Organik o’g’itlar to’g’risida umumiy tushuncha. To’shamali go’ng va uni saqlash usullari
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
49,2 KB
ORGANIK O‘G‘ITLAR
Reja
1. Organik o’g’itlar to’g’risida umumiy tushuncha
2. To’shamali go’ng va uni saqlash usullari
3. To’shamali go’ngni ishlatilishi
4. Shahar chiqindilari va kompostlar
Qishloq xo’jaligida qo’llanidigan o’g’itlarni kimyoviy tarkibi, xususiyati,
olinish usuli, tuproq va o’simliklarga ta’siriga ko’ra organik mineral va bakterial
o’g’itlarga bo’lish qabo’l qilingan.
Organik yoki mahalliy o’g’itlarga go’ng, go’ng sharbati, torf, najas, qushlar
axlati, kompost, xo’jalik chiqindilari, ko’kat o’g’itlar kiradi. O’zining ahamiyatiga
ko’ra organik o’g’itlar ichida go’ng birinchi o’rinda turadi.
Ushbu o’g’it tuproq xossasiga ko’p tomonlama ta’sir etib, qishloq xo’jalik
ekinlari hosildorligini oshiradi, chunki ular o’simlik uchun oziqa moddlarining
manbai hisoblanadi.
Organik o’g’itlar bilan tuproqqa o’simlik uchun zarur bo’lgan barcha oziqa
elementlar (makro va mikro) bilan bir vaqtda ancha miqdorda mikroorganizmlar
ham tushadi. Ushbu mikrorganizmlar tuproq mikroflorasini boyitib, uning tarkibida
kechadigan mikrobiologik jarayonlar (chirish, mineralizasiya, ammonifikasiya)ni
faollashtiradi. Tuproqqa solingan yirik shoxli qoramollar go’ngining 1 tonna
moddasi bilan 20 kg azot; 10 kg fosfor (P2O); 24 kg fosfor(K2O); 28 kg kalsiy (CaO);
6 kg magniy (MgO); 4 kg oltingugrt; 25 g bor; 230g marganes, 20g mis, 100g rux,
2g molibden, 1,2g kobalt, 0,4g yod elementlari tushadi.
Organik o’g’itlarni ahamiyati shundan ham ko’rinadiki, 20 tonna yarim
chirigan to’shamali go’ng tarkibidagi oizqa moddalar miqdoriga ko’ra 0,3 tonna
ammiakli selitra, 0,25 tonna oddiy superfosfat va 0,2 tonna kaliy xlorid bilan
ekvivalent hisoblanadi. Bunday organik o’g’itlardan oqilona foydalanish xalq
xo’jaligi uchun o’ta muhim ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Mineral o’g’itlarga nisbatan organik o’g’itlar tarkibida oziqa moddalarni
birmuncha kamroq saqlaydi. Mineral o’g’itlar kabi organik o’g’itlarni qo’llash ham
dehqonchilikda moddalar aylanishiga inson tomonidan ta’sir etishning muxim
usullaridan biri hisoblanadi. Go’ng, go’ng sharbati, qushlar axlati, najasni tuproqqa
solish o’simliklar tomonidan ilgari foydalanilgan, hosilni hayvonlar beradi, zero
oziqa tarikbidagi elementlar hayvonlar go’ngi tarkibiga o’tgan bo’ladi.
Torf, shahar chiqindilari, chuchuk suv loyqasini o’g’it sifatida qo’llash
moddlar aylanishidan tashqarida bo’lgan oziqa elementlarni ushbu doiraga kiritish
imkonini beradi.
Organik o’g’itlar o’simliklar uchun nafaqat mineral oziqa manbai balki, CO2
ning ham manbai hisoblanadi. Tuproqka solingan organik o’g’itlarning chirishi
natijasida ko’p miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqib tuproq havosi va
yuzadagi CO2 miqdorini oshiradi, bu esa o’z navbatida o’simliklar mahsuldorligini
oishishga olib keladi. Tuproqqa solingan 30-40 tonna/ga go’ngni jadal chiriyotgan
davrida karbonat angidridning ajralib chiqishi o’g’itlanmagan dalalarga nisbatan
100-200 kg/ga ko’p bo’ladi. Bunday miqdordagi SO2ning ahamiyatini shundan ham
bilsa bo’ladiki, 20-25 s/ga don hosil qilish uchun g’alla ekinlari kuniga 100 kg ga
yaqin, karbonat angidridni talab qiladi.
