OQSILLAR VA ULARNING AMINOKISLOTA TARKIBINI O`RGANISH

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

281,1 KB


 
 
 
 
 
 
OQSILLAR VA ULARNING AMINOKISLOTA TARKIBINI O`RGANISH 
 
Reja 
1. Oqsillarning umumiy xususiyatlari 
2. Oqsillarning biokimyoviy xossalari. Azot muvozanati 
3. Oqsil optimum va minimum 
4. Oqsillar almashinuvining boshqarilishi 
 
Oqsillarning tabiati va ularning fiziologik ahamiyati. Oqsillar, yoki 
proteinlar – murakkab, aminokislotalardan tashkil topgan yuqori molekulali 
organik birikmalardir. Ular hayvonlar va o’simliklar organizmidagi barcha 
to’qima va hujayralarning bosh, muhim qismini tashkil etadi, ya’ni ularsiz hayotiy 
muhim fiziologik jarayonlar bajaralishi mumkin emas. Oqsillar o’zlarining tarkibi 
va xususiyatlari bilan turli hayvonlarda va o’simliklar organizmida va hattoki bitta 
organizmning o’zidagi turli hujayra va to’qimalarda ham turlicha bo’ladi. Turli  
molekulyar tarkibga ega bo’lgan oqsillar suvda va suvli tuz eritmalarida turlicha 
eriydi, ammo organik eritmalarda esa u erimaydi. Oqsil molekulasida kislotali va 
asosli guruhlari bo’lganligi sababli ular neytral reaksiyaga  ega. Oqsillar barcha 
kimyoviy moddalar bilan xilma-xil birikmalar hosil qiladi, bu esa ularni 
organizmda kechadigan va barcha hayotiy hodisalarni namoyon bo’lishini 
ko’rsatuvchi hamda uning zararli ta’sirlardan himoya qilishdagi kimyoviy 
reaksiyalarni amalga oshishida muhim ahamiyatni ta’min etadi. Oqsillar, 
fermentlar, antitanalar, gemoglobin, mioglobin, ko’pgina garmonlarni tarkibiy 
qismini tashkil etadi va vitaminlar bilan  murakkab komplekslar hosil qiladi.
OQSILLAR VA ULARNING AMINOKISLOTA TARKIBINI O`RGANISH Reja 1. Oqsillarning umumiy xususiyatlari 2. Oqsillarning biokimyoviy xossalari. Azot muvozanati 3. Oqsil optimum va minimum 4. Oqsillar almashinuvining boshqarilishi Oqsillarning tabiati va ularning fiziologik ahamiyati. Oqsillar, yoki proteinlar – murakkab, aminokislotalardan tashkil topgan yuqori molekulali organik birikmalardir. Ular hayvonlar va o’simliklar organizmidagi barcha to’qima va hujayralarning bosh, muhim qismini tashkil etadi, ya’ni ularsiz hayotiy muhim fiziologik jarayonlar bajaralishi mumkin emas. Oqsillar o’zlarining tarkibi va xususiyatlari bilan turli hayvonlarda va o’simliklar organizmida va hattoki bitta organizmning o’zidagi turli hujayra va to’qimalarda ham turlicha bo’ladi. Turli molekulyar tarkibga ega bo’lgan oqsillar suvda va suvli tuz eritmalarida turlicha eriydi, ammo organik eritmalarda esa u erimaydi. Oqsil molekulasida kislotali va asosli guruhlari bo’lganligi sababli ular neytral reaksiyaga ega. Oqsillar barcha kimyoviy moddalar bilan xilma-xil birikmalar hosil qiladi, bu esa ularni organizmda kechadigan va barcha hayotiy hodisalarni namoyon bo’lishini ko’rsatuvchi hamda uning zararli ta’sirlardan himoya qilishdagi kimyoviy reaksiyalarni amalga oshishida muhim ahamiyatni ta’min etadi. Oqsillar, fermentlar, antitanalar, gemoglobin, mioglobin, ko’pgina garmonlarni tarkibiy qismini tashkil etadi va vitaminlar bilan murakkab komplekslar hosil qiladi.
 
