O‘SIMLIKLAR OZIQLANISHIDA TUPROQ TARKIBINING AXAMIYATI VA SINGDIRISH QOBILIYATLARINI O‘RNI
Yuklangan vaqt
2024-11-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
43
Faytl hajmi
81,4 KB
O‘SIMLIKLAR OZIQLANISHIDA TUPROQ TARKIBINING
AXAMIYATI VA SINGDIRISH QOBILIYATLARINI O‘RNI
Reja
1. Suv bilan ta’minlanganlikning ta’siri
2. Aerasiya va haroratning o’simlik oziqlanishida ahamiyati
3. Tuproq eritmasining konsentrasiyasi va pH ta’siri
4. Tuproqning agrokimyoviy xususiyatlari
5. Tarkibining singdirish qobiliyatlari va uning ahamiyati
Kalit so’zlar: Suv bilan ta’minlanganlikning ta’siri, aerasiya, harorat, o’simlik
oziqlanishida ahamiyati, tuproq eritmasining konsentrasiyasi pH, tuproqning
agrokimyoviy xususiyatlari, tuproq singdirish qobiliyatlari va uning ahamiyati
O’simlikka oziq moddalarining o’tishi, bu aktiv fiziologik jarayon bo’lib, u
nafaqat o’simlik ildiz sistemasi bilan, balkim butun o’simlik hayoti bilan
chambarchas bog’liqdir.
O’simliklarni normal o’sishi va rivojlanishi, makro va mikroelementlarni
o’zlashtirishi tuproqda shu elementlarni qanday miqdorda bo’lishi bilan bog’liq.
Oziq elementlari tuproqda, tuproq eritmasida (ko’plab mineral va organik
birikmalar), tuproq organik moddasida (o’simlik qoldig’i, chirindi moddalari,
mikroorganizmlar) va tuproqning qattiq mineral fazasida bo’ladi.
O’simliklar uchun suvda yaxshi eriydigan, o’rin almashinuvchi shakldagi
elementlar foydalidir. Boshqa shakldagilari esa o’simlik tomonidan birdaniga
yutilmaydi, qachonki ular parchalanib, o’simlik o’zlashtira oladigan shaklga
o’tganda (birlamchi minerallarni parchalanishi, organik moddalarni minerallashishi
natijasida) o’zlashtiradi.
O’simliklar tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirilishi uning biologiyasiga,
tuproq xususiyatiga, organik modda, mineralogik va mexanik tarkibiga, harorat,
namlik, aerasiya, yorug’lik va eritma konsentrasiyasiga bog’liq.
Tuproq eritmasining konsentrasiyasi normal bo’lmasa o’simlik yaxshi
rivojlanmaydi, u oziq elementlarini yetarli miqdorda o’zlashtira olmaydi va
aksincha, eritma konsentrasiyasini ortib ketishi ham o’simlikka salbiy ta’sir etadi
(69 - jadval).
69- jadval
Asosiy qishloq xo’jalik ekinlar uchun optimal tuproq reaksiyasi (pH).
№
Ekinlar
Tuproq
reaksiyasi (pH)
№
Ekinlar
Tuproq
reaksiyasi (pH)
1 Suli
5,0 – 7,7
13 Kartoshka
5,0 – 5,5
2 Kuzgi javdar
5,5 – 7,5
17 Qand lavlagi
7,0 – 7,5
3 Bahorgi bug’doy
6,0 – 7,5
18 Beda
7,0 – 8,0
4 Kuzgi bug’doy
6,3 – 7,6
19 Sebarga
6,0 – 7,0
5 Arpa
6,8 – 7,5
20 DoNHik
6,5 - <
6 Makkajo’xori
6,0 – 7,0
21 Lyupin
4,5 – 6,0
Optimal konsentrasiya bu o’simlik rivojlanishi uchun eng qulay bo’lgan muhit
bo’lib, bunda o’simlikka oziq moddalar va suvni yutilishi tezlashib, qishloq xo’jalik
ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi.
O’simlik ildiz sistemasi kuchli suyuqlashgan eritmadan (0,01-0,05%) oziq
moddalarni o’zlashtiradi. Tabiiy sharoitda esa sho’rlangan tuproqlarda u 0,02-0,2%
atrofida bo’ladi.
Oziq moddalar o’simlikka kuchsiz konsentrasiyali eritmadan, suv esa
o’g’itlanmagan zonadan o’tadi. Ushbu holatni o’g’itlarni qo’llashda albatta hisobga
olish zarur.
Yuqori konsentrasiya eritmani osmotik bosimini oshirib, o’simlikka oziq
modda va suvni o’tishini qiyinlashtiradi. Ayniqsa, o’simlik yosh davrida eritmaning
yuqori konsentrasiyasiga juda sezgir bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklar eritma
konsentrasiyasini ma’lum chegaradan ortib ketishiga bardosh bera olmaydi (70-
jadval).
Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, eritma konsentrasiyasini to 15,7-25,9
l.mmolgacha ortishi o’simlikni rivojlanishini yaxshilab, eng yuqori hosil eritma
konsentrasiyasi 25,9 l.mmol bo’lganda ko’zatildi. Eritma konsentrasiyasini yanada
oshirish o’simlikka salbiy ta’sir etib barglarni qurib qolishiga sabab bo’ldi.
70- jadval
Eritma konsentrasiyasini bodringni o’sishi va hosildorligiga
ta’siri (Z.I.Jurbiskiy ma’lumoti)
Eritma konsentrasiyasi
Yig’ishtirib olish davrida
yashil massa miqdori
Yetishtirilgan hosil
l.g
l.mmol
g
%
g
%
S u v
-
-
-
0
-
0,41
2,9
145
60,5
27
8,6
0,74
5,4
152
63,5
99
31,6
2,13
15,7
230
96,0
174
55,5
3,56
25,9
240
100,0
314
100,0
4,96
36,2
205
85,5
130
41,5
6,93
46,5
110
46,0
53
16,9
Shuning uchun ham, har xil qishloq xo’jalik ekinlarini eritma konsentrasiyasiga
turlicha chidamliligini inobatga olib, ularni o’g’itlash tizimini tuzishda ushbu
ko’rsatgichni hisobga olish kerak
O’simliklarni oziqlanishini bir vaqtning o’zida miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha,
ya’ni oziq moddalarni o’zlashtirish tezligi bilan hamda sifatiy, ya’ni o’simlikni turli
rivojlanish davrlarida oziq elementlarini o’zlashtirish nisbati bilan farqlash mumkin.
O’simliklarni oziqlanishida eritmadagi ionlarning nisbati muhim ahamiyatga
ega. Chunki, har qaysi o’simlik uchun vegetasiya davomida ma’lum nisbatli
oziqlanish kerak bo’ladi. O’simliklarni normal o’sishi va rivojlanishi eritmaning
fiziologik tengligiga bog’liq.
Eritmaning fiziologik tengligi deb, elementlarni eng maqbo’l nisbatda bo’lgan
holatiga, ya’ni o’simliklarni eritmadan oziq moddalarni ko’plab o’zlashtirishga
aytiladi.
Eritmada azot, fosfor va kaliyni normal holatda bo’lishi, boshqa oziq
elementlarini o’zlashtirish tezligini belgilaydi. Azotli oziqlanishni ortishi o’simlikka
ko’plab P, K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn ni o’tishini tezlashtiradi. Azot miqdori ortib
ketsa aksincha bo’ladi.
Fosfor miqdorini eritmada ortib ketishi o’simlikka mis, marganes, temir kabi
elementlarini o’tishini kamaytiradi. O’simlik azot, fosfor va kaliy bilan yetarli
darajada ta’minlansa, uning mikroelementlarga bo’lgan talabi keskin ortadi.
Hozirgi vaqtda ionlarning antogonizmi va sinergezmi to’g’risida ko’plab ilmiy
ma’lumotlar to’plangan. Masalan, quyidagi elementlar o’rtasida Fe va Ca, Al va Na,
Fe va Zn, Mn va Zn, Cu va Zn , P va Fe, Mn, Cu, Mo antogonizm holati ko’zatilsa,
o’z navbatida va Mr, Cu va Co, V, Mo va Mn, Mo va Cu, Ca va Co o’rtasida
sinergizm hodisasi namoyon bo’ladi.
Demak, bir ioNning o’zi bir vaqtda u yoki bu elementning yutilishida ijobiy
yoki salbiy bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ekinlarida ko’plab hosil to’planishida, o’simlikni oziq
elementlaridan takroriy foydalanishi (reutilizasiya) juda katta ahamiyatga ega.
Ba’zi oziq elementlari (N, P, K Mg) reutilizasiya bo’ladi, ya’ni barglaridan
hosil elementlariga o’tib, o’simlik tomonidan qayta o’zlashtirilsa, Ca, Fe, Mn, B, Cu
va P kabi elementlar reutilizasiyaga uchramaydi.
Oziq elementlari bilan har xil darajada ta’minlangan sharoitda ular o’rtasidagi
bog’liqlik turlicha bo’lib, antogonizmni tezda sinergizmga aylanishi yoki aksincha
bo’lishi kuzatiladi. Havo haroratini pasayishi va yorug’likni kamayishi oziq
elementlar miqdorini oshirsa, namlik yetarli bo’lsa, ularni salbiy ta’siri kamayadi.
Masalan, qish davrlarida issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlar tarkibida nitratlar
miqdori keskin ortib ketadi.
Mahsulot tarkibidagi nitratlar miqdorini oziq elementlar nisbatini to’g’ri
qo’llash bilan kamaytirish mumkin. Bu esa yuqori va sifatli hosil yetishtirishni
ta’minlaydi. (44-jadval).
Tuproq tarkibida yetarli miqdorda namlik bo’lishi o’simliklarni normal
rivojlanishini ta’minlab, unga oziq elementlarini o’tishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tuproq eritmasida elementlar miqdorini ortishi yoki kamayishi undagi nam
miqdoriga chambarchas bog’liq bo’ladi.
71 - jadval
Kaliyli o’g’itlarni paxta tolasining sifatiga ta’siri.
N:P2O5:K2O
miqdori, kg/ga
Tolani o’zilish
kuchi, gramm/
kuch
Tolaning nisbiy o’zilish
o’zunligi, gk/ teks.
Tolani sanoat
navi
150:100:0
4,7
25,6
1
150:100:100
4,9
25,9
0
150:100:150
5,0
26,0
0
Tuproq namligining o’simlikka oziq moddalarni o’tishidagi ta’siri quyidagi
fiziologik va fizik faktorlarga bog’liq: 1) o’simliklarni umumiy fiziologik holatini
yaxshilanishi, ya’ni normal to’yingan hujayralarda fotosintez va boshqa jarayonlar
yaxshilanadi; 2) nam yetarli bo’lgan yerlarda o’simliklarni ildiz sistemasi yaxshi
rivojlanib, uning singdirish hajmi ortadi. Ana shunday sharoitda o’simlikka makro
va mikroelementlarni yutilishi tezlashadi.
O’simliklar quruq modda hosil qilish uchun sarflaydigan suv sarfi, ular oziq
elementlar bilan yetarli darajada ta’minlanganda ancha kam bo’ladi. Masalan, kuzgi
bug’doy elementlari bilan turlicha ta’minlanganda quruq modda hosil qilish uchun
quyidagi miqdorda suv sarflaydi:
Tajriba varianti :
Suv sarfi :
O’g’itsiz
-
800
N
-
917
NP
-
545
NPK
-
480
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’simlik o’ziga qabo’l qiladigan suvni 0,2
foizini o’z tanasini tashkil topishi uchun sarflasa, qolgan 99 foizdan ko’prog’i esa
bug’lanib ketadi.
Yuqori miqdorda o’g’itlar ishlatilganda ekinlarni suv bilan yetarli darajada
ta’minlanganligini hisobga olish kerak bo’lsa, qurg’oqchil zonalarda azotli va kaliyli
o’g’itlar miqdoriga e’tibor berish kerak bo’ladi.
O’simliklar uchun qulay bo’lgan oziqlanish sharoitini tashkil etish ular
tomonidan tuproq namidan samarali foydalanishni ta’minlaydi va qo’llanilgan
o’g’itlar samaradorligini bir necha baravar oshiradi.
Tuproqlarni aerasiya darajasi va oziqa eritmasi o’simlikni oziqa moddalarni
o’zlashtirish tezligiga kuchli ta’sir etadi. Bu hodisa birinchi marotaba Xogland
tomonidan ilmiy ravishda asoslab berilgan edi.
Tashqi muhitda kislorod va uglyokislotani miqdori ildiz atrofidagi
ko’rsatkichdan keskin farq qiladi. Ko’pgina anaerob sharoitda yutuvchi hujayralarni
kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashib, karbonat angidrid miqdori ortib ketadi.
O’simlik ildiz sistemasi orqali oziq elementlarini yutilishi ularni kislorod bilan
qanday ta’minlanishiga bog’liq bo’ladi.
Ko’pchilik tajribalardan ma’lumki, oziq elementlarini o’simlikka o’tishida
aerasiyani ahamiyati katta. Oziq elementlarini o’zlashtirish tezligi aerasiya
darajasiga qarab o’zgaradi, ya’ni K---- Ca----Mg----H----P.
O’simlikka yetarli miqdorda oziq moddalarni o’tishida ildiz atrofidagi kislorod
miqdori 2-3 foiz bo’lishi kerak Kislorod miqdorini 100 foizga oshirganda ham
o’simlikka tuzlarni o’tishi o’zgarmaydi.
Aerasiya, havo va tuproq harorati o’simlikka oziq moddalarni o’tishiga kuchli
ta’sir ko’rsatadi (45-jadval).
Tuproqni aerasiya darajasi mikroorganizmlarni yashashi, hamda organik
birikmalarni parchalab mineral shaklga aylantirishida va o’simliklarni oziq
moddalar bilan ta’minlanishida ham muhim ahamiyatga ega.
