OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH

Yuklangan vaqt

2025-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

27

Faytl hajmi

42,1 KB


 
 
 
 
KURS ISHI 
 
 
OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILAR 
NUTQINI O‘STIRISH 
 
 
MUNDARIJA 
KIRISH 
I BOB. «OT» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY 
USULLARI  
1.1. BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH 
METODIKASI 
1.2. BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI MAVZUSINI 
O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI  
II BOB.BOSHLANG’ICH SINFLARDA OT SO’Z TURKUMINI 
O’RGATISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH 
2.1.O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH METODIKASI 
2.2. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR NUTQINI 
O‘STIRISH YO‘LLARI  
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
 
 
 
Logotip
KURS ISHI OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH MUNDARIJA KIRISH I BOB. «OT» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI 1.1. BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH METODIKASI 1.2. BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI MAVZUSINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI II BOB.BOSHLANG’ICH SINFLARDA OT SO’Z TURKUMINI O’RGATISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH 2.1.O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH METODIKASI 2.2. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH YO‘LLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
 
 
 
 
 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv о‘qituvchi vа 
murаbbiylаr kunigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi nutqlаridа, “Bugun hаr bir 
о‘qituvchi vа tаrbiyаchi, оliygоh dоmlаsi tа’lim vа ilm – fаn sоhаsidаgi еng sо‘nggi 
ijоbiy yаngiliklаrni о‘quv jаrаyоnlаrigа tаtbiq еtа оlаdigаn, chuqur bilim vа 
dunyоqаrаsh еgаsi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, zаmоnаmiz vа jаmiyаtimizning еng 
ilg‘оr vаkillаri bо‘lishlаri kеrаk. Bundаy ustоzlаr qо‘lidа tа’lim оlgаn fаrzаndlаrimiz 
biz оrzu qilgаn О‘zbеkistоnning yоrug‘ kеlаjаgini bunyоd еtishgа qоdir аvlоd bо‘lib 
kаmоl tоpаdi. Lеkin bu yuksаk nаtijаlаrgа еrishish uchun tа’lim tizimidаgi mаvjud 
muаmmоlаrni hаl qilishimiz lоzim”. 
   Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida 
tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi“ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda 
salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalaridagi o‘qitish 
sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning 
kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or 
xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.  
Kurs ishining maqsadi: ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatish orqali 
o’quvchilar nutqini o’stirishni tashkil etishning amaliy-nazariy asoslari. 
Kurs ishi vazifalari: 
—mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish, uning o‘rganilganlik darajasini 
aniqlash; 
—kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash; 
—o‘quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish; 
—darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o‘qish taʼlimi 
mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish; 
Logotip
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv о‘qituvchi vа murаbbiylаr kunigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi nutqlаridа, “Bugun hаr bir о‘qituvchi vа tаrbiyаchi, оliygоh dоmlаsi tа’lim vа ilm – fаn sоhаsidаgi еng sо‘nggi ijоbiy yаngiliklаrni о‘quv jаrаyоnlаrigа tаtbiq еtа оlаdigаn, chuqur bilim vа dunyоqаrаsh еgаsi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, zаmоnаmiz vа jаmiyаtimizning еng ilg‘оr vаkillаri bо‘lishlаri kеrаk. Bundаy ustоzlаr qо‘lidа tа’lim оlgаn fаrzаndlаrimiz biz оrzu qilgаn О‘zbеkistоnning yоrug‘ kеlаjаgini bunyоd еtishgа qоdir аvlоd bо‘lib kаmоl tоpаdi. Lеkin bu yuksаk nаtijаlаrgа еrishish uchun tа’lim tizimidаgi mаvjud muаmmоlаrni hаl qilishimiz lоzim”. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi“ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalaridagi o‘qitish sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Kurs ishining maqsadi: ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatish orqali o’quvchilar nutqini o’stirishni tashkil etishning amaliy-nazariy asoslari. Kurs ishi vazifalari: —mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish, uning o‘rganilganlik darajasini aniqlash; —kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash; —o‘quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish; —darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o‘qish taʼlimi mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish;
 
 
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini 
o‘rganish. Boshlang`ich sinflarda ot so’z turkumi o’rgatish va nutqni o’strish ustida 
ishlash xususiyatlarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Kurs ishining obyekti: boshlang’ich sinf  darslarida ot so’z turkumini o’qitish 
va uni tashkil qilish jarayoni ustida ishlash orqali o`quvchilar bilimini shakllantirish 
jarayoni.  
Kurs ishining predmeti:  boshlang’ich sinf darslarida hikoya o’qitish tashkil 
qilish va uni o’tkazish mazmuni, vositalari, shakl va metodlari 
Kurs ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, ikkitа bоb, xulоsа, fоydаlаnilgаn 
аdаbiyоtlаr rоʻyhаtidan iborat. 
 