Organik o’g’itlar tuproq mikroorganizmlari uchun oziqa manbai va energetik
material hisoblanadi. Bundan tashqari go’ng va najas mikroorganizmlar florasiga
juda boy bo’lib, ular byuilan tuproqqa katta miqdordagi mikroblar tushadi. Shu
tufayli organik o’g’itlar tuproqda azot to’plovchi bakteriyalar, ammonifiqatorlar,
nitrifiqatorlar va boshqa guruh mikroorganizmlar faoliyatini kuchaytiradi.
Kam chirindili, kuchsiz madaniylashgan tuproqlar unumdorligini oshirishning
asosiy yo’li organik o’g’itlar qo’llash hisoblanadi. Bu turdagi o’g’itlarni muntazam
qo’llash tuproq agrokimyoviy xossalari, biologiq fiziq fizik-kimyoviy xususiyatlari,
suv va havo rejimini yaxshilaydi.
Tuproqning singdirish sig’imi, asoslar bilan to’yinish darajasi ortib,
nordonlikni birmuncha kamaytiradi.
Organik o’g’itlarni mineral o’g’itlar bilan birgalikda qo’llash qishloq xo’jalik
ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlashning asosiy yo’llaridan biridir.
Shuni aloxida nazarda tutish lozimki, organik o’g’itlar oziqa moddalari
tuproqda minerallashgandan so’nggina o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi
mumkin. Shu tufayli faqatgina organik o’g’itlar bilan o’simliklarni oziqaga bo’lgan
talabini, ayniqsa, o’suv davrini boshida qondirish mushkul. Bundan tashqari organik
o’g’itlar tarkibida oziqa moddalarni nisbati o’simliklar ehtiyojini qoplash uchun
yetarli darajada bo’lmasligi mumkin. Shu tufayli ularni mineral o’gitlar bilan birga
qo’llash lozim.
Shu bilan birga faqatgina mineral o’g’itlarni qo’llash ham ba’zi tuproq
xususiyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Nordon muhitga ega bo’lgan
tuproqlarda fiziologik nordon o’g’iitlarni qo’llash, muhit kislotaligini oshirishi,
karbonatli tuproqlarda fosfatlarning qiyin o’zlashtiriluvchan shaklga o’tib ketishi,
sho’rlangan tuproqlarda Cl-, SO42-, ionlarining ko’payib ketishi ko’zatilishi mumkin.
Chorva mollarini boqish va chiqinlarni to’plash usullariga bog’liq ravishda
to’shamali, to’shamasiz va suyuq go’ng olinadi.
2. To’shamali go’ng – chorva mollarining suyuq va qattiq chiqindilari va
to’shamadan iborat. Uning tarkibi 25% quruq modda va 75% suvdan tashkil topgan.
To’shamali go’ng tarkibi hayvonlarni boqish sharoiti va to’shama turiga bog’liq
bo’ladi. Hayvonlarning yoshi va turi, oziqa tarkibiga bog’liq ravishda qattiq va
suyuq chiqindilarning nisbati, go’ng tarkibidagi oziq elementlar miqdori o’zgarib
boradi. Suyuq va ho’l oziqa bilan oziqlantirilgan hayvonlar chiqitlarida suyuq faza
miqdori ortib, aksincha omixta yem bilan boqilganda go’ng tarkibida azot, fosfor
miqdori ortadi. Hayvonlar oziqasi tarkibidagi organik moddalpHing 40%, azotning
50%i, fosforning 80%i, kaliyning 95%i go’ng tarkibiga o’tadi. To’shama sifatida
somon, torf, qipiq, daraxtlar bargidan foydalaniladi.
To’shamani o’rtacha tarkibi, %
To’shama turi
H2O
N
P2O5
K2O
CaO
1. Kuzgi bug’doy somoni
14,0
0,50
0,20
0,90
0,28
2. Kuzgi javdar somoni
14,3
0,45
0,26
1,00
0,29
3. Bahori bug’doy somoni
14,0
0,56
0,20
0,75
0,26
4. Suli somoni
14,3
0,65
0,35
1,60
0,38
5.Torf
30,0
2,30
0,30
0,20
2,0
6. Yog’och qipig’i
-
0,20
0,30
0,74
1,05
O’g’itlarga bog’liq ravishda javdar va suli somonining kimyoviy tarkibi
(absolyut quruq moddaga nisbatan % hisobida)
O’g’it turi va
me’yori
Javdar somoni
Suli somoni
azot
fosfor
kaliy
azot
fosfor
kaliy
O’g’itlanmaga
n
0,38
0,11
0,53
0,42
0,12
0,86
20 t go’ng
0,44
0,29
0,74
0,51
0,28
0,94
40 t go’ng
0,50
0,30
0,95
-
-
-
N60P45 K45
0,52
0,27
0,80
0,70
0,32
1,03
P60 K60
0,41
0,28
0,86
0,62
0,34
1,18
Hayvonlar uchun to’shama miqdori uning sifati va namligiga bog’liq.