 
 
                                                 1-rasm. Oqsillarning biologik funksiyalari 
 
To'qima oqsillarining 
sintezlanishi 
Gormonlar, fermentlar, 
pigmentlar, vitaminlar 
Qon aminokislotalari 
Dezaminlanish 
Dekarboksillanish 
Keto kislotalar 
Ammiak 
Aminlar 
Yog' kislotalar 
Mochevina, siydik  
kislotasi, allontoin 
Aldegidlar 
Uglevod almashinuvi 
(CO2 va H2O) 
Uglevod almashinuvi 
(CO2 va H2O) 
Organizmda aminokislotalarning o’zgarishi. 
 
 
 
Oqsillar organizmda yog’lar va uglevodlar bilan birikib parchalanishida 
yog’lar va uglevodlarga aylanishi mumkin. Hayvon organizmida ular faqat 
aminokislotalardan va ularning komplekslari – polipeptidlardan sintezlanadi, 
lekin anorganik birikmalar, yog’lar va uglevodlardan sintezlanmaydi. 
Organizmdan tashqarida juda ko’plab past molekulali biologik faol oqsilli 
moddalar organizmda bo’lgan va ular bilan juda o’xshash bo’lgan, masalan, ayrim 
gormonlar sintez qilib olingan.
1-rasm. Oqsillarning biologik funksiyalari To'qima oqsillarining sintezlanishi Gormonlar, fermentlar, pigmentlar, vitaminlar Qon aminokislotalari Dezaminlanish Dekarboksillanish Keto kislotalar Ammiak Aminlar Yog' kislotalar Mochevina, siydik kislotasi, allontoin Aldegidlar Uglevod almashinuvi (CO2 va H2O) Uglevod almashinuvi (CO2 va H2O) Organizmda aminokislotalarning o’zgarishi. Oqsillar organizmda yog’lar va uglevodlar bilan birikib parchalanishida yog’lar va uglevodlarga aylanishi mumkin. Hayvon organizmida ular faqat aminokislotalardan va ularning komplekslari – polipeptidlardan sintezlanadi, lekin anorganik birikmalar, yog’lar va uglevodlardan sintezlanmaydi. Organizmdan tashqarida juda ko’plab past molekulali biologik faol oqsilli moddalar organizmda bo’lgan va ular bilan juda o’xshash bo’lgan, masalan, ayrim gormonlar sintez qilib olingan.
 
