KURS ISHI
O’QISH DARSLARIDA "OLTIN KUZ" MAVZUSINI O’RGANISH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA O’QISH DARSLARINI TASHKIL
ETISH METODIKAS
1.1. O’QISH DARSLARIDA "OLTIN KUZ "MAVZUSINI O’RGANISHNI
TASHKIL ETISH
1.2.
"OLTIN
KUZ"
MAVZUSINI
O’RGATISHDA
YANGI
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
II
BOB.
O’QUVCHILARNING
KUZGI
MAVSUMIY
O’ZGARISHLAR
HAQIDAGI
TASAVVURLARINI
KENGAYTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA
O’QUVCHILARGA "OLTIN KUZ"MAVZUSIGA DOIR DARS ISHLANMA..
2.2. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA O’QISH DARSIDA
QIZIQTIRUVCHI
METODLARDAN
FOYDALANGAN
HOLDA
DARS
O’TISH
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. O’QISH DARSLARIDA "OLTIN KUZ"MAVZUSINI O’RGANISHNI
TASHKIL ETISH.
2.
"OLTIN
KUZ"MAVZUSINI
O’RGATISHDA
YANGI
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
3. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA
O’QUVCHILARGA "OLTIN KUZ"MAVZUSIGA DOIR DARS ISHLANMA .
4. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA O’QISH DARSIDA
QIZIQTIRUVCHI
METODLARDAN
FOYDALANGAN
HOLDA
DARS
O’TISH.
III. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va
maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini
belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual
rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga
ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston
respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‟
toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Mamlakatimiz
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
“Yoshlarimizning
mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo
miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib
kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali
tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida
tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki,
Milliy oʻquv dasturi asosida 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim
maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasida “Ona tili va oʻqish
savodxonligi” fani joriy etildi va hamda ushbu fanga "yashashni oʻrgatadigan fan"
deya ta’rif berilmoqda.. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini
oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga
asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma
bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning toʻrt koʻnikmasini rivojlantirishga
qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi. Boshlangʻich maktabning muhim vazifalaridan
biri kichik yoshdagi oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishdir.
Shubhasiz, hamma fanlar oʻquvchilarning lugʻat boyligini oʻstirishga, imlodan
savodxonligini oshirish va nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'lumki, oʻqish darsliklaridagi matnlar turli manbalardan olinganligi aniq. Ona
tili darsini oʻqish bilan bogʻlansa, oʻquvchilarning oʻqish darsida oʻqiganlari
asosida olgan haqiqiy bilimlaridan foydalanishga imkon yaratiladi. Buning uchun
oʻquvchilarga mamlakatimizda, maktabda, oilada sodir boʻlgan qiziq voqea-
hodisalar haqida, tabiatdagi oʻzgarishlar haqida oʻqiganlaridan foydalanib gap
tuzish, ayrim parchalarni kitobdan koʻchirib yozish, grammatik tahlil kabi
topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiqdir. Ona tilidan koʻzlangan maqsadga
erishish uchun:
birinchidan, ona tili darsida oʻqishdan beriladigan topshiriq oldindan
tayyorgarlik koʻrib, puxta oʻylab, soʻng berilishi;
ikkinchidan, ona tili darsida oʻtilgan mavzuni mustahkamlashga imkon
berishi hisobga olinishi;
uchinchidan, topshiriq (misol qaysi asardan olingan boʻlsa) berilgan asar
gʻoyasini yana ham mustahkamlashga yorlashishini hisobga olish kerak.
Ma'lumki, grammatik bilim tilni ongli egallashni va savodli yozish malakasini
shakllantirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham oʻquvchilarning
grammatikadan olgan bilimlari toʻgʻri yozuv malakalarini shakllantirish bilan
birga olib boriladi. Toʻgʻri yozuv malakasini rivojlantirishda imloviy mashq turlari:
grammatik imloviy tahlil, matnni koʻchirib yozish, ta'limiy diktant va bayondan
mashq sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Imloviy mashqlarni amalga
oshirishda ona tili darsligi sahifalarida berilgan mashqlardan foydalanish bilan
birga boshqa materiallardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki oʻquvchilar
yangi materialga qiziqish bilan kirishadilar, oʻylashga, fikrlashga harakat qiladilar.
Kurs ishining maqsadi. Boshlang‘ich sinf O’qish darslarida "Oltin kuz"
mavzusini O’rganish metodikasi.
Kurs ishining obyekti: Boshlang‘ich sinf O’qish darlarida "Oltin kuz
"mavzusi ustida ishlashning mazmuni.
Kurs ishningi predmeti.Boshlang‘ich sinflarda "Oltin kuz"mavzusini
o‘rgatishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik
adabiyotlarni oʻrganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- soʻrovnomalar, ilgʻor
oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.Kurs
ishining metodologik asoslari. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Talim
togʻrisida” gi Qonun, “ Milliy oʻquv dasturi” Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi,
metodist psixolog, didakt olimlarning muammo yuzasidan qayd etgan qarashlari,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. Kurs ishi
tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, beshta paragraf va qilingan
xulosalardan iborat.Ishga qoʻyilgan maqsadga erishishi uchun toʻplangan
adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
I
BOB.
