O`quvchilarga yozuv texnikasini o`rgatish yo’llari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
22,2 KB
O`quvchilarga yozuv texnikasini o`rgatish yo’llari
Reja:
1.O'quvchilarga eng asosiy yozuv texnikasi qoidalari haqida ma'lumot berish.
2.Harflarni elementlarga ajratmay bog'lab yozish.
3.Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozish.
4.Harflarni bosimsiz bir tekis yozish
5.Harflarning qiyaligini to'g'ri saqlash.’
6.Tez va ravon yozishga o'rgatish.
Agar o'quvchilar tomonidan harflarning qiyaligini to'g'ri saqlashda xatolarga
yo'l qo'yilgan bo'lsa, ular quyidagicha o'xshash yordamchi chiziqlar orqali o'z-o'zini
boshqarishga o'rgatiladi:
Bunday mashqlarni 3-4 sinflarda ko'proq o'tkazish kerak.
O'quvchilar tayyorgarlik mashqlarida harf elementlarini qatorlarga to'gri
joylashtirishlari.
Harf elementlarining o'ng tomonga 65 gradus qiyalikda yozishga o'rgatilishi.
Bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm balandlikda bosh harflarni 6 mm
balandlikda yozdirishga o'rgatish
Bolalar o'z xato va kamchiliklaridan ko'ra, yonlarida o'tirgan o'rtoqlarining
xatosini ko'rsatib boradilar. Shuning uchun o'zaro bir-birlarining xatolarini topish
ustida ham mashq olib borish mumkin.
O'zaro bir-birlarining xatolarini topish ustida mashq olib borganda
o'quvchilarga mashq, topshiriq va savollar berish kerak ya'ni «harf elementlari
qanday yozilgan? Harf va so'zlar orasidagi masofa to'g'ri saqlanganmi? Harflarning
qiyaligi to'g'rimi?» va hokazo.
Sinflardan sinfga ko'chgan sari bu mashqlarning savollarini murakkablashtirib
borish mumkin.
Biz yuqorida chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan
usullarni ko'rsatib undan bulardan tashqari, har bir o'qituvchi o'zi mustaqil ravishda
o'zuv malakasini o'stirish uchun yordam beradigan usullarni topishi va uni amalda
qo'llashi mumkin.
O'quvchilarga yozuv texnikasini o'rgatish.
Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilishni o'rgatilgandan so'ng, o'qituvchining
navbatdagi vazifasi o'quvchilarni yozuv texnikasi qoidalari bilan tanishtirishdan
iborat bo'lishi kerak. Yozuv texnikasi qoidalariga asosan, harflar qiyaligini to'g'ri
saqlash, bosimsiz bir xil qalinlikda yozish, bog'lanishlarni to'g'ri ifodalash kabi
vazifalar kiradi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilar uchun eng muhim yozuv qoidalari
ham eslatib o'tiladi.
O'quvchilarni assoiy yozuv qoidalari bilan tanishtirmasdan turib, chiroyli
yozuvga o'rgatib bo'lmaydi. Shuning uchun qo'lida asosiy yozuv qoidalari bilan
tanishtirib o'tamiz.
Harflarni elementlarga ajratmay yozish.
Birinchi sinfda o'quvchilar harflarning shaklini yozib tugatganlaridan keyin
o'qituvchining navbatdagi vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo'shib yozishga
o'rgatishdan iborat bo'ladi.
Boshlang'ich sinflarning o'quv dasturida o'quvchilardan harflarni elementlarga
ajratmay, bog'lab yozishlari talab etiladi. Harflarning qo'shib yozilishini ta'minlash
uchun ayrim chiziqlar o'z harakati bo'yicha orqaga qaytadi, bu narsa, ayniqsa,
cho'zinchoq doira shaklidagi harflarda uchraydi, chunonchi sha, ma, na, lo kabi
bo'g'inlar shunday yoziladi:
Bunday qo'shib yozishni ayrim bot harflarda ham uchratish mumkin. Masalan,
K bosh harfining yozilishini ko'raylik:
Ko'pchilik bosh harflar kichik harflar bilan qo'l harakatni uzmay, ulab yoziladi.
O'quvchilarga harflarni bir-biriga ulab yozish qaytarish namuna sifatida quyidagi
tartibda tushuntirish mumkin:
- Bolalar, qarang. Men kichik 1 harfini kichik o harfiga qo'shib
yozishni ko'rsataman. Siz mening qo'limning harakatiga qarab turing.
- Kichk d harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina
pastga burib, yana orqaga qaytamiz va kichik o harfini hosil qilamiz.