72 - jadval
Pomidorni oziqlanishi va hosiliga harorat va aerasiyani ta’siri
Eritma
harorati,
C0
Eritma
aerasiyasi
Hosil
miqdori, kg
1 dona o’simlik o’zlashtirgani, mg. Ekv.%
NO3
H2PO4
K
Ca
Mg
14-20
Oddiy
7
776
115
506
329
141
20-23
oddiy
8
854
143
600
393
143
14-20
Kuchayt.
10
1074
160
738
445
197
O’simliklarni normal o’sishi va rivojlanishi, yetarli miqdorda oziqmoddalarni
o’zlashtirishi, faqat optimal harorat bo’lgandagina yaxshi kechadi. Ko’pchilik
qishloq xo’jalik ekinlari urug’ini unib chiqishi uchun optimal harorat quyidagicha:
arpa uchun 20 0C; bug’doy va javdar uchun 25 0C; tamakiga 280C; makkajo’xori
uchun 32-35 0C bo’lsa, g’o’za uchun 12-14 0C bo’lishi kerak Ko’pchilik hollarda,
donli ekinlar uchun azot va fosforni ko’plab yutilishi uchun eng qulay harorat + 23-
25 0C hisoblanadi. Lekin, don tarkibidagi oqsil miqdorini ortishi harorat 35 0C
bo’lganda, yetarli namlik (dala nam sig’imiga nisbatan 60% bo’lsa) bilan
ta’minlanganda yuqori bo’ladi. Soya, loviya va g’o’za havo harorati 30-35 0C
bo’lganda oziq moddalarni ko’plab o’zlashtiradi.
Ko’pchilik o’simliklarda hosil elementlarini paydo bo’lish quyidagi past
haroratda: baxorgi donli ekinlarda, goroxda 10-12 0C, kungaboqar, makkajo’xorida
12-15 0C: sholi va g’o’zada esa 13-20 0C da yaxshi kechadi. Hosil tugish paytida
asosiy madaniy o’simliklar uchun eng qulay harorat 10-12 0C bo’lsa, sholi va g’o’za
uchun 15-20 0C hisoblanadi.
Harorat nafaqat urug’ni unib chiqishi va maysalarni rivojlanishiga, balki,
o’simlikka oziq elementlarini yutilishiga ham turlicha ta’sir etadi. Masalan, o’simlik
tomonidan ammoniyli azotni o’zlashtirilishi nitratli azotga nisbatan past haroratda
juda yaxshi kechadi.
Haroratni (10-11 0C) pasayishi o’simlikka fosforni o’tishini qiyinlashtirsa,
nitratli azotni o’zlashtirilishi 5-6 0C da yomonlashadi. Haroratni pasayishi,
o’simlikka kaliyni o’tishini ham kamaytiradi. Umuman, o’simlikka oziq
elementlarini o’tishida haroratni 10 0C dan pasayishi juda salbiy ta’sir etadi.
O’simlikni yorug’lik bilan ta’minlanishi va oziq elementlarini o’zlashtirishi,
boshqa faktorlar kabi bir-biri bilan juda bog’liqdir.
O’simliklar oziq moddalarni quyosh nuri chiqishi bilan o’zlashtira boshlaydi.
Yorug’lik bo’lmasa, nafaqat fotosintez jarayoni, balki, oziq moddalarni o’zlashtirish
ham to’xtaydi. Masalan, o’simlikni uzoq vaqt davomida qorong’i joyda saqlasa,
unga oziq elementlarini o’tishi umuman ko’zatilmaydi.
Fotosintez jarayoni natijasida, o’simlikda organik modda to’planadi, bu esa
nafas olishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Yorug’lik bo’lmasa ushbu jarayon
yuzaga kelmaydi. Demak, yorug’lik ta’sirida hosil bo’ladigan fotosintez jarayoni
tufayli o’simlik ionlarni o’zlashtirish reaksiyalari uchun kerak bo’ladigan
moddalarni va energiya mahsulotlari zahirasini hosil qilar ekan.
Tuproq eritmasining reaksiyasi (nordonligi yoki ishqoriyligi) eritmada H + va
OH – ionlarini qanday nisbatda bo’lishiga bog’liq. Eritma reaksiyasi vodorod
ionining konsentrasiyasi manfiy o’nli logarifm soni va pH belgisi bilan ko’rsatiladi.
Eritma reaksiyasi barcha turdagi o’simlik uchun juda muhimdir. Vodorod
ionlarining konsentrasiyasi yuqori, ya’ni eritma kuchli kislotali bo’lganda o’simlik
ildiz sistemasining rivojlanishi va ularga oziq elementlarini yutilishi yomonlashadi.
Nordonli muhitning salbiy ta’siri eritmada boshqa kationlar, ayniqsa kalsiy
bo’lmaganda yoki yetishmaganda kuchli namoyon bo’ladi. Kalsiy vodorod
ionlarining kirishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun ham kalsiy miqdori ko’p
bo’lganda o’simliklar nordonli muhitga kalsiy yo’qligidan ko’ra yaxshi chidamli
bo’ladi.
Eritma muhiti o’simlikka ayrim ionlarning o’tish tezligiga va moddalar
almashinuviga ta’sir etadi.
Nordon muhitda (eritmada H+ ioni ko’p bo’lsa) o’simlikka anionlarning
yutilishi ortadi, kationlarning o’tishi cheklanib qoladi, hamda o’simliklarni kalsiy va
magniy bilan oziqlanishi bo’zilib, oqsillar sintezi sekinlashadi va qand moddalarini
hosil bo’lishi to’xtaydi. Ishqoriy muhitda (eritmada OH- ionlari H+ dan ko’p
bo’lganda o’simlikka kationlarni o’tishi kuchayadi, anionlarning yutilishi esa
qiyinlashadi.
Eritma reaksiyasi o’simliklarga oziq elementlarini o’tish tezligini belgilaydi
(73 jadval).
73- jadval
Eritma muhitini o’simlikka ionlar o’tishi tezligiga ta’siri
O’simlik
Eritma reaksiyasi,
pH
(NH4)2HPO4 tarkibidan (soat, mg)
yutilishi
NH4+
NO3-
Xashaki
dukkaklilar
4,8
6,6
7,4
0,23
0,89
1,26
1,11
0,13
0,06
Bug’doy
5,3
6,7
7,3
1,40
1,86
2,26
0,92
0,28
0,10
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, NH4- ioni o’simlikka pH neytral
bo’lgan muhitda ko’plab o’tsa, NO3 ioni esa aksincha, muhit nordon bo’lganda
yuqori miqdorda o’tar ekan.
O’simliklar
tomonidan
fosforni
o’zlashtirishda,
eritmadagi
vodorod
konsentrasiyasi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, eritma reaksiyasini ishqoriy
bo’lishi, tuproqdagi fosfatlarni bir valentligini (H2PO4-) ikki valentliliga (HPO-- ) va
uch
valentligacha
(PO4---)
o’zgartirib,
o’simliklar
tomonidan
fosforni
o’zlashtirilishini qiyinlashtirib, ularning o’sishi va rivojlanishini sekinlashtirib
yuboradi.
Ko’pchilik qishloq xo’jalik o’simliklarini yaxshi o’sishi va yuqori hosil berishi
uchun eng qulay bo’lgan sharoit pH - 6,5 bo’lganda, ya’ni kuchsiz nordon muhitda
yuzaga keladi.
Tuproq eritmasining (pH) ko’rsatkichi mikroorganizm-larning hayotiy
faoliyatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.
O’simliklar eritma reaksiyasining salbiy ta’siriga tuproqlarni singdirish sig’imi
va buferligi yuqori bo’lganda chidamli bo’ladi.
O’simliklarning har xil o’sish va rivojlanish darajada
oziq moddalarni o’zlashtirish tezligi
O’simliklar har xil o’suv davrida oziqa moddalarga va tashqi muhitga turlicha
talabchan bo’ladi. O’simlik tomonidan azot, fosfor, kaliy va boshqa oziqa
moddalarni o’zlashtirishi uni o’sish davrida bir tarzda bo’lmaydi. O’simlik o’sishini
ilk davrida oz miqdorda oziq moddalar iste’mol qilsa ham, lekin ularni bu davrda
yetarli bo’lishi juda muhimdir.
Agarda birorta oziqa (azot va fosfor) yetishmasa, u o’simlik tanasida salbiy iz
qoldiradi, keyinchalik bu oziqa qanchalik yetarli miqdorda berilmasin, avvalgi
bo’lib o’tgan oziqa kamchiligini o’rnini bosa olmaydi: bu esa o’simlik o’sishi, rivoji
va hosildorligini pasaytiradi. O’sish va rivojlanishi jadal sur’atlar bilan o’tadigan
davrga kelib o’simlik oziqa moddalaridan ko’p foydalanadi. Hosil tugish davrlariga
kelib o’simlikni quruq massasi keskin rivojlanadi, keyinchalik esa u susaya
boshlaydi, oziqa moddalarining yutilishi mevalash davrida jadallashib, keyinchalik
u ham pasayadi. So’ng organik moddalarni hosil bo’lish jarayoni, ilgari tanada
to’plangan oziqa moddalarni qaytadan foydalanish jarayoni natijasida yuz beradi
(reutilizasiya). O’simlikni boshlang’ich davrida quruq organik moddadan
o’simlikda to’planishi oziqa moddalarni o’zlashtirishiganisbatan kechga qoladi.
O’simlikni oziqlanish jarayonida (kritik) zaruriy davriga to’xtalib o’tadigan bo’lsaq
bu davrda birorta oziqa moddasi yetishmasa u o’simlikni o’sishi va rivojlanishiga
salbiy ta’sir qiladi. Gullash va meva tugish davrida oziqa moddalar eng ko’p
miqdorda o’zlashtiriladi, ular yetishmasa hosil va uning sifati pasayadi. Har xil
o’simliklar oziqa moddalarni turli jadallik bilan o’zlashtiradi. Hamma donli
o’simliklar (jo’xoridan tashqari), zig’ir, kanop, ertangi kartoshka, ayrim sabzavot
ekinlari o’suv davri va binobarin oziqa moddalarni qisqa muddatda foydalanishi
bilan
farqlanadilar.
Masalan,
qishki
javdar,
ko’z
mavsumida
umumiy
foydalanadigan oziqaga nisbatan 25-30 foizini o’zlashtirsa, bu davrda to’plangan
quruq modda o’suv davri oxirida to’plangan quruq moddaga nisbatan 10 foizni
tashkil qiladi. Bahorgi bug’doy qisqa vaqt ichida naychalash davridan to boshoqlash
tamom bo’lguncha 2/3 – 3/4 qism oziqa moddalardan foydalanadi. Kartoshka esa
eng ko’p oziqa moddalarni iyul oyida o’zlashtiradi, ana shu oyda kartoshka
umumiysiga nisbatan 40-foiz azotdan foydalanadi, 50 foizdan ortiq fosfor, 60 foiz
kaliy hosilda mujassamlashgan bo’ladi. Ayrim o’simliklar, masalan makkajo’xori,
kungaboqar, qand lavlagi juda uzoq davom etadigan moddalarni o’zlashtirish
davrini talab etadi, ulardan foydalanish o’suv davrining oxirigacha davom etadi.
Oziq moddalar ular tomonidan har xil tezlikda o’zlashtiriladi. Masalan, jo’xori
o’simligi kaliy, keyin azotli oziqalarini jadallashgan holda, so’ngra fosforni sekin
o’zlashtirishi bilan farqlanadi (74- jadval).
74- jadval
Oziqa moddalarni jo’xori tomonidan turli o’suv davrlarida o’zlashtirishi
O’suv davrlari
Umumiyga nisbatan
o’zlashtirilgani, foiz
Biomassani umumiy
hosilga nisbatan
massasi, foiz
N
P2O5
K2O
20 may – 20 iyun
2
1
4
1
20 iyun – 20 iyul
38
27
66
23
20 iyul – 19 avgust
48
46
30
46
19 avgust – 18 sentyabr
12
26
0
30
Keltirilgan jadval ma’lumotlariga ko’ra, jo’xori ikkinchi o’sish oyida 70 foiz
kaliy, 40 foiz azot, 28 foiz fosforni o’zlashtirgani kuzatiladi. O’simlikni kaliydan
foydalanishi uni ro’vak chiqarishida, azot esa uni shakllanishida, fosfor bo’lsa, o’suv
davrini oxirigacha o’zlashtirilishi ko’zatilgan. Kanop o’simligi o’sish
davrini
birinchi oyida azot va kaliyni tez sur’atlar bilan o’zlashtiradi. Azotning yutilishi
nihollar unib chiqqandan so’ng uch haftagacha, kaliy bo’lsa besh haftagacha, kuchli
davom etsada, vaholanki azotning o’zlashtirilishi o’simlik o’suv davrini oxirigacha
davom etadi.