 
Azot muvozanati. Aminokislotalardan tashkil topgan oqsillar-bular hayotiy 
jarayonlarga xos bo’lgan asosiy birikmalardir. Ana shu sababli ham oqsillar 
almashinuvini va uning parchalanish mahsulotlarini hisobga olish muhim 
ahamiyatga ega.    
Oqsillar tarkibida odatda o’rtacha 16 % massasini tashkil qiluvchi azot 
saqlanadi. Shu sababli, oqsillar tarkibida organizmga tushgan azotning miqdorini 
hisoblab va siydik, najas hamda ter tarkibidagi ajralgan azotning miqdorini 
hisoblab organizmdagi oqsil yoki azot muvozanatini aniqlash mumkin. 
Ter tarkibida odatda azotning miqdori juda kam, shu sababli ham terda azotni 
miqdorini aniqlash uchun tahlil qilinmaydi. Oziqlar bilan organizmga tushgan 
azotni,   siydik, najas tarkibida ajralgan azotlarni 6,25 (16 %) koeffisiyentga 
ko’paytiriladi. Shundan so’ng birinchi yig’indidan, ikkinchi yig’indi olib 
tashlanganidan keyin, natijada organizmga tushgan va hazmlangan miqdorini 
aniqlash imkonini beradi. 
Organizmga oziqlar bilan tushgan azotning miqdori siydik va najas tarkibida 
ajralgan azotni miqdoriga teng bo’lsa, ya’ni dezaminlanish paytida hosil bo’lgan 
azotni miqdoriga teng bo’lsa, bunga azot tengligi yoki muvozanati deyiladi. 
Odatda azot muvozanati sog’lom voyaga yetgan organizmlarga xos bo’lgan 
xususiyatdir. 
Agarda organizmga tushgan azotning miqdori organizmdan chiqarilayotgan 
azotning miqdoridan ko’p bo’lsa bu paytda musbat azot muvozanati kuzatiladi, 
ya’ni organizmga kirgan azotlar miqdori parchalangan miqdordan kattadir. 
Musbat azot muvozanati sog’lom o’sayotgan yoki kasallikdan turgan organizmga 
xosdir. 
Organizmga ozuqalar bilan tushayotgan azotning miqdori ortganda, aynan 
siydik tarkibida ajralayotgan azot miqdori ham ortadi. 
Nihoyat 
organizmga 
tushayotgan 
azotning 
miqdori 
organizmdan 
chiqayotgan azot miqdoridan kam bo’lsa bu paytda manfiy azot muvozanati 
kuzatiladi, bunda azotning parchalanishi uning sintezlanishidan yuqori bo’ladi, 
ya’ni organizmda oqsillarning parchalanishi kuchli bo’ladi. Bu holat oqsilga
Azot muvozanati. Aminokislotalardan tashkil topgan oqsillar-bular hayotiy jarayonlarga xos bo’lgan asosiy birikmalardir. Ana shu sababli ham oqsillar almashinuvini va uning parchalanish mahsulotlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Oqsillar tarkibida odatda o’rtacha 16 % massasini tashkil qiluvchi azot saqlanadi. Shu sababli, oqsillar tarkibida organizmga tushgan azotning miqdorini hisoblab va siydik, najas hamda ter tarkibidagi ajralgan azotning miqdorini hisoblab organizmdagi oqsil yoki azot muvozanatini aniqlash mumkin. Ter tarkibida odatda azotning miqdori juda kam, shu sababli ham terda azotni miqdorini aniqlash uchun tahlil qilinmaydi. Oziqlar bilan organizmga tushgan azotni, siydik, najas tarkibida ajralgan azotlarni 6,25 (16 %) koeffisiyentga ko’paytiriladi. Shundan so’ng birinchi yig’indidan, ikkinchi yig’indi olib tashlanganidan keyin, natijada organizmga tushgan va hazmlangan miqdorini aniqlash imkonini beradi. Organizmga oziqlar bilan tushgan azotning miqdori siydik va najas tarkibida ajralgan azotni miqdoriga teng bo’lsa, ya’ni dezaminlanish paytida hosil bo’lgan azotni miqdoriga teng bo’lsa, bunga azot tengligi yoki muvozanati deyiladi. Odatda azot muvozanati sog’lom voyaga yetgan organizmlarga xos bo’lgan xususiyatdir. Agarda organizmga tushgan azotning miqdori organizmdan chiqarilayotgan azotning miqdoridan ko’p bo’lsa bu paytda musbat azot muvozanati kuzatiladi, ya’ni organizmga kirgan azotlar miqdori parchalangan miqdordan kattadir. Musbat azot muvozanati sog’lom o’sayotgan yoki kasallikdan turgan organizmga xosdir. Organizmga ozuqalar bilan tushayotgan azotning miqdori ortganda, aynan siydik tarkibida ajralayotgan azot miqdori ham ortadi. Nihoyat organizmga tushayotgan azotning miqdori organizmdan chiqayotgan azot miqdoridan kam bo’lsa bu paytda manfiy azot muvozanati kuzatiladi, bunda azotning parchalanishi uning sintezlanishidan yuqori bo’ladi, ya’ni organizmda oqsillarning parchalanishi kuchli bo’ladi. Bu holat oqsilga
 