BOSHLANG’ICH
SINF
O’QISH
DARSLARIDA
"OLTINKUZ"MAVZUSINI O’RGANISHNI TASHKIL ETISH.
1.1. O’qish darslarida "Oltin kuz"mavzusini O’rganishni tashkil etish
metodikasi.
Boshlang’ich sinflarda fanlararo integratsiya dars smaradorligini sezilarli
ta'sir ko'rsatadi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur
o’zlashtirishga yordam beradi, bo’sh vaqt orttiriladi. Boshlang’ich ta`limda ona tili,
o’qish, tabiat,matematika darslarini integratsiya asosida tashkil qilish mumkin.
Masalan, Oltin kuz mavzusini o’tishi uchun mavzu tushuntiriladi, mavzu asosida
rasm ham chiziladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam beradi,
kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga
yordam beradi. Bu esa dars samaradorligini oshiradi.Boshlang‘ich maktabda
integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga
oshiradi. U bolalarga matematika, o‘qish, tabiat haqidagi boshlang‘ich
tushunchalarni va yana ko‘pgina narsalarni o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘zining kuch va
imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich sinflarda har bir
o‘qituvchining dars berishini, alohida olingan integratsiyaning bir usuli deb
hisoblasak ham bo‘ladi. Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki
yomon bo‘lishi mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning biridan yuz
o‘girib, ikkinchisidan barcha darajalarida o‘quvchilarning (psixologik va fiziologik)
yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishidir.
Muammoning bunday qo‘yilishi integratsiyaning turli ta'lim pog‘onalarida turli
xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich maktabda integratsiyani
birbiriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq.
Ta'limning keyingi pog‘onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga
harakat qiladi. Boshlang‘ich ta'lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy
omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini
belgilab beradi. O‘qituvchining ijodkorligi shundaki, ular fan uchun ma'lum, ammo
o‘quvchi bilmaydigan tomonlarni, avvalo, o‘zi loyihalaydi va o‘quvchilarini ham
shunga undaydi. Modomiki, shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
tafakkur o‘stirish uchun modul darslarini tashkil qilish orqali integratsiyani amalga
oshirish samarali usul hisoblanadi.Integratsiya go‘yoki bilim berishda zarur
emasga o‘xshaydi, biroq u insonning dunyoni kengroq tushunishi uchun bir yo‘l
bo‘lib, u orqali o‘quvchilar dunyoqarashi kengayadi: o‘qish darslarini ona tili,
odobnoma, shuningdek, rasm, tabiatshunoslik va mehnat fanlari bilan bog‘lab
o‘qitish uchun modulli darsning qonuniyatlarini chuqur anglaydi, aloqadorlikni
bilib oladi. O‘quvchilarni ijod qilishga o‘rgatish, izlanishga yo‘naltirish, tasavvur,
fantaziya hosil qilish, o‘qitishning zamonaviy usullariga kiradi. Darslarda
qo’llaniladigan metodlarni o’qish darslarida “Oltin kuz” mavzusini o’rganishda
qo’llash.Hozirgi zamonda ta’lim jarayonida o’qitishning metodlari keng
qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning
didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars
shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan
turli- tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi
o’sishiga olib keladi. 1-sinf o’quvchisi o’zidagi bo’shliqlarni to’ldirish, so’z
san’atini o’zlashtirish maqsadlarini o’z oldiga qo’ya olmaydi. O’qituvchi bu
maqsadlarni o’rtaga tashlab, o’quvchilarni maqsad sari yo’naltiradi. Siz nima
o’qiyapsiz? O’ylang, nima uchun bu asarni o’qiyapmiz? Bu asarni hozirgi tahlil
qilish usuli bilan yaxshi o’zlashtira oldingizmi? Keyinchalik o’quvchi darslar
davomida kitobxon bo’lishi uchun nimalar qilishi kerakligini, yaxshi kitob
kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg’urish,tashvishlanish) yuzaga keltirishini,
fikrlashga undashini, o’zining pozitsiyasini tanlash imkonini berishini bilib
boradi.Har bir fan o'zining o'ganish ob'ekti va predmetiga ega bo'lganidek, hozirgi
kunda boshlang' ich sinflarda o' qish metodikasi adabiy ta' lim metodikasi sifatida
ish ko'rishi lozimligi g'oyasi ilgari surilmoqda. Haqiqatan ham, adabiyot o'qitish
sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o'qish metodikasi bolalar
adabiyoti namunalari asosida o'z maqsad va vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib
chiqqan holda boshlang'ich sinfda o'qish darslarining o'rganish ob'yekti -
o'quvchilarning adabiy ta'limni egallash jarayoni deb belgilanishi maqsadga
muvofiqdir. "Adabiy ta'lim" atamasi ozaro bog'liq bo'lgan uch jarayonni o'z ichiga
oladi: 1) adabiy-badiiy asarlar bilan aloqa jarayonida shaxs tarbiyasi; 2) o'qitish,