 
 
 
 
 
 
 
I BOB. «OT» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY 
USULLARI 
1.1 
.  BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI 
OʻRGATISH METODIKASI 
    Ma’lumki, ta’lim tizimidagi barcha fanlar, xususan, ozbek tili darslarida ham 
ta’limning 
didaktik 
materiallardan, 
o‘yin-mashq 
usullaridan, 
ko‘rgazmali 
vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu haqda qator mutaxassislar, 
jumladan, R.Ishmuhamedov, A.Nisanbaeva, B.To‘xliev, K.Usmonova kabi 
tilshunoslar o‘zlarining tadqiqot ishlarida, monografiyalar va maqolalarida fikr 
yuritganlar. Ona tili darslarida so‘z turkumlari mavzularini, xususan ot so‘z 
turkumini o‘qitishda grammatik topshiriqlar, ko‘rsatmali vositalar, tarqatma 
materiallardan foydalanish orqali o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar hosil qilish, 
Logotip
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini o‘rganish. Boshlang`ich sinflarda ot so’z turkumi o’rgatish va nutqni o’strish ustida ishlash xususiyatlarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining obyekti: boshlang’ich sinf darslarida ot so’z turkumini o’qitish va uni tashkil qilish jarayoni ustida ishlash orqali o`quvchilar bilimini shakllantirish jarayoni. Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf darslarida hikoya o’qitish tashkil qilish va uni o’tkazish mazmuni, vositalari, shakl va metodlari Kurs ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, ikkitа bоb, xulоsа, fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rоʻyhаtidan iborat. I BOB. «OT» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI 1.1 . BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH METODIKASI Ma’lumki, ta’lim tizimidagi barcha fanlar, xususan, ozbek tili darslarida ham ta’limning didaktik materiallardan, o‘yin-mashq usullaridan, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu haqda qator mutaxassislar, jumladan, R.Ishmuhamedov, A.Nisanbaeva, B.To‘xliev, K.Usmonova kabi tilshunoslar o‘zlarining tadqiqot ishlarida, monografiyalar va maqolalarida fikr yuritganlar. Ona tili darslarida so‘z turkumlari mavzularini, xususan ot so‘z turkumini o‘qitishda grammatik topshiriqlar, ko‘rsatmali vositalar, tarqatma materiallardan foydalanish orqali o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar hosil qilish,
 
 
didaktik vositalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, unga xos xususiyatlarni tahlil qilish 
samarali natijalar beradi. 
    O‘quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar bilan boshlang‘ich 
sinflarda tanishadilar. So‘zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe’llar, olmoshlar, yordamchi 
so‘zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang‘ich sinfdan ularga ma’lum. Ona tilining 
izchil kursidan beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar avvalo boshlang‘ich sinflarda 
egallangan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi. 
Maktabda morfologiyani o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning 
ilmiy zaruriyati shundaki keyingi bosqichda o‘rganiladigan “Sintaksis” bo‘limi 
bevosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs-son 
qo‘shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida 
so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. 
Qo‘shimcha gap sintaksisini o‘rganishning bevosita yordamchi so‘zlar bajaradigan 
vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat 
kasb etadi.  
    Shunday qilib, maktab morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni 
ko‘zda tutadi:  
- o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakllarini hosil qilishga 
o‘rgatish; so‘z zaxirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini 
kengaytirish;  
-so‘zlarning 
aloqa-munosabat 
shakllaridan 
foydalanish 
malakalarini 
kengaytirish;  
- ilmiy savodxonlikni takomillashtirish;  
- gap guruh va matn yaratish malakalari ustida ishlash;  
- DTSda ko‘zda tutilgan talablar asosida har bir mavzuni o‘rganish jarayonida 
uni izchillik bilan amalga oshirish.  
    O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida ma’lumot beradi. Mavzu 
bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni tkarorlash uchun lug‘at diktanti yozdirishi mumkin. 
Lug‘at diktanti Uy, to‘y, tosh, chaqmoq, momaqaldiroq, daraxt, majlis, odob, azob, 
do‘stlik, kitob, ishchi, go‘zal, kichik, shirin, bilimli, oq, o‘qi, yoz, chok, kel, o‘yla, 
Logotip
didaktik vositalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, unga xos xususiyatlarni tahlil qilish samarali natijalar beradi. O‘quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar bilan boshlang‘ich sinflarda tanishadilar. So‘zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe’llar, olmoshlar, yordamchi so‘zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang‘ich sinfdan ularga ma’lum. Ona tilining izchil kursidan beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar avvalo boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi. Maktabda morfologiyani o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki keyingi bosqichda o‘rganiladigan “Sintaksis” bo‘limi bevosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs-son qo‘shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. Qo‘shimcha gap sintaksisini o‘rganishning bevosita yordamchi so‘zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, maktab morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi: - o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakllarini hosil qilishga o‘rgatish; so‘z zaxirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirish; -so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish; - ilmiy savodxonlikni takomillashtirish; - gap guruh va matn yaratish malakalari ustida ishlash; - DTSda ko‘zda tutilgan talablar asosida har bir mavzuni o‘rganish jarayonida uni izchillik bilan amalga oshirish. O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida ma’lumot beradi. Mavzu bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni tkarorlash uchun lug‘at diktanti yozdirishi mumkin. Lug‘at diktanti Uy, to‘y, tosh, chaqmoq, momaqaldiroq, daraxt, majlis, odob, azob, do‘stlik, kitob, ishchi, go‘zal, kichik, shirin, bilimli, oq, o‘qi, yoz, chok, kel, o‘yla,
 
