O`simliklarning tabiatda tutgan o`rni va uni muhofaza qilish masalasi
Yuklangan vaqt
2025-08-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
132,0 KB
KURS ISHI
O`simliklarning tabiatda tutgan o`rni va uni muhofaza qilish masalasi
MUNDARIJA
I. KIRISH
II. Asosiy qism
1. O'rmon resurslari ularning qisqarishining salbiy oqibatlari.
1.2. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari.
2.1 Yomg`ir suvi ham o`simliklar hayotiga turlicha ta'sir ko`rsatadi.
2.2 Ekologiya barcha tirik organizmlarning o‘zaro va uni o‘rab turgan tashqi muhit
orasidagi munosabatini o‘rganadigan fan hisoblanadi
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi –Kurs ishini asosiy mavzusi O'simliklar dunyosini
ahamiyati bo’lib bu ish davomida biz mudxish xodisalarning insoniyatga salbiy
ta’sirlari haqida gaplashamiz. Oxirgi yillarda tabiatda tabiiy ofatlarning ko’payishi
va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish bo’yicha bir qancha tabiatni
xavfsizligini asrovchi korxona va tashkilotlar ish olib bormoqdalar.
Undan tashqari tabiatda yuz beradigan tabiiy ofatlarni olish bo;yicha ham bir
qancha farmon va qonunlar tizimi ishlab chiqarilgan.
Foydalanuvchi Kurs ishini o’rganishda tabiiy halokatli tabiat hodisalari haquda
kengroq tushunchaga ega bo’ladi.Tabiiiy hodisalarning kelib chiqishi va ularning
oqibatlari haqida ma’lumotlar ham oladi.
Kurs ishining maqsadi – kurs ishini yozishdan asosiy ustuvorlik qiladigan
maqsadlardan biri butabiiy ofatlarni yuzaga keltiradigan sabablarni o’rganish va
ularning ommaga ta’siri darajasini o’rganib shunga yarasha vaziyatda xafvsizlik
choralarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishini vazifalari—tabiiy ofatlarni va o’sha tabiiy ofatlar natijasida yuzaga
keladigan har qanday holatdagi vaziyatlarni oldini olish va shunday holatlarda
xavfsizlik choralarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishini obyekti—kurs ishi mavzusini yoritishda yordam beradigan tabiiy
hodisalar yuz bergan joylar va ularning kelib chiqish sabablarini o’rganish
jarayoni.
Kurs ishi predmeti—tabiiy yuz bergan hodisalarni o’rganish jarayonlarida
ishladigan asbob uskunalar.O’quvchilarga tabiiy xodisalarning halokatli
asoratlarini tanishtirish jarayonida qo’l keladigam axborot texnologiya
vositalari,kitob,qo’lyozma manbalar va hokazolar kiradi.
Yana har xil o’rganish ishlari jarayonida qo’l keladigan jihozlarni,buyumlarni ham
misol qilib olsak boladi
O'simliklar dunyosini ahamiyati. O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning
birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. t organik modda hosil qiladi, buning
325 mlrd. t dengiz va okean o'simliklaiga, 38 mlrd. t o'rmonlarga, 6 mlrd. t
o'tloqlarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari o'simliklar, ya'ni yashil o'simliklar tufayli
fotosintez jarayoni ro'y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo'lgan
kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo'lmasa, havodagi karbonad
angidridning miqdori ko'payib kishilar va hayvonlar nobud bo'lar edi. Biroq
atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o'sha SO2 gazi o'simliklar
tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o'simliklar atrofga kislorodni
chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda,
atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki
o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida er yuzasida suv oqimiga,
bug'lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo
oqimiga, shamol kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi.
O'simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini tozalab, uni
kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
O'simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng
foydalaniladi. O'simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarsha
estetik zavq beradi.
O'simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib,
kayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda
dori-darmon tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa
sohalar uchun hom ashyo resursidir.
O'simlklar – bu qayta tiklash mumkin bo'lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer
shari geografik qobig'ida muhim rol o'ynaydi. Chunki o'simliklar sayyoramiz
yuzsining guyoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini
oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga
solib turishda, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar etkazib berishda
va inson hyoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muhim vazifani bajaradi.
Yer sharida o'simliklar turi juda ko'p bo'lib, ularning juda oz qismidan
kishilar xo'jalik faoliyatlarida foydalanmoqdalar. Yer sharidagi 300 ming o'simlik
turidan faqat 6000 turini inson kundalik hayotida foydalansa, shuning 1500 turi esa
dorivor o'simliklarga to'g'ri keladi.
2. Inson xo'jalik faoliyatida yangi o'rmonzorlar tashkil etish, madaniy
o'simliklarni ko'paytirish, yaylov va o'tloqlar sifatida yaxshilash va territoriyasini
kengaytirish hisobiga o'simliklar maydonini ko'paytirib boradi. Buning ustiga ilg'or
agrotexnikani qo'llab ekilgan ekinlarda yashil masslar miqdoritabiiy o'simliklarga
nisbatan yuqori bo'ladi, yashil o'simlik massalrining miqdori botqoqlik va zahkash
erlarni quritish, tuproq sho'rini yuvish, erlarni sug'orish, o'simliklarga mineral va
organik o'g'itlar solish, o'simlik kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi
kurashish, madaniy o'simliklarni yangi navlarini yaratish orqali ko'paytirib
boriladi. Bularning hammasi insonning o'simliklar dunyosiga ko'rsatayotgan ijobiy
ta'siridir.