Qand lavlagi tomonidan oziq moddalardan foydalanishi o’suv davrida bir
me’yorda ketmaydi. Nihollar unib chiqqandan so’ng, birinchi o’n kunlikda NPK ni
bir-biriga nisbati 1,0:1,5:1,4 ga teng bo’lib, barglar jadal o’sgan va barg sathi
rivojlangan davrga kelib may oyida NPK nisbati 1:2,5:3,0 ga teng bo’ladi ya’ni azot
va kaliyni o’zlashtirilishi ortib boradi. Iyun oyiga kelib esa 1:3:3,5 ga, iyulda 1:4:4
nisbatga teng bo’ldi. Avgust oyida lavlagi ildizmevasi paydo bo’lgani uchun unda
qand moddalari to’planadi va binobarin, oziqa moddalarni o’zlashtirishi uchun har
xil o’g’itlarni qo’llashni taqozo qiladi. Shu bilan bir qatorda o’simlikni boshlang’ich
o’sish davrida oziqlanishiga katta e’tibor berish kerak Chunki, bu davrda o’simlik
ildizlari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi, uni ustki qismlari esa tez o’sadi. Bu davrda
o’simlik oziqa moddalardan kam foydalansa ham, lekin ularni muhitda kam
bo’lishiga yoki eritmada ortib ketishiga juda ta’sirchan bo’ladilar. Undan tashqari,
ildiz tarqalgan muhit atrofida oziqa moddalar yengil o’zlashtiruvchan shaklda
bo’lishi va kaliyga nisbatan fosfor ko’p bo’lishi kerak Chunki, o’simlik rivojini
boshlanish davrida bu oziqaga katta zaruriyat sezadi va uni tuproq eritmasida ko’p
bo’lishini talab qiladi, bu sharoit mavjud bo’lmasa unda hosildorlik pasayadi (48-
jadval).
75- jadval
O’simlikni har xil rivojlanish davrida fosfor bilan turlicha oziqlanishini
suli hosildorligiga ta’siri
Oziqlanish sharoitlari
Hosildorlik %
Umumiysi
Don
O’suv davrida fosfor bilan doimo ta’minlanganda
100
100
Ilk rivojlanish davrida 15 kun fosfor berilmaganda
17,4
0
O’simlik 45 kunligidan 60 kunlik bo’lguncha fosfor
olmaganda
102
104
Olingan ma’lumotlarni ko’rsatishicha o’simlikni ilk rivojlanish davrida fosfor
bilan yetarli ta’minlash hosildorlikni belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
O’simlik birinchi 3-4 barglarni yozishgacha donli ekinlar hosil organlarini, ya’ni
boshoq paydo qiladi. Bu davrda azotni yetishmasligi va keyingi davrda azot yetarli
bo’lishi boshoq sonlarini kamaytiradi va hosil miqdorini kamaytiradi. O’simlikni
oziqa moddalarga bo’lgan eng yuqori talabi uni o’suv organlari jadal rivojlanish
davriga to’g’ri keladi. Agar bu davrda azot yetishmasa o’sish, rivojlanish
sekinlashadi, hosil kamayadi. Ko’pchilik o’simliklar rivojlanishining gullash va
mevalash davrlarida azot oziqasiga bo’lgan ehtiyoji kamayadi, kaliy va fosforga
bo’lgan talab esa, aksincha, ko’payadi. O’simlikni har xil o’suv davrida oziqlanish
qonun qoidalarini puxta tushunish o’g’itlarni samarali qo’llashga imkon beradi.
Masalan, qand lavlagini o’suv davrining boshlanishida fosfor bilan yetarli
ta’minlash (ekilgan qatorlarga superfosfat solish muhim ahamiyatga ega.
O’simlik barglari jadal o’sish davrida esa azot bilan ta’minlash (ekishdan oldin
yoki oziqlantirish yo’li bilan) yuqori hosil olishga puxta zamin yaratadi. Bu davrda
berilgan azot, o’simlik ustki qismini, barg sathlarini keskin rivojlantiradi, bu esa o’z
navbatida ildiz mevalarini rivojlantirishga va unda qand moddalarini ko’plab
to’planishiga imkon tug’diradi. Azotli o’g’itlarni bu davrda juda ko’p miqdorda
qo’llaganda o’simlik ustki qismi keskin rivojlanadi, barg sathlari ko’payadi, bu esa
ildiz mevalari vaznini oshiradi, qand moddalarini ko’p to’plashga imkon beradi.
Ildizmeva paydo bo’lish davrida azotli o’g’itlar ko’p miqdorda berilgan taqdirda esa,
ildizmeva rivoji sekinlashadi, uning ustki qismi tez rivojlanadi, bu holda qand
moddalarining to’planishiga zarar keltiriladi va oqsilsiz azotli birikmalar miqdori
ildiz tarkibida oshadi, mahsulot sifati bo’ziladi. Bu sharoitda o’simlikka kaliy va
fosfor berish zaruriyati tug’iladi.
76 - jadval
G’o’zaga oziq moddalarni o’tishi, jami vegetasiya davrida
o’zlashtiradiganiga nisbatan % hisobida
Vegetasiya davrlari
N
P2O5
K2O
Unib chiqqandan to shonalashgacha
3-5
3-5
2-3
Shonalashdan to yoppasiga gullashgacha
25-30
15-20
15-20
Gullashdan to yoppasiga pishib yetilguncha
65-70
75-80
75-80
Demak, o’simlikni o’sish davridagi oziqa moddalarni o’zlashtirish qoidalarini
tushungan holda boshqarish orqali maqsadga muvofiq keladigan hosilni va uni
sifatini yaxshilash imkoniyati tug’iladi.
Mikroorganizmlarni o’simliklar oziqlanishidagi roli
O’simliklarni oziqlanishi tashqi muhit bilan muloqotda, shu jumladan, ko’p
miqdorda tuproqda faoliyat ko’rsatuvchi mikroorganizmlarni ishtirokida vujudga
keladi.
Turli iqlim, relyef, ona jins, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy sharoitda
paydo
bo’lgan tuproq turlarining kimyoviy tarkibi va xossalari bir xil bo’lmaganligi
sababli ulardagi mikroorganizmlarning soni va turlari ham bir xil emas. Ayniqsa
chirindiga boy bo’lgan neytral yoki neytralga yaqin reaksiyali tuproqlarning ustki
qatlamlarida mikroorganizmlar miqdori ancha yuqori bo’ladi. Chunki, bu qatlaMga
mikroorganizmlar hayoti uchun zarur shart-sharoit, ya’ni havo, nam va oziq
moddalar yetarlicha bo’ladi. Tuproqning pastki qatlamlariga tushgan sayin
mikroorganizmlar soni kamaya boradi.
Umuman tuproqning ustki chirindili qatlamidagi bir gramm tuproqda bir necha
million mikroorganizm yashaydi. MDH da tarqalgan har xil tuproqlar tarkibidagi
mikroorganizmlar miqdori 50 jadvalda berilgan.
Bo’z yerdagi qo’riq tuproqning haydalma gorizontidagi va shuningdek,
ekinzorlarning haydalma qatlamidagi mikroorganizmlar miqdori ancha yuqoridir.
M.V.Fyodorov ma’lumotlariga ko’ra, bir gektar ekinzor yepHing ustki
haydalma qatlamida bakteriyalarning tirik vazni 3-8 tonnani tashkil etadi.
Masalan, chimli podzol tuproqning haydalma qatlamida 3,5 t, qora tuproqlarda
5,2 va bo’z tuproqlarda 5 t. ekanligi aniqlangan. Bakteriyalar oziqlanish turiga ko’ra
avtotrof va geterotrof bo’ladi.
Avtotrof bakteriyalar – CO2 ni biriktirish uchun fotosintez yoki kimyoviy
reaksiyalar natijasida hosil bo’ladigan energiyalardan foydalanadi, ya’ni
xemosintezdir. Nitrafikasiya, temir va rangsiz bakteriyalar xemosintez jarayonida
qatnashsa, yashil va oltingugurt bakteriyalari esa fotosintez qiladi.
Geterotrof bakteriyalar esa - uglerodni tayer organik birikmalardan
o’zlashtiradi. Ushbu bakteriyalar aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz)
sharoitlarda ammonifikasiya jarayoni ta’sirida azotli organik birikmalarni NH3 ga
parchalaydi.
H2S va boshqa oltingugurtli birikmalardan H2SO4 hosil bo’lishiga sulfofikasiya
jarayoni deyiladi. Ushbu jarayon oltingugurt va tiobakteriyalar ta’sirida yuzaga
kelib, hosil bo’lgan H2SO4 tuproqdagi qiyin eriydigan fosfat tuzlarini o’simlik
o’zlashtira oladigan holatga keltiradi.
Tuproqdagi mikroorganizmlar soniga, ularning turiga dehqonchilikda
qo’llaniladigan mineral va mahalliy o’g’itlar kuchli ta’sir etadi. Masalan,
tajribalarda yoz oyining oxirida, o’g’it ishlatilmagan tuproqlarni 1grammida - 350,
go’ng berilmaganda – 610 va go’ng + NPK solinganda – 540 mln.dona bakteriya
borligi ko’zatilgan.
Mikroorganizmlar o’simlik ildizi orqali ajralib chiqayotgan har xil energetik
moddalar ishtirokida ildizlarda va uning atrofidagi yaqin joylardagi tuproqda qiyin
o’zlashtiriladigan oziq moddalarni yengil o’zlashtiruvchan shakllarga o’tkazadilar,
ular tuproqdagi organik moddalarni parchalaydilar, binobarin, bu jarayon ham, o’z
navbatida qiyin o’zlashtiriladigan moddalarni oson o’zlashtiruvchan shakllarga
o’tkazadilar. Mikrobiologik jarayonlarning tezligi va yo’nalishi o’simliklar
tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirishga ta’sir etadi. Mikroorganizmlarning
faoliyati tufayli ildiz atrofida ko’plab o’simlik o’zlashtira oladigan oziq moddalar
to’planadi (77-jadval).
77-jadval
O’simlik o’zlashtira oladigan fosfor va kaliyni ildiz atrofida va tuproqdagi
miqdori, (100 g quruq tuproqda mg hisobida)
E k i n
t u r i
P2O5
K2O
Ildizdan
tashqarida
Ildiz atrofida
Ildizdan
tashqarida
Ilidz atrofida
Arpa
18,6
22,5
9,3
12,8
Kuzgi bug’doy
37,2
43,2
6,6
27,9
Suli
31,5
34,5
10,7
34,4
Sebarga
16,2
21,9
6,4
8,2
Tuproqda azotofiksatorlar (azot to’plovchi mikroblar) ham mavjud bo’lib, ular
o’simliklar bilan simbioz holda yashab havo azotini o’zlashtirib oladi va u bilan
o’simliklarni ta’minlaydilar. Ular beda, no’xat va boshqa dukkakli o’simliklar
ildizida bo’lib gektariga 250-300 kg azot to’playdilar, tuproqni bu modda bilan
boyitadi. Nitrifikasiya jarayonida tuproq bakteriyalari ammoniyli azotni nitrat
shakllariga o’tkazadilar. Bu jarayon 2 bosqichdan iborat bo’lib: 1 - oilasiga kiruvchi
mikroblar NH ni nitritlargacha oqsillaydilar. Bu jarayon quyidagi tartibda yuz
beradi:
2NH3 + 3O2 ---- HNO2 + 2H2O +
158 kal.
(Nitrosomonas, Nitrosoccus)
Ikkinchi pog’onada nitrifikasiya bakteriyalari nitritlarni nitratlargacha
oqsillaydilar:
2HNO2 + 3O2 ---- 2HNO3 + 48 kal. ( Nitrobacter).
Nitrifikasiya bakteriyalari avtotrof organizmlar hisoblanadi. Lekin nitratlar
yaxshi eruvchan xususiyatiga ega bo’lganligi uchun namlik ta’sirida pastga yuvilishi
va parchalanish ta’sirida tuproq ustki qatlamlarida to’planishi mumkin.
Tuproq tarkibidagi organik azot o’simlik ildizlari orqali qiyin yutiladi, shuning
uchun, o’simlikni yaxshi oziqlanishida mineral azot bo’lishi shartdir. Qulay
sharoitlarda tuproq muhitida mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadilar. Ular oqsil
shaklidagi murakkab moddalarni oddiy, ya’ni aminokislotalarga amidlarga
aylantiradilar. Natijada proteolitik har xil guruh mikroorganizmlar tomonidan
(chirituvchi mikroblar, aktinomisetlar, shilliqsimon zamburug’lar) ajratgan
fermentlar ta’sirida kimyoviy jarayonlarda ammiakni amino va amid birikmalaridan
ajratib oladi. Hosil bo’lgan ammoniy tuproq tomonidan shimiladi, tuproqda
kislotalar ularni neytrallaydi, ammoniy azot qaytadan mikroblar tomonidan
o’zlashtiriladi va ularni tanasini ajralmas qismini tashkil qiladilar.
Ayrim sharoitlarda ammoniyli azot ozod bo’ladi va shu shaklda havoga uchib
ketishi mumkin. Agar tuproqda havosiz sharoit bo’lsa, u vaqtda azotli organik
birikmalar ammiak shaklida spora tashuvchi bakteriya klostridium yordamida
parchalanadilar.
Aerob (havoli) tuproq sharoitida ammoniy nitratlargacha, ya’ni aerob
mikroorganizmlar azotobakterlar ta’sirida parchalanadilar.
Denitrifikasiya jarayoni ta’sirida nitrat shaklidagi azot qaytarilishi natijasida
molekulyar azot shaklida uchib ketadi. Bu jarayon nitrifikasiya jarayonini teskarisi
bo’lib, faqat denitrifikasiya havosiz (kislorodsiz) sharoitda yuz beradi. YepHi
yumshatish, qator oralariga ishlov berish, tuproq namligini boshqarish, azotni
elementar shaklida uchib ketishini kamaytiradi.Shunday qilib, mikroorganizmlar
havodagi molekulyar azotni o’zlashtiradi, azot bilan tuproqni boyitadi, bu esa o’z
navbatida tuproqni gumus bilan boyitadi.
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, hamma mikroorganizmlar ham o’simlik uchun
foydali hisoblanmaydi. Ularni ayrimlari o’simlikda har xil kasalliklarni
qo’zg’atuvchi guruhlarga kiradilar. Masalan, g’o’za o’simligi vilt yoki ildiz chirish
gammoz kasalligiga chalinadi. Vilt yoki so’lish kasalligini qo’zg’atuvchisi
(Verticillium Dohlia) tuproq muhitida yashaydi, o’simlik qoldiqlarida qishlab, ildiz
orqali uning o’tkazuvchi to’qimalariga kirib uni zararlantiradi, natijada
o’simlik
so’liydi, hosilga katta zarar yetkazadi.
