OROL DENGIZI MUAMMOSI
Reja.
I.
Kirish.
II.
Asosiy qism.
1. Orol dengizi haqida.
2. Orol dengizining ekologik ahvoli.
3. Orol dengizining hozirgi holati.
4. Orol boʻyi hududining ekologik muammolari.
5. Orol muammosini bartaraf etish yo’lida amalga oshirilgan ishlar.
6. Orol muammolariga bag‘ishlangan konferensiya ishtirokchilarining
fikrlari.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
“Biz o‘z mustaqilligimiz va suverenitetimizning dastlabki kunlaridan boshlab
o‘tmishda shakllangan ta’lim tizimini tubdan isloh qilmasdan turib, eski kommunistik
mafkuraning qolip va aqidalaridan butunlay voz kechmasdan, yoshlarning ongida
demokratik qadriyatlarni mustahkamlamasdan turib yangi jamiyatni barpo etib
bo‘lmaydi, degan qat’iy xulosaga kelgan edik.
Agar O‘zbekistonda bugun yashayotgan 31 million aholining 60 foizidan ortig‘ini
30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu
islohotlarning zarurati va roli o‘z-o‘zidan tushunarli va ravshan bo‘ladi.
Yana bir muhim jihati shundaki, ana shu majburiy ta’limdan so‘ng yosh yigit-
qizlarimiz, o‘z xohishlariga ko‘ra, bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish uchun
oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishni davom ettirishlari mumkin.
Ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy
etilishi natijasida uzluksiz ta’limning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit
tizimi yaratildi. Bu tizim ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarini – maktabgacha
va maktab ta’limidan tortib o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo‘g‘inini,
shuningdek, xalqaro me’yorlarga mos holda bevosita fan doktori darajasini olish
uchun dissertatsiya himoyasini nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi bir bosqichli
ta’limni o‘ziga qamrab oladi.
Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar boshlanganidan buyon oliy o‘quv
yurtlari soni 2-marta oshdi, bugungi kunda 60 ta universitet va institutda 230 ming
nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. O‘zbekistonda Yevropa va Osiyoning bir qator
yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universiteti,
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya
neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti
filiallari faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi va Buyuk
Britaniyaning yetakchi oliy o‘quv yurti – Kembrij universiteti bilan birgalikda
Yuksak texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi tashkil etilmoqda.
2014-yilning sentabr oyidan boshlab yurtimizda, yuqorida zikr etilganidek,
Janubiy Koreyaning Inxa universiteti filiali faoliyat ko‘rsatadi, uning asosiy
yo‘nalishini
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,
komputer
muhandisligi
sohasidagi ta’lim tashkil etadi.
Yoshlarimizning minglab iqtidorli vakillari Yaponiya, Germaniya, Janubiy
Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va boshqa mamlakatlarning
yetakchi universitetlarida ta’lim olmoqda, bu esa ularning bilim va malakasini
oshirishda keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
Bugungi kunda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga
yo‘naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda.
Boshqacha aytganda, O‘zbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz mablag‘ aynan
ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda.
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri –
“INSEAD” tomonidan 2012-yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o‘rinni,
ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan
mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda beshinchi o‘rinni egallagani bejiz emas, albatta.
Xolis insonlar bizning ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli ishlarimiz haqida
xolisona xulosa chiqargani uchun minnatdormiz. Biz bunday har tomonlama
asoslangan tadqiqotlar olib borib, umumiy xulosalar chiqarish bilan shug‘ullanadigan
ilmiy-tahliliy markaz mavjudligidan bexabar edik. Bunday markazlar faoliyati juda
foydali deb o‘ylayman va biz ana shunday yuksak e’tirofdan ruhlanib, yanada yuqori
o‘rinlarga ko‘tarilish uchun yanada qattiq bel bog‘lab harakat qilamiz. Birinchi
o‘ringa da’vogarlik qilishdan cho‘chib turgan bo‘lsak-da, biz shunga intilib
yashashga haqlimiz, deb o‘ylayman”.
I.A.Karimov
Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan
texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini
kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib
chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Ekologik muommo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan boѓliq holda
tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga
molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan boѓliq (stixiyali talofatlar, iqlimning
o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday xodisa
tushuniladi.
Er yuzasining muayyan mintaqasi o‘ziga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik,
etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa munosabatlari
xarakterini belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muommolarga baho berishning
mezoni havo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, tuproq
eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o‘rmonlarda daraxtlarni kesish va boshqalar
hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik muommolardan eng muhimi Orol va Orol
bo‘yi ekologik muammosidir. Bu sohadagi batafsil ma’lumotni Orol dengizi
muammosi qismidan olasiz.
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan «chiqindi» deb
nom olgan qo‘shimcha mahsulot ajralib chiqadi. Bu mahsulotlar Respublikamizning
ba’zi bir hududlarida ko‘p chiqarilmoqda va natijada tabiatni bulѓab, barcha tirik
organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar keltirmoqda. Ana shunday
atmosfera havosini buzadigan chiqindilarga tutun va har xil zaharli gazlar kirib, ular
ko‘pincha Olmaliq, Angren, Farѓona, Qarshi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent,
CHirchiq, Bekabod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport qatnovi katta bo‘lgan
shaharlar havosini ifloslantirmoqda.
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqasidagi madaniy tuproqlarning qayta
botqoqlanish jarayoni markaziy Farѓona, Mirzacho‘lda, Qarshi va SHerobod
cho‘llarida, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining quyi qismlarida, Tajan va
Murѓob deltalarida, Vaxsh botqoѓida barpo etilgan agrolandshaftlarda intensiv ravishda
namoyon bo‘lmoqda. Binobarin, agrolandshaftlarning hozirgi ekologik holatini
optimallashtirish va soѓlomlashtirish uchun ularda insonning xo‘jalik faoliyati tufayli
faollashgan geokimyoviy jarayonlarni, modda va energiya almashinuvini, tuz – suv
balansi qonuniyati buzilishini mahalliy va mintaqaviy masshtablarda boshqarishni
o‘rganmoq va tashkil etmoq zarurdir.