Yog'och bizning asrimizda universal materialga aylanib, undan xalq
xo'jaligini turli sohalarida, jumladan oziq-ovqat etishtirishda, kimyo va yoqilg'i
sanoatida, mudofada, madaniy-oqartuv ishlarida, har xil dorilar tayyorlashda ham
keng foydalanilmoqda. Agar bundan 30 yil ilgari yog'ochdan 4-5 ming xil narsa
tayyorlangan bo'lsa, Hozir undan 20 ming xil narsalar ishlanmoqda.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari hozirgi zamonda yog'och kimyo
sanoatining xom ashyo resursiga aylanib qoldi. Kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan
qog'oz, sun'iy shoyi va jun, tutunsiz porox, sellyuloza, fotokinoplyonkalar,
nitrolak, sun'iy charm, plastmassalar, etil va metil spirti, uksus kislotasi, glyukoza,
yonuvchi gaz, sun'iy kauchuk va boshqa juda ko'p mahsulotlar olinmoqda. 1 m3
yog'ochni kimyoviy yo'l bilan qayta ishlaganda kuyidagi mahsulotlarni olish
mumkin: 200 kg sellyuloza yoki 200 kg qog'oz, yoki 6000 m3 sellofan yoki 5-6 l
yog'och spirti, yoki 20 l sirka kislotasi yoki 70 l vino spirti, yoki 160 km sun'iy
tola.
1.Asosiy qism
1.1 O'rmonlar kishilik hayotida oziq-ovqat manbai hamdir.
Juda ko'p daraxtlar sifatli meva (kedr, grek va pekan yong'og'i, non daraxti,
kakao daraxti, yovvoyi olma, olcha, do'lana, bodom, pista va boshqalar) beradi.
So'nggi paytlarda o'rmondan kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qand moddasi ham
ajratib olinmoqda. 1 t yog'ochdan gidrolizlash yo'li bilan 550-650 kg gacha qand
olish mumkin. Shuningdek, yog'ochdan oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan
achitqilar ham olinmoqda.
O'zbekistonda dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, eng muhimlari shalfey,
etmak, ermon, itjumrut, gazanda, suvqalampir, qoqi o't, momaqaymoq, na'matak,
itburun, bangidevona, rovach, yantoq, zira va boshqalar. Shuningdek
O'zbekistonda yovvoyi holda o'suvchi foydali o'simliklardan pista, bodom, do'lana,
olcha, yong'oq, shashir, tog'asiz, qamish kabilar ko'plab o'sadi.
O'rmon resurslari ularning qisqarishining salbiy oqibatlari. O'simliklarning,
xususan o'rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik
jamiyatining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zi uchun
zarur bo'lgan narsalarning bir qismini o'simliklardan olib, uning qisman bo'lsa-da,
o'zgarishiga sababchi bo'lgan. Feodalizm va kapitalistik davrlarda Yer sharidagi
o'rmolar shafqatsizlarcha kesildi, undan yoqilg'i sifatida, qurilishda va kema
ishlashda keng ko'lamda foydalanishi tufayli uning maydoni keskin qisqardi.
Ayniqsa Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o'rmonlarning 2/3 qismi
yo'q qilindi. Natijada 500 mln. ga erdagi o'rmonlar maydoni qisqarib, dasht
biyobonga aylantirildi.
O'rmonlar ayniqsa aholi zich, kesish va tashish qulay bo'lgan joylarda va
daryo vodiylarida ko'plab kesilgan. Chunki ularni suvda oqizish oson bo'lib,
tashish arzonga tushgan. Bunga Oka daryosini misol qilib ko'rsatish etarlidir. Agar
Okaning yuqori oqimida XVIII asrda o'rmon bilan qoplanganlik darajsi 15,8%,
XIX asrda kelganda uning miqdori 3,6% tushib qolgan.
O'rmonlarni rejasiz, tartibsiz kesilishi o'z navbatida tabiatdagi muvozanatni
buzilishiga sabab bo'ldi va insonnig xo'jalik faoliyati uchun qo'yidagi salbiy
oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlatirdi: tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo
va ko'llarning rejimi o'zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez
bo'ladigan bo'lib qoldi, mikroiqlimga ta'sir etdi, cho'llarda ko'chma qumlar
maydoni kengaydi va hokazo.
Tog'li rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o'rmonlarning
ahamiyati juda katta. Chunki o'rmonlar tog' yon bag'riga yoqqan yog'ining 90%ini
ushlab qolsa, aksincha o'rmon yonbag'irlarida yog'inning 90%i oqimga aylanib
selni vujudga keltiradi. Shu sabali Yer sharidagi qaysi tog'li joylarda o'rmonlar
betartib kesilgan bo'lsa, o'sha erlarda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo'lib
turadi.
O'rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega.
Chunki 1 ga o'rmon 18 mln. m3 havoni tozalab turadi. Binobarin, o'rmonli
erlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga erdagi archa
o'rmonlari katta bir shahar havosini tozalb tura oladi. Bulardan tashqari o'rmonlar
tabiatni yanada go'zal, shifobaxsh qiladi va u orqali kishiga madaniy-estetik zavq
beradi.
O'zbekiston tog'laridagi asosiy o'rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, Hisor,
Turkiston, Zarfshon kabi tog' tizmalarida joylashgan.
Kishilar o'zlarining faoliyatida o'simliklardan haddan tashqari ko'p va
betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o'simlik qoplamida jiddiy, salbiy
o'zgarishlar sodir bo'lmoqda, juda qup o'simliklar turlari kamayib, noyob turga
aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil boyliklarini
muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim
masalaga aylanib qoldi.
1948 yilda BMT qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ishlarni
boshqaruvchi va konsultasiya beruvchi organ – Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro
ittifoqi tuzildi. Bunga 100 dan ortiq mamlakatlarning 450 davlatlar va jamoat
tashkilotlari birlashtirildi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi ilmiy
jamoatchilikka murojaat qilib barcha mamlakatlardagi nodir va yo'qolib
borayotgan xayvonlarning holatini har tomonlama o'rganishda yordam berish,
ularni muhofaza qilish choralarini topishga chaqirdi. Noyob va kamayib
borayotgan hamda yo'qolish xavfi ostida turgan barcha turlarni o'rganiuvchi
diomiy komissiya tuzdi. Bu komissiya bir necha yillar (1949-1966) mobaynida
nodir va kamayib borayotgan hamda yo'qolshi xavfi ostida turgan barcha turlar
haqida material to'plab, maxsus “Qizil kitob” (The Red Data Book) va hozirgi
foydalanish joyi, soni, biologik xususiyatlari, dunyo hayvonot bog'laridagi miqdori
va har xil mamlakatlarda ximoya qilish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar
haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvon turlari 5 ta toifaga bo'lingan:
1. Yo'qolib borayotgan turlar;
2. Kamayib borayotgan turlar;
3. Noyob-nodir turlar;
4. Noaniq turlar;
5. Tegishli chora-tadbirlar
Sobiq ittifoqda 1974 yilda “Qizil kitob” ta'sis etilgan bo'lib, 1978 yilda
“Qizil kitob” chop etildi. Unga 63 tur va kenja tur sut emizuvchilar, 63 ta qush, 8 ta
amfibiy, 21 ta sudralib yuruvchi mavjudotlar kiritilgan edi. “Qizil kitob” ning
O'zbekistonga ta'luqli joylari ko'pgina olimlar tomonidan ishlab chiqildi.
O'zbekiston respublikasining turli mintaqalarida 650 dan ortiq umurtqali
hayvonlari, shu jumladan, 79 dan ortiq qushlar, 99 ta sutemizuvchilar turlari va tur
vakillari uchraydi. Faqat Sirdaryo va Amudaryo vohasida joylashgan suv
omborlari va ko'llarda baliqlarning 60 turi, ambfibiyalarning 3 turi uchraydi.
Respublikamizda sudralib yuruvchilarning 57 turi, suvemizuvchilarning 91 turi va
qushlarning 410dan turi uchraydi.
O`simlik dunyosini huquqiy holati uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o`rni hamda
ahamiyatini e'tiborga olgan holda belgilanadi. Tabiat obyektlari ichida o`simlik
dunyosi muhim ekologik funksiyani bajarishi bilan xarakterlanadi. U tabiiy atrof
muhit muvozanatini saqlab turib, undagi tirik mavjudodni yashashi uchun muhim
bo`lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek, o`simlik dunyosi yerni suv va
shamol eroziyasidan, quyosh nuridan saqlashda, suvni muhofaza etishda muhim rol
o`ynaydi.
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish
bo`yicha huquiy holatni belgilashda O`zbekiston Respublikasining "O`rmon
to`g`risida"gi va "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to`g`risida"gi qonunlari alohida o`rinni egallaydi. Bu qonunlarda o`simlik dunyosi
obyektlari, ushbu obyektlardan foydalanish turlari, muddatlari, normativlari,
foydalanuvchilarning huquq va majburiyatyalari, o`simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanishni cheklash, to`xtatish va man etish, o`simlik dunyosi obyektlarining
monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan.
O`simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik
uning obyektlarini aniqlashga alohida e'tibor bergan. Chunonchi O`zbekiston
Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to`g`risida"gi qonunning 5-moddasiga ko`ra, o`simlik dunyosi obyektlarini,
birinchidan, yovvoyi organizmlar, ya'ni daraxt, buta va o`tsimon urug`laydigan
o`simliklar, qirqquloqsimonlar, mohsimonlar, suv o`tlari, lishayniklar va
zamburug`lar o`zining butun xilma-xil turlari bilan; ikkinchidan, yovvoyi
organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o`simliklar jamoalari yoki ularning har
qanday majmui; uchinchidan, kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan
o`simlik turlari; to`rtinchidan, yovvoyi o`simliklarning mevalari, urug`lari va
boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi.
"O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi
qonun o`simlik dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari,
bekor qilish asoslarini o`rnatishga katta ahamiyat bergan. Bu normalarda o`simlik
dunyosidan foydalanishning huquqiy holati, tartiblari o`rnatilgan. Chunonchi,
qonunning
6-moddasida
o`rnatilishicha,
o`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanish umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan
umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni
qondirish uchun bepul amalga oshiriladi. O`simlik dunyosi obyektlari maxsus
foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish
uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida beriladi.
O`simlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa
muddatli) foydalanishga beriladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi va
asoslari qonunda batafsil belgilab berilgan. O`zbekiston Respublikasining
"O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi
qonunining 19-moddasiga binoan o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish
huquqi shunday huquqdan voz kechilganda; muddat tugaganda; foydalanuvchi
yuridik shaxs tugatilganda; o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan
foydalanish va ularni takror ko`paytirish qoidalari, normativlari buzilganda; haq
belgilangan muddatda to`lanmaganda; foydalanish ta'sirida tabiiy o`simliklar
jamoalarida asliga qaytarib bo`lmas o`zgarishlar xavfi yuzaga kelganda; yer
uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilganda bekor qilinadi.
Ayrim turdagi yovvoyi o`simliklarning, masalan, zaharli, giyohvand moddasi bor,
karantinli o`simliklar, begona o`tlar hamda shudgorlar, pichanzorlar va
yaylovlarning
o`z-o`zidan
o`t
bosib
ketishga
ko`maklashadigan
boshqa
o`simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish boshqa
o`simliklarga va o`zga tabiat obyektlariga zarar yetkazilishiga yo`l qo`yilmaydigan
hamda tabiiy o`simliklar jamoalarining va ular o`sadigan muhitning saqlanishini
ta'minlaydigan usullar bilan amalga oshiriladi. Tarqalishi va miqdori tartibga
solinishi lozim bo`lgan yovvoyi o`simliklarning turlari maxsus vakolat berilgan
davlat organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining
xulosalari asosida belgilab beriladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat
boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy davlat
hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan
amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat
qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi o`simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolatli davlat
boshqaruv organlari hisoblanadilar.
1.2. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari.
O`simlik dunyosi obyektlaridan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. O`simlik
dunyosidan foydalanish maqsadi avvalo o`simlik dunyosi obyektlarining
xususiyatidan kelib chiqadi.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanish
turlari
O`zbekiston
Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to`g`risida"gi qonunida ko`rsatilgan. Ushbu qonunning 7-moddasiga ko`ra,
o`simlik dunyosidan birinchi navbatda chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi
ozuqa mahsulotini tayyorlash maqsadida foydalaniladi. Yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini
tayyorlash va chorva mollarini o`tlatib boqish maxsus berib qo`yilgan tabiiy yem-
xashak yetishtiriladigan maydonlarda o`rmon fondi hududida o`rmon biletlari
bo`yicha; qishloq xo`jalik korxonalari, muassasalari, tashkilotlari egaligidagi yerlar
hududida ularning ruxsatnomalari bo`yicha; zaxiradagi yerlarda - mahalliy davlat
hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi (12-modda).
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan navbatdagisi chorva
mollarini o`tlatib boqish hisoblanadi. Chorva mollarini o`tlatish o`rmon fondi
yerlaridagi o`tloqzorlarda, tog`lar va tog` yon bag`irlaridagi yaylovlarda, qishloq
xo`jalik korxonalariga berib qo`yilgan yaylovlarda amalga oshiriladi. O`simlik
dunyosidan ushbu maqsadda foydalanishga qonunda belgilangan tartibda davlat,
o`rmon va qishloq xo`jalik korxonalarining ruxsatnomalari orqali yo`l qo`yiladi.
Ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish o`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanishning navbatdagi turi hisoblanadi. "O`simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 13-moddasida
belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`zlariga berib qo`yilgan
ovchilik yer-suvlarida amalga oshiriladi. O`simlik dunyosidan ovchilik maqsadida
foydalanish tegishli ruxsat asosida o`rmonlarda, butazorlarda, tog`larda, suv bo`yi
changalzorlarida olib boriladi. O`simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik ehtiyojlari
uchun foydalanish tegishli tartibda, belgilangan me'yoriy hujjatlar asosida amalga
oshiriladi. Bu me'yoriy hujjatlarda ov qilish qoidalari belgilangan bo`ladi.
Navbatdagi o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan biri bu
yovvoyi o`simliklar texnik xom ashyosini tayyorlash, dorivor xom ashyosini
yig`ish, oziq-ovqat maqsadlari uchun yig`ish hisoblanadi. Bu turdagi foydalanishda
yog`och shirasi olish; spirt tayyorlash, dorivorlarni, ziravorlarni, mevalarni,
qo`ziqorinlarni yig`ish maqsad qilib qo`yiladi. O`simlik dunyosidan bu xilda
foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi.
Daraxt
va
butazorlarni
kesish
-
o`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanishning navbatdagi turidir. Daraxt va butazorlarni kesish o`rmon fondi
yerlarida tegishli tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
O`rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga faqat sanitariya hamda
binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog`liq kesishlar tartibida
mahalliy davlat hokimiyati organlarining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi
bilan kelishilgan asosan yo`l qo`yiladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan biri undan ilmiy-
tadqiqot maqsadlarida foydalanishdir. Bu xildagi maqsadda foydalanish ilmiy
muassasalar tomonidan amalga oshirilib, unda yovvoyi o`simliklarning kelib
chiqishi, turlari, nomi, ko`payishi, jamiyat uchun foydalanish maqsadlari
o`rganiladi. Qonunda belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-
tadqiqot maqsadlarida yovvoyi o`simliklarni, ularning qismlarini va mahsullarini
o`sish muhitidan olmasdan va olgan holda foydalanishga faqat qonunda
belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi. Tabiiy o`simliklar jamoalarida ilmiy-tadqiqot
ishlarini o`tkazish uchun tegishli yuridik shaxslarga maxsus uchatkalar ajratilishi
lozim. Agar bu o`simlik jamoalarida ilmiy-tadqiqot olib borish lozim bo`lsa,
boshqa tashkilotlarning bu obyektdan foydalanishi cheklanishi mumkin.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
madaniy-ma'rifiy,
tarbiyaviy,
sog`lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishi ulardan
foydalanishning mustaqil turi hisoblanadi. Shifobaxsh xossalarga ega bo`lgan va
aholining dam olishi uchun qulay shart sharoit yaratadigan o`simlik dunyosi
obyektlaridan sog`lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi. Bunday
joylarda sanatoriyalar, shifoxonalar, dam olish uylari, lagerlar bunyod etilib,
ulardan aholini dam olishi, sog`lig`ini tiklashi maqsadlarida foydalaniladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turidan ohirgisi ulardan tabiatni
muhofaza qilish maqsadlarida foydalanishdir. Ma'lumki, o`simlik dunyosi
tog`larda suvlarni to`planishi, tog`larda jarliklarni paydo bo`lishi oldini olish,
sug`oriladigan yerlar, ekin maydonlarini suv va shamol eroziyasidan asrash, suv
bo`yi tegralarini saqlash, atmosfera havosini mo`tadil ravishda saqlab turishda
asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababdan suv bo`yi tegralarida, ekin maydonlari
atrofida yer va suv resurslarini muhofaza qilish maqsadida daraxtlar ekilib, ulardan
tabiatni muhofaza qilish maqsadi ko`zlanadi.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilarning
huquq
va
majburiyatlari "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to`g`risida"gi qonunning 10-moddasida belgilab berilgan. Shulardan birinchisi
o`simlik dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq
foydalanishdir. O`simlik dunyosi obyektlari nima maqsadda berilgan bo`lsa, ya'ni
ilmiy maqsadda foydalanishga, yog`och kesish uchunmi, yoxud yaylov
maqsadidami foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar shu maqsadda
foydalanish huquqiga ega bo`ladilar. Agar o`simlik dunyosi obyekti ilmiy
maqsadlar uchun berilgan bo`lsa, undan ovchilik uchun foydalanish mumkin emas
va hokazo.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilarning
navbatdagi
huquqlaridan biri bu belgilangan tartibda olingan o`simlik dunyosi obyektlari
mahsulotini tasarruf etish huquqidir. O`simlik dunyosidan foydalanuvchilar
ma'lumki undan foydalanish jarayonida ma'lum mol-mulkka - ovchilik
mahsulotlari, dorivor va zirovorlar, yog`och xom ashyosi, pichan, oziq-ovqat
mahsulotlariga ega bo`ladilar. Qonunda belgilangan tartibda egallangan ushbu
o`simlik dunyosi mahsulotlari undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
Yuqorida
aytilganlardan
tashqari
simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilar buzilgan huquqlarini tiklanishi hamda o`zlariga yetkazilgan
zararning qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Masalan, o`rmon xo`jaligi
korxonalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`rmonlardan qonunga xilof
ravishda foydalanilganda buzilgan huquqlarini sud yo`li bilan tiklash va o`zlariga
yetkazilgan zararni to`la undirib olish huquqiga egadirlar.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar huquqlar bilan bir qatorda
ba'zi majburiyatlarga ham rioya qilishlari shartdir. Shulardan eng muhimi o`simlik
dunyosi obyektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishdir.
Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlari oldindan belgilangan maqsad, ya'ni yaylov
maqsadida, yovvoyi o`simlik mevalarini terish, ilmiy maqsadda, yoxud pichan
o`rish, yoki yog`och kesish masadlarida berilishi mumkin. O`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanuvchilar eng avvalo mana shu talabga rioya qilgan holda
undan foydalanishlari lozim. Bundan tashqari, yog`och kesish, pichan o`rish, ov
qilishning o`z tartib-qoidalari mavjud bo`lib, o`simlik dunyosidan foydalanuvchilar
shu shartlarni ham bajarishlari talab etiladi.
Navbatdagi majburiyatlaridan biri foydalanishga berib qo`yilgan o`simlik
dunyosi
obyektlaridan
oqilona
foydalanish
shartdir.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan foydalanuvchi subyektlar undan ilm-fan tavsiyasi asosida, unga zarar
yetkazmasdan, kamyob o`simlik turlarini yo`qolib ketishga yo`l qo`ymasdan,
tabiatning umumiy qonuniyatlariga rioya etgan holda, o`simlik dunyosini takror
ko`paytirishni ko`zlab oqilona foydalanishga majburdirlar.
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni takror ko`paytirish
chora-tadbirlarini amalga oshirish foydalanuvchilarning asosiy majburiyatlaridan
biridir. Buning uchun o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni
ko`paytirish qoidalari va normativlarini belgilash, O`zbekiston Respublikasi Qizil
kitobiga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simliklar
turlarini muhofaza qilishning alohida rejimini belgilash, o`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanishda cheklashlar va ta'qiqlashlarni belgilash, alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo qilish, o`simlik dunyosi obyektlari va
ular o`sadigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va takror ko`paytirish
sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, davlat ekologik ekspertizasi o`tkazish,
davlat nazoratini amalga oshirish kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo`ladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish uchun qonunda belgilanishicha,
o`simlik dunyosi obyektlari o`sadigan muhitga ta'sir ko`rsatadigan faoliyat shu
obyektlarning saqlanishini ta'minlaydigan talablarga rioya etilgan holda amalga
oshirilishi lozim (24-modda). O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir
ko`rsatishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan
foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini
o`tkazish, foydali qazilmalarni qazib olish, chorva mollarini o`tlatib boqish
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va
O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi bilan kelishib olinishi kerak.
O`simlik dunyosini himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan ishlab
chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qo`llash man
qilinadi. Mineral o`g`itlar va boshqa dorilar qo`llanilgan taqdirda o`simlik dunyosi
obyektlarini muhofaza qilish talablari hisobga olinishi zarur bo`ladi.
Yuqorida sanab ko`rsatilganlardan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar
o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong`in xavfsizligiga rioya
etishlari hamda o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haqni o`z
vaqtida to`lab borishlari talab etiladi.
O‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining
tushunchasi O‘simlik dunyosi tabiat obektlari ichida alohida va muhim o‘rinni
egallaydi. O‘simlik dunyosining tabiat obektlari orasidagi tutgan o‘rni uning tabiat
va jamiyat hayotidagi ahamiyati, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasi, uzviyligi
hamda munosabatidagi rolidan kelib chiqadi. O‘simlik dunyosini huquqiy holati
uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o‘rni hamda ahamiyatini e’tiborga olgan holda
belgilanadi. O‘simlik dunyosi huquqiy holatini belgilashda avvalo uning tabiatda
tutgan o‘rni, foydalanish ahamiyati, muhofaza qilish zaruriyati inobatga olinadi.
Tabiat obektlari ichida o‘simlik dunyosi muhim ekologik funksiyani bajarishi bilan
xarakterlanadi. U tabiiy atrof muhit muvozanatini saqlab turib, undagi tirik
mavjudodni yashashi uchun muhim bo‘lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek,
o‘simlik dunyosi yerni suv va shamol eroziyasidan, quyosh nuridan saqlashda,
suvni muhofaza etishda muhim rol o‘ynaydi. O‘simlik dunyosi ekologik vazifadan
tashqari xo‘jalik ehtiyojlarini qondirishda ham muhim xom-ashyo manbai sifatida
xizmat qiladi. Undan sanoat, qishloq xo‘jaligi, tabobat, sog‘lomlashtirish, ilm-fan
maqsadlarida keng foydalaniladi.
O‘simlik dunyosi yog‘och, meva, dori-darmon, pichan tayyorlashda muhim
manba bo‘lib hisoblanadi. O‘simlik dunyosi obektlarining ana shu ekologik hamda
xo‘jalik ehtiyojlari vazifasining bajarish yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ularga
nisbatan huquqiy holat o‘rnatiladi. Masalan, o‘rmonlardan foydalanish va ularni
muhofaza qilish bo‘yicha munosabatlari belgilangan huquqiy holatga nisbatan,
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlaridan foydalanish
tartibiga belgilangan huquqiy holat farq qilishi mumkin. Yoki ilmiy maqsadlarda
foydalaniladigan o‘simlik dunyosi obektlarining huquqiy holati yovvoyi
organizmlardan topgan tabiiy o‘simliklar jamoalariga belgilangan huquqiy
holatidan boshqacha bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida o‘simlik dunyosidan foydalanish va ularni
muhofaza qilishni tartibga soluvchi, o‘simlik dunyosi obektlari huquqiy holatini
o‘rnatuvchi me’yoriy xo‘jjatlar qabul qilingan. Bular jumlasiga O‘zbekiston
Respublikai Konstitutsiyasi, "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "O‘simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi, "O‘rmon
to‘g‘risida"gi,
"Mulkchilik
to‘g‘risida"gi
qonunlari
hamda
O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik, Fuqarolik kodekslarini kiritish
mumkin. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘simlik
dunyosiga nisbatan mulkchilikning huquqiy holati o‘rnatilgan bo‘lib, unga ko‘ra
o‘simlik dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona
foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (55-modda).
O‘simlik dunyosi obektlari mulkchiligiga nisbatan xuddi shunday huquqiy
holat "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi (4- modda), "O‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi (3-modda), "O‘rmon
to‘g‘risida"gi (3-modda), "Mulkchilik to‘g‘risida"gi qonunlarda ham belgilangan.
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi me’yoriy
hujjatlar tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik dunyosi, shuningdek takror
ko‘paytirish va genetik fondini saqlash uchun yekib o‘stirayotgan yovvoyi
o‘simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi floraning tur tarkibini
va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish, tabiiy o‘simliklar
jamoalarining va yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan muhitning bir butunligini saqlash,
o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror ko‘paytirishni ta’minlash,
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish sohasidagi faoliyatlarini huquqiy tartibga solish, o‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari buzilganda aybdorlarga tegishlicha
mulkiy, ma’muriy, jinoiy javobgarlik jazo choralarini qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
O‘simlik dunyosi obektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish
bo‘yicha huquqiy holatni belgilashda O‘zbekiston Respublikasining "O‘rmon
to‘g‘risida"gi va "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida"gi qonunlari hamda O‘zbekison Respublikasi Oliy Majlisning «Noyob
va yo‘q b o‘ lib ketayotgan o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanishni tartibga solish t o‘g‘ risida», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston
Respublikasiga olib kirish va uning tash q arisiga olib chiqish ustidan nazoratni
kuchaytirish t o‘g‘ risida»gi qarori, alohida o‘rinni yegallaydi.
Bu normativ-huquqiy hujjatlarda o‘simlik dunyosi obektlari, ushbu
obektlardan foydalanish turlari, muddatlari, normativlari, foydalanuvchilarning
huquq va majburiyatyalari, o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanishni cheklash,
to‘xtatish va man yetish, o‘simlik dunyosi obektlarining monitoringi, davlat
kadastri kabi masalalar tartibga solingan. O‘simlik dunyosidan foydalanish huquqi
tushunchasi ham qonunda o‘z ifodasini topmagan. O‘simlik dunyosi tushunchasi
yuridik adabiyotda ham hali tadqiqot predmeti bo‘lgan yemas.
Bizningcha, O‘simlik dunyosidan foydalanish huquqi deganda, ma’muriy-
ruxsat berish huquqi va shartnoma asosida kelib chiqadigan hamda foydalanish
huquqi yoki yegalik qilish huquqi yoxud yegalik qilish huquqi doirasida amalga
oshiriladigan subektiv huquq, shuningdek o‘simlik dunyosidan foydalanish va uni
muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan tegishli
huquq tarmog‘ida belgilangan huquqiy me’yorlar jamlanmasi ga aytiladi. Huquqiy
adabiyotlarda faqat o‘rmon tushunchasi va o‘rmondan foydalanish huquqi
tushunchalarigagina e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, o‘simlik dunyosi tushunchasi
o‘rmon tushunchasiga nisbatan ancha keng bo‘lib, undan ba’zi jihatlari bo‘yicha
farq ham qiladi. Masalan, o‘rmon tushunchasiga dov-daraxtlar bilan qoplangan
yerlar bilan bir qatorda, dov-daraxtlar bilan qoplanmagan, ammo shu maqsadlarga
ajratilgan yerlarni ham kiritamiz.
Bundan tashqari, o‘simlik dunyoi tushunchasiga suv ostida o‘sadigan
o‘simliklarni ham kiritishimiz mumkin, lekin ular o‘rmon tushunchasini bermasligi
mumkin va hokazo. O‘simlik dunyosi deganda (chorvachilik, ovchilik, texnik
xom-ashyo tayyorlash, dorivorlarni yig‘ish, daraxt va butalarni kesish, ilmiy-
tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tabiatni muhofaza qilish
maqsadlarida foydalaniladigan yovvoyi organizmlar daraxt, buta va o‘simon
urug‘laydigan
o‘simliklar,
qirqquloqsimonlar
mohsimonlar,
suv
o‘tlari,
lishayniklar, zamburug‘lar) tabiiy o‘simliklar majmui yig‘indisi tushuniladi.
Shundan kelib chiqib o‘simlik dunyosidan foydalanish huquqi qonunda
belgilangan maqsadlarda o‘simliklar majmuidan foydalanishda kelib chiqadigan
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi. Bu
huquqiy normalar o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanuvchi subektlarning
huquq va majburiyatlarini, foydalanish uchun berish, to‘xtatish, bekor qilish
tartiblarini, davlat boshqaruvi, o‘simlik dunyosi muhofazasi bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi.
Demak, o‘simlik dunyosining huquqiy holati o‘simlik dunyosiga nisbatan
mulkdorlik, davlat boshqaruvi, o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish,
foydalanishni cheklash, to‘xtatish, bekor qilish, foydalanish normativlari,
foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari hamda qonuniy manfaatlari,
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, o‘simlik dunyosi monitoringi, davlat kadastri,
davlat nazorati kabi tartib-qoidalarni belgilash va o‘rnatishni maqsad qiladi.
O‘simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik uning
obektlarini
aniqlashga
alohida
e’tibor
bergan.
Chunonchi,
O‘zbekiston
Respublikasining "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, o‘simlik dunyosi obektlarini,
birinchidan, yovvoyi organizmlar, ya’ni daraxt, buta va o‘simon urug‘laydigan
o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, moxsimonlar, suv o‘tlari, lishayniklar va
zamburug‘lar o‘zining butun xilma-xil turlari bilan; ikkinchidan, yovvoyi
organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simliklar jamoalari yoki ularning har
qanday majmui; uchinchidan, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan
o‘simlik turlari; to‘rtinchidan, yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va
boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi. "O‘simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun o‘simlik
dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari, bekor qilish
asoslarini o‘rnatishga katta ahamiyat bergan.
