O‘simliklarni himoya qilishning zamonaviy usullari va atrof-muhit muhofazasi. (O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning ahamiyati)

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

74,5 KB


 
 
 
 
 
 
O‘simliklarni ximoya qilishning zamonaviy usullari va atrof-muhit 
muxofazasi. 
 
 
 
Reja: 
1.O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati 
 2. Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash 
 3. Agrotexnika tadbirlar 
 4. Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalardan hamda mikrobiolo-gik 
preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari 
 
Hozirgi 
vaqtda 
o‘simliklarni 
uyg‘unlashtirilgan 
ximoya 
qilish 
(integratsiyalashtirilgan) tizimi yaratilgan bo‘lib, bu tizim bir qator tadbirlari 
yig‘indisini o‘tkazishni nazarda tutadi. Ularni o‘simlik karantini, tashkiliy-xo‘jalik, 
oldini olish tadbirlari, agrotexnik, kimyoviy, biologik hamda mexanik va fizikaviy 
tadbirlarga ajratish mumkin.  
Ekinlarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan muvaffaqiyatli ravishda 
saqlamoq uchun mazkur tadbirlar muayyan maqsadga qaratilgan holda muntazam 
amalga oshirishi lozim.  
Bundan 
maqsad 
– 
etishtiriladigan 
hosilni 
himoya 
qilishda 
agrobiotsenozlardagi zararli va foydali turlarning buzilgan nisbatini tiklash, ya’ni 
o‘simlikni uyg‘unlashtirish (integratsiyalash deganda lotinchasiga integrare - tiklash, 
to‘ldirish tushuniladi) yo‘li bilan himoya qilish, ya’ni o‘simliklar bardoshliligini 
oshirishga qaratilgan qulay sharoit yaratilib, zararkunanda, kasallik va begona 
o‘tlarning rivojlanishiga to‘siqlik qiladigan sharoit vujudga keltirish, shuningdek 
karantin qilinadigan ob’ektlarning chetdan kelib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. 
O‘simliklarni ximoya qilishning zamonaviy usullari va atrof-muhit muxofazasi. Reja: 1.O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati 2. Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash 3. Agrotexnika tadbirlar 4. Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalardan hamda mikrobiolo-gik preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari Hozirgi vaqtda o‘simliklarni uyg‘unlashtirilgan ximoya qilish (integratsiyalashtirilgan) tizimi yaratilgan bo‘lib, bu tizim bir qator tadbirlari yig‘indisini o‘tkazishni nazarda tutadi. Ularni o‘simlik karantini, tashkiliy-xo‘jalik, oldini olish tadbirlari, agrotexnik, kimyoviy, biologik hamda mexanik va fizikaviy tadbirlarga ajratish mumkin. Ekinlarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan muvaffaqiyatli ravishda saqlamoq uchun mazkur tadbirlar muayyan maqsadga qaratilgan holda muntazam amalga oshirishi lozim. Bundan maqsad – etishtiriladigan hosilni himoya qilishda agrobiotsenozlardagi zararli va foydali turlarning buzilgan nisbatini tiklash, ya’ni o‘simlikni uyg‘unlashtirish (integratsiyalash deganda lotinchasiga integrare - tiklash, to‘ldirish tushuniladi) yo‘li bilan himoya qilish, ya’ni o‘simliklar bardoshliligini oshirishga qaratilgan qulay sharoit yaratilib, zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning rivojlanishiga to‘siqlik qiladigan sharoit vujudga keltirish, shuningdek karantin qilinadigan ob’ektlarning chetdan kelib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.  
 
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan uyg‘unlashtirilgan usulda 
saqlashning muqaddam himoyalash tadbirlaridan farq qiladigan asl yangilik tomoni 
shundaki, M.N.Narziqulov, F.M.Uspenskiy, G.A.Viktorov (1979) va boshqalarning 
ta’kidlashicha, masalaga biotsenotik yo‘l bilan yondashilib, o‘simliklarni 
himoyalash hal qilinganda faqat jiddiy zarar etkazadigan ayrim turlargina hisobga 
olinmay, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mavjudotlar ularning miqdoriga 
jiddiy ta’sir etishini ham e’tiborga olinadi.  
Binobarin, uyg‘unlashtirilgan usulda kurash olib borilganda zararli 
organizmlarga tanlab ta’sir etadigan vositalarni qidirib topish hamda bu vositalar 
ularning miqdorini tabiiy ravishda kamaytirib turadigan foydali mavjudotlarni 
mumkin qadar saqlab qolishga katta e’tibor beriladi. 
O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati 
O‘simliklar karantini o‘simliklarni himoya qilishning muayyan usuli hisoblanadi. 
SHuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, karantin mamlakatlararo odamlar migratsiyasi 
hamda hasharotlar o‘tishiga davlat chegarasi ostonalariga to‘sqinlik qilib 
bo‘lmaydigan omillarga ham bog‘liq. Jumladan, hasharotlar suv va havo yo‘nalishi 
bilan ham davlat chegaralaridan ikkinchi qit’a yoki davlatga o‘tib ketishi mumkin. 
YAngi joyga tushgan hasharot muxit sharoitlariga ko‘nika olmasdan qirilib ketishi 
ham mumkin, lekin moslashib rivojlanib ketganlari ham kam emas. 
Masalan, AQSHdagi asosiy zararkunandalar o‘zga mamlakatlardan, shu jumladan 
Evropadan kelgan. Bular qatoriga olma mevaxo‘ri, makkajuxori parvonasi, 
kartoshka nematodasi (Evropadan), Avstraliya tarnovsimon qurti (Avstraliyadan) 
yapon qo‘ng‘izi (YAponiyadan) va boshqalar kiradi. 1954 yilda AQSHda ombor 
maxsulotlarining kuchli zararkunandasi bo‘lgan barg qo‘ng‘izi aniqlangan. SHu 
bilan birga anchagina zararkunandalar Amerika qit’asidan Evropaga o‘tib qolgan. 
Bular jumlasiga tok filloksirasi, kolorado qo‘ng‘izi va amerika oq kapalagi misol 
bo‘la oladi.  
O‘zbekistonda tashkil etilgan karantin xizmatiga ko‘ra, mamlakatimizga ko‘pgina 
qishloq xo‘jalik ekinlarining va ombor mahsulotlari ayrim zararkunandalarining 
o‘tishiga to‘sqinlik qilingan. Bular jumlasiga g‘o‘za kuyasi, barg qo‘ng‘izi va 
boshqalar kiradi. Davlat karantin inspeksiyasi vatanimizdagi barcha o‘simliklar 
karantini bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar ustidan nazoratni amalga oshiriladi.  
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan uyg‘unlashtirilgan usulda saqlashning muqaddam himoyalash tadbirlaridan farq qiladigan asl yangilik tomoni shundaki, M.N.Narziqulov, F.M.Uspenskiy, G.A.Viktorov (1979) va boshqalarning ta’kidlashicha, masalaga biotsenotik yo‘l bilan yondashilib, o‘simliklarni himoyalash hal qilinganda faqat jiddiy zarar etkazadigan ayrim turlargina hisobga olinmay, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mavjudotlar ularning miqdoriga jiddiy ta’sir etishini ham e’tiborga olinadi. Binobarin, uyg‘unlashtirilgan usulda kurash olib borilganda zararli organizmlarga tanlab ta’sir etadigan vositalarni qidirib topish hamda bu vositalar ularning miqdorini tabiiy ravishda kamaytirib turadigan foydali mavjudotlarni mumkin qadar saqlab qolishga katta e’tibor beriladi. O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati O‘simliklar karantini o‘simliklarni himoya qilishning muayyan usuli hisoblanadi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, karantin mamlakatlararo odamlar migratsiyasi hamda hasharotlar o‘tishiga davlat chegarasi ostonalariga to‘sqinlik qilib bo‘lmaydigan omillarga ham bog‘liq. Jumladan, hasharotlar suv va havo yo‘nalishi bilan ham davlat chegaralaridan ikkinchi qit’a yoki davlatga o‘tib ketishi mumkin. YAngi joyga tushgan hasharot muxit sharoitlariga ko‘nika olmasdan qirilib ketishi ham mumkin, lekin moslashib rivojlanib ketganlari ham kam emas. Masalan, AQSHdagi asosiy zararkunandalar o‘zga mamlakatlardan, shu jumladan Evropadan kelgan. Bular qatoriga olma mevaxo‘ri, makkajuxori parvonasi, kartoshka nematodasi (Evropadan), Avstraliya tarnovsimon qurti (Avstraliyadan) yapon qo‘ng‘izi (YAponiyadan) va boshqalar kiradi. 1954 yilda AQSHda ombor maxsulotlarining kuchli zararkunandasi bo‘lgan barg qo‘ng‘izi aniqlangan. SHu bilan birga anchagina zararkunandalar Amerika qit’asidan Evropaga o‘tib qolgan. Bular jumlasiga tok filloksirasi, kolorado qo‘ng‘izi va amerika oq kapalagi misol bo‘la oladi. O‘zbekistonda tashkil etilgan karantin xizmatiga ko‘ra, mamlakatimizga ko‘pgina qishloq xo‘jalik ekinlarining va ombor mahsulotlari ayrim zararkunandalarining o‘tishiga to‘sqinlik qilingan. Bular jumlasiga g‘o‘za kuyasi, barg qo‘ng‘izi va boshqalar kiradi. Davlat karantin inspeksiyasi vatanimizdagi barcha o‘simliklar karantini bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar ustidan nazoratni amalga oshiriladi.  
 
Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash. 
Qishloq xo‘jaligimiz tashkiliy tuzilish nuqtai nazaridan, asosan fermer 
xo‘jaliklaridan iborat bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda fermer oldiga quyidagi 
asosiy vazifalar qo‘yiladi. 
Ekin maydonlarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy etish. Bunda er 
unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga, erda turli 
zararkunanda, begona o‘t hamda vilt va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi 
mikroorganizmlar zahirasini kamaytirish nazarda tutiladi. 
Barcha ekin ekiladigan erlarda va ularning atrofidagi uvatlarda hamda bog‘larda 
zararkunandalarning muvaffaqiyatli qishlab chiqishining oldini olishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish. 
O‘simliklarni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan biologik va kimyoviy vositalar 
ehtiyojini hisoblab chiqib, sarf bo‘ladigan xarajatlarni rejalashtirish. Purkagichlarni 
jihozlab, kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish. Buning uchun tuman o‘simliklarni 
himoya qilish markazi hamda biolaboratoriyalar bilan shartnomalar tuzish. 
4. O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib, bilim 
saviyasini oshirib borish va unga qat’iy rioya qilish. 
Agrotexnika tadbirlar 
 
O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurash yuzasidan o‘tkaziladigan 
agrotexnika tadbirlari asosan ogohlantiruvchi choralardir. Bu tadbirlar birinchidan, 
dalalarni xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlar paydo bo‘lishidan 
asraydi, ikkinchidan o‘simliklarning zararlanishiga bardoshliligini oshiradi, 
zararkunanda va kasalliklar xuruj qilishiga, shuningdek, himoya tadbirlarining 
samaradorligini oshiradi.  
O‘simliklarni turli zararkunandalardan saqlashga doir agrotexnika tadbirlari o‘simlik 
o‘stirish agrotexnikasining umumiy qoidalariga zid kelmaydi, balki umumiy 
agronomiya choralarining bir qismini tashkil qiladi. Agrotexnika tadbirlari zararli 
organizmlarning ko‘payish xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimga asoslangan bo‘lib, eng 
samarali fursatlarni nazarda tutadi. Masalan, kuzgi shudgor g‘o‘za tunlamining 
erdagi inlarini buzib, kapalak uchib chiqishining oldini oladi. Agrotexnik tadbirlar 
turli usullardan tashkil topadi.  
Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash. Qishloq xo‘jaligimiz tashkiliy tuzilish nuqtai nazaridan, asosan fermer xo‘jaliklaridan iborat bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda fermer oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi. Ekin maydonlarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy etish. Bunda er unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga, erda turli zararkunanda, begona o‘t hamda vilt va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar zahirasini kamaytirish nazarda tutiladi. Barcha ekin ekiladigan erlarda va ularning atrofidagi uvatlarda hamda bog‘larda zararkunandalarning muvaffaqiyatli qishlab chiqishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish. O‘simliklarni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan biologik va kimyoviy vositalar ehtiyojini hisoblab chiqib, sarf bo‘ladigan xarajatlarni rejalashtirish. Purkagichlarni jihozlab, kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish. Buning uchun tuman o‘simliklarni himoya qilish markazi hamda biolaboratoriyalar bilan shartnomalar tuzish. 4. O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib, bilim saviyasini oshirib borish va unga qat’iy rioya qilish. Agrotexnika tadbirlar O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurash yuzasidan o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlari asosan ogohlantiruvchi choralardir. Bu tadbirlar birinchidan, dalalarni xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlar paydo bo‘lishidan asraydi, ikkinchidan o‘simliklarning zararlanishiga bardoshliligini oshiradi, zararkunanda va kasalliklar xuruj qilishiga, shuningdek, himoya tadbirlarining samaradorligini oshiradi. O‘simliklarni turli zararkunandalardan saqlashga doir agrotexnika tadbirlari o‘simlik o‘stirish agrotexnikasining umumiy qoidalariga zid kelmaydi, balki umumiy agronomiya choralarining bir qismini tashkil qiladi. Agrotexnika tadbirlari zararli organizmlarning ko‘payish xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimga asoslangan bo‘lib, eng samarali fursatlarni nazarda tutadi. Masalan, kuzgi shudgor g‘o‘za tunlamining erdagi inlarini buzib, kapalak uchib chiqishining oldini oladi. Agrotexnik tadbirlar turli usullardan tashkil topadi.  
 
 
Almashlab ekish. Faol ravishda g‘o‘za-beda makkajuxori yoki oqjuxori 
hamda oraliq ekin ekilgan dalalar birgalikda yuksak darajada umumagronomiya 
samarasini berishidan tashqari, g‘o‘zani zararkunanda kasallik, jumladan vilt bilan 
zararlanishini keskin kamaytirishga imkon beradi. 
Er sho‘rini yuvish, dalalarni tekislash, kuzgi shudgor qilish qator oralarini ishlash, 
o‘simliklarni himoya qilishda ahamiyati katta bo‘lgan muhim usullardan 
hisoblanadi.  
 
Urug‘likni tayyorlash va uni ekish muddatlari. Ekin ekishda yuqori 
konditsiyali, faqat tumanlashtirilgan navlardan hamda turli kasalliklarga qarshi 
ishlov berilgan urug‘lardan foydalanish lozim. Ildiz kemiruvchi tunlamlar va 
so‘ruvchi zararkunandalar, shuningdek kasalliklarga bardoshli sog‘lom, tekis o‘sgan 
nihollarni undirib olish uchun ekishni eng mo‘‘tadil muddatlarda o‘tkazish zarur. 
 
CHidamli navlarni yaratish. Bu yo‘nalish seleksiya usuli ham deb yuritiladi 
(I.F.Pavlov, 1983). O‘simliklar chidamliligi deb uning zararlanishga qarshi 
bardoshliligiga aytiladi. I.D.SHapironing (1979) ko‘rsatishicha, o‘simliklarda uch 
xil chidamlilik kuzatiladi. 
O‘simliklar ayrim turlari yoki navlarining ma’lum hasharotlar bilan mutlaqo 
shikastlanmasligi . 
O‘simlikda zararkunanda mavjudligiga qaramay, uning mutlaqo shikastlanmasligi 
yoki qisman shikastlanishi. Bunga sabab antibioz-ozuqani hasharot yoqtirmasligi. 
O‘simlikning yuqori darajada bardoshliligi sababli, unga etkazilgan shikastga 
qaramay, u rivojlanib qimmatli va ahamiyatli hosil berishi (tolerantlik) 
 
O‘simliklarni o‘g‘itlash ularni himoya qilish jihatidan ikki hil ahamiyatga 
ega: o‘simlik dastlabki rivojlanish fazasida o‘g‘it (ayniqsa azotli) solish natijasida u 
tez, sog‘lom o‘sishi bilan birga zararlanishdan birmuncha saqlanib qoladi. Fosforli 
o‘g‘it ta’sirida esa hujayra shirasining osmotik bosimi ko‘tarilib hamda to‘qima 
zichligi oshib, ayrim zararkunandalarning (o‘rgimchakkana, shira) rivojlanishi 
pasayadi. Kaliyli o‘g‘itlar o‘simliklarni kasalliklarga nisbatan bardoshli qiladi. 
 
Zararkunandalarni yo‘qotishda sug‘orish muddatlari yuqori ahamiyatga 
ega. Tuproqda namlikning oshishi bo‘g‘imoyoqlilarning ba’zi turlarida, jumladan 
tunlam qurtlarida, epizootik kasalliklarni vujudga keltiradi. Tunlamlar tuproqda 
g‘umbaklanayotgan muddatlarda sug‘orilsa, ular ko‘plab qiriladi. Ildizkesar 
Almashlab ekish. Faol ravishda g‘o‘za-beda makkajuxori yoki oqjuxori hamda oraliq ekin ekilgan dalalar birgalikda yuksak darajada umumagronomiya samarasini berishidan tashqari, g‘o‘zani zararkunanda kasallik, jumladan vilt bilan zararlanishini keskin kamaytirishga imkon beradi. Er sho‘rini yuvish, dalalarni tekislash, kuzgi shudgor qilish qator oralarini ishlash, o‘simliklarni himoya qilishda ahamiyati katta bo‘lgan muhim usullardan hisoblanadi. Urug‘likni tayyorlash va uni ekish muddatlari. Ekin ekishda yuqori konditsiyali, faqat tumanlashtirilgan navlardan hamda turli kasalliklarga qarshi ishlov berilgan urug‘lardan foydalanish lozim. Ildiz kemiruvchi tunlamlar va so‘ruvchi zararkunandalar, shuningdek kasalliklarga bardoshli sog‘lom, tekis o‘sgan nihollarni undirib olish uchun ekishni eng mo‘‘tadil muddatlarda o‘tkazish zarur. CHidamli navlarni yaratish. Bu yo‘nalish seleksiya usuli ham deb yuritiladi (I.F.Pavlov, 1983). O‘simliklar chidamliligi deb uning zararlanishga qarshi bardoshliligiga aytiladi. I.D.SHapironing (1979) ko‘rsatishicha, o‘simliklarda uch xil chidamlilik kuzatiladi. O‘simliklar ayrim turlari yoki navlarining ma’lum hasharotlar bilan mutlaqo shikastlanmasligi . O‘simlikda zararkunanda mavjudligiga qaramay, uning mutlaqo shikastlanmasligi yoki qisman shikastlanishi. Bunga sabab antibioz-ozuqani hasharot yoqtirmasligi. O‘simlikning yuqori darajada bardoshliligi sababli, unga etkazilgan shikastga qaramay, u rivojlanib qimmatli va ahamiyatli hosil berishi (tolerantlik) O‘simliklarni o‘g‘itlash ularni himoya qilish jihatidan ikki hil ahamiyatga ega: o‘simlik dastlabki rivojlanish fazasida o‘g‘it (ayniqsa azotli) solish natijasida u tez, sog‘lom o‘sishi bilan birga zararlanishdan birmuncha saqlanib qoladi. Fosforli o‘g‘it ta’sirida esa hujayra shirasining osmotik bosimi ko‘tarilib hamda to‘qima zichligi oshib, ayrim zararkunandalarning (o‘rgimchakkana, shira) rivojlanishi pasayadi. Kaliyli o‘g‘itlar o‘simliklarni kasalliklarga nisbatan bardoshli qiladi. Zararkunandalarni yo‘qotishda sug‘orish muddatlari yuqori ahamiyatga ega. Tuproqda namlikning oshishi bo‘g‘imoyoqlilarning ba’zi turlarida, jumladan tunlam qurtlarida, epizootik kasalliklarni vujudga keltiradi. Tunlamlar tuproqda g‘umbaklanayotgan muddatlarda sug‘orilsa, ular ko‘plab qiriladi. Ildizkesar  
 
tunlamlarning qurtlari shikastlayotgan paytda sug‘orilganda esa, o‘zlari uchun ayni 
noqulay paytda yorug‘likka chiqishga majbur bo‘lishadi, natijada ularni qushlar 
cho‘qib yo‘qotadi, entomofaglar ham shikastlaydi. 
Hosil yig‘ib-terib olinganidan keyin g‘o‘zapoya va boshqa o‘simlik qoldiqlarini 
yig‘ishtirib daladan olib chiqib tashlash bajarilishi zarur tadbir bo‘lib, u 
zararkunandalar va turli kasalliklarni kamaytiradi. 
Oldini olish tadbirlari: Bunday ishlovlarning ahamiyati nazariy va amaliy 
tasdiqlangan bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda keng ishlatilib kelinadi. Har 
qanday ekinni zararkunanda va kasalliklar bilan shikastlanishining oldini olish 
mumkin.  
Masalan, g‘o‘za nihollari ildiz chirish hamda gommoz bilan kasallanmasligi 
uchun, uning chigitini ekishdan oldin maxsus fungitsidlar (vitavaks, p-4, paxta, 
panoktin) hamda bakteritsid-bronotak bilan upalab ekiladi. Binobarin, bahorda (may 
oyining oxirida, uvatlardagi tut daraxtlari hamda begona o‘tlar keng ta’sir etuvchi 
(sipervos, fozalon, karate, talstar) insetkitsidlar-akaritsidlar bilan OVX traktor 
purkagichi yordamida ishlansa, atrofidagi g‘o‘za yoki boshqa ekin shira, 
o‘rgimchakkana, trips kabi zarurkunandalar bilan kamroq shikastlanishi mumkin. 
G‘alla ekilgan maydonlar atrofidagi uvatlarni zararli xasvaning qishlab chiqqan 
bo‘g‘iniga qarshi (agarda maxsus nazoratlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa) martning 
yarmida kimyoviy ishlov berish ham bu zararkunanda tarqab ketishining oldini oladi. 
Meva daraxtlarini kalmaraz, antraknoz, klyasterosporioz va boshqa kasalliklar bilan 
shikastlanishining oldini olish maqsadida ularga noyabr yokti fevralda (kurtak 
uyg‘onmasdan oldin) biror fungitsid bilan (mis kuporasi (1%) temir kuparosi (2-3%) 
yoki bordo suyuqligi (3-4%) ishlov berish yaxshi natija beradi.  
Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalardan hamda mikrobiologik 
preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari 
  
Zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usuli zararli organizmlarning 
tabiiy kushandalaridan hamda mikrobiologik preparatlardan foydalanishga 
asoslangan. Bo‘g‘imoyoqlilarning tabiiy kushandalari oziqlanish xususiyati 
jihatidan entomofaglar (hasharotlar bilan oziqlanuvchi) yoki akarifaglarga (kanalar 
bilan oziqlanuvchi) bo‘linadi.  
tunlamlarning qurtlari shikastlayotgan paytda sug‘orilganda esa, o‘zlari uchun ayni noqulay paytda yorug‘likka chiqishga majbur bo‘lishadi, natijada ularni qushlar cho‘qib yo‘qotadi, entomofaglar ham shikastlaydi. Hosil yig‘ib-terib olinganidan keyin g‘o‘zapoya va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yig‘ishtirib daladan olib chiqib tashlash bajarilishi zarur tadbir bo‘lib, u zararkunandalar va turli kasalliklarni kamaytiradi. Oldini olish tadbirlari: Bunday ishlovlarning ahamiyati nazariy va amaliy tasdiqlangan bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda keng ishlatilib kelinadi. Har qanday ekinni zararkunanda va kasalliklar bilan shikastlanishining oldini olish mumkin. Masalan, g‘o‘za nihollari ildiz chirish hamda gommoz bilan kasallanmasligi uchun, uning chigitini ekishdan oldin maxsus fungitsidlar (vitavaks, p-4, paxta, panoktin) hamda bakteritsid-bronotak bilan upalab ekiladi. Binobarin, bahorda (may oyining oxirida, uvatlardagi tut daraxtlari hamda begona o‘tlar keng ta’sir etuvchi (sipervos, fozalon, karate, talstar) insetkitsidlar-akaritsidlar bilan OVX traktor purkagichi yordamida ishlansa, atrofidagi g‘o‘za yoki boshqa ekin shira, o‘rgimchakkana, trips kabi zarurkunandalar bilan kamroq shikastlanishi mumkin. G‘alla ekilgan maydonlar atrofidagi uvatlarni zararli xasvaning qishlab chiqqan bo‘g‘iniga qarshi (agarda maxsus nazoratlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa) martning yarmida kimyoviy ishlov berish ham bu zararkunanda tarqab ketishining oldini oladi. Meva daraxtlarini kalmaraz, antraknoz, klyasterosporioz va boshqa kasalliklar bilan shikastlanishining oldini olish maqsadida ularga noyabr yokti fevralda (kurtak uyg‘onmasdan oldin) biror fungitsid bilan (mis kuporasi (1%) temir kuparosi (2-3%) yoki bordo suyuqligi (3-4%) ishlov berish yaxshi natija beradi. Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalardan hamda mikrobiologik preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari Zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usuli zararli organizmlarning tabiiy kushandalaridan hamda mikrobiologik preparatlardan foydalanishga asoslangan. Bo‘g‘imoyoqlilarning tabiiy kushandalari oziqlanish xususiyati jihatidan entomofaglar (hasharotlar bilan oziqlanuvchi) yoki akarifaglarga (kanalar bilan oziqlanuvchi) bo‘linadi.  
 
Biologik usul amalda biror zararkunanda ko‘payib ketish xavfi bo‘lgan 
joylarda muayyan hasharot va kanalarning kushandalarini sun’iy ravishda urchitib 
tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Entomofaglardan keng ko‘lamda 
foydalanishning 2 usuli mavjud: birinchisi – entomofaglarning mahalliy turlarini 
topib, ularni samarali ishlatish, ikkinchisi – tajavuzkor turlarini chetdan keltirib 
(introduksiya) mahalliy sharoitga moslashtirishdir. 
Zararkunandalarning kushandalari parazitlik (tekinxo‘rlik) yoki yirtqichlik 
qilishi mumkin. Parazitlari ichki (endo)ya’ni o‘ljasining ichida rivojlanadigan 
(trixogramma, apanteles va b) hamda tashqi (ekzo), ya’ni lichinkalari o‘ljasining 
tashqarisida oziqlanib voyaga etadigan bo‘lishi mumkin. (ayrim brakonidlar). 
Yirtqichlik qiladigan entomofaglarning (oltinko‘z, koksinellidlar, arilar va b) 
parazitlardan farqi shundaki, bular o‘ljani sekin-asta emas, balki zudlik bilan 
o‘ldiradi.  
YUqorida aytib o‘tilganidek, parazit va yirtqichlarning mahalliy turlarini 
laboratoriya sharoitida (biofabrikalarda) urchitib ko‘paytirish va zararkunanda 
tushgan dalalarga qo‘yib yuborish (tarqatish) yo‘li bilan zararli hasharot va 
kanalarning zichligini xo‘jalik uchun bezarar darajada ushlab turish imkoniyati 
yaratiladi. O‘zbekiston biolaboratoriyalarida asosan 3 ta ob’ekt-kushanda: 
trixogramma, brakon va oltinko‘z ko‘paytiriladi. Trixogramma – tunlam 
tuxumlariga qarshi, brakon – hammaxo‘r yirtqich kushanda sifatida so‘ruvchi va 
kemiruvchi zararkunandalariga qarshi ishlatiladi. 
Trixogramma – pardaqanotlilar (Hymenoptera) turkumiga, xalsidlar 
(Chalsidoidae) bosh oilasiga va trixogramma (Trichgrammatidae) oilasiga mansub 
hasharot. Tabiatda uning 100 ga yaqin turlari mavjud. O‘zbekiston sharoitida 12 turi 
aniqlangan. Trixogramma turli oilalarga mansub hasharotlarning tuxumiga o‘z 
tuxumini qo‘yib hayot kechiradi. 
 Trixogramma etuk zotining kattaligi 0,5 mm. Urg‘ochisi erkagidan kattaroq 
bo‘ladi. Parazit tuxumdan etuk zotga aylangunga qadar o‘rtacha 10-15 kun o‘tadi. 
SHuning uchun ham zararkunanda hasharotlar bir bo‘g‘in berguncha trixogramma 
2-3 bo‘g‘in berishi mumkin. Trixogramma asosan don kuyasi tuxumlarida 
ko‘paytiriladi, chunki bu zararkunanda juda tez ko‘payadi. (bir yilda 14-15 bo‘g‘in 
beradi) va biofabrikaning uzluksiz (potok) tizimlarida foydalanishga qulay keladi.  
Biologik usul amalda biror zararkunanda ko‘payib ketish xavfi bo‘lgan joylarda muayyan hasharot va kanalarning kushandalarini sun’iy ravishda urchitib tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Entomofaglardan keng ko‘lamda foydalanishning 2 usuli mavjud: birinchisi – entomofaglarning mahalliy turlarini topib, ularni samarali ishlatish, ikkinchisi – tajavuzkor turlarini chetdan keltirib (introduksiya) mahalliy sharoitga moslashtirishdir. Zararkunandalarning kushandalari parazitlik (tekinxo‘rlik) yoki yirtqichlik qilishi mumkin. Parazitlari ichki (endo)ya’ni o‘ljasining ichida rivojlanadigan (trixogramma, apanteles va b) hamda tashqi (ekzo), ya’ni lichinkalari o‘ljasining tashqarisida oziqlanib voyaga etadigan bo‘lishi mumkin. (ayrim brakonidlar). Yirtqichlik qiladigan entomofaglarning (oltinko‘z, koksinellidlar, arilar va b) parazitlardan farqi shundaki, bular o‘ljani sekin-asta emas, balki zudlik bilan o‘ldiradi. YUqorida aytib o‘tilganidek, parazit va yirtqichlarning mahalliy turlarini laboratoriya sharoitida (biofabrikalarda) urchitib ko‘paytirish va zararkunanda tushgan dalalarga qo‘yib yuborish (tarqatish) yo‘li bilan zararli hasharot va kanalarning zichligini xo‘jalik uchun bezarar darajada ushlab turish imkoniyati yaratiladi. O‘zbekiston biolaboratoriyalarida asosan 3 ta ob’ekt-kushanda: trixogramma, brakon va oltinko‘z ko‘paytiriladi. Trixogramma – tunlam tuxumlariga qarshi, brakon – hammaxo‘r yirtqich kushanda sifatida so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalariga qarshi ishlatiladi. Trixogramma – pardaqanotlilar (Hymenoptera) turkumiga, xalsidlar (Chalsidoidae) bosh oilasiga va trixogramma (Trichgrammatidae) oilasiga mansub hasharot. Tabiatda uning 100 ga yaqin turlari mavjud. O‘zbekiston sharoitida 12 turi aniqlangan. Trixogramma turli oilalarga mansub hasharotlarning tuxumiga o‘z tuxumini qo‘yib hayot kechiradi. Trixogramma etuk zotining kattaligi 0,5 mm. Urg‘ochisi erkagidan kattaroq bo‘ladi. Parazit tuxumdan etuk zotga aylangunga qadar o‘rtacha 10-15 kun o‘tadi. SHuning uchun ham zararkunanda hasharotlar bir bo‘g‘in berguncha trixogramma 2-3 bo‘g‘in berishi mumkin. Trixogramma asosan don kuyasi tuxumlarida ko‘paytiriladi, chunki bu zararkunanda juda tez ko‘payadi. (bir yilda 14-15 bo‘g‘in beradi) va biofabrikaning uzluksiz (potok) tizimlarida foydalanishga qulay keladi.  
 