TUPROQNING AGROKIMYOVIY XUSUSIYATLARI.
Tuproqning tarkibi.
Tuproq qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproq havosi) fazalaridan
iborat bo’lib, ular bir-birlari bilan uzviy aloqada bo’ladilar.
Tuproq havosi atmosfera havosidan keskin farq qiladi, unda kislorod miqdori
kam bo’lib, karbonat angidrid ko’p bo’ladi. Chunki, tuproq organik moddasi
mikroorganizmlar ta’sirida parchalanish jarayonida ko’plab karbonat angidrid
ajratib chiqarsa, ikkinchi tomondan, havoli sharoitda yashovchi mikroorganizmlar
ko’plab kislorodni iste’mol qiladi. Tuproq muhitida, mikroorganizmlar doimiy
ravishda karbonat angidridni ko’paytirib kislorod miqdorini esa kamaytiradi. Ushbu
jarayon o’simlik ildizlarining nafas olish davrida va ba’zi bir kimyoviy reaksiyalar
natijasida ham sodir bo’ladi.
Atmosfera havosi tarkibida 0,03 foiz CO2 bo’lsa, tuproq havosida esa 0,3 - 1,0
foiz, ayrim hollarda 2-3 foiz, ba’zan undan ham yuqori bo’ladi. Tuproq havosidagi
CO2 miqdori, atmosfera bilan tuproq muhiti o’rtasidagi aerasiya tezligiga bog’liq
bo’lib, tuproq havosida hosil bo’lgan CO2 qisman atmosfera tomon siljiydi va tuproq
eritmasi tomonidan o’ziga singdiriladi. Me’yorida yuz beradigan aerasiya (havo
almashinish) natijasida 1 m tuproq tagidan yoz vaqtlarida bir kunda 2 litrdan to 10
litrgacha CO2 ajralib chiqadi va taxminan shuncha miqdorda kislorod iste’mol
qilinadi. CO2 ni yer ustki qatlamlarida to’planishi, o’simlikdagi assimilyasiya
jarayonini tezlashtiradi va o’simliklarni hosildorligiga ijobiy ta’sir etadi. Karbonat
angidrid tuproq muhitida erib, karbonat kislota hosil qiladi, u esa dissosiyalanib H+
va HCO3- hosil qilib, tuproq eritmasini nordonlashtiradi:
CO 2 + H2O = H2CO3
H2CO3 H+ + HCO3-
Tuproq muhitini CO2 bilan boyishi natijasida, u mineral birikmalar (fosfatlar
va kalsiy karbonat) va boshqalarni o’simlik tomonidan oson o’zlashtiruvchi
shakllarga o’tkazadi. Shuningdek, tuproqlar tarkibida me’yoridan ortiq CO2 ni
ko’payishi, undagi kislorodni kamaytirishga olib kelib, mikroorganizmlar va
o’simliklar tomonidan oziq elementlarni o’zlashtirish faoliyatini bo’zilishiga sabab
bo’ladi. Kislorodni yetishmasligi o’simlik ildiz sistemasini nafas olishini susaytirib,
havosiz (anaerob) jarayonlarni qaytarilishini kuchaytiradi va mineral moddalarning
qayta tiklanish jarayoni boshlanadi.
Shuning uchun ham, tuproq tarkibidagi kislorod miqdori 8-12 foizdan kamayib
ketsa, o’simliklarni o’sishi va rivojlanishi yomonlashadi, bu ko’rsatkich 5 foizdan
kamayganda esa – o’simliklar nobud bo’ladi.
Tuproq eritmasi- tuproqning juda harakatchan va faol qismi bo’lib, u yerda
har xil kimyoviy jarayonlar sodir bo’lib, undan o’simliklar oziq moddalarni
to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtiradi.
Tuproq tipiga va boshqa xususiyatlariga qarab, tuproq eritmasida anionlardan
(HCO3-, OH-, Cl-, NO3-, H2PO4-) kationlar (N+, K+, Na+, NH4+, Ca2+, Mg2+),
shuningdek, suvda eriydigan organik birikmalar va erigan holatdagi gazlar (CO2, H2
, O2 ) va boshqalar uchraydi.
Tuproq eritmasidagi tuzlar minerallarni nurashi va parchalanishi, organik
moddalarni mikroorganizmlar tomonidan parchalanishi hamda mahalliy va mineral
o’g’itlarni qo’llash natijasida eritmada to’planadi.
O’simliklarning oziqlanish jarayonida, tuproq eritmasiga ionlardan K+, Ca2+ ,
Mg2+ , NH4+ , NO3- , Cl-, N2PO4- larni doimiy ravishda o’tib borishi, juda muhim
ahamiyatga ega. Odatda tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori 0,05 foizni tashkil qiladi,
bu miqdorni 0,2 foizgacha ko’payishi o’simlikka salbiy ta’sir ko’rsatsa, ularni
miqdori 0,3 -0,5 foizgacha oshadigan bo’lsa, o’simlik butunlay nobud bo’ladi.
Tuproq eritmasidagi tuzlar tarkibi va miqdori tashqi muhit omillari ta’sirida
keskin o’zgaradi. Tuzlar miqdori mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida, tuproq
namligi yetarli bo’lmaganda va organik moddalarni parchalanishi natijasida ortib
ketadi. Shu bilan bir qatorda, tuproq eritmasidagi tuzlarni o’simliklar tomonidan
o’zlashtirilishi natijasida, ularni yuvilish jarayonida hamda o’simlik qiyin
o’zlashtiradigan shakllarga o’tishi natijasida ham ularni miqdori kamayadi. Tuzlar
tarkibi va miqdori, tuproq qattiq fazasi bilan bo’ladigan almashinish reaksiyalari
natijasida kolloidlar bilan birlashishi ta’sirida ham ortib ketadi.
Tuproqning qattiq fazasi - o’simliklar uchun zarur bo’lgan asosiy oziq
moddalarning zahirasini o’zida saqlaydi. U mineral (90-99 foiz) va organik (1-10
foiz) qismlardan iborat. Tuproq qattiq fazasining organik qismi, uni unumdorligini
barpo etishda muhim ahamiyatga ega. Tuproq qattiq qismini yarmisini kislorod 1/3
qismi - kremniydan, 10 foizdan ortig’i alyuminiy va temir, qolgan 7 foizini boshqa
elementlar tashkil qiladi. Qayd qilingan hamma elementlar tuproqlarni mineral
tarkibida mavjud bo’lib, har xil mineral birikmalarni tarkibiy qismini tashkil etadi.
Ulardan uglerod, vodorod, kislorod, fosfor va oltingugurt tuproqning ham mineral
ham organik qismida bo’lsa, faqatgina azotning juda ko’p qismi organik modda
tarkibiga kiradi.
78 – jadval
Tuproq qattiq fazasini o’rtacha kimyoviy tarkibi
(A.P.Vinogradov ma’lumoti bo’yicha)
Elementlar
%
Elementlar
%
Elementlar
%
Kislorod
49,0
Bariy
0,05
Galliy
10
Kremniy
33,0
Stronsiy
0,03
Qalay
10
Alyuminiy
7,1
Sirkoniy
0,03
Kobalt
8*10-4
Temir
3,7
Ftor
0,02
Toriy
6*10-4
Uglerod
2,0
Xrom
0,02
Mishyak
5*10-4
Kalsiy
1,3
Xlor
0,01
Yod
5*10-4
Kaliy
1,3
Vanadiy
0,01
Seziy
5*10-4
Natriy
0,6
Rubidiy
6*10-3
Molibden
3*10-4
Magniy
0,6
Rux
5*10-3
Uran
1*10-4
Vodordo
0,50
Seriy
5*10-3
Berilliy
10-4
Titan
0,46
Nikel
4*10-3
Germaniy
10-4
Azot
0,10
Litiy
3*10-3
Kadmiy
5*10-5
Fosfor
0,08
Mis
2*10-3
Selen
1*10-6
oltingugurt
0,08
Bor
1*10-3
Simob
10-6
Marganes
0,08
Qo’rg’oshin
1*10-3
Radiy
8*10-11
Tuproqning mineral qismi - har xil mineral zarrachalarining bo’lakchalaridan
tashkil topgan bo’lib, ularning o’lchamlari 1 millimetpHing milliondan biridan 1
mm gacha vaundan ham kattaroq bo’lishi mumkin. Tuproq minerallari paydo
bo’lishiga qarab, birlamchi va ikkilamchi minerallarga bo’linadilar.
Birlamchi minerallar - kvars, dala shpatlari, slyudalardan iborat bo’lib, ular
asosan qum zarrachalari (0,05 dan 1 mm gacha) va chang (0,001 dan 0,05 mm gacha)
holatida bo’ladi.
Birlamchi minerallarni kimyoviy parchalanishi (gidroliz, oksidlanish)
natijasida va har xil organizmlar ta’sirida turli xil tuzlar va ikkilamchi minerallar -
kaolinit, gidroslyudlar hosil bo’ladi. Ular tuproqda loyqa kolloid zarrachalar holida,
qisman mayda chang zarralari ko’rinishida ham uchraydi.
Minerallar kimyoviy tarkibiga ko’ra, kremnyokislorodli birikmalarga (yoki
silikatlarga) va alyumo-kremnyokislorodli (yoki alyumosilikatlarga) birikmalarga
bo’linadilar.
Kremnyokislorodli birikmalardan tuproq eng ko’p tarqalgani bu kvars (SiO2)
bo’lib, u ko’pincha qum va chang zarrachalaridan tashkil topgan bo’ladi. Barcha
tuproqlarda kvars miqdori 60 foiz, qumloq tuproqlarda esa 90 va undan ortiq foizni
tashkil qiladi. Kvars juda mustahkam mineral hisoblanib, hyech qanday kimyoviy
reaksiyalarga kirishmaydi.
Alyumoqremnyokislorodli birikmalar tuproqda birlamchi va ikkilamchi
minerallardan iborat. Birlamchi alyumo-silikatlardan eng ko’p tarqalgani dala shpati
bo’lib, ular kaliyli (artoklaz), natriy - kalsiyli (anortit va al’bit) bo’ladi.
Tuproqda, dala shpatiga nisbatan slyudalar kam miqdorda tarqalgan bo’lib,
ulardan ko’p uchraydiganlari kaliyli slyuda-muskovit (KAl2(AlSi3O10) (OH)2 temir-
magneziyali slyuda–biotit – (K(Mg, Fe)3(AlSi3O10)5(OH,F)2
magneziyali slyuda–flogopit–K Mg (AlSi3O10)(OH,F)2 hisoblanadi.
Dala shpatlari va slyudalar, asta- sekinlik bilan parchalanib, ulardan ajralib
chiqqan kaliy, kalsiy, magniy, temir va boshqalar o’simlik uchun oziqa
hisoblanadilar.
Ikkilamchi alyumosilikatlar minerallar, asosan, kremniy, alyuminiy, kislorod
va vodoroddan, hamda kam miqdorda kalsiy, magniy, kaliy, temirdan tashkil topgan
bo’ladi.
Ikkilamchi minerallar ayrim xususiyatlari bilan (kristall panjaralarni tuzilishi,
disperslik darajasi va boshqalar) quyidagi guruhlarni birlashtiradi: montmorillonitli,
kaolinitli va gidroslyudalilarni.
Montmorillonitli guruhga-montmorillonit, (Al2Si4O10(OH)2 * nH2O)
Beydeliit Al2Si3O9(OH)3 * nH2O va boshqa ayrim minerallar kiradi.
Montmorillonitli loylar yuqori disperslik shishish va yopishqoqlik xususiyatiga
ega bo’ladi.
Kaolintli guruhlarga – kaolinit (Al2Si2O5(OH)4) va galluazit (Al2Si2O5 (OH)4
* 2H2O) kiradi. Kaolinitli loylar, montmorillontli loylarga nisbatan dispersliq namni
oz miqdorda shimishi va kam yopishqoqligi bilan farqlanadi.
Gidroslyudalar dala shpati va slyudalardan hosil bo’ladi. Ulardan eng ko’p
tarqalganlari: gidromuskovit (illit) – KAl{(SiAl)4O10}(OH)2 * n H2O; Gidrobiotit -
K (MgFe)3{(AlSi)4O10} * (OH)2 * n H2O va vermikulit – (Mg Fe2+,F3+)2
{(Al,Si)4O10} (OH)2 * 4H2O
Ikkilamchi alyumosilikatli minerallar kristall panjaralarini tuzilishi, disperslik
darajasi va boshqa hususiyatlari bilan farqlanadir, lekin, ularda bir-biriga
o’xshashlik belgilari ham mavjud. Ular tuproqda kristallar shaklida uchrab, o’lchami
bir necha mikrometrdan 10-100 mikrometrgacha tebranadi. Ushbu minerallar,
yuqori disperslik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun katta yuzaga va singdirish
qobiliyatiga ega.
Tuproq mineral qismi tarkibiga amorf moddalar ham kiradi. Ulardan eng ko’pi
alyuminiy gidrooqsili Al2O3 * nH2O va temir Fe2O3 * nH2O hamda kremniy
gidroqsili – SiO2 * nH2O hisoblanadi.
Ular tuproqda amorf-kolloid cho’kma (gel’) hosil qiladi. Ushbu moddalar o’z
tarkibidan asta-sekinlik bilan suvni yo’qotib kristallar hosil qiladi, kremniy
gidroqsili esa tuproqda ikkilamchi kvarsga aylanadi va shu bilan bir qatorda,
alyuminiy, temir gidroqsilidan, gibbsit – Al2O3 * 3H2O
Bemit – Al2O3H2O, getit - Fe2O3 * H2O, limonit – 2Fe2O3 * 3H2O va boshqa
moddalar hosil bo’ladi.
