O‘RTA OSIYO AHAMONIYLAR DAVLATI TARKIBIDA

Yuklangan vaqt

2025-02-25

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

20

Faytl hajmi

1,0 MB


 
 
 
 
 
 
O‘RTA OSIYO AHAMONIYLAR DAVLATI TARKIBIDA 
 
 
 
Reja: 
1. Siyosiy tarix. 
2. Iqtisod va ijtimoiy tuzum.  
3. Madaniyat va din.  
 
1. Siyosiy tarix. 
 
Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo viloyatlari 
ahamoniylar hukmronligi ostiga tushib qolgan.  
Erondagi  ahamoniylar davlatiga mil.avv.558 yilda podsho Kir II asos solgan 
(forscha Kurush – «podachi» deb tarjima qilinadi). Kir II Eronning «Parsua» (Fors) 
viloyatining podshosi bo‘lib, Midiya davlati podshosi Astiagga qarshi urush 
boshlagan. Bu kurashda Astiag yengilgan. 
Bundan keyin, Kir II qadimgi Sharqdagi juda ko‘p mamlakatlar ustidan 
hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirgan. Tarixan qisqa muddat ichida, mil.avv.547–
546 yillar davomida, Kir II Kichik Osiyo davlatlarini istilo qildi. Gerodotning 
xabarlariga ko‘ra, Kir II ning harbiy yurishlariga «Bobil, Baqtriya xalqi saklar va 
misrliklar to‘siq bo‘lib turganlar». 
Kichik va Old Osiyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatish uchun iqtisodiy boyliklarni 
va harbiy kuchlarni qo‘lga kiritish doim zarur bo‘lgan. Qurol kuchi bilan yangi 
mamlakatlarni va turli xalqlarni bo‘ysundirish Kir uchun asosiy maqsadga aylangan.
O‘RTA OSIYO AHAMONIYLAR DAVLATI TARKIBIDA Reja: 1. Siyosiy tarix. 2. Iqtisod va ijtimoiy tuzum. 3. Madaniyat va din. 1. Siyosiy tarix. Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo viloyatlari ahamoniylar hukmronligi ostiga tushib qolgan. Erondagi ahamoniylar davlatiga mil.avv.558 yilda podsho Kir II asos solgan (forscha Kurush – «podachi» deb tarjima qilinadi). Kir II Eronning «Parsua» (Fors) viloyatining podshosi bo‘lib, Midiya davlati podshosi Astiagga qarshi urush boshlagan. Bu kurashda Astiag yengilgan. Bundan keyin, Kir II qadimgi Sharqdagi juda ko‘p mamlakatlar ustidan hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirgan. Tarixan qisqa muddat ichida, mil.avv.547– 546 yillar davomida, Kir II Kichik Osiyo davlatlarini istilo qildi. Gerodotning xabarlariga ko‘ra, Kir II ning harbiy yurishlariga «Bobil, Baqtriya xalqi saklar va misrliklar to‘siq bo‘lib turganlar». Kichik va Old Osiyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatish uchun iqtisodiy boyliklarni va harbiy kuchlarni qo‘lga kiritish doim zarur bo‘lgan. Qurol kuchi bilan yangi mamlakatlarni va turli xalqlarni bo‘ysundirish Kir uchun asosiy maqsadga aylangan.
 
 
Kir II O‘rta Osiyoni qay tarzda bosib olganligi haqida aniq ma’lumotlar 
saqlanmagan. Ayrim qisqa ma’lumotlar Ktesiyning «Persika» asarida bor. Qadimgi 
yunon tarixchisi aytishicha: «Kir va baqtriyaliklar urushida hech qaysi tomon 
vakillari g‘alaba qozonmagan». Biroq, baqtriyaliklar, ahamoniylar davlatining 
harbiy qudrati Sharqda ustunlik qilganidan  xabardor bo‘lib, Kir II ga ixtiyoriy 
bo‘ysunadilar. Kir II va Baqtriya urushlari haqida Ksenofont ham o‘zining 
«Kiropediya» asarida qisqa ma’lumot bergan. 
Gerodot, Kir II ning istilochilik rejalarini ko‘rsatib aytganda, Baqtriyani istilo 
qilish Bobildan keyin ikkinchi o‘rinda turganligi haqida xabar beradi. Kir II Bobilni 
mil.avv. 539 yilda o‘ziga bo‘ysundirgan. Demak, 539 yildan keyin Kir II Baqtriyaga 
hujum qilishi kerak edi. Ammo Kir II O‘rta Osiyo viloyatlarining iqtisodiy boyliklari 
va harbiy kuchlariga aniq darajada baho berib, mil.avv. 545–540 yillar davomida 
O‘rta Osiyoning janubiy qismiga harbiy diqqatini qaratgan. Shuning uchun 
Gerodotning ma’lumotlari tarixiy jihatdan birmuncha noto‘g‘ri deb hisoblanadi. 
Bobil podsholigi va Misr o‘sha zamonning qudratli davlatlari bo‘lib, ularni 
istilo qilish uchun maxsus harbiy tayyorgarlik ko‘rish kerak edi. Misrga qarshi 
yurishdan Kir II voz kechgan va mazkur davlatni uning o‘g‘li (Kambiz) istilo qilgan.  
Eronning shimoli–sharqi va O‘rta Osiyodagi siyosiy ahvolining o‘zgarishi 
tufayli Kir II Bobilni zabt etish imkoniyatidan ham mahrum bo‘lgan. O‘rta Osiyo 
ko‘chmanchi qabilalari tomonidan ahamoniylar davlatiga qarshi hujum uyushtirish 
xavfi paydo bo‘lib, saklarga qarshi qadimgi fors davlati chegaralaridagi mustahkam 
qal’alaridan o‘z vaqtda fors qo‘shinlari tomonidan foydalanish rejalashtirilgan. 
Shuning uchun ham Bobildan oldin, Kir II Parfiya, Ariya, Marg‘iyona, Baqtriya va 
So‘g‘diyonani o‘ziga bo‘ysundirgan. Sirdaryoga yaqin, hozirgi O‘ratepa atrofida, 
Kir II yangi mustahkam qal’aga asos solgan deb faraz qilinadi. Bu Kurushkat (Kir 
shahri) nomli qudratli qal’a ko‘chmanchilarga qarshi istehkom sifatida qurilgan. 
Kurushkatni (yunoncha Kiropolis) Makedoniyalik Aleksandr mil.avv.329 yilda 
vayron qilgan.
Kir II O‘rta Osiyoni qay tarzda bosib olganligi haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Ayrim qisqa ma’lumotlar Ktesiyning «Persika» asarida bor. Qadimgi yunon tarixchisi aytishicha: «Kir va baqtriyaliklar urushida hech qaysi tomon vakillari g‘alaba qozonmagan». Biroq, baqtriyaliklar, ahamoniylar davlatining harbiy qudrati Sharqda ustunlik qilganidan xabardor bo‘lib, Kir II ga ixtiyoriy bo‘ysunadilar. Kir II va Baqtriya urushlari haqida Ksenofont ham o‘zining «Kiropediya» asarida qisqa ma’lumot bergan. Gerodot, Kir II ning istilochilik rejalarini ko‘rsatib aytganda, Baqtriyani istilo qilish Bobildan keyin ikkinchi o‘rinda turganligi haqida xabar beradi. Kir II Bobilni mil.avv. 539 yilda o‘ziga bo‘ysundirgan. Demak, 539 yildan keyin Kir II Baqtriyaga hujum qilishi kerak edi. Ammo Kir II O‘rta Osiyo viloyatlarining iqtisodiy boyliklari va harbiy kuchlariga aniq darajada baho berib, mil.avv. 545–540 yillar davomida O‘rta Osiyoning janubiy qismiga harbiy diqqatini qaratgan. Shuning uchun Gerodotning ma’lumotlari tarixiy jihatdan birmuncha noto‘g‘ri deb hisoblanadi. Bobil podsholigi va Misr o‘sha zamonning qudratli davlatlari bo‘lib, ularni istilo qilish uchun maxsus harbiy tayyorgarlik ko‘rish kerak edi. Misrga qarshi yurishdan Kir II voz kechgan va mazkur davlatni uning o‘g‘li (Kambiz) istilo qilgan. Eronning shimoli–sharqi va O‘rta Osiyodagi siyosiy ahvolining o‘zgarishi tufayli Kir II Bobilni zabt etish imkoniyatidan ham mahrum bo‘lgan. O‘rta Osiyo ko‘chmanchi qabilalari tomonidan ahamoniylar davlatiga qarshi hujum uyushtirish xavfi paydo bo‘lib, saklarga qarshi qadimgi fors davlati chegaralaridagi mustahkam qal’alaridan o‘z vaqtda fors qo‘shinlari tomonidan foydalanish rejalashtirilgan. Shuning uchun ham Bobildan oldin, Kir II Parfiya, Ariya, Marg‘iyona, Baqtriya va So‘g‘diyonani o‘ziga bo‘ysundirgan. Sirdaryoga yaqin, hozirgi O‘ratepa atrofida, Kir II yangi mustahkam qal’aga asos solgan deb faraz qilinadi. Bu Kurushkat (Kir shahri) nomli qudratli qal’a ko‘chmanchilarga qarshi istehkom sifatida qurilgan. Kurushkatni (yunoncha Kiropolis) Makedoniyalik Aleksandr mil.avv.329 yilda vayron qilgan.
 