2.1 Yomg`ir suvi ham o`simliklar hayotiga turlicha ta'sir ko`rsatadi.
O`simliklar tomonidan o`zlashtiriladigan tuproq 'suvlariga gravitatsion va
kapillyar suvlar. Shunday qilib, o`simliklar xayoti uchun yilning eng issiq va eng
sovuq oylaridagi o`rtacha foydali temperaturaning umumiy miqdori va yillik
temperaturaningo`rtacha miqdori muhim rol o`ynaydi. Bunday yillik foydali
temperatura miqdori turli nuqtalarda turlichadir. Masalan, Malayya arxipеlagida
9500°, Toshkеntda 5000°, Astraxanda 4000°, Odеssada 3500°, Lеningradda 2000°,
Yangi yyer orolida 400° ni tashkil qiladi. Shuning uchun ba'zi bir madaniy
o`simliklarni yer sharining bir burchagidan ikkinchi burchagiga kеltirib ekishdan
oldin shu joylarning yillik foydali issiqlik miqdorini hisobga olish va
temperaturaning minimal, optimal hamda maksimal nuqtalari yilning fasllari
davomida qanday va qanchalik o`zgarib turishini hisobga olishni talab etadi.
Buning uchun bir nеcha yil davomida har bir gеografik punkt atrofida maxsus
kuzatishlar o`tkazishni va shu kuzatishlar davrida o`simliklar hayotida yil
davomida sodir bo`ladigan barcha hodisalarni (ko’rtaklarning uyg`onishi,
g`uichalarping hosil bo`lishi, gullashi, urug’ hosil qilishi, xazonrеzlikning
boshlanishi kabi) kuzatilishi va sinib qaytishiga ta'sir ko`rsatadi. Ma'lumki,
bulut va tumanlar quyosh nurining bir qismini yutib, o`simliklardagi fotositstеz
protsеssini sеkiplashtiradi, tuproqni kuchli qizishi uchun to`sqinlik qiladi va
havoda suv bug`larining ko`payi shiga sabab bo`ladi.
Yomg`ir suvi ham o`simliklar hayotiga turlicha ta'sir ko`rsatadi. Agar
yomg`ir kuchli va qisqa muddatda yog’`ib o`tsa, o`simlik.larga uning foydasidan
ko`ra zarari ko`proq tеgadi. Yil davomida bir tеkisda va har doim sеkin yoqqan
yomg`ir o`simlik hayotiga foydali ta'sir ko`rsatadi. Qor o`zidan issiqlikni sеkin va
kam o`tkazish xususiyatiga ega bo`lganligi uchun tuproq va o`simliklarni sovuqdan
himoya qiladi. Uning bu xususiyatini hisobga olgan holda qor yog’`adigan, lеkin
kuchli shamol bo`lib turishi natijasida tuproq bеtidan shu qorlarni uchirib
kеtilishining oldini olish maqsadida turli qor to`sqich polosalar tashkil etiladi.
Ayniqsa bu tadbirlar mamlakatimizning dеhqonchilik uchun o`zlashtirilgan
unumdor qoratuproqli dasht zonasida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,
Astraxan o`lkasida bug`doy hosili qor to`sqichlar yordamida 102% ga еtgan,
javdarniki esa 40% ga oshgan. Bu yyerlarda qorning to`silishi patijasida tuproq
muzlamagan va maysalar sovuqdan zararlanmagam,
Ko`plab qor yog’ishi natijasida o`simlikning vеgеtatsiya davri qisqaradi yoki
uzoq turib qolgan qalin (30-40 sm) qor ostida ko`pgina o`tlar sarg`ayib chiriydi.
O’rmon zonasida o`sayotgan va «boychеchaklar» nomi bilan ma'lum bo`lgan bir
gruppa o`simliklar qorning uzoq vaqtgacha erimasdan tuproq bеtini qoplab
yotishiga moslashgan. Ularning hayoti kuz va qish mavsumlarida dеyarli qor ostida
normal o`tadi. Chunki, bahor va yoz mavsumida bunday o`rmoplarda kеng bargli
daraxt hamda butalarning o`sishi natijasida boshqa o`simliklarning rivojlanishi
uchun sharoit bo`lmaydi. Shudring va qlrov kabilarning o`simliklarga ta'siri chuqur
o`rganilmagan. Ammo ular havo namligini oshirishga ta'sir ko`rsatadi, dеb taxmin
qilinadi. Do`lning o`simlik hayotiga salbiy (mеxanik) ta'siri ko`proq. Chupki do`l
yoqqanda daraxtlar guli to`qiladi, mеvasi zararlanadi va hokazo. Tuproqdagi suvlar
xilma xil bo`lib, ularning bir qismi o`simlik tomonidan o`zlashtiriladi.
O`simliklar tomonidan o`zlashtiriladigan tuproq 'suvlariga gravitatsion va
kapillyar suvlar kiradi. Foydalanilmaydigan shakllariga esa pardasimon, kolloid va
gigroskopik suvlar knradi. Yuqorida ta'kidlab o`tganimizdеk, hamma joyda ham,
doimo o`simliklar uchun suv yеtarli darajada bo`lavyermaydi. Yer yuzidagi cho`l
va qisman dasht zonalarida o`simliklar yil bo`yi yoki yilning ma'lum bir davri
(yoz, kuz) da suv tanqisligiga duch kеladi. Ular shunday shar.oitga sеkinasta
moslasha boradi. Shuning uchun ularda turli xil moslanish bеlgilari vujudga
kеlgan. Suv tanqisligiga duch kеlib turadigan va shu sharoitga moslasha olgan
o`simliklar ksyerofit o`simliklar dеb ataladi. Kserofit o`simliklarda barg plastinkasi
kichraygan yoki mutlaqo rеduktsiyalangan, bargdagi labchalari juda chuqur
joylashgan. Ularning barg, poyalari qalin tuklar yoki mum moddasi bilan
qoplangan, quyosh nuriga nisbatan barglar o`z xolatini o`zgartira olib, suvni
bug`lantirishda ishtirok etadigan osmotik; bosim kuchli plazmaning uzoq muddat
davomida suvsizlanish hodisasiga bardosh berishi va boshqa shunga o`xshash
xususiyatlarni ko`rsatish mumkin.