 
ishladi, uxladi, suhbatlashdi, so‘zladi. Diktant yozib bo‘lingach, o‘quvchilar har bir 
so‘zning lug‘aviy ma’nosini sharhlashlari va uning qaysi so‘z turkumlariga qarashli 
ekanligini aytishlari lozim bo‘ladi.  
1 – topshiriq.  
Uy – odamlar yashaydigan, deraza, eshik, tomi bor bino: uy – nima? So‘rog‘iga 
javob bo‘ladi, ot – so‘z turkumiga kiradi.  
2. To‘y – tantana, beshik to‘yi, nikoh to‘yi, xatna to‘yi, oltin to‘y kabi tantanali 
marosim; to‘y – nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot so‘z turkumiga kiradi.  
3. Ishchi - biror foydali mehnat bilan shuІullanuvchi shaxs; kim? so‘roiga javob 
bo‘ladi, ot.  
4. Go‘zal – ma’nodoshlari: chiroyli, ko‘rkam, jozibali; qanday? so‘roІiga javob 
bo‘ladi, sifat.  
5. O‘qidi, ishladi – tugallangan harakat ma’nosini bildiradi: qiziqib o‘qidi, 
tinmasdan ishladi, fe’l.  
2 – topshiriq. Mazkur so‘zlar bilan so‘z birikmalari hosil qiling, gaplar tuzing. 
Kim? nima? qanday? nima qildi? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan 
so‘zlarning tagiga chizing. Ularning qanday so‘z turkumiga qarashli ekanligini aytib 
bering.  
3. Ot, sifat, fe’l turkumlariga oid so‘zlarni ajratib guruhlang.  
Shu tariqa lug‘at diktanti tarkibidagi so‘zlar og‘zaki sharhlansa, o‘quvchilarda:  
- tafakkur doirasi kengayadi;  
- fikr ifodalash ko‘nikmasi rivojlanadi;  
- nutqda so‘z qo‘llash malakasi shakllanadi;  
- so‘z turkumlari yuzasidan egallangan bilimlar umumlashtiriladi.  
    Mustaqil so’ z turkumlaridan biri ot so‘z turkumi hisoblanadi. Otning 
predmet nomini bildirishi kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi, atoqli otlarning 
bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo‘shiladigan kelishik qo‘shimchalari boshlang‘ich 
sinflardan o‘quvchilarga ma’lum. Mazkur so‘z turukumini o‘rganishda avvalo ana 
shu o‘rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida qayta xotirlash va qisman 
ijodiylikka asoslangan ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi.  
Logotip
ishladi, uxladi, suhbatlashdi, so‘zladi. Diktant yozib bo‘lingach, o‘quvchilar har bir so‘zning lug‘aviy ma’nosini sharhlashlari va uning qaysi so‘z turkumlariga qarashli ekanligini aytishlari lozim bo‘ladi. 1 – topshiriq. Uy – odamlar yashaydigan, deraza, eshik, tomi bor bino: uy – nima? So‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot – so‘z turkumiga kiradi. 2. To‘y – tantana, beshik to‘yi, nikoh to‘yi, xatna to‘yi, oltin to‘y kabi tantanali marosim; to‘y – nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot so‘z turkumiga kiradi. 3. Ishchi - biror foydali mehnat bilan shuІullanuvchi shaxs; kim? so‘roiga javob bo‘ladi, ot. 4. Go‘zal – ma’nodoshlari: chiroyli, ko‘rkam, jozibali; qanday? so‘roІiga javob bo‘ladi, sifat. 5. O‘qidi, ishladi – tugallangan harakat ma’nosini bildiradi: qiziqib o‘qidi, tinmasdan ishladi, fe’l. 2 – topshiriq. Mazkur so‘zlar bilan so‘z birikmalari hosil qiling, gaplar tuzing. Kim? nima? qanday? nima qildi? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing. Ularning qanday so‘z turkumiga qarashli ekanligini aytib bering. 3. Ot, sifat, fe’l turkumlariga oid so‘zlarni ajratib guruhlang. Shu tariqa lug‘at diktanti tarkibidagi so‘zlar og‘zaki sharhlansa, o‘quvchilarda: - tafakkur doirasi kengayadi; - fikr ifodalash ko‘nikmasi rivojlanadi; - nutqda so‘z qo‘llash malakasi shakllanadi; - so‘z turkumlari yuzasidan egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Mustaqil so’ z turkumlaridan biri ot so‘z turkumi hisoblanadi. Otning predmet nomini bildirishi kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo‘shiladigan kelishik qo‘shimchalari boshlang‘ich sinflardan o‘quvchilarga ma’lum. Mazkur so‘z turukumini o‘rganishda avvalo ana shu o‘rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida qayta xotirlash va qisman ijodiylikka asoslangan ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi.
 
