Oshqozon va ichaklarga ta’sir etuvchi moddalar
Reja:
1. Oshqozon ichaklarga surgi ta’sir ko‘rsatuvchi dori moddalari
2. Oshqozon ichaklarga ruminator ta’sir xususiyatli dori moddalari
3. O‘t haydovchi moddalar-o‘n ikki barmoqli ichakka o‘t suyuqligini ajralib
chiqishini kuchaytiruvchi vositalar
Tayanch tushunchalar:
► Surgi moddalariga umumiy tavsifnoma berish, ularning guruxlari. Har xil
guruxga kiruvchi surgi moddalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati, vakillari,
ta’sir mexanizmi, qo‘llash haqida tushuncha.
►Ruminator moddalarga umumiy tavsifnoma berish, ularning vakillari,
ahamiyati, xususiyatlari, qo‘llanilishi, ta’sir mexanizmi, dozalari haqida
tushunchalar.
►Jigarga ta’sir qiluvchi moddalar vakillari ularning olinishi, qo‘llanilishi,
ta’sir mexanizmi, dozalari va ahamiyati haqida tushunchalar berish.
Surgi dorilari to‘g‘risida qisqacha tushuncha: moy surgilari. antraxinon
unumlari, padofillin unumlari, tuz surgilari
Surgi dorilar deb, ichaklar motorikasini kuchaytirib, hazm kanali bo‘yicha
x
i
m
u
s
n
i
c
h
i
q
i
s
h
i
n
i
Kuchsiz ta’sir etuvchilar – o‘simlik surgilari.
O‘rta ta’sir etuvchilar - tuz surgilari.
Kuchli ta’sir etuvchilar – xolinomimetiklar.
Surgi dorilari ta’sir joyi bo‘yicha bo‘linadi:
Ichaklarni nisbatan ingichka bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – moylar.
Ichaklarni nisbatan yo‘g‘on bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – o‘simlik surgilari.
Ichaklarni hamma bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – tuz surgilari.
Surgi moddalari ta’sir mexanizmi bo‘yicha bo‘linadi:
Ichaklarda osmotik bosimni oshirib, ko‘p miqdorda suyuqliklar to‘plovchi va
ichaklar retseptorlarni qitiqlab defekatsiya akti chaqiruvchi vositalar – tuz surgilari.
Ichaklar retseptorlarini qitiqlab, reflektor ravishda defekatsiya akti
chaqiruvchi vositalar – kalomel, o‘simlik surgilari va sintetik preparatlar.
Ichaklardagi qattiq massasini yumshatib, uni ichaklarda harakatini
engillashtiruvchi vositalar – moylar.
Qo‘llash: ich qotishlarda, zaharlanishlarda, antigelmentiklar qo‘llagandan
keyin, ichaklar aynigan va achigan oziqalar bilan to‘lib qolganda.
Qo‘llash ta’qiqlanadi: Ichaklarda yara va qon ketish holatlarida, ichaklar
buralib qolganda va toshlar bo‘lganda. Lekin bo‘g‘oz hayvonlarga extiyot bo‘lib
qo‘llash tavsiya qilinadi.
I.Moy surgilar.
Moylar og‘iz orqali qabul qilingach oshqozonga tushib, oshqozondagi ozuqa
massasini yumshatadi va bu massani ichaklarga o‘tishini tezlashtiradi. So‘ngra
ichaklardagi ishqoriy muhit va fermentlar ta’sirida parchalanadi, yangi birikmalar
hosil qilib, ichaklar retseptorlarini qitiqlaydi va surgi ta’sirini namoyon etadi.
Moy surgilariga qo‘yidagilar kiradi:
Kanakunjut moyi – Oleum Ricini
Paxta moyi – Oleum Gossypii
Bodom moyi – Oleum Amygdalarum
SHaftoli moyi – Oleum Persicorum
Zaytun moyi – Oleum Olivarum
Kungaboqar moyi – Oleum Helianthi
Zig‘ir moyi – Oleum Lini
Kanakunjut moyi – kanakunjut o‘simligi urug‘laridan olinadi, tarkibida uch
glitserid ritsinol kislota saqlaydi. Uchiglitserid ritsinol kislotasi o‘z o‘zadan surgi
ta’sir etmaydi. Og‘iz orqali qabul qilinganda kanakunjut moyi oshqozondagi
to‘plangan massani bo‘shatib ichaklar tomon harakat qilinishiga yordam qiladi.