Orol dengizi haqida.
Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol
dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston),
shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-
yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil
etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori
koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan
keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shim.-sharkdan jan.-gʻarbga choʻzilgan, uz.
428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690
ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib
turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan.
Orol dengizi (qoz. Aral Teңіzі, Aral Tengizi, qor. Aral tenʼizi) Oʻrta Osiyoda
joylashgan
yopiq
suv
havzasidir.
Shimoldan
Qozogʻiston,
janubdan
Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan.
1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi
koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo vaSirdaryo suvlarining koʻp
miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-
yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoʻqotib,
uchta alohida koʻlga aylandi. Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot
vahayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa
quruq va sovuqroq boʻla boshladi.
2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.
1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va
Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma
imzolandi.
Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil
boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol
dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlarboʻlgan. Shim. qirgʻoklarida eng katta
qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, jan.-sharqiy va
sharqiy qirgʻoqlaridaTushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo
bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli
vaMoʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh
koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrdaSariqamish va Oʻzboʻy
orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland
boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan.
Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida.
QoraqalpogʻistonUstyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.
Koʻlning sayoz joylari uning jan., jan.-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.
Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan
baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past,
chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va
orollar boʻlgan. Jan. qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.
Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300
dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning jan.-sharqiy qismida. Eng
kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²)
edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo
Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida
yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm
yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan.
Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi
suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin
va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol
dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785 yildan dengizda
suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825 yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana
koʻtarilgan, 1862 yil kamaygan. Koʻkorol 1880 yilda yarim orolga aylanib qolgan.
1881 yil suv sathi pasaygan. 1885 yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila
boshlagan. 1899 yilga kelib Koʻkorol ya.o. orol boʻlib qolgan. 1919 yil dengiz
maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935 yilga kelib
maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr
mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va
Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham
dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha
25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11 %". Suvdagi tuzlarning
koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga
koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz
11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz
suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi.
Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi
koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan
Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dek. oʻrtalaridan mart oxirigacha
muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik
ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga
oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —
7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran
(leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002 yil).
Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoqkabi yirik
portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-
san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-
polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan
baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli
baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan
posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir
orollarida baliq tuzlash z-dlari ishlab turgan.
Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va
haritaga tushirgan.
Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan
bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv
shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin
maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan
quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi
jadal surʼatlarda pasaya boshladi.
Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri
Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga
ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60 yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni
tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56
km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng
boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu
davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq
qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—60 yillar davomida 50 km³
hajmdagi suvni yoʻqotgan.
Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz
shim. qismi (shoʻrligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega
boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 69— 72 g/l); uchinchisi — eng
chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l).
Orol dengizining bugungi holati (oktabr 2016)
Orol dengizining ekologik ahvoli.
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib,
unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi.
Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda
otmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi.
qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim
hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni
— 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi
natijasida su`orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari
Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday
qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-
yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-
10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000 yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi.
Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda.
Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil
etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi,
hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar
chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz
ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiyustyurt va
Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy
maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi.
Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning
Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal
ravishdagi cho'llanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun
ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda.
Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl
maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz
zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday
qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida
kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga
karaganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — tuzon
kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang — tuz tuzoni atmosfera
ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — tuzonlarning atmosferaga
kutarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi —
400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida
yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib
ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor
oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy
sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning su`oriladigan maydonlari chang — tuz
fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan
qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~oʻza
uchun
ajratilgan
maydonlar
kasallik
koʻzgatuvchi
zarakunandalar
bilan
zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning
yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo,
Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyada erlaning koʻpayishiga olib
kelmoqda. Amudaryoningoʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik
tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va
Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli
bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan
maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk
xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda — 30 %, Turkmanistonda 40 %,
Qozog'istonda — 33 %, Tojikistonda — 1990 Qirg'izistonda — 20 % pasayib
ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini
kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida
daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida
toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan utloki
— botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir choʻl, kumli tuproqlarga aylanishga olib
keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Kurigan maydonlar aholi
uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol
boʻyining sanitar — epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markaz-lashtirilgan
suv bilan taʼminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv
havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol
muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash
lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga karaganda koʻp marta oʻz
shaklini oʻzgartirganini va koʻrib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki
absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O
DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda
ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda O'rta Osiyoni umumiy muammosiga
aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm
dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi to'planib qolgan erdagi
tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf
tug'diradi.O'sha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan
tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim
qayg'urmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablag'lari ajratilgani bilan o'sha
mablag' dengizga xarajat qilinishini xech kim o'z nazoratiga olmayapti. BUndan
kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday
taʼriflash mumkinki, Urta Osiyo mamlakatlarida qurg'okchilik vujudga keladi.
Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka
qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan so'ng bu
muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu
xo'jalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bug'doy sug'orilishiga Amudaryo va
Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan.
Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlaga
Orol dengizining hozirgi holati.
Orol dengizining qurish jarayoni
Orol dengizining yarmidan koʻproq qismi Oʻzbekiston hududiga qarashli.
Orolboʻyi Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol dengizi atrofidagi
hududlarni, shuningdek, dengiz sathining kasayishi natijasida uning shimoli-
sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol choʻlini oʻz ichiga oladi.