ya'ni bolalar adabiyotini maktab fanlaridan biri sifatida o'qitish; 3) shaxsning o'zini
rivoj lantirishini shakllantirish. V.V.Golubkov tomonidan ishlab chiqilgan "Nima
uchun o'rgatish kerak?" (badiiy asarni o'rgatish maqsadi), "Nimani o'rgatish
kerak?" (adabiy ta'limning mazmuni), "Qanday o'rgatish kerak?" (talabalarning -
bo'lajak o'qituvchining maqsadi, mazmuni, mos metod va usullar, vositalar), "Nima
uchun shunday o'qitish kerak, boshqacha emas?"(tanlangan yo'lning ilmiy
asoslanganligi) adabiy ta'lim metodologiyasiga asoslanilgan. Hozirgi kun
metodikasida bu masalaga o'quvchi nuqtai nazaridan qaralmoqda. Unga ko'ra
o'quvchi tomonidan tan olingan o'quv maqsadi sifatida quyidagilar belgilangan:
1) "Nimani o'rganyapman?" (adabiy ta'limning o'quvchi shaxsi tomonidan
qabul qilingan mazmuni);
2) "Qanday o'qiyman?" (bola o'zlashtirishning qaysi usullaridan foydalanishi);
3) "Nega men shu usulda organyapman, boshqa usulda emas?" (o'rganayotgan
usullaridan qaysi birining samarali ekanini anglashi)
Metodologiyaning fan sifatida rivojlanishi bir paradigmaning boshqasi bilan
bog'liqligiga asoslanib o'qitish ko'zga tashlanadi. Bunda "Nima uchun oqituvchi
dars beradi?", "Nima uchun bola o'qiydi?" savollarga javoblar mos tushadi. 1-sinf
o'quvchisi o'zidagi bo'shliqlarni to'ldirish, so'z san'atini o'zlashtirish maqsadlarini
o'z oldiga qo'ya olmaydi. O'qituvchi bu maqsadlarni o'rtaga tashlab, o'quvchilarni
maqsad sari yo'naltiradi. Siz nima o'qiyapsiz? O'ylang, nima uchun bu asarni
o'qiyapmiz? Bu asarni hozirgi o'qish va tahlil qilish usulimiz bilan yaxshi
o'zlashtira oldingizmi? Keyinchalik o' quvchi darslar davomida kitobxon bo' lish
uchun nimalarni bilish kerakligini, yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni
(qayg'urish, tshvishlanish) yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o'zining
pozitsiyasini tanlash imkonini berishini bilib boradi.
M.A.Ribnikova metodikaning asosi sifatida 4ta didaktik qoidani keltiradi:
1.Ta’lim o’quvchilarning anglashlariga har tomonlama ta’sir etuvchi
xarakterda bo’lishi.
2.O’quvchilar oldilariga qo’yilgan masalani aniq tushunishlari.
3.Metodist yangi murakkab hodisalarni tanish hodisalardek oson ko’rsata
olishi mahoratiga ega bo’lishi.
4.Deduksiyani induksiya bilan bog’lashi.
Kuz kelishi bilan kunlar asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar
uzaya boradi. Kuz o‘simliklarning qishga tayyorlanish davri hisoblanadi. Kuz
kelganini hamma o‘simliklarga qarab ham bilib bo‘lmaydi, chunki ba’zi gulli
o‘simliklar kuz oylarida ham gullayveradi. Kuzda juda ko‘p yovvoyi va madaniy
o‘simliklarning . mevasi pishib yetiladi. Lekin bular orasida ituzumga o‘xshab
mevasining asosiy qismi pishib, uchki qismidagi gullari ochilib turadigan yoki
g‘o‘zaga o‘xshab pastki shoxlaridagi ko‘saklari yetilib, uchki shox- laridagi gullari
ochilib turadigan o‘simliklar ham ko‘p uch- raydi. Kuzda o‘simliklarda sodir
bo‘ladigan
muhim
biologik
o‘zgarishlardan
biri xazonrezgilikdir.
Ba’zi
o‘simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin boshlanadi. Ayrim daraxt va
butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa birinchi sovuqdan keyin
to‘kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va
aylantning barglari ancha barvaqt to‘kiladi.Xalqimiz bu faslni «oltin kuz» deb
ataydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, bu davrda juda ko‘p mevalar g‘arq
pishadi. Ikkinchidan, ko‘pchilik daraxt va butalarning bargi qizg‘ish, sarg‘ish,
qo‘ng‘ir rangga kirib, tabiatga ajoyib man- zara baxsh etadi. Bir qator o‘simliklar
(nastarin, atirgul, ligustrum)ning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi.
Hatto, qishda ham shamshod va ligustrum kabi o‘simliklarning bargi to‘kilmay
turaveradi.Kuzda ko‘pgina daraxt va butalarning yashil barglari rangi to‘kilish
oldidan o‘zgaradi. Shu munosabat bilan o‘simliklarning barglari nima uchun
rangini o‘zgartiradi? Bunda o‘simlik hujayralarida qanday o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi, degan savol tug‘iladi.Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga
keladigan yorug‘lik va harorat kamayadi. Yorug‘lik va harorat yetishmasligi
tufayli hujayra- larda jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Natijada barglarga
yashil
rang
beruvchi
xloroplastlar
yemirilib,
xromoplastlarga
aylanadi,
hujayralarda esa rang beruvchi moddalar to‘planib, yashil barglar asta-sekin
sarg‘ish, sarg‘ish-qizg‘ish, qo‘ng‘ir-qizg‘ish ranglarga kiradi.Kuzda barg to‘kilishi
bilan bir qa- torda yozda to‘kilgan urug‘lari namga tegib unib chiqadigan va
to‘pbarg hosil qiladigan o‘simliklar ham kam emas.