Xo’jalikda mavjud bo’lgan to’shama miqdoriga ko’ra uning me’yorini 1,5-,20
martagacha oshirish mumkin. Bu to’planadigan go’ng miqdorini oshishiga olib
keladi.
Bir bosh hayvon uchun to’shama me’yori, kg/sut
Hayvon turi
Somon Tupon
Mox
Kam
chirigan
torf
Kam
chirigan
pastki
qatlam
Xazo
n
Yog’och
qipig’i
1. Yirik shoxli qoramol
3-5
4-6
2-3
5-6
10-20
3-4
3,6
2. Otlar
2-4
3-5
1,5-2
3-4
5-10
2-3
4-6
3. Qo’ylar
0,5-1
0,5-1 0,2-0,5
-
-
-
-
4.Cho’chqa ona cho’chqa
5-7
6-8
3-4
-
-
-
-
5. Erkak cho’chqa
1,5-3
2-3
1-2
2-3
-
1,5-2
2-3
6. Bo’rdoqi cho’chqa
1-2
1,5-2
0-1,5
1,5-2
-
1-2
1,5-2
7. Cho’chqa bolalari
0,5-1
1-1,5
0,5
0,5-1
-
0,5-1
1-1,5
Hayvonlar bog’lamasdan qurada boqilganda to’shama me’yori 1,5-2,0 marta
oshiriladi. To’planadigan go’ng miqdorini aniqlash uchun to’shama me’yoridan
tashqari hayvonlarning suyuq va qattiq chiqitlari chiqishi miqdorini ham bilash
zarur. Uning miqdori hayvon turi va berilayotgan oziqa tarkibiga ham bog’liq.
Hayvonlar suyuq va qattiq chiqitlari tarkibi, %
Chiqindi
Namli
k H2O
Quruq
modda
Azot N Kaliy
K2O
Kalsiy
CaO
Magni
y MgO
Fosfor
P2O5
Qattiq chiqindi
Otlar
75,7
24,3
0,44
0,35
0,15
0,12
0,35
Yirik qoramol
83,6
16,2
0,29
0,10
0,35
0,13
0,17
Qo’y
65,5
34,5
0,55
0,15
0,46
0,15
0,31
Cho’chqa
82,0
18,0
0,60
0,26
0,69
0,10
0,41
Suyuq chiqindi
Otlar
90,1
9,9
1,55
1,5
0,45
0,24
-
Yirik qoramol
93,8
6,2
0,58
0,49
0,61
0,04
-
Qo’y
87,2
12,8
1,95
2,26
0,16
0,34
0,01
Cho’chqa
96,7
3,3
0,43
0,83
-
0,08
0,07
Qushlar axlati
Tovuqlar
56,0
44,0
1,63
0,85
2,40
0,74
1,54
G’ozlar
77,1
22,9
0,55
0,95
0,84
0,20
0,54
O’rdaklar
56,6
43,4
1,00
0,62
1,70
0,35
1,40
Kaptarlar
54,9
45,1
1,76
1,00
1,60
0,50
1,78
Otlar va qo’ylarni chiqindilari va go’ngi qoramollar go’ngiga nisbatan oziqa
moddalarga boy hisoblanadi. Go’ng tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori
hayvonlar oziqasi tarkibi bilan uzviy bog’liq. Yem-xashak tarkibida elementlar
miqdori ortishi bilan ular miqdori go’ng tarkibida ham ortadi.
Go’ng tarkibining xashak turiga bog’liqligi.
Go’ng tarkibi
G o’ n g t u ri
Otlar
Qoramol
Cho’chqa
Azot (N)
0,32-0,84
0,21-0,75
0,28-1,05
Fosfor (P2O5)
0,18-0,68
0,11-0,65
0,15-0,73
Kaliy (K2O)
0,23-0,80
0,19-0,75
0,22-0,85
Chirish darajasiga bog’liq ravishda ot go’ngi tarkibi.