Orol dengizi Oʻrta Osiyoda va butun dunyodagi eng yirik shoʻr koʻllardan biri
hisoblanadi. Yaqin oʻtmishda uning maydoni orollar bilan birga deyarli 68,0 ming
kv km ni, suvining hajmi 1000 kub km ni tashkil etgan. Oʻrtacha chuqurligi 50,5 m
atrofida boʻlgan Havzasining kattaligi (690 ming kv km) jihatdan Kaspiy dengizi,
Amerikadagi Yuqorikoʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin toʻrtinchi oʻrinda
turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orollar boʻlib, ulardan eng kattasi Koʻkorol,
Vozrojdenie, Borsakelmas boʻlgan. Orol dengiziga 20-asrning 60-yillarigacha
Amudaryodan 38,6 kub km, Sirdaryodan 14,5 kub km, suv kelib turgan. Dengiz
akvatoriyasiga yiligi 82–170 mm yogʻin yogʻadi. Dengizga 5,5 kub km erosti
suvlari ham qoʻshilib turgan. Suvning shoʻrligi 10-11 % boʻlib, suv tarkibida tuzlar
miqdori 11 mlrd tonna ga yaqin deb baholangan. Dengizda kemalar qatnovi
mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari boʻlgan. Orol
dengizi atrofidagi aholi, asosan, baliqchilik, qisman chorvachilik, moʻynachilik
(ondatra), sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari
va bir qancha orollarda baliq ovlash xoʻjaliklari, baliq tuzlash zavodlari ishlab
turgan. Baliq ovlash oʻtgan asrning 90-yillarigacha davom etgan.
Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi
geologik davrda dengiz suvi koʻtarilib, baʼzan Sariqamish va Oʻzboy oʻzanlari
orqali Kasbiy dengiziga quyilgan.
Dengiz choʻl mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi
suv bugʻlangan. Oʻtgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan,
1911—1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yogʻin bilan birga bir
yilda, oʻrtacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66,10 kub, km suv
bugʻlangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub,
km suvni yoʻqotgan. Suv sathi ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab
sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo
suvlarining sugʻorishga ishlatilishi tufayli keskin kamaya boshlagan. Oʻtgan 40
yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4 marta, suv sathi
1,8 marta, undagi suv hajmi 9 martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining
shoʻrlanishi 9-10 g/l dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz
chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. Oʻtgan 40 yil
mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln
gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch
qismga boʻlinib ketgan. Uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz
minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi ancha kuchli
shoʻrlangan (68-72 g/l).
Orol boʻyi hududining ekologik muammolari.
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo
suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol
dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari
qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi.
Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib
bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning
umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi.
Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi.
Suv zahiralaridan nooʻrin foydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta
oqimlaridagi
hududlarda
sizot suvlarining
koʻtarilib, tuproqdagi namlik
bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining
ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er
yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi.
Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq
orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan
yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo
suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan
hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.
Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari
bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang
havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir
yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi.
Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang
koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km
ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib,
tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga
yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi
muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan.
Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming
gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib
qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva
mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi.
Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada
kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa
ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning
pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik
tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi. Aholi oʻrtasida yurak-qon
tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma,
bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20
marta oshganligi kuzatilgan.
Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta
ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda
chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni
deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv
toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib
yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib
keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl
oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon
turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida
Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars,
buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10
ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga
aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora
oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda
tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol
moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan.
Nima uchun shunday boʻlgan?
Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga
quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan.
Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil
baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada
qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moʻynoq,
Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20
asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati
ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-
yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol dengizining yuz km
dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi.
20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning
1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra
moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarga kelib, moʻyna tayyorlash
butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjalik
mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi,
turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda.
1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat
ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi.
Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan qanday xatoliklar Orol
boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqarganligini izohlab bering.
Orol dengizi sathi 1960-yillardan boshlab kundan-kunga pasayib bormoqda.
Hozirgi kunda uning sathi yiliga 80 – 110 smga kamaymoqda.
Orol dengizining qurish jarayoni
Natijada Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashib,
ichish uchun yaroqsiz holga keldi. Ekologik tizim, o‘simlik va hayvonot dunyosi
katta zarar ko‘rdi.
Orol muammosi sababi nimada?
Orol dengizining qurishiga asosan quyidagi ikki sabab keltiriladi:
1.
Sug‘orish ishlari. 1960-yillardan boshlab yangi yerlarning ko‘p miqdorda
o‘zlashtirilishi natijasida sug‘orish uchun katta manbalar talab qilina boshladi.
Orol dengizi ana shunday manbaga aylandi.
2.
Turkmanistonda
Qoraqum
kanalining
qurilishi.
1959—1967-yillarda
qurilgan bu kanal Amudaryodan bir soniyada 300 metr kub suv olgan. Kanal
o‘zanida 3 ta yirik suv ombori ham qurilgan.
Suvning sarflanishi ko‘payib, suv balansi yo‘qolgan.
Ekologik oqibatlar
Orol dengizining qurish jarayoni. NASA suratlari.
Orolning qurishi iqlimga o‘z ta’sirini o‘tkazdi: avvalgi qirg‘oq chizig‘idan
100 kmgacha bo‘lgan hududda iqlim yanada kontinental tus oldi. Endi yoz
quruqroq va issiqroq, qish esa yanada sovuq va davomiy xususiyat kasb etdi
Qurib qolgan dengiz tubidan yaqin oradagi hududlarga tarkibida tuz va turli
kimyoviy moddalar bo‘lgan chang tarqalmoqda
Baliqchilik xo‘jaligi barbod bo‘lib, ishsizlik darajasi oshdi
Turli kasalliklar, jumladan kamqonlik, saraton, sil va turli allergik kasalliklar
ko‘paydi. Onalar va bolalar o‘limi darajasi oshdi.