Tuproqda shuningdek, har xil karbonatlar, sulfat, nitrat, xlorid, fosfatning
kalsiyli, magniyli, kaliyli va natriy tuzlari ham mavjud bo’lib, ular suvda yaxshi
eriydi. Suvda yaxshi erimaydigan kalsiy va magniy karbonati, magniy va kalsiy
sulfat tuproqni qattiq qismida ko’plab uchraydi.
Hamma tuproqlarda suvda kam eriydigan fosfor kislotasini tuzlari (kaliyli temir
va alyuminiyli, magniyli fosfatlar) mavjuddir. Ammo ular o’simlik tomonidan
yaxshi o’zlashtirilmaydi.
Ikkilamchi alyumosilikatli minerallar kristall panjaralarini tuzilishi, disperslik
darajasi va boshqa hususiyatlari bilan farqlanadir, lekin, ularda bir-biriga
o’xshashlik belgilari ham mavjud. Ular tuproqda kristallar shaklida uchrab, o’lchami
bir necha mikrometrdan 10-100 mikrometrgacha tebranadi. Ushbu minerallar,
yuqori disperslik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun katta yuzaga va singdirish
qobiliyatiga ega.
Tuproqning har xil mineral fraksiyalari bir biridan zarrachalarining o’lchamlari
bilan emas, balki mineralogik va kimyoviy tarkibini bir xil bo’lmasligi hamda
undagi oziq elementlar miqdori bilan ham farq qiladi. Tuproqning qum va katta
changlardan iborat bo’lgan zarrachalarining ko’p qismini dala shpati va kvarslar
tashkil etadi. Natijada, ularning tarkibida kremniy miqdori ko’p bo’lib, alyuminiy,
temir, kalsiy, magniy, kaliy, fosfor va boshqa elementlar kam miqdorda bo’ladi (79-
jadval).
79-jadval
Har xil tuproq zarrachalarini kimyoviy tarkibi
Zarrachalar o’lchami, mm
Tarkibidagi miqdori, foiz hisobida
Si
Al
Fe
Ca
Mg
K
P
Qum – 1,0 – 0,2
43,4
0,8
0,8
0,3
0,3
0,7
0,02
Yirik qum - 0,2 – 0,04
43,8
1,1
0,8
0,4
0,1
1,2
0,04
O’rtacha qum - 0,04 – 0,01
41,6
2,7
1,0
0,6
0,2
1,9
0,09
Mayda qum – 0,01 – 0,002
34,6
7,0
3,6
1,1
0,2
3,5
0,04
Loyqa < 0,002
24,8
0,6
9,2
1,1
0,6
4,1
0,18
Demak, tuproqning mayda dispersmineral zarrachalari organik moddalar bilan
birgalikda tuproqda adsorbsion jarayonlarning o’tishiga sabab bo’ladi, ularning
singdirish qobiliyati o’g’itlar bilan tuproq o’rtasidagi o’zaro ta’sirda muhim
ahamiyatga ega. Tuproqning organik moddasi. Tuproq organik moddasi uning qattiq
qismini kam miqdorini tashkil qilsa ham, tuproq unumdorligini oshirishda
o’simliklarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Tuproqdagi organik moddalar
miqdori bo’z tuproqlarda 1-2 foizni, qora tuproqlarda 10 foizgacha bo’lishi mumkin.
(54-jadval)
Tuproqning organik qismi, murakkab majmuadan iborat bo’lib, har xil organik
moddalarni o’zida saqlab, quyidagi 2 guruhga bo’linadi:
1. Gumusga aylanmagan o’simlik va hayvon qoldiqlaridan kelib chiqadigan
moddalar;
2. Maxsus tabiatli organik modda, ya’ni gumus yoki chirindili organik
moddalar.
Gumusga aylanmagan organik moddalarga parchalanmagan yoki yarim
parchalangan o’simlik qoldiqlari (ildiz, barg va poya) hamda tuproqda yashaydigan
hayvonlar (chuvalchang, hasharotlar) va mikroorganizm qoldiqlari kiradi.
I.V.Tyurin ma’lumotlariga qaraganda, har xil madaniyat tuproqlarning bir
gektariga, o’rtacha har yili 5-8 va undan ortiq tonna o’simlik qoldiqlari kelib tushadi.
Bir gektar yerga 0,7-2,7 tonna bakteriyalar to’g’ri kelib organik modda zahirasini 1-
2 foizini tashkil etadi.
O’simlik qoldiqlarini tuproqda parchalanishi davrida oraliq moddalar
kletchatka, gemisellyuloza, kraxmal, organik kislotalar, oqsilli va boshqa azotli
moddalar (aminokislotalar, amidlar va x.k) hosil bo’ladi.
To’liq parchalanmagan o’simlik qoldiqlari tuproqda oziqa moddalarini (azot,
fosfor, kaliy, oltingugurt va boshqalar) ko’paytirib, ularni o’simlik qiyin
o’zlashtiradigan shakllaridan oson o’zlashtiruvchan holatga o’tkazib, bir yo’la ularni
parchalanish jarayonida gumus (chirindi) hosil qiladilar.
Har xil guruhga kiruvchi tuproqlar, jami chirindi miqdori bo’yicha farq qilib
qolmasdan, balki u tarkibi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Tuproqdagi oziq elementlar miqdori. Har xil tipdagi tuproqlar mineral
qismining tarkibiga ko’ra, organik modda miqdoriga va xususiyatiga qarab turlicha
bo’ladi. Shuning uchun ham, ular tarkibidagi yalpi oziq elementlar miqdori va
zahirasi bo’yicha ham bir biridan keskin farq qiladi. (55-jadval).
Asosiy tuproq tiplari tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning yalpi zahirasi ancha
miqdorni tashkil etadi, bu bitta ekin turi tomonidan o’zlashtiriladigan shu turdagi
elementlar miqdoridan bir necha o’n va yuz marotaba ko’pdir.
81-jadval
MDH dagi har xil tuproqlar haydalma qatlami tarkibidagi
yalpi azot, fosfor va kaliy miqdori.
Tuproq tipi
N
P2O5
K2O
foiz
tonna/ga
Foiz
tonna/ga
foiz
tonna/ga
Chimli podzol:
qumli
qumoq
0,02-0,05
0,05-0,13
0,6-1,5
1,5-4,0
0,03-0,06
0,04-0,12
0,9-1,8
1,2-3,6
0,5-0,7
1,5-2,5
15-21
45-75
Qora tuproqlar
0,2-0,5
6,-15
0,1-0,3
3-9
2,0-2,5
60-75
Bo’z tuproqlar
0,05-0,15
1,5-4,5
0,08-0,2
2,4-6,0
2,5-3
75-90
Ammo tuproqdagi oziqa moddalarning ko’p qismi, o’simliklar tomonidan
to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtirilmaydigan birikmalar holida bo’ladi. Masalan, azot
asosan murakkab organik moddalar tarkibida (gumusli moddalar, oqsillar va
boshqalar) bo’lsa, fosforning asosiy qismi qiyin eriydigan mineral birikmalar va
organik moddalar kaliyning ko’pchilik qismi esa- erimaydigan alyumosilikatli
minerallar tarkibida bo’ladi.
O’zbekistonning sug’oriladigan tuproqlarini xususiyatlari.
O’zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 50 mln. gektar atrofida
bo’lib, shundan 26,3 mln. gektari yoki umumiy maydonining 59 foizi qishloq
xo’jalik uchun yaroqli yerlar hisoblanadi. Barcha haydaladigan maydonlarning 4,2
mln. gektariga yaqini sug’oriladigan yerlardan iboratdir.
"O’zgiprozem" ning 1996 yil ma’lumotlariga qaraganda O’zbekistonda 14 dan
ortiq tuproq turlari uchraydi. Shulardan 26,4 foizini o’tloqi tuproqlar, 24 foizini och
tusli bo’z tuproqlar, 16,2 foizini haqiqiy bo’z tuproqlar, 6,6 foizini bo’z-o’tloq
tuproqlar, 8,3 foizini taqir va o’tloq-taqir tuproqlar qolganini to’q tusli bo’z tuproqlar
tashkil qiladi.
O’zbekiston tuproqshunoslik va agrokimyo institutining tasnifiga binoan
ko’pchilik biologik fizik-kimyoviy, tuproq mexanik tarkibi va boshqa xususiyatlar
bilan farq qiladigan ikki guruhga bo’linadi:
1. Avtomorf tuproqlar - adir, tog’ oldi va tekis etaklari zonasida joylashgan. Bu
tuproq sharoitlarida yer osti suvlari chuqur joylashgan bo’lib, maydoni umumiysiga
nisbatan 47 foizni tashkil etadi.
2. Gidromorf tuproqlar - yer ostki suvlari yuza joylashgan o’tloqi, o’tloqi
botqoq, daryolarni quyi oqimi past yerlaridagi o’tloqi to’qay, to’qay va sho’rxoq
tuproqlar. Tuproq tasnifisiga muvofiq, bo’z tuproqlar 5 tipga bo’linadi: 1. Bo’z (och,
tipik va to’q) tuproqlar. 2. Sug’oriladigan bo’z tuproqlar (och, tipik va to’q.). 3.
Bo’z-o’tloq tuproqlar - ya’ni, yarim gidromorfli. 4. O’tloq tuproqlar (allyuvial, soz,
och yoki to’q tusli, sho’rlangan, sho’rxoq). 5. Botqoq tuproqlar ( allyuvial, soz, berch
qavatli, botqoq, sho’rlangan va sho’rxoq).
Sug’oriladigan bo’z tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, sug’orish davomiyligiga
qarab yangidan va eskidan sug’oriladigan turlarga bo’linadi. Ular bir qator
xususiyatlari bilan farqlanadi. Tipiq to’q tusli va bo’z tuproqlar joylashgan
mintaqada o’tloq sohil allyuvial tuproqlar relyefining katta qiyaligi va vodiylarning
bu qismlarida shag’al va qumli zamin mavjudligi ta’sirida, yer osti suvlari oqimi
yaxshi bo’lganligi uchun tuproq sho’rlanmaydi. Lekin och tusli bo’z tuproqlar
joylashgan yerlarda, ayniqsa sahro, allyuvial tuproqlar joylashgan mintaqalarda
relyef kam nishablikka ega bo’lgani tufayli ular turli darajada sho’rlangan. Bu
tuproq sharoitlarida yer osti suvlari uzoqlashtirilmasa sug’orish davrida suvlar tez
ko’tarilib, tuproqlarni sho’rlanishiga olib keladi. Bo’z tuproqlarda gumus miqdori
kam. Masalan, och tuslida 0,09-1,5 foiz, tipik bo’z tuproqda 1,24-2,5 foiz va to’q
bo’z tuproqlarda 2-3 foiz bo’lishi bilan farqlanadiMasalan, tuproq tarkibidagi azot
miqdori, yerga solingan azotli o’g’itlar miqdoriga va shakliga, o’tmishdosh ekin
turiga, go’ngni qo’llash miqdoriga qarab o’zgaradi. Tuproqdagi umumiy azot
miqdori dalada almashlab ekishi tizimi joriy etilganda orta boradi va aksincha,
surunkasiga bir xil ekin ekilib kelinayotgan yerlarda kamayib boradi. O’zbekistonda
tarqalgan asosiy tuproq tiplari tarkibidagi yalpi azot miqdori ham turlicha bo’lib, u
bo’z tuproqlarni 0-20 sm chuqurligida 0,04-0,07, och tusli bo’z tuproqlarda 0,08-
0,12 to’q tusli bo’z tuproqlarda ham 0,08-0,12 va o’tloq tuproqlarda 0,10-0,15 foizni
tashkil etadi.
82-jadval
O’zbekiston tuproqlari tarkibidagi umumiy azotning
miqdori, foiz hisobida
Tuproqlar
Tuproq qatlami, sm
0 - 20
30 - 50
75 – 100
Bo’z tuproq
0,04-0,07
0,03-0,04
0,02-0,04
Eskidan sug’oriladigan och tusli bo’z tuproq
0,08-012
0,04-0,05
0,02-0,04
To’q tusli bo’z tuproq
0,08-012
0,03-0,05
0,02-0,03
To’q tusli o’tloq tuproq
0,20-0,50
0,08-0,20
0,02-0,05
Eskidan sug’oriladigan o’tloq tuproq
0,10-015
0,04-0,06
0,02-0,04
O’zbekistonda tarqalgan asosiy tuproq tiplari tarkibidagi umumiy fosfor
miqdori 0,08-0,3 foizgacha bo’ladi. Sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning
haydalma qatlamida 0,4 foiz yalpi fosfor bo’lsa, bu ko’rsatkich 30 yildan beri
o’zlashtirilgan va sug’orilib kelinayotgan och tusli bo’z tuproqlarda - 0,19; haqiqiy
bo’z tuproqlarda - 0,21; eskidan sug’orilib kelinayotgan o’tloqi tuproqlarda 0,8;
o’tloqi botqoq tuproqlarda - 0,14- 0,17 va to’q tusli bo’z tuproqlarda 0,15-0,17 foizni
tashkil qiladi (83- jadval).
Tuproqlar tarkibidagi fosfor organik va mineral birikmalar tarkibida uchraydi.
Bu birikmalar suvda erimaydigan va o’simlik qiyin o’zlashtiradigan shakllarda
bo’ladi.Organik birikmalar tarkibidagi fosfor miqdori mineral birikmalardagi
fosforga qaraganda ancha kam bo’ladi.
83-jadval
Bo’z tuproqlar tarkibidagi yalpi va harakatchan fosfor miqdori.
Tuproq tipi
Chuqurligi, sm
Umumiy
P2O5 % his.