Tarkibiy qism
Yangi
go’ng
2oy saqlangandan
so’ng
4oy saqlangandan
so’ng
5-8oy
saqlangandan
so’ng
Suv
72,0
75,5
74,0
68,0
Organik modda
24,5
19,5
18,0
17,5
Azot (umumiy)
0,52
0,60
0,66
0,73
Azot (oqsil)
0,33
0,45
0,54
0,68
Azot (ammoniy)
0,15
0,12
0,10
0,05
Fosfor (P2O5)
0,31
0,38
0,43
0,48
Kaliy (K2O)
0,60
0,64
0,72
0,84
Go’ngning tarkibidagi oziqa moddalar miqdori saqlash davomiyligi va
usullariga bog’liq. Go’ng yaxshi chirib, oziqa moddalari yo’qolishini oldini olish
sharoitida qancha ko’p saqlansa, unda azot, fosfor va kaliyning miqdori ortadi, shuni
e’tiborga olish lozimki, bunda ammoniyli azotning miqdori kamayadi.
Saqlash davomiyligining ortishi azot va organik moddaning yo’qolishi
oshishiga olib keladi. To’shamani oshirilgan me’yorda qo’llash go’ng chiqishini
oshirib, azot yo’qolishini kamaytiradi.
Aerob sharoitda turli muddatda saqlangan go’ngdan azot va organik
modda yo’qolishi. (VIUA ma’lumoti)
Yo’qolish turi
2 oy
saqlanganda
4 oy saqlanganda
6-8 oy
saqlanganda
Umumiy azot
20-30
30-35
45-50
Organik modda
25-30
35-40
50-60
Go’ng zichlanmasdan 4 oy shtabelda saqlanishi mobaynida azot
yo’qolishi
Somon to’shamali
go’ng
Torf to’shamali go’ng
Yog’och qipiqli go’ng
Yangi
go’ngdagi
azot
miqdori, %
Azot
yo’qolishi,
%
Yangi
go’ngdagi
azot miqdori,
%
Azot
yo’qolishi,
%
Yangi
go’ngdagi azot
miqdori, %
Azot
yo’qolishi,
%
0,52
43,9
0,65
25,2
0,54
38,4
0,48
35,5
0,75
18,8
0,42
24,8
0,40
31,2
0,60
13,7
-
-
0,32
12,4
0,40
3,4
-
-
To’shama me’yoriga bog’liq ravishda go’ng to’planishi
va azot yo’qolishi
To’shamani
kunlik
me’yori, kg
Somon to’shama
Torf to’shama
1 boshdan 200
kunda go’ng
to’planishi, t
4oy saqlashda
azot
yo’qolishi, %
1 boshdan 200
kunda go’ng
to’planishi, t
4oy saqlashda
azot
yo’qolishi, %
-
1
2
1
2
2
6,8
43,9
7,7
25,2
4
8,2
31,2
9,2
13,7
6
9,4
12,4
10,1
3,4
Chirigan go’ng olishda oziqa va organik moddalar yo’qolishini oldini olish
uchun saqlash mobaynida namliq harorat va aerasiya sharoitlarini hisobga olish
zarur. Go’ngni jadal chirish darajasi namlik 55-75% bo’lganda kuzatiladi. Organik
moddani chirish darajasi aerasiya sharoiti bilan bog’liq. Go’ngni shtabelda
saqlaganda kislorod bilan yetarli ta’minlash yaxshi chirigan go’ng olish imkonini
beradi. Chirish davomida kislorod bilan ta’minlash va harorat, shtabel hajmi,
zichlanganligi, namlik kabi sharoitlar, ya’ni saqlash usullariga bog’liq.
Mavjud konkret sharoitlardan kelib chiqib go’ng bir qancha usullarda
saqlanadi. Go’ngni chorva mollari tagida saqlash, bu usulda asosan go’ng bog’lab
boqilmaydigan mollar va qo’ralarda boqilganda saqlanadi. Bunda chorva mollari
tagiga 30-40sm qalinlikda to’shama to’shaladi. To’shama saqlash davomida
hayvonlar chiqindilari bilan bir tekisda aralashadi va zichlanadi. Namiqib ketish
hollarida to’shama yana qo’shiladi. Shu usulda tayyorlangan go’ng yig’ishtirib
olinadi va ko’zda o’g’itlash uchun qo’llaniladi. Go’ngni chorva mollari tagida
saqlash eng arzon usul hisoblanib, go’ng sharbati va ammiak yo’qolishi kamayadi.
Bog’lab boqiladigan chorva mollari go’ngi mahalliy sharoitga bog’liq holda
zich, yarim zich, g’ovak usulda saqlanadi. Zich (sovuq) usulda saqlash- go’ng
saqlash omborlari yoki go’ng xonada saqlash usuli bo’lib, go’ng qavat-qavat
to’shaladi va darhol zichlanadi. Dastlabki qavatni eni 5-6 m, qalinligi 1 m bo’lib,
o’zunligi go’ng miqdoriga bog’liq holda tanlanadi. To’shalgan go’ng darrov
zichlanadi va yangi qavat to’shaladi, umumiy balandlik 2,5-3,0 m dan oshmasligi
kerak Ustidan somon yoki tuproq bilan 8-15 sm qalinlikda yopiladi.
Go’ng chirishi anaerob sharoitda boradi. Chirish harorati qishda 20-250C ni
tashkil etadi. Go’ng CO2 va suv bug’lariga o’ta to’yinganligi sababli (NH4)2CO3 ni
erkin ammiaq CO2 va suvga parchalanishi oldi olinadi. Bu usulda saqlanganda
boshqa usullarga nisbatan kamroq organik modda va azot yo’qolishi kuzatiladi.
Zich usulda qish davrida yarim chirigan go’ng 3-4 oyda, to’liq chirigani esa
7-8 oyda olinadi. Yarim zich (issiq-sovuq) usulda juda zich usuldagi kabi to’shaladi,
dastlab zichlab bostirilmaydi. 3-5 kun o’tgach, ya’ni chirish harorati 60-700C
yetgach qattiq zichlab bostiriladi. Shunday holat saqlayotgan go’ng balandligi 3,0 m
ga yetgo’nga qadar davom ettiriladi. Bu usulda, ya’ni go’ng zichlanguncha unda
aerob chirish jarayoni boradi, bunda bir qism organik modda va azot yo’qolishi
mumkin. Azot yo’qolishini kamaytirish uchun oshirilgan me’yorda to’shama
qo’llash lozim.
Go’ng zichlanganda harorat 30-350C gacha pasayadi va keyingi chirish
jarayoni anaerob usulda ketadi. Bunda chirish jarayoni zich usulda saqlashga ko’ra
tezroq kechadi. Yarim chirigan go’ng 1,5-2,0 oyda tayyor bo’lsa, to’liq chirish
uchun 4-5 oy talab etiladi.
Bu usulda tezda chirigan go’ng olish, go’ngni biotermik zararsizlantirish
uchun qulay hisoblanadi.
G’ovak (issiq) usulda saqlash –go’ng zichlanmasdan usti yopilib saqlanadi.
Chirish aerob usulda, yuqori harorat ostida kechib, organik modda va azot hamda
go’ng sharbati yo’qolishi kuzatiladi.
Turli usullar va to’shamalar bilan 4 oy saqlash davomida organik
modda, azot va go’ng sharbati yo’qolishi miqdori.
Saqlash
usuli
Somon to’shamali go’ngdan
Torf to’shamali go’ngdan
organik
modda
azot
go’ng
sharbati
organik
modda
azot
go’ng
sharbati
Zich
12,2
10,7
1,9
7,0
1,0
0,6
Yarim zich
24,6
21,6
5,1
32,9
17,0
3,4
G’ovak
32,6
31,4
10,5
40,0
25,3
4,3
Turli usullarda 4 oy saqlangan go’ng tarkibi
Tarkibi
Somon to’shamali go’ng
Torf to’shamali go’ng
S a q l a sh u s u l l a r i
zich yarim zich
g’ovak
zich
yarim
zich
g’ovak
Namligi
75,7
77,7
77,9
77,3
79,5
80,0
Umumiy azot
0,61
0,66
0,71
0,62
0,67
0,63
Oqsil azoti
0,37
0,50
0,56
0,37
0,44
0,42
Ammoniyli azot
0,23
0,15
0,18
0,24
0,22
0,18
Fosfor P2O5
0,39
0,43
0,48
0,27
0,28
0,31
Kaliy K2O
0,42
0,48
0,52
0,37
0,48
0,51
Kalsiy SaO
0,18
0,24
0,22
0,19
0,24
0,24
Organik modda
21,7
18,7
18,4
20,0
18,0
17,0
Uglerod
9,7
8,61
7,31
9,08
8,30
8,0
Kletchatka
8,82
6,58
6,47
6,88
5,88
5,72
Go’ngni chorvachilik inshootlaridan uncha uzoq bo’lmagan joyda maxsus
qurilgan go’ngxonalarda ham saqlash mumkin.
