O‘SIMLIKLARNING ISSIQLIK VA NAMGA BO‘LGAN TALABINI ANIQLASH
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
223,5 KB
O‘SIMLIKLARNING ISSIQLIK VA NAMGA BO‘LGAN TALABINI
ANIQLASH
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘simliklarning issiqlikka va namga bo‘lgan
talabini aniqlashni o‘rganish. Havoning faol va samarali haroratlar yig‘indisini
hisoblashni hamda o‘simliklarning suv bilan ta’minlanganligini aniqlashni
o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. O‘quv adabiyotlaridan foydalanib o‘simliklarning issiqqa talabchanligini
o‘rganish;
2. Termik resurslar haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish;
3. Jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida o‘rtacha oylik havo haroratlarining
yillik o‘zgarishi grafigini chizing. Grafikka asosan havo haroratining 5oC, 10oC
dan yuqori bo‘lgan davrni va shu davr uchun haroratlar yig‘indisini hisoblang;
4. O‘simlikning pishib yetilishi uchun zarur bo‘lgan issiqlikni hisoblashni
o‘rganing;
5. O‘simliklarning nam bilan ta’minlanganligini aniqlash usullarini
o‘rganing;
6. Kuzgi bug‘doyning suvga bo‘lgan talabini aniqlashni o‘rganing.
Kerakli materiallar va asboblar: darslik, o‘quv qo‘llanmalari,
meteorologik stansiya ma’lumotlari va jadvallar,
chizg‘ich, qalam,
kalkulyator va h.k.
1.1. O‘simliklarning issiqlikka talabchanligini aniqlash
Issiqlik resurslari va uning ahamiyati. Iqlim qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishida muhim va ko‘pincha hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham
qishloq xo‘jaligining rivojlanishi hamda oziq–ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun
iqlim resurslaridan maksimal darajada foydalanish muhim ahamiyatga ega.
O‘simlik uchun mos keladigan iqlim va agrometeorologik sharoitni to‘g‘ri
tanlash boshqa omillar bilan birgalikda ekinlardan mo‘l hosil to‘plash uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. O‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun zarur
bo‘lgan barcha omillar qulay bo‘lsa ham, vegetatsiya davri va kuz–qish fasllarining
noqulay kelishi o‘simlik hayoti uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ob–havo va
agrotexnik sharoit yillar davomida bir xil bo‘lmaganligi uchun ekinlarning
hosildorligi ham yilma-yil bir- biridan farq qiladi. Ekin turlarini tanlash, ekish
muddatlarini o‘zgartirish, yetishtirish agrotexnologiyalarini iqlim sharoitiga
moslash natijasida ob–havoning noqulay holatlarini chetlab o‘tish mumkin.
Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, agroiqlimshunoslar, agronomlar va qishloq
xo‘jalik xodimlari qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan hududlarning agroiqlim
resurslarini yaxshi bilishi va ulardan unumli foydalanishi lozim.
O‘simlik o‘sishi, rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan agroiqlim resurslaridan
eng muhimi termik resurs hisoblanadi. Termik resurs deganda havoning o‘rtacha
sutkalik haroratlarining 10oC dan yuqori qismi yig‘indisi yoki boshqacha aytganda,
faol haroratlar yig‘indisi tushuniladi. Faol haroratlar yig‘indisi hududning
o‘simliklar uchun yetarli termik resursga ega ekanligi va vegetatsiya davrining
o‘rtacha harorat darajasi bilan ta’minlanganligini bildiradi. Hudud iqlimining
barqarorligiga bog‘liq holda faol haroratlar yig‘indisi har doim ham o‘rtacha ko‘p
yillik miqdorga yaqin bo‘lavermaydi. Ayrim yillarda bir necha yuz gradusgacha
farq qiladi. Shuning uchun ham har bir hududning termik resursini baholashda
faqat o‘rtacha ko‘p yillik miqdorga emas, balki alohida olingan yillarning ham
termik resursini hisobga olish zarur. O‘simlikning issiqlikka talabchanligini
baholashda faol haroratlar yig‘indisi biologik haroratlar yig‘indisi deb qabul
qilingan. Biologik haroratlar yig‘indisi vegetatsiya davridagi o‘rtacha sutkalik
haroratlarni jamlash yo‘li bilan hisoblanadi.
O‘simlikning termik resursga bo‘lgan talabini aniqlashda quyoshning nur
sochib turish davomiyligi, fotoperiodizmni hisobga olish zarur. Nisbatan keng
tarqalgan o‘simliklar uchun 55o shimoliy kenglikda o‘simliklarning texnik pishib
yetilishi uchun zarur bo‘lgan biologik harorat yig‘indisi hisoblangan (14.1.1-
jadval).