 
 
 
Axamoniylar davlati 
 
Mil.avv. 530 yilga kelib, ahamoniylar Hind vodiysidan O‘rtaer dengizigacha 
bo‘lgan hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan bo‘lsa–da, O‘rta Osiyodagi 
ko‘chmanchi qabilalar mustaqil bo‘lib yashagan. Mil.avv. 530 yilning avgust oyida 
Kir II massagetlarga qarshi yurish qilgan. Bu harbiy yurish haqidaga qadimgi davr 
mualliflari – Gerodot va Trog–Yustin ma’lumotlari saqlangan bo‘lib, ular bu 
voqealarni turlicha tasvirlaganlar. 
Geografik jihatdan Kir II ning massagetlarga qarshi yurishlari yo‘nalishini 
aniq o‘rganish muammosi juda ham murakkabdir. O‘rta Osiyo ko‘chmanchilari 
Kaspiy dengizi bilan Sirdaryo o‘rtasidagi keng o‘lkada joylashganlar. Kir II ning 
qo‘shinlari Parfiya chegaralaridan o‘tib, Amudaryo – O‘zboy bo‘ylarida yashovchi 
massaget qabilalarining yurtiga kirib borganlar. 
Kir II Araks (Amudaryo) o‘zanidan kechib o‘tib, massagetlar yerlarining 
ichkarisiga kirib borgan. Yurishlarining bir kunlik yo‘lidan so‘ng, fors podshosi
Axamoniylar davlati Mil.avv. 530 yilga kelib, ahamoniylar Hind vodiysidan O‘rtaer dengizigacha bo‘lgan hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan bo‘lsa–da, O‘rta Osiyodagi ko‘chmanchi qabilalar mustaqil bo‘lib yashagan. Mil.avv. 530 yilning avgust oyida Kir II massagetlarga qarshi yurish qilgan. Bu harbiy yurish haqidaga qadimgi davr mualliflari – Gerodot va Trog–Yustin ma’lumotlari saqlangan bo‘lib, ular bu voqealarni turlicha tasvirlaganlar. Geografik jihatdan Kir II ning massagetlarga qarshi yurishlari yo‘nalishini aniq o‘rganish muammosi juda ham murakkabdir. O‘rta Osiyo ko‘chmanchilari Kaspiy dengizi bilan Sirdaryo o‘rtasidagi keng o‘lkada joylashganlar. Kir II ning qo‘shinlari Parfiya chegaralaridan o‘tib, Amudaryo – O‘zboy bo‘ylarida yashovchi massaget qabilalarining yurtiga kirib borganlar. Kir II Araks (Amudaryo) o‘zanidan kechib o‘tib, massagetlar yerlarining ichkarisiga kirib borgan. Yurishlarining bir kunlik yo‘lidan so‘ng, fors podshosi
 
 
ortga qaytgan. Ammo shu joyda, Gerodotning xabariga ko‘ra, Kir II o‘z 
qo‘shinlarining zaif bir qismini hamda ular bilan birga oziq–ovqatlar zahiralarini va 
ichimliklarni maxsus qoldirgan. Massagetlarning bir guruhi forslarga hujum qilib, 
ularni qirib tashlaganlar. G‘alabadan so‘ng massagetlar sharob ichib o‘xlab 
qolganlar. Bundan so‘ng sobiq jang maydoniga forslarning asosiy qo‘shinlari qaytib 
kelib, massagetlarning bir qismini joyida o‘ldirganlar boshqa birlarini asirlikka 
olganlar. Ularning orasida To‘marisning o‘g‘li Spargapis ham bo‘lgan. 
Gerodotning xabarlariga ko‘ra, To‘maris boshchiligidagi massagetlar fors 
qo‘shinlarini butunlay mag‘lubiyatga uchratib, barchasini yo‘q qilganlar. Gerodot 
asarida aytilishicha, massagetlar yo‘lboshchisi To‘maris, urush maydonidan Kirning 
jasadini topib kelishni buyurgan va uning boshini kesib, qon bilan to‘lg‘azilgan 
meshga solgan. 
Bu hikoyada vatanparvarlik, chet el bosqinchilariga qarshi, mustaqillik uchun 
kurash, ona yer mudofaasi va xalqning jasurligi mavzusi yoritilgan. O‘rta Osiyo 
xalqlari tarixi uchun yuqorida keltirilgan ma’lumotlar nihoyatda katta ahamiyatga 
egadir. 
Kir II vafotidan so‘ng taxgga uning o‘g‘li Qambiz o‘tirdi. Uning hukmronlik 
davri, ya’ni mil.avv. 530–522 yillar O‘rta Osiyo xalqlari siyosiy tarixi haqida yozma 
manbalarda hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Kambiz Misrni istilo qilgan qadimgi 
fors podshosidir. Qambiz vafotidan so‘ng mamlakatda katta qo‘zg‘olonlar 
boshlangan. Bu haqida Doro I (mil.avv.522–486 yillar) Bexistun yozuvida shunday 
xabar qiladi: «Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg‘iyona, Satgagadiya, 
Saklar mendan ajralib chiqib ketdilar». Ahamoniylarga qarshi, ayniqsa xalqning 
katta qo‘zg‘oloni Marg‘iyonada alanga olgan. 
Behistun yozuvlarida Doro I xabar qiladi: «Marg‘iyona davlati mendan ajralib 
chiqib ketdi. Marg‘iyonalik Frada ismli bir kishi viloyatning hokimi deb e’lon 
qilindi. Keyin men Baqtriya satrapi va menga bo‘ysunuvchi odamim fors 
Dadarshishni huzurimga chaqirib unga gapirdim: «Menga bo‘ysunmaganlarni tor–
mor 
qilish 
kerak». 
Axuramazda 
irodasi 
bilan 
mening 
qo‘shinlarim 
qo‘zg‘olonchilarni butunlay mag‘lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyining 23
ortga qaytgan. Ammo shu joyda, Gerodotning xabariga ko‘ra, Kir II o‘z qo‘shinlarining zaif bir qismini hamda ular bilan birga oziq–ovqatlar zahiralarini va ichimliklarni maxsus qoldirgan. Massagetlarning bir guruhi forslarga hujum qilib, ularni qirib tashlaganlar. G‘alabadan so‘ng massagetlar sharob ichib o‘xlab qolganlar. Bundan so‘ng sobiq jang maydoniga forslarning asosiy qo‘shinlari qaytib kelib, massagetlarning bir qismini joyida o‘ldirganlar boshqa birlarini asirlikka olganlar. Ularning orasida To‘marisning o‘g‘li Spargapis ham bo‘lgan. Gerodotning xabarlariga ko‘ra, To‘maris boshchiligidagi massagetlar fors qo‘shinlarini butunlay mag‘lubiyatga uchratib, barchasini yo‘q qilganlar. Gerodot asarida aytilishicha, massagetlar yo‘lboshchisi To‘maris, urush maydonidan Kirning jasadini topib kelishni buyurgan va uning boshini kesib, qon bilan to‘lg‘azilgan meshga solgan. Bu hikoyada vatanparvarlik, chet el bosqinchilariga qarshi, mustaqillik uchun kurash, ona yer mudofaasi va xalqning jasurligi mavzusi yoritilgan. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi uchun yuqorida keltirilgan ma’lumotlar nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Kir II vafotidan so‘ng taxgga uning o‘g‘li Qambiz o‘tirdi. Uning hukmronlik davri, ya’ni mil.avv. 530–522 yillar O‘rta Osiyo xalqlari siyosiy tarixi haqida yozma manbalarda hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Kambiz Misrni istilo qilgan qadimgi fors podshosidir. Qambiz vafotidan so‘ng mamlakatda katta qo‘zg‘olonlar boshlangan. Bu haqida Doro I (mil.avv.522–486 yillar) Bexistun yozuvida shunday xabar qiladi: «Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg‘iyona, Satgagadiya, Saklar mendan ajralib chiqib ketdilar». Ahamoniylarga qarshi, ayniqsa xalqning katta qo‘zg‘oloni Marg‘iyonada alanga olgan. Behistun yozuvlarida Doro I xabar qiladi: «Marg‘iyona davlati mendan ajralib chiqib ketdi. Marg‘iyonalik Frada ismli bir kishi viloyatning hokimi deb e’lon qilindi. Keyin men Baqtriya satrapi va menga bo‘ysunuvchi odamim fors Dadarshishni huzurimga chaqirib unga gapirdim: «Menga bo‘ysunmaganlarni tor– mor qilish kerak». Axuramazda irodasi bilan mening qo‘shinlarim qo‘zg‘olonchilarni butunlay mag‘lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyining 23
 