 
taqchillik kuzatilganida yoki organ va to’qimalarda kuchli oqsil parchalanishini 
chaqiruvchi kuchli ionlantiruvchi nurlanish dozasi ortganda kuzatiladi. 
Oqsil optimumi muammosi. Organizmda faqat uglevodlar bilan oziqlangan 
paytda parchalanayotgan oqsillarning o’rnini to’ldirish uchun zarur bo’lgan 
oziqlar bilan tushayotgan oqsillarning eng kam miqdoriga yeyilish koeffiyenti deb 
yuritiladi. Voyaga yetgan sog’lom odamlarda bu koeffisiyentning o’lchami bir 
kecha-kunduzda 30 g ni tashkil etadi.   
Yog’lar va uglevodlar plastik maqsadlar uchun kerak bo’lgan minimumdan 
yuqori darajada oqsillarning sarflanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni ular 
minimumdan yuqori oqsillarning parchalanishi uchun kerak bo’lgan energiyani 
ajratadi. Mo’tadil oziqlangan paytda uglevodlar to’liq ochlik paytidagidan 
oqsillarning parchalanishini 3-3,5 barobar kamaytiradi. 
Tirik vazni 70 kg bo’lgan voyaga yetgan odamlar aralash oziqalar iste’mol 
qilganida uglevodlar va yog’larning miqdori yetarlicha bo’lganida bir kecha-
kunduzlik oqsilning normasi 105 g ni tashkil etadi. 
Organizmning 
mo’tadil 
hayot 
faoliyati 
va 
o’sishini 
to’lig’icha 
ta’minlaydigan oqsil miqdoriga oqsil minimumi deyiladi va bu minimum 
odamlar yengil ish bajarganida 100-125 g oqsilga teng bo’lsa, agar ish bajarganida 
– 165 g va juda og’ir ish bajarganida esa 220-230 g ga teng bo’ladi. 
Bir kecha-kunduzda iste’mol qilinadigan oqsilning miqdori iste’mol 
qilinadigan oziqlar umumiy massasining 17 % ni, energiya bo’yicha esa 20 % ni 
tashkil qilishi shart. 
To’la qiymatli va to’la qiymatli bo’lmagan oqsillar. Oziqlar bilan 
tushayotgan oqsillar odatda ikki: biologik jihatdan to’la qiymatli va biologik 
jihatdan to’la qiymatli bo’lmagan oqsillarga bo’linadi. 
Hayvonlar organizmi oqsillarining sintezlanishi uchun zarur bo’lgan barcha 
aminokislotalarni saqlovchi oqsillar biologik jihatdan to’la qiymatli oqsillar 
deb ataladi. To’la qiymatli oqsillar tarkibiga organizmning o’sishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo’lgan barcha almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar kiradi. Bu 
aminokislotalardan boshqa aminokislotalar, gormonlar va boshqa hayotiy zarur
taqchillik kuzatilganida yoki organ va to’qimalarda kuchli oqsil parchalanishini chaqiruvchi kuchli ionlantiruvchi nurlanish dozasi ortganda kuzatiladi. Oqsil optimumi muammosi. Organizmda faqat uglevodlar bilan oziqlangan paytda parchalanayotgan oqsillarning o’rnini to’ldirish uchun zarur bo’lgan oziqlar bilan tushayotgan oqsillarning eng kam miqdoriga yeyilish koeffiyenti deb yuritiladi. Voyaga yetgan sog’lom odamlarda bu koeffisiyentning o’lchami bir kecha-kunduzda 30 g ni tashkil etadi. Yog’lar va uglevodlar plastik maqsadlar uchun kerak bo’lgan minimumdan yuqori darajada oqsillarning sarflanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni ular minimumdan yuqori oqsillarning parchalanishi uchun kerak bo’lgan energiyani ajratadi. Mo’tadil oziqlangan paytda uglevodlar to’liq ochlik paytidagidan oqsillarning parchalanishini 3-3,5 barobar kamaytiradi. Tirik vazni 70 kg bo’lgan voyaga yetgan odamlar aralash oziqalar iste’mol qilganida uglevodlar va yog’larning miqdori yetarlicha bo’lganida bir kecha- kunduzlik oqsilning normasi 105 g ni tashkil etadi. Organizmning mo’tadil hayot faoliyati va o’sishini to’lig’icha ta’minlaydigan oqsil miqdoriga oqsil minimumi deyiladi va bu minimum odamlar yengil ish bajarganida 100-125 g oqsilga teng bo’lsa, agar ish bajarganida – 165 g va juda og’ir ish bajarganida esa 220-230 g ga teng bo’ladi. Bir kecha-kunduzda iste’mol qilinadigan oqsilning miqdori iste’mol qilinadigan oziqlar umumiy massasining 17 % ni, energiya bo’yicha esa 20 % ni tashkil qilishi shart. To’la qiymatli va to’la qiymatli bo’lmagan oqsillar. Oziqlar bilan tushayotgan oqsillar odatda ikki: biologik jihatdan to’la qiymatli va biologik jihatdan to’la qiymatli bo’lmagan oqsillarga bo’linadi. Hayvonlar organizmi oqsillarining sintezlanishi uchun zarur bo’lgan barcha aminokislotalarni saqlovchi oqsillar biologik jihatdan to’la qiymatli oqsillar deb ataladi. To’la qiymatli oqsillar tarkibiga organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalardan boshqa aminokislotalar, gormonlar va boshqa hayotiy zarur
 