- Qani, o'quvchilar, kim ko'rsatadi, bu ikkala harfni men qanday
qilib qo'shib yozdim?
Bir o'quvchi doskaga chiqib, o'qituvchi yozgan harflar ustidan qo'lni yurgizib
ko'rsatadi, qolgan o'quvchilar esa diqqat bilan qarab turadilar. Agar o'quvchi
yanglishib qolsa, boshqa o'quvchini chiqarib uning yo'l qo'yogan xatosi tuzatiladi.
- Qani
endi
bolalar,
bu
harflarning
qo'shilishi
harakatini
havoda
hammamiz birga qaytaramiz. Hammangiz ruchkangizni oling, boshladik
(o'qituvchining o'zi ham bir qaytaradi).
O'quvchilar doskadagi d va o harflarining yozilishiga qarab havoda harakat
bajaradilar.
- Endi bolalar bu harflarni daftaringizga ko'chirib yozing. Bir qator
ko'chirib
yozganingizdan
so'ng
o'zingizni
tekshirib
ko'ring.
Agar
yozayotganingizda
qo'l
harakati
uzilmagan
bo'lsa,
demak
to'g'ri
yozayapsiz.
- Endi
bu
ikkala
harfni
qo'shib,
bir
necha
qator
yozamiz.
O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, noto'g'ri yozayotgan o'quvchilarga
yordam berishi lozim. Boshqa harf va so'zlarni qo'shib yozishda ham shunday
yo'l bilan tushuntirish zarur.
Birinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab o'quvchilar 4-5
harfdan tashkil topgan so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yoza oladilar. Ikkinchi
sinfdan
boshlab
esa
har
qanday
murakkab
so'zlarni
ham bog'lab yozishlari lozim. Ammo ayrim harflar esa qo'l harakatini
uzib yozishni talab etadi. Masalan, kichik b harfi o'zidan keyingi harflar
bilan bog'lanishda qo'l harakatini uzib yozishni talab etadi. Kichik o
harfi ham kichik 1, m, ya harflari bilan bog'lanishda qo'l xarakatini uzib
yozishni talab etadi. Bunday
harflarning bog'lanishiga o'qituvchi
alohida e'tibor berishi kerak. Masalan, o'qituvchi doskada shu harflarning
bog'lanishiga xos bo'lgan lola, bobo so'zlarini yozib ko'rsatishi mumkin:
Bu harflarning bog'lanishini quyidagi tartibda tushuntirish lozim.
-Qani bolalar, diqqat bilan qarang, bu so'zlarni yozishda qo'l harakatni
qayerlarda uzib yozdim?
- Siz kichik o harfidan keyin va kichik b harfidan keyin qo'l
harakatini uzib yozdingiz.
Birinchi o harfidan keyin va qaysi b harfidan keyin qo'l harakatini uzib yozdim?
Birinchi 1 harfidan na bobo so'zidagi ikkala b harfidan keyin qo'l harakatini
uzib yozdingiz.
To'g'ri, Agar kichik o harfi boshqa harflar bilan yuqori tomondan ulansa qo'l
harakati uzilmaydi, past tomondan ulansa, unda qo'l harakatini uzib yozish kerak
kichik b harfi ham o'zidan keyin yoziladigan har qanday harf bilan bog'lanishida qo'l
harakatini uzib yozishni talab etadi. Yozma harflarda boshqa bunday qo'l harakatini
uzib yozishni talab etadigan harflar uchramaydi.
Dastlabki vaqtlarda bog'lab yozilgan harflar ko'zga uncha tashlanmaydi, go'yo
ular chalkashib ketayotganga o'xshaydi, ammo asta-sekin ularni to'g'ri bog'lab yozish
ishning unumli bo'lishiga yordam beradi. Qo'l harakatini uzmasdan harflarni bog'lab
yozish qiyalikni bir hilda saqlashga ham imkon beradi.
Qo'l harakatini uzmasdan harflarni bir-biriga qo'shib yozish qoidalarini har bir
sinfda eslatib turish lozim, shundagina boshlang'ich sifnlarda tez yozish malakasini
o'stirish mumkin.
Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozish.
Chiroyli yozuvga o'rgatishda harflarning balandligini bir hilda saqlash
qanchalik zarur bo'lsa, harflar va so'zlar orasidagi masofani to'g'ri chamalab yozish
ham katta rol o'ynaydi.
Alfavitdagi ayrim harflar keng, ayrimlari esa tor yoziladi. So'z va gaplarni
yozishda esa ana shu farqni yaxshi ajrata bilish lozim.
Harflar va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozishga alifbe
davridan boshlab o'rgatish, keyinchalik esa buni sistemali ravishda tekshirib borish
zarur.
Gaplarni yozishda so'zlar orasidagi masofa bir harf enida bo'lishi kerak. Harf
elementlari va ular orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish uchun quyidagi
vazifalar bajariladi:
O'quvchilarga xusnixat kitobidagi namunaga qarab yozdirib, ularni tahlil qilish.
Xusnixat kitobidan harf va ularning elementlari orasidagi masofani chamalab
yozishga mashq va topshiriqni ko'chirib yozish.
O'quvchilarning ishlarini kuzatib chiqib, qaysi o'quvchi tor, keng, qaysisi pala-
partish yozganini aniqlash.
Shundan so'ng 3-4 ta daftarni yig'ib olib, kamligi birgalikda tahlil qilinadi.
Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish birinchi sinfda
butun o'quv yili davomida sistemali olib borilishi, ikkinchi va undan keyingi
sinflarda ham bu malakalarni egallash davom ettirilishi kerak.
I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish.
Boshlang'ich sinf dastur talabiga ko'ra 1-sinfning IV choragida yozuv darslari
uchun 24 soat vaqt berilgan bo'lib, undan haftada 1 soatni chiroyli yozuv uchun
ajratilgan.
Bu davrda o'qituvchi yozuv malakalarini yanada takomillashtrish, yozuv
gigiyenasi qoidalriga rioya qilish hamda harflarning shakli va ularning bog'lanishi,
qo'l harakatini uzmasdan yozish, so'z, bo'g'in va so'zlarning ravonligiga e'tibor
berishi lozim.
2-sinfda chiroyli yozuv uchun haftada 1 soat vaqt ajratilib, yiliga 34-35 soatni
tashkil etadi.
Bu davrda o'quvchilardan ruchkani to'g'ri ushlash, daftarning holatini to'g'ri
tutish, to'g'ri o'tirish kabi gigiyenik qoidalar talab etiladi. Shuning harflarning sodda
va murakkabligiga qarab gruppalarga bo'lib yozdiriladi. Ayrim bo'g'in va sodda
so'zlar qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozdiriladi.
3-sinfda husnixat mashqlari ona tili darslari bilan har kuni (8-10 minut) qo'shib
olib boriladi.
Bu davrda yozilishi va bog'lanishi murakkab bo'lgan kichik va bosh harflarning
yozish qoidalari mashq qildiriladi. Ayniqsa bu davrda bog'lanishi murakkab bo'lgan
so'z va gaplarni ravon yozish ustida ko'proq mashqlar o'tkaziladi.
4-sinfda ham chiroyli yozuv mashqlari ona tili darslari bilan har kuni (8-10
minut) qo'shib olib boriladi.
Bu davrda harflarni qoida bo'yicha to'g'ri yozish malakalari mustahkamlanadi.
So'z va gaplarda bog'lanishli harflarni topib tahlil qilinadi hamda ravon va tez yozish
malakalari rivojlantirilib o'quvchilarning yozuvlarda uchraydigan tipik xatolar ustida
mashq qildiriladi.
Harflarni bosimsiz bir tekis yozish.
Yuqorida eslatib o'tkanimizdek avtoruchkada, asosan, bosimsiz yozdiriladi.
Avtoruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo'sh ushlash kerak.
Matnda uchragan nuqta va tayoqchalarni qo'yishda avtoruchkan bosmasdan sekin va
erkin harakat qildirish lozim.
Bosimsiz yozishning afzalligi shundaki, harflarning umumiy ko'rinishi bir
tekisda chiroyli bo'lib, tez yozish malakasini shakllantirishda va bog'lab yozishga
o'rgatishda osonlik tug'diradi.
O'qituvchi ham doskaga yozib ko'rsatganda bo'rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir
tekis yozishga harakat qilish kerak.
O'quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko'chirib yozishga ruxsat
etmaslik kerak.
O'qituvchi o'quvchilarni birinchi kundan boshlab bosimsiz, bir tekis yozishga
odatlatirib borsa, bolalarning qo'li tolmaydi.
Harflarning qiyaligini to'g'ri saqlash.
Bolalarning yozuvlari har xil qiyalikda bo'lishi mumkin. Agar harflarning
asosiy elementlari daftar chizig'iga nisbatan tik holatda (perpendikulyar) qo'yilsa,
yozuvning holati ham tik bo'ladi. Harf elementlari o'ng tomonga qiya bo'lib, o'tmas
burchak hosil qilishi ham mumkin. Biz o'quvchilarni o'ng tomonga qiya qilib
yozishga odatlantirishimiz lozim.