 
nchi kunida sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng davlat meni qo‘limga kirdi. Mana men 
Baqtriyada nimalarni qildim». 
Mil.avv. 522 yilning 10 dekabrida (qadimgi fors asiyadiy oyining 23 nchi 
kuni) Dadarshish marg‘iyonaliklarni tor– mor qilgan. Qo‘zg‘olonni bostirish paytda 
55 ming odam o‘ldirilgan va 7 ming kishi asirlikka olingan. Asosiy voqealar Quyi 
Murg‘obda bo‘lib o‘tgan, bu yerda Marg‘iyonaning ko‘hna Marv shahar harobalari 
saqlangan. Ular jumlasidan Erqal’a mil.avv.VII–VI asrlarda vujudga kelgan. Erqal’a 
– bu Marg‘iyonaning poytaxti va shuningdek ahamoniylarga qarshi qo‘zg‘olonning 
markazi deb hisoblanadi. 
Behistun yozuvlaridagi oxirgi so‘zlar «Mana men Baqtriyada nimalarni 
qildim» tushunarli emas, chunki qo‘zg‘olon Marg‘iyonada ko‘tarilgan. Bundan 
quyidagi xulosani chiqarish mumkin – Marg‘iyona ahamoniylar davridan oldin 
qadimga Baqtriya podsholigining tarkibiy qismi bo‘lgan yoki qo‘zg‘olondan so‘ng 
Doro I Marg‘iyonani Baqtriya davlatiga qo‘shib olgan. 
Doro I birlashgan davlatni qaytadan tiklaydi. Kir II davridan dunyoning 
barcha mamlakatlari ustidan xokimlik o‘rnatishga intilgan ahamoniylar yillar 
davomida juda yirik davlatga asos solganlar. Doro I o‘zidan oldin o‘tgan podsholar 
siyosatini davom ettirtan. Doro I qabriga qo‘yilgan qabrtoshdagi bitiklarda: «Sen 
Eron jangchisining nayzasi uzoq–uzoq mamlakatlargacha borib yetganini bilib 
olasan» – deb yozilgan. 
Qadimga 
forslarning 
O‘rta 
Osiyo 
shimoliga 
yurishlari 
shafqatsiz 
yakunlanganligini va Kirning massagetlar qabilalari bilan qattiq jang paytida xaloq 
bo‘lganligi Doro I ning tashqi siyosatida inobatga olinib, mil. avv. 519 (518) yilda 
Doro I saklar (saka–tigraxauda)ga qarshi maxsus yurish qilgan. 
Doro I xabar qiladi: «Saklarga qarshi men Sak yurtiga bostirib bordim, 
ularning o‘zlari cho‘qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim, daryo 
kemalaridan ko‘prik qilib, saklar yurtiga hujum qildim. Ularning sardori – Skunxa 
ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o‘z xohishim bilan saklar 
yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so‘ng mamlakat mening qo‘l ostimga 
o‘tdi».
nchi kunida sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng davlat meni qo‘limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim». Mil.avv. 522 yilning 10 dekabrida (qadimgi fors asiyadiy oyining 23 nchi kuni) Dadarshish marg‘iyonaliklarni tor– mor qilgan. Qo‘zg‘olonni bostirish paytda 55 ming odam o‘ldirilgan va 7 ming kishi asirlikka olingan. Asosiy voqealar Quyi Murg‘obda bo‘lib o‘tgan, bu yerda Marg‘iyonaning ko‘hna Marv shahar harobalari saqlangan. Ular jumlasidan Erqal’a mil.avv.VII–VI asrlarda vujudga kelgan. Erqal’a – bu Marg‘iyonaning poytaxti va shuningdek ahamoniylarga qarshi qo‘zg‘olonning markazi deb hisoblanadi. Behistun yozuvlaridagi oxirgi so‘zlar «Mana men Baqtriyada nimalarni qildim» tushunarli emas, chunki qo‘zg‘olon Marg‘iyonada ko‘tarilgan. Bundan quyidagi xulosani chiqarish mumkin – Marg‘iyona ahamoniylar davridan oldin qadimga Baqtriya podsholigining tarkibiy qismi bo‘lgan yoki qo‘zg‘olondan so‘ng Doro I Marg‘iyonani Baqtriya davlatiga qo‘shib olgan. Doro I birlashgan davlatni qaytadan tiklaydi. Kir II davridan dunyoning barcha mamlakatlari ustidan xokimlik o‘rnatishga intilgan ahamoniylar yillar davomida juda yirik davlatga asos solganlar. Doro I o‘zidan oldin o‘tgan podsholar siyosatini davom ettirtan. Doro I qabriga qo‘yilgan qabrtoshdagi bitiklarda: «Sen Eron jangchisining nayzasi uzoq–uzoq mamlakatlargacha borib yetganini bilib olasan» – deb yozilgan. Qadimga forslarning O‘rta Osiyo shimoliga yurishlari shafqatsiz yakunlanganligini va Kirning massagetlar qabilalari bilan qattiq jang paytida xaloq bo‘lganligi Doro I ning tashqi siyosatida inobatga olinib, mil. avv. 519 (518) yilda Doro I saklar (saka–tigraxauda)ga qarshi maxsus yurish qilgan. Doro I xabar qiladi: «Saklarga qarshi men Sak yurtiga bostirib bordim, ularning o‘zlari cho‘qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim, daryo kemalaridan ko‘prik qilib, saklar yurtiga hujum qildim. Ularning sardori – Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o‘z xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so‘ng mamlakat mening qo‘l ostimga o‘tdi».
 
 
Doro I sak qabilalari ustidan g‘alabaga erishgan bo‘lsa ham, O‘rta Osiyo 
xalqlari ahamoniylarga qarshi ozodlik kurashlarini davom ettirganlar. Qadimgi 
dunyo tarixi muallifi Polien, o‘zigacha yetib kelgan hikoyalarga asoslanib, jasur 
Shiroq tarixi orqali saklarning ahamoniiylarga qarshi qahramonona kurashini hikoya 
qiladi. Shiroq o‘z jonidan kechib, qadimgi fors qo‘shinlarini suvsiz cho‘l va 
sahroning ichkarisiga olib kirib, saklarning makonlarini dushman hujumidan saqlab 
qoldi, bundan o‘zi ham halok bo‘ldi. 
O‘rta Osiyoning bo‘ysundirilgan hududlari va umuman, zabt etilgan qadimgi 
Sharq viloyatlari Doro I davrida alohida ma’muriy o‘lkalarga birlashtirilgan. Bu 
ma’muriy–harbiy 
o‘lkalarni 
idora 
qilgan 
hokimlarni 
qadimgi 
forslar 
«xshatrapavan», yunonlar esa «satrap» deb ataganlar (qadimgi fors tilidagi “xshatra” 
– “viloyat” atamasidan “satrapiya”, “satrapliklar” tushunchasi kelib chiqqan). 
Behistun yozuvlari, Gerodot va Ktesiy ma’lumotlari asosida, olimlar Baqtriya 
satraplari ro‘yxatini aniqlaganlar. Mil.avv. 530–522 yillarda Baqtriya satrapi 
vazifasini Kir II ning o‘g‘li Smerdis (Bardiya) bajargan (Qambiz podshoning ukasi), 
522– 486 y. Dadarshish, 486–480 va 480–465 y. Ariamen bilan Masist – Doro I 
o‘g‘illari, 465–423 y. Artabon Gistasp, mil.avv.335 yilgacha ma’lumotlar yo‘q, 
335–329 yillarda Bess – Baqtriyaning oxirgi satrapi bo‘lgan. 
Yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatdagi Baqtriya viloyatini idora qilgan hokimlar 
to‘rt vaziyatda podsho o‘g‘illari yoki uning aka– ukalaridir. Muhim savdo yo‘llari 
chorrahasida joylashgan Baqtriya ahamoniylar davlatida katta iqtisodiy va harbiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham uni idora qilgan satraplar ahamoniylar 
sulolasi vakillari edi. 
Gerodotning aytishicha, Doro I davlatni 20 ta o‘lka–satrapiyalarga bo‘lgan. 
Behistun, Naqshi Rustam va Suza yozuvlarida fors podsholigi 24 satraplikka 
ajratilib ko‘rsatilgan. Behistun yozuvlari ro‘yxatida Baqtriya–16, So‘g‘diyona–17 
o‘rinda ko‘rsatilgan. Gerodotning ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriya–12, saklar–15, 
Parfiya, So‘g‘d va Xorazm–16 ma’muriy o‘lka bo‘lgan. Gerodotning «Tarix» 
asarida satrapliklarning podshoga to‘laydigan soliqlar miqdori keltirilgan.
Doro I sak qabilalari ustidan g‘alabaga erishgan bo‘lsa ham, O‘rta Osiyo xalqlari ahamoniylarga qarshi ozodlik kurashlarini davom ettirganlar. Qadimgi dunyo tarixi muallifi Polien, o‘zigacha yetib kelgan hikoyalarga asoslanib, jasur Shiroq tarixi orqali saklarning ahamoniiylarga qarshi qahramonona kurashini hikoya qiladi. Shiroq o‘z jonidan kechib, qadimgi fors qo‘shinlarini suvsiz cho‘l va sahroning ichkarisiga olib kirib, saklarning makonlarini dushman hujumidan saqlab qoldi, bundan o‘zi ham halok bo‘ldi. O‘rta Osiyoning bo‘ysundirilgan hududlari va umuman, zabt etilgan qadimgi Sharq viloyatlari Doro I davrida alohida ma’muriy o‘lkalarga birlashtirilgan. Bu ma’muriy–harbiy o‘lkalarni idora qilgan hokimlarni qadimgi forslar «xshatrapavan», yunonlar esa «satrap» deb ataganlar (qadimgi fors tilidagi “xshatra” – “viloyat” atamasidan “satrapiya”, “satrapliklar” tushunchasi kelib chiqqan). Behistun yozuvlari, Gerodot va Ktesiy ma’lumotlari asosida, olimlar Baqtriya satraplari ro‘yxatini aniqlaganlar. Mil.avv. 530–522 yillarda Baqtriya satrapi vazifasini Kir II ning o‘g‘li Smerdis (Bardiya) bajargan (Qambiz podshoning ukasi), 522– 486 y. Dadarshish, 486–480 va 480–465 y. Ariamen bilan Masist – Doro I o‘g‘illari, 465–423 y. Artabon Gistasp, mil.avv.335 yilgacha ma’lumotlar yo‘q, 335–329 yillarda Bess – Baqtriyaning oxirgi satrapi bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatdagi Baqtriya viloyatini idora qilgan hokimlar to‘rt vaziyatda podsho o‘g‘illari yoki uning aka– ukalaridir. Muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan Baqtriya ahamoniylar davlatida katta iqtisodiy va harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham uni idora qilgan satraplar ahamoniylar sulolasi vakillari edi. Gerodotning aytishicha, Doro I davlatni 20 ta o‘lka–satrapiyalarga bo‘lgan. Behistun, Naqshi Rustam va Suza yozuvlarida fors podsholigi 24 satraplikka ajratilib ko‘rsatilgan. Behistun yozuvlari ro‘yxatida Baqtriya–16, So‘g‘diyona–17 o‘rinda ko‘rsatilgan. Gerodotning ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriya–12, saklar–15, Parfiya, So‘g‘d va Xorazm–16 ma’muriy o‘lka bo‘lgan. Gerodotning «Tarix» asarida satrapliklarning podshoga to‘laydigan soliqlar miqdori keltirilgan.
 
 
Doro I ning vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Kserks taxtga o‘tirgan (mil.avv.486 
yil). Kserksning tashqi harbiy siyosati Eronni qurol kuchi bilan eng qudratli davlatga 
aylantirish jarayoni davom etadi. Kserks qadimgi Yunoniston va Yevropa 
mamlakatlari ustidan hukmronlik qilishi o‘z oldiga muhim maqsad qilib qo‘ygan. 
O‘rta Osiyo xalqlari – baqtriyaliklar, xorazmliklar, so‘g‘diylar va saklar Kserks 
qo‘shinlari tarkibida yunon – fors urushlarida ishtirok etganlar. 
Marafon jangida saklarning otliq qo‘shinlari nihoyat katta jasurlik ko‘rsatib, 
yunonlarning jangovar markaziy qismini chekinishga majbur qilganlar. Baqtriya va 
saklarning chavandozlari ahamoniylar qo‘shinlaridagi eng jasur qismlaridan biri 
bo‘lib hisoblangan. Yunon–fors urushlari davrida O‘rta Osiyo xalqlarining harbiy 
qudrati katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Kir II dan so‘ng Qambiz ham, Doro I va Kserks ham davlatni qaytadan tiklash 
va birlashtirishga ko‘pdan–ko‘p harakat qilganlar. Mil.avv. IV asrda so‘nggi 
ahamoniylar podsholari Artakserks II, Artakserks III va Doro III to‘xtovsiz 
urushlarni davom ettirishga majbur bo‘lib, davlatni juda ham zaiflashtirganlar. 
Bundan tashqari, barcha bo‘ysundirilgan xalqlar o‘z mustaqilliklarini tiklash uchun 
forslarga qarshi kurash boshlaydilar. Mil.avv. 334 yilda Makedoniyalik Aleksandr, 
qadimgi Sharqdagi  iqtisodiy va siyosiy inqirozlardan foydalanib, Ahamoniylar 
davlatiga qarshi urush boshlaydi. Mil.avv. 334– 330 yillar davomida Makedoniyalik 
Aleksandr Fors podshosi Doro III ni tor–mor qilib, O‘rta Osiyo chegaralariga yetib 
keladi. Shu tariqa ahamoniylarning O‘rta Osiyodagi ikki yuz yillik hukmronligi 
tarixi tugaydi. 
 
2. Iqtisod va ijtimoiy tuzum.  
 
O‘rta Osiyoning qadimiy viloyatlari jamiyati to‘g‘risida yozma manbalardan 
tashqari arxeologik manbalar dalolat beradi. O‘rta Osiyo mil.avv.VI–IV asrlarga oid 
moddiy madaniy yodgorliklarga boydir. Marg‘iyonadagi Yoztepa, Yerqal’a, 
Shimoliy Baqtriyadagi Kuchuktepa, Qiziltepa, Qalaimir, Boytudasht, Xorazm, 
Sug‘d va Farg‘ona vohalaridaga Ko‘zaliqir, Dingilja, Yerqo‘rg‘on, Uzunqir,
Doro I ning vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Kserks taxtga o‘tirgan (mil.avv.486 yil). Kserksning tashqi harbiy siyosati Eronni qurol kuchi bilan eng qudratli davlatga aylantirish jarayoni davom etadi. Kserks qadimgi Yunoniston va Yevropa mamlakatlari ustidan hukmronlik qilishi o‘z oldiga muhim maqsad qilib qo‘ygan. O‘rta Osiyo xalqlari – baqtriyaliklar, xorazmliklar, so‘g‘diylar va saklar Kserks qo‘shinlari tarkibida yunon – fors urushlarida ishtirok etganlar. Marafon jangida saklarning otliq qo‘shinlari nihoyat katta jasurlik ko‘rsatib, yunonlarning jangovar markaziy qismini chekinishga majbur qilganlar. Baqtriya va saklarning chavandozlari ahamoniylar qo‘shinlaridagi eng jasur qismlaridan biri bo‘lib hisoblangan. Yunon–fors urushlari davrida O‘rta Osiyo xalqlarining harbiy qudrati katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Kir II dan so‘ng Qambiz ham, Doro I va Kserks ham davlatni qaytadan tiklash va birlashtirishga ko‘pdan–ko‘p harakat qilganlar. Mil.avv. IV asrda so‘nggi ahamoniylar podsholari Artakserks II, Artakserks III va Doro III to‘xtovsiz urushlarni davom ettirishga majbur bo‘lib, davlatni juda ham zaiflashtirganlar. Bundan tashqari, barcha bo‘ysundirilgan xalqlar o‘z mustaqilliklarini tiklash uchun forslarga qarshi kurash boshlaydilar. Mil.avv. 334 yilda Makedoniyalik Aleksandr, qadimgi Sharqdagi iqtisodiy va siyosiy inqirozlardan foydalanib, Ahamoniylar davlatiga qarshi urush boshlaydi. Mil.avv. 334– 330 yillar davomida Makedoniyalik Aleksandr Fors podshosi Doro III ni tor–mor qilib, O‘rta Osiyo chegaralariga yetib keladi. Shu tariqa ahamoniylarning O‘rta Osiyodagi ikki yuz yillik hukmronligi tarixi tugaydi. 2. Iqtisod va ijtimoiy tuzum. O‘rta Osiyoning qadimiy viloyatlari jamiyati to‘g‘risida yozma manbalardan tashqari arxeologik manbalar dalolat beradi. O‘rta Osiyo mil.avv.VI–IV asrlarga oid moddiy madaniy yodgorliklarga boydir. Marg‘iyonadagi Yoztepa, Yerqal’a, Shimoliy Baqtriyadagi Kuchuktepa, Qiziltepa, Qalaimir, Boytudasht, Xorazm, Sug‘d va Farg‘ona vohalaridaga Ko‘zaliqir, Dingilja, Yerqo‘rg‘on, Uzunqir,
 
 
Daratepa, Afrosiyob, Eylatontepa xarobalari shu davrga mansub yodgorliklardir. 
Xom g‘ishtdan va paxsadan qurilgan binolar, metall qurollar, hunarmadchilik 
buyumlari o‘troq dehqonchilik viloyatlarida qadimiy madaniyat yuksak darajada 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
 
 
 
Qizilcha uy-qo‘rg‘oni (tiklangan)
Daratepa, Afrosiyob, Eylatontepa xarobalari shu davrga mansub yodgorliklardir. Xom g‘ishtdan va paxsadan qurilgan binolar, metall qurollar, hunarmadchilik buyumlari o‘troq dehqonchilik viloyatlarida qadimiy madaniyat yuksak darajada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Qizilcha uy-qo‘rg‘oni (tiklangan)
 
 
 
Xorazmda mil.avv.V–IV asrlarga mansub sug‘orish inshootlarining izlari 
topib tekshirilgan. Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Baqtriya tuprog‘ida ham qadimgi 
sug‘orish kanallari aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar qadimgi jamoatchilik tomonidan 
g‘oyat katta yer ishlari bajarilganligidan dalolat beradi. 
Xorazmdagi Ko‘zaliqir shahar xarobasi qalin va mustahkam mudofaa 
devorlari bilan o‘ralgan. Sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi alohida 
joylashgan ayrim oilalarga tegishli uylarda yashagan. Shular jumlasidan bo‘lgan 
Dingilja turar–joy va xo‘jalik xonalaridan iboratdir. Mil.avv. VI–IV asrda oila 
jamoasi jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lib, u xo‘jalikni birgalikda boshqargan. Uy 
jamoasining a’zolari katta patriarxal oila bo‘lib, ular umumiy turar joyda 
yashaganlar va mol–mulkka birgalikda egalik qilganlar. 
Mil.avv. VI–IV asrlarga mansub moddiy manbalar binokorlik va 
hunarmandchilik, (temirchilik, kulolchilik, zargarlik, to‘qimachilik) tarixini 
o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va Marg‘iyona 
tuprog‘ida kulolchilik va temirchilik ustaxonalarning qoldiqlari qazib ochilgan. Bu 
yodgorliklardan sopol idishlar, bronza va temirdan ishlangan buyumlar topildi. 
Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlari hayotida ijtimoiy, xo‘jalik va madaniy 
o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Katta va o‘rta hajmdagi shaharlar viloyat va tumanlar 
markazlariga aylangan. O‘rta Osiyo shaharlarida qurilish, hunarmandchilik va savdo 
yuksak darajada rivojlangan. 
Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyoda dehqonchilik turli shakllarda rivojlangan. 
Tog‘ yonbag‘rlarda qadimgi dehqonlar soylarning suvlaridan foydalanganlar. 
Mahaliy sug‘orish tajribasida soylardan kanal va ariq chiqarish katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Yirik va o‘rta daryolarning vodiylarida uzun kanallar qazilgan bo‘lib, suv 
omborlari qurilgan.  
Qadimga zamonlardan boshlab ziroatchilik bilan shug‘ullanish, don ekish 
O‘rta Osiyo xaqlari uchun savobli ish bo‘lib, «Avesto»da arpa va bug‘doy muqaddas 
boshoqli ekin hisoblangan. Boshoqli ekinlardan bug‘doy, tariq, arpa ayniqsa keng 
yetishtirilgan. Bog‘larda turli mevali daraxtlar o‘stirilgan, chorva uchun xashak
Xorazmda mil.avv.V–IV asrlarga mansub sug‘orish inshootlarining izlari topib tekshirilgan. Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Baqtriya tuprog‘ida ham qadimgi sug‘orish kanallari aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar qadimgi jamoatchilik tomonidan g‘oyat katta yer ishlari bajarilganligidan dalolat beradi. Xorazmdagi Ko‘zaliqir shahar xarobasi qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi alohida joylashgan ayrim oilalarga tegishli uylarda yashagan. Shular jumlasidan bo‘lgan Dingilja turar–joy va xo‘jalik xonalaridan iboratdir. Mil.avv. VI–IV asrda oila jamoasi jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lib, u xo‘jalikni birgalikda boshqargan. Uy jamoasining a’zolari katta patriarxal oila bo‘lib, ular umumiy turar joyda yashaganlar va mol–mulkka birgalikda egalik qilganlar. Mil.avv. VI–IV asrlarga mansub moddiy manbalar binokorlik va hunarmandchilik, (temirchilik, kulolchilik, zargarlik, to‘qimachilik) tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va Marg‘iyona tuprog‘ida kulolchilik va temirchilik ustaxonalarning qoldiqlari qazib ochilgan. Bu yodgorliklardan sopol idishlar, bronza va temirdan ishlangan buyumlar topildi. Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlari hayotida ijtimoiy, xo‘jalik va madaniy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Katta va o‘rta hajmdagi shaharlar viloyat va tumanlar markazlariga aylangan. O‘rta Osiyo shaharlarida qurilish, hunarmandchilik va savdo yuksak darajada rivojlangan. Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyoda dehqonchilik turli shakllarda rivojlangan. Tog‘ yonbag‘rlarda qadimgi dehqonlar soylarning suvlaridan foydalanganlar. Mahaliy sug‘orish tajribasida soylardan kanal va ariq chiqarish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yirik va o‘rta daryolarning vodiylarida uzun kanallar qazilgan bo‘lib, suv omborlari qurilgan. Qadimga zamonlardan boshlab ziroatchilik bilan shug‘ullanish, don ekish O‘rta Osiyo xaqlari uchun savobli ish bo‘lib, «Avesto»da arpa va bug‘doy muqaddas boshoqli ekin hisoblangan. Boshoqli ekinlardan bug‘doy, tariq, arpa ayniqsa keng yetishtirilgan. Bog‘larda turli mevali daraxtlar o‘stirilgan, chorva uchun xashak
 
 
bo‘ladigan o‘simliklar rivojlantirilgan. O‘rta Osiyo tog‘lari va dashtlarida 
chorvachilik hatto bir necha asrlar davomida ustunlik qilgan. Qabilalar asosan 
mayda chorva, qoramol hamda otni ko‘plab urchitganlar. 
Persepol saroyi devoriga solingan bo‘rtma rasmda Xorazm, Baqtriya, 
So‘g‘diyona va saklar viloyatidan o‘lpon to‘lovchilar shohga ot, tuya hamda qo‘y 
olib kelayotgani tasvirlangan. Ayniqsa, qadimgi  Sharqda Baqtriya tuyalari, Xorazm 
va sak yurti yilqilari mashhur bo‘lgan. 
O‘rta Osiyo tabiiy qazilma boyliklari qadimdan keng ma’lum edi. 
Gerodotning aytishicha, saklar viloyatida «oltin va mis juda ham ko‘p» bo‘lgan. 
Tarixchining ma’lumotlari haqiqiy ekanligini hozirgi davrda Qizilqumda qazib 
chiqarilayotgan oltin isbotlab berishi mumkin. 
O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklari Ahamoniylar davlatida keng ishlatilgan. 
Suza shahrida topilgan yozuvlarda Doro I bunday e’lon qiladi: «Suzadagi saroyni 
men bunyod qilganimda, uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka 
yog‘ochi – Gandxaradan, oltin – Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard – 
So‘g‘diyonadan,  firuza – Xorazmdan yetkazib berilgan». 
O‘rta Osiyo xalqlari ahamoniylarga juda katta miqdorda soliqlar to‘laganlar. 
Moliya–soliq ishlari satrap–hokim qo‘lida bo‘lgan. Viloyatlarning iqtisodiy va 
ijtimoiy hayotini satraplar kuzatib borgan. Bo‘ysundirilgan o‘lkalardagi butun idora 
ishlarini satraplar nazorat qilganlar. 
Satrap o‘z o‘lkasida viloyat, tuman hokimlari va qishloq oqsoqollariga 
tayangan holda boshqaruvni amalga oshirgan. Uning vazifalari satraplikning 
xavfsizligini ta’minlash harbiy yurishlar paytida o‘lkadan markazga qo‘shinlar 
yuborish, yillik soliqlarni belgilangan turlarda va miqdorla yig‘ib, markaziy davlat 
g‘aznasiga yetkazib berishidan iborat bo‘lgan.  
Satrapliklarning boshqaruv tashkilotida turli mansab va lavozimlar mavjud 
edi. Devonxona boshlig‘i, xazinabon, soliq yig‘uvchi, sud ishlarini yurituvchi, 
xattot-kotib, xo‘jalik ishlari boshlig‘i shular jumlasidandir. O‘rta Osiyo satrapliklari 
muayyan miqdorda belgilangan kumush soliqlardan tashqari qishloq xo‘jalik, 
chorva va hunarmandchilik mahsulotlari shaklida ham soliq to‘lashga majbur edilar.
bo‘ladigan o‘simliklar rivojlantirilgan. O‘rta Osiyo tog‘lari va dashtlarida chorvachilik hatto bir necha asrlar davomida ustunlik qilgan. Qabilalar asosan mayda chorva, qoramol hamda otni ko‘plab urchitganlar. Persepol saroyi devoriga solingan bo‘rtma rasmda Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va saklar viloyatidan o‘lpon to‘lovchilar shohga ot, tuya hamda qo‘y olib kelayotgani tasvirlangan. Ayniqsa, qadimgi Sharqda Baqtriya tuyalari, Xorazm va sak yurti yilqilari mashhur bo‘lgan. O‘rta Osiyo tabiiy qazilma boyliklari qadimdan keng ma’lum edi. Gerodotning aytishicha, saklar viloyatida «oltin va mis juda ham ko‘p» bo‘lgan. Tarixchining ma’lumotlari haqiqiy ekanligini hozirgi davrda Qizilqumda qazib chiqarilayotgan oltin isbotlab berishi mumkin. O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklari Ahamoniylar davlatida keng ishlatilgan. Suza shahrida topilgan yozuvlarda Doro I bunday e’lon qiladi: «Suzadagi saroyni men bunyod qilganimda, uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog‘ochi – Gandxaradan, oltin – Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard – So‘g‘diyonadan, firuza – Xorazmdan yetkazib berilgan». O‘rta Osiyo xalqlari ahamoniylarga juda katta miqdorda soliqlar to‘laganlar. Moliya–soliq ishlari satrap–hokim qo‘lida bo‘lgan. Viloyatlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini satraplar kuzatib borgan. Bo‘ysundirilgan o‘lkalardagi butun idora ishlarini satraplar nazorat qilganlar. Satrap o‘z o‘lkasida viloyat, tuman hokimlari va qishloq oqsoqollariga tayangan holda boshqaruvni amalga oshirgan. Uning vazifalari satraplikning xavfsizligini ta’minlash harbiy yurishlar paytida o‘lkadan markazga qo‘shinlar yuborish, yillik soliqlarni belgilangan turlarda va miqdorla yig‘ib, markaziy davlat g‘aznasiga yetkazib berishidan iborat bo‘lgan. Satrapliklarning boshqaruv tashkilotida turli mansab va lavozimlar mavjud edi. Devonxona boshlig‘i, xazinabon, soliq yig‘uvchi, sud ishlarini yurituvchi, xattot-kotib, xo‘jalik ishlari boshlig‘i shular jumlasidandir. O‘rta Osiyo satrapliklari muayyan miqdorda belgilangan kumush soliqlardan tashqari qishloq xo‘jalik, chorva va hunarmandchilik mahsulotlari shaklida ham soliq to‘lashga majbur edilar.
 