SHundan keyin u o‘n ikki barmoq ichakning ishqorli suyuqligida ritsinol
kislotasining tuzlari va glitseringa parchalanadi. Mana shundan keyin o‘ziga xos
ta’sir ko‘rsata boshlaydi, ya’ni ichaklardagi sezuvchi nerv uchlari retseptorlarini
qitiqlaydi, natijada ingichka ichaklar qisqarishi tezlashadi va surgi ta’sirini namoyon
qiladi. Lekin ritsinol kislotasi tuzlari juda tez so‘riladi, shuning uchun ham surgi
ta’siri ingichka ichaklarda chegaralanib, yo‘g‘on ichaklar boshlanish bilan tamom
bo‘ladi. Kanakunjut moyini nisbatan ingichka ichaklarga ta’sir etishi tufayli uni surgi
ta’sirida ko‘proq go‘shtxo‘r va hammaxo‘r hayvonlarda qo‘llash samarali ta’siri, 4-
6 soatdan keyin boshlanadi. O‘txo‘r hayvonlarda surgi ta’sirini namoyon etish uchun
ko‘proq kanakunjut moyidan qo‘llash talab qilinadi. Kanakunjut moyi ingichka
ichakda ta’sir qilishi uchun qoramolga 400,0. agarda yo‘g‘on ichaklarda bo‘lsa 1 kg
berishga to‘g‘ri keladi, bu juda qimmatga tushib ketadi, bunday hollarda boshqa
surgi moddalar qo‘llaniladi. Kanakunjut urug‘ida kanakunjut moyi bilan birgalikda
zaharli modda - ritsin bo‘ladi. Bu modda ayrim hollarda hayvonlarni zaharlaydi.
Aniqrog‘i kanakunjut shroti bilan oziqlanganda. Bir nechta urug‘idan iste’mol
qilinganda odam va hayvonlarni o‘limga olib keladi. Ritsin oshqozon va ichaklardagi
retseptorlarni juda kuchli qitiqlaydi, natijada qusish va oshqozon va ichaklarda o‘tkir
kataral yallig‘lanish chaqiradi.
Qo‘llanilishi. Surgi dori sifatida mayda hayvonlarga ich qotishlarda,
oshqozon va ichaklarda ozuqalar tiqilib qolganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi.
Tashqi tomonga spirt bilan 1:2 nisbatda sochlarni o‘stirish uchun qo‘llaniladi.
Bundan tashqari Vishnevskiy mazi tarkibida yaralar va dermatitlarni davolashda
ishlatiladi.
Dozalari: (og‘iz orqali), Qoramollarga– 250,0-800,0, otlarga – 250,0-500,0,
mayda shoxli mollarga – 50,0-200,0. cho‘chqalarga – 20,0-100,0, itlarga – 15,0-50,0.
II. Antraxinon unumlari
Ichaklarni yo‘g‘on bo‘limlari surgi ta’sir etuvchi moddalarga antraxinon
unumlari saqlovchi ba’zi bir o‘simliklar kiradi:
Sabur – Aloe
Sabur nastoykasi – Tinctura aloe
Senna bargi – Folium senne
Ravoch ildizi – Radix Rhei
Emodin – Emodinum
Sabur – Aloe – aloe o‘simligi shirasi, achchiq ta’mli, o‘ziga xos hidli.
Aloe dori sifatida juda qadimdan ishlatilib kelingan, uni misrliklar bundan
3300 yil oldin ishlatganlar, keyinchalik bu dorini hindlar, rimliklar, yunonlar
ishlatganlar. Surgi dori sifatida saburni nemis farmakologi
Paratsels
keng
qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham ushbu dorini ahamiyati, dorivorlik kuchi yo‘qolgani
yo‘q
Aloe ta’siri
Aloe o‘simlik tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddasi – antroglikozidlar
hisoblanadi. Bu birikmalar ichaklarga tushgach emodin va alainga parchalanib,
ichaklardagi retseptorlarni qitiqlaydi va surgi ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda
ishtaxani ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, o‘t ajralishini kuchaytiradi. Katta
dozalarda yo‘g‘on ichaklarga tushgach, surgi ta’sirini namoyon etadi, surgi ta’siri
12-16 soatdan keyin boshlanadi va 8-24 soat davom etadi. Sabur otlar uchun eng
yaxshi surgi dori hisoblanadi. Qoramollar, qo‘y-echkilar va cho‘chqalarda esa bu
dorilarga nisbatan sezuvchanlik sust. Lekin, sabur bo‘g‘oz hayvonlarga surgi dori
sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki yo‘g‘on ichaklarni kuchli qitiqlash
natijasida reflektor yo‘l bilan orqa toz qismida joylashgan organlarga kuchli qon
oqishini ta’minlaydi, bunday holat bola tashlashgacha olib keladi.
Qo‘llanilishi: Surgi dori sifatida ich qotishlarida, ichaklarda oziqa tiqilib
qolganda yoki gaz to‘planganda qo‘llaniladi, bundan tashqari o‘t haydovchi sifatida
jigar kasalliklarida. Hayvonlarga og‘iz orqali xabdori shaklida, bo‘tqa shaklida,
kukun shaklida qo‘llaniladi.
Qo‘llanilmaydi: o‘tkir gastrit va enterit, Yurak ishini buzilishi bo‘lganda,
bug‘ozlik davrida, sigirlar sog‘ilishi davrida, chunki sabur ta’sirida sutda achchiq
ta’m paydo bo‘ladi.
Dozalari; (og‘iz orqali), Qoramollarga – 20,0-35,0, otlarga – 20,0-35,0,
mayda shoxli hayvonlarga – 10,0-15,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0.
III.Padofillin tipidagi surgi moddalar.
1. Podofillin – phodophyllinum. Bu modda podofillin o‘simligi ildizidan
olinadi. Sariq rangli poroshok, achchiq ta’mli, suvda erimaydi, spirtda eriydi. Bu
moddani surgi ta’siri hazm yo‘li sezuvchan nerv oxirlarini qitiqlash bilan yuzaga
keladi, ya’ni oshqozondan boshlab, to yo‘g‘on ichaklargacha. Biroq yo‘g‘on
ichaklarda bu moddani ta’siri oshqozon va ingichka ichaklarga qaraganda kuchli
namoyon bo‘ladi. Sababi, podofillin yo‘g‘on ichaklarda ko‘proq to‘planadi. Surgi
ta’siri 16 soatdan keyin boshlanadi.
Qo‘llanilishi. Podofillin surunkali ich qotishlarda, ya’ni ingichka va yo‘g‘on
ichaklar funksiyasi buzilganda ham o‘t ajralishini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
Dozalari;(og‘iz orqali), Qoramollarga - 5-15,0 , mayda shoxli hayvonlar - 1,0-
3,0, otlarga – 20,0-35,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0.
2. Fenol-ftalein
Oq rangli poroshok, hidsiz va ta’msiz, suvda erimaydi, spirtda
eriydi.meditsinada purgshen nomi bilan tabletka holida ishlab chiqiladi. Oshqozonga
ta’siri yo‘q, lekin ichaklarda ishqor va o‘t suyuqligi ta’sirida erib, qitiqlovchi ta’sir
etadi. Bu dorini ichaklardan so‘rilishi qiyin, shuning uchun ichaklarda to‘planib
surgi ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yo‘g‘on ichaklarda ta’siri, ingichka ichaklarga
nisbatan 5-10 barobar kuchli va ta’siri 3-5 kun cho‘zilishi mumkin. Fenolftalein
faqat it va mushuklarga surgi dori sifatida qo‘llaniladi, o‘txo‘r hayvonlarda ta’siri
kuchsiz.
Dozalari;(og‘iz orqali) itlarga - 0,05-0,1, mushuklarga – 0,01-0,02.
3. Izofenin. Oq poroshok, sirka kislota hidiga o‘xshash, suvda va spirtda
erimaydi. Ta’siri fenolftolenga o‘xshash, og‘iz orqali qo‘llanilganda oshqozonda
o‘zgarmaydi, lekin ichaklarda shilliq pardalarni qitiqlab surgi ta’sirini namoyon
qiladi. Ot va itlarga pillyula va bo‘tqa shaklida beriladi.
Dozalari;(og‘iz orqali) otlarga – 0,15-0,2, itlarga - 0,005-0,012.
IV.TUZ SURGI DORILARI.
Tuz surgi dorilari veterinariya amaliyotida surgi dori sifatida eng ko‘p
qo‘llaniladigan samarali vositalardan hisoblanadi, chunki bu dorilar hamma
hayvonlarga va ichaklarning hamma bo‘limlariga bir xilda ta’sir qiladigan zararsiz
vositalar hisoblanadi.