Jadval ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston hududida (40oC shimoliy
kenglik) yetishtiriladigan ekinlar uchun zarur bo‘lgan biologik harorat yig‘indisini
hisoblang.
14.1.1- jadval
Qishloq xo‘jalik ekinlarining texnik yetilishi uchun talab qilinadigan issiqlik
miqdori (55o shimoliy kenglik uchun)
O‘simlik turi
Navning
tavsifi
Biologik
minimum
harorat, oC
1o kenglik
uchun
kiritiladi gan
tuzatma (oC)
Haroratning
biologik yig‘indisi,
oC
55o sh.k.
uchun
40o
sh.k.
uchun
G‘o‘za
tezpishar
12
0
3100
o‘rtapishar
0
4000
Kuzgi javdar
tezpishar
5
–30
1300
o‘rtapishar
–30
1400
Kuzgi
bug‘doy
tezpishar
5
–25
1400
o‘rtapishar
–25
1500
Tariq
tezpishar
10
+15
1570
o‘rtapishar
+15
1875
Kungaboqar
tezpishar
8
0
1850
o‘rtapishar
0
2300
Makkajo‘xori
tezpishar
10
0
2200
o‘rtapishar
0
2900
Marjumak
(yosmiq)
tezpishar
7
0
1200
o‘rtapishar
0
1400
Gorox
tezpishar
5
–8
1250
o‘rtapishar
–8
1550
Loviya
tezpishar
12
0
1500
o‘rtapishar
0
1900
Soya (ertagi
navlari)
tezpishar
10
+10
2140
o‘rtapishar
+10
3060
Sholg‘om
tezpishar
5
0
700
o‘rtapishar
0
900
Sholi
tezpishar
15
+12
2500
o‘rtapishar
+12
3320
Suli
tezpishar
5
–20
1250
o‘rtapishar
–20
1550
Arpa
tezpishar
5
–15
1250
o‘rtapishar
–15
1450
Kenglik o‘zgarishi bilan o‘simliklarning biologik harorat yig‘indisiga
bo‘lgan talabi har bir gradus kenglik uchun o‘rtacha 10–30oC gacha o‘zgaradi.
Qisqa kunni sevuvchi o‘simliklar uchun haroratlar yig‘indisi kamayib, kenglik
oshishi bilan, aksincha, ko‘payadi. 14.1.1-jadvalda plyus (+) ishorasi bilan berilgan
tuzatma kenglik shimolga tomon siljiganda qo‘shiladi, kenglik janubga tomon
siljiganda esa, aksincha, olib tashlanadi.
Kunning uzunligiga neytral holatda bo‘lgan o‘simliklar guruhi uchun
kenglikka qarab tuzatma kiritilmaydi (tuzatma nolga teng).
Demak, qishloq xo‘jalik ekinlarining issiqlikka bo‘lgan talabi 55o shimoliy
kenglikka nisbatan aniqlanadi.
Misol: tezpishar sholi navlar uchun 55o shimoliy kenglikda haroratlar
yig‘indisi 2500oC ni va 1o uchun tuzatma +12oC ni tashkil etsa, 40o shimoliy
kenglik uchun bu miqdor quyidagicha topiladi:
2500–12x15 =2320oC
O‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talabchanligi kun uzunligidan tashqari
havo haroratiga ham bog‘liq. Yuqorida qayd etilganidek, o‘simliklarning haroratga
bo‘lgan talabchanligi faol va samarali haroratlar yig‘indisi bilan ifodalanadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini rayonlashtirishda, ekish va hosilni yig‘ib olish
muddatlarini aniqlashda harorat yig‘indisini bilish muhim ahamiyatga ega.
O‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talabini baholash uchun vegetatsiya davridagi
faol harorat yig‘indisini bilish muhim hisoblanadi. Bunga qarab ekinlarning yetarli
issiqlik resursi bilan ta’minlanish darajasi aniqlanadi.
Samarali haroratlar yig‘indisini hisoblashda o‘simlik uchun xavfli bo‘lgan
yuqori harorat ham hisobga olinmasligi zarur. O‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va
hosil tugishi uchun zararli bo‘lgan yuqori haroratga ballast harorat deyiladi.
Quyidagi 14.1.2–jadvalda faol va samarali haroratlarni hisoblash keltirilgan.
Bundan tashqari, samarali haroratlar yig‘indisining o‘rtacha dekadalik va
o‘rtacha oylik qiymatlarini quyidagi ifoda asosida hisoblash mumkin:
∑=(to‘rt–to)n.