Harakatchan
P2O5, mg/kg
Eskidan sug’orib
kelinayotgan tipik bo’z
tuproqlar
0-20
20-40
100-135
0,213
0,215
0,136
15,3
7,5
3,2
Yangidan sug’orilib
kelinayotgan och tusli bo’z
tuproq
0-25
30-55
70-85
0,141
0,143
0,141
12,4
9,6
2,8
30 yildan beri o’zlashtirilgan
och tusli bo’z tuproq
0-22
22-40
65-95
0,190
0,177
0,134
19,2
11,4
3,3
To’q tusli bo’z tuproq
0-15
15-30
30-65
0,194
0,152
0,139
40,3
12,8
8,7
Eskidan sug’orib
kelinayotgan o’tloqi tuproq
0-20
20-45
0,183
0,149
15,9
7,2
50-70
0,111
1,8
O’tloqi botqoq tuproq
0-20
22-40
42-70
0,171
0,099
0,123
10,5
4,3
1,5
Agarda fosforning umumiy miqdorini 100 foiz deb olinsa, shundan 10-20 foizi
organik fosfor bo’lsa, qolgan qismini (80-90 foizi) mineral fosfor tashkil qiladi.
O’simliklarni oziqlanishida tuproqdagi organik fosforning ahamiyati katta. Lekin
bunday fosfor faqatgina mineral holga o’tgandan keyingina o’simlik tomonidan
o’zlashtiriladi.
Tuproqning singdirish qobiliyati va uning turlari.
O’simlik oziqlanishida va tuproqqa solingan o’g’itlarni o’zgarish jarayonida,
singdirish qobiliyati katta ahamiyatga ega. Tuproqlarni singdirish qobiliyati
to’g’risidagi tushuncha akademik K.K.Gedroys risolalarida ilmiy jihatdan asoslanib
berilgan. Tuproq singdirish qobiliyati iborasi asosida, eritmadagi har xil moddalarni
singdirish va ularni ushlab qolish xususiyati tushuniladi. Bu jarayon, moddalarni
tuproq muhitidan singdirish davrida yuz beradi.
Tuproqlarning bu xususiyati oldindan ma’lum edi. Lekin, uni sistemali
ravishda o’rganish o’tgan yuz yilliklarni o’rtalarida boshlandi. 1850-1854 yillarda
D.Ueya o’zining ilmiy ko’zatishlari asosida, tuproqlar hamma tuzlarni ham
singdirmasligini, balkim, ularning asoslarini o’zida ushlab qolishini aytib, tuproqdan
ham eritmaga qancha singdirilgan bo’lsa, shuncha miqdordagi asoslar o’tishini
asoslab berdi.
Tuproqlarni singdirish xossalarini o’rganishda akademik K.K.Gedroys,
G.Vagner,
S.Mattsonlarni
xizmatlari
katta
bo’ldi.
D.N.Pryanishnikov
laboratoriyalarida, o’simlikni oziqlanishida tuproqlarning almashinib singdirish
qobiliyati muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tajribalar asosida isbotlandi.
Akad.K.K.Gedroys tuproqlarni singdirish qobiliyatini 5 turga bo’ladi.
Biologik singdirish - bu o’simlik va mikroorganizmlar faoliyati bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, ular tuproq eritmasi va TSK dagi oziqa moddalarni
tanlab singdiradilar va tuproqqa organik shaklda yoki o’simlikda mustahkamlanib
qoladilar. Bu singdirilgan va organik shaklga o’tgan oziq moddalar parchalanishi
natijasida eski shakliga o’tadilar va yana o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Lekin,
oziqa moddalarni ( azot, fosfor, kaliy) o’simlik va mikroorganizmlar tomonidan
o’zlashtirilishi sekinlik bilan davom etadi. Shunisi tavsifliki, singdirilgan oziq
moddalardan azot va kul elementlari mikroblar va chirayotgan o’simlik tanasidan
tezroq ajralib chiqadi. Biologik singdirish jarayoni tezligi havo, namliq
mikroorganizmlar uchun energiya manbai hisoblanuvchi organik oziq moddalar
miqdoriga, tuproq fizik - kimyoviy va biologik xususiyatlariga bog’liq.
Agarda, tuproq muhitiga tarkibida azot kam bo’lgan organik modda solingan
bo’lsa (somon va somonli go’ng) mikroorganizmlar rivojlanishi tezlashadi
binobarin, oziq moddalarni, ayniqsa, azot oziqasini mikroorganizmi tomonidan
singdirilishi kuchayadi va tezlashadi, ammo, shu bilan bir qatorda, o’simlikni azot
bilan oziqlanishini yomonlashadi. Oziqa moddalarni biologik singdirilishi ularni,
shu jumladan, mineral shakldagi azot, fosfor, sul’fat va mikroelementlarni tuproqda
birikib qolishida birdan bir muhim omildir. O’simlik qoldiqlari va mikroorganizmlar
tanasi chirish jarayonida oziq moddalar yana mineral holda ajralib chiqadi. Eng
muhimi, nitrat shaklidagi azotni biologik singdirish yo’li bilan mustahkamlanib
qolishidir, biologik singdirish o’simliklar oziqlanishida va tashqi muhitda bu
shakldagi azotni kamaytirishda katta ahamiyatga ega. Chunki, nitratlar nam yetarli
bo’lgan mexanik tarkibi yengil tuproqda ko’proq behuda yuviladi va gaz holida
uchib ketadi.
Demak, biologik singdirish barcha tuproq - iqlim zonalarida, asosan, iqlimi
sepHam bo’lgan va sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda, hamda
mexanikaviy tarkibi yengil bo’lgan qumloq tarkibli tuproqlarda muhim ahamiyatga
ega. Shuningdek, biologik singdirish jarayoni tufayli tuproqda o’simliklar hayoti
uchun zarur bo’lgan oziq moddalar, jumladan, azotning ushlanib qolishi va
to’planishi natijasida tuproq unumdorligini ortishi va oziq moddalarni tanlab
singdirilishi, faqat ushbu jarayon ta’siridagini vujudga keladi.
Mexanik singdirish - qobiliyati tuproq g’ovak xususiyatiga ega bo’lgani uchun
sizilib o’tayotgan suyuqlik tarkibidagi mayda yoki unchalik katta bo’lmagan
moddalarni to’tib qoladi. Bu esa, o’z navbatida tuproqqa solingan erigan yoki
erimagan fosforid uni loyqalarini, mineral o’g’itlarni saqlashda, ularni tuproq
qatlami bo’yicha joylashishida juda muhimdir. Tuproqlarning ana shu xususiyati
tufayli bu turdagi o’g’itlar tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketmaydi va shu
bilan birga tuproqning eng qimmatli kolloid zarrachalarini saqlab qoladi.
O’zbekiston Respublikasining tog’ etaklari va adirlarida toshloq yerlarni
o’zlashtirishda - dehqonlar tuproqlarni mexanikaviy singdirish qobiliyatidan
foydalanganlar, ya’ni ular bir necha yillar davomida toshloq yerlarga loyqa
cho’ktirish (kolmotaj) yo’li bilan u joylarda ekin ekish uchun yaroqli unumdor
tuproqlarni vujudga keltirganlar. Shunday qilib, tuproqlarning mexanikaviy
singdirish qobiliyati ham o’ziga xos amaliy ahamiyatga egadir.
Tuproqni fizik singdirish - qobiliyati bu erigan moddalarni yoki butun
molekulalarni manfiy yoki musbat xususiyatga ega bo’lgan tuproq qismlari orqali
yuz beradigan singdirish hisoblanadi. Moddalarni musbat singdirishini ro’y berish
jarayonlari tabiatda noma’lum. Lekin, manfiy molekulyar singdirish tuproqni
eritmadagi xloridlar va nitratlar bilan yaqindan muloqati natijasida yuz beradi,
hamda ularni tuproqdagi harakatchan holati yanada keskinlashib, tuproqda nam
yetarli bo’lsa, ular pastki qatlamlarga yuvilib ketishi mumkin. Xlor ionining ana
shundan yuvilishi muhimdir, chunki xlor qoldig’i ayrim o’simliklar uchun juda
(kartoshka, tamaki, zig’ir va boshq.) zararli bo’ladi. Nitratlar uchun tuproqning bu
xossasi maqsadga to’g’ri kelmaydi, shuning uchun ham, tarkibida azot nitrat
shaklida bo’ladigan azotli o’g’itlarni ko’zda, shudgorlash paytida emas, balki ekish
oldidan yoki oziqlantirish davrida qo’llash yaxshi samara beradi.
Tuproqni kimyoviy singdirish qobiliyati – bu tuproqdagi ayrim eruvchi
tuzlarni suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan birikmalarga o’tish reaksiyasiga
aytiladi. Tuproqda erigan tuzlar bu jarayon natijasida suvda erimaydigan
birikmalarni hosil qiladi. Masalan karbonat va sul’fat kislota anionlari ikki valentli
kalsiy va magniy kationlari bilan reaksiyaga kirishish natijasida suvda erimaydigan
CaSO4, CaCO3 va MgCO3 tuzlarini cho’kmalarini hosil qiladilar.
Fosforni tuproqda boshqa birikmalarga o’tishi alohida ahamiyatga ega. Suvda
eruvchan bir qism fosfor saqlagan Ca(H2PO4) superfosfat tuproqqa solinganda u
jadallashgan tarzda tuproqdagi ko’p miqdordagi kalsiy bilan yana birikib o’simlik
tomonidan qiyin o’zlashtiradigan ikki va uch kalsiy fosfatlarni CaHPO4, Ca3(PO4)2
birikmalarini hosil qiladi:
Kalsiy ikkilamchi fosfat tuzi CaHPO4 kuchsiz kislotalarda erib, o’simlik
tomonidan o’zlashtirilsa, uchlamli kalsiy fosfat esa, Ca3(PO4)2 fosforni o’simliklar
uchun layoqatligini keskin kamaytirib yuboradi.
Fosforning kimyoiy bog’lanishi tuproqda uning sekin harakatlanishiga bog’liq
bo’lib, suvda yaxshi eriydigan o’g’itlar tuproqqa solinganda, fosforni o’simlik
tomonidan o’zlashtirishi kamayib ketadi. Fosforni biriktirib qolish qobiliyatiga
qarab tuproq turlari quyidagi ketma ketlikda joylashadi: qizil tuproq chimli podzol
tuproq bo’z tuproqlar qora tuproqlar. Agarda tuproq muhitida temir va alyuminiy
mavjud bo’lsa, unda o’simlik yanada kiyin o’zlashtiruvchi AlPO4 va FePO4
birikmalari hosil qiladi. Fosforni kimyoviy reaksiya natijasida tuproqda
mustaxkamlanishi uni o’simlik tomonidan qiyin o’zlashtiradigan shakllariga
o’tkazadi: shuning uchun solingan fosforli o’g’itlardan o’simlikni, shu jumladan,
g’o’za va donli ekinlarni foydalanish ko’rsatkichi juda past bo’lib, u 15-20 foizdan
(solinganiga nisbatan) oshmaydi. Sug’oriladigan O’zbekiston tuproqlarida fosforni
ko’proq mustaxkamlanishi o’tloqi va o’tloqi-botqoq tuproqlarda jadallashgan tarzda
kuzatiladi, chunki ularni tarkibida kalsiydan tashqari temir va alyuminiy ionlari ham
mavjuddir.
Fizik-kimyoviy yoki almashinuvchan singdirish, bu o’g’itlar bilan tuproqning
birikishi qaysi yo’nalishda ketishini ko’rsatadi. Bu esa, ulardan samarali qo’llash
yo’llarini, sabablarini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Fizik-kimyoviy singdirish
- maydalanib yeyilgan yirikligi 0,2 dan 0,001 mkm bo’lgan dispers bo’laklarni,
kolloidlarni tuproq eritmasidan xar xil kationlarni singdirishi bilan bog’liqdir.
Birorta kation singdirilishi ikkinchi kationlarni tuproq qattiq fazasidan eritmaga
ekvivalent miqdorda siqib chiqaradi:
Tuproq organik va mineral kolloid qismlar yig’indisi (ya’ni gumus
moddalardan, loyqa minerallardan, temir va alyuminiy gidrooqsilidan tashkil topgan
kolloidlar) K.K.Gedroys tomonidan tuproqning singdirish kompleksi yoki (TSK)
deb ataladi.
Tuproq mineral va organik kolloid bo’lakchalarini kationlar bilan almashinuvi
qobiliyati ularni manfiy zaryadli bo’lishi bilan bog’liqdir.
Tuproqda tabiiy holda doimo ma’lum miqdorda almashinuvchi kationlarni
Fe2+, Mg2+, H+, Al3+, Na+ , K+ , NH4+ va boshqalar singdirilgan holda bo’lishi
mumkin. Bu kationlar esa, o’z navbatida tuproq eritmasidagi boshqa kationlar bilan
almashinishi mumkin. Ularni almashinuv jarayoni tuproq singdirish kompleksida
mustaxkam ekvivalentlik miqdorida boradi. Kationlarning almashinuv reaksiyasi
juda tez o’tadi. Bironta kation tuproq muhitiga erigan o’g’it sifatida qo’llanilgan
taqdirda (KCl, NH4Cl, NH4NO3 va boshqalar) ular tezda tuproq singdirish
kompleksi bilan birlashgan holda oldin singdirilgan kationlarni siqib chiqarib o’rin
almashadi.
Kationlar almashinishi yana orqaga qaytish xususiyatiga ega, bu reaksiya
quyidagicha ketadi:
Eritmani konsentrasiyasiga, uning hajmiga, almashinuvchi kationlar tabiatiga
qarab eritmadagi kation bilan TSK dagi kation o’rtasida doimiy harakatchan tenglik
bo’ladi. Agar tuproq singdirish kompleksi tarkibi o’zgargan taqdirda, bu tenglik ham
o’zgaradi. Natijada ayrim kationlar tuproq eritmasidan tuproq- singdirish
kompleksiga qo’shiladi, ayrimlari esa tuproq eritmasiga o’tadi. Mineral o’g’itlar
qo’llangan taqdirda (masalan, NH4NO3) tuproq eritmasi quyuqligi oshadi, mineral
o’g’it tuproq singdirish kompleksidagi kationlar bilan almashinadi.