 
 
Soliq yig‘ilishi qishloq oqsoqollari, tuman va viloyat hokimlari zimmasiga 
tushgan. Soliqlar satraplar saroyi g‘azna omborxonalarida Baqtra va Moroqanda 
kabi markaziy shaharlarda to‘plangan. Satrap o‘lka miqyosidagi soliqlarning yig‘ib 
olinishi jarayonini nazorat qilgan. Saroy xazinachisi va hisobchilari tuman va 
viloyatlardan  yetkazib berilgan soliqlar turlari va miqdori asosida iqtisodiy-
moliyaviy hisobotlar tayyorlaganlar. Ushbu ma’lumotlar markaziy davlat soliq 
tashkiloti tomonidan rejalashtirilgan muddatda, maxsus aloqa tizimi hizmatchilari – 
choparlar orqali fors podshosi qarorgohida jo‘natilgan.  
Satrapliklar xazinasidan ma’lum miqdorda aynan satrapning xonadonlari 
mansabdorlar va harbiylar maosh sifatida oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta’minlangan (un, chorva, yog‘, sabzavot, vino, pivo va boshqalar).  
Zabt etilgan hududlarni idora qilish maqsadida, podsho buyruqlarini joylarga 
o‘z vaqtida yetkazish va satraplardan turli ma’lumotlarni tezkor olish uchun, 
ahamoniylar davlatida maxsus aloqa xizmati tashkil qilingan edi.  
O‘rta yer dengizi buyidagi Kichik Osiyoda Efes shahridan boshlangan “Shoh 
yo‘li” qadimgi Fors davlati poytaxtlaridan biri – Suza bilan bog‘langan (masofasi 
2470 km). Ushbu yo‘lning sharqiy tarmoqlari Baqtriya orqali Sugdiyona va 
Hindistongacha davom etgan.  
“Shoh yo‘lida” xavfsizlikni ta’minlash uchun harbiy istehkomlar va maxsus 
maskanlar qoshida oziq-ovqat omborxonalari barpo etilgan edi. Har bir 30 km 
masofada choparlar uchun dam olish va otlarni almashtirishga imkon yaratilgan. 
Xizmat safarida davlat ishlarini amalga oshiruvchi mansabdorlar (hisobchilar, 
harbiylar, tekshirish va nazorat xizmati vakillari) ushbu yo‘lda joylashgan 
omborxonalardan ozuqa bilan ta’minlangan.  
Qadimgi yunon tarixchisi Ktesiyning xabariga ko‘ra, Baqtra shahridan davlat 
poytaxti Suzaga otlangan amaldor o‘z xizmat safari davomida har kuni 1 – 1,5 kg 
un, 1 litr vino yoki pivo hamda ma’lum miqdorda go‘sht bilan ta’minlangan.  
Davlat miqyosida iqtisodiy, siyosiy va ma’muriy ishlarni muvaffaqiyatli 
amalga oshirish maqsadida oromiy alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 
Joylarda turli hujjatlar mahalliy tillarda tarjima qilingan. Xorazm vohasidagi Katta
Soliq yig‘ilishi qishloq oqsoqollari, tuman va viloyat hokimlari zimmasiga tushgan. Soliqlar satraplar saroyi g‘azna omborxonalarida Baqtra va Moroqanda kabi markaziy shaharlarda to‘plangan. Satrap o‘lka miqyosidagi soliqlarning yig‘ib olinishi jarayonini nazorat qilgan. Saroy xazinachisi va hisobchilari tuman va viloyatlardan yetkazib berilgan soliqlar turlari va miqdori asosida iqtisodiy- moliyaviy hisobotlar tayyorlaganlar. Ushbu ma’lumotlar markaziy davlat soliq tashkiloti tomonidan rejalashtirilgan muddatda, maxsus aloqa tizimi hizmatchilari – choparlar orqali fors podshosi qarorgohida jo‘natilgan. Satrapliklar xazinasidan ma’lum miqdorda aynan satrapning xonadonlari mansabdorlar va harbiylar maosh sifatida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan (un, chorva, yog‘, sabzavot, vino, pivo va boshqalar). Zabt etilgan hududlarni idora qilish maqsadida, podsho buyruqlarini joylarga o‘z vaqtida yetkazish va satraplardan turli ma’lumotlarni tezkor olish uchun, ahamoniylar davlatida maxsus aloqa xizmati tashkil qilingan edi. O‘rta yer dengizi buyidagi Kichik Osiyoda Efes shahridan boshlangan “Shoh yo‘li” qadimgi Fors davlati poytaxtlaridan biri – Suza bilan bog‘langan (masofasi 2470 km). Ushbu yo‘lning sharqiy tarmoqlari Baqtriya orqali Sugdiyona va Hindistongacha davom etgan. “Shoh yo‘lida” xavfsizlikni ta’minlash uchun harbiy istehkomlar va maxsus maskanlar qoshida oziq-ovqat omborxonalari barpo etilgan edi. Har bir 30 km masofada choparlar uchun dam olish va otlarni almashtirishga imkon yaratilgan. Xizmat safarida davlat ishlarini amalga oshiruvchi mansabdorlar (hisobchilar, harbiylar, tekshirish va nazorat xizmati vakillari) ushbu yo‘lda joylashgan omborxonalardan ozuqa bilan ta’minlangan. Qadimgi yunon tarixchisi Ktesiyning xabariga ko‘ra, Baqtra shahridan davlat poytaxti Suzaga otlangan amaldor o‘z xizmat safari davomida har kuni 1 – 1,5 kg un, 1 litr vino yoki pivo hamda ma’lum miqdorda go‘sht bilan ta’minlangan. Davlat miqyosida iqtisodiy, siyosiy va ma’muriy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida oromiy alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. Joylarda turli hujjatlar mahalliy tillarda tarjima qilingan. Xorazm vohasidagi Katta
 
 
Oybo‘irqal’ada mil. avv. V – IV  asrlarga oid xum sirtida tig‘ bilan bitilgan oromiy 
alifbosiga asoslangan xorazm yozuvi namunasi topilgan. U xajm o‘lchovi birligi – 
“mari” deb o‘qilgan (1 mari 16,5 – 17 litrga to‘g‘ri kelgan). Bu yozuv Xorazm 
yozuvining eng qadimgi nusxasi hisoblanadi. Oromiy yozuvini mahalliy xorazm 
tiliga (shuningdek, baqtriya va sug‘d tillariga) moslashtirish ahamoniylar davriga 
to‘g‘ri keladi.   
Yirik o‘lkalarning satraplari ahamoniylar sulolasidan bo‘lib, fors podshosi 
nomidan o‘z o‘lkalarini idora qilganlar. Baqtriya va Xorazm hokimlari huzurida 
maxsus qal’alar va yirik saroylar bo‘lgan. Baqtriya o‘lkasining iqtisodiy boyliklari 
va harbiy kuchlari, satraplarning haddan oshiq mustaqilligi ahamoniylar podshosiga 
qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarishga olib kelgan. 
Amudaryo xazinasi tarkibida Eronda va Yunonistonda (Afina shahrida) zarb 
etilgan tanga pullar bor. Dastlabki tanga pullar esa 
mil.avv.VII asrda Kichik Osiyo 
va Afinada paydo bo‘lgan. O‘rta  Osiyo orqali qadimga aloqa va savdo yo‘llari turli 
viloyatlarni birlashtirgan. Badaxshonda boshlangan «lojuvard yo‘li», G‘arbiy Sibir 
(Oltoy)dan – «oltin yo‘l» O‘rta Osiyo hududidan o‘tib, O‘rta yer dengizigacha yetib borgan. 
Qadimga yo‘llar savdoni rivojalantirish va aloqa xizmatini keng darajada yo‘lga qo‘yish uchun 
muhim ahamiyagga ega bo‘lgan. Tog‘ daralari yonida, daryolardan kechib o‘tilgan joylarda 
istehkomlar qurilgan. Amudaryoning o‘rta oqimida Odoytepa, Surxondaryoda 
Talashqontepa, Zarafshon tizmasi yonbag‘ridagi Uzunqir va boshqalar shular jumlasidandir. 
Ular harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan. 
O‘rta Osiyoda qulchilik munosabatlari qadimgi Sharq mamlakatlari va qadimgi 
Yunonistonga nisbatan ancha farq qilib, deyarli rivojlanmagan. O‘rta Osiyoda qadimgi 
qulchilik shakllaridan biri «uy qulchiligi» bo‘lgan. Elam va qadimgi fors yozuvlaridagi 
«kurtash» bilan «garda» so‘zlari «uy quli» tushunchasini bildiradi. Ular turli iqtisodiy 
vazifalarni bajargan (misol uchun, «garda–hunarmand», «garda–binokor»lar). 
«Uy, xonadon quli» «Avesto»da «vaysa» deb ataladi. «Vaysa» va «garda»lar katta 
oila jamoasi erkin a’zolari bilan umumiy uyda yashaganlar. «Uy qullarining» mehnat 
faoliyati hunar kasbi, dehqonchilik, uy chorvachiliga va boshqa ishlab chiqarish vazifalari 
bilan bog‘langan. Ularning soni jamoaning erkin a’zolariga nisbatan ancha kam bo‘lgan.
Oybo‘irqal’ada mil. avv. V – IV asrlarga oid xum sirtida tig‘ bilan bitilgan oromiy alifbosiga asoslangan xorazm yozuvi namunasi topilgan. U xajm o‘lchovi birligi – “mari” deb o‘qilgan (1 mari 16,5 – 17 litrga to‘g‘ri kelgan). Bu yozuv Xorazm yozuvining eng qadimgi nusxasi hisoblanadi. Oromiy yozuvini mahalliy xorazm tiliga (shuningdek, baqtriya va sug‘d tillariga) moslashtirish ahamoniylar davriga to‘g‘ri keladi. Yirik o‘lkalarning satraplari ahamoniylar sulolasidan bo‘lib, fors podshosi nomidan o‘z o‘lkalarini idora qilganlar. Baqtriya va Xorazm hokimlari huzurida maxsus qal’alar va yirik saroylar bo‘lgan. Baqtriya o‘lkasining iqtisodiy boyliklari va harbiy kuchlari, satraplarning haddan oshiq mustaqilligi ahamoniylar podshosiga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarishga olib kelgan. Amudaryo xazinasi tarkibida Eronda va Yunonistonda (Afina shahrida) zarb etilgan tanga pullar bor. Dastlabki tanga pullar esa mil.avv.VII asrda Kichik Osiyo va Afinada paydo bo‘lgan. O‘rta Osiyo orqali qadimga aloqa va savdo yo‘llari turli viloyatlarni birlashtirgan. Badaxshonda boshlangan «lojuvard yo‘li», G‘arbiy Sibir (Oltoy)dan – «oltin yo‘l» O‘rta Osiyo hududidan o‘tib, O‘rta yer dengizigacha yetib borgan. Qadimga yo‘llar savdoni rivojalantirish va aloqa xizmatini keng darajada yo‘lga qo‘yish uchun muhim ahamiyagga ega bo‘lgan. Tog‘ daralari yonida, daryolardan kechib o‘tilgan joylarda istehkomlar qurilgan. Amudaryoning o‘rta oqimida Odoytepa, Surxondaryoda Talashqontepa, Zarafshon tizmasi yonbag‘ridagi Uzunqir va boshqalar shular jumlasidandir. Ular harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda qulchilik munosabatlari qadimgi Sharq mamlakatlari va qadimgi Yunonistonga nisbatan ancha farq qilib, deyarli rivojlanmagan. O‘rta Osiyoda qadimgi qulchilik shakllaridan biri «uy qulchiligi» bo‘lgan. Elam va qadimgi fors yozuvlaridagi «kurtash» bilan «garda» so‘zlari «uy quli» tushunchasini bildiradi. Ular turli iqtisodiy vazifalarni bajargan (misol uchun, «garda–hunarmand», «garda–binokor»lar). «Uy, xonadon quli» «Avesto»da «vaysa» deb ataladi. «Vaysa» va «garda»lar katta oila jamoasi erkin a’zolari bilan umumiy uyda yashaganlar. «Uy qullarining» mehnat faoliyati hunar kasbi, dehqonchilik, uy chorvachiliga va boshqa ishlab chiqarish vazifalari bilan bog‘langan. Ularning soni jamoaning erkin a’zolariga nisbatan ancha kam bo‘lgan.
 
 
Qishloq jamoalarning iqtisodiy hayotida jamiyat mustaqil vakillarining mehnati – ishlab 
chiqarishni asosiy rivojlanayotgan kuchi edi. 
«Uy qullari» kambag‘allashib qolgan, xonavayron, ish qidirib yurgan mardikorlar va 
qarzdor jamoa a’zolari bo‘lishlari mumkin edi. Bu kishilarning barchasi jamoaning erkin 
aholisidan kelib chiqqan va ularning paydo bo‘lishi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning 
o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan. 
Yozma manbalarning xabariga ko‘ra, Kichik va Old Osiyo shaharlarida So‘g‘diyona 
va Baqtriyadan olib kelingan «kurtash»–«uy qullari»dan binokorlik, toshtaroshlik va 
qurolsozlik ishlarida keng foydalanganlar. 
Qullar ahvoliga tushib qolgan odamlar podsho va satraplar ustaxonalarida, 
saroylarida va yerlarida ham mehnat qilganlar. Eron va Old Osiyoda «kurtash» va 
«garda»lar xususiy mulkka ega bo‘lmaganlar. O‘rta Osiyoning ijtimoiy vaziyatiga ko‘ra, 
ular erkin aholining «mulki» bo‘lganligi haqida ham yozma manbalarda aniq ma’lumotlar 
yo‘q. 
 
3. Madaniyat va din. 
 
Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotida katta o‘zgarishlar 
ro‘y bergan. O‘lka viloyatlari qadimgi Sharq davlatlari bilan keng madaniy aloqalarda 
bo‘lgan. O‘rta Osiyoda kulolchilik, zargarlik, to‘qimachilik va boshqa hunarmandchilik 
kasblari yuksak darajada rivoj topgan, muhim san’at va madaniyat yodgorliklari ko‘zga 
ko‘rinarli o‘rinni egallaydi. 
Mil.avv.VI–IV asrlar O‘rta Osiyoda binokorlik g‘oyatda taraqqiy qilgan. Xorazm, 
Marg‘iyona, Baqtriya va So‘g‘diyona tuprog‘idagi qadimgi shaharlar mudofaa devorlari 
bilan o‘ralgan. Markaziy shaharlarda viloyat hokimlarining ko‘p xonali saroylari bunyod 
etilgan. Ularning baland poydevori bo‘lib, qalin devorlar bilan mustahkamlangan. Shaharlar 
keng joylarni egallagan. Jamoa uy–joylari 6–8 xonalardan iborat bo‘lib, paxsa va xom 
g‘ishtdan qurilgan. Xonalarning devori ichiga va xonalarning markaziy qismida o‘rnatilgan 
sandal shakldagi uchoqlar mavjud.
Qishloq jamoalarning iqtisodiy hayotida jamiyat mustaqil vakillarining mehnati – ishlab chiqarishni asosiy rivojlanayotgan kuchi edi. «Uy qullari» kambag‘allashib qolgan, xonavayron, ish qidirib yurgan mardikorlar va qarzdor jamoa a’zolari bo‘lishlari mumkin edi. Bu kishilarning barchasi jamoaning erkin aholisidan kelib chiqqan va ularning paydo bo‘lishi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan. Yozma manbalarning xabariga ko‘ra, Kichik va Old Osiyo shaharlarida So‘g‘diyona va Baqtriyadan olib kelingan «kurtash»–«uy qullari»dan binokorlik, toshtaroshlik va qurolsozlik ishlarida keng foydalanganlar. Qullar ahvoliga tushib qolgan odamlar podsho va satraplar ustaxonalarida, saroylarida va yerlarida ham mehnat qilganlar. Eron va Old Osiyoda «kurtash» va «garda»lar xususiy mulkka ega bo‘lmaganlar. O‘rta Osiyoning ijtimoiy vaziyatiga ko‘ra, ular erkin aholining «mulki» bo‘lganligi haqida ham yozma manbalarda aniq ma’lumotlar yo‘q. 3. Madaniyat va din. Ahamoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. O‘lka viloyatlari qadimgi Sharq davlatlari bilan keng madaniy aloqalarda bo‘lgan. O‘rta Osiyoda kulolchilik, zargarlik, to‘qimachilik va boshqa hunarmandchilik kasblari yuksak darajada rivoj topgan, muhim san’at va madaniyat yodgorliklari ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni egallaydi. Mil.avv.VI–IV asrlar O‘rta Osiyoda binokorlik g‘oyatda taraqqiy qilgan. Xorazm, Marg‘iyona, Baqtriya va So‘g‘diyona tuprog‘idagi qadimgi shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Markaziy shaharlarda viloyat hokimlarining ko‘p xonali saroylari bunyod etilgan. Ularning baland poydevori bo‘lib, qalin devorlar bilan mustahkamlangan. Shaharlar keng joylarni egallagan. Jamoa uy–joylari 6–8 xonalardan iborat bo‘lib, paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan. Xonalarning devori ichiga va xonalarning markaziy qismida o‘rnatilgan sandal shakldagi uchoqlar mavjud.
 
 
Qurilishda ganch, yog‘och va loy keng darajada ishlatilgan. Uylarda supa va ayvonlar 
bo‘lgan. Mudofaa devorlari qurilishida yirik, uzunligi 64–66 sm.lik g‘ishtlar ishlatilgan. Uy–
joy satxlari loy bilan suvalgan, oziq–ovqat saqlash uchun ishlatilgan xo‘jalik xonalarining 
sathlarida toshlar va sopol siniqlari terilgan. 
Persepol saroyining tosh devorlaridagi so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va 
saklarning bo‘rtma tasvirlari bu xalqlarning etnik qiyofasi, qurollari va kiyim – boshlari 
qanday bo‘lganligini tasvirlab turadi. O‘rta Osiyo xalqlarining qurollari va qurol yasash 
uslublari qadimgi Sharqda mashhur hunar kasbi deb hisoblangan. Baqtriya o‘q–yoylari, 
Xorazm dudama–xanjarlari, saklarning harbiy boltalari bronzadan yasalgan.  
Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmiga mansub O‘rta Osiyo rivoyatlarini 
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Shular jumlasidan To‘maris va Kir II urushi to‘g‘risida 
hikoya, hamda jasur Shiroq haqida dostondir. Shu davrga oid O‘rta Osiyo xalqlari hech 
qanday yozma ma’lumotlarni qoldirmaganlar va bu hikoyalar qadimgi tarixchilar Gerodot 
va Polien asarlarida saqlangan. 
Ahamoniylar davriga oid O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida xudolarga bag‘ishlangan 
yirik ibodatxonalar topilmagan. Doro I Behistun yozuvlarida saklarni Ahuramazdaga 
qurbonlik qilmaganlari haqida e’lon qilib, ularni gunohkor deb hisoblaydi. 
O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari quyoshni va olovni xudo deb bilganlar. Olovni 
izzat–hurmat qilish odati qadimgi zamonlardan saqlanib kelgan. Ko‘chmanchilar olovga 
ochiq joylarda qurbonlik qilganlar. 
Dehqonlarning uylarida maxsus olovxonalar bo‘lgan. Bu xonalarning uchoqlarida 
olovni doimo yonib turishiga harakat qilingan (o‘tni ishlab chiqarish g‘oyat murakkab 
masala emas edi, ammo shubhasiz og‘ir mehnat bo‘lgan). Olovni oshxonalarga, 
o‘choqlarga, tandirlarga va sandlallarga doimo ko‘chirish zarur bo‘lgan. Olov – hayot 
manbasi, uning xudosi Atar – marhamatli xudo deb hisoblangan. 
Otashkadalar Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida topib tekshirilgan. 
Daratepada (Qashqadaryo) olovga va xosildorlikka sig‘inish an’anasi bilan bog‘liq bo‘lgan 
katta vazasimon guldon idish va sopol chirog‘don topilgan. Ular mil.avv. VII–IV asrlar bilan 
belgilanadi.
Qurilishda ganch, yog‘och va loy keng darajada ishlatilgan. Uylarda supa va ayvonlar bo‘lgan. Mudofaa devorlari qurilishida yirik, uzunligi 64–66 sm.lik g‘ishtlar ishlatilgan. Uy– joy satxlari loy bilan suvalgan, oziq–ovqat saqlash uchun ishlatilgan xo‘jalik xonalarining sathlarida toshlar va sopol siniqlari terilgan. Persepol saroyining tosh devorlaridagi so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va saklarning bo‘rtma tasvirlari bu xalqlarning etnik qiyofasi, qurollari va kiyim – boshlari qanday bo‘lganligini tasvirlab turadi. O‘rta Osiyo xalqlarining qurollari va qurol yasash uslublari qadimgi Sharqda mashhur hunar kasbi deb hisoblangan. Baqtriya o‘q–yoylari, Xorazm dudama–xanjarlari, saklarning harbiy boltalari bronzadan yasalgan. Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmiga mansub O‘rta Osiyo rivoyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Shular jumlasidan To‘maris va Kir II urushi to‘g‘risida hikoya, hamda jasur Shiroq haqida dostondir. Shu davrga oid O‘rta Osiyo xalqlari hech qanday yozma ma’lumotlarni qoldirmaganlar va bu hikoyalar qadimgi tarixchilar Gerodot va Polien asarlarida saqlangan. Ahamoniylar davriga oid O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida xudolarga bag‘ishlangan yirik ibodatxonalar topilmagan. Doro I Behistun yozuvlarida saklarni Ahuramazdaga qurbonlik qilmaganlari haqida e’lon qilib, ularni gunohkor deb hisoblaydi. O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari quyoshni va olovni xudo deb bilganlar. Olovni izzat–hurmat qilish odati qadimgi zamonlardan saqlanib kelgan. Ko‘chmanchilar olovga ochiq joylarda qurbonlik qilganlar. Dehqonlarning uylarida maxsus olovxonalar bo‘lgan. Bu xonalarning uchoqlarida olovni doimo yonib turishiga harakat qilingan (o‘tni ishlab chiqarish g‘oyat murakkab masala emas edi, ammo shubhasiz og‘ir mehnat bo‘lgan). Olovni oshxonalarga, o‘choqlarga, tandirlarga va sandlallarga doimo ko‘chirish zarur bo‘lgan. Olov – hayot manbasi, uning xudosi Atar – marhamatli xudo deb hisoblangan. Otashkadalar Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida topib tekshirilgan. Daratepada (Qashqadaryo) olovga va xosildorlikka sig‘inish an’anasi bilan bog‘liq bo‘lgan katta vazasimon guldon idish va sopol chirog‘don topilgan. Ular mil.avv. VII–IV asrlar bilan belgilanadi.
 
 
Muqaddas suvga ham ochiq joylarda qurbonlik qilingan. Gerodot o‘zining «Tarix» 
kitobida bu haqda qayta–qayta takrorlaydi. Qurbonlik marosimi paytida odam uchun yuzini 
shimol tomonga qaratish man etilgan. Shimol bu devlar makoni, kasallik, o‘lim va yovuzlik 
yurti deb faraz qilingan. Mazkur davrda Baqtriya. Sug‘d va Xorazmda otashparastlik va 
zardushtiylik ta’limoti keng yoilgan.
Muqaddas suvga ham ochiq joylarda qurbonlik qilingan. Gerodot o‘zining «Tarix» kitobida bu haqda qayta–qayta takrorlaydi. Qurbonlik marosimi paytida odam uchun yuzini shimol tomonga qaratish man etilgan. Shimol bu devlar makoni, kasallik, o‘lim va yovuzlik yurti deb faraz qilingan. Mazkur davrda Baqtriya. Sug‘d va Xorazmda otashparastlik va zardushtiylik ta’limoti keng yoilgan.