng bush idishlarni olish kerak.  
 
 
Bir xil kasalliklarda og’iz orqali ovqatlanish qiyin yoki ilojisi bo’lmaydi (og’iz 
kasalliklarida,  qizilo’ngach, oshqazon kasalliklarda va hushini yo’qotganda). U payt 
zond bilan oziqlantiriladi, ya’ni sun’iy ovqatlantiriladi. Sun’iy ovqatlantirish burun 
orqali va og’iz orqali qo’yilgan oshqazondagi zond orqali, yoki gastrastoma orqali 
ovqatlantiriladi. 
Zond orqali ovqatlantirish. 
 Kerak bo’ladigan anjomlar: 
-Diametri 0,5-0,8 smli rezinkali zond 
-Vazelin yoki glitsirin 
-Varonka yoki shprits Jane 
-Suyuq ovqat (bulyon, choy, kisel’) 
Ketma – ketligi: 
-Perchatka kiyiladi 
-Zond o’lchaniladi (burundan, quloq suprasi, xanjarsimon o’simtagacha) metka 
qo’yiladi. 
-Zond moylanadi, vazelin yoki glitserin bilan. 
-Burun pastki yo’lidan zondni 15-18 sm yuboriladi, orqa devori bo’ylab. 
-Boshni biroz ko’tariladi, zondni  metkagacha kiritiladi. Agar havo chiqmayotgan 
bo’lsa, bemor ovozi saqlangan bo’lsa demak zond oshqozonda. 
-Zondni bir uchini varonkaga yoki Janega ulanadi. 
-Ovqatni asta yuboriladi. 
-Zondni toza suv bilan chayiladi va varonka olinadi. 
-Zond uchiga qisqich qo’yiladi va halaqit bermasligi uchun bosh tomonga 
mahkamlanadi. 
-Zondni sun’iy ovqatlantirish davri tugamaguncha olinmaydi (taxminan 2-3 xafta)  
 
Nazarat savollari: 
1. Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish tushunchasi? 
2. Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish turlari qanday? 
3. Parenteral ovqatlanish haqidagi tushuncha? 
4. Enteral ovqatlanish haqidagi tushuncha? 
 
Bir xil kasalliklarda og’iz orqali ovqatlanish qiyin yoki ilojisi bo’lmaydi (og’iz kasalliklarida, qizilo’ngach, oshqazon kasalliklarda va hushini yo’qotganda). U payt zond bilan oziqlantiriladi, ya’ni sun’iy ovqatlantiriladi. Sun’iy ovqatlantirish burun orqali va og’iz orqali qo’yilgan oshqazondagi zond orqali, yoki gastrastoma orqali ovqatlantiriladi. Zond orqali ovqatlantirish. Kerak bo’ladigan anjomlar: -Diametri 0,5-0,8 smli rezinkali zond -Vazelin yoki glitsirin -Varonka yoki shprits Jane -Suyuq ovqat (bulyon, choy, kisel’) Ketma – ketligi: -Perchatka kiyiladi -Zond o’lchaniladi (burundan, quloq suprasi, xanjarsimon o’simtagacha) metka qo’yiladi. -Zond moylanadi, vazelin yoki glitserin bilan. -Burun pastki yo’lidan zondni 15-18 sm yuboriladi, orqa devori bo’ylab. -Boshni biroz ko’tariladi, zondni metkagacha kiritiladi. Agar havo chiqmayotgan bo’lsa, bemor ovozi saqlangan bo’lsa demak zond oshqozonda. -Zondni bir uchini varonkaga yoki Janega ulanadi. -Ovqatni asta yuboriladi. -Zondni toza suv bilan chayiladi va varonka olinadi. -Zond uchiga qisqich qo’yiladi va halaqit bermasligi uchun bosh tomonga mahkamlanadi. -Zondni sun’iy ovqatlantirish davri tugamaguncha olinmaydi (taxminan 2-3 xafta) Nazarat savollari: 1. Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish tushunchasi? 2. Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish turlari qanday? 3. Parenteral ovqatlanish haqidagi tushuncha? 4. Enteral ovqatlanish haqidagi tushuncha?