(1)
bu yerda: to‘rt–ma’lum davr ichidagi o‘rtacha harorat; n– davr oralig‘idagi kunlar
soni; to –biologik minimum harorat.
Faol va samarali haroratlar yig‘indisi o‘simliklarning ekologik holatini
belgilashda muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu - o‘simlik bilan tashqi
muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqani bildiradi.
Misol: quyidagi jadvalda faol va +5oC dan yuqori samarali haroratlar
yig‘indisi hisoblangan.
14.1.2–jadval
Faol va samarali haroratlar yig‘indisini hisoblash
Harorat, oC
Kun va oy
Yig‘indi
11.04
12.04
13.04
14.04
15.04
16.04
O‘rtacha sutkalik
harorat
9,50
10,5
13,0
15,6
14,7
17,1
70,9
Faol harorat
10oC
0,0
10,5
13,0
15,6
14,7
17,1
70,9
Samarali harorat
5oC
4,5
5,5
8,0
10,6
9,7
12,1
50,4
Tenglamadan foydalanib quyidagi jadval (14.1.3–jadval)da berilgan
ma’lumotlar asosida vegetatsiya davri uchun faol va samarali haroratlar
yig‘indisini hisoblang.
14.1.3–jadval
Ma’lumotlarga asosan haroratlar yig‘indisini hisoblash
№
Ko‘rsatkichlar
Oylar
Yig‘in
di
aprel may iyun
iyul
avgust sentabr Oktabr
1
O‘rtacha oylik
harorat, oC
15,2 19,3 24,2 24,4
22,4
18,5
9,4
2
Faol haroratlar
yig‘indisi
(t>10oC)
3
Samarali
haroratlar
yig‘indisi
(t> 5oC x n)
Misol: Olingan ma’lumotlar asosida haroratning yillik o‘zgarish grafigi
millimetrli qog‘ozda ordinatalar o‘qida harorat (1oC=10 mm), abssissa o‘qida oy
kunlari (1 oy=10 mm) joylashtirib chiqiladi (14.1.1–chizma).
Oylar
I
II
III
IV
V
VI
VII VIII
IX
X
XI XII
to‘rt
-0,5 2,0 8,0 18,0 22,0 24,0 28,0 26,0 22,0 16,0 9,0 -2,0
Grafikka asosan havo haroratining amplitudasini va 5oC, 10°C dan yuqori
bo‘lgan davri uchun o‘rtacha oylik haroratlar yig‘indisini hisoblang.
Bajarish tartibi: Havo haroratining yillik amplitudasini aniqlash uchun eng
issiq oyning o‘rtacha oylik haroratidan eng sovuq oyning o‘rtacha oylik harorati
olib tashlanadi. Misolda bu qiymat:
28-(-2,0)=30oC ga teng.
Haroratning 5oC va 10oC dan o‘tgan sanasini aniqlash uchun grafikdagi kun
va haroratlar kesishgan nuqtalar aniqlanadi.
Misolda 10oC dan oshgan davri 20 - mart va 25 - oktabrga to‘g‘ri keladi.
Demak faol haroratlar davrining davomiyligi 219 kunga teng. Shu davr oralig‘idagi
oylik faol haroratlar yig‘indisini hisoblash uchun o‘rtacha oylik haroratlarini shu
oydagi kunlar soniga ko‘paytirish kerak. To‘liq oyning o‘rtacha harorati
yig‘inidisini hisoblash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi:
∑tf=to‘rt x n
(1)
bunda: ∑tf– ma’lum davr (bir oy)dagi haroratlar yig‘indisi, oC; to‘rt–o‘rtacha oylik
harorat, oC; n– hisoblanadigan davrdagi kunlar soni.
14.1.1–chizma. Havo haroratining yillik o‘zgarishi grafigi
Agar oyning barcha kunlarida faol harorat kuzatilmagan bo‘lsa, faqat faol
harorat kuzatilgan kunning o‘rtacha harorati bilan oyning oxirgi kunidagi o‘rtacha
harorati qo‘shilib, ikkiga bo‘linadi.
Bizning misolimizdagi chizilgan grafikda 10°C dan oshgan harorat 20
martga to‘g‘ri kelgan va 31 martda esa 13,5°C ga to‘g‘ri kelgan.
C
t
rt
o
8
,
11
2
5
,
13
10
'
Mart oyi uchun faol haroratlar yig‘inidisi quyidagicha bo‘ladi
∑tf=13,5 x 11=148,5 °C
Aprel, may, iyun, iyul, avgust va sentabr oylari yuqoridagi (1) ifodaga asosan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri oy kunlarini o‘rtacha oylik harorat yig‘inidisiga ko‘paytirish
orqali topiladi.