Muammoga chek qo‘yiladimi?
Muammoga turlicha yechimlar taklif qilingan. Shulardan biri 2003—2005-yillarda
Qozog‘iston tomonidan amalga oshirilgan. Kichik va Katta Orolni ajratib turuvchi
damba qurilib, endi Sirdaryodan oqib kelayotgan suv Kichik Orolda to‘plana
boshladi. Suv sathi oshib, sho‘rlik kamaydi. Biroq bu Orolning janubiy qismi
zarariga bo‘lmoqda.
Kichik va Katta Orolni ajratib turuvchi damba qurilib, endi Sirdaryodan oqib
kelayotgan suv Kichik Orolda to‘plana boshladi. Foto: silkroadadventures.info
Ayni paytda Orol masalasi global muammo sifatida butun dunyo olimlari
tomonidan o‘rganilmoqda. 2013-yilning iyun oyida Rossiya Fanlar Akademiyasi
Okeanologiya instituti direktor o‘rinbosari Pyotr Zavyalov Orol dengizi ahvolining
barqarorlasha boshlagani, qurish jarayoni esa sekinlashgani haqida ma’ruza o‘qidi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, suvning yuzasi kichrayib ketgani uchun,
bug‘lanish ham o‘z-o‘zidan kamaygan.
Orol muammosini bartaraf etish yo’lida.
Urganch shahrida shu yilning oktabr oyi oxirida Prezidentimiz Islom Karimovning
2014-yil 5-avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan «Orol dengizi
mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni
rivojlantirish» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Orol dengizi fojiasi – eng katta global ekologik halokatlardan biri bo‘lib,
xususiyati va ko‘lamiga ko‘ra turli ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Aynan shu bois Orol dengizi tanazzulining salbiy oqibatlarini bevosita boshidan
kechirayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari, birinchi navbatda, O‘zbekiston jahon
hamjamiyatini tobora qurib borayotgan ushbu dengizni qutqarish, mintaqadagi
ekologik ahvolni barqarorlashtirish va eng muhimi, bu yerda yashayotgan aholi
hayotini yaxshilashga da’vat etib keladi.
Bugungi
kunda
Orol
dengizining
katta
qismi
Orolbo‘yi
mintaqasini
shafqatsizlarcha qamrab olayotgan 5,5 million gektardan iborat qum-tuz sahrosiga
aylangan. Olimlarning ta’kidlashicha, har yili atmosferaga qurib borayotgan dengiz
tubidan 75 million tonnadan ziyod chang va zaharli tuzlar ko‘tarilib, 400
kilometrlik maydon bo‘ylab tarqalmoqda. Orol dengizining G‘arbdan Sharq
tomonga esadigan kuchli havo oqimi yo‘lida joylashgani va bu aerozollarning
atmosfera yuqori qatlamlariga ko‘tarilishiga yordam berayotgani atrof-muhit
ifloslanishi oqibatlarini yanada kuchaytirmoqda. Tuz oqimlari alomatlari butun
Yevropa va hatto Shimoliy muz okeanida ham kuzatilmoqda.
Yaqin vaqtlargacha kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan Orol dengizi
tabiiy zaxiralarga boyligi bilan mashhur edi. Orolbo‘yi mintaqasi esa
rivojlanayotgan va biologik jihatdan boy tabiiy muhit hisoblanardi. Orolning
o‘ziga xosligi va xilma-xilligi hech kimni befarq qoldirmasdi. Mahalliy aholining
aytishicha, Orolbo‘yi bir paytlar Qoraqum va Qizilqum sahrosi o‘rtasida
joylashgan najotbaxsh maskan bo‘lgan.
Mutaxassislarning fikricha, daryolarning Orolga quyilish hajmi keyingi ellik yil
ichida qariyb 4,5 barobar, suv yuzasi maydoni 8 va suv hajmi 13-martadan
ko‘proqqa kamaygan. Sho‘rlanish darajasi esa 13-25 barobar ortib, bu Tinch
okeanining o‘rtacha minerallashuv darajasidan 7-11-marta ko‘pdir.
Suvning ifloslanishi, dengizning qaqragan tubidan katta miqdorda tuz va chang
ko‘tarilishi Orolbo‘yi mintaqasi aholisi orasida turli kasalliklarning ko‘payishiga
sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu yerdagi xavfli ekologik holat bolalarga jiddiy salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. Orol dengizining halokatga uchrashi tabiatga ham katta zarar
yetkazayotir. Mintaqada hayvonot va nabotot olami genofondining deyarli
yarmidan ko‘pi, ya’ni baliqlarning 11, sut emizuvchilarning 12, qushlarning 26 va
o‘simlikning 11 turi yo‘q bo‘lib ketgan.
Suv resurslarining tanqisligi, ichimlik suvi sifatining pasayishi, yerning ifloslanishi
va yaroqsiz holga kelishi, bioxilma-xillikning keskin kamayib ketishi, aholi
salomatligi va genofondining yomonlashuvi, iqlim o‘zgarishlari, ehtimol, shu bilan
bog‘liq ravishda mintaqa asosiy daryolari oqimining katta qismi hosil bo‘ladigan
Pomir va Tyan-Shan muzliklari maydonining qisqarib borishi – bular Orol
dengizining halokati natijasida vujudga kelayotgan muammolarning bir qismi,
xolos.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari ko‘p
yillardan buyon ushbu ekologik ofat oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida samarali
ishlarni
amalga
oshirmoqda.
1993-yilning
yanvar
oyida
O‘zbekiston,
Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston hamkorligida Orolni
qutqarish xalqaro jamg‘armasining tashkil etilgani bu borada muhim voqea bo‘ldi.