 
moddalar hosil bo’ladi. Masalan, fenilalanindan tirozin hosil bo’lsa, tirozinni 
o’zgarishidan – tiroksin va adrenalin gormonlari, gistidindan esa gistamin hosil 
bo’ladi. Metionin esa qalqonsimon bez garmonlari hosil bo’lishida ishtirok etadi 
hamda xolin, sitsiyen va glyutationlarni hosil bo’lishi uchun zarur komponentdir. 
Metionin oksidlanish-tiklanish jarayonlari uchun azot almashinuvi, yog’larning 
o’zlashtirilishi, bosh miyaning mo’tadil faoliyatlari uchun zarurdir. Lizin qon 
hosil bo’lishida ishtirok etadi, organizmning o’sishini ta’min etadi. Triptofan ham 
organizmni o’sishi uchun zarur bo’lish bilan birga serotinin, vitamin PP larni hosil 
bo’lishida, to’qimalar  sintezida ishtirok etadi. Lizin, sistien va valin yurak 
faoliyatini qo’zg’aydi. Oziqalar tarkibida sistien kam miqdorda bo’lsa junlarning 
o’sishi to’xtab qoladi, qonda qandning miqdori ortadi. 
Hayvonlar organizmida sintezlanishi mumkin bo’lmagan aminokislotalardan 
bittaginasi yetishmagan oqsillar biologik to’la qiymatsiz oqsillar deyiladi. 
Oqsillarning biologik qiymati ozuqalar tarkibidagi 100 g oqsildan hosil 
bo’lishi  mumkin bo’lgan organizmning oqsili bilan o’lchanadi. 
Go’sht, sut va tuxumlar tarkibidagi hayvonot dunyosi oqsillari biologik 
jihatdan to’la qimmatli hisoblanadi (70-95 %). O’simlik dunyosi oqsillari esa 
ancha past biologik qimmatga ega, masalan, qora (rjannoy) non, makka jo’xori 
(60 %) kartoshka, achitqilar (64 %) qimmatga egadirlar. 
Hayvonot 
dunyosi 
oqsili-jelatina 
tarkibida 
triptofan 
va 
tirozinni 
saqlamaganligi sababli, to’la qimmatsiz oqsil hisoblanadi. Bo’g’doy va arpada 
juda kam miqdorda lizin va triptofan saqlanadi. 
Ayrim aminokislotalar bir-birini almashtirishi mumkin, masalan fenilalanin 
tirozinni almashtira oladi. 
Bir necha aminokislotalari yetishmaydigan ikkita to’la qimmatsiz oqsillar 
birgalikda hayvonlarni to’la qimmatli oqsillar bilan oziqlanishini ta’min etadi. 
Oqsillar sintezlanishida jigarnning roli. Jigarda qon plazmasi tarkibida 
saqlanuvchi oqsillar: albuminlar, globulinlar (gamma globulin mustasno) 
fibrinogen, nuklein kislotalar va ko’plab fermentlar jigarda sintezlanadi, lekin
moddalar hosil bo’ladi. Masalan, fenilalanindan tirozin hosil bo’lsa, tirozinni o’zgarishidan – tiroksin va adrenalin gormonlari, gistidindan esa gistamin hosil bo’ladi. Metionin esa qalqonsimon bez garmonlari hosil bo’lishida ishtirok etadi hamda xolin, sitsiyen va glyutationlarni hosil bo’lishi uchun zarur komponentdir. Metionin oksidlanish-tiklanish jarayonlari uchun azot almashinuvi, yog’larning o’zlashtirilishi, bosh miyaning mo’tadil faoliyatlari uchun zarurdir. Lizin qon hosil bo’lishida ishtirok etadi, organizmning o’sishini ta’min etadi. Triptofan ham organizmni o’sishi uchun zarur bo’lish bilan birga serotinin, vitamin PP larni hosil bo’lishida, to’qimalar sintezida ishtirok etadi. Lizin, sistien va valin yurak faoliyatini qo’zg’aydi. Oziqalar tarkibida sistien kam miqdorda bo’lsa junlarning o’sishi to’xtab qoladi, qonda qandning miqdori ortadi. Hayvonlar organizmida sintezlanishi mumkin bo’lmagan aminokislotalardan bittaginasi yetishmagan oqsillar biologik to’la qiymatsiz oqsillar deyiladi. Oqsillarning biologik qiymati ozuqalar tarkibidagi 100 g oqsildan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan organizmning oqsili bilan o’lchanadi. Go’sht, sut va tuxumlar tarkibidagi hayvonot dunyosi oqsillari biologik jihatdan to’la qimmatli hisoblanadi (70-95 %). O’simlik dunyosi oqsillari esa ancha past biologik qimmatga ega, masalan, qora (rjannoy) non, makka jo’xori (60 %) kartoshka, achitqilar (64 %) qimmatga egadirlar. Hayvonot dunyosi oqsili-jelatina tarkibida triptofan va tirozinni saqlamaganligi sababli, to’la qimmatsiz oqsil hisoblanadi. Bo’g’doy va arpada juda kam miqdorda lizin va triptofan saqlanadi. Ayrim aminokislotalar bir-birini almashtirishi mumkin, masalan fenilalanin tirozinni almashtira oladi. Bir necha aminokislotalari yetishmaydigan ikkita to’la qimmatsiz oqsillar birgalikda hayvonlarni to’la qimmatli oqsillar bilan oziqlanishini ta’min etadi. Oqsillar sintezlanishida jigarnning roli. Jigarda qon plazmasi tarkibida saqlanuvchi oqsillar: albuminlar, globulinlar (gamma globulin mustasno) fibrinogen, nuklein kislotalar va ko’plab fermentlar jigarda sintezlanadi, lekin
 