Trixogramma kuya kapalagining bitta tuxumiga bittadan bir nechtagacha 
tuxum qo‘ya oladi. Parazitning barcha rivojlanish davri qanotli hasharot uchib 
chiqqunga qadar o‘ljaning tuxumida o‘tadi. Parazit zararlangan tuxum yoki etuk zot 
shaklida ishchilar qo‘l kuchi yordamida dalaga chiqarib tarqatiladi. Kelajakda bu 
jarayon maxsus moslamalar – traktor yoki deltaplan yordamida amalga oshirilishi 
mumkin. Bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda.  
Ko‘plab urchishi, ekologik sharoitlarga yaxshi moslashishi va undan ko‘p 
samarali natijalar olinishi tufayli 1930 yillardayoq bu parazitni sun’iy ravishda 
ko‘paytirishga urinib ko‘rilgan. 1970 yillardan keyin biolaboratoriya va 
biofabrikalar barpo qilinishi bilan g‘o‘za va boshqa ekinlarga tushadigan 
tunlamlarga qarshi mazkur usuldan foydalanish imkoni yaratildi. Hozirgi vaqtda 
trixogramma biologik kurash usuli dasturlarida turli tunlamlarning tuxumiga qarshi 
kurashda muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. Bu maqsadda trixogrammaning 
O‘zbekistonning ekstremal iqlim sharoitiga mos keladigan turlari ajratib olinib 
ko‘paytirilmoqda. 
O‘zbekiston trixogramma ko‘paytirish industriyasi tashkil qilingan, hozirgi 
vaqtda respublika viloyatlarida 700 dan ortiq biolaboratoriya va biofabrikalar 
mavjud. Bularda ishlab chiqilgan mahsulot butun himoya qilinadigan ekin 
maydonlarini bir mavsumda 7-7 marta (qayta) ishlov berishga etadi. 
Brakon (Habrobracon hebetor)ni zararkunandalarga qarshi qo‘llash 
Brakon – pardaqanotlilar  oziqlanish (Hymenoptera) turkumiga, brakonidlar 
(Brasonidae) oilasiga, Brason (Habrobracon hebetor Say)turiga mansub. Bu 
entomofag asosan ko‘sak qurtiga qarshi biologik usulda qo‘llash uchun tavsiya 
qilingan. 
Ushbu ektoparazit ko‘sak qurtidan tashqari juda ko‘p boshqa kapalaklarning 
ham qurtlarini zararlaydi. Brakon tashqi parazit bo‘lib, ko‘sak qurtining o‘rta va 
katta yoshdagi qurtlarini falajlab, so‘ng ustiga 4-5 tadan 16 tagacha tuxum qo‘yadi. 
O‘lja ko‘p bo‘lsa, barcha falajlangan qurtga tuxum qo‘yavermaydi. Tuxumlari bitta-
bitta yoki bir nechtalab joylashgan bo‘lishi mumkin. Har bir urg‘ochi zot 400 tagacha 
va undan ortiq tuxum qo‘yishi mumkin.  
Brakon etuk zot shaklida daraxt po‘stloqlari, o‘simlik qoldiqlari hamda 
kesaklar ostida qishlaydi. Bu entomofag tabiatda uchrashi bilan bir qatorda uni 
Trixogramma kuya kapalagining bitta tuxumiga bittadan bir nechtagacha tuxum qo‘ya oladi. Parazitning barcha rivojlanish davri qanotli hasharot uchib chiqqunga qadar o‘ljaning tuxumida o‘tadi. Parazit zararlangan tuxum yoki etuk zot shaklida ishchilar qo‘l kuchi yordamida dalaga chiqarib tarqatiladi. Kelajakda bu jarayon maxsus moslamalar – traktor yoki deltaplan yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. Ko‘plab urchishi, ekologik sharoitlarga yaxshi moslashishi va undan ko‘p samarali natijalar olinishi tufayli 1930 yillardayoq bu parazitni sun’iy ravishda ko‘paytirishga urinib ko‘rilgan. 1970 yillardan keyin biolaboratoriya va biofabrikalar barpo qilinishi bilan g‘o‘za va boshqa ekinlarga tushadigan tunlamlarga qarshi mazkur usuldan foydalanish imkoni yaratildi. Hozirgi vaqtda trixogramma biologik kurash usuli dasturlarida turli tunlamlarning tuxumiga qarshi kurashda muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. Bu maqsadda trixogrammaning O‘zbekistonning ekstremal iqlim sharoitiga mos keladigan turlari ajratib olinib ko‘paytirilmoqda. O‘zbekiston trixogramma ko‘paytirish industriyasi tashkil qilingan, hozirgi vaqtda respublika viloyatlarida 700 dan ortiq biolaboratoriya va biofabrikalar mavjud. Bularda ishlab chiqilgan mahsulot butun himoya qilinadigan ekin maydonlarini bir mavsumda 7-7 marta (qayta) ishlov berishga etadi. Brakon (Habrobracon hebetor)ni zararkunandalarga qarshi qo‘llash Brakon – pardaqanotlilar oziqlanish (Hymenoptera) turkumiga, brakonidlar (Brasonidae) oilasiga, Brason (Habrobracon hebetor Say)turiga mansub. Bu entomofag asosan ko‘sak qurtiga qarshi biologik usulda qo‘llash uchun tavsiya qilingan. Ushbu ektoparazit ko‘sak qurtidan tashqari juda ko‘p boshqa kapalaklarning ham qurtlarini zararlaydi. Brakon tashqi parazit bo‘lib, ko‘sak qurtining o‘rta va katta yoshdagi qurtlarini falajlab, so‘ng ustiga 4-5 tadan 16 tagacha tuxum qo‘yadi. O‘lja ko‘p bo‘lsa, barcha falajlangan qurtga tuxum qo‘yavermaydi. Tuxumlari bitta- bitta yoki bir nechtalab joylashgan bo‘lishi mumkin. Har bir urg‘ochi zot 400 tagacha va undan ortiq tuxum qo‘yishi mumkin. Brakon etuk zot shaklida daraxt po‘stloqlari, o‘simlik qoldiqlari hamda kesaklar ostida qishlaydi. Bu entomofag tabiatda uchrashi bilan bir qatorda uni  
 
laboratoriya sharoitida mum kuyasi qurtlarida ko‘paytiriladi. Bu entomofagni 
laboratoriya sharoitida maxsus mexanizatsiyalashtirilgan moslamalarda ko‘paytirish 
usullari yaratilgan. O‘simliklarda g‘o‘za tunlamining qurtlari paydo bo‘lishi bilan 
biologik kurash dasturlarida har gektarga zararkunandaning soniga qarab (10-14/1 
nisbatda) 500 dan 2000 tagacha tarqatiladi. 
Oltinko‘z (Shrysopidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash 
Oltinko‘zlar to‘rqanotlilar (Neuroptera) turkumiga, oltinko‘z (Shrysopidae) 
oilasiga mansub hasharotlardir. Bu oilaga mansub hasharotlar Evropa, Osiyo, Afrika 
va Amerikada keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda o‘rta Osiyoda uning 24, Ozarboyjonda 
33, Qozog‘istonda 15 turi aniqlangan. O‘zbekiston sharoitida oltinko‘zlarning tur 
tarkibi hamda eng ko‘p tarqalgan va istiqbolli turlarining ba’zi bioekologik 
xususiyatlarini A.K.Mansurov, F.M.Uspenskiy, O.SH.YUzbashyan va boshqalar 
o‘rganishgan. Ular oltinko‘zlarning qariyb 11 turini aniqlashgan. Bu oltinko‘zlar 
tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va daraxtlarda ham uchraydi.  
Oltinko‘zlar tillasimon och yashil tusli juda nozik hasharotlar hisoblanadi. 
Ularning ancha keng, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanadigan qanotlari 
yoyilganda 19 dan 55 mm gacha etadi. Mo‘ylovlari tuksimon, peshonasi yassi 
bo‘ladi. YOrug‘lik tomon yaxshi uchadi. Endigina qo‘yilgan tuxumlari och yashil 
tusli, keyin esa asta-sekin qorayadi. Urg‘ochisi tuxumlarini g‘o‘zaning shoxiga, 
barglariga yoki shona tugunchalariga bittadan yoki to‘p-to‘p qilib, nozik ipaksimon 
asosga qo‘yadi.  
Oltinko‘z qurtining tanasi old va orqa tomonidan ixcham bo‘lib, tez yugurishga 
rivojlangan oyoqlari yordam beradi. Tusi och yashildan och sariqgacha. 
Panjalaridagi tirnoqlari o‘rtasida empodiyalari bor. Ko‘krak va qorin segmentlarida 
tananing yonlarida uchi ilmoqli yirik tuklar bilan qoplangan juft bo‘rtiklari 
rivojlangan. Lichinkaning katta yalpoq boshidagi uzunchoq, o‘roqsimon egilgan 
yuqori jag‘lari o‘ljani tutib olishga moslashgan. Pastki jag‘lari yuqorisiga zichlashib, 
yopiq nay hosil qiladi. 
Bu naycha orqali yuborilgan maxsus hazm qilish shirasi vositasida oldindan 
eritilgan o‘lja ichki a’zolari va to‘qimalari mazkur nay orqali so‘riladi. Lichinkaning 
og‘iz bo‘shlig‘iga parda tortilgan. Oziqlanib bo‘lgan uchinchi yoshdagi qurt malpigi 
naychalari mahsuli bo‘lmish ipaksimon iplardan yumaloq oq pilla o‘raydi.  
laboratoriya sharoitida mum kuyasi qurtlarida ko‘paytiriladi. Bu entomofagni laboratoriya sharoitida maxsus mexanizatsiyalashtirilgan moslamalarda ko‘paytirish usullari yaratilgan. O‘simliklarda g‘o‘za tunlamining qurtlari paydo bo‘lishi bilan biologik kurash dasturlarida har gektarga zararkunandaning soniga qarab (10-14/1 nisbatda) 500 dan 2000 tagacha tarqatiladi. Oltinko‘z (Shrysopidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash Oltinko‘zlar to‘rqanotlilar (Neuroptera) turkumiga, oltinko‘z (Shrysopidae) oilasiga mansub hasharotlardir. Bu oilaga mansub hasharotlar Evropa, Osiyo, Afrika va Amerikada keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda o‘rta Osiyoda uning 24, Ozarboyjonda 33, Qozog‘istonda 15 turi aniqlangan. O‘zbekiston sharoitida oltinko‘zlarning tur tarkibi hamda eng ko‘p tarqalgan va istiqbolli turlarining ba’zi bioekologik xususiyatlarini A.K.Mansurov, F.M.Uspenskiy, O.SH.YUzbashyan va boshqalar o‘rganishgan. Ular oltinko‘zlarning qariyb 11 turini aniqlashgan. Bu oltinko‘zlar tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va daraxtlarda ham uchraydi. Oltinko‘zlar tillasimon och yashil tusli juda nozik hasharotlar hisoblanadi. Ularning ancha keng, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanadigan qanotlari yoyilganda 19 dan 55 mm gacha etadi. Mo‘ylovlari tuksimon, peshonasi yassi bo‘ladi. YOrug‘lik tomon yaxshi uchadi. Endigina qo‘yilgan tuxumlari och yashil tusli, keyin esa asta-sekin qorayadi. Urg‘ochisi tuxumlarini g‘o‘zaning shoxiga, barglariga yoki shona tugunchalariga bittadan yoki to‘p-to‘p qilib, nozik ipaksimon asosga qo‘yadi. Oltinko‘z qurtining tanasi old va orqa tomonidan ixcham bo‘lib, tez yugurishga rivojlangan oyoqlari yordam beradi. Tusi och yashildan och sariqgacha. Panjalaridagi tirnoqlari o‘rtasida empodiyalari bor. Ko‘krak va qorin segmentlarida tananing yonlarida uchi ilmoqli yirik tuklar bilan qoplangan juft bo‘rtiklari rivojlangan. Lichinkaning katta yalpoq boshidagi uzunchoq, o‘roqsimon egilgan yuqori jag‘lari o‘ljani tutib olishga moslashgan. Pastki jag‘lari yuqorisiga zichlashib, yopiq nay hosil qiladi. Bu naycha orqali yuborilgan maxsus hazm qilish shirasi vositasida oldindan eritilgan o‘lja ichki a’zolari va to‘qimalari mazkur nay orqali so‘riladi. Lichinkaning og‘iz bo‘shlig‘iga parda tortilgan. Oziqlanib bo‘lgan uchinchi yoshdagi qurt malpigi naychalari mahsuli bo‘lmish ipaksimon iplardan yumaloq oq pilla o‘raydi.  
 
Bir necha kun o‘tgach, qurt oxirgi marta po‘st tashlab g‘umbakka aylanadi. 
Ochiq tipda tuzilgan g‘umbak yashil tusli bo‘ladi. Rivojlanish oxirida harakatchan 
bo‘lib qoladi, pillaning yuqori qismini kemiradi va shu qismi qopqoq singari 
ochiladi.  
Hosil bo‘lgan teshikdan g‘umbak tashqariga chiqadi va qulay joyni tanlab, 
substratga mahkam yopishib oladi va tullaydi, pirovardida etuk zot uchib chiqadi. 
Oltinko‘zning qurtlarigina yirtqichlik qilib hayot kechirishadi, ular nihoyatda xo‘ra 
bo‘ladi, joydan-joyga tez ko‘chish va a’lo darajada izlash xususiyatlariga ega. Juda 
hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari bilan, jumladan, 
kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi. 
Oltinko‘zning hayot kechirish davri quyidagicha kechadi. U etuk zot shaklida 
va qisman pilla ichidagi g‘umbak holida tuproq kesaklarda, o‘simlik qoldiqlari 
ostida, daraxt va bino yoriqlari kavaklarida qishlaydi.O.YU.YUzbashyanning 
ma’lumotlariga boshqa imoratlar ichida faqat etuk zot shaklida qishlab chiqadi. 
Qishlab chiqqan oltinko‘zlar tabiiy sharoitlarda erta bahorda, mart oxiri –aprel 
boshlarida, o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 10-110 ga etganda faollashadi.  
Qishlovdan chiqqan hasharotlar bu vaqtda gulli o‘simliklarning gul changi bilan 
oziqlanishadi, juftlashadi, so‘ngra esa tuxum qo‘yishga kirishadi. Tuxumlarni 
o‘simlik barglarining yuzasi va ost tomonlariga va boshqa joylarga bittadan yoki bir 
nechtadan to‘p-to‘p qilib qo‘yadi, ular ingichka poyacha holida substratga ilashadi.  
Ko‘pincha oltinko‘z tuxumlarini shira juda ko‘paygan joylarda, lichinkalari 
uchun ozuqa oson topiladigan erlarga qo‘yadi. Tuxum qo‘yish tekis kechadi. Bitta 
urg‘ochi kun davomida 65 tagacha, butun umri davomida esa 500-750 tagacha 
tuxum qo‘ya oladi.  
Birinchi yoshdagi lichinkalar asosan hasharotlarning tuxumlari, shiralar va 
kanalar bilan oziqlanadi.  
Ikkinchi va uchinchi yoshdagilari kam harakat bo‘ladi hamda yirikroq o‘ljalari 
afzal ko‘radi rivojlanish davri davomida lichinka 300 tagacha shira, o‘rgimchakkana 
va zararli tunlamlarning tuxumlarini eydi. 
Katta yoshdagi lichinkalari oziqlanishni poyoniga etkazib pilla o‘raydi va 
bevosita o‘simliklarda, uning turli pana joylarida g‘umbaklanadi.  
Bir necha kun o‘tgach, qurt oxirgi marta po‘st tashlab g‘umbakka aylanadi. Ochiq tipda tuzilgan g‘umbak yashil tusli bo‘ladi. Rivojlanish oxirida harakatchan bo‘lib qoladi, pillaning yuqori qismini kemiradi va shu qismi qopqoq singari ochiladi. Hosil bo‘lgan teshikdan g‘umbak tashqariga chiqadi va qulay joyni tanlab, substratga mahkam yopishib oladi va tullaydi, pirovardida etuk zot uchib chiqadi. Oltinko‘zning qurtlarigina yirtqichlik qilib hayot kechirishadi, ular nihoyatda xo‘ra bo‘ladi, joydan-joyga tez ko‘chish va a’lo darajada izlash xususiyatlariga ega. Juda hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari bilan, jumladan, kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi. Oltinko‘zning hayot kechirish davri quyidagicha kechadi. U etuk zot shaklida va qisman pilla ichidagi g‘umbak holida tuproq kesaklarda, o‘simlik qoldiqlari ostida, daraxt va bino yoriqlari kavaklarida qishlaydi.O.YU.YUzbashyanning ma’lumotlariga boshqa imoratlar ichida faqat etuk zot shaklida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan oltinko‘zlar tabiiy sharoitlarda erta bahorda, mart oxiri –aprel boshlarida, o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 10-110 ga etganda faollashadi. Qishlovdan chiqqan hasharotlar bu vaqtda gulli o‘simliklarning gul changi bilan oziqlanishadi, juftlashadi, so‘ngra esa tuxum qo‘yishga kirishadi. Tuxumlarni o‘simlik barglarining yuzasi va ost tomonlariga va boshqa joylarga bittadan yoki bir nechtadan to‘p-to‘p qilib qo‘yadi, ular ingichka poyacha holida substratga ilashadi. Ko‘pincha oltinko‘z tuxumlarini shira juda ko‘paygan joylarda, lichinkalari uchun ozuqa oson topiladigan erlarga qo‘yadi. Tuxum qo‘yish tekis kechadi. Bitta urg‘ochi kun davomida 65 tagacha, butun umri davomida esa 500-750 tagacha tuxum qo‘ya oladi. Birinchi yoshdagi lichinkalar asosan hasharotlarning tuxumlari, shiralar va kanalar bilan oziqlanadi. Ikkinchi va uchinchi yoshdagilari kam harakat bo‘ladi hamda yirikroq o‘ljalari afzal ko‘radi rivojlanish davri davomida lichinka 300 tagacha shira, o‘rgimchakkana va zararli tunlamlarning tuxumlarini eydi. Katta yoshdagi lichinkalari oziqlanishni poyoniga etkazib pilla o‘raydi va bevosita o‘simliklarda, uning turli pana joylarida g‘umbaklanadi.  
 