 
    Takrorlash jarayonida “predmet” tushunchasiga kengroq to‘xtalish lozim. 
Predmet deganda nafaqat qo‘l bilan ishlash, ko‘z bilan ko‘rish yoki o‘lchash 
mumkin bo‘lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar ( ovqat, imorat), 
tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (toshqin, zilzila, momaqaldiroq), harakat 
nomlari (bilim, terim), belgi-holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodlilik, tashvish) 
ham tushiniladi. Otning lug‘aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintiktik 
vazifalariga oid zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar, asosan, amaliy ishlar orqali 
o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Dastur talabiga ko‘ra mazkur so‘z turkumi 
yuzasidan o‘quvchilarni otning lug‘aviy shakllari (son shakli, kichraytirish 
shakllari) atoqli va turdosh otlar, atoqli otlar, ularning turlari va imlosi, kishi nomlari, 
o‘rin-joy nomlari (toponimlar) va ularning imlosi, mahsulot nomlari va imlosi; 
turdosh otlar va ularning guruhlari (aniq va mavhum otlar, aniq otlarning ma’noviy 
guruhlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-koriga ko‘ra shaxs otlari, 
shaxsni boshqa jihatlariga ko‘ra atovchi otlar, shaxs otli birikmalar, hayvonot 
nomlari (zoonimlar), daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-buyum otalari, modda-
ma’dan, xomashyo anglatuvchi otlar, o‘rin-joy (makon) otlari, payt (zamon) 
anglatuvchi otlar, mavhum otlar yuzasidan zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar 
bilan qurollantirish ko‘zda tutilgan.  
    “Ot” so‘z turkumini o‘rganish bu turkum haqida umumiy ma`lumot berish 
bilan boshlanadi. O‘quvchilar Toshkent, Buxoro, “G‘uncha”, “O‘zbekiston ovozi”, 
Ro‘zimurodova, gul, qo‘shiq, non, tuz, go‘zallik, sog‘lik, san`at, nafosat singari 
otlarning har biriga so‘roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir 
guruhdagi otlar uchun umumiy bo‘lgan ma’noni aniqlash va sharhlash orqali 
boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu mustaqil ishlarni bajarish natijasida ular quyidagi 
xulosaga keladilar: Kim? Nima? so‘roqlariga javob bo‘lib, yakka shaxs, narsa 
nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlarni 
atab keladigan so‘zlar ot turkumiga kiradi. Shundan so‘ng “Otlarning lug‘aviy 
shakllari” mavzusi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar 
ekanlar, daraxt-daraxtlar, uy-uylar singari so‘zlarning shakli ustida ishlaydilar, 
Logotip
Takrorlash jarayonida “predmet” tushunchasiga kengroq to‘xtalish lozim. Predmet deganda nafaqat qo‘l bilan ishlash, ko‘z bilan ko‘rish yoki o‘lchash mumkin bo‘lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar ( ovqat, imorat), tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (toshqin, zilzila, momaqaldiroq), harakat nomlari (bilim, terim), belgi-holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodlilik, tashvish) ham tushiniladi. Otning lug‘aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintiktik vazifalariga oid zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar, asosan, amaliy ishlar orqali o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Dastur talabiga ko‘ra mazkur so‘z turkumi yuzasidan o‘quvchilarni otning lug‘aviy shakllari (son shakli, kichraytirish shakllari) atoqli va turdosh otlar, atoqli otlar, ularning turlari va imlosi, kishi nomlari, o‘rin-joy nomlari (toponimlar) va ularning imlosi, mahsulot nomlari va imlosi; turdosh otlar va ularning guruhlari (aniq va mavhum otlar, aniq otlarning ma’noviy guruhlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-koriga ko‘ra shaxs otlari, shaxsni boshqa jihatlariga ko‘ra atovchi otlar, shaxs otli birikmalar, hayvonot nomlari (zoonimlar), daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-buyum otalari, modda- ma’dan, xomashyo anglatuvchi otlar, o‘rin-joy (makon) otlari, payt (zamon) anglatuvchi otlar, mavhum otlar yuzasidan zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish ko‘zda tutilgan. “Ot” so‘z turkumini o‘rganish bu turkum haqida umumiy ma`lumot berish bilan boshlanadi. O‘quvchilar Toshkent, Buxoro, “G‘uncha”, “O‘zbekiston ovozi”, Ro‘zimurodova, gul, qo‘shiq, non, tuz, go‘zallik, sog‘lik, san`at, nafosat singari otlarning har biriga so‘roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir guruhdagi otlar uchun umumiy bo‘lgan ma’noni aniqlash va sharhlash orqali boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu mustaqil ishlarni bajarish natijasida ular quyidagi xulosaga keladilar: Kim? Nima? so‘roqlariga javob bo‘lib, yakka shaxs, narsa nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlarni atab keladigan so‘zlar ot turkumiga kiradi. Shundan so‘ng “Otlarning lug‘aviy shakllari” mavzusi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar, daraxt-daraxtlar, uy-uylar singari so‘zlarning shakli ustida ishlaydilar,
 