1.2. "Oltin kuz"mavzusini O’rgatishda yangi texnologiyalardan
foydalanish.
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan
olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda
rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish an’anaviy o’qitish usullaridan ko’ra samarali va yuqori
natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda
tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va
kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash
rivojlanib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta’lim
jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish
bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim
to’g’risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim
xodimlari zimmasiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga
oshirish jarayoni boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qishiga yangicha yondashish,
o’qituvchilarni o’z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o’ta ma’suliyatli munosabatda
bo’lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish
mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol
topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli
ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy,
psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va
oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan
pedagogik g‘oyani ilgari suradi. Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang'ich
ta'lim shubhasiz mustahkam poydevor yo'lini o'taydi. Boshlang'ich ta'lim
standartida o'quvchilarning o'qish malakalarining sifatlari va ijodiy fikrlay olishlari,
o'z-o'zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o'zlashtirishlari, husnixat bilan
savodli yozish ko'nikmalarini egallashlari alohida qayd etilgan.Yurtimizda ta'lim
mazmuniga alohida e'tibor qaratib, DTS o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi
variantlari tajriba sinovdan o'tkazilmoqda, pedagogik texnologiyalar asosida o'quv
jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan,
axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang'ich sinfda
"o'qish" fani o'quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin
fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrlarini yozma ravishda ravon bayon
qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikmasi va
malakalarga xizmat qiladi. Sinfda o'qish darslariga qo'yilgan vazifalar:
1. O'qish malakasini takomillashtirish. O'quvchilarda yaxshilik darajasi
sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg'otish, kitobdan foydalanishga, undan
kerakli bilimni olishga o'rgatish, ya'ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni
biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
3.
O'quvchilarda
atrof-muhit
haqidagi
bilimlarni
kengaytirish
va
chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
5. O'quvchilar nutqi ( asosan,og'zaki nutqi) ni va tafakkurini o'stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarining mazmuni:
1. Ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ulardan o'rinli foydalanish - ta'lim
samarasini ta'minlashga yordam beradi.
2. Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi
faoliyat doirasini aniq belgilab beradi.
3. O'qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning
kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O'qitish
usullari ta'lim jarayonidagi o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini qanday bo'lishini,
o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
O'qitish usullari har ikkala faoliyatning:
a) o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan
qurollantirish;
b) o'quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarni
o'zlashtirish faoliyatida qo'llanadigan yo'llarni o'z ichiga oladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini oson o'zlashtirish maqsadida pedagogik
texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish
muhim sanaladi. O'qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning
ko'pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog'chadan so'ng maktabning
dastlabki davrlari muhim o'rin tutadi. Shu bois, boshlang'ich ta'lim davri ta'lim
jarayonidagi eng ma'suliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan
birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu
davrda bolaning zehnini o'stirishga qaratilgan har bir mashg'ulot bola aqlining
tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun bu davrda,
avvalo, ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va
uni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Chunki, bu muddat bolaning o'yin
faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya'ni o'quv faoliyatiga o'tganligi bilan harakterlanadi.
Bolaning o'quv faoliyatini rivojlantirishda turli o'yinlardan foydalanish katta
ahamiyat kasb etadi. Bolalar o'yin orqali o'z bilimlarini mukammallashtiradilar va
uni chuqur o'zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta'lim jarayonida qo'llanadigan
didaktik
o'yinlarning
roli
beqiyosdir.
Didaktik
o'yinlar
ta'lim
jarayoni
samaradorligini oshiradi, ta'lim jarayonida o'quvchilar faolligini, o'qish motivlarini
rivojlantiradi. O'qish motivlari ta'lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida
tashkil etishda ham muhim o'rin tutadi.Boshlang'ich sinf o'quvchilarining
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o'qish darslari jarayonida erkin va
mustaqil qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi
natijasida, o'quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek,
asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni
chuqur o'rganish, keng fikrlash, tegishli qarorlar qabul qilish ko'nikmalari
shakllanadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta'limning mazmunini
belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchilarning
bilimlarni keng egallashi va ma'naviy fazilatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan
topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta'limning natijasi va o'zlashtirish darajasini
aniqlash, ularni obektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil
qiladi.Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishni samarali tashkil etish, pedagogik
texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta'lim berishda pedagogik
texnologiyalardan to'g'ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga
erishish uchun olib borilayotgan ta'lim sohasidagi yangiliklarni o'rganish,
amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ta'lim jarayoni
nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun ta'lim samaradorligi pedagog va
o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining
tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog'liq. Bumerang texnologiyasi",
"Arra" metodi kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o' qish materiali -
badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq maqsadga yo'naltirilishini,
o'quv harakatlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishini, ta'lim oluvchilarga
individual yondashishni, o'quvchilar faoliyatini kuzatish va tezkorlik bilan
baholashni ta'minlaydi. "Arra" metodida o'rganilayotgan badiiy matn tarkibiy
qismlarga ajratiladi. Bu texnologiya 4-sinfda "O'qish kitobi" darsligiga kiritilgan
barcha asarlarni o'rganishga tadbiq etilishi mimkin. Masalan, "Shaxzodaning
bolaligi" hikoyasi o'rganiladigan darsda asar dastlab audiodan eshittiriladi. Asar 4
qismga bo'linadi. Sinf o'quvchilari ham 4ta kichik guruhga bo'linadi. Har bir
guruhga o'qiydagin qismi belgilab ko'rsatiladi. Har bir guruh uchun bir xil topshiriq
beriladi:
1-topshiriq. O‘qigan qismlarining mazmunini toliq gapirib berishga
tayyorlanish. (Guruhning har bir o'quvchisi bu topshiriqni bajarishga tayyorlanadi.