Kserofitlar bir nеcha gruppaga bo`linib, ularning barcha a'zolari shunday
noqulay sharoitga bardosh byergan va ularda qandaydir moslanish bеlgilari yuzaga
kеlgan. Quyida bu xildagi kserofitlarning ba'zi gruppalari ko`rsatilgan:
O‘simlik o‘sishi va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan tashqi muhit elementlari
ekologik omillar deb nomlanadi. Ularni 3 guruhga bo‘lish mumkin. 1. Abiotik -
tabiatning tirikmas omillari. Iqlim omillari: yorug‘lik, harorat, suv, havo, tuproq va
orografik omillar. 2. Biotik omillar. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri:
hayvonlarning, hasharotlarning, mikroorganizmlarnnig o‘simliklarga ta’siri. 3.
Antropogen omillar insonlarning tabiatga ta’siri. Insonlarnnig tabiatga ta’siri
bevosita va bilvosita bo‘ladi. Ekologik omillar yil davomida o‘zgarib turishi bilan
birga, ularga o‘simliklarning munosabati ham turlicha bo‘ladi. Masalan: urug‘ unib
chiqishi uchun qorong‘i muhit talab qilinsa, maysaning rivojlanishi uchun
yorug‘lik talab qilinadi. Bevosita ta’sir qiluvchi omillarga namlik, yorug‘lik,
issiqlik, inson va hayvonlar ta’siri misol bo‘la oladi. Bilvosita ta’sir etuvchi
omillarga relef, tog‘ jinslari, iqlimni o‘zgarishi va tuproq sharoitining o‘zgarishi
misol bo‘la oladi. Ba’zan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Masalan: shamol o‘simliklarning novdasini sindirib, bargini,
mevasini to‘kib, bevosita ta’sir ko‘rsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq
hosil qilib bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Do‘l o‘simlikning yer usti organlariga salbiy
ta’sir ko‘rsatsa, tuproq namligini oshirib, havo haroratini o‘zgartirib bilvosita ta’sir
etadi. Har qanday ekologik omil o‘simliklarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan:
sholi suvda yaxshi o‘sadi, lekin suv ko‘p bo‘lsa, g‘o‘za tez kunda halok bo‘ladi.
Ko‘pchilik o‘rmonda o‘suvchi o‘simliklar soya joyda yaxshi o‘sadi, yorug‘ joyda
tezda halok bo‘ladi. Aksincha, cho‘l zonasida o‘suvchi o‘simliklar yorug‘ joyda
yaxshi rivojlansa, soya joyda tez kunda halok bo‘ladi.
Azotning o‘simliklarga yetishmasligi barglar hujayralardagi pigmentlarning
tizimiga, xloroplastlarning tuzilishiga va ularning umumiy faolligiga kuchli ta’sir
qiladi. Shuningdek, RDF-karboksilaza ferementining miqdoriga va faolligi
azotning miqdori bilan belgilanadi.
Kislorod. Fotosintez odatda aerob sharoitda o‘tishi tufayli ushbu jarayonda
kislorodning o‘rni beqiyosdir. Bu esa kislorod bilan muqobil ta’minlanishini talab
qiladi. Ammo xavoda kislorodning ko‘payib ketishi fotosintezga salbiy ta’sir etishi
mumkin. Masalan, xavoda kislorodning ma’lum darajada kamayishi (3%),
yorug‘likda nafas olish kuchli bo‘lgan dukkakli o‘simliklarda fotosintezni nisbiy
darajada jadallashganligi kuzatiladi.
Ma’lumki, fotosintez jarayoni uchun kabonoat angidrit zarur substratdir.
SO2 gazining atmosfera havosidagi miqdori nisbatan anchagina kam 0,03%
atrofida. Bir gektar maydonga 100 m balandlikgacha bo‘lgan hajmda SO2 miqdori
550 kg atrofida. Shuningdek o‘simliklar tomonidan bir sutka mobaynida 120 kg
SO2 o‘zlashtiriladi xolos. Fotosintez jarayoni atmosferada 0,008% SO2 mavjud
bo‘lganda boshlanadi va uning miqdori oshib borishi bilan jadallashib 0,3%
ko‘rsatkichda eng yuqori darajaga yetadi.
.O‘simliklarning biomorfologik xususiyatlari T.A. Rabotnov tomonidan
ishlab chiqilgan va A.A. Uranov tomonidan to‘ldirilgan tasnif bo‘yicha quyidagi
asosiy o‘sish va davrlarga bo‘linib o‘rganiladi: latent, virginil, generativ va
postgenerativ. Latent davrda urug‘ning bioekologik xususiyatlari o‘rganiladi.
Virginil davri 4 holatga bo‘lib o‘rganiladi: o‘simta, yuvenil (yosh) holatidagi
o‘simlik, immatur holatidagi o‘simlik va viriginil holatidagi o‘simlik. Generativ
davri ham quyidagi holatlarga bo‘lib o‘rganiladi: yosh generativ o‘simlik, o‘rta
yoshdagi generativ o‘simlik, qariyotgan generativ o‘simlik va qarigan generativ
o‘simlik. Postgenerativ davri holatlari: subsenil o‘simlik va senil o‘simlik. Quyida
o‘simlik yosh holatlarining asosiy belgilari keltirilgan.
O‘simta-urug‘
bilan
hali
aloqa
yo‘qolmagan
bo‘ladi.
Yuvenil
o‘simliklarurug‘ bilan aloqa yo‘qoladi, asosiy novda va ildizning keyingi
rivojlanishi, barglari katta yoshdagi o‘simliklarga qaraganda ko‘pincha maydaroq,
nisbatan kamroq, bo‘lingan bo‘ladi. Yon va qo‘shimcha ildizchalar hosil bo‘la
boshlaydi, barglar to‘p bo‘lib joylashadi. Katta yoshdagi o‘simlik belgilari hali
ko‘rinmaydi. Immatur o‘simliklar-shoxlanishning boshlanishi ya’ni katta yoshdagi
o‘simliklarga o‘tish davri xisoblanadi. Ildiz tizimi murakkabashib boradi. Virginil