Tuzilgan grafikda haroratning +10°C dan pasayishi, 25 oktabrga to‘g‘ri
kelgan, 1-oktabrda esa harorat +12°C ga teng bo‘lgan. Shunga ko‘ra oktabr oyi
uchun faol haroratlar yig‘indisi quyidagicha topiladi:
C
t
rt
o
0
,
275
25
2
12
10
'
Barcha oylardagi topilgan haroratlar yig‘indisi qo‘shilib, +10°C dan oshgan
davr, 219 kun davomidagi faol haroratlar yig‘indisi topiladi.
Xuddi shunday, +5°C, +15°C dan oshgan davrlar va shu davr oralig‘idagi
haroratlar yig‘indisini hisoblab topish mumkin.
Jadvaldagi (14.1.4–jadval) ma’lumotlar asosida o‘rtacha oylik haroratlar
asosida joyning yillik haroratlar o‘zgarishi grafigini chizing va yillik amplitudani,
+5°C, +10°C dan o‘tgan oy kunlarini aniqlang. Shunga asosan +5 °C, +10°C ortiq
haroratlar yig‘indisini aniqlang.
14.1.4–jadval
O‘rtacha oylik haroratlar ma’lumotlari, oC (grafik tuzish uchun)
Variant
lar
Oylar
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
1
–1,0 5,8
9,9
3,0 14,2 19,7
21,8 19,8 13,1 9,5
3,9 –2,8
2
–0,8 5,4 15,4 17,2 22,9 27,4
22,2 19,1 11,8 6,4
0,5 –4,9
3
–6,7 –2,7 7,8 12,1 21,5 26,2
28,8 26,5 20,0 16,0 4,2 –5,0
4
–1,6 4,9
7,4 10,6 16,8 19,8
22,7 20,8 15,3 7,2
3,3 –1,6
5
–2,6 7,5 10,2 12,6 15,4 19,6
22,1 20,8 15,3 7,2
0,3 –2,5
Qishloq xo‘jalik ekinlarining nam bilan ta’minlanganligini baholashda har
bir o‘simlikning namga bo‘lgan talabini va bu talabning amalda namlik resurslari
bilan qanday ta’minlanayotganligini bilish zarur.
O‘simliklarning namga bo‘lgan talabini hisoblashda bir necha usullardan
foydalaniladi. Bulardan keng tarqalgani M.Alpatev usulidir. U quyidagi ifoda bilan
aniqlanadi:
E=0,65∑d.
(2)
bu yerda: E–o‘simliklarning eng yaxshi rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan suv
miqdori (mm); ∑d–vegetatsiya davridagi o‘rtacha sutkalik havo namlik
yetishmasligi yig‘indisi (mm); 0,65–vegetatsiya davridagi bug‘lanishning o‘rtacha
biologik koeffitsienti.
Har qanday o‘simlikning namlikka bo‘lgan talabini aniqlash uchun, avvalo,
vegetatsiya davrining uzun yoki qisqaligini bilish zarur. O‘simlikning suvga
bo‘lgan talabi mm bilan o‘lchanadi. Shuning uchun yuqoridagi 2- ifodada namlik
yetishmasligining yig‘indisi mm hisobida berilgan. Meteorologik stansiyalarda
namlik yetishmasligi millibarlarda o‘lchanadi. Shuning uchun mb ni mm ga
aylantirish lozim. Buning uchun millibarda olingan qiymat 0,75 ga ko‘paytiriladi
va olingan natijani formulaga qo‘yib, o‘simlikning namga bo‘lgan eng qulay
(optimal) talabchanligi aniqlanadi. Shuni ham aytish kerakki, o‘simlikning nam
bilan eng yaxshi darajada ta’minlanishi undagi boshqa hayotiy omillar ham eng
qulay darajada bo‘lganda vujudga keladi. Lekin amalda bunday hol juda kam
uchraydi. Shuning uchun o‘simlikning nam bilan qanday ta’minlanganligini bilish
muhim ahamiyatga ega.
O‘simliklarning namga bo‘lgan talabini aniqlashda vegetatsiya davridagi
atmosfera yog‘inlarining miqdori, ularning vaqt bo‘yicha taqsimlanishi hamda
tuproqdagi foydali nam zaxirasi hisobga olinadi. Ko‘pchilik holatlarda tuproqdagi
foydali namlik zaxirasi haqida ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli