1
KURS ISHI
O‘RTA OSIYO SATRAPLIKLARIDA BOSHQARUV TIZIMI
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. Ahamoniylar davlatining ma’muriy – boshqaruv tizimi
II BOB. Ahamoniylar davrida O'rta Osiyoning satrapliklarga bo’linishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
2
KIRISH
Ahamoniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar
vakili Kir II asos solgan. Miloddan avvalgi 558 yil Kir II fors qabilalari ittifoqiga
rahbar bo‘lib, 553 yil midiyaliklar hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan.
Forslar 550 yil g‘alaba qozonib va Midiyani egallab keyingi uch yil mobaynida
sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa
Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545–539 yillar
oralig‘ida Kichik Osiyoning katta qismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519–512
yillar oralig‘ida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning
shimoli-g‘arbiy qismi bo‘ysundirilgan. Axomaniylar davlati Doro I davrida
shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-
pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada
takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya (okrug)larga bo‘linib,
ularning tepasida maxsus amaldorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan
miqdorda soliqlar (pul va natura holda) to‘lashgan. Doro I davrida yagona tanga
pul birligi – 8,4 g oltin og‘irligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda
kumush tanga vazifasini o‘tagan. Axomaniylar davlati etnik tarkibi va ijtimoiy
ukladi bo‘yicha turli-tuman bo'lgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Bobil, Finikiya
va Misr kirib, ularning qishloq xo’jaligi va hunarmandchiligida qullar mehnatidan
keng foydalanilgan. Iqtisodiy jihatdan shunday rivojlangan mamlakatlar qatorida
forslar saltanati tarkibiga Frakiya va Makedoniya kabi viloyatlar, shuningdek
urug‘chilik tuzumining yemirilishi bosqichida turgan ko‘chmanchi arab va skif
qabilalari ham kirgan. Fors ma’muriyati zabt etilgan mamlakatlarda eski mahalliy
qonunlar, urf-odatlar, dinlar, pul tizimi, o‘lchov-og‘irlik tizimi, yozuv va tillarni
saqlab qolgan. Mahalliy tillar qatorida Axomaniylar davlatining rasmiy idora tili
bo‘lgan oromiy tili ham keng tarqalgan. Eronda qadimgi fors va oromiy tilidan
tashqari ma’muriy ehtiyojlar uchun elam tilidan ham keng foydalanishgan. Forslar
ko‘pgina finikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda
(masalan, Kilikiya, Sug‘diyona va boshqalar) mahalliy shohlar va hokimlar
3
sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va to‘lovlardan ozod etganlar.1
Persepol bilan bir qatorda axomaniylar Bobil, Suza va Ekbatanani poytaxt
qilishgan. Axomaniylar davlati madaniyati va san’ati Eron madaniy an’analarini
Yunoniston,
Ossuriya,
Misr
va
boshqa
mamlakatlar
an’analari
bilan
chog‘ishtirmasidan iborat bo‘lgan. Forslarning o‘zi saltanatda mumtoz mavqega
ega edilar. Ular soliqlar va majburiy ishlardan ozod etilganlar. Fors zodagonlari
eng muhim harbiy va fuqarolik lavozimlarini egallashgan. Fors shohlari, ularning
qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va
boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asoslangan katta xo‘jaliklarga ega
bo‘lishgan. Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega bo‘lmagani tufayli
beqaror harbiy-ma’muriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina
turli xalqlarni davlat tarkibida tutib turishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy
qudrati zaiflashishi bilan ularning davlati parchalanib keta boshlagan. Misr, Bobil,
Midiya, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda ko‘plab qo‘zg‘olonlar ko‘tarilgan
(mas, 522 yilda Midiyada Gaumata qo‘zg‘oloni va Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olon,
500 – 493 yillarda kichik osiyolik yunonlar qo‘zg‘oloni, 405 yil Misrdagi
qo‘zg‘olon). Miloddan avvalgi 5-asr oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda
o‘zaro urush olib borganlar, ba’zan esa hatto podshohning o‘ziga ham qarshi qurol
ko‘targanlar. 500 – 449 yillardagi yunon-fors urushlari davridayoq fors
qo‘shinining jangovarlik qobiliyati anchagina yo‘qotilgan. Miloddan avvalgi 330
yil Aleksandr Makedonskiy qo‘shini zarbalari ostida Axomaniylar davlati qulagan.
Turon xalqlarining Axomaniylar davlatiga qarshi olib borgan kurashlari haqida:
qarang To‘maris, Shiroq, Marg‘iyona qo‘zg‘oloni.
Mavzuning dolzarbligi. Doro I davlat hududini satrapiya (viloyat, fors tilida
kshatriy) deb atalgan ma'muriy soliq okruglariga bo’ladi. Satrapliklar o’z hajmi
jihatidan ilgarigi, ilk katta davlatlar, provinsiyalardan katta bo’lgan. Satrapliklar
mamlakatning eski davlat va etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar
1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд.
Т., Ўзбекистон, 1999. 128-132-бетлар; Каримов И.А. Озод ва обод, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард
мақсадимиз. 8-жилд. Т.,
4
ichida avtonom o’zo’zini boshqaradigan qabila va shaharlar Finikiya, Kichik
Osiyodagi yunon shaharlari mavjud bo’lgan. Forslar Finikiya shaharlarining ichki
ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular ahmoniylarni oxirigacha
qullabquvvatlaganlar. Satrapliklar ro`yxati Bexistun va boshqa qadimgi fors
yozuvlarida keltirilgan. Ularda 23 mamlakat sanalgan. Gerodot tarixida yigirma
satranlik keltirilgan. Gerodot 20 satraplik tarkibida ahmoniylar davlati tarkibiga
kirgan 70 ta shaharni sanaydi. Gerodot va ahmoniylar yozuvlaridagi farqlarning
mavjudligining sababi satrapliklar soni va chegaralari yangi bosqinchilik urushlari
yeki ma'muriy islohotlar natijasida o’zgarib turgan. Fors podsholari muntazam
ravishda satrapliklarni bo’lib turganlar, ularni soni oshib, hududlarning hajmi
kichraygan. Misol uchun Doro I davrida Kichik Osiyo 4 satraplikka, Doro III
davrida 7 ta satraplikka bo’lingan.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘rganilayotgan mavzu doirasida ko‘plab
tarixchi olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ushbu olimlar tomonidan amalga
oshirilgan ishlar hamda ilmiy yangiliklar va xulosalardan kelib chiqib, mavzuga
doir o‘z xulosamizni kurs ishida keltirib o‘tdik.
Kurs ishining predmeti va obyekti. Mazkur kurs ishi predmetini Er.avv IX-
VII asrlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, asosan O’rta osiyo satrapliklari boshqaruv
tizimi tarixi yoritib berilgan.
Kurs ishi tadqiqotining maqsadi. Mazkur kurs ishining asosiy maqsadi:
Er.avv IX-VII O’rta osiyo satrapliklari boshqaruv tizimini xolislik tamoyili
asosida o‘rganish hisoblanadi.
Tadqiqot ob’yekti. Ushbu kurs ishining tadqiqot ob’yekti Ahamoniylar
davlatini siyosiy jarayonlarin va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Davriy (xronologik) chegaralanishi. Kurs ishining xronologik chegarasi
Er.avv IX-VII asrlarni qamrab olgan bo‘lib, asosiy urg‘u Ahamoniylar davlatining
tarixiga qaratilgan.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan manba va
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5
I BOB. Ahamoniylar davlatining ma’muriy–boshqaruv tizimiga ta’rif
bering.
Qadimgi dunyoning eng yirik davlatlaridan biri (miloddan avvalgi 558 –
330). Axomaniylar davlati hududi Eronni va Hind daryosidan Egey va O‘rta
dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mam-lakatlarini, shuningdek Misr, Liviya
va Bolqon yarim orolning bir qismini bosib olish natijasida tashkil topgan.
Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim
orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar
ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-
ma’muriy satrapiya (okrug)larga bo‘linib, ularning tepasida maxsus amal-dorlar
(satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar(pul va natura
holda) to‘lashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi – 8,4 g oltin
og‘irligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda kumush tanga vazifasini
o‘tagan. Forslar ko‘pgina finikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim
mamlakatlarda (mas, Kilikiya, Sug‘diyona va boshqalar) mahalliy shoxlar va
hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va to‘lovlardan ozod
etganlar. Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron,
Kichik Osiyo, Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asos-langan
katta xo‘jaliklarga ega bo‘lishgan.Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga
ega bo‘lmagani tufayli beqaror harbiy-ma’muriy birlashma edi, u faqatgina qurol
kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib turishga asoslangandi.
Forslar 550 yil Midiyani egallab keyingi uch yil mo-baynida sobiq
Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa Lidiya va
6
Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545–539 yillar oralig‘ida
Kichik Osiyoning katta qismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519–512 yillar
oralig‘ida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning
shimolig‘arbiy qismi bo‘ysundirilgan. Kir II Parfiya Baqtriya Marg’iyonanai bosib
oldi. Mil avv 530-yilda massagetlarga muvofaqiyatsiz yurish qildi va o’limiga
sabab bo’ldi. Ahamoniylar podsholigi satraplari, shu jumladan O’rta Osiyo
satraplari pul soliqlaridan tashqari natura shaklida ham o‘lpon to’lashlari shart
bo‘lgan. Bu haqda, Doro I ning Suzdagi saroy qurilishi uchun Baqtriyadan oltin,
Sug’diyonadan lojuvard kumush titrat, Xorazmdan yarqirama rangdor toshlar
keltirilgani tarixdan ma’lum. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlari Iskandar
Zulqaynar tomonidan bosib olingach, hamda Salavkiylar va Yunon-Baqtriya
podsholigi tarkibiga kirgach, bu hududda ellinistik dunyoga xos xususiyatlar
tashkil topgan. Bu davlatlar boshqaruvi va davlat idoralari haqidagi ma’lumotlarni
keyingi mavzularimizda bayon qilamiz. Asosiy mezonlar: qonun, shartnoma: Safa-
Isfaxoniy qayd etganidek, “qonun tushunchasi zardushtiylikning eng ilk
bosqichlarida uning muhim qismi bo‘lgan…Zardushtiylik muqaddas adabiyotining
uchdan bir qismi qonunning turli bosqichlari va sohalarida unga tegishli bo’lgan”,
“Avesto” “amaliy qonunlari”ning maqsadi esa, “barcha jihatlardan uyg‘un bo‘lgan
uyushgan, gullab – yashnagan jamiyatni yaratish” bo‘lgan.2
II BOB. Ahamoniylar davrida o'rta osiyoning satrapliklarga bo’linishi
Ahamoniylar davrida o'rta osiyoning satrapliklarga bolinishi. O’tmishga
qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va
boshqa podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p
sonli aholiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular tabiiy
2 R.Shamsutddinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. Sharq nashriyoti. Toshkent. 2010-y
7
geografik sharoiti, til tarkibi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyati
jihatdan bir xil bo’lmagan xalqlarni o’z qo’l ostida birlashtirib, ular ustidan
hukmronlik qilishgan. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning tayanchi biror ma’lum
bir vaqt barqaror boshqaruvining sababi sifatida ba’zilar qudratli qo’shinni
ko’rsatsa, boshqalar bu davlat tarkibidagi xalqlar bir-biriga yaqin va doimiy
aloqada ekanligi hamda ular rivojlanish darajasi deyarli bir xil ekanligini
ta’kidlashadi. Sharqda qadimgi davlatlar chegaralari atrofida yashovchi aholining
kamchiligi bir tilda gaplashgan. Qadimda faqatgina bir nechta davlatlarda butun
aholi bir tilda so’zlashgan. Yoki teskarisi, masalan Ahamoniylar imperiyasi juda
ulkan hududni egallagan bo’lib, undagi xalq, elat, qabila-yu, qavmlar ko’p sonli va
turli tilda so’zlashar edilar. Qadim zamonlardan boshlab Urmiya ko’lining janubiy
tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar mil.avv. VIII-VII asrlarda ular Elamga
ko’chib ahamun urug’idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar, ular dastlab
podsholari Kayxusraf I ( Kir I) davrida osuriyaga, Kambiz I davrida (mil. avv. 600-
559) Middiyaga itoat etganlar. Kambiz I bilan Midiya shohi Asteagning qizi
o’rtasidagi nigohdan Kir II (Kayxusraf II ) dunyoga keladi. Kambiz II vafot etgach
Parsua taxtiga Kir II o’tirib, mil.avv. 559-yilda Pasargada shahrini qurdirib, uni
davlat poytaxtiga aylantiradi. Mil. avv. 553-549-yillar mobaynida olib borilgan
urushlarda Kir II bobosi Asteag qo’shinlarini yengib, Midiya va Elamni parsuaga
qo’shib oladi. Shu tariqa Ahamoniylar sulolasi asos solgan Ahamoniylar ya’ni
Eron davlati tashkil topadi. Bu davlat qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan.
Uning hududlari Misrdan to shimoli-g’arbiy Hindistonga qadar cho`zilgan edi.
Ahamoniylar davlati poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo`lgan.
Forslarga qadar Suzada elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron
hududlarida yashaganlar. So`ngra ular butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar
qabilalari joylashgan yurt keyinchalik Eron deb atalgan . Kir II g’arbda Lidiya
shohi Krass qo’shinlarini, shimolda armanlarni yengib, butun kichik Osiyoni bosib
oladi. Lidiya poytaxti Sard talanib, shoh Krass asir olinadi va o’ldiriladi, shundan
so’ng Geradodning xabar berishicha “… Kir II yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi, sak
va misrliklar turar edi”. Mil. avv. 545-530-yillar oralig’ida Eron shohi Bobilni ham
8
bosib olib Hind daryosigacha bo’lgan yerlarni istelo qiladi. Mil. avv. 530-yilda Kir
II O’rta Osiyo ko’chmanchilari massagetlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Kir II
o’ldirilgach, Eron taxtiga uning o’g’li Kambiz II o’tiradi. “… shundan so’ng
Kambiz II bor e’tiborini g’arbga tomon qaratadi va natijada milloddan avvalgi 525-
yilda Misr bosib olinadi”. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy urushi
muvafaqiyatsiz tugaydi. U Misrda ekanida Gaumatta boshliq eroniylar isyon
ko’taradi. Isyonni bostirish uchun Erondan qaytayotganda Kambiz II o’ldiriladi
(522-yil) shundan so’ng Eron taxtiga Gaumatta o’tirib, 7 oy podsholik qiladi.
Behistun yozuvlarida (1, 50 51) “Xalq qo’rqardi” Gaumatadan. Hattoki, ko’pchilik
Fors xalqi birlashib Doro huzuriga kelishadi va uni taxtga o’tkazish kerakligini
aytishadi. Shunday qilib Midiyada o’ldirilgani qayt etilgan bu voqealardan ko’p
o’tmay mil. avv. 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o’ldiriladi, undan
so’ng Eron taxtiga Ahamoniylar urug’idan bo’lgan Doro I o’tiradi. ( Mil. avv. 522-
486-yillar ) Doro I podsholigini dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, O’rta Osiya
va boshqa hududlarda boshlangan qo’zg’alonlarni shavqatsizlik bilan bostiradi.
Manbalarda, Doro I hukmronligining dastlabki yillarida bu haqda Doro shunday
deydi. “… Qachonki men buyuk shahanshoh Gaumatani o’ldirganimda, faqat bitta
Asina ismli kishi Upadarmining o’g’li menga qarshi chiqib Elamda o’z
hukumdorligini boshladi. U xalqqa shunday dedi …men elam hukmdoriman.
Shundan so’ng isyonchi elamliklar Asinani hukmdor deb tan olishdi. …men u
yerga “gonsa” yubordim. Asina tutub keltirildi va men uning boshini oldim.
Ahamoniylar davri aynan Doro I davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishdi desak
xato bo’lmas. U mamlakatda osoyishtalik o’rnatgandan so’ng qator sohalarda
islohotlar o’tkazdi. Biz hozir Doro I umuman Ahamoniy hukmdorlar boshqaruvi
davrida O’rta Osiyo va O’rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, harbiy va
ma’muriy masalalarga to’xtalib o’tamiz, bularning barchasi Eron shohlarining
ayniqsa Doro I ning islohotlariga bog’liqdir.
Eron
shahanshohlari
ulkan
hududlarga
cho’zilgan
mamlakatni
boshqarishda etnik va geografik xilma-xilligini hisobga olib, ularni o’zaro
aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy tuzulishni ishlab chiqishgan. Bu ma’muriy
9
birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan apparat ildiz ottirildi, sababi
hayotning har tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni
so’zsiz itoatda tutib turish imkonini berar edi. Bularning barchasi uchun asosiy
narsa poytaxt hisoblanar edi. Poytaxt har qanday buyuk imperiyalarda ham
ma’muriy,
ma’daniy
va
tranzit
aloqalar
markazi
hisoblanadi.
Poytaxt
mamlakatning barcha shahar-u qishloqlarini o’ziga birlashtirgan bo’lsada, unda
o’ziga xos boshqa joylarga o’xshamagan madaniy yo’nalish me’moriy uslubi
bo’ladi. Eronliklar shunday moliya va ma’muriy aparat yaratgan edilarki bu orqali
imperiyaning barcha hududlariga bir xil boshqaruv tizimi oqali boshqarishar edi.
Shoh Doro I mamlakatni satrapliklarga o’lpon to’lovchi okruglarga bo’ladi.
Satrapliklar hozigi viloyatlarga o’xshaydi. Ahamoniylar davlatida ular bosib
olingan davlat hududiga to’g’ri keladi. Masalan Misr bunga misol bo’la oladi.
O’rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo’linib idora etilgan.
Baqtriya Marg’iyona bilan birgalikda12-satraplikni tashkil etgan. U podsho
xazinasiga yiliga 360 talan jarima to’lagan. Parfiya, Xorazm, So’g’d va Areya
birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga 300 talan jarima to’lagan. Saklar
va kaspiylar esa 15-satraplik bo’lib, ular Doro I xazinasiga yiliga 250 talan jarima
to’lagan .
O’rta Osiyodagi umumiy barcha satraplar o’z hududlaridagi eng qiyin va
qattiq hujjat va sud ishlarini ham olib borishgan. Satrap (O’rta Osiyadagi)
mahalliy zodagon rasmiylarga soliqlar yig’ilishini, xazina hisob kitobini ishongan.
Bundan tashqari ular jarchilik, tergovchilik va kotiblik ishlarini ham yuritganlar.
O’sha paytda ish yuritishda Bobil usuli tanlangan edi hujjatlarda esa oromiy
yozuvida Ahamoniylar davrida oromiy yozuvi qadimiy Akkadning mixxat yozuvi
siqib chiqardi. Va natijada oromiy yozuvi Osiyoda xalqaro savdo va diplomatik
tilga aylandi. Ko’p sonli aholi ahvoli va byurokratiyani (qonuniylikni) nazorat
qilish maqsadida saroyda maxsus tekshiruv guruhi “shohning ko’zi va qulog’i” bir
vaqtning o’zida qadimiy va yashirin politsiya tuzildi. Bu maxsus gurux
mamlakatning barcha mamlakatlarida faoliyat olib borgan. Ular hatto satrap va
harbiy qo’mondonlarni ham nazorat qilib turishgan. O’rta Osiyadagi satrapliklar
10
aniqrog’i XVI satraplik tarkibiga kiruvchi Pafiya janubiy Turkmaniston va
shimoliy-sharqiy Eronning ma’lum hududlarida joylashgan edi. Miloddan avvalgi
VI-IV asrlarda Parfiya yirik shaharlarni o’zida birlashtirgan harbiy-ma’muriy
markaz sifatida muhim rol o’ynagan. Midiya manbalarida Parfiya o’ziga qo’shni
bo’lgan ko’chmanchi oaziv qabilalari bilan yaxshi aloqada bo’lganligi va ular
bilan to’g’ridan to’gri savdo ayirboshlash ishlarini olib borganligi qayt etilgan.
Milloddan avvalgi 549-yil Elam bosib olingandan keyin ikki yil mobaynida
Ahamoniylar qo’shini oldingi Midiya davlati tarkibiga kiruvchi Parfiya, Girkaniya,
Arman xududlarini bo’ysuntirishga kirishganligi manbalarda ham qayd etilgan.
Miloddan avvalgi VII asrning 40-30-yillarida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal
Elam davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo`lib Midiyaga
qaram bo`ladilar. Mil. avv. VI asrda forslar Midiya Hukmronligini ag`darib
tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo`shib oldilar. Mil. avv. 599-yilda Fors
podshosi bo`lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani
bosib oladi. Mil. avv. 545-539-yillarda Kayvusrav hozirgi Afg`oniston, O`rta
Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlati hududi Hindistonning shimoliy-g`arbiy
chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag`irlari va Sirdaryo havzalarigacha
yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo`nalishlarda o`z ta`sirini mustahkamlagach,
Bobilga yurish qiladi. 539-yilda 2 oy davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari
bosib olinadi. Bobil podsholigi rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy tuzilmasi
o`zgartirilmaydi. Bobil shahri Fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga
aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o`rinda qolaveradi,
bobilliklarning qadimgi diniy e`tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar.
Parfiya deyarli barcha satrapliklarda “shohning qulog’i va ko’zi” (militsiya)ning
ishi yaxshi va samarali bo’lishi uchun ”shoh yo’li”ni tamirlash ishlari olib
borilgan. Ularga qum sepilib, ustidan tosh yotqizilgan. Savdo yo’li bo’lmish ,”shoh
yo’li”ning bir qismi aslida asosiy qismi O’rta yer dengizidan Eron poytaxtigacha,
“miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sharqning buyuk davlati Eron Ahomoniylar
davlati hududida savdo yo’li “shox yo’li” nazarda tutilmoqda. O’rta yer dengizi
bo’ylaridagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxti Suza oldinroq Persopol
11
tutashtirgan” Parfiya orqali ham o’tardi. Shu savdo yo’lida Parfiya yo’lida ko’plab
karvon saroy ko’prik va hammasidan ham qizig’i qurilgan inshootlarni doimo
habiylar qo’riqlab turganlar bular asosan tovarlar saqlanadigan omborlar bo’lgan.
Asli Parfiya qay tarzda ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida gapiradigan
bo’lsak, Midiya hukmdori Astiag (miloddan avvagi 625-584) davrida
mustaqillikka erishadi va yunon tarixchisi tili bilan aytganda “o’z yurtlarini
saklarga topshiradi” Xorazm bilan ittifoq tuzib Midiyaga qarshi kurashga
shaylanayotganda Midiya davlati qulaydi. (Miloddan avvalgi 550-yil) Miloddan
avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya ahamoniylar qo’l ostiga tushadi va
saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiradi . Ahamoniylar davlati tarkibidagi deyarli
bir xil boshqaruv tizimi joriy etilgan edi. Parfiyadan shimolroqda Murg’ob
vohasida Marg’iyona joylashgan edi. Marg’iyona suvga boy hudud hisoblanadi.
O’sha davrlarda miloddan avvalgi VI-IV asrlar Marg’iyonada juda mukammal
rejalashtirilgan irrigatsion sistema asosida sug’orish inshootlari qurilgan bo’lgan.
Marg’iyonada tokzorlar juda ko’p bo’lganligi hamda bog’dorchilikdan tashqari
dehqonchilining taraqqiy etishiga ham manashu sug’orish tizimi asos vazifasini
bajargan. O’rta Osiyodagi muhim viloyatlardan biri shubhasiz, Baqtriya bo’lib,
uning muhimigini shunda ko’rish mumkun-ki, uni yo taxt vorisi yo shoh
qarindoshi boshqargan. Ahamoniylarning Baqtriya bilan ilk munosabatlari
to’g’risida ma’lumotlar yetarli deb bo’lmaydi. Doro davriga kelib esa Baqtriya
qat’iy ravishda Ahamoniylar qo’l ostidagi mulklar qatoriga sanab o’tiladi . Doro
Baqtriyaga o’z noibi qilib fors Dodarshishni tayinlagan. Geradod qiziq bir
ma’lumot qoldirgan. Kir va uning o’g’li Kambiz hukmdorligi davrida qaram
mamlakatlardan muayyam bir soliq olinmagan. Biroq bir tobe mulklardan ularga
sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar savdogar deyishlariga sabab, deb
yozadi Geradod: - u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy etganligidir” . Baqtriya
mustahkam qo’rg’oni eslatgan. Ahamoniylar undan shimoli-sharqiy hududlarni
boshqarishda tayanch sifatida foydalanishgan. Doro I soliq siyosatini o`zgartiradi.
Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiradi. Har bir viloyat yer hajmi va
hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy belgilangan soliq to’lovini amalga guvohliklarni
12
Pernopoldagi (Erondagi Sheroz shahridan shimolda taxminan 50 km masofada
joylashgan, 520-450-yillar orasida qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin .
Lekin Doro I ning qabir toshi bitiklarida Ahamoniylar saltanatida tobe mamlakatlar
ro’yxatida So’g’diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan xolos. Xorazm esa bu qatorda
yo’q. Geradod qoldirgan ma’lumotlarda aytilishicha Parfiya, Xorazm, So’g’diyona,
Ariya ahamoniylarga qaram XVI okrugni tashkil etib, yiliga 300 talant soliq to’lab
turganlar .3
Miloddan avvalgi 520-yil Elamliklar 3 marta Forslarga qarshi chiqdilar va bu
haqda Behistun yozuvlarida shunday xabar qilinadi. Elam deb nomlanmish
davlatda isyon bo’ldi Elamliklar Atamanta ismli shaxsni o’zlarining hukmdori deb
elon qilishibdi shundan so’ng men qo’shin yubordim. Meni xizmatimdagi
Gaubaruva ismli forsni ularga boshliq qildim. U Elamliklar bilan uzoq urushdi.
Keyin Gaubaruva Elamliklarni tor-mor qildi va yanchib tashladi, ularni boshlig’ini
ushlab meni oldimga olib keldi va men uni “o’ldirtirdim shundan so’ng mamlakat
meniki bo’ldi” . Shu tariqa butun O’rta Osiyo ahamoniylar qo’l ostida o’tdi
ajdodlarimiz o‘z erki uchun doimo kurashib kelgan. Shu misolda Fradani olishimiz
mumkin. Tarixchilarning xabar berishicha eng ko’p odam o’ldirilgan joy
Marg’iyona bo’lgan ekan (qo’zg’olonni bostirish paytida 55 ming kishi o’ldirilgan
6972 asir qilingan). Ahamoniylar davlat boshqaruvi shakliga ko’ra zo’rlikka
asoslangan, tuzilishi markazlashgan initar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat
podshoh qo’lida edi u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga tayangan holda
boshqargan. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o’rinda hazorapat (ming
boshliq) turgan. U barcha davlat organlariga va mansabdor shaxslar faoliyatining
nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy
qo’riqchilariga boshliq bo’lgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar
haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar taftishchilar podshohga
ma’lumot yig’ib keluvchilar apoqa xizmati xodimlari va boshqalar bo’ysungan.
3 A.Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. Sharq, Toshkent, 2001.
13
Ahamoniylardan Doro I mamlakatni mustahkamlash uchun qator islohotlar
o’tkazadi. U bosib olingan hudud ustidan nazorat o`rnatadi, soliqlar yig`imini
tartibga soladi. U davlat hududini satrapiya deb atalgan ma`muriy soliq okruglariga
bo`ladi. Bunda asosan miqdori talan bilan belgilanganligini ko’rishimiz mumkin.
Satrapliklar o’z hajmi jihatdan ilgarigi katta davlatlar, provinsiyalardan ham katta
bo`lgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar
Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham mavjud bo`lgan. Forslar
Finikiya shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular
ahamoniylarni oxirigacha qo`llab-quvvatlaganlar. Satraplik lavozimiga forslar
tayinlanadigan bo`ladi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo`l ostida fuqarolik
va harbiy hokimiyat to`plangan edi. Bu haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va
yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtning o`zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini
bajargani to`g`risida aniq ma`lumotlar bor. Satrap va harbiy boshliqlar markaziy
hokimiyatni podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati
ostida bo`lganlar. Chunki viloyat satraplari doimo mustaqillikga erishishga harakat
qilib, ajralib chiqish xavfini tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar
ustida oliy nazorat “xazorapat” deb atalgan mansabdor qo`lida bo`lgan. U bir
vaqtning o`zida “o`n ming o’lmas” podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig`i
bo`lgan. Islohotlar natijasida markaziy podsho konselariyasi bilan katta
byukrokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada bo`lib,
podshoning bosh qarorgohi Persopol bo`lgan. Miloddan avvalgi 522-521-yillarda
anchagina hududlarni bosib olib yoki ko’tarilgan qo’zg’alonlarni bostirib bo’lgan
Doro I islohotlar qila boshlaydi. Yuqorida ma’muriy jihatdan satrapiyalarga
bo’linganligini gapirib bo’lgan edik. Endi uni barcha sohalardagi islohotlarni
gapirib o’tsak. Boshqaruv tizimida qonunlarni joriy etish maqsadida bir guruh
qonunshunoslarni yig’ib qadim Misr hududidagi qonunlarni barchasini yetarlicha
yaxshi o’rganib hamda o’zining yangi qonunlari uchun asos bo’lgan Hamurapi
qonunlari bilan birga butun imperiya hududida bo’ysunishi shart bo’lgan barcha
qonunlarni ishlab chiqdi. Doro I soliq tizimini joriy etib, o’z boyligini ko’paytiradi.
Satrapliklardan qancha miqdorda soliq olishini Doro I o’zi belgilagan edi. Bu
14
belgilagan miqdor to ahamoniylar davlati qulaguncha qadar o’zgarmadi. Soliq
yig’ib olish anchagina shavqatsiz kechgan. Forslarning qudratini dunyoga ularning
armiyasi orqali bilishadi. Ahamoniylar armiyasi asosini forslar va middiyaliklar
tashkil etgan, ular armiya safida 20 yil mobaynida xizmat ilganlar. Forslarning
harbiy qudratini sharqiy eronliklar va shimoli-sharqiy hududdagi jangchilar saqlab
turishgan. Forslarning otliq qo’shini asosini O’rta Osiyolik saklar tashkil etgan.
Harbiy hayotda saklar butun Ahamoniylar davlati faoliyati davomida otliq
qo’shindagi ustunlikni hechkimga bermaganlar. Forslar armiyasida 10 ming
kishidan tashkil topgan “Bessmertnix” o’lmaydiganlar guruhi bo’lgan. Jangladagi
forslarning g’alabasini aynan ular taminlashgan. Hokimiyatdagi boshqaruv haqida
gapiradigan bo’lsak barcha sud ishlarini satraplar nazorat qilgan, tergov va
tekshiruv ishlari esa ishonchli mahalliy zodagonga yuklangan. Yo’llarning
tamirlanganligi karvon saroylarning qurganligi aloqa tizimini yaxshi ishlashiga
zamin yaratgan. Qo’shin otliq va piyoda harbiy qismlardan tashkil topgan. Otliq
qismlar-zodagonlardan; piyodalar-dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning
uyg`un harakati urushlarda g`alabani qo`lga kiritishga sabab bo`lar edi. Piyoda
qo`shinning asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez
qalqon va ikki temir nayza ham bo`lgan. Qo’shinning eng ilg’or qismi o`n ming
“o`lmas” askarlarining birinchi mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat
bo`lib, podshohning shaxsiy qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli
fors, elam qabilalaridan to`ldirilgan. Bosib olingan mamlakatlarda qaram
aholining qo’zg’olonlarini bostirish maqsadida qo’shinlar joylashtirilgan. Misr va
Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer
berilib harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo`lgan harbiylar har
oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste’foga chiqgan askar oilasi bilan asosan
kichik yer ulushidan kun ko’rgan, savdo va turli hunarlar bilan shug’ullangan. Eng
muhim urush harakatlari davrida har bir qaram xalq ma`lum miqdorda askar
yetkazib berish majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi
rol o`ynay boshlaydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti
yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar xizmat qilganlar.
15
Ko’pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo`lgan. Miloddan avvalgi V
asrdan boshlab Fors o’lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi.
Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshlaydilar. Bu o’z navbatda fors piyoda
qo’shinlarini jangovar qobilyatini yo’qotishga olib keladi. Endilikda ular yaxshi
qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtira boshlanadi. 4
Doro I davrida Eron. Kambiz II o`ldirilgach, Gaumata Eron taxtiga o`tirib,
yetti oy podsholik qiladi. Lekin ko`p o`tmay miloddan avvalgi 522-yil 29-
4 B.J. Eshov, A.A.Odilov. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, 2014.
16
sentabrda fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Gaumata o`ldirilgach, Eron taxtiga
ahamoniylar urug`idan bo`lgan Doro I o`tiradi (miloddan avvalgi 522–486-yillar).
Doro I podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa
mamlakatlarda boshlangan qo`zg`olonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Doro I
itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osoyishtalik o`rnatgach, bir qator islohotlar
o`tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka – viloyatga bo`lib, ularning
har biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi qo`shinga harbiy sarkardalar
boshchilik qilib, davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat o`rnatganlar. Butun
mamlakat satrapliklarida «podshoning ko`zi va qulog`i» deb nom olgan
nazoratchilar faoliyat ko`rsatganlar. Har bir shubhali kishi qattiq nazorat qilinib,
jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o`ldirilgan ham.
Mamlakat viloyatlari o`rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan
«shoh yo`llari» qurilgan. Bu yo`llar Pasargadadan mamlakatning turli
burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yo`llarda, bekatlar, karvonsaroylar, korizlar
qurilib, ularni otliq soqchilar qo`riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe
mamlakatlardan xiroj solig`i undirilgan. Doro T Misr, Milet, Bobil, Elam, Turon
va boshqa joylarda ko`tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va
isyonchilarni jazolagan.
Doro I podsholigining so`nggi yillarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani
bosib olganlar, Yunonistondagi Afina va Sparta eroniylarga qattiq qarshilik
ko`rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining o`rta va quyi oqimidagi yerlarni
bosib olganlar.
Doro I ning Turon va Qora dengiz shimolidagi skiflar yurtiga, Yunonistonga
uyushtirgan istilochilik yurishlari eroniylarning mag`lubiyati bilan tugagan.
Miloddan avvalgi 486-yili Misrda eroniylarga qarshi qo`zg`olon boshlanadi.
Doro I qo`zg`olonni bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486-yili 64 yoshida
vafot etadi.
So`nggi ahamoniylar davrida Eron. Doro I vafot etgach, taxtga uning o`g`li
Kserks o`tiradi. U Eronda miloddan avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465-
yilgacha podsholik qilgan. Miloddan avvalgi 484–481-yillarda Misr va
17
Mesopotamiyada juda katta isyonlar ko`tarilib, Kserks ularni juda qiyinchilik bilan
bostiradi.
Miloddan avvalgi 480-yilda Kserks juda katta qo`shin bilan Yunonistonga
bostirib kiradi. Eron qo`shinlari yana Frakiya bilan Makedoniyani jangsiz bosib
oladilar. Shimoliy Yunonistonni ishg`ol qilgan eroniylar Fermopil shahri
ostonasiga kirib keladilar. Fermopil mudofaasiga Sparta podshosi Leonid
boshchilik qilib, uning qo`shinlari dushmanni o`rta Yunonistonga o`tadigan yo`lni
to`sib turar edi.