 
ularning ayrimlari faqatgina jigarda, masalan mochevinani hosil bo’lishida 
ishtirok etuvchi fermentlar jigardan boshqa joyda sintezlanmaydi. 
Organizmda sintezlanadigan oqsillar organlar, to’qimalar va hujayralar, 
fermentlar va gormonlar tarkibiga (plastik ahamiyati) kiradi, lekin organizm 
tomonidan boshqa bir oqsilli birikma shaklida zahira holda saqlanmaydi. Shu 
sababli, faqatgina, plastik ahamiyatga ega bo’lmagan oqsillargina fermentlar 
ishtirokida dezaminlanadi, - ya’ni turli azotli mahsulotlarga parchalanib energiya 
ajratadi. Jigar oqsillarining yarim parchalanish davri o’rtacha 10 kunga teng. 
Turli sharoitlarda oqsilli oziqlanish. Parchalanmagan oqsillarning 
organizm tomonidan o’zlashtirilishi faqatgina ovqat hazmi kanali orqali 
bajariladi. Ovqat hazmi kanalidan boshqa qismga kiritilgan oqsillar – organizmda 
himoya reaksiyasini chaqiradi. 
Parchalangan oqsillarning aminokislotalari va ularning birikmalari – 
polipeptidlar qon orqali organizmning hujayralariga olib boriladi, u yerda esa 
hayot davomida fermentlar ta’sirida oqsillarning sintezlanishi  bajariladi. Ovqatlar 
oqsillari odatda  plastik ahamiyatga egadir. 
Organizmning o’sish davrida, ya’ni bolalik va o’smirlik yoshlarida – 
oqsillarning sintezi ayniqsa yuqori. Qarilik davrida oqsillar sintezi kamayadi. 
O’sish davrida organizmdagi oqsillarni tashkil qiluvchi kimiyoviy elementlarni  
organizmda ularning ushlab qolinishi kuzatiladi. Har bir to’qimada, har bir 
organizmda o’sha organizmga xos bo’lgan boshqa to’qimalar va boshqa 
organizmlardagidan tubdan farq qiluvchi oqsillar sintezlanadi. 
Aminokislotalar ham yog’ va uglevodlar singari organizmning tiklanishi va 
tuzilishi uchun foydalanmagan qismi parchalanib undan energiya ajralib chiqadi 
va o’z tuzilishini hamda faoliyatini o’zgartiradi. 
Atrofiyaga uchrayotgan, parchalanayotgan organizm hujayralari oqsillari 
hisobidan hosil bo’luvchi aminokislotalari ham o’zgarib o’zidan energiya ajratib 
chiqaradi. Odatiy holatlarda voyaga yetgan odamlarning 1 kg tirik vazniga bir 
kecha-kunduzda o’rtacha 1,5-2,0 g oqsil zarur, uzoq muddatli sovuq paytida 3,5-
3,9 g, va juda og’ir jismoniy ish bajarganida esa 3,0-3,5 g oqsil talab etiladi.