So'ngra guruhlar qayta tashkil qilinadi. Har bir guruhda old ingi guruhdagi bitta
mutaxassis o'quvchi bo'ladi. Ular arra tishlari ketma -ketligida mavzuni - asar
mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda o'rtoqlariga hikoyalab beradi.
2-topshiriq: Har bir guruh asar yuzasidan berilgan quyidagi savollarga javob
beradi:
1. Malika Kuzbor Malikka nima uchun o'g'li Jaloliddinni ayamasdan tarbiya
qilishni topshirdi?
2. Kuzbor Malikning Jaloloddinga chavandozlik sirlarini o'rgatishining
sababini izohlang.
3. Kuzbor Malikning Jaloloddinga o'q otish sirlarini o'rgatishining sababini
izohlang.
4. Asar nima uchun to'rt qismga bo'lindi?
3-topshiriq. Asar qahramonlariga baho berish yuzasidan berilgan quyidagi
topshiriqlarni bajaradilar va taqdimotga chiqadilar:
1. Malika Oychechak qanday ayol ekan? Unga malika va ona sifatida baho
bering.
2. Kuzbor Malik qanday chavadoz va mergan ekan? Malikning malika
Oychechakka munosabatida qanday xususiyatlarini payqadingiz?
3. Jaloloddin Kuzbordan nimalarni o rgandi? U qanday shahzoda bo'lib
yetishdi? Siz Jaloliddin haqida yana nimalarni bilasiz?
II.BOB.
O’QUVCHILARNING
KUZGI
MAVSUMIY
O’ZGARISHLAR
HAQIDAGI
TASAVVURLARINI
KENGAYTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
2.1. Pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda O’quvchilarga
"Oltin kuz"mavzusiga doir dars ishlanma.
Kuzgi bug‘doy, gulxayri, qoqio‘t, jag‘-jag‘, qurttana kabi o‘simliklarning
bargi qor tagida qishlab, bahorda yana o‘sishda davom etaveradi. Shunday qilib,
kuz kelishi bilan o‘simliklarning mevasi (urug‘i) pishadi va barglari to‘kilib, qishki
tinim davriga kiradi.Barg to‘kilishining ahamiyati ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Bu
savolga o‘simlik uchun ham, kundalik turmushda ham barg to‘kilishining
ahamiyati katta, deb javob berish mum- kin. Birinchidan, to‘kiladigan barglar
orqali bir yil davomida o‘simliklarda to‘planib yotgan keraksiz moddalar chiqarib
tashlanadi, ikkinchidan, ayniqsa qishda, barglar orqali suvning bug‘lanishi
to‘xtaydi. O‘simlik tinim davriga o‘tadi.Xazonrezgilik paytida to‘kiladigan
barglardan to‘g‘ri foydalanishni aslo unutmaslik kerak. Ayrim joylarda barglar
to‘g‘ri kelgan joyda yoqib yuboriladi. Natijada atrof-muhitni qurum bosib,
havoning tarkibi buziladi. Barglardan oqilona foydalanishning eng oson yo‘li
chorva mollari uchun ozuqa sifatida (boshqa yem-xashaklarga qo‘shib) berish va
yerga ko‘mib (chiritib) o‘g‘it tayyorlashdan iborat.Barglar nima uchun to‘kiladi,
degan savol tug‘ilishi tabiiy albatta .Barglar bandining novdaga birikkan joyida
po‘kak hosil bo‘ladi. Po‘kakning hosil bo‘lishi barglarning to‘kilishidan darak
beradi. Barglarning to‘kilishida suv bug‘lanishining ham ahamiyati katta. Kech
kuzda ildiz tuklari sovuq suvni so‘rib ololmaydi, natijada o‘simliklarning yer ustki
qismi suv bilan ta’minlanmay qoladi. Barglar suv bug‘latishdan to‘x- taydi.
Shunday
qilib,
xazonrezgilik-barg
to‘kishyo‘li
bilan
o‘simliklar
qishga
tayyorlanadi.Qishda o‘simliklarda tinim davri boshl anadi, ya’ni oziq moddalar
hosil bo‘lishi, hujayradagi shira harakati deyarli to‘xtaydi, nafas olish sekinlashadi.