Prezidentimiz Islom Karimov ushbu masalani ilk bor BMT Bosh assambleyasining
1993-yil 28-sentabrda bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida ko‘tarib chiqqan va jahon
hamjamiyati e’tiborini Orol dengizi muammosiga qaratgan edi. Bundan tashqari,
Orol fojiasining halokatli oqibatlari kuchli ta’sir ko‘rsatayotgan davlatlar vakillari
Bosh assambleyaning 1995-yil 24-oktabrdagi 50-sessiyasida jahon hamjamiyatiga
Orol dengizi va Orolbo‘yi mintaqasini qutqarishda yordam so‘rab murojaat qildi.
Davlatimiz rahbari BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi shaf’eligida Orol
dengizi va Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha kengashni tashkil qilish tashabbusini
ilgari surdi.
Buning samarasida 1995-2012-yillarda Orolbo‘yi mintaqasiga umumiy hajmi 1,1
milliard dollardan ortiq xalqaro donorlik yordami ko‘rsatildi. Bundan tashqari,
Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘z mablag‘lari hisobidan Orol dengizi havzasi
davlatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ikkita dastur amalga oshirildi. Jumladan,
Orol dengizi havzasida suv resurslarini birgalikda boshqarish mexanizmlarini
rivojlantirish, ekologik ofat hududlarini qayta tiklash, aholini toza ichimlik suvi
bilan ta’minlash, salomatligini yaxshilash, qashshoqlik va ishsizlik darajasini
kamaytirishga
doir
salmoqli
ishlar
bajarildi.
Orolni
qutqarish
xalqaro
jamg‘armasiga a’zo davlatlar 2003-2010-yillarda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni
amalga oshirish uchun 2 milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratdi.
2008-yili Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar
Tashkiloti ko‘magida Toshkentda «Orol muammolari, ularning aholi genofondi,
o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun
xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari» mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya
mintaqadagi ekologik ahvolni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Konferensiya doirasida ishlab chiqilgan Harakat rejasi Orol dengizi havzasi
davlatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2011-2015-yillarga mo‘ljallangan
uchinchi dasturning asosini tashkil etdi. Dasturni ishlab chiqishda Orolni qutqarish
xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi, BMT tizimiga kiradigan tashkilotlar, Jahon
banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi, ko‘plab donor-mamlakatlar
vakolatxonalari ishtirok etdi. Dasturga kiritilgan uch yuzdan ziyod loyihani
hayotga tatbiq etish uchun 8,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratish ko‘zda
tutilgan edi.
Bugun Orolbo‘yi mintaqasini qayta tiklash muammolarini yengillashtirish, aholi
salomatligi va genofondini saqlash, ekotizimlarni qayta tiklash va himoya qilish,
aholining munosib hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Oktabr oyi oxirida Urganch shahrida «Orol
dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni
rivojlantirish» mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya kun tartibiga
aynan ushbu masalalar kiritiladi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – Orol dengizi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan dastur hamda loyihalarni amalga oshirish
uchun xalqaro hamjamiyat mablag‘ va sa’y-harakatlarini safarbar etish,
shuningdek, ekologik ofatning salbiy oqibatlarini kamaytirishga doir xalqaro
hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Yalpi majlisda Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan videofilmni namoyish
etish rejalashtirilgan, mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalalari
muhokama etiladi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi
vakillari, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari va donorlarning ma’ruzalari
tinglanadi. Shubhasiz, konferensiya natijalari xalqaro hamjamiyatning Orol
fojiasini yanada teran anglashiga, ekologik ahvolni yaxshilash bo‘yicha aniq
takliflar ishlab chiqishga yordam beradi.
Orol dengizi havzasida atrof-muhitni himoyalashga 1,2 milliard dollardan ko‘proq
mablag‘ ajratildi
Islom Karimov ilk bor BMT Bosh assambleyasining 1993-yil 28-sentabrda bo‘lib
o‘tgan 48-sessiyasida jahon hamjamiyati e’tiborini Orol dengizi muammosiga
qaratgan edi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tomonidan mintaqada
ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi yashashi uchun qulay shart-sharoit yaratish,
yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
"Suv resurslaridan oqilona foydalanish va Orolbo‘yi ekologiyasini yaxshilash
maqsadida ko‘plab loyihalar amaliyotga joriy etildi, — dedi jamg‘arma agentligi
rahbari Normuhammad Sheraliyev. — Xususan, Orolning suvi qurigan tubida
qariyb 400 ming gektarga yaqin o‘rmonzorlar barpo etildi. Hozir garmselni
qaytarayotgan, zararli tuzlar havoga ko‘tarilishining oldini olayotgan saksovullar
bo‘yi to‘rt-besh metrgacha yetgan. Sho‘rxok qumliklar ekotizimi tiklanib, o‘t-
o‘lanlar ko‘paymoqda, hayot kechirishning tabiiy sharoiti yuzaga kelayotgani
tufayli yana parranda va darrandalar hududga qaytmoqda”.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom
taraqqiyot banki, Yevropa iqtisodiyot komissiyasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy
va boshqa davlatlar yaqindan yordam bermoqda.
O‘zbekiston keyingi o‘n yil davomida Orolbo‘yi aholisining hayot tarzini
yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari ochish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
hamda Orol dengizi havzasida suv resurslari va atrof-muhitni himoyalash
yo‘nalishlariga bir milliard 200 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ ajratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-maydagi
farmoyishi bilan 2013-2015-yillarga mo‘ljallangan qator loyihalar belgilab berildi.