ularning ayrimlari faqatgina jigarda, masalan mochevinani hosil bo’lishida ishtirok etuvchi fermentlar jigardan boshqa joyda sintezlanmaydi. Organizmda sintezlanadigan oqsillar organlar, to’qimalar va hujayralar, fermentlar va gormonlar tarkibiga (plastik ahamiyati) kiradi, lekin organizm tomonidan boshqa bir oqsilli birikma shaklida zahira holda saqlanmaydi. Shu sababli, faqatgina, plastik ahamiyatga ega bo’lmagan oqsillargina fermentlar ishtirokida dezaminlanadi, - ya’ni turli azotli mahsulotlarga parchalanib energiya ajratadi. Jigar oqsillarining yarim parchalanish davri o’rtacha 10 kunga teng. Turli sharoitlarda oqsilli oziqlanish. Parchalanmagan oqsillarning organizm tomonidan o’zlashtirilishi faqatgina ovqat hazmi kanali orqali bajariladi. Ovqat hazmi kanalidan boshqa qismga kiritilgan oqsillar – organizmda himoya reaksiyasini chaqiradi. Parchalangan oqsillarning aminokislotalari va ularning birikmalari – polipeptidlar qon orqali organizmning hujayralariga olib boriladi, u yerda esa hayot davomida fermentlar ta’sirida oqsillarning sintezlanishi bajariladi. Ovqatlar oqsillari odatda plastik ahamiyatga egadir. Organizmning o’sish davrida, ya’ni bolalik va o’smirlik yoshlarida – oqsillarning sintezi ayniqsa yuqori. Qarilik davrida oqsillar sintezi kamayadi. O’sish davrida organizmdagi oqsillarni tashkil qiluvchi kimiyoviy elementlarni organizmda ularning ushlab qolinishi kuzatiladi. Har bir to’qimada, har bir organizmda o’sha organizmga xos bo’lgan boshqa to’qimalar va boshqa organizmlardagidan tubdan farq qiluvchi oqsillar sintezlanadi. Aminokislotalar ham yog’ va uglevodlar singari organizmning tiklanishi va tuzilishi uchun foydalanmagan qismi parchalanib undan energiya ajralib chiqadi va o’z tuzilishini hamda faoliyatini o’zgartiradi. Atrofiyaga uchrayotgan, parchalanayotgan organizm hujayralari oqsillari hisobidan hosil bo’luvchi aminokislotalari ham o’zgarib o’zidan energiya ajratib chiqaradi. Odatiy holatlarda voyaga yetgan odamlarning 1 kg tirik vazniga bir kecha-kunduzda o’rtacha 1,5-2,0 g oqsil zarur, uzoq muddatli sovuq paytida 3,5- 3,9 g, va juda og’ir jismoniy ish bajarganida esa 3,0-3,5 g oqsil talab etiladi.