O‘RTA OSIYONING QADIMIY MUSIQA MADANIYATI.
Reja:
1. O’rta Osiyo qadimgi xalqlari musiqali-poetik ijodi.
2. So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm cholg’uchiligining yakka ansambl
ijrochiligi.
3. O’rta Osiyo arxeologik noyob topilmalari.
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi”
1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.
1.O’rta Osiyo qadimgi xalqlari musiqali-poetik ijodi. O’zbek xalqining
musiqa tarixi ko’p asrlik tarixga ega. Ko’pgina sozandalar va xonandalar
avlodining faoliyatida qaror topgan xalq, hamda og’zaki an’anadagi professional
muzika san’ati bu xaqida guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining
tasdiqlashicha bugungi O’zbekiston xududida O’rta Osiyo xalqlarining ajdodlari
yaratgan qadimgi taraqqiyot mavjud bo’lgan.
O’zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O’rta osiyo xududida
yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam
bog’langan. Bu musiqa asarlari X-XI asrgacha ( chegaralanganliklarigacha)
o’zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o’zbek va tojik musiqa
madaniyatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi.
O’rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan
bizning eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o’troq
dehqonlar (so’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko’chmanchi (saklar,
massagetlar va boshqa) qabilalar edi.Ular xaqidagi ma’lumotlar Avestoda ham
uchraydi. Xalq she’riyati va musiqa san’atining boshlanishi o’sha davrlarga borib
taqaladi. Xalq she’riyati va musiqa san’ati dastlab sinkretik( bir biridan
ajralmagan) holatda bo’lgani to’g’risida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma
yodgorliklar, shuningdek O’rta osiyo xalqlarining revolyutsiyagacha bo’lgan
turmushi,
ularning
urf-odatlari,
to’y
tomoshalarining
arxaik
(san’at
taraqqiyotining qadimgi ilk bosqichi) elementlari guvoh beradi. Buni
arxeologiya,etnografiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Sinfsiz jamiyat sharoitida O’rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy, ya’ni urib
chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi. Xalq
cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan. Urug’chilik jamiyatining emirilishi va
sinfiy jamiyatga o’tish Baqtriya, So’g’diyona va Xorazmda davlatlarning paydo
bo’lishi, axmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr
Makedonskiy davlati Grek-Baqtriya podsholigining vujudga kelishi juda katta
davrni o’z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli, mifologik-qahramonlik ustun
bo’lgan, qadimgi og’zaki musiqali she’riyat ijodning yuzaga kelishi bilan
mashhurdir.Qahramonlik afsonalari, epik qo’shiqlar O’rta osiyo xalqlarining o’z
mustaqilliklari uchun olib borilgan mardonavor kurashlarining bo’yoqdor
tasvirlari bilan to’la. O’z xalqining ozodligi yo’lida jonini qurbon qilgan cho’pon
Shiroqning mislsiz jasorati vataniga bo’lgan muxabbati to’g’risida hikoya
qiluvchi, Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan.
Masalan, Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo’lgan muhabbati,
tanimagan otasi qo’lida qatl qilingan o’g’li Suhrobning o’limi to’g’risida hikoya
qiluvchi qo’shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik
bu qo’shiqlar tojik xalqining ajoyib eposi - “ Shohnoma”da o’z aksini topdi.
Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to’g’risida afsonalar tsikli yaratildi.
Xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lgan turli-xil marosimlarda ham qo’shiq
aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto madhiyalarinig o’zi
rechitativ (ohang bilan aytiladigan so’zlar)tarzida ijro etilgan. Madhiyalar xor
bo’lib aytish mumkin bo’lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy,
yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo’lgan. Xudolarga sig’inish bilan bog’liq
bo’lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo’shiq aytilgan raqs tushilgan.
Xalqning bayram marosimlari masalan : bahorda kun va tunning
baravarlashuvi Navro’z keng tarqalgan edi. O’rta asr yozuvchilari musiqaning
mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan tabiatdagi
o’lish va tirilish xaqidagi miflar(afsonalar) bilan bog’lashga bo’lgan intilishlarini
ham ko’rsatib o’tganlar.
O’rta Osiyoning yirik davlatlari hududida vujudga kelgan zo’ravonlikning
mustahkamlanishi ularni atrofdagi davlatlar bilan yanada yaqinlashtirdi. O’rta
Osiyo Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-Baqtriya
podsholigi tarkibiga kirgan edi. O’rta Osiyo tarixida antik(qadimiy boshlanish)
deb nomlangan bu davr madaniyatida aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining
tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom frizida( bino, devor, gilam peshonasi,
hoshiya) qo’sh avlosni uchratish mumkin.
Qadimgi O’rta Osiyodagi antik madaniyatning ko’pgina xususiyatlarini
aniqlagan holda sharqshunoslar uni bilishning o’ziga xosligini, aytaylik musiqa
asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko’rsatib
berdilar. Mahalliy udumlarning yunon, hind va an’analar bilan chatishib ketishi
sozlarda ham aks etgani o’sha davr madaniyatining o’ziga xos xarakterda
bo’lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O’rta Osiyo musiqa madaniyatiga
ta’sirini o’rta asrdagi O’rta osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida
uchratish mumkin bo’lsa ham, vaqtlar o’tishi bilan bu ta’sir yo’qola bordi.