Tik yozuv (noto'g'ri)
Chap tomonga qiya yozuv (noto'g'ri)
O'ng tomonga qiya yozuv (to'g'ri)
O'ng qo'l bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o'ng tomonga
moslashtirilishi faqat harflarning shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning
qulayligi uchun mos keladi. Yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlash, qo'l va barmoqlarni
ortiqcha zo'riqtirmaydi.
Yozuvning o'ng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga yaqin
yurishi uchun qulay bo'lib, parta ustidagi daftarning to'g'ri holatiga bog'liqdir.
Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya bo'lishi o'z-o'zidan yozuvning
qiyaligini ta'minlaydi.
Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta
yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati o'zgarsa ham, yozuvning
qiyaligi o'zgarmasligi mumkin. Shuning uchun qiya chiziqli daftarlardan faqat
dastlabki mashqlarni bajarishda foydalaniladi. Qiya shaklda yozishga o'rgatishning
o'ziga xos usullari mavjud.
O'quvchilarga dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozdirib mashq
qildirish vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalarning farqini o'rgatish lozim. Bunday
mashqlar o'quvchilarning ongida uzoq vaqt saqlanadi va xatolarning oldini oladi.
Shuningdek yozuvning to'g'ri bo'lishi uchun daftarning qiya holatini ham
hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi. Daftarning parta ustida noto'g'ri turishi
gigiyena qoidalarining buzilishiga ham
sabab bo'ladi, chunki o'quvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun o'z gavdasini
har xil holatda tutishi mumkin.
Daftarning pastki chap bo'rchagi ko'krak o'rtasiga to'g'ri bo'lishi yoki daftarning
qiya chizig'i (agar qiya chiziqli daftar bo'lsa) partaning chetiga tik bo'lishi kerak.
Daftarning beti satrlarga to'lib borgan sari yuqoriga surib boriladi. Chap qo'l
bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining
ustiga ikki o'quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya tekshiruv chizib
qo'yiladi. Bu chiziqning uchi o'quvchilarning chap ko'kraklarini o'rtasiga to'g'ri
bo'lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65 gradus qiya bo'ladi.
Agar daftarning chap beti to'lsa, daftarning buklangan joyi tekshiruv chiziqqa
to'g'rilab olinadi va o'ng betiga yozishga o'tiladi.
O'quvchilarda harflarni qiya yozishga o'rgatish malakasini oshirish ancha
murakkab jarayon bo'lib, o'qituvchidan sabr-matonat, katta kuch talab etiladi.
O'qituvchi sistemali ravishda turli mashqlar olib borishi, ularning harakatlarini qunt
bilan kuzatib borishi lozim. Faqat uzoq muddatli mashqlardan so'ng ko'zda tutilgan
maqsadga erishish mumkin.
O'qituvchi tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarga qaramay, ayrim
o'quvchilar harflarni har xil qiyalikda noto'g'ri yozadilar. Masalan, kichik b harfini
o'ng tomonga qiya qilib yozsalar kichik d harfini chap tomonga haddan ziyod o'girib
yozadidlar:
Har ikki tomon yuqorida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni tuzatish uchun
o'quvchilarga o'z xatolarini topishga yordam beradigan grafik mashqlar berilishi
kerak. O'quvchilarga dastlab bir-ikkita harf yozdirilib, ular orasiga qiya chiziqlar
qo'yiladi va to'g'ri chiziqchalarga taqqoslash orqali o'quvchilar o'z xatolarini
tushunadilar hamda uni tuzatishga kirishadilar.
Tez va ravon yozishga o'rgatish.
Harflarni bir hil balandlikda va kenglikda yozishga o'rgatish bilan birga, tez va
ravon, tekis qilib yozish chiroyli yozuvning muhim shartlaridan biridir.
Chiroyli va tez yozishning assoiy siri uning bir xil o'lchamdagi ravon
harakatidir.
Bir maromda harakat qilib yozish, har bir harf va uning elementlari bir xil
balandlikda va qiyalikda bo'lish alohida go'zallik kashf etadi.
Ammo o'quvchilar bunday malakalarga tezda erisha olmaydilar. Yozuvning
ravon bo'lishi, uning tezligi bilan bog'liqdir.
Masalan, endigina yozuv mashqini boshlagan olti yoshli o'quvchi bir minutda
4-6 harfni yozishi mumkin. Bu davrda tez yozish malakasini sanoq-ohang usulida