 
ko‘plik ma’nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so‘zlar ishtirokida 
gaplar tuzib, ko‘plikni ifodalovchi qo‘shimchalar ma’nosini sharhlaydilar. Atoqli 
otlar o‘rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so‘zlar ustida ish olib 
boriladi. Chunonchi berilgan so‘zlarni:  
1) kishilarning ismi, familyasi, taxallusini ifodalovchi otlar;  
2) jug‘rofiy nomlar;  
3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari;  
4) planeta va yulduzlarning nomi;  
5) tarixiy hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy muassasalarning nomlari;  
6) hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar kabi guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan 
guruhlarni mustaqil davom ettirish “belgi nomi-turdosh ot” qolipli qo‘shma 
toponimlar, “belgi nomi atoqli ot” qolipli jug‘roviy nomlar ro‘yxatini tuzish singari 
ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so‘z zaxirasini 
kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.  
     O‘qituvchilarning so‘z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun matndan 
shaxs otlarini ajratish, tub va yasamalariga ko‘ra guruhlash, ajratilgan so‘zlarga 
ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlab guruhlarni kengaytirish, -chi, -vchi, -uvchi, -
dosh, -kor, -zor, - shunos kabi qo‘shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft 
shaxs otlari lug‘atini tuzish ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy 
topshiriqlar bajariladi. O‘quvchilar egallagan bilimlarga asoslanib,istagan matndan 
otlarga so‘roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning 
aniqligi, ya`ni ishlash, ko‘rish o‘lchash mumkinligi va mumkin emasligiga qarab 
aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom 
ettiradilar.  
    O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash 
muhim o‘rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, berilgan so‘zlar 
ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar 
lug‘atini shunday birikmalar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, 
berilgan bosh yoki tobe so‘zga muvofiq keladigan tobe yoki bosh so‘zlar tanlash 
ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o‘quvchilari so‘z 
Logotip
ko‘plik ma’nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib, ko‘plikni ifodalovchi qo‘shimchalar ma’nosini sharhlaydilar. Atoqli otlar o‘rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so‘zlar ustida ish olib boriladi. Chunonchi berilgan so‘zlarni: 1) kishilarning ismi, familyasi, taxallusini ifodalovchi otlar; 2) jug‘rofiy nomlar; 3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari; 4) planeta va yulduzlarning nomi; 5) tarixiy hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy muassasalarning nomlari; 6) hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar kabi guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish “belgi nomi-turdosh ot” qolipli qo‘shma toponimlar, “belgi nomi atoqli ot” qolipli jug‘roviy nomlar ro‘yxatini tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so‘z zaxirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilarning so‘z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun matndan shaxs otlarini ajratish, tub va yasamalariga ko‘ra guruhlash, ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlab guruhlarni kengaytirish, -chi, -vchi, -uvchi, - dosh, -kor, -zor, - shunos kabi qo‘shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari lug‘atini tuzish ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. O‘quvchilar egallagan bilimlarga asoslanib,istagan matndan otlarga so‘roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning aniqligi, ya`ni ishlash, ko‘rish o‘lchash mumkinligi va mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash muhim o‘rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, berilgan so‘zlar ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar lug‘atini shunday birikmalar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh yoki tobe so‘zga muvofiq keladigan tobe yoki bosh so‘zlar tanlash ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o‘quvchilari so‘z
 
 
dovrug‘i, g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari kabi so‘zlarni topib qo‘shib, maktabimiz 
kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so‘z birikmalari hosil qiladilar. O‘quvchilar 
uchun ancha qiyinchilik tug‘diradigan muammolardan biri qo‘shma otlar va ularning 
imlosidir. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan so‘z birikmalaridan joy nomlari hosil 
qilish (qora ko‘l-qorako‘l, yangi er-yangier, etti o‘g‘il-ettio‘g‘il, ko‘hna machit-
Ko‘hnamachit, katta qo‘rg‘on-Kattaqo‘rg‘on v.h.) qo‘shma so‘zlarni so‘z 
birikmalariga 
aylantirish 
(paxtagul-paxta 
guli, 
boshog‘riq-bosh 
og‘rig‘i, 
badantarbiya-badan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog‘i, gulbozor-gul bozori, 
otbozor-ot bozori v.h.) berilgan qo‘shma so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning imlosini 
sharhlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta 
o‘zlashtirishini ta`minlaydi.  
    Ot so‘z turkumi haqida o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash, ularni 
uslubiyat bilan bog‘lab rivojlantirish uchun turli mavzulardagi matnlardan ma’rifiy 
foydalansa bo‘ladi. Matnni tahlil qilishda ta’limning oldingi bosqinchlarida 
o‘rganilgan ot so‘z turkumi haqidagi ma’lumotlariga tayaniladi. Bunda quyidagi 
amaliy topshiriqlar bajariladi.  
1– topshiriq. Matnda uchragan otlarning lug‘aviy ma’nosini sharhlang. qanday 
so‘roqqa javob bo‘lishini ayting.  
2– toshiriq. Ajratilgan so‘zlarga, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlang.  
3– topshiriq. Kim? nima? qaer? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi so‘z 
turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli so‘z 
birikmalarini tuzing. 
4. Hosil qilingan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.  
5. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating.  
    Ona tili mashg‘ulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari, 
mashqlar va matn taqlillar vositasida olib borish tizimli va izchil bilim olishga zamin 
hozirlaydi, ta’lim mazmunini takommillashtiradi, o‘quv biluv faoliyatini 
jadallashtiradi. Nazariyani amaliyot zaminida o‘rganish mustaqil fikrlash hamda 
ijodiy qobiliyatni o‘stirishga yordam beradi. O‘quvchilar so‘z yasovchi, so‘z 
o‘zgartiruvchi, va shakl yasovchi qo‘shimchalar xususida zaruriy bilim, malaka va 
Logotip
dovrug‘i, g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari kabi so‘zlarni topib qo‘shib, maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so‘z birikmalari hosil qiladilar. O‘quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradigan muammolardan biri qo‘shma otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan so‘z birikmalaridan joy nomlari hosil qilish (qora ko‘l-qorako‘l, yangi er-yangier, etti o‘g‘il-ettio‘g‘il, ko‘hna machit- Ko‘hnamachit, katta qo‘rg‘on-Kattaqo‘rg‘on v.h.) qo‘shma so‘zlarni so‘z birikmalariga aylantirish (paxtagul-paxta guli, boshog‘riq-bosh og‘rig‘i, badantarbiya-badan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog‘i, gulbozor-gul bozori, otbozor-ot bozori v.h.) berilgan qo‘shma so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o‘zlashtirishini ta`minlaydi. Ot so‘z turkumi haqida o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash, ularni uslubiyat bilan bog‘lab rivojlantirish uchun turli mavzulardagi matnlardan ma’rifiy foydalansa bo‘ladi. Matnni tahlil qilishda ta’limning oldingi bosqinchlarida o‘rganilgan ot so‘z turkumi haqidagi ma’lumotlariga tayaniladi. Bunda quyidagi amaliy topshiriqlar bajariladi. 1– topshiriq. Matnda uchragan otlarning lug‘aviy ma’nosini sharhlang. qanday so‘roqqa javob bo‘lishini ayting. 2– toshiriq. Ajratilgan so‘zlarga, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlang. 3– topshiriq. Kim? nima? qaer? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi so‘z turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli so‘z birikmalarini tuzing. 4. Hosil qilingan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing. 5. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating. Ona tili mashg‘ulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari, mashqlar va matn taqlillar vositasida olib borish tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi, ta’lim mazmunini takommillashtiradi, o‘quv biluv faoliyatini jadallashtiradi. Nazariyani amaliyot zaminida o‘rganish mustaqil fikrlash hamda ijodiy qobiliyatni o‘stirishga yordam beradi. O‘quvchilar so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi, va shakl yasovchi qo‘shimchalar xususida zaruriy bilim, malaka va
 