2. So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm cholg’uchiligi yakka ansambl
ijrochiligi. O’zbek xalq cholg’ularida zamonaviy ijrochilik san’ati o’z
taraqqiyotining ko’p asrlik an’analarini meros qilib oldi. Ularning ildizlari qadim-
qadim davrlarga borib taqaladi. 1933-yilda Ayritom shahristoni arxeologik
qazilmalarida topilgan materiallar qadimiy, adabiy manbalar o’zidan ilgari turli
musiqa asboblari bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramiz boshlarida turli-tuman xalq cholg’ularida kundalik turmushda, ovd,a
saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarda, xalq sayillarida foydalanilgan.
Xalq cholg’ulari asrlar davomida insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirib,
tadrijiy ravishda rivojlandi va takomillashdi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari, tasviriy san’at asarlari jumladan devordagi
rasmlar, sopol haykalchalar va turli miniatyuralar eramizning VII asridayoq ikki
turdagi xalq cholg’ulari ansambli mavjud bo’lganligi xaqida ma’lumot beradi.
Ulardan biri (damli) va urma zarbli cholg’ulardan, ikkinchisi torli va
mizrobli(chertma) cholg’ularidan iborat edi. Bulardan tashqari nay, surnay,
chang, tanbur, ud va g’ijjak kabi cholg’ularda yakkanavoz ijrochilik ham mavjud
ekanligi ma’lum.
Repertuar esa xalq ohanglari va cholg’uchilar bastalagan asarlardan tuzilgan.
Ijrochilik xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyot bilan uzviy aloqada rivojlangan.
O’rta asarlarda xalq musiqa ijodining og’zaki an’analari keng tarqalgan bo’lib,
ular cholg’u musiqasining har xil janrlarini qamrab olgan edi. To’y-tomosha
bayramlar, ( Navro’z, Hosil bayrami) xalq og’zaki ijodining an’anaviy
intonatsion (talaffuz) tuzilishi bilan bog’liq maqom turkumlari singari rang-
barang musiqa san’ati turlari ulkan madaniy meros sifatida avloddan avlodga
o’tib kelgan. Chunonchi, yurish hamda taqlidga asoslangan uyg’un “harbiy
musiqa” shakllandi. U harbiy ko’riklarda, turli marosim va tantanalarda
shuningdek saroy a’yonlari huzurida ijro etilgan.
O’rta asrlarda musiqa ijrochiligi bir biridan farqli o’laroq uch xil mustaqil
uslub kasb etdi.Ularning birinchisi Farg’ona-Toshkent ijrochilik yo’nalishi,
ikkinchisi Xorazm ijrochilik yo’nalishi va nihoyat uchinchisi Buxoro-Samarqand
ijochilik uslubidir. Tuzilishiga ko’ra oddiygina kuy va qo’shiqlar bilan bir qatorda
lad tonalligiga ko’ra murakkab vokal-cholg’u musiqa shakllari, maqom
turkumlari mavjud bo’lgan. Eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida O’rta osiyoning
g’arbiy viloyatlarida Parfiyon sharqida esa Grek Baqtriya davlatlari tashkil topdi.
Eramizning I asrida O’rta Osiyoning janubiy qismida qudratli Kushon shohligi
tarkib topdi. Mahalliy Kushon sulolasi hokimiyati ostida bir qancha davlatlar
birlashdi, buning natijasi o’laroq shaharlar yuksaldi, madaniyat gullab yashnadi,
yangi-yangi musiqa cholg’ularining yaratilishiga shart sharoitlar yuzaga keldi.
Xalq cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan.Ma’lumotlarga qaraganda
dastlabki musiqa cholg’ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga
kelgan deb taxmin qilinadi Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg’ular paydo
bo’gan . Bu tushunarli, chunki eng qadimgi mehnat qo’shiqlari ishning ritmik
tuzilishi bilan bevosita bog’liq. Keyin shovqinli cholg’ular paydo bo’ladi.
Ijrochilar qarsak chalib, ritmni ta’kidladilar,shovqinli cholg’ular ta’sirini
kuchaytirdilar. Ijrochi ayollarning chapak zarblari o’ziga xos takrorlanmas go’zal
holatni keltirar edi.
Keyinroq xalq ustalari tomonidan qamish yoki bambuk poyasidan surnay-
hushtak, yana biroz o’tgach esa nay (bo’ylama, ko’ndalang, ko’p yo’lli, naysimon
hushtaklar, shiqildoqlar, chiltorlar, (arfa, lira) va kifaralar yasaldi. Vaqt o’tib u
cholg’ular yanada takomillashib,(ko’p yo’lli, shuningdek zamonaviy ko’p
teshikli ) naylar yuzaga keldi. So’ngroq torli-mizrobli va torli-kamonchali
musiqali cholg’ulari paydo bo’ldi . Ulardan saroy a’yonlarining marosimlarida,
harbiy yurishlarida foydalanilgan.
Qadimgi sharq madaniyati quchog’ida o’zbek xalq cholg’ulari shakllandi.
Ular ko’p asrlik taraqqiyot davomida o’ziga xos xususiyatlarni, tovush tusini
saqlab qoldi. O’ziga xos tuzilishi tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g’ijjak,
qobuzlar an’anaviy shakllarda bizgacha etib keldi.
Xalq cholg’ulari O’rta osiyo aholisining turmushi va mehnat faoliyatiga
singib, inson faoliyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Cholg’ular
jo’rligida qo’shiq, o’yin va kuylar xalqning katta-katta marosimlari va oilaviy
bayramlarida ijro etilgani bizga ma’lum. Bayramlar ko’proq yil fasllari bilan
bog’liq bo’lgan. O’rta Osiyoda “Navro’z”, “Lola sayli”, “Hosil bayrami”,
“Qovun sayli”, “Uzum sayli” kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan. Bunda
ommaviy bayramlarni xalq cholg’u ansambllari, xonanda va sozandalar, hamda
raqqosalarsiz tasavvur qilish qiyin. Bayramlarda, madaniy marosimlarda, ayniqsa
karnay, surnay, doira, nog’ora va chindoul kabi va urma-zarbli musiqa cholg’ulari
keng qo’llanilgan. Xalq raqslari aslida qosh o’yini, elka o’yini, bosh o’yini
kabilarni o’z ichiga olgan. Ular qarsak jo’rligida ham ijro etilgan.
3.O’rta Osiyo arxeologik noyob topilmalari. Arxeologiya ma’lumotlari
tasviriy san’at asarlari, (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan
miniatyuralar ) sovet sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va nihoyat, o’rta
asrdagi O’rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o’zbek xalqi musiqa
madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam
beradi. XX asr boshlarida Ashxobod yaqinida Pampelli ekspeditsiyasi tomonidan
olib borilgan qazishlar M.E. Masson, S.P. Tolstov va boshqalar rahbarligida
Sovet davrida Janubiy Turkmaniston, Xorazm, Quyi Zarafshonda olib borilgan
arxeologik ishlar ko’rsatdiki, eramizdan bir necha ming yillar ilgari ham O’rta
Osiyo xududida yuqori darajada rivojlangan madaniyat mavjud bo’lgan.
Quldorlik tuzumi davrida Marokand, Niso, Tuproqqal’a, Termiz va boshqa
shaharlar mavjud edi. Ushbu shaharlar hududida olib borilgan qazilma ishlar
chog’ida badiiy hunarmandchilik buyumlari, turli- xil cholg’ularining tasvirlari
topildi. XX asrimizning 30-40 yillarida uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar
natijasida O’rta osiyo madaniyatini, shu jumladan xalq cholg’ularini o’rganishda
qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lindi. Topilgan madaniy yodgorliklar: nay,
rubobsimon cholg’u, hozirgi doiraga o’xshash do’mbira va shu singari
cholg’ularni
chalayotgan
mashshoqlar
tasvirlangan.
Bular
Afrosiyob,
Tuproqqal’a, Ayritom ( Ayritom frizi(bino, devor peshonasi, hoshiya) deb
ataladi) kabi shaharlardan topilgan sopol idishlardagi mashshoq haykalchalardir.
Ularda turli xil musiqa asboblari : lyutnya, tanbur, rubobsimon cholg’u, qonun,
ud, rud, shemane(musiqor), chag’ona, chiltor, nay, burg’u, surnay, karnay,
doirasimon cholg’ularida mashq qilishlari tasvirlangan.
Kichik
terrakotiv
(kuydirilgan
qizg’ish
jigarrang,
gil,
balchiq)
haykaltaroshlik O’rta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi.
Afrosiyob ( qadimgi Samarqand shahrining o’rni)dan topilgan ko’pgina
haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan.
Ko’plab topilgan haykalchalar musiqaning so’g’dlar va ularning poytaxti bo’lgan
Samarqand hayotidagi ahamiyati to’g’risida guvohlik beradi. O’zbek mumtoz
adabiyoti asarlarida qayta-qayta ta’kidlanganidek, Xorazm musiqasi ham boy va
rang-barangligi bilan ajralib turadi.
Tayanch iboralar:
1. Lira- Yunonistonda chertib chalinadigan torli musiqa asbobi.
2. Friz- Bino devor gilam chetlaridagi keng naqo’li yo’l.
3. Chiltor- Do’mbiraga o’xshash ko’p torli musiqa asbobi.
4. Lyutnya- qadimgi udga o’xshash musiqa asbobi.
5. Terrakotiv- Kuydirilgan qizg’ish jigarrang gil.
6. Arxaik- San’at taraqqiyotining qadimiy ilk bosqichi.
7. Arfa - Chertib chalinadigan katta musiqa asbobi.
8. Mizrob- Musiqa asboblarining chertib chalinishi.