Biroq, O‘zbekistonda kuz va qish mavsumi doimo bir xil kelmaydi. Ayrim yillari
kuz iliq kelib, bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar o‘sib chiqadi va o‘sishda davom etadi.
Yil bo‘yi o‘sib, barglari qishda ham saqlanib qoladigan shamshod, archa, qarag‘ay,
qora qarag‘ay singari doim yashil o‘simliklar ham ko‘p uchraydi.Fasllar
ruhiyatimizga tasir otkazmasdan qolmaydi. Kuz fasli hayot, borliq, otmish va
kelajak haqida oylashga, biroz fikr yuritishga undashi ham sir emas. Kuz yomgiri,
quyoshning sovuqqa taslim bolmasdan kulib boqishi, jimjitlik bizni mahzunlik sari
etaklaydi. Oylab koring, ob-havoning qovogiga qarab, uch oyni tushkun kayfiyatda
otkazmoqchimisiz Hecham-da, biz bunga yol qoymaymiz! Kuz eshik qoqayotgan
pallada bizning takliflar bilan tanishib chiqsangiz, bas! Ko'pchilik kuzni yilning
eng romantik davri deb hisoblaydi, barglar sarg’ish va qizil tusga kirib, derazalarga
yomg'ir urila boshlaydi. Ammo bu fikrga qo'shilmaydiganlar ham yo'q emas,
chunki kuz juda mashaqqatli yig'im-terim davri. Qanday bo'lmasin, yilning bu fasli,
boshqalari singari, o'zgacha go'zal.Hamma ham kuz faslini nima ekanligini
bilmaydi. Tropik mintaqada yashovchiga "kuz" so'zini tushuntirish qiyin ish
bo'lishi mumkin.Yerning janubiy yarim sharida kuz martdan maygacha davom
etadi.Taqvim kuzi meteorologik davrga to'g'ri keladi, ammo astronomik kechikish
bilan birozdan keyin keladi.Yilning shu davrida ko'chib yuruvchi qushlar qishlash
uchun ko'chishni boshlaydilar.Amerika Qo'shma Shtatlari olimlari tomonidan
to'plangan statistik ma'lumotlarga ko'ra, kuz oylarida tug'ilganlar yilning boshqa
paytlarida tug'ilganlarga qaraganda o'rtacha uzoq umr ko'rishadi.Kuzgi tushkunlik
hech qanday fantastika emas. Bu aholining taxminan 5 foiziga ta'sir qiladi."Kuz"
so'zi turli xil tillarda hosilni yig'ish so'zlaridan kelib chiqqan.Ko'pincha yo'llar va
piyodalar yo'llarini qoplaydigan barglar, ayniqsa yomg'irda nam bo'lsa,
muammolarni keltirib chiqaradi. Piyodalar va velosipedchilar unga tez-tez toyib
ketishadi va avtoulovchilar ular tufayli tormozlanish masofasi o'n baravar
ko'payishi mumkinligini unutmasliklari kerak.Barglar kuz faslida odatda tez
sarg'ayadi, ba'zida bir necha kun ichida daraxt rangini butunlay o'zgartirib
yuborishi mumkin. Barglarda xlorofill ishlab chiqarish to'xtaydi va u tezda rangini
o'zgartiradi.Ekvatorda kuz umuman bo'lmaydi.Kuz oylarida atmosfera bosimining
pasayishi odatdagidek emas, ba'zan juda keskin bo’ladi. Bu meteorologik
odamlarga jiddiy noqulaylik tug'diradi.Barglar nafaqat kuzda, balki boshqa paytda
ham to'kiladi. Ekvatorial va tropik zonalardagi ko'plab o'simlik ham barglarini
tashlaydilar. Yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kuzda ko'plab
odamlarda qo'rquv sustlashadi.She'riyat va musiqada kuz odatda qayg'u va nostalji
bilan bog'lanadi.Kuzda tungi va kunduzgi haroratning pasayishi sababli daraxtlar
barglarini to'kishni boshlaydi.Statistika shuni ko'rsatadiki, eng ko'p to'ylar kuz
mavsumida bo'lib o’tadi.Rossiyada 18-asrga qadar kuz rasman 23 sentyabrda
boshlanib, 25-dekabrgacha davom etgan. Kuz haqida ma'lumot. Ekinlar va
qushlarning barglari birinchi qordan oldindan yoyilgan bo'lsa, unda kelgusi yil
mo'l-ko'l hosilni kutishingiz mumkin. Agar juda ko'p tog 'kuli tug'ilgan bo'lsa, bu
kuzning yomg'irli ob-havo va sovuq suv bilan to'ldirilganligini bildiradi. Quyosh
botishi pushti, sarg'ish yoki oltin bo'lsa, ob-havo yaxshi va yoqimli bo'ladi. Yorqin
yulduzlar yaxshi ob-havo, zaif yulduzlar - yomg'irli. Ravon kechiksa, kuz juda
uzun bo'ladi. Agar bulutlar past bo'lsa, ob-havoga yomon tayyorgarlik ko'rishingiz
kerak. Lekin nodir bulutlar havo ochiq, lekin sovuq. Bu odamlar kuzda ob-havo
haqida alomatlari, ular ota-bobolarimizni bilishgan. Agar ularni tinglasangiz,
ertaga qanday havo kiritish mumkinligini oldindan bilib olishingiz mumkin.