 
ko‘nikmalarni egallashgach, so‘z tarkibi bilan tanishadilar hamda so‘zning asosi 
xususida umumlashma hosil qiladilar. Bu so‘z turkumlarini puxta o‘rganish uchun 
poydevordir. Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchida og‘zaki va yozma nutqni 
mukammal egallash, til imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish 
madaniyatini tarbiyalaydi. Nutq madaniyati oddiy salom-alikdan tortib, kimga, 
nimaga, qachon, qaerda, qanday so‘zlashgacha bo‘lgan sharqona odob sirlarini 
o‘rgatadi. Morfologiyani o‘rganish o‘quvchi mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini 
kengaytiradi, so‘zning turli shakllarini gap tarkibida hamda bog‘lanishli nutqda 
o‘rinli ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.  
 
 
 
 
 
 
 
1.2 
.  BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI 
MAVZUSINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM 
TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 
    So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning 
leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga 
ajratilishi, ya'ni so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.  
    Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va 
yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni ko'zda tutmaydi, 
ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.  
    So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va 
yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l-lar bilan boyitish, 
o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini aniq 
tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish 
malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z 
Logotip
ko‘nikmalarni egallashgach, so‘z tarkibi bilan tanishadilar hamda so‘zning asosi xususida umumlashma hosil qiladilar. Bu so‘z turkumlarini puxta o‘rganish uchun poydevordir. Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchida og‘zaki va yozma nutqni mukammal egallash, til imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish madaniyatini tarbiyalaydi. Nutq madaniyati oddiy salom-alikdan tortib, kimga, nimaga, qachon, qaerda, qanday so‘zlashgacha bo‘lgan sharqona odob sirlarini o‘rgatadi. Morfologiyani o‘rganish o‘quvchi mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini kengaytiradi, so‘zning turli shakllarini gap tarkibida hamda bog‘lanishli nutqda o‘rinli ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 1.2 . BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI MAVZUSINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya'ni so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni ko'zda tutmaydi, ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l-lar bilan boyitish, o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini aniq tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z
 
 
turkumlarini o'rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida 
muntazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma 
ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning shaxsiy 
tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan 
bog'lash muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish 
ko'nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir 
vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.  
    Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda 
shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq 
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, 
otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida 
bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Til hodisasi sifatida otning 
xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga 
olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o'rganish izchilligi belgilangan. 
Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:  
1) ,,Ot" haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;  
2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan so'rog'iga javob 
bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni gan) otlarni farqlash ko'nikmasini 
hosil qilish;  
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan ornlar va 
geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish;  
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;  
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini shakllantirish;  
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishi 
haqida malaka hosil qilish;  
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o'rinli 
foydalanish malakasini o'stirish;  
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Bu vazifalarning 
har biri alohida etnas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq holda hal etiladi.  
Logotip
turkumlarini o'rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o'rganish izchilligi belgilangan. Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar: 1) ,,Ot" haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; 2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan so'rog'iga javob bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni gan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil qilish; 3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan ornlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish; 4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish; 5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini shakllantirish; 6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish; 7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o'rinli foydalanish malakasini o'stirish; 8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Bu vazifalarning har biri alohida etnas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq holda hal etiladi.
 
 
Shu bilan birga, ,,Ot" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish 
lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-
sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) 
o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini 
o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan 
qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini 
o'rganishga e'tibor qaratiladi [8; 56]. O'quvchilarning nutqi va tafakkurini o'stirish 
vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik 
materialni o'rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o'quvchilar 
lug'atini boyitishga, bog'lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini 
o'stirishga qaratiladi. So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma'nolari va 
grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma'nosi 
shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, (lush, hayvon, 
asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog'), o'simliklar 
(paxta, beda, gul), voqealar (yig'in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo'ron, 
yomg'ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-
holat (uyqu, sevinch, kurash), o`rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. 
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, egalik 
qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega, 
to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, 
olmosh, fe'l bilan birika oladi. Otning ma'nolari va grammatik belgilari xiyla 
murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni 
bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot 
so’z turkumini o’rgatishda quyidagi didaktik o’yinlardan samarali foydalanish 
mumkin. 
    «Maqollarda antonimlar» Ma’lumki, o’zbek xalq maqollarida antonimlar 
ko’proq uchraydi. Shu bois bu shartda o’quvchilar navbatma-navbat ot antonimlar 
ishtirok etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan 
qoch», «do’st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo’l, 
kichikka izzatda» va x.k. «Zinapoya» usuli O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. 
Logotip
Shu bilan birga, ,,Ot" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2- sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini o'rganishga e'tibor qaratiladi [8; 56]. O'quvchilarning nutqi va tafakkurini o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o'rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi. So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma'nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma'nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, (lush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog'), o'simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig'in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo'ron, yomg'ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat- holat (uyqu, sevinch, kurash), o`rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe'l bilan birika oladi. Otning ma'nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatishda quyidagi didaktik o’yinlardan samarali foydalanish mumkin. «Maqollarda antonimlar» Ma’lumki, o’zbek xalq maqollarida antonimlar ko’proq uchraydi. Shu bois bu shartda o’quvchilar navbatma-navbat ot antonimlar ishtirok etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do’st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda» va x.k. «Zinapoya» usuli O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi.
 
 
So’ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda «zinapoya» chiziladi. Ma’lumki, antonimlar 
o’z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga 
yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o’quvchilarning o’zlari topadi, ular 
zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o’quvchilarda tezkorlik talab etiladi. 
Chunki qaysi guruh o’quvchilari birinchi bo’lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib 
bo’ladi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa, zinalar soni shuncha bo’ladi.  
    Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri 
“Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan darsning 
da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod turli xil 
g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu 
metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. 
“Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh-guruh bo’lib 
ishlashda foydalanish mumkin. Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini 
umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. 
“Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari 
yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab 
boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan 
bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart. Masalan, so’z 
turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda o’quvchilarda darsga 
bo’lgan qiziqishi kuchayadi.  
    Tarmoqlash usulidan 3-sinfda “So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda 
foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi:  
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi? Ularning 
javobini doskaga yozib boriladi. Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot; 
belgi bildirgan so’zlar sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar 
son degan atama bilan tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi.  
-O’ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin? So’z 
turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan oldin 
foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar 
Logotip
So’ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda «zinapoya» chiziladi. Ma’lumki, antonimlar o’z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o’quvchilarning o’zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o’quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh o’quvchilari birinchi bo’lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib bo’ladi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa, zinalar soni shuncha bo’ladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri “Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. “Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin. Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart. Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi. Tarmoqlash usulidan 3-sinfda “So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi: - So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi? Ularning javobini doskaga yozib boriladi. Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot; belgi bildirgan so’zlar sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi. -O’ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin? So’z turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan oldin foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar
 
 
aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga 
yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi.  
    4- sinfda “ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash 
darsida “Zig- zag” metodi ham yaxshi samara berdi [8; 50].  Sinf jamoasini kichik 
guruhlarga bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har bir guruhda 
boshqaruvchi belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni to’ldiradi va 
sistemaga soladi. Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan foydalandik. Bir 
xildagi doiracha olgan bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda kuchlarning teng 
bo’lishiga e’tibor berdik.  
1- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?  
2. Ot so’z turkumidagi so’zlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi? Otga 
qo’shiladigan qo’shimchalarning vazifalarini ayting.  
2- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?  
2. Otning belgilarini bildiradigan so’z turkumi qaysi?U otning qanday 
belgilarini bildiradi? 3- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini 
o’rgandingiz?  
2. Ot , sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni 
misollar bilan tushuntiring.  
4- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?  
2. Ot, sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni Misollar 
bilan tushuntiring.  
5- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?  
2. Son so’z turkumining xususiyatlarini klasterda ifodalang.  
    Sonlar nimaning miqdori va tartibini bildiradi? O’quvchilarning jamoasi 
vazifani bajarib bo’lishgach, guruhlar almashtirildi, ya’ni boshqaruvchi guruhidagi 
o’quvchilarni ikkita va bitta qilib boshqa guruhlarga tarqatdi. Yangi tuzilgan 
jamoada har bir guruh vakili tartib bilan o’z bilganlarini boshqalarga tushuntirib 
berdi. Shundan so’ng o’rganilganlar yuzasidan taqdimot bo’ldi. O’qituvchi savollar 
yordamida sinf o’quvchilarining bilimlarini aniqlaydi. O’quvchilar tuzgan 
klasterlarini kalit so’zlarning ma’no va xususiyatlarini izohlab beradi.     
Logotip
aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi. 4- sinfda “ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsida “Zig- zag” metodi ham yaxshi samara berdi [8; 50]. Sinf jamoasini kichik guruhlarga bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har bir guruhda boshqaruvchi belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni to’ldiradi va sistemaga soladi. Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan foydalandik. Bir xildagi doiracha olgan bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda kuchlarning teng bo’lishiga e’tibor berdik. 1- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 2. Ot so’z turkumidagi so’zlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi? Otga qo’shiladigan qo’shimchalarning vazifalarini ayting. 2- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 2. Otning belgilarini bildiradigan so’z turkumi qaysi?U otning qanday belgilarini bildiradi? 3- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 2. Ot , sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni misollar bilan tushuntiring. 4- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 2. Ot, sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni Misollar bilan tushuntiring. 5- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 2. Son so’z turkumining xususiyatlarini klasterda ifodalang. Sonlar nimaning miqdori va tartibini bildiradi? O’quvchilarning jamoasi vazifani bajarib bo’lishgach, guruhlar almashtirildi, ya’ni boshqaruvchi guruhidagi o’quvchilarni ikkita va bitta qilib boshqa guruhlarga tarqatdi. Yangi tuzilgan jamoada har bir guruh vakili tartib bilan o’z bilganlarini boshqalarga tushuntirib berdi. Shundan so’ng o’rganilganlar yuzasidan taqdimot bo’ldi. O’qituvchi savollar yordamida sinf o’quvchilarining bilimlarini aniqlaydi. O’quvchilar tuzgan klasterlarini kalit so’zlarning ma’no va xususiyatlarini izohlab beradi.
 
 
    O’quvchilarning nazariy bilimlarini amalga tadbiq etish ko’nikmalarini 
aniqlash uchun mashqlar bajariladi. Bunda ham mustaqil ish metodidan foydalanib, 
har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi.  
    1-guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobi” dagi Sh. Sa’dullaning ” Laqma it” 
asaridan kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni aniqlab jadvalga joylang. 
Ularning imlosini esingizda tuting.  
   2- guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobida” dagi Abdulla Oripovning 
Dehqonbobo va o’n uch bolakay” qissasi asaridan (4- sinf) fe’llarni topib, alifbo 
tartibida yozing [8; 68]. Boshqa guruhlar uchun ham shu xildagi topshiriqlar 
beriladi. Bu metod o’quvchilarni jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasining 
shakllanishiga, vaqtning tejalishiga yordam berdi. So’z turkumlarini o’rganishda ” 
Qora quti” metodidan ham foydalandik. Bunda o’quvchilar juft bo’lib ishladilar. Har 
bir juftlikka ” Ot, sifat, fe’l, son turkumining moniyatini yorituvchi tayanch so’zlar, 
raqamlar, belgilarni kartochkalarga qayd eting” topshirig’i berildi.Ular turli 
grammatik belgilar, sxemalar, raqmlar yozilgan kartochkalar tayyorladilar. 
O’quvchilar hamkorlikda bajargan ishlardan (kartochkalardan) namunalar 
keltiramiz:  
1-kartochka. Chiziqlar o’rniga mos so’zlarni qo’yib gap tuzing.Tuzgan 
gapingizdagi so’zlarning turkumini aniqlang.( kartochkada chiziqlar beriladi)  
2- kartochka. O’zak so’z yasovchi qo’shimcha so’z o’zgartiruvchi 
qo’shimchalarga mos so’z toping . Uning turkumini aniqlang.  
3- kartochka. Berilgan tayanch so’zlar yordamida rasmdan foydalanib ” Ikki 
do’st” mavzusida hikoya tuzing.  
4- kartochka. 2, 2006,4, 7, 8, 11- raqamlarini harfiy ifodalar bilan yozib, 
o’zingizning hayotingiz bilan bog’liq matn tuzing va yozing.  
5- kartochka. To’lqinli chiziq, bitta to’g’ri chiziq, ikki to’g’ri chiziq belgilar 
bo’yicha gap tuzing.  
    So’z turkumlarini o’rganishda ”Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha” 
metodidan ham foydalanish mumkin. Buni biz ” Ortiqchasini ajrat” degan topshiriq 
bilan berdik. O’quvchilarga bir turkumdagi so’zlar ichiga boshqa turkumga doir 
Logotip
O’quvchilarning nazariy bilimlarini amalga tadbiq etish ko’nikmalarini aniqlash uchun mashqlar bajariladi. Bunda ham mustaqil ish metodidan foydalanib, har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi. 1-guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobi” dagi Sh. Sa’dullaning ” Laqma it” asaridan kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni aniqlab jadvalga joylang. Ularning imlosini esingizda tuting. 2- guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobida” dagi Abdulla Oripovning Dehqonbobo va o’n uch bolakay” qissasi asaridan (4- sinf) fe’llarni topib, alifbo tartibida yozing [8; 68]. Boshqa guruhlar uchun ham shu xildagi topshiriqlar beriladi. Bu metod o’quvchilarni jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasining shakllanishiga, vaqtning tejalishiga yordam berdi. So’z turkumlarini o’rganishda ” Qora quti” metodidan ham foydalandik. Bunda o’quvchilar juft bo’lib ishladilar. Har bir juftlikka ” Ot, sifat, fe’l, son turkumining moniyatini yorituvchi tayanch so’zlar, raqamlar, belgilarni kartochkalarga qayd eting” topshirig’i berildi.Ular turli grammatik belgilar, sxemalar, raqmlar yozilgan kartochkalar tayyorladilar. O’quvchilar hamkorlikda bajargan ishlardan (kartochkalardan) namunalar keltiramiz: 1-kartochka. Chiziqlar o’rniga mos so’zlarni qo’yib gap tuzing.Tuzgan gapingizdagi so’zlarning turkumini aniqlang.( kartochkada chiziqlar beriladi) 2- kartochka. O’zak so’z yasovchi qo’shimcha so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarga mos so’z toping . Uning turkumini aniqlang. 3- kartochka. Berilgan tayanch so’zlar yordamida rasmdan foydalanib ” Ikki do’st” mavzusida hikoya tuzing. 4- kartochka. 2, 2006,4, 7, 8, 11- raqamlarini harfiy ifodalar bilan yozib, o’zingizning hayotingiz bilan bog’liq matn tuzing va yozing. 5- kartochka. To’lqinli chiziq, bitta to’g’ri chiziq, ikki to’g’ri chiziq belgilar bo’yicha gap tuzing. So’z turkumlarini o’rganishda ”Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha” metodidan ham foydalanish mumkin. Buni biz ” Ortiqchasini ajrat” degan topshiriq bilan berdik. O’quvchilarga bir turkumdagi so’zlar ichiga boshqa turkumga doir
 
 
so’zlar arlashtirib berildi. O’