Leonid o`z qo`shinlari bilan ikki kun davomida eronliklarning hujumini
qaytarib turadi. Ammo fessaliyalik bir xoin katta boylik evaziga eron qo`shinlarini
tog` so`qmoqlari orqali yunon qo`shinining orqa tomoniga olib o`tadi. Leonid 3100
kishidan iborat sparta jangchilari bilan jangga kiradi. Jang ikki kecha-yu ikki
kunduz davom etadi. Ayovsiz jangda Leonid va uning jangchilari qahramonlarcha
halok bo`ladilar. Eroniylar o`rta Yunonistonga bostirib kiradilar va Afinaga
yaqinlashadilar. Afina aholisi Salamin oroli va Peloponnesga ko`chiriladi. Afina
eroniylar tomonidan ishg`ol qilinib, yondiriladi.
Ammo jang Salamin bo`g`ozida davom etib, eroniylarning mag`lubiyati,
yunonlarning g`alabasi bilan tugaydi. Bu mag`lubiyatdan so`ng eroniylar
Yunonistondan ketishga majbur bo`ladilar. Yunon-Eron urushi to`xtab-to`xtab
miloddan avvalgi 449-yilgacha davom etib, eroniylarning mag`lubiyati bilan
yakunlanadi. Miloddan avvalgi 449-yil Suzada bo`lgan «Kalliy sulhi» ga binoan
Eron Kichik Osiyodagi ko`p joylaridan ajralib, uning harbiy-dengiz floti Egey
dengizida suzishdan mahrum etiladi.
Miloddan avvalgi 465-yili Kserks o`ldirilgach, Eron taxtiga birin-ketin
Artakserks I (460–424), Doro II (423–404), Artakserks II (404-358), Artakserks III
(358-336) va Doro III (336-330) kelib ketadilar.
Bu davrda Eron kuchsizlanib ko`p o`lkalarda qo`zg`olonlar ayj olib ketadi. Bu
qo`zg`olonlarning ba`zilari shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ayni paytda Kariya,
Lidiya, Kilikiya, Hindiston, Xorazm va boshqa mamlakatlar Eron tobeligidan
chiqib ketadilar.
18
Yunon-makedonlarning sharqqa yurishi va Eron saltanatining qulashi.
Miloddan avvalgi 336-yili Filipp II o`ldirilgach, Makedoniya taxtiga uning o`g`li
Iskandar o`tiradi. Miloddan avvalgi 334-yili Iskandar 30 000 piyoda, 5000 otliq
askar va 160 harbiy kemadan iborat kuch bilan Kichik Osiyoga o`tib, Eronga urush
e `lon qiladi.
Miloddan avvalgi 334–332-yillardagi dahshatli janglar natijasida Iskandar
Kichik Osiyo, Kilikiya, Suriya, Finikiya va Palastin kabi davlatlarni bosib oladi.
Iss yonidagi jangdan so`ng Eron shohi xotin, bola-chaqasini tashlab, Markaziy
Eronga qochib ketadi. Uning butun oilasi Iskandarga asir tushadi. Misr Iskandarga
urushsiz taslim bo`ladi.
Miloddan avvalgi 331-yil 1-oktabrda Gavgamel yonidagi dahshatli jangda
Eron qo`shinlari yana tor-mor etiladi. Shundan so`ng ikki daryo oralig`i va unga
tutash bo`lgan Bobil, Suza, Persepol, Eron poytaxti Pasargad yunon-makedon
qo`shinlari tomonidan bosib olinadi. Doro III qolgan qo`shinlari bilan Ekbatanga
chekinadi. Iskandar esa eroniylarni ta`qib qilib boraveradi. Ekbatanga Iskandarni
kelayotganini eshitgan Doro III Baqtriyaga qochib ketadi. Baqtriya satrapi Bess o`z
qarindoshi Doro III ni o`ldirib, o`zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb
e`lon qiladi. Ko`p o`tmay Bess Iskandar tomonidan ushlanib qattiq qiynoqqa solib
o`ldiriladi.
Miloddan avvalgi 329–327-yillarda Iskandar Turonning bir qismini, 327–325-
yillarda esa Hindistonning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. U 325-yili Ikki daryo
oralig`iga qaytib, Bobilni buyuk saltanatining markaziga aylantiradi. Iskandar
buyuk saltanatni ikki yildan oshiqroq boshqaradi. Qadimgi dunyoning buyuk
sarkardasi va shohi tez orada betob bo`lib, ehtimol zaharlanib miloddan avvalgi
323-yilda vafot etadi. Iskandar tuzgan bu ulkan davlat mustahkam emas edi. Ayni
paytda bu davlatni boshqara oladigan Iskandarzodalar ham yo`q edi. Shu tufayli bu
ulkan davlat parchalanib, uning o`rnida bir qancha mayda davlatchalar tashkil
topdi. Ularni Iskandarning lashkarboshilari bo`lib oladilar. Eronda esa Salavkalar
davlati tashkil topadi.