Kuz fasliga oid naqllar: Ayamajuz olti kun, Olti oy qishdan qattiq kun. Aqrab
kelar hayqirib, Bola-chaqasini chaqirib. Aqrab keldi aqirib, Sovuqlarni chaqirib.
Aqrabda jo'xorini sovuq urmasa, Oxiratda ham urmas. Ahman-dahman olti kun,
Qahriga olsa qatti kun. Ahman muzi dahmonday bo'lsa ham, qo'rqma, Kuzning
muzi ko'zguday bo'lsa ham, qo'rq. Bars yili — boylik, Quyon yili — qahatchilik.
Dalv kirdi — davr kirdi. ... Kuzgi qatiq kuyovga bergisiz. Kuzning bir kuni
qishning bir oyini boqar. Kun g'amini sahar ye, Yil g'amini bahor ye. Laylak
kelmay, yoz bo'lmas, Qirg'iyak chopmay, kuz bo'lmas. Laylak kelsa — yorug' yoz,
Turna kelsa — tunuq yoz. Mizon chiqib, aqrab kirsa — qish.G‘ir-g‘ir shamol
yeladi, Buni hamma biladi. O‘giradi yelga yuz: – Marhamat! Kel, oltin kuz!
Maktab borar qiz-o‘g‘il, Qo‘lda kitob hamda gul. Oltin oqar daladan, Tong
yorishgan palladan. Quyosh tushar taftidan, Qo‘rqib qishning aftidan. Sarg‘ayadi
ko‘katlar, Barg to‘kadi daraxtlar. Hosil yig‘ib olinar, Qishga zamin solinar.
"OLTIN KUZ" mavzusida dars ishlanma.
Sana:__________
Mavzu: Oltin kuz.
Darsning maqsad va vazifalari.
1.Ta'limiy: O'quvchilaming she'mi ifodali o'qish malakasini rivojlan-tirish,
nutq boyligini oshirish. Kuz haqidagi bilimlarini kengaytirish.
2.Tarbiyaviy: O'quvchilami kuzning asosiy belgilarini ajrata bilishga o'rgatish,
kuz faslidagi tabiat go'zalligidan zavqlanishga va ushbu go'zallikni qadrlashga
o'rgatish.
3.Rivojlantiruvchi: O'quvchilaming mantiqiy fikrlash va hamkorlikda ishlash
ko'nikmalarini rivojlantirish
Tayanch kompetentsiyalar:
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi- turli yo‘nalishdagi (ertak,
sarguzasht,
hikoya
va
san’atga
doir)
kitoblarni
muntazam
o‘qish
va
o‘rganish;o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qilish
va xatolarini tuzatishga harakat qilish; o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib
borish.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi- matndagi so‘z va gaplarning
ma’nolarini tushuna oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi;o‘rganilgan
asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi; asar
qahramonlariga munosabat bildira oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va
topshiriqlarga javob bera oladi.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya- o‘qilgan matnlarning mazmunini
tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
Darsning turi: yangi bilim berish, o’tgan darsni mustahkamlash.
Dars metodi: ko’rgazmali savol-javob, aqliy hujum,klasster.
Dasrning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish
“Mening oilam”mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi: argon – fartuk, airplane – samalyot.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzuga oid tarqatmalar
yordamida o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash va baholash.
─ Orol dengizi haqida nimalarni bilasiz?
─ Nodir orol dengizini qutqarish uchun nima qildi?
─ Orol dengiziga yana qanday yordam berish mumkin?
─ Siz ham suvni iflos qilmaysizmi? Uni tejaysizmi?
III. Yangi mavzu bayoni. MUALLIF HAQIDA:Tursunboy Adashboyev
1939 yil 1 yanvarda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Olabuqa
tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Qishloqdagi 57-oʻrta maktabni
bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–
1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982)
tahsil oldi. “Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi
sheʼriy toʻplami 1962 yilda chop etildi. Shundan soʻng shoirning “Kamolning
olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969),
“Nur daryo” (1975), “Olatogʻ ‒ lolatogʻ” (1978)
OLTIN KUZ
Tursunboy Adashboyev
Yana xazonrezgilik,
Bog‘lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Yashil libos daraxtlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chagtchagtlaydi zarg‘aldoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar.( Tursunboy Adashboyev)
Lug'at ishi o'tkaziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. She’r qaysi fasl haqida ekan?
2. Shoir: “Xayrlashib kuz bugun, Sochar oltin tangalar”, – deganda
nimani nazarda tutmoqda?
3. Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Maqol: Daraxtni yer ko’kartiradi, odamni el ko’kartiradi.
Topishmoq:
Olma shoxida olmaxon,
Olmani olma, Olmaxon.
Qat-qat to‘nli bu polvon,
Archib, yig‘ladi Javlon.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.Dars yakunida
umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga Vazifa. She’rni yod olish.
2.2 . BoshlanG’ich sinf O’quvchilariga O’qish darslarida darsga
qiziqtiruvchi metodlardan foydalangan holda dars O’tish.
