O'simlikning tashqi belgilariga qarab ularning o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash
Yuklangan vaqt
2024-11-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
19,4 KB
O'simlikning tashqi belgilariga qarab ularning o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini
aniqlash
Mashg’ulotning maqsadi: O’simlik tarkibidagi azot, fosfor va kaliy hamda
mikroelementlar etishmasligini ularning tashqi belgilariga qarab aniqlashni va o’g’itlar
dozasiga tuzatish kiritishni o’rgatish
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob-uskunalar: oziq moddalar etishmasligi ifodalangan
tarqatma materiallar
Vizual diagnostikada o’simliklardagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni normal
kechishini buzilganligini ko’z bilan barglar rangini o’zgarishiga (dog’lar hosil bo’lishiga)
turgorning yo’qolishiga, o’simlikni tashqi kurinishiga qarab aniqlanadi. Bu yoki u element
yetishmasa yoki ortikchaligi belgilari ko’pincha bir xil tashqi ko’rinishga ega bo’ladi. Misol
uchun azot, xlor, bor, marganes, alyuminiyning o’simliklarda yetishmasligi yoki
ortiqchaligi barglar xlorozi, to’qimalarning yemirilishi, o’sishi sekinlashishi kabi
ko’rinishida kuzatiladi. Hayot faoliyati jarayonlari optimal o’tish uchun har xil
o’simliklarga mineral oziqlanish elementlarning har xil nisbati talab qilinadi.
Tabiatda indikator o’simliklar mavjud, ya’ni ularning tashqi ko’rinishiga qarab mineral
oziqlanish elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligini aniqlash mumkin.Ular oziq
elementlarning yetishmasligiga juda sezgir bo’ladi va buni o’zining tashqi ko’rinishida
yaqqol namayon bo’ladi. Oziq elementlari yetishmasligining indikatori bo’lib:
Azot uchun – karam kartoshka makkajuxori, smorodina olma daraxti, qorali,( kuchsiz
o’sish, barglari mayda bo’lib, rangi och yashil, sariq-yashil, sariq bo’ladi, xloroz).
Fosfor uchun – turnej, bryukvva, tomat, olma daraxti, krijovnik (o’sishi yomonlashishi,
barg rangi tuq yashil, havo rangiroq, dog’i binafsha, qizilroq, qo’ng’irroq rangda, keyin barg
quriydi):
Kaliy uchun - kartoshka, lavlagi, loviya, beda, karam, krijovnik, smorodina, olma
daraxti (o’sish sekinlashadi, barg sarg’ayadi, qo’ng’irlashadi va kuriydi.O’simlik havo rang,
yashil rang, barg burishadi, tulqinli, yotib qoladi).
Magniy buyicha – kartoshka, karam, krыjovnik, smoradina, olma daraxti (pastki
barglari ochlashadi va och-yashil, yashil top sariq, sariqtop rangga kiradi, xloroz, tariq
barglari tuq sariq zarg’aldok) rangga kiradi, g’uza barglari qirmizi qizil bo’ladi).
Temir bo’yicha- kartoshka, mevali daraxtlar (o’sish kuchsizlangan, pastki barglar
normal holatda, eng balandgi barglar och-sariq yoki och yashil, barg tomirlari sariq):
Bor bo’yicha – kungaboqar, lavlagi, sholi, zig’ir, turneps, bryukva, tomat, selderey,
karam, dukkakli ekinlar, mevali va rezavor mevali daraxtlar (yukorgi o’sish nuqtasida
xloroz, qorayadi va quriydi, bakterioz, ichi g’ovaklashadi.).
Marganes bo’yicha – suli, bugdoy, lavlagi, kartoshka, ildizmevalilar, karam,
makkajo’xori, gorox, loviya, beda, kungabokar, savzovat ekinlari, malina, limon, gilos,
olxo’ri (qorali), abrikos (o’rik), olma daraxti (yosh barglar xlorozi, barg tomirlari yashil, kul
rangolachiporlik, dog’li sariqlik.)
Mis bo’yicha - Suli, bug’doy, arpa, o’tlar, zig’ir, kanop, xantal, lavlagi,ildizmevalar,
seberga, tariq, kungaboqar, dukkakli va sabzavot ekinlar (o’sishi sekinlashadi, xloroz, turgor
yuqoladi, qurish, gullash sekinlashadi, hosil kamayadi, barglar och yashil rangga kiradi,
kuchli tuplanish, boshoq rivojlanmay qoladi,tepa qurishi)
Rux bo’yicha – loviya soya, makkajo’xori, grechixa,marjumak, xmel, lavlagi,
kartoshka,
sebarga,
sitrusli
o’simliklar,
olma
daraxti
(barglari
kichkina,
rozetkasimonlashishi barglari ola chiporligi, xloroz, barg plastinka va bandlarini buralib
qolishi, o’sishni sekinlashishi):
Molibden bo’yicha – karam, tomat, salat, ismaloq, dukkakli ekinlar, sitrus o’simliklari
(o’sish sekinlashadi, tuganaklar hosil bo’lmaydi, barglar ranggi och-yashil, barg
plastinkalari deformasiyalashadi va muddatidan oldin quriydi, barglarda sariq ola-chiporlik
(dog’lar) bo’ladi, xloroz) di.
Mineral
oziklanish
elementlarining yetishmasligi hosilga tug’rilab (tuzatib)
bo’lmaydigan ziyon yetkazadi. Bu xolatni o’sha yili o’g’itlar bilan oziqlantirish hisobiga
faqat kisman tuzatish mumkin. Chunki bu ozik elementlar yetishmasligini bu belgilari
o’simlik metobolizmida chuqur o’zgarishlar kechgandan keyin kuzatiladi va buning
oqibatini o’sha yili to’liq yo’qotish mumkin emas. Ammo yanagi yil o’suv davrida ushbu
dalada o’simliklarni to’g’ri oziqlanishini ta’minlash uchun bu kuzatishlar katta axamiyatga
ega.O’simliklardagi azot, fosfor, kaliy va magniy ular tomonidan qayta ishlatilishi
mumkinligini ham hisobga olish kerak: Ular yetishmasligi oldin pastki eski barglarda
namoyon bo’ladi. Kalsiy temir va mikroelementlar qayta ishlatilmaydi, ya’ni reutilizasiyaga
uchramaydi va ular yetishmasligi oldin yosh barglar va o’sish nuqtasida namoyon bo’ladi.
Oltingugurt qisman reutilizasiyalanadi.
Barg diagnostikasi barglarni (butun o’simlikni yoki aloxida olingan organlarni) yalpi
analiz qilishga asoslangan. O’simlikning (indikator organnning) kimyoviy tarkibi bo’yicha
olingan ma’lumotlar jadval ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. O’simlik holati, bo’yi, o’sishi
va rivojlanishi hisobga olingan xolda ularni mineral oziqlanish elementlari bilan
ta’minlanganligi aniqlanadi. Analizlar umum qabul qilingan uslublar bo’yicha bajariladi.
Nitratlar ekspres uslub bilan aniqlanganda o’simliklar ildiz sistemasida, poyada va barglarda
nitratlarni qaytarishni amalga oshrishni e’tiborga olish kerak. Bargli sabzavot ekinlari,
ildizmevalilar, tuganak mevalar, xashaki donli o’tlar, tamaki, karam, zigir, donli ekinlar,
g’o’za va boshqa ekinlar nitratlarning ko’p miqdorini yer ustki organlariga transportirovka
qiladi.
Nitratlarning ruxsat etilgan eng yuqori miqdori (konsentrasiyasi) (mg/kg maxsulotda):
kartoshka – 80, karam – 150, sabzi 400, bodring – 150, pomidor – 60, kovun va tarvuz -45.
O’simliklarning boshlang’ich rivojlanish fazalarida va o’simliklar ovqatga ishlatilganda
nitratlar miqdori nazorat qilinadi. Kuzga kelib nitratlar miqdori kamayadi. Poya, barg bandi
va asosiy barg tomirlari nitratlarga boy va shuning uchun nitratlarni bu organda aniqlash
kerak. Reproduktiv meva organlarda va merestematik to’qimalarda nitratlar yo’q.
O’simliklar kimyoviy tarkibi o’simlikning ayniqsa o’sishi va rivojlanishi o’suv davrining
hamma sharoitlarini hisobga olgan holda tuproq analizi natijalari, hosil bilan solishtiriladi.
Olingan ma’lumotlar asosida ekin va tuproqlar bo’yicha o’simlikning mineral oziqlanish
elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi gradasiyasi tuziladi. O’simlik analizi tuproq
analiziga qaraganda mineral oziq elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqroq
kursatadi. O’simliklarda elementlarning solishtirma miqdori ularning tuproqdan o’simlikka
o’tish tezligi va o’sish sur’atiga bog’liq. Shuning uchun elementlarning olib chiqib ketishini
element mikdorini o’simlik quruq massasiga ko’paytirish bilan topiladi va keyin kg/ga da
ifodalanadi ( bir gektardagi o’simliklar soniga xisoblash yo’li bilan). Oziqlanishning
balanslashganlik darajasini aniqlash uchun elementlar urtasidagi nisbat hisoblanadi. Har
qaysi nisbat bu yoki u ekindan yuqori hosil uchun olingan qiymatlar bilan taqqoslanadi.
Rejalashtirilgan hosilga ishlab chiqarishda qabul qilingan ug’itlar normasi diagnostikasi
ma’lumotlari bo’yicha qayta aniqlanadi:
Soptimal
D= N ---------------
Sfakt
Bu yerda: D - kayta aniqlangan o’g’it dozasi (normasi), kg/ga hisobida oziq modda.
N – xo’jalikda qo’llanilayotgan o’rtacha o’g’it normasi (dozasi), kg/ga.
Soptim – o’simlikda elementlarning optimal konsentrasiyasi , %.
Soptom – o’simliklarning ushbu elementga bo’lgan muhtojlik talab
Samal darajasi.
S fakt – o’simliklarda elementning amaldagi konsentrasiyasi,%
O’simliklarda elementlar o’rtasidagi nisbat balanslashgan bo’lmaganda bir o’g’it
dozasini boshqa elementning miqdori bo’yicha kayta aniqlashimiz mumkin. misol uchun
azot yetishmaganda va fosfor ortiqcha bo’lganda azot dozasi kuydagi formula buyicha
tuzatiladi.
SoptimalNxCamaliR
D =N-----------------------
SamalNx CoptimalR
Vizual diagnostika qilishdan oldin o’simlikda zararkunandalar, zambrug’ va boshqa
kasalliklar bor yuqligi kuzdan kechirish kerak. Chunki ular ham o’simlikni tashqi
ko’rinishini o’zgaritiradi.
Qurg’okchilik, ortiqcha namlanish, kislotalik va sho’rlanish o’simlikka oziq moddalarni
o’tishi va aylanishiga katta ta’sir kursatadi. Bunda o’simlik tashqi kurinishi uzgaradi.
Shuning uchun vizual diagnostikada iqlim, tuproq sharoiti va agrotexnika xisobga olinadi.
Azot yetishmasligi:
Pastki barglar och yashil, keyin barg uchidan boshlab sarg’ayadi, qung’ir tusga kiradi
va quriydi. Ayrim paytda (karam, bryukva) sariq va qizilsimon rangga kiradi.
Makkajuxorida pastki barglarni markaziy tomirlari sarg’ayadi. Barglar kichkina, ensiz,
quruqroq, poyaga nisbatan o’tkir burchak ostida joylashgan bo’ladi. Poya ingichka, qattiq
hamda shoxlanish kuchsiz bo’ladi. Tup guli va meva shakli o’zgaradi.
O’simliklarda bor tanqisligi alomatlari quyidagilardan iborat. O’zagi va ildizi o’sishdan
to’xtaydi. Yuqoriga utish nuqtasi sarg’ayib, sungra qorayib qurib qoladi. Yangi novdalar
paydo bulib, natijada o’simlik butasimon ko’rinishga keladi.
Temir – tuprokda odatda ko’p bo’ladi, lekin ba’zilarida o’simlik o’zlashtira olmaydigan
shakilda bo’lganligi sababli o’simliklar temir tanqisligiga uchrab turadi. Temir
yetishmaganda faol o’sayotgan novdalarning uchidagi yosh barglarida xloroz paydo
bo’lishi uning yetishmasligidan dalolat beradi. Och yashil, sungra esa och sariq rang barg
tomirlari orasida tarqaladi va och sariq fonda bargning yashil tomir turi aniq ajralib turadi,
o’sish sekinlashadi, hosildorligi kamayadi. Temir uzoq vaqt va anchagina yetishmaganda
barg to’qmalari va yosh novdalar nobud bo’ladi.
Mis – mis yetishmasligi havo issiq bo’lganda, ammiakli azotning va oziq muhitda ikki
valentli temir miqdori ko’p bo’lganda kuchayadi.
Boshoqli ekinlarda mis tanqisligining o’ziga xos belgilari – o’simlikning och-yashil
rangga kirishi, ko’p shoxlanishi, barg uchlarining oqarishi, barg qinlaridan boshoqlar yoki
ruvaklarning yetarli darajada chiqmasligi, boshoqlarning bukilganligi, barglarning buralib
qolishini donning puchligi, don sifatiyning pasayishi va hosilning nixoyatda kam bo’lishidir.
Molibden – yetishmaganda o’simliklarning barglarida sariq dog’larning paydo bulishi,
dukkaklilarda barglarining yoppasiga xlorozga uchrashi, bodringda barg chekkasining
xlorozi barglarning yaxshi rivojlanmaganligi va barg plastinkalarining buralib qolishi, barg
chekkalarining qurib qolishi va ularning yukoriga qarab buralgan bo’lishidir.
Marganes – marganes tanqisligi ko’prok yosh barglarda seziladi. Barg tomirlari orasida
xlorid paydo bo’lishiga, ancha keyingi bosqichlarda esa kulrang (sulida), sariq (qand
lavlagida) dog’lilik, urug’larning kulrang dog’liligi (nuhatda)ni keltirib chiqaradi. Bu esa
xloroz bilan kasallangan to’qimalarning nobud bo’lganligidan darak beradi.
O’simliklarning dastlabki rivojlanish fazalarida marganes tanqisligi alomatlari temir
tanqisligi alomatlariga o’xshab ketadi. Lekin keyinchalik dog’ paydo bo’lishi ularni bir
biridan farqlashga imkon beradi.
Rux – tanqisligi mexanik tarkibi yengil, unumdorligi past tuproqlarda kuzatiladi. Mevali
daraxtlar va boshqa o’simliklarda tez seziladi. Bunda xloroz dog’lar paydo bo’ladi, ular och
yashil yoki deyarli oq bo’lib qoladi, tup barglik yoki mayda barglik paydo bo’ladi.Bunda
barglarning shakli normal bo’lmay, tugunlar orasi qisqa bo’ladi. Odatda meva hosil
qilmaydi yoki mevalar shakli xunuk bo’ladi. Bir necha yildan keyin daraxtlarda shoxlar,
hatto butoqlari ham qurib qoladi.
Fosfor tanqisligi – madaniy o’simliklarning kupchiligi uchun fosfor tanqisligining
quyidagi alomatlari o’sishning sekinlashuvi hamda yosh barglarning kichkina bo’lishi,
barglar xira tuq yashil bo’lib, binafsha yoki xavorang tusda tovlanishi, barglarda binafsha,
qizgish, qung’ir dog’lar hosil bo’lib, keyin xuddi shu joylarda to’kimalarning qurib qolishi
tavsiflidir. Bunday belgilar dastlab pastki, ancha qarigan barglarda paydo bo’ladi va asta
sekin o’simlik bo’ylab yukoriga ko’tariladi. Fosfor tanqisligi yomg’irli sovuq havoda
kuchayadi. Fosfor tanqisligi tufayli o’simlik kech gullaydi va kech yetiladi, mevada urug’
miqdori kamayadi. Ularning sifati yomonlashadi. O’simliklarda fosfor tanqisligi kuzatilsa
ularga superfosfat berish kerak.
Kaliy tanqisligi – o’simliklarda kaliy tanqisligi sezilganda o’sish sekinlashadi, barg
chekkalari burishib qoladi, barglarning havorang yashil bo’lishi o’zagining ingichkalashib
g’ovak bo’lishi, o’simlikning yotib qolishida namoyon bo’ladi. Bu belgilar odatda kaliyni
intensiv o’zlashtirish davrida birinchi navbatda, qarigan barglarda paydo bo’ladi. Kaliy
bilan oziqlantirish uchun yerga 0,5gs ug’it berish kerak.
Magniy tanqisligi – yerga ko’p miqdorda kaliy xlorid, kaliy tuzlari, ammoniy sulfat
solinganda magniyning singishi qiyinlashadi. Tuproqning kislotaligi ko’payganda esa
o’simliklarga magniyning singishi kuchayishi mumkin, va aksincha ohaklanganda hamda
azotli ug’itlar nitrat shakilda qo’llanganda magniy yetishmasligi ta’sirida kuchayishi
mumkin. Magniy yetishmasligining eng tavsifli belgisi barglarning chekkalarida va
tomirlari orasida rivojlanadigan xlorozdir. Bunda tomirlar va ularga tutashgan to’qimalar
och yashil rangda bo’ladi. Xloroz doimo pastki barglardan boshlanadi va yukorgi barglarga
tarqaladi. Magniy yetishmagan yeralarga 1-3 s/ga me’yorda magniyli o’g’itlar berish kerak.
Kalsiy tanqisligi – yosh barglarning uchi oqarib qoladi. Ular mayda va notekis bo’ladi.
Kalsiy juda ko’p yetishmaganda esa o’simlikning uchki kurtagi nobud bo’ladi. O’simliklar
hosil tugishi va xosili shakillanishi davrida kalsiy yetishmasligi namoyon bo’ladi. Kalsiy
yetishmaganda kislotali yerlarga ohak , kalsiyli selitra, gips, superfosfat solish yoki
usimliklarga silitrani 0,5 -2% li eritmasini purkash kerak.
Mustaqil ish uchun savollar
1. O’simliklar oziqlanishini diagnostika qilish nimaga asoslangan?
2. Qanday diagnostika turlarini bilasiz?
3. Kimyoviy diagnostika nima?
4. Viziual diagnostika nima?
5. Indikator o’simliklar haqida tushuncha bering?