Tuproqlarning
fizik-kimyoviy
singdirish
xususiyati
qishloq
xo’jalik
o’simliklarining o’sishi va rivojlanishida muxim ahamiyatga ega. Ushbu singdirish
tufayli o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq elementlar tuproqda birikib qoladi va
pastki qatlamlarga yuvilib ketmaydi, hamda, tuproq eritmasini konsentrasiyasini
yaxshilab, uni mo’tadil holatga o’tkazadi. Fizik-kimyoviy singdirish tuproqlarni
kimyoviy meliorasiyalash (oxaklash, gipslash va boshqalar) jarayonida ham katta
ahamiyatga ega.
Singdirish hajmi va ularni tarkibi. Har xil tuproqlar tarkibidagi kationlar
miqdori singdirilgan kationlarga nisbatan turlicha bo’ladi.
Tuproqdagi umumiy almashinuv yo’li bilan singdirilgan barcha kationlar
singdirish hajmi deyiladi. Bu ko’rsatkich 100 g tuproqda milligramm ekvivalent
bilan belgilanadi. Masalan 100 g tuproqda singdirilgan holatdagi kationlar miqdori
200 mg Ca2+, 24 mg Mg2+ va 9 mg NH4+ bo’lsa, u tuproqning singdirish hajmi 100
g tuproqda quyidagicha bo’ladi:
200
24
9
--- + ---- +--- = 12,5
mg.ekv. ni tashkil qiladi,
20
12
18
bunda 20 m.ekv. kalsiy, 12 magniy va 18 ammoniy ekvivalent massasidir.
Singdirish hajmining kattaligi tuproqning singdirish qobiliyatini belgilovchi
ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkich, tuproqning mexanik minerologik tarkibi va organik
moddaning umumiy miqdoriga bog’liq. Kolloid qismlar kam saqlangan qumloq yoki
qumsimon tuproqlarda singdirish hajmi kam bo’ladi.
Tuproqlarning
fizik-kimyoviy
singdirish
xususiyati
qishloq
xo’jalik
o’simliklarining o’sishi va rivojlanishida muxim ahamiyatga ega. Ushbu singdirish
tufayli o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq elementlar tuproqda birikib qoladi va
pastki qatlamlarga yuvilib ketmaydi, hamda, tuproq eritmasini konsentrasiyasini
yaxshilab, uni mo’tadil holatga o’tkazadi. Fizik-kimyoviy singdirish tuproqlarni
kimyoviy meliorasiyalash (oxaklash, gipslash va boshqalar) jarayonida ham katta
ahamiyatga ega.
Eritmani konsentrasiyasiga, uning hajmiga, almashinuvchi kationlar tabiatiga
qarab eritmadagi kation bilan TSK dagi kation o’rtasida doimiy harakatchan tenglik
bo’ladi.
Aksincha, tuproqda qanchalik ko’p mineral va kolloid bo’lakchalar mavjud
bo’lsa, shunchalik tuproq singdirish hajmi yuqori bo’ladi. Loysimon va yarim
loysimon tuproqlarda singdirish hajmi ko’p, qumli va yarim qumli tuproqlarda esa
kam bo’ladi. Gumus bilan yaxshi ta’minlangan qora tuproqlarda singdirish hajmi
yuqori 40-60 mm. ekv, O’zbekiston jumxuriyati bo’z tuproqlarida esa 10-20 m. ekv.
100 g tuproqqa to’g’ri keladi.
Tuproqning singdirish qobiliyati minerallarni tuproqda o’zgarish jarayoniga
katta ta’sir ko’rsatadi.
84-jadval
MDH dagi tuproqlarni singdirish sig’imi va gumus miqdori
(N.P.Remezov ma’lumoti)
Tuproq tipi
Miqdori foiz
Singdirilgan kationlar sigimi,
100 g da mg ekv
Har 100 gr
tuproqda mg.ekv
Gumus
Mineral zarracha
diametri
Ca2++
+Mg2+
Na+
H+
0,00025
dan kichik
0,00025-
0,001 mm
Chimli podzol
2,5
2
-
15
8
-
7
Sur
tusli
o’rmon
tuprog’i
3,0
5
4
20
16
-
4
Qora tuproq
10,0
5
10
65
60
-
5
Kuchli
Oddiy
6,0
5
10
35
31
2
2
Janubiy
4,5
5
10
30
28
2
-
Kashtan tuproq
2,5
3
5
27
25
2
-
Bo’z tuproq
1,0
3
5
15
14
1
-
Bu esa ularni tuproqdagi harakatchanligini va binobarin, o’simlik tomonidan
o’zlashtirish jarayonini belgilaydi. Masalan, singdirish qobiliyati past bo’lgan qum
va qumoq tuproqlarda yerga suvda yaxshi eruvchan o’g’itlar solingan takdirda ularni
chuqur qatlamlariga behuda yuvilib ketishiga olib keladi. Bunday tuproqlarda
o’g’itlarni tez-tez va kam miqdorda berishni taqozo qiladi. Aksincha singdirish
qobiliyati yuqori bo’lgan tuproq sharoitida o’g’itlar ko’p miqdorda berilsa, xattoki
namlik ortiqcha bo’lgan sharoitda ham bunday salbiy hollarga olib kelmaydi. Xar
bir tuproqlar faqatgina umumiy singdirish hajmi bo’yicha farqqilmasdan, balki
singdirilgan kationlar tarkibi bo’yicha ham farq qiladilar. Ko’pchilik singdirilgan
kationlar tarkibida ko’proq Ca2+, keyin Mg2+, kam miqdorda K+ va NH4+ bo’ladi.
Ca2+ va Mg2+ yig’indisi O’zbekiston Respublikasi bo’z tuproqlarida umumiysiga
nisbatan 90 foizgacha borib yetadi.
Aksincha singdirish qobiliyati yuqori bo’lgan tuproq sharoitida o’g’itlar ko’p
miqdorda berilsa, xattoki namlik ortiqcha bo’lgan sharoitda ham bunday salbiy
hollarga olib kelmaydi. Xar bir tuproqlar faqatgina umumiy singdirish hajmi
bo’yicha farqqilmasdan, balki singdirilgan kationlar tarkibi bo’yicha ham farq
qiladilar.
Bo’z tuproqlarningsingdirish sig’imi past bo’lib, tuproqning gumus (chirindi)
bilan ta’minlanishi bilan bevosita bog’liq. Singdirish sig’imi och tusli bo’z
tuproqlarning yuqori qatlamlarida 100 g tuproqda 9-10 mg.ekv., tipik bo’z
tuproqlarda 12-15 mg,ekv va to’q tusli bo’z tuproqlarda 15-20 mg.ekv. ni tashkil
etadi. (33 jadval). Singdirilgan kationlarning 80-90 foizi Ca2+ va 10-15 foizi Mg2+
ga to’g’ri keladi.
Lekin, shuni alohida ta’kidlash kerakki, tipik va to’q tusli bo’z tuproqlarning
pastki qatlamlarida singdirilgan magniy ko’p miqdorda bo’lib, singdirish sig’imiga
nisbatan ba’zan 45-55 foizini tashkil etadi.
Singdirilgan natriy miqdori kam bo’lib, u umumiy massani 1-2,5 foizni tashkil
etadi. Ammo sho’rtoblangan bo’z tuproqlar tarkibida singdirilgan natriy miqdori
orta boradi.
85-jadval
Bo’z tuproqlarda singdirilgan kationlar tarkibi
Tuproq tipi va
chuqurligi, sm
100 gr tuproqda mg.ekv
Jamiga nisbat, %
Ca 2+
Mg2+
K+
Na+
Jami
Ca 2+
Mg2+
K+
Na+
Och tusli bo’z tuproq (I.I.Boboxo’jayev).
0-16
9,78
0,59
0,35 0,15
10,87
89,96 5,42 3,21
1
20-30
8,65
0,41
0,43 0,18
9,67
89,45 4,23 4,45
1,87
40-50
7,68
0,49
0,40 0,22
8,69
87,22 5,63 4,60
2,55
60-70
9,83
1,97
0,45 0,30
12,55
78,32 15,69 3,61
2,38
90-120
9,12
1,81
0,56 0,25
11,74
77,68 15,36 4,85
2,21
Tipik bo’z tuproq (B.V.Gorbunov)
0-5
11,33
0,74
1,20 yo’q 13,27
85
6
9
-
6-16
9,98
0,73
0,95 yo’q 11,66
86
6
8
-
45-55
6,94
1,73
0,74 yo’q
9,41
74
18
8
-
90-100
7,13
2,13
0,18 yo’q
9,44
76
22
2
-
Och tusli bo’z tuproq (B.V.Gorbunov)
0-4
12,17
0,99
1,33 0,09
14,88
84
6
9
-
4-14
11,53
0,74
1,10 0,09
13,45
86
5
8
-
50-60
9,08
1,73
0,31 0,09
10,21
79
17
3
-
100-110
7,57
1,93
0,26 0,09
9,85
77
19
3
-
150-160
5,34
4,09
0,18 0,09
9,80
54
43
2
-
Shu bilan bir qatorda nordon tuproqlarning singdirish kompleksida ko’proq
Al3+ , H+, sho’rlangan tuproqlarda esa Na+ kationlarini ko’p bo’lishi kuzatiladi.
Singdirilgan kationlar tarkibi tuproq xususiyatiga o’simlikni o’sishi va
rivojlanishiga kuchli ta’sir qiladi. Kalsiy kationini mavjudligi organik va mineral
kolloidlarni koagulyasiya qiladi. Shuning uchun singdirilgan kationlar tarkibida
kalsiyning ko’p bo’lishi tuproq strukturasini mustaxkamlaydi va uning fizik
xususiyatlarini yaxshilaydi.
Tuproq reaksiyasi tuproq eritmasidagi vodorod (H+ ) va gidroqsil (OH-)
ionlarning mavjudligi hamda ular konsentrasiyasining nisbatiga bog’lik bo’lib, pH
bilan ifodalanadi. Tuproq eritmasidagi erigan moddalar bilan tuproq qattiq qismi
orasidagi o’zaro ta’sirlashuv natijasida yuzaga keladigan vodorod va gidroqsil
ionlari konsentrasiyasining nisbatiga ko’ra tuproq neytral (pH=7), kislotali (pH<7)
yoki ishqoriy (pH>7) reaksiyaga ega bo’ladi. Tuproq reaksiyasi ko’plab omillarning
o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Jumladan, reaksiya tuproq mineral qismining
kimyoviy va mineralogik tarkibiga, erkin holdagi tuzlarning mavjudligiga, organik
moddalar miqdori va sifat tarkibiga, tuproqning namligiga hamda turli
organizmlarning hayot faoliyatiga bog’liq. Reaksiyani belgilovchi eng muxim
omillardan biri tuproqdagi tuzlarning tarkibidir. Nam ko’p bo’lganda tuproq uning
qattiq qismidagi neytral, kislotali va ishqorli tuzlar eritmaga o’tadi. Tuproq
quriganda aksincha hol ro’y beradi. Shunday qilib, tuproq eritmasining reaksiyasi
yuzaga keladi va tuproq unumdorligiga ta’sir qiladi.
Tuproqda ko’p tarqalgan mineral kislotalardan biri karbonat kislotasidir.
Termodinamik sharoitlar va tuproqning biologik aktivligiga ko’ra karbonat angidrid
ta’sirida tuproqning pH ko’rsatkichi 3,9-4,4-5,7 atrofida bo’lishi mumkin.
Tuproqdagi karbonat angidridning rejimi ob – havoning kecha – kundo’z o’zgarishi
va mikroorganizmlarning aktivligiga bog’liq. Turli o’simliklar uchun maqbo’l pH
ko’rsatkichi turlicha, tuproq va jinslardagi sulfidlarning oksidlanishi natijasida sulfat
kislota hosil bo’lib, tuproqning kislotaligini oshiradi. Shuningdek, kislotalikning
vujudga kelishida kationlar bilan to’yinmagan gumin kislotasi va fulvoqislotaning
roli ham katta bo’lib, pH 3-3,5 gacha o’zgaradi. Nitrifikasiya bakteriyalari ta’sirida
tuproqda vaqtincha nitrat kislota hosil bo’lib, pH 0,5-2,0 gacha pasayishi mumkin.
Singdirish kompleksida, asosan Sa, Mg kationlari bo’lgan qora tuproqlarning
reaksiyasi neytral va unga yaqindir. Tuproq va eritmadagi neytral tuzlar orasidagi
o’zaro ta’sirdan eritmadagi vodorod ionlarning konsentrasiyasi deyarli o’zgarmaydi.
Bir litr sof toza suv tarkibida 22 0C da 10-7g H+ ioni va 10-7 g OH- ioni bo’ladi,
shunga ko’ra uning muhiti neytraldir. Suyultirilgan eritmalar va suv uchun bu ionlar
konsentrasiyalarining ko’paytmasi o’zgarmas ko’rsatkichdir: H+ + OH- = 10.
Demak, eritmada ionlardan birining konsentrasiyasi ortsa, ikkinchisiniki kamayadi.
Masalan, 1 litr suvdagi H+ ionlarining konsentrasiyasi H+ = 10-7 g bo’lsa, OH-
konsentrasiyasi OH- = 10 -7 g bo’ladi, chunki 10-7+ 10-7= 10 -14 ga teng.
Umuman, H+ ionlarining konsentrasiyasi aniqlanib, uning qiymati 10-7 sonining
logarifmi sifatida manfiy ko’rsatkichni musbat ishoraga almashtirib ifodalanadi,
ya’ni (H) = 10-7 o’rniga N = 7 yoki H=7 deb yoziladi va H+ ioni konsentrasiyasining
manfiy lagorifmini ko’rsatadigan pH bilan ko’rsatiladi. Tuproq eritmasining muhiti
pH ko’rsatkichi bo’yicha, quyidagicha klassifikasiyalanadi:
pH - 3 - 4
kuchli kislotali
pH - 4 - 5
kislotali
pH - 5 - 6
kuchsiz kislotali
pH - 7
neytral
pH - 7 - 8
kuchsiz ishqoriy
pH - 8 - 9
ishqoriy
pH - 9 - 11
kuchli ishqoriy
Tuproq eritmasining reaksiyasi - pH o’simliklar hayotida, ularning
oziqlanishida va mikroorganizmlarning yashashida muhim ahamiyatga ega. U
tuproqlarning agrokimyoviy, mikrobiologiq fizik-kimyoviy hususiyatlarini belgilab
beradi.
O’rta Osiyo tuproqlari eritmasining reaksiyasi 7,2- 7,6 atrofida bo’lib, u
kuchsiz ishqoriydir. Bu tuproq eritmasi kalsiy bikarbonat Ca(HCO3)2 bilan
to’yinganligii bildiradi. Tarkibida organik moddalar ko’p bo’lgan tuproqlar kuchsiz
nordonli bo’lib, eritma muhiti pH-5,5 - 6,6 atrofida bo’ladi. Singdiruvchi
kompleksda Na + ioni ko’p miqdorda bo’lgan sho’rxoq tuproqlar ishqorli muhitga
ega bo’lib, pH- 8,2 -8,4 va ba’zi vaqtlarda undan ham yuqori bo’ladi. Ba’zan
sho’rlangan tuproqlar tarkibida natriy karbonat Na2CO3 ham ko’plab uchraydi,
bunday tuproqlar kuchli ishqoriy muhitga ega bo’ladi.
Tuproq singdirish kompleksidagi vodorod va alyuminiy ta’sirida paydo bo’lgan
nordon muhit ularni eritmadan neytral tuzlar ta’sirida siqib chiqarilgan takdirda,
vujudga keladi. Bu kislotalik almashinuvchan kislotalik deyiladi. Bu ko’rsatkichni
mg.ekv. 100 g tuproqda yoki pH ko’rsatkich orqali belgilanadi. Tuproqdagi faol va
almashinuvchi pH ning katta kichikligi 1m KCl eritmasi yordamida aniqlanadi.
Tuzli eritmada faol va almashinuvchan kislotali sharoit paydo bo’ladi, shuning
uchun tuzli eritmaning pH i suvli eritma pH iga nisbatan ancha past bo’ladi, ya’ni
eritma nordonroq bo’ladi.
Ishqoriy tuzlar, masalan, natriy asetat – CH3COONa (bu tuz eritmasining pH-
8,2 atrofida) tuzining tuproqlarning singdirish kompleksidagi vodorod (H)+ ionlarini
siqib chiqarishiga gidrolitik kislotalik deyiladi. Ushbu jarayon quyidagicha kechadi:
Gidrolitik kislotaliq asosan karbonatsiz tuproqlarda hosil bo’lsa, lekin
almashinadigan kislotalik esa singdirish kompleksi H+ bilan to’yingan podzol kabi
tuproqlardagina hosil bo’ladi.
Tuproqlarning tavsifini bilish uchun faqatgina umumiy singdirilgan vodorod
ioni to’g’risida tushuncha hosil qilmasdan, balkim, ionlarni miqdorini va ularni bir-
biriga bo’lgan o’zaro nisbatini ham bilish zarurdir.
(Ca2+, Mg2+, Na+, K+). Allyuminiy va vodoroddan tashqari singdirilgan ionlarni
yig’indisini (100 g tuproqda mg.ekv hisobida) C harfi bilan belgilab, umumiy
singdirilgan vodorod miqdori Ng belgisi qo’yilib, ularni singdirish yig’indisini (T)
belgisi bilan mg.ekv. 100 g tuproqqa belgilanadi: C+N =T. Singdirilgan ionlar
yig’indisi (C) foizda umumiy singdirilganiga nisbatan ko’rsatiladi; bu esa tuproqni
asoslar sig’imiga ionlar asosi bilan to’yinish ko’rsatkichi hisoblanib, u (B) harfi
bilan belgilanadi:
Bu ko’rsatkich kislotali sharoitni xarakterlash uchun va nordon sharoitda
qancha oxak qo’llash kerakligini aniqlashda yordam beradi. Shu bilan birga eritmada
qanchalik ishqoriy yer ionlari kam bo’lsa, shuncha ko’p oxak solish zaruriyatini
ko’rsatadi.
Tuproq va uning buferligi. O’simliklarning va tuproqdagi mikroorganizmlarni
normal rivojlanishi, xayot va tuproq unumdorligini yaxshilashda eritma muhitining
bir meyerda bo’lishi, ya’ni nordonli yoki ishqoriy tomonga tez o’zgarib ketmasligi
juda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqning buferlik xususiyati, - bu dehqonchilik qilinadigan yerlarga
fiziologik nordon yoki ishqoriy o’g’itlar qo’llanilganda tuproqning nordonligini
yoki ishqoriyligini ortishi ta’sirida eritma muhitining o’zgarishiga qarshi tura olish
qobiliyati tushuniladi. Buferlik- tuproqlar eritmasining muhitini doimiyligini,
holatini saqlab turishini, hamda tashqi muhitning turli xil reaksiyalariga qarshilik
qobiliyatini birmuncha oshiradi.
Tuproqning nordonli reaksiyaga nisbatan buferligi tuproq tarkibidagi
karbonatlarga, ayniqsa, kalsiy karbonat miqdoriga bog’liq. Bo’z tuproqlarga
(karbonat bilan ko’plab tuyingan) solingan ammoniy sulfat kabi fiziologik nordon
o’g’itlar karbonat bilan reaksiyaga kirishib, uning ta’sirida neytrallanadi va eritma
muhitining reaksiyasi o’zgarmaydi:
Tuproq: CaCO3 + (NH4)2SO4 = CaSO4 + (NH4)2CO3
Tuproqlarning singdiruvchi kompleksi asoslari bilan to’yingan (bo’z, kashtan,
qora tuproqlar) bo’lsa, ular nordonli muhitga qarshi buferlik xususiyatiga ega,
aksincha, asoslar bilan to’yinmagan tuproqlar (podzol, qizil tuproq va boshqalar)
esa muhitga qarshi buferlik qobiliyatiga ega:
MDH respublikalarida dehqonchilik qilinadigan yerlarning ko’p qismini
nordonli va ishqorli sho’rtob tuproqlar tashkil qiladi. Nordonli tuproqlarning
singdirish kompleksida ko’plab vodorod va alyuminiy kationlari, sho’rtoblarda
(ishqoriylarda) esa natriy kationini ko’p miqdorda bo’lishi-tuproqlarning
fizikaviy,fizik-kimeviy, biologik va mikrobiologik xossalarini juda yomonlashtirib,
uning unumdorligini keskin pasaytirib yuboradi. Bunday tuproqlarning o’simliklar
uchun zararli ta’sirini yo’qotishda va ularning unumdorligini oshirishda, kimyoviy
meliorasiyalash ishlarini boshqa agrotexnikaviy tadbirlar bilan birgalikda qo’shib
olib borish kerak
Nordon tuproqlarni oxaklash. Ohakli o’g’itlar juda qadiMgan dehqonchilikda
qo’llanilib kelingan. Bundan 2000 yillar ilgari Britaniya orollaridagi dehqonlar bo’r
va boshqa tuzlarni (mergel’) dehqonchilikda ishlatganlar. XVI-XVIII asrlarda
G’arbiy Ovropa mamlakatlarida ham oxakli o’g’itlar keng ko’laMga ishlatila
boshlandi. Lekin, ular bu vaqtda oxakni ta’sirini bilmasdan uni go’ng o’rniga katta
miqdorlarda ishlatganda, ba’zan o’simliklar uchun zararli ta’sir etgan.
XIX asrning birinchi yarmida M.G.Pavlov o’zining "dehqonchilik kimyosi"
(1825 y) va "Qishloq xo’jalik asoslari" (1837 y) kitoblarida tuproq xossalarini
yaxshilashda oxakni qo’llash usullarini to’liq ko’rsatib berdi.
I.A.Stebut o’zining "Tuproqlarni oxaklash" (1865) ilmiy ishida o’tloq-podzol
tuproqlarda ekinlar hosildorligini oshirishda oxaklash muxim ahamiyatga ega
ekanligini ko’rsatib o’tdi.
Oxaklashni samaradorligini aniqlash bo’yicha birinchi dala tajribalari 1867-
1869 yillarda D.I.Mendelev tomonidan o’tkazildi. Keyinchalik ushbu yo’nalishdagi
tekshirishlar
A.N.Engelgardt
P.A.Kostichev,
P.S.Kossovich,
K.K.Gedroys,
D.N.Pryanishnikov va boshqa olimlar tomonidan o’tkazildi.
O’simliklarni muhit reaksiyasiga va oxaklashga bo’lgan talabiga qarab,
quyidagi bir necha guruhga bo’lish mumkin:
1. Tuproq eritmasining nordonli muhitiga juda sezgir ekinlar: g’o’za, beda,
qand va xashaki lavlagi, karam. Ushbu ekinlar eritma muhiti (pH -7-8) bo’lganda
yaxshi rivojlanadi. Ular bunday yerlarni oxaklashga juda ta’sirchan bo’lib, xatto
kuchsiz nordon tuproqlarni oxaklaganda ham yaxshi samara beradi.
2. Kuchli nordonlikka sezgir o’simliklar: arpa, kuzgi va baxorgi bug’doy,
makkajo’xori, soya, loviya, kungaboqar, bodring, piyoz va dukkakli ekinlar. Ular
eritma muhiti kuchsiz nordon yoki neytral (pH-6-7) bo’lganda yaxshi rivojlanib,
nafaqat kuchli, balkim, o’rtacha nordon tuproqlarni oxaklashga ham ta’sirchan
bo’ladi. Oxaklash o’tkazilgan bunday tuproqlarda ekinlar hosildorligi ortib, kuzgi
donli ekinlar qishlash davridan yaxshi chiqadi.
3. Yuqori nordonlikka kam sezgir ekinlar: javdar, suli, tariq, grechixa, pomidor,
rediska, sabzi. Bu ekinlar pH oralig’i keng bo’lgan muhitda, ya’ni nordon va kuchsiz
ishqoriy (pH-4,5-7,5) sharoitda rivojlanadi. Lekin ularning o’sishi va rivojlanishi
uchun eng qulay muhit (pH-5,5-6) hisoblanadi. Bunday ekinlar uchun kuchli va
o’rtacha nordon tuproqlarni oxaklash, nafaqat, tuproqlarni nordonligini kamaytiradi,
balkim, o’simliklar tomonidan oziq moddalarni hamda azot va kul elementlarini
o’zlashtirishini ham yaxshilaydi.
4. Kartoshka va zig’ir faqat kuchli nordonlashgan tuproqlar sharoitida
oxaklashga muxtojlik sezadi. Kartoshka tuproqning nordonligiga kam ta’sirchan
bo’lsa, zig’ir uchun kuchsiz nordon (pH-5,5-6,5) tuproqlar eng qulay hisoblanadi.
Yuqori miqdorda tuproqqa oxak solish, eritma reaksiyasini neytralga yetkazish
kartoshka hosilini, ayniqsa, mahsulot sifatini keskin pasaytirib yuboradi. Britaniya
orollaridagi dehqonlar bo’r va boshqa tuzlarni (mergel’) dehqonchilikda
ishlatganlar. XVI-XVIII asrlarda G’arbiy Ovropa mamlakatlarida ham oxakli
o’g’itlar keng ko’laMga ishlatila boshlandi.
Bunga kartoshka o’zlashtiradigan borli birikmalarni tuproqdagi miqdorini
kamayishi, yuqori miqdordagi kalsiy ionlari eritma konsentrasiyasini oshirib
yuborishi va shunga ko’ra, o’simlikka boshqa kationlarning, ayniqsa, magniy va
kaliy kationlarining o’tib turishi sekinlashuvi sabab bo’ladi.
Nazorat savollari
1. Transpirasiya bilan o’simliklar tarkibiga oziqa moddalarni o’tishini
bog’liqligi
2. Tuproq havo rejimining oziqa o’zlashtirishdagi roli.
3. Tuproq eritmasining reaksiyasini kation va anionlarni o’zlashtirilishiga ta’siri
4. O’simliklar o’sish fazalariga qarab oziqa moddalarini o’zlashtirish faolligi
5. Oziqa moddalarni o’zlashtirishda kritik davrlar
6. Mikroorganizmlarni oziqa moddalarini o’simlik tarkibiga o’tishida ahamiyati
7. Tuproqdagi organik moddalar.
8. Tuproqlardagi oziq moddalar miqdori va ularni o’simliklar uchun
layoqatliligi.
9. O’zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi.
10.
Tuproq singdirish qobiliyati turlari va ularning o’simliklar oziqlanishidagi
o’rni
Tavsiya qilingan adabiyotlar
1. Мусаев Б.С. “Агрокимё” Т.: «Шарқ» матбаа-акциядорлик компанияси, 2001.
2. Сатторов Ж.”Агрокимё”.”Чўлпон”,Т.,2011
3. “Агрохимия” (п/р проф. Б.А.Ягодина) М.: ВО «Агропромиздат», 1989.
4. Минеев В.Г. “Агрохимия” Издательтво Московского университета 1990 г.
5. Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий
машғулотлар» . -Т