Tuz surgi dorilariga qo‘yidagilar kiradi:
Natriy sulfat (glouber tuzi)
Magniy sulfat (achchik tuz) – Magnesii sulfas.
Kaliy sulfat - Kalii sulfas
Sun’iy karlovar tuzi – Sal. Carolinum factitum
1. Natriy sulfat (glouber tuzi). Oq kristall poroshok, hidsiz, sho‘r ta’mli,
suvda eriydi. Natriy sulfat kichik dozalarda oshqozon va ichaklar sekretsiyasi,
motorikasini kuchaytiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Natriy sulfat katta
dozalarda surgi ta’sirini namoyon qiladi. Natriy sulfat juda aktiv va kam zaharli surgi
dorilardan biri hisoblanadi. Ichaklarga eritma holida kirgach, u ichaklarda suvni
to‘playdi. Suv ichaklar katta miqdorda to‘planib, ichaklar devorini qisadi, natijada
reflektor ravishda peristaltikani kuchaytiradi. Bu holat ichaklardan tuzlar to‘liq
chiqib ketguncha davom etadi. Natriy sulfat 4% li konsentratsiya surgi ta’sirini
namoyon qiladi, konsentratsiya kuchaygan sari surgi ta’siri kuchaya boradi. Natriy
sulfat 8-10 % konsentratsiyalarda surgi ta’siri o‘txo‘r hayvonlarda 3-4 soatda,
go‘shtxo‘r hayvonlarda 1-2 soatdan keyin boshlanadi.
Qo‘llanilishi. Natriy sulfat surgi dori sifatida, ichaklar spazmida, ko‘p ovqat
eb qo‘yganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi.
Dozalari; katta hayvon 300 – 600,0,otlarga 300,0-500,0, qoramollarga 400-
800,0, qo‘y -50-100,0, cho‘chqalarga 25-50,0, itlarga 10,0-25,0
2. Magniy sulfat (achchiq tuz) – oq kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi,
sho‘r ta’mli. Og‘iz orqali qo‘llanilganda ta’siri mexanizmi, qo‘llanilishi, dozalari,
xuddi natriy sulfat singari birxil.
3. Sun’iy karlovar tuzi – oq poroshok holda, suvda eriydi, sho‘r ta’mli,
tarkibi natriy sulfat, natriy gidro karbonat, natriy xlorid va kaliy sulfatdan tashkil
topgan tuz. Hayvonlarga ovqat hazm qilishni yaxshilash maqsadida o‘t haydovchi
va surgi dori sifatida foydalaniladi.
Dozasi. (og‘iz orqali); Otlarga 20,0-100,0, qoramolga 50,0-150,0, qo‘yga 5,0-
50,0, itlarga 1,0-2,0.
Ruminator moddalar (katta qorinni qo‘zg‘atuvchi moddalar).
Ruminator moddalar – oshqozon bo‘limlari, ayniqsa, katta qorinni
retseptorlarini qitiqlab, reflektor ravishda ularni qisqarishini tiklovchi moddalarga
aytiladi.
Ruminator moddalarga quyidagilar kiradi:
1. Chemeritsa ildiz – Rhizoma Veratri
2. Chemeritsa nastoykasi – Tinctura Veratri
3. Ipekakuana ildizi – Radix Ipecacuanhae
4. Veratrin – Veratrinum
Chemeritsa ildizi. Bu o‘simlik Rossiyani o‘rta o‘rmon viloyatlarida o‘sadi.(B
- ruyxat). O‘simlik ildizida asosiy ta’sir etuvchi moddalar - alkaloidlar (1,5%)
saqlaydi: protaveratrin, nervin alkaloidlari. Ushbu alkaloidlar oshqozon shilliq
pardasidagi nerv oxirlarini qitiqlab, hayvonlarda ruminator yoki qusish refleksini
hosil qiladi. Bu dori o‘txo‘r hayvonlarda og‘iz orqali qo‘llaganda ruminatsiyani
kuchaytiradi, kavsh qaytarishni tiklaydi. Boshqa hayvonlarda esa qusishni chaqiradi.
Chemeritsa it va cho‘chqalarga zaharlanishlarda qustirish maqsadida qo‘llanilsa,
kavshovchi hayvonlarga ruminator dori sifatida kavsh qaytarishni kuchaytirish, katta
qorin ozuqaga to‘lib qolganda, atoniyada, surunkali timpaniyada keng qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, hayvonlarni ektoparazitlarga qarshi tashqi tomonga qo‘llaniladi.
Amaliyotda chemeritsa ildizi nastoyka shaklida qo‘llaniladi.
Dozalari. (og‘iz orqali). Qoramollarga 5-10 ml, qo‘y-echkilarga 1- 4 ml,
cho‘chqalarga 1-2 ml, itlarga 0,1-0,2 ml.
2. Ipekakuana ildizi. Tropik o‘simlik ildizi bo‘lib, tarkibida emetin, sefaelin
kabi alkaloidlar saqlaydi. Ipekakuana ildizi oshqozonga tushgach, oshqozon shilliq
pardalaridagi nerv oxirlarini qitiqlab, ruminator ta’sir etadi.kavshovchi hayvonlar
uchun eng yaxshi ruminatsiyani tiklovchi dori hisoblanadi. Katta dozalarda esa
qustiruvchi ta’sir etadi kavshovchi hayvonlar uchun ipekakuana yaxshi ruminator
vosita sifatida katta qorin ozuqaga to‘lib qolganda, katta qorin atoniyasida
qo‘llaniladi.
Dozalar. qoramol 2-10,0, otlar 0,5-3,0, qo‘y-echki 0,2-3,0.
O‘t haydovchi moddalar
O‘t haydovchi moddalar deb – o‘n ikki barmoqli ichakga o‘t suyuqligini
ajaralib chiqishini kuchaytiradigan moddalarga aytiladi. O‘t suyuqligi jigarda hosil
bo‘ladi va u markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv
sistemasini va parasimpatik nerv sistemasi qo‘zg‘atuvchi moddalar o‘t suyuqligi
ajralishini kuchaytirsa, markaziy nerv sistemasi susaytiruvchi moddalar va simpatik
nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi moddalar o‘t suyuqligi ajralishini kamaytiradi
Farmakologiyada o‘t haydovchi dorilar uch guruxga bo‘linadi
1. O‘t hosil bo‘lishini kuchaytiruvchi moddalar: efir moylari, degidroxolin
kislota, dexolin, xolenzim, xolosas, alloxol, makka po‘pagi.
2. YAllig‘lanishga qarshi ta’sir etib, o‘t suyuqligini chiqishini yaxshilovchi
moddalar: kalsiy birikmalari, vit K, V12, nikotin kislotasi.
3. O‘t pufagi va yo‘llari tonusini tiklab ichaklarga o‘t suyuqligini chiqishini
yaxshilovchi moddlar: magniy sulfat, papaverin, atropin, gistamin, penton.
O‘t haydovchi moddalar jigar kasalliklarida, o‘t yo‘li va o‘t pufagi yallig‘lanish
kasalliklarida qo‘llaniladi.
1. Degidroxolin kislota. Oq poroshok, hidsiz, achchiq ta’mli, spirtda eriydi.
Ta’siri o‘t ajralishini kuchaytiradi va siydik ajralishini yaxshilaydi. Hayvonlarga
og‘iz
orqali
va
vena
tomiriga
jigar
funksiyasi
buzilganda,
Yurak
etishmovchiliklarida shishlar paydo bo‘lganda qo‘llaniladi.
Dozasi.(og‘iz orqali). Ot va qoramollarga 3,0-6,0, cho‘chqalarga 1,0-3,0,
itlarga 04,0 – 2,0.
2. Alloxol. Tarkibida o‘t, aktiv ko‘mir, sarimsoq piyoz ekstrakti saqlaydi. U
oshqozon, ichaklar motorikasi va sekretsiyasini aktivlashtirib, achish, chirish
holatlarini pasaytiradi. O‘tkir va surunkali jigar va o‘t yo‘li kasalliklarida, timpaniya,
atoniyada qo‘llaniladi.
Dozasi. (og‘iz orqali). Buzoqlarga 09,0-6,0, itlarga 05,-1,0, mushuklarga 0,25-
5,0
3. Xolenzim. O‘t suyuqligi va oshqozon osti bezi fermentlari aralashmasi.
Gepatit, xolitsistit, gastrit va enteritlarda qo‘llaniladi.
4. Makka po‘pagi. Damlama shaklida 1:10,1:20 nisbatda o‘t haydovchi va
siydik haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Dozasi. (og‘iz orqali). Otlarga 30,0-60,0, qo‘y va cho‘chqalarga 20,0-40,0,
itlarga 10,0-20,0.