Boshlang’ich sinf O’qish darslarida foydalaniladigan metodlar haqida.Avvalo
so'zimiz boshida bugun ta'lim sohasidagi isloxatlarni muhim jixatlari to'g'risida
to'xtalishimiz kerak. Ya'ni 2020-2030 yilarga belgilangan Davlat ta'lim sifatini
oshirish yuzasidan konseptsiyalarni belgilangani va bu yuzasidan olib borilayotgan
keng ko'lamdagi ishlarmiz ham muhim ahamiyatga ega. "Ta'lim to'g'risidagi
qonunimiz"da belgilanganidek umumiy o'rta ta'limimizning quyi bosqichi
hisoblangan boshlang'ich sinflarda dars o'tishni yangicha tusga kiritish asosiy
vazifalarimizdan biridir. Shu singari maqolada asosiy vazifamizni interfaollik nima?
Savolini qo'yishda, bu - o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni, bundan o'quv-
biluvjarayoni o'zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki
o'qituvchi - o'quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik -
o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi - o'qituvchi, o'quvchi - o'quvchi
suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o'quv jarayoni
uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy
fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit
yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi
chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin
bildirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni hosil bo'ladi.
Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar
shakllanadi . Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik
(fikrlash, izlash, topish) suhbat - dars jarayonini loyihalash orqali muammoli
vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ - ijodkorlik asosida axborot
kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga
oladi .
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta'lim o'z navbatida
kompyuter dasturlari yordamida o'qitish, masofadan o'qitish, internet tarmoqlari
asosida o'qitish, media - ta'lim metodlaridan iborat. Boshlang'ich ta'limda
o'quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga
ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar
keng qo'llanilmoqda. Agar o'qitish jarayonida har bir o'quvchi o'zining o'zlashtirish
imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni
ta'minlagan bo'lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta'lim orqaligina
amalga oshirish mumkin. Endi ta'lim jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga
oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini
faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy
imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini
aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o'yinlar nazariy,
amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular
o'quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish,
xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida
ishlash,nutq
o'stirish,
til
o'rgatish
yangi
bilimlar
olish
faoliyatlarini
rivojlantiradi.Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra, mavjud barcha o'yin turlarini
tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy
o'yinlarga ajratiladi.Interfaol o'yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya
qilish yaxshi natijalar beradi. -ishtirokchilarni tarkibi bo'yicha, ya'ni o'g'il bolalar,
qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o'yinlar:
-ishtirokchilarning soni bo'yicha -yakka, juftlikda, kichik guruh, kata guruh,
sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o'yinlar:
- o'yin jarayoni bo'yicha fikrlash, o'ylash, topag'onlik, harakatlarga asoslangan,
musobaqa va boshqalarga yo'naltirilgan;
-vaqt me'yori bo'yicha -dars, mashg'ulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan
qismi, o'yin maqsadiga erishguncha, g'oliblar aniqlanguncha davom etadigan
o'yinlar.
Bularning bari o'quvchilarga fanlararo bogliqlikni o'rgatish orqali ularda olam
tuzilishini ilmiy asoslarini to'liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini
shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Boshlang'ich
sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida
alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya
asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz
tasavvur qilib bo'lmaydi.Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan
didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
1.O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini
shakllantirish.
2.O'quvchilarni
kitobdan
foydalanishga,
undan
kerakli
bilimlarni
olishgao'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur
mulohaza yiirituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.
3.O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4.O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga mu habbat ruhida
tarbiyalash.
5.O'quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini o'stirish.
6.O'quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7.Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.
O'qish darslarida qo'llaniladigan metodlar: Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi"da ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-
uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan
biri sifatida ta'kidlangan. Ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish
o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta'lim metodlarining to'g'ri
tanlanishiga bog'Iiq. Ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali
o'qish nazarda tutilgan.Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib
borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug'iladi: Izohli o'qish nima?
Izohli o'qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy
asos solgan, u o'qishda o'quvchilarni ,,ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni
alohida ta'kidlaydi va uni "Izohli o'qish" deb nomlaydi. Izohli o'qish metodiga K. D.
Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli
o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov
o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy
xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Izohli o'qish: quyidagi tamoyillarga toliq amal qilingandagina muvaffaqiyatli
bo'ladi:
l.O'qishni hayot bilan bog'liq holda tashkil etish.
2.O'qishning ongli va ta'sirchan bolishi uchun o'quvchilarning hayotiy
tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.
3.O'qishni ko'rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy ioylarga ekskursiyalar
uyushtirish, hayvonot olami va o'simliklar dunyosini ku-zatish, rasmlar, jadvallar,
predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o'quvchining ifodali o'qishi tarzida olib
borish.
Interfaol metodlardan foydalanish: Noan’anaviy darslarni tashkil etishda
interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi.Ular o’qituvchi va o’quvchilarning
o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir..Bunda o’qituvchi
va
o’quvchi
o’zaro
hamkorlikda
ishlaydi.Fikrlar
to’qnashuvi
yuzaga
keladi.Bolaning erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi.O’qituvchi shu
tarzda o’quvchilarni faollashtiradi.