O‘zbekiston sharoitida oltinko‘zlarning asosiy turlari 4-5 bo‘g‘un berib 
ko‘payadi. Tabiatda oltinko‘zning bo‘g‘in berish miqdori iqlim sharoitlariga hamda 
atrofdagi o‘simliklarda bo‘g‘imoyoqli jonivorlarning zichligiga bog‘liq bo‘ladi.  
Xonqizi (Sossinellidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash 
Koksinellidlar – qattiq qanotlilar (Soleoptera) turkumining xonqizi oilasiga mansub 
hasharotlar. Koksinellidlar oilasiga mansub vakillar keng tarqalgan bo‘lib, ular 
ekinlarga tushadigan xavfli zararkunandalarni yo‘qotishda katta ahamiyatga ega. 
SHiralar, kanalar, qurtlar, qalqondorlar, fitonomus qurtlari ana shunday xavfli 
zararkunandalar qatoriga kiradi.  
Qo‘ng‘izning tanasi yumaloq, tepasi qubbali, osti elkasi va qanot ustligi ravon 
qubbali holda ko‘zga tashlanadi. Tuxumlari sariq rangli birmuncha yirik, uzunchoq 
shaklda bo‘ladi. Rasm. 
Koksinella oilasiga mansub qo‘ng‘izlar tuxumlarini shiralar koloniyalari yonidagi 
o‘simliklarning har xil qismlariga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Yirtqich tuxumdan ochib 
chiqqan lichinkalari shiralar bilan oziqlanadi. Endigina ochib chiqqan lichinklar 
birmuncha vaqt tuxum po‘stloqlarida (bir-biriga qattiq qisilib) o‘tiradi va shirani 
topishi bilanoq uni eyishga kirishadi.  
Kichik yoshdagi qurtlar u qadar harakatchan bo‘lmaydi. YOshi oshgan sayin juda 
harakatchan bo‘lib, shiralarning to‘pidan to‘piga o‘taveradi. Lichinkalar to‘rt yoshni 
o‘taydi. G‘umbaklanish payti kelganda lichinkalar tanasining keyingi tomoni bilan 
biror narsaga ilinib oladi. 
G‘umbaklar kam harakat bo‘ladi, lekin bezovtalanganda tanasining old 
qismini qo‘qqisdan ko‘tarib, perpendikulyar holatda turib oladi. G‘umbaklanadigan 
joylar har xil bo‘lishi mumkin. G‘umbaklar ko‘pincha lichinkalar oziqlangan 
o‘simliklarning barglarida yoki shoxchalarida joylashadi. G‘umbaklardan chiqqan 
qo‘ng‘iz shiralarni zo‘r berib qiradi va 10-12 kun o‘tgach juftlashishga kirishadi, bir-
ikki kun o‘tishi bilan tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochilari tuxumlarini ravon 
qo‘ymaydi.  
Tuxum qo‘yishga kirishgandan keyin 10-15 kun o‘tgachgina eng ko‘p (kuniga 
38-42 ta) tuxum qo‘yiladi. Urg‘ochilarning tuxum qo‘yish davri 45 kungacha 
cho‘ziladi. Bitta urg‘ochi zot 250 dan 2900 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. 
Koksinellid qo‘ng‘izlari turli balandlikdagi tog‘larda qishlaydi.  
O‘zbekiston sharoitida oltinko‘zlarning asosiy turlari 4-5 bo‘g‘un berib ko‘payadi. Tabiatda oltinko‘zning bo‘g‘in berish miqdori iqlim sharoitlariga hamda atrofdagi o‘simliklarda bo‘g‘imoyoqli jonivorlarning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Xonqizi (Sossinellidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash Koksinellidlar – qattiq qanotlilar (Soleoptera) turkumining xonqizi oilasiga mansub hasharotlar. Koksinellidlar oilasiga mansub vakillar keng tarqalgan bo‘lib, ular ekinlarga tushadigan xavfli zararkunandalarni yo‘qotishda katta ahamiyatga ega. SHiralar, kanalar, qurtlar, qalqondorlar, fitonomus qurtlari ana shunday xavfli zararkunandalar qatoriga kiradi. Qo‘ng‘izning tanasi yumaloq, tepasi qubbali, osti elkasi va qanot ustligi ravon qubbali holda ko‘zga tashlanadi. Tuxumlari sariq rangli birmuncha yirik, uzunchoq shaklda bo‘ladi. Rasm. Koksinella oilasiga mansub qo‘ng‘izlar tuxumlarini shiralar koloniyalari yonidagi o‘simliklarning har xil qismlariga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Yirtqich tuxumdan ochib chiqqan lichinkalari shiralar bilan oziqlanadi. Endigina ochib chiqqan lichinklar birmuncha vaqt tuxum po‘stloqlarida (bir-biriga qattiq qisilib) o‘tiradi va shirani topishi bilanoq uni eyishga kirishadi. Kichik yoshdagi qurtlar u qadar harakatchan bo‘lmaydi. YOshi oshgan sayin juda harakatchan bo‘lib, shiralarning to‘pidan to‘piga o‘taveradi. Lichinkalar to‘rt yoshni o‘taydi. G‘umbaklanish payti kelganda lichinkalar tanasining keyingi tomoni bilan biror narsaga ilinib oladi. G‘umbaklar kam harakat bo‘ladi, lekin bezovtalanganda tanasining old qismini qo‘qqisdan ko‘tarib, perpendikulyar holatda turib oladi. G‘umbaklanadigan joylar har xil bo‘lishi mumkin. G‘umbaklar ko‘pincha lichinkalar oziqlangan o‘simliklarning barglarida yoki shoxchalarida joylashadi. G‘umbaklardan chiqqan qo‘ng‘iz shiralarni zo‘r berib qiradi va 10-12 kun o‘tgach juftlashishga kirishadi, bir- ikki kun o‘tishi bilan tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochilari tuxumlarini ravon qo‘ymaydi. Tuxum qo‘yishga kirishgandan keyin 10-15 kun o‘tgachgina eng ko‘p (kuniga 38-42 ta) tuxum qo‘yiladi. Urg‘ochilarning tuxum qo‘yish davri 45 kungacha cho‘ziladi. Bitta urg‘ochi zot 250 dan 2900 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Koksinellid qo‘ng‘izlari turli balandlikdagi tog‘larda qishlaydi.  
 
Bahorda qishlov joylaridan ancha barvaqt uchib chiqadi. Bahorda qishlov joylaridan 
ancha barqat uchib chiqadilar. Qishlov joylaridagi havoning harorati va namligi 
qo‘ng‘izlar faol holatga o‘tishiga olib keladigan asosiy shartlardandir. 
Qishlovdan chiqqan qo‘ng‘izlar aprel boshida yoki o‘rtalarida ya’ni o‘rtacha 
bir kecha-kunduzlik harorat 12-15 0 ga etganda bedazorda, shaftolizor bog‘larda va 
yovvoyi o‘simliklarda paydo bo‘ladi. Ozuqaning miqdori va sifatiga hamda ob-havo 
sharoitlariga qarab ularning qo‘shimcha oziqlanishi 10-22 kunga cho‘ziladi. So‘ngra 
ular juftlashish va tuxum qo‘yishga kirishadi 
Yirtqich xonqizlar orasida eng hammaxo‘ri 7 nuqtali qo‘ng‘izlar hisoblanadi. Har 
bir qo‘ng‘iz bir kecha-kunduz davomida 50 dan 100 tagacha shira eydi, lichinkalari 
ayniqsa badnafs bo‘ladi. Barcha makonlarda shiralar nufuzi keskin kamayishi 
natijasida iyul oxiri avgust boshlarida qo‘ng‘izlarning ko‘pi yozgi uyquga ketish 
uchun tog‘li tumanlarga uchib ketadi.  
Etti nuqtali va o‘zgaruvchan xonqizi qo‘ng‘izlari Toshkent viloyatidagi 
Oqtosh, Xo‘jakent, Xumson, Suvko‘kda, ya’ni dengiz sathidan 800-2500 metr 
balandlikda to‘planadi. Ular ko‘pincha yakka holda, ba’zan esa 15-20 tadan bo‘lib, 
o‘tlar va butalar tagida, hazon va ezilgan barglar ostida joylashib qoladi. 
Kuzgi sovuqlar tushishi bilan qo‘ng‘izlar to‘plangan joylaridan to‘g‘onlar 
yonidagi eng bahavo joylarga va tog‘larga uchib borib, u erlarda minglab 
yig‘ilishadi. Qishlovga to‘plangan ayrim to‘plari bir-birlariga yaqin joylashadi.  
Ular odatda har yili bir xil joylarga qishlaydi, bu esa qishlaydigan to‘plarning 
joylanishini kartaga olish imkonini beradi. O‘zbekistonda koksinellidlarning eng 
samarali turlariga quyidagilar kiradi: 7 nuqtali xonqizi, o‘zgaruvchan besh nuqtali, 2 
nuqtali semiadaliya hamda brumus. Boshqa xil turlari kam uchraydi. 
Yirtqich qandalalar. Qandalalar yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera) turkumiga 
mansub, ular to‘liqsiz rivojlanadi. O‘zga bo‘g‘imoyoqli jonivorlar hisobiga 
yashaydigan 7 ta oilasiga mansub qandalalar qayd qilingan. Bularning oilasiga 
ayniqsa Antocoridae oilasiga mansub orius qandalasining (Orius albidepennis Reut 
va Orius niger Wolff)ahamiyati katta. Keng tarqalib kuchli urchiydigan bu 
kushandalar o‘rgimchakkananing tuxum va lichinkalarini so‘rib foyda keltiradi. 
Bularning har biri bir kunda 100 dan ortiq tuxum va lichinka bilan oziqlanishi 
mumkin. Bulardan tashqari yirtqich qandalalardan nabiuslarni - Nabidae oilasi, 
Bahorda qishlov joylaridan ancha barvaqt uchib chiqadi. Bahorda qishlov joylaridan ancha barqat uchib chiqadilar. Qishlov joylaridagi havoning harorati va namligi qo‘ng‘izlar faol holatga o‘tishiga olib keladigan asosiy shartlardandir. Qishlovdan chiqqan qo‘ng‘izlar aprel boshida yoki o‘rtalarida ya’ni o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 12-15 0 ga etganda bedazorda, shaftolizor bog‘larda va yovvoyi o‘simliklarda paydo bo‘ladi. Ozuqaning miqdori va sifatiga hamda ob-havo sharoitlariga qarab ularning qo‘shimcha oziqlanishi 10-22 kunga cho‘ziladi. So‘ngra ular juftlashish va tuxum qo‘yishga kirishadi Yirtqich xonqizlar orasida eng hammaxo‘ri 7 nuqtali qo‘ng‘izlar hisoblanadi. Har bir qo‘ng‘iz bir kecha-kunduz davomida 50 dan 100 tagacha shira eydi, lichinkalari ayniqsa badnafs bo‘ladi. Barcha makonlarda shiralar nufuzi keskin kamayishi natijasida iyul oxiri avgust boshlarida qo‘ng‘izlarning ko‘pi yozgi uyquga ketish uchun tog‘li tumanlarga uchib ketadi. Etti nuqtali va o‘zgaruvchan xonqizi qo‘ng‘izlari Toshkent viloyatidagi Oqtosh, Xo‘jakent, Xumson, Suvko‘kda, ya’ni dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikda to‘planadi. Ular ko‘pincha yakka holda, ba’zan esa 15-20 tadan bo‘lib, o‘tlar va butalar tagida, hazon va ezilgan barglar ostida joylashib qoladi. Kuzgi sovuqlar tushishi bilan qo‘ng‘izlar to‘plangan joylaridan to‘g‘onlar yonidagi eng bahavo joylarga va tog‘larga uchib borib, u erlarda minglab yig‘ilishadi. Qishlovga to‘plangan ayrim to‘plari bir-birlariga yaqin joylashadi. Ular odatda har yili bir xil joylarga qishlaydi, bu esa qishlaydigan to‘plarning joylanishini kartaga olish imkonini beradi. O‘zbekistonda koksinellidlarning eng samarali turlariga quyidagilar kiradi: 7 nuqtali xonqizi, o‘zgaruvchan besh nuqtali, 2 nuqtali semiadaliya hamda brumus. Boshqa xil turlari kam uchraydi. Yirtqich qandalalar. Qandalalar yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera) turkumiga mansub, ular to‘liqsiz rivojlanadi. O‘zga bo‘g‘imoyoqli jonivorlar hisobiga yashaydigan 7 ta oilasiga mansub qandalalar qayd qilingan. Bularning oilasiga ayniqsa Antocoridae oilasiga mansub orius qandalasining (Orius albidepennis Reut va Orius niger Wolff)ahamiyati katta. Keng tarqalib kuchli urchiydigan bu kushandalar o‘rgimchakkananing tuxum va lichinkalarini so‘rib foyda keltiradi. Bularning har biri bir kunda 100 dan ortiq tuxum va lichinka bilan oziqlanishi mumkin. Bulardan tashqari yirtqich qandalalardan nabiuslarni - Nabidae oilasi,  
 
hamda miridlarni –Miridae oilasi, qayd etib o‘tish mumkin. Yirtqich qandalalar 
o‘rgimchakkanadan tashqari shira, trips, mayda qurtlarni so‘rib oziqlanadi. Yirtqich 
qandalalar hatto g‘o‘za tunlamining tuxumlarini 50% gacha kamaytirib turishi 
mumkin. 
Yirtqich qandalalar etuk zot shaklida turli o‘simlik qoldiqlarining ostida 
qishlab qolib, martdan oktyabrgacha faol hayot kechiradi. Bu davrda 4-5 ta bo‘g‘in 
berib, ko‘pgina zararli hasharot va o‘rgimchakkananing nufuzini sezilarli darajada 
kamaytiradi. 
Kanaxo‘r trips. Pufakoyoqlilar yoki tripslar turkumiga Thipidae oilasiga mansub 
bu to‘liqsiz rivojlanadigan hasharot O‘rta Osiyo sharoitida keng tarqalgan hamda 
o‘rgimchakkana sonini kamaytirib turadigan eng samarali yirtqich kushandalarning 
biri. 
Kanaxo‘r tripsning ulg‘aygan urg‘ochilari och sariq tusli bo‘ladi.Bo‘rtib 
chiqqan qora ko‘zlari bor. Sakkiz bo‘g‘imli mo‘ylovlarining uchki qismi to‘q tusli 
bo‘ladi. Old qanotlaridagi uchta to‘q kulrang xollari shu yirtqichga mansub 
xususiyatdir. Bosh va ko‘kragining old qismi yapaloq holatda bo‘ladi. Qanotlari 
qorin qismining oxirigacha etib turadi. Urg‘ochisining tana uzunligi 1.16mm gacha 
boradi. Hasharotning tuxum, lichinka (2 yosh) pronimfa va etuk zot shakllari 
mavjud. Bir yilda 9-10 ta bo‘g‘in berib rivojlanadi. O‘rgimchakkananing 
ixtisoslashgan kushandasi bo‘lib, zararkunandaga nisbati 1:20 gacha bo‘lganda 
uning sonini keskin kamaytirib,81-98 % samara berishi qayd qilingan. 
Ushbu hasharotning eng nozik joyi qishlab chiqishidadir. Hasharot sovuqqa 
chidamsiz, odatda ko‘p qismi (pronimfadan tashqari) qishlov paytida qirilib ketadi. 
Qolgani esa bahorda (mart-aprel) o‘rgimchakkana bilan birga rivojlana boshlaydi va 
kuzgacha o‘z nufuzini tiklab oladi. Bunga uning nihoyatda harakatchanligi va xo‘ra 
ekanligi yordam beradi. Bir kunda bitta kanaxo‘r trips 50 tagacha o‘lja shakllarini 
qiradi. 
Stetorus qo‘ng‘izi – o‘rgimchakkananing yana bir samarali ixtisoslshagan yirtqich 
kushandasi, qo‘ng‘izlar – Coleoptera turkumi, xonqizlar oilasiga mansub. Ulg‘aygan 
qo‘ng‘izlar g‘o‘za ekilgan dalalarda tuproqning yuza qavatida 5 sm.gacha 
chuqurlikda, qalin tutzorlar osti, ariq yoqalaridagi to‘kilgan barglar osti, dala uvatlari 
va daraxt po‘stlog‘i yoriqlarida qishlaydi. Bahorda havoning o‘rtacha o‘n kunlik 
hamda miridlarni –Miridae oilasi, qayd etib o‘tish mumkin. Yirtqich qandalalar o‘rgimchakkanadan tashqari shira, trips, mayda qurtlarni so‘rib oziqlanadi. Yirtqich qandalalar hatto g‘o‘za tunlamining tuxumlarini 50% gacha kamaytirib turishi mumkin. Yirtqich qandalalar etuk zot shaklida turli o‘simlik qoldiqlarining ostida qishlab qolib, martdan oktyabrgacha faol hayot kechiradi. Bu davrda 4-5 ta bo‘g‘in berib, ko‘pgina zararli hasharot va o‘rgimchakkananing nufuzini sezilarli darajada kamaytiradi. Kanaxo‘r trips. Pufakoyoqlilar yoki tripslar turkumiga Thipidae oilasiga mansub bu to‘liqsiz rivojlanadigan hasharot O‘rta Osiyo sharoitida keng tarqalgan hamda o‘rgimchakkana sonini kamaytirib turadigan eng samarali yirtqich kushandalarning biri. Kanaxo‘r tripsning ulg‘aygan urg‘ochilari och sariq tusli bo‘ladi.Bo‘rtib chiqqan qora ko‘zlari bor. Sakkiz bo‘g‘imli mo‘ylovlarining uchki qismi to‘q tusli bo‘ladi. Old qanotlaridagi uchta to‘q kulrang xollari shu yirtqichga mansub xususiyatdir. Bosh va ko‘kragining old qismi yapaloq holatda bo‘ladi. Qanotlari qorin qismining oxirigacha etib turadi. Urg‘ochisining tana uzunligi 1.16mm gacha boradi. Hasharotning tuxum, lichinka (2 yosh) pronimfa va etuk zot shakllari mavjud. Bir yilda 9-10 ta bo‘g‘in berib rivojlanadi. O‘rgimchakkananing ixtisoslashgan kushandasi bo‘lib, zararkunandaga nisbati 1:20 gacha bo‘lganda uning sonini keskin kamaytirib,81-98 % samara berishi qayd qilingan. Ushbu hasharotning eng nozik joyi qishlab chiqishidadir. Hasharot sovuqqa chidamsiz, odatda ko‘p qismi (pronimfadan tashqari) qishlov paytida qirilib ketadi. Qolgani esa bahorda (mart-aprel) o‘rgimchakkana bilan birga rivojlana boshlaydi va kuzgacha o‘z nufuzini tiklab oladi. Bunga uning nihoyatda harakatchanligi va xo‘ra ekanligi yordam beradi. Bir kunda bitta kanaxo‘r trips 50 tagacha o‘lja shakllarini qiradi. Stetorus qo‘ng‘izi – o‘rgimchakkananing yana bir samarali ixtisoslshagan yirtqich kushandasi, qo‘ng‘izlar – Coleoptera turkumi, xonqizlar oilasiga mansub. Ulg‘aygan qo‘ng‘izlar g‘o‘za ekilgan dalalarda tuproqning yuza qavatida 5 sm.gacha chuqurlikda, qalin tutzorlar osti, ariq yoqalaridagi to‘kilgan barglar osti, dala uvatlari va daraxt po‘stlog‘i yoriqlarida qishlaydi. Bahorda havoning o‘rtacha o‘n kunlik  
 
harorati qariyb 140 bo‘lganda qo‘nhilar qishlovdan chiqa boshlaydi. Bu mart oxiri-
aprel boshlariga to‘g‘ri keladi. Urg‘ochi qo‘ng‘izlar qo‘shimcha oziqlanishga muhtoj 
bo‘ladi. Urg‘ochi qo‘ng‘izlar uchib chiqqanidan keyin 10-15 kun o‘tgach tuxum 
qo‘yishga kirishadi. Ular barglaridagi o‘rgimchakkana uyalariga yakka-yakka qilib, 
jami 150 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Stetorusning har bir bo‘g‘ini uchun zarur 
samarali harorat yig‘indisi 360 0 ni tashkil etadi. Mavsum davomida stetorus 
beshtagacha bo‘g‘in berib rivojlanadi. Bu yirtqich juda ochofat. Qo‘ng‘iz va uning 
lichinkalari o‘rgimchakkana bilan oziqlanadi. SHu bilan birga, birinchi yoshdagi 
lichinkalari asosan tuxumlar,katta yoshdagilari esa tuxum va etuk kanalar bilan 
ovqatlanadi. Bitta lichinka hayoti davomida 800-1100 tagacha kana eydi. Bahorda 
yosh lichinkalar kuniga 50 tadan, yozda 200 tagacha kanani eb qo‘yadi. Stetorus 
qo‘ng‘izlari o‘rgimchakkana tuxumlari bilan oziqlanishga o‘ch bo‘ladi. Ular 
lichinkalarga qaraganda ancha xo‘ra bo‘ladi. Ulg‘aygan qo‘ng‘iz qariyb ikki oy 
yashaydi va shu vaqt mobaynida 8-9 ming o‘rgimchakkanani eb qo‘yadi. Tajribalar 
shuni ko‘rsatadiki, ikkita lichinka va uchta etuk qo‘ng‘iz besh kun davomida 3 
mingdan ko‘proq tuxum va kanani yo‘qota oladi. G‘o‘zada stetorusning eng ko‘p 
tarqalgan davri yoz o‘rtalariga (iyun oxiri – iyul boshiga) to‘g‘ri keladi. 
Zararkunandalarga qarshi turli xil hasharot tutqichlarni qo‘llash 
Hasharotlarning etuk zotlari o‘zaro bog‘lanishi uchun mo‘ljallangan kimyoviy 
moddalarning mavjudligi aniqlanganligiga 2 asrdan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, 
bu moddani amaliy ishlatish uchun tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980 yillarda bir qator 
ilmiy tashkilotlarda boshlangan. Ta’kidlab o‘tish joizki, feromon moddasi 
hasharotlarnnig maxsus ekzokrin bezlari tomonidan ishlab chiqilib, o‘zga jinsli zotni 
jalb etish uchun mo‘ljallangan. Jinsiy feromonni asosan urg‘ochi zot ishlab 
chiqaradi. 
G‘o‘zani zararlaydigan asosiy tunlamlarning feromonlarini O‘zO‘HI 
hodimlari (SH.Xo‘jaev, O.Eshmatov, N.Qo‘chqorova, 1982-1988) hamda 
O‘ZFAning zoologiya va parazitologiya instituti xodimlari (O‘.To‘raxonov, 1983-
1984), Samarqandda esa D.Nasrullaeva va M.Parsaev (1983-1985), Tojikistonda 
V.Kovalenkov va boshqalar (1984), Ozarboyjonda R.Sattorzoda (1982-1985 
y)o‘rgangan.  
harorati qariyb 140 bo‘lganda qo‘nhilar qishlovdan chiqa boshlaydi. Bu mart oxiri- aprel boshlariga to‘g‘ri keladi. Urg‘ochi qo‘ng‘izlar qo‘shimcha oziqlanishga muhtoj bo‘ladi. Urg‘ochi qo‘ng‘izlar uchib chiqqanidan keyin 10-15 kun o‘tgach tuxum qo‘yishga kirishadi. Ular barglaridagi o‘rgimchakkana uyalariga yakka-yakka qilib, jami 150 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Stetorusning har bir bo‘g‘ini uchun zarur samarali harorat yig‘indisi 360 0 ni tashkil etadi. Mavsum davomida stetorus beshtagacha bo‘g‘in berib rivojlanadi. Bu yirtqich juda ochofat. Qo‘ng‘iz va uning lichinkalari o‘rgimchakkana bilan oziqlanadi. SHu bilan birga, birinchi yoshdagi lichinkalari asosan tuxumlar,katta yoshdagilari esa tuxum va etuk kanalar bilan ovqatlanadi. Bitta lichinka hayoti davomida 800-1100 tagacha kana eydi. Bahorda yosh lichinkalar kuniga 50 tadan, yozda 200 tagacha kanani eb qo‘yadi. Stetorus qo‘ng‘izlari o‘rgimchakkana tuxumlari bilan oziqlanishga o‘ch bo‘ladi. Ular lichinkalarga qaraganda ancha xo‘ra bo‘ladi. Ulg‘aygan qo‘ng‘iz qariyb ikki oy yashaydi va shu vaqt mobaynida 8-9 ming o‘rgimchakkanani eb qo‘yadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ikkita lichinka va uchta etuk qo‘ng‘iz besh kun davomida 3 mingdan ko‘proq tuxum va kanani yo‘qota oladi. G‘o‘zada stetorusning eng ko‘p tarqalgan davri yoz o‘rtalariga (iyun oxiri – iyul boshiga) to‘g‘ri keladi. Zararkunandalarga qarshi turli xil hasharot tutqichlarni qo‘llash Hasharotlarning etuk zotlari o‘zaro bog‘lanishi uchun mo‘ljallangan kimyoviy moddalarning mavjudligi aniqlanganligiga 2 asrdan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, bu moddani amaliy ishlatish uchun tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980 yillarda bir qator ilmiy tashkilotlarda boshlangan. Ta’kidlab o‘tish joizki, feromon moddasi hasharotlarnnig maxsus ekzokrin bezlari tomonidan ishlab chiqilib, o‘zga jinsli zotni jalb etish uchun mo‘ljallangan. Jinsiy feromonni asosan urg‘ochi zot ishlab chiqaradi. G‘o‘zani zararlaydigan asosiy tunlamlarning feromonlarini O‘zO‘HI hodimlari (SH.Xo‘jaev, O.Eshmatov, N.Qo‘chqorova, 1982-1988) hamda O‘ZFAning zoologiya va parazitologiya instituti xodimlari (O‘.To‘raxonov, 1983- 1984), Samarqandda esa D.Nasrullaeva va M.Parsaev (1983-1985), Tojikistonda V.Kovalenkov va boshqalar (1984), Ozarboyjonda R.Sattorzoda (1982-1985 y)o‘rgangan.  
 
 
Feromon tutqichlarni ishlash jarayoni shundan iboratki, bunda sun’iy hidga 
jalb etilgan erkak kapalak tutkich ichiga joylashtirilgan elimli qog‘ozga yopishib 
qoladi.  
Sun’iy feromon kuchli attaraktant hisoblanadi, ya’ni u kapalakka nisbatan bir 
necha bor kuchli jalb etish xususiyatiga ega. Har bir tur hasharot uchun ma’lum 
struktura va tuzilishga ega bo‘lgan o‘zining feromoni mavjud. Amaliyotda feromon 
tutqichi yordamida ayni hasharot rivojlanishini belgilab, zarur kurash usuli uchun 
taraddud ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Bu esa birinchidan, o‘z vaqtida kurash olib 
borish hisobiga zararning oldini olishga, ikkinchidan behuda ishlov o‘tkazishga chek 
qo‘yish imkonini yaratadi. 
 
Feromon tutqichlari tutqich, elimli yopishgich, temir sim, yog‘och qoziq va 
feromon moddasi singdirilgan rezina kapsuladan iborat bo‘ladi. 
 
Jinsiy feromonlardan o‘simlikni himoya qilish maqsadida foydalanish. 
Zararkunandaning zararini sezilmaydigan darajaga kamaytirish imkonini beradigan 
feromon ishlatish usullari mavjuddir. Kapalaklarni ko‘plab tutish yoki ularni 
dezorientatsiya qilish (chalg‘itish) shular jumlasidandir. Feromonli tutqichlarda 
insektitsid aralashmalari yoki sterilazatorlar (bepusht qilib qo‘yuvchilar) qo‘llash va 
hokazolari istiqbollidir. 
Erkak kapalaklarni ko‘plab ovlash va feromonli tuzoqlarga jalb qilish orqali 
ularni urg‘ochilari bilan uchrashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Erkak kapalaklarni ko‘plab 
tutib urg‘ochilarning mahsuldorligi kamayishi va qo‘yilgan tuxumlar sterial (puch) 
bo‘lib qolishiga erishiladi.  
Elektr fotospektrli tutqich. 2003-2004 yillari asosan Andijon viloyatining 
mutaxassislari va rahbariyati tomonidan Xitoy XDR dan elektr fotospektarli hasharot 
tutqichlari keltirilib qo‘llanila boshlandi.  
Asosiy maqsad – g‘o‘za tunlamiga (ko‘sak qurtiga) qarshi kurashish uchun uning 
kapalaklarini yig‘ib o‘ldirish. Ushbu tutqichning izohini o‘qiganingizda haqiqatda 
ham bunga amin bo‘lasiz, chunki unda elektr yordamida yonadigan maxsus lampa 
bo‘lib, uning shu’lasi maqsadga muvofiq ravishda mo‘ljallangan hasharotnigina jalb 
etishi kerak. Ammo amalda unday bo‘lib chiqmaydi.  
Andijon va Namangan viloyatlari dalalarida o‘tkazilgan maxsus kuzatuvlarda, 
iyun-iyul oylarida har bir tutqichga bir kechada 0,5-1,5 kg turli hasharot namunalari 
Feromon tutqichlarni ishlash jarayoni shundan iboratki, bunda sun’iy hidga jalb etilgan erkak kapalak tutkich ichiga joylashtirilgan elimli qog‘ozga yopishib qoladi. Sun’iy feromon kuchli attaraktant hisoblanadi, ya’ni u kapalakka nisbatan bir necha bor kuchli jalb etish xususiyatiga ega. Har bir tur hasharot uchun ma’lum struktura va tuzilishga ega bo‘lgan o‘zining feromoni mavjud. Amaliyotda feromon tutqichi yordamida ayni hasharot rivojlanishini belgilab, zarur kurash usuli uchun taraddud ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Bu esa birinchidan, o‘z vaqtida kurash olib borish hisobiga zararning oldini olishga, ikkinchidan behuda ishlov o‘tkazishga chek qo‘yish imkonini yaratadi. Feromon tutqichlari tutqich, elimli yopishgich, temir sim, yog‘och qoziq va feromon moddasi singdirilgan rezina kapsuladan iborat bo‘ladi. Jinsiy feromonlardan o‘simlikni himoya qilish maqsadida foydalanish. Zararkunandaning zararini sezilmaydigan darajaga kamaytirish imkonini beradigan feromon ishlatish usullari mavjuddir. Kapalaklarni ko‘plab tutish yoki ularni dezorientatsiya qilish (chalg‘itish) shular jumlasidandir. Feromonli tutqichlarda insektitsid aralashmalari yoki sterilazatorlar (bepusht qilib qo‘yuvchilar) qo‘llash va hokazolari istiqbollidir. Erkak kapalaklarni ko‘plab ovlash va feromonli tuzoqlarga jalb qilish orqali ularni urg‘ochilari bilan uchrashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Erkak kapalaklarni ko‘plab tutib urg‘ochilarning mahsuldorligi kamayishi va qo‘yilgan tuxumlar sterial (puch) bo‘lib qolishiga erishiladi. Elektr fotospektrli tutqich. 2003-2004 yillari asosan Andijon viloyatining mutaxassislari va rahbariyati tomonidan Xitoy XDR dan elektr fotospektarli hasharot tutqichlari keltirilib qo‘llanila boshlandi. Asosiy maqsad – g‘o‘za tunlamiga (ko‘sak qurtiga) qarshi kurashish uchun uning kapalaklarini yig‘ib o‘ldirish. Ushbu tutqichning izohini o‘qiganingizda haqiqatda ham bunga amin bo‘lasiz, chunki unda elektr yordamida yonadigan maxsus lampa bo‘lib, uning shu’lasi maqsadga muvofiq ravishda mo‘ljallangan hasharotnigina jalb etishi kerak. Ammo amalda unday bo‘lib chiqmaydi. Andijon va Namangan viloyatlari dalalarida o‘tkazilgan maxsus kuzatuvlarda, iyun-iyul oylarida har bir tutqichga bir kechada 0,5-1,5 kg turli hasharot namunalari  
 
ilingan. Ilingan hasharotlarning ichida 13-35 ta g‘o‘za tunlamining kapalagi bo‘lsa, 
qolganining ko‘p qismini qo‘ng‘izlar, pashshalar, chivin, to‘rqanotlilar, parda va 
yarim qattiqqanotlilar tashkil etgan.  
Bularning orasida agrobiotsenozda entomofag vazifasini bajaradigan turlari 
ham kam emas. Masalaning boshqa tomoni ham ahamiyatlidir. YA’ni tabiatda turli 
o‘simlik gullari ayni hasharotlar orqali changlanadi. G‘o‘za hosildorligi ham 
yovvoyi va madaniy arilarning etarlicha bo‘lganliga bog‘liq. Demak, kilogramlab 
hasharotlarni yig‘ib o‘ldirish entomofauna xilmaxilligini kamaytirib, hosildorlikni 
pasaytirib yuboradi. 
 
 
 
 
 
ilingan. Ilingan hasharotlarning ichida 13-35 ta g‘o‘za tunlamining kapalagi bo‘lsa, qolganining ko‘p qismini qo‘ng‘izlar, pashshalar, chivin, to‘rqanotlilar, parda va yarim qattiqqanotlilar tashkil etgan. Bularning orasida agrobiotsenozda entomofag vazifasini bajaradigan turlari ham kam emas. Masalaning boshqa tomoni ham ahamiyatlidir. YA’ni tabiatda turli o‘simlik gullari ayni hasharotlar orqali changlanadi. G‘o‘za hosildorligi ham yovvoyi va madaniy arilarning etarlicha bo‘lganliga bog‘liq. Demak, kilogramlab hasharotlarni yig‘ib o‘ldirish entomofauna xilmaxilligini kamaytirib, hosildorlikni pasaytirib yuboradi.  
 
 
 
 
 
Foydali hasharotlar 
 
Foydali hasharotlar