O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH.
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
31,4 KB
O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI
TASHXIS ETISH.
Reja:
1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
2. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.
3. O‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
4. Bilim, ko‘nikma, malakalarni va kompetensiyalarini baholash mezonlari.
5.Ta’lim sifati monitoringi.
Tayanch tushunchalar: tashxis, tashxis etish, nazorat, hisobga olish, tekshirish,
baholash, baho, ta’lim sifati, monitoring.
1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon
kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash
demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun
optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni
uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan
iborat.
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistic ma’lumotlar to‘plash, ularni
tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini
taxminlashni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta’lim
jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu
tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va
hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning
uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab
borishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va
o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘ rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan
o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham
aniqlashdan iborat.
O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy
ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘ quvchilar tomonidan
avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida
o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim
(kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo’g’ini har bir mavzuni o‘zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir. Bunday
tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni,
murakkabligi, o‘ quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni
o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy
tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan
birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish
hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi - kursning turli qismlarida o‘rganilgan
o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni
o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi -
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning, ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu,
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni
(natija sifatida) ham oladi.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon
(ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb
baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu
kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar
baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun
nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat,
ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni
qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo‘llash
malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Hisobga olish - bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi
faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi
bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga
olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga
olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va
shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik
mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib
borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va
rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi
bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o‘qituvchining o‘quv
metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi
o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘ liqdir.
O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi
mavzuni
mustahkamlash
jarayonida
yoki
uy
vazifalarini
tekshirishda
o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan
ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘ rganadilar.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa,
shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi
vazifasi sanaladi.
2.Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish
tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik
(obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi.
Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni
mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga
do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda
belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar
nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat’iy nazar
xamma vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash
nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok
etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik
barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab
oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi
va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta’ lim
nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o‘tkazishga bir butun
yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari,
metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga
xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini
mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilar-ni aynan
bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida
belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega.
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab
etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga
qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni
amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e’lon qilish, ularni
manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning
istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
3.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va
metodlari. Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini
nazorat qilishning qo‘yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning har bir o‘quv ishini
muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib
borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv
faoliyati bo‘yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o‘qitish jarayonini
boshqarishda yaxshi natija beradi, o‘zlashtirmagan o‘quvchilarni o‘z vaqtida
aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi.
Oraliq nazorat - bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki
bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali
asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda
o‘tkazadi.
Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq
tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat - choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari
singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy
topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Nazoratning shakli o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi
uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning
ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob qaytaradi.
Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni
faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilarning bilim darajasini har tomonlama
aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
nazoratning guruhli shaklida o‘quvchilarning ma’ lum bir qismi nazorat
qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu
guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchilar ham qatnashishi
mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o‘quvchilar bo‘sh qolmaydi, ular
o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi.
nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va
malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu
shaklida,odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni
ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi
katta mavzularni barcha o‘quvchilardan so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi.
Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o‘quvchini
tekshirish mumkin bo‘ladi.
O‘z-o‘zini nazorat qilish shakli ta’lim jarayonida ichki aks aloqaning
bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi.
Uning samaradorligi o‘ qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliytop shiriqlarni bajarishga asoslangan
tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘ quvchilarga
o‘ rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob
berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi.
Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli
asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi.
Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga
ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilarning
nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari
uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish
mumkin.
Yozma tekshirish - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘
qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan
so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘ quvchilarni tekshirishi mumkin. YOzma
tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib boriladi. Ammo
o‘qituvi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning fikrlashini
kuzatish imkoni bo‘lmaydi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish.
Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini
kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy
tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o‘ quvchilarning o‘ zlashtirishini
hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘ quvchilarning olgan
bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun
ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy
vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan
munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
4.Bilim, ko‘nikma, malakalarni va kompetensiyalarini baholash mezonlari.
O‘ quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt
bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan.
Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va
vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga
tayangan holda belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
«5» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib
olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v)
egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon
qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera
olsa.
«4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa;
b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni
amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan,
o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma
ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
«3» baho yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin
mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj
sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga
qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
«2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga
ega, biroq mavzuni o‘ zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa
qo‘yiladi.
5.Ta’lim sifati monitoring. “Monitoring” atamasi ilk maratoba Birlashgan
Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish
arafasida “nazorat” atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan.
“Monitoring - inglizcha atama bo‘lib, “uzluksiz kuzatish” degan ma’nosini
anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv
sohasidagi nisbatan mustaqil bo‘lim sifatida qaraladi hamda ta’lim monitoringi
doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish sofati monitoring
tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi
tomonidan amalga oshiriladi; tashqi nazorat - ta’lim sohasidagi vakolatli davlat
organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat- jamoatchilik nazorati - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq
ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga
oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash - Hukumatning tegishli qarori hamda
xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat; tashqi nazorat; davlat- jamoatchilik nazorati; milliy va xalaaro
darajada baholash.
O‘qituvchilar yoki maktab ma’muriyati, o‘quvchilarning o‘zlari, ota-onalar va
jamoatchilik vakillari o‘quvchilarning bilimlarini o‘quv maqsadlari asosida
tekshiradilar. Mazkur yo‘nalish o‘ziga xos bir qator afzalliklarga ega bo‘lib,
baholash bevosita o‘quvchining sinfda amalga oshirilgan ishlari bilan bog‘liq, bunda
o‘qituvchi turli uslublardan (masalan og‘zaki so‘rov o‘tkazish, amaliy mashq
bajarish, test va h.k.) foydalanib, o‘quvchi tomonidan bajarilgan ishlarga baho
qo‘yadi. Baholash jarayoni tizimli ravishda o‘quv choragi va o‘quv yili davomida
olib boriladi. Bunday baholashda o‘qituvchilar, maktab monitoring guruhi
o‘quvchilarning o‘zlashtirishi sifati, o‘quv yutuqlariga asosiy me’yor bo‘lgan davlat
ta’lim standartlariga taqqoslagan holda individul baho beradilar.
Baholashning ikkinchi turi hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari tomonidan
amalga oshiriladigan hududiy o‘qitish sifati monitoringi hisoblanadi. Bunda
o‘quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va
malakalarning o‘zlashtirish dinamikasini tizimli kuzatiladi, o‘quvchilar bilimidagi
bo‘shliqlar va ularning kelib chiqish omillarini aniqlanadi, boshqa maktablar hamda
bartaraf etish chora-tadbirlari rejalashtiriladi.
Shu sababli zamonaviy shaxsga, raqobatbardosh mutaxassisga qo‘yilgan
talablarning ortib borishi eng avvalo ta’lim muassasalari va hududiy xalq ta’limi
boshqaruvi idoralaridagi alohida tuzilmalar tomonidan ta’lim sifati monitoringini
tizimli va maqsadli amalga oshirishni talab etadi. Ta’lim muassasalarida monitoring
- yaxlit tizimning holati va dinamikasini kompleks kuzatish, tahlil qilish,
korrektsiyalash hamda prognozlash jarayoni hisoblanadi.
Baholashning keyingi uchinchi turi - davlat attestatsiyasi va ta’lim
muassasalarining akkreditatsiyasi hisoblanadi. Ular davlat tomonidan yoki uning
nomidan vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Ularda qatnashish huquqiga
muayyan talablarga javob beradigan barcha o‘quvchilar ega. Mazkur baholash
muayyan ta’lim bosqichi yoki turi tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Ularning
asosiy va ijtimoiy jihatdan muhim vazifalari bitiruvchilar va ta’lim muassasalarining
davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarni bajarish holatini tahlil qilish imkonini
beradi.
Umummilliy baholash - barcha o‘quvchilarni yoki ma’lum bir guruhdagi
o‘quvchilarni tanlab olish yo‘li bilan muntazam ravishda o‘quvchilar o‘quv
yutuqlari darajasini milliy standartlarga nisbatan mosligi baholash hisoblanadi.
Mazkur turdagi baholash o‘quv dasturlari asosida olinib, imtixonlardan farq qiladi.
Birinchidan, alohida olingan o‘quvchilarning bilim va malakasi darajasi emas, balki
tizimning ishlash natijalari o‘lchanadi. Ikkinchidan, milliy baholash natijalari
muayyan yoshdagi yoki sinfdagi o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasining
“rentgen surati” sifatida foydalaniladi va milliy standartlarning ko‘p muddatda
monitoringini olib borishga xizmat qiladi. Tanlash yo‘li bilan o‘tkazilgan
umummilliy baholash qisqa muddatlarda va iqtisodiy jihatdan arzonroq o‘tkazish
imkoniyatini beradi. Uning natijalari ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilar
o‘quv yutuqlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni berishi mumkin.
Xalqaro baholashni yaqin 15-20 yilda tashkil etish yo‘lga qo‘yilib, ularda bir
necha mamlakatlar o‘quvchilarining o‘quv yutuqlari tanlov yo‘li bilan baholanadi.
Bunday keng qamrovli tadqiqotlarning asosiy maqsadi qamrab olingan muayyan
yoshdagi (masalan, 13 yoshdagi o‘quvchilar) yoki sinfdagi o‘quvchilarning bir yoki
bir necha o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv yutuqlarini baholash va bir qator mamlakatlar
kesimida qiyoslashdan iborat. Misol tariqasida matematika va tabiiy fanlardan
o‘tkazib kelinayotgan - TIMSS (Trends in International Mathematics and Science
Study - Xalqaro matematika va tabiiy fanlarning o‘rganishdagi tendensiyalari)ni
keltirish mumkin. TIMSS ning birinchi xalqaro tadqiqotida 38 mamlakatning 4-, 8-
va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bitiruvchilari (11- va 12-sinf o‘quvchilari)
qamrab olingan. Oxirgi uchinchi tadqiqotida esa 46 mamlakat o‘quvchilari
qatnashganlar.
Yana bir xalqaro o‘quvchilar ta’limiy yutuqlarini xalqaro baholash dasturi - PISA
(Programm for International Student Assessment) tadqiqoti hisoblanadi. Bu tadqiqot
birinchi marta 2000 yilda o‘tkazilib, unda 32 mamlakatning 15 yoshli o‘quvchilari
qatnashgan. PISA da asosiy e’tibor o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda
qo‘llay olishlarini baholashga qaratilgan. Uchinchi xalqaro tadqiqot - PIRLS
da turli mamlakatlar boshlang‘ich maktablari bitiruvchilarining matnni o‘qish
va uni tushunish darajasi baholanadi.
Mazkur tadqiqotlarning maqsadi - o‘quvchilar yutuqlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni jamlash va ularni xalqaro miqyosda qiyoslash bo‘lib, uning
natijalariga ko‘ra ta’lim siyosati masalalari hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi
tafovutlarni yaxshiroq anglab etishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi.
Xalqaro tadqiqotlar nufuzining oshib borishi bugungi dunyoda globallashuv
jarayonlari natijasida mustaqil hayotga kirib kelayotgan o‘quvchilarga mehnat
bozorida qanday bilim va ko‘nikmalar kerakligi to‘g‘risidagi ijtimoiy buyurtmalarni
hamda
raqobatbardosh
mutaxassislarga
qo‘yilgan
talablarni
kengayib
borayotganligidan darak beradi.
Xolden va Klaf “o‘z javoblarimizni e’tiborga olganimizdek bolalarnikini ham
qadrlashga undaydi” degan bahsni keltirishadi.
Brunerning sinfxonaga daxldor asosiy bir munozarasi shuki, o‘quvchining
o‘zlashtirishi ishonchsizdek tuyulsa, o‘qituvchilar o‘sha o‘quvchining xulqidagi
kamchiliklarni qidirish o‘rniga o‘zlaririning shaxsiy tajriba uslubi va qarashlariga
e’tiborli bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari ular o‘quvchilarning qanday qilib tajriba
olishi va o‘zlashtirishi haqidagi o‘zlarining o‘rganuvchi sifatdagi tushuncha va
qarashlarini taqdim etishlari kerak. Buning yo‘lga qo‘yishning yana bir yo‘li – Blok
va Villiam o‘zlarining ta’lim olishni baholash qaydnomasida bahslashganidek o‘quv
mashg‘ulotlarini ifodalashga izoh sifatida o‘zlarining o‘quvchilari bilan bo‘lgan
pedagogik jarayondan yig‘ib olingan ma’lumotdan foydalanishda qo‘shimcha
ravishda o‘qituvchilar bunday ma’lumotdan o‘zlarining shaxsiy o‘qitish uslubini
ifodalash va baholashda foydalanishi mumkin.
Aslini olganda ular Fieldinggning shaxsiy tadqiqot pedagogikasini rivlantirish
uchun o‘quvchilar bilan birga tadqiqotchi va amaliyotchi sifatida ishlash nazariyasini
amalga oshirishlari mumkin1
Ta’lim sifati monitoringini olib borishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar
tomonidan davlat ta’lim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli
kuzatish, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillarni aniqlash, ta’lim muassasalari, hududiy
xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining
faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, keyingi holatni
bashoratlash natijasida ta’lim sifatini oshirishdan iborat.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Didaktik tashxis deganda nima tushiniladi?
2. Tashxislashning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
3. Nazorat va hisobga olish deb nimaga aytiladi?
4. Nazoratning qanday vazifalari mavjud?
5. Tekshirish deb nimaga aytiladi? Tekshirishning qanday bo‘ginlari mavjud?
6. Baholash deb nimaga aytiladi? Baho deb nimaga aytiladi?
7. Tashxislashning tamoyillarini izohlang.
8. Nazoratning turlari, shakl va metodlarini bayon eting,
9. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini
8Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 23-25 betlar.
tushuntirib bering.
10. Ta’lim sifati monitoring qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?