Ulardan biri "Amudaryo deltasida kichik ko‘llarni tashkil etish” loyihasidir. Bu
loyiha asosida Amudaryo deltasi bo‘ylab, Orol dengizi qirg‘oqlari atrofida kichik
hajmli suv havzalari barpo etiladi. Ta’kidlash joizki, mazkur loyihaning birinchi
fazasi 2002—2012-yillarda amalga oshirilgan bo‘lib, natijada to‘rtta damba, oltita
suv taqsimlovchi gidroinshoot ishga tushirildi. Umumiy maydoni 64 ming
gektardan iborat ko‘llarda suvni saqlash holati yaxshilandi. Bu to‘qayzorlar
maydoni kengayib, chorva mollari uchun ozuqabop o‘simliklar ko‘payishiga
xizmat qilmoqda. Chorvachilik sohasida mollarning bosh sonini va ulardan
olinadigan sut va go‘sht mahsulotlarini oshirishga hamda suv havzalarida qushlar
va mo‘ynali hayvonlarning ko‘payishiga sharoit yaratildi.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi Amudaryo deltasining markaziy zonasida
kichik suv havzalari barpo etish va ulardagi suv rejimini boshqarishni
takomillashtirish, ekologik muvozanatni tiklash, ish o‘rinlari yaratish va
qumlarning ko‘chishini to‘xtatib, o‘simliklar va hayvonot dunyosini saqlab
qolishdir. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har bir tup saksovul va cherkez uch
tonna tuzli qum ko‘chishining oldini olar ekan.
Yuqorida qayd etilgan farmoyish asosida Mo‘ynoq tumanidagi Axantay va
Aqqum massivlarida himoyalovchi o‘rmon o‘simliklari hamda qurg‘oqchilikka va
sho‘rga chidamli butazorlar ekish asosida dov-daraxtlar va o‘simliklarni
ko‘paytirish ishlari bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar
ko‘magida 20 ming gektarli saksovulzor bunyod etilib, hozirda qariyb 1000 gektar
maydonga 900 ming tup saksovul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Orol fojiasining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan loyihalardan yana biri
qishloqlardagi aholi suv ta’minotini yaxshilash loyihasidir. Hozir Taxtako‘pir
tumanidagi ikkita aholi punktiga artezian quduqlari qurilib, yerosti suvini
tozalagan holda aholiga yetkazib berish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihadan
ko‘zlangan maqsad mintaqadagi aholi sog‘lig‘ini muhofazalashda muhim o‘rin
tutadigan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash orqali Orolbo‘yi aholisining
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Islom Karimovning 2014-yil 5-avgustda qabul qilingan
farmoyishiga binoan Urganch shahrida shu yilning oktabr oyi oxirida "Orol
dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni
rivojlantirish” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada bu boradagi
dolzarb masalalar atroflicha muhokama etiladi.
Bundan avvalroq, AQShning Milliy aerokosmik tadqiqotlar boshqarmasi
(NASA)ning Earth Observatory sayti tomonidan Orol dengizining sun’iy yo‘ldosh
orqali olingan yangi fotosuratlari e’lon qilinib, ularda Janubiy Orol dengizining
sharqiy qismi to‘liq qurib qolganini ko‘rish mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Orol muammolariga bag‘ishlangan konferensiya
ishtirokchilarining fikrlari.
Poytaxtimizda “Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o‘simlik va hayvonot
olamiga ta’siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-
tadbirlari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro va
mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari, mamlakatimiz va xorijdagi ekologiya
muammolari, iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish masalalari bilan
shug‘ullanadigan ilmiy markazlardan ikki yuzdan ziyod yetakchi mutaxassis va
olim ishtirok etdi. O‘zA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.
Lorens Markel, AQSHning “Sentech” kompaniyasi (irrigatsiya texnologiyalari)
vitse-prezidenti:
– O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu anjuman yuqori
saviyada tashkil etilgan. Konferensiyada Orol muammosini bartaraf etish bo‘yicha
ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari, ekologiya
muammolari bilan shug‘ullanadigan ilmiy markazlar vakillari bilan fikr almashish
hamda mazkur muammoni hal etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan
tanishish
imkoniga
ega
bo‘ldik.
Orolbo‘yidagi
ekologik
vaziyatni
barqarorlashtirish masalalarini atroflicha tahlil qildik.
Konferensiya doirasida Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, aholi turmush tarzi va
mamlakatingiz rahbariyati tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoit bilan
tanishdik. U yerdagi shifoxonalarda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish
yo‘lga qo‘yilgani bizni nihoyatda quvontirdi. Orolbo‘yi aholisini toza ichimlik suvi
bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini
berayotganining guvohi bo‘ldik.
Kuni kecha Toshkentda ochilgan “Sof energiya. Energiyani tejash” mavzuidagi
xalqaro ko‘rgazmada ham ishtirok etdik. Ta’kidlash joizki, Orol muammosini
bartaraf etish yo‘lida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
muhim ahamiyatga ega. Yurtingizda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy
etishga katta e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor. O‘zbekistonning bugun turli
yo‘nalishlardagi
nufuzli
xalqaro
konferensiyalar
mezboniga
aylangani
mamlakatingiz iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotganidan dalolatdir.
Ben Sley, BMT Rivojlanish dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha
mintaqaviy markazi direktori:
– Bugungi kunda Orol muammosining salbiy oqibatlari global ekologik
muammoga aylandi. Shu bois Orol muammolari, ularning aholi genofondi,
o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun
xalqaro hamkorlik chora-tadbirlariga bag‘ishlangan mazkur xalqaro konferensiya
nafaqat mintaqa davlatlari, balki dunyo mamlakatlari uchun ham katta ahamiyat
kasb etadi.