Go’ngxonalar 2 xilda bo’lishi mumkin:
Yer ustki go’ngxonalar yer osti suvlari yaqin joylashgan xududlarda quriladi
va go’ng shtabel holida saqlanganda qurg’oqchil mintaqalarda kolovan tipidagi
go’ngxonalar tavsiya etiladi.
Go’ngxonalarga quyidagi talablar qo’yiladi:
Tagi nam o’tkazmasligi lozim. Masalan, beton bilan yopilgan bo’lishi kerak
Bu go’ng sharbati yo’qolishi oldini oladi. Bundan tashqari tashish va ortishda
mexanizmlarni ko’tarishga chidamli bo’lishi lozim.
Go’ng sharbatini to’plagich maxsus joylari bo’lishi kerak
Go’ngxona tagi sharbat to’plagich tomon nishab bo’lishi lozim.
Go’ngxonalarga yog’in sochin suvlari oqib tushmasligi lozim.
Go’ngxona aholi punktlaridan kamida 200 m uzoqlikda, suv to’planmaydigan
baland joyga qurilishi kerak
Daryo, ko’llar, ariqlar, quduqlar yakinida, botqoq yerlarda go’ngxona qurish
mumkin emas.
Go’ngxona uchun joy sanepidstansiya roziligi bilan veterinariya vrachi
ishtirokida tanlanadi.
Yil davomida to’planadigan go’ng miqdoriga bog’liq ravishda go’ngxona
o’lchami tanlanadi. Agar zichlangan go’ng balandligi 1,5 m ni tashkil etsa,
2,5-3,0 oy mobaynida saqlash uchun har bir hayvon uchun quyidagi miqdorda
maydon talab etiladi:
-yirik shoxli qoramollar - 2,0-2,5 m2
-otlar uchun
- 1,4-1,75 m2
-buzoqlar
- 1,0-1,2 m2
-cho’chqalar
- 0,4-0,5 m2
-qo’y
- 0,2-0,3 m2
Har 100 t go’ng uchun go’ng sharbati to’plagich hajmi 1,3 m3 ni tashkil etib,
umumiy xajmi esa 4-5 m3 bo’lishi lozim.
Go’ng sharbati o’g’it sifatida, kompostlar tayyorlashda va go’ng saqlashda
uni qurib qolmasligi uchun namlashda ishlatiladi.
Mutaxassis turlicha chirigan go’ngning aralashib ketishiga yo’l qo’ymasligi
lozim. Go’ng go’ngxonaga 2-3m enlikda ko’ndalang holda yotqiziladi va zichlanadi.
Shtabel balandligi 2,5-3,0m ga yetguncha shunday davom ettiriladi. So’ng yonidan
2 chi, 3 chi shtabel yotqizilib, go’ngxona to’lguncha davom ettiriladi. Bunda yonma-
yon yotqizilgan shtabelllar zich joyldashishiga e’tibor berish lozim. Bunda
go’ngxona bir chetida chirigan go’ng osil bo’lsa, bir cheti hali chirib ulgurmagan
bo’ladi.
Agar go’ngni baxorda-ko’zda dalaga chiqarib saqlash imkoni bo’lmasa, u
holda qishda chiqariladi. Bunda go’ng 1-2 kun ichida to’liq tashib, ulgurilishi, usti
15-20sm qalinlikda tuproq bilan berkitilishi kerak
Chirimagan va yarim chirigan go’ng dalada kichik uyum holida saqlash
tavsiya etilmaydi, chunki bunday holda qishda go’ng mo’zlashi, yozda qurib qolishi
ehtimoli kuchayadi va ammoniyli azotning katta miqdorda yo’qolishiga olib keladi.
To’shamali go’ng saqlanganda oziqa moddalari yo’qolishi oldini olish
choralari: Ma’lumki noqulay sharoitda go’ng oziqa moddalari ko’p yo’qolishi, uning
o’g’itlik ahamiyatini kamaytiradi. Ammiak va organik modda asosan chirish
jarayonida, go’ng sharbati esa saqlash joyida gruntga surilish va oqib ketish
natijasida yo’qoladi, azot, kaliy miqdori keskin kamayadi. Buning oldini olish uchun
birinchi navbatda to’shama me’yori oshirilishi, to’shamaga torf va somon
ishlatilishi, go’ngni zich (sovuq) usulda saqlash, go’ng sharbati to’plagichlarga
qo’yiladigan talablar to’la bajarilishi lozim. Go’ngni o’gitlik ahamiyatini oshirish