Mazkur konferensiyada mintaqadagi ekologik holatni yaxshilash, atrof muhitni
muhofaza qilish, suv zaxiralaridan foydalanishning tejamkor usullarini ishlab
chiqish, mintaqada yashayotgan aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash
kabi qator muhim masalalar muhokama qilindi. Kelgusida ushbu muammoni
bartaraf etish uchun xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar
ko‘lamini yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Mo‘ynoq tumaniga borib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdik.
O‘zbekistonda Orolbo‘yidagi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf
etish hamda aholi farovonligini oshirish borasida nihoyatda katta ishlar amalga
oshirilayotganiga guvoh bo‘ldik. Prezident Islom Karimov rahnamoligida Orol
muammosining salbiy ta’sirini kamaytirishga, Orolbo‘yida ekologik vaziyatni
barqarorlashtirishga, mintaqa aholisi turmush tarzi va salomatligini yaxshilashga
qaratilgan ko‘plab dasturlar va loyihalar amalga oshirilayotgani tahsinga loyiq.
Mamlakatingizga har gal kelganimda yurtingiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib,
yanada go‘zallashganining guvohi bo‘laman. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi
qadimiy shaharlardagi ko‘plab diqqatga sazovor joylar, ayniqsa, tarixiy obidalar va
me’moriy yodgorliklar menda nihoyatda katta taassurot qoldirgan. O‘zbekistonda
izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish
ishlari – milliy va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etgan ko‘rkam inshootlar,
ravon yo‘llar, go‘zal bog‘-rog‘lar har qanday xorijlikni maftun etadi.
Xalqingizning mehmondo‘stligini, xushmuomalaligini va urf-odatlarini juda
qadrlayman.
Vim Kofino, Niderlandiyaning Vaginengen universiteti Suv va iqlim o‘zgarishi
markazi direktori:
– Orol muammosiga bag‘ishlangan yirik anjumanning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilgani inqirozga yuz tutgan
dengizni asrab qolishga nihoyatda katta e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir. Orol
fojiasi bugun dunyoning qariyb barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga
aylangan. Bugun har birimiz ushbu muammoni bartaraf etish yo‘lida hamjihat
bo‘lib, birgalikda harakat qilmog‘imiz lozim.
Mamlakatingizning go‘zalligi meni doim hayratga soladi. O‘zbekistonda o‘zimni
doimo xotirjam va baxtiyor his etaman. Mamlakatingizga har kelganimda barcha
sohalarda yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib quvonaman. Har tomonlama
yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu anjumanda ishtirok etish imkoniga ega
bo‘lganimdan mamnunman.
Oleg Vasilyev, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi:
– Bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya Orol mintaqasi kelajagi uchun nihoyatda
katta ahamiyatga egadir. Bu yerda yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish, birinchi
navbatda, suvdan foydalanish muammosini hal etishga bog‘liq va bu katta
miqdorda mablag‘ sarflashni talab etadi. Konferensiyada buning uchun nafaqat
olimlar va mutaxassislar, balki dunyodagi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari,
ishbilarmon doiralar sa’y-harakatini birlashtirish zarurligi bir necha bor ta’kidlandi.
Mening kasbim muhandis-gidrotexnik va Orol muammosi bilan bir yildan buyon
shug‘ullanaman. Ahvolni tubdan o‘zgartirish uchun muammoning barcha jihatlari,
birinchi galda, Orol dengizi havzasi suvidan foydalanishning gidrotexnik tartibi,
mintaqa atrof-muhitining jismoniy va ekologik ahvoli o‘zgarishi bilan bog‘liq
jihatlarni hisobga oladigan yangi, nostandart yondashuvlar, kompleks sa’y-
harakatlarni amalga oshirish zarur.
Men
o‘zbekistonlik
hamkasblarim
bilan
birgalikda
Davlatlararo
muvofiqlashtiruvchi
suv
xo‘jaligi
komissiyasi
Ilmiy-axborot
markazi
tadqiqotlarida, jumladan, ushbu o‘ziga xos suv havzasini ekologik qayta tiklash
bo‘yicha loyihani ishlab chiqishda ishtirok etdim. Menimcha, ayni paytda Orolning
g‘arbiy, chuqur suv osti qismini qayta tiklash muhimdir. Loyihaning amalga
oshirilishi yaqin vaqt ichida bu yerda suvning sho‘rlanishini kamaytirish imkonini
beradi. Demak, baliqchilikni, shuningdek, yon-atrofdagi yerlar holatini yaxshilash
hisobidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shubhasiz,
bularning barchasi bu yerda yashovchi aholi turmush darajasiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Toshkentda tashkil etilgan Orol muammosi bo‘yicha konferensiya nihoyatda
samarali va foydali bo‘ldi. Konferensiya tufayli biz, turli mamlakatlardan tashrif
buyurgan olimlar va mutaxassislar bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarni muhokama etish bilan birga kelgusidagi ishlar yo‘nalishlarini ham
belgilab oldik. O‘zbekiston tomonidan tayyorlangan loyihalar ro‘yxati bu boradagi
ishlarni ro‘yobga chiqarishda katta yordam bo‘ldi. Ushbu loyihalarning amalga
oshirilishi esa, Orol inqirozi oqibatlarini yengillashtirish imkonini beradi.
Momoko Shiba, Xalqaro salomatlik va farovonlik universiteti professori
(Yaponiya):
– Orol muammosi nafaqat mintaqa ekologiyasiga, balki bu yerda istiqomat
qiladigan aholi salomatligiga ham katta zarar yetkazdi. Shu sababli bugun ushbu
muammoni bir davlat yoki alohida tashkilotlar guruhi hal eta olmaydi. Shu
munosabat bilan ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston tomonidan yuqori saviyada
tashkil etilgan mazkur xalqaro konferensiya Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etish
yo‘lidagi muhim qadamdir. Konferensiya ishtirokchilari muammoning barcha
jihatlarini ko‘rib chiqishdan tashqari, forum arafasida Orolbo‘yiga uyushtirilgan
safar chog‘ida uning ko‘lamini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish imkoniga ham ega bo‘ldilar.
Meni pediatr-shifokor sifatida Orolbo‘yi bolalarining sog‘ligi tashvishga soladi.
Men bu yerdagi vaziyatni o‘rganishni davom ettirish niyatidaman. Toshkentda
o‘tgan xalqaro konferensiyada erishilgan Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etish
bo‘yicha xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi tufayli bunday imkoniyatga ega
bo‘laman, degan umiddaman. Unda qabul qilingan hujjatlar aniq va puxta
o‘ylangan va ishonchim komilki, ularning amalga oshirilishi Orol mintaqasi
aholisi, birinchi navbatda, bolalar uchun katta samara beradi. Biz dunyoning turli
davlatlari, turli mintaqalarida yashasak-da, farzandlarimizning porloq kelajagi
uchun bir-birimizga yordam berishimiz lozim.
Xulosa.
Bugungi kunda, tabiiy resurslar, ayniqsa, suv va energetika resurslaridan oqilona
foydalanish eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu sohada turli xil va
noaniq yondashuvlarning ilgari surilishi, rivojlanishga to‘sqinlik qilib, mojarolar
va ba’zan ekologik falokatlarga ham olib kelmoqda.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan yirik transchegaraviy
daryolarni o‘ylamay tartibga solish natijasi o‘laroq, mintaqamiz ekologik falokat
yoqasiga kelib qoldi. Bunga dalil sifatida Orol fojiasini keltirish mumkin. Qariyb
bir avlod hayot kechirish muddati davomida Orol go‘zal unikal dengizdan qurib,
yo‘qolib borayotgan suv havzasiga, Orolbo‘yi hududlari esa gullab yashnagan
ko‘kalamzordan cho‘lu biyobonga aylanib bormoqda.
Orol dengizining qurishi Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan oqilona
foydalanishga bevosita bog‘liqdir. Mazkur daryolarning hajmi va oqimi rejimining
har qanday o‘zgarishi Markaziy Osiyodagi zaif ekologik muvozanatini tuzatib
bo‘lmas darajada buzilishi bilan tahdid solmoqda.
Aynan shu sababga ko‘ra Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslaridan
foydalanish borasidagi ba’zi bir yondashuvlarga qo‘shilishning iloji yo‘q. Bu
daryolarning yuqori oqimida ekologik, ijtimoiy va texnologik jihatdan katta xavf
tug‘diruvchi ulkan suv inshootlarini qurishga doir har qanday urinish zararli va
xavflidir.
Mazkur jiddiy chaqiriqlarni inobatga olmaslik O‘zbekiston, Qozog‘iston va
Turkmaniston davlatlarining millionlab aholisini rivojlanishi va umuman olganda
hayot kechirishini havf ostida qoldiradi.
Markaziy Osiyoda suv-energetika muammolari, jumladan transchegaraviy daryolar
oqimida yangi gidrotexnik inshootlarning bunyod etilishi suv resurslarini oqilona
va adolatli taqsimlanishini ta’minlovchi, mintaqaning barcha davlatlarining
manfaatlirini inobatga oluvchi umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga
muvofiq ko‘rib chiqilishi kerak.
Jumladan, BMTning 1992-yil 17-martdagi “Transchegaraviy suv oqimlarni va
xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish” va 1997-yil 21-maydagi
“Kema yurmaydigan xalqaro suv havzalaridan foydalanish huquqi to‘g‘risida”gi
Konvensiyalarida transchegaraviy daryolardan foydalanish to‘g‘risidagi barcha
qarorlar shuningdek gidrotexnik inshootlarning qurishi masalasi ham biron-bir
tarzda atrof muhitga zarar yetkazmasligi va qo‘shni mamlakatlar manfaatlarini
buzilishiga olib kelmasligi lozimligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolar quyi
oqimida joylashgan boshqa davlatlari kabi jiddiy suv taqchilligi muammosiga duch
kelmoqda. Shuni hisobga olga holda hamda yuqorida e’tirof etilgan xalqaro-
huquqiy tamoyillar va me’yorlarga asoslanib, Sirdaryo va Amudaryo suv
havzalarida qurilishi mo‘ljallangan gidrotexnik inshootlar ishonchli, mustaqil va
xolis ekspertiza o‘tkazilgandan keyin va albatta ushbu daryolarning quyi oqimida
joylashgan davlatlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi shart.
Xalqaro me’yorlarga asoslangan holda O‘zbekiston suvdan foydalanishda ustuvor
yo‘nalishlarni aniq belgilanishi tarafdori. Shu jumladan, birinchi navbatda
mintaqaning cheklangan suv resurslari eng avvalo ichimlik va sanitariya ehtiyojlari
uchun foydalanilishi kerak, ikkinchidan, oziq-ovqat ta’minoti va atrof-muhit
ehtiyojlarini ta’minlashga va shundan keyingina sanoat hamda energetika
yo‘nalishida sarflanishi lozim.
Adabiyotlar.
1. Ahmatqul Ergashev, Temur Ergashev. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza
qilish. T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
2. Gerenchuk K.Sh. i dr. Obshee zemlevedenie. M., 1979.
3. Otaboev SH., Nabiev M. Inson va biosfera. T. O‘qituvchi 1995 yil. 321 bet.
4. 6.Baratov P. «Tabiatni muhofaza qilish». Toshkent. «O‘qituvchi» nashriyoti.
1991-yil.187–bet.
5. 7. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. 1-qism.
T. O‘qituvchi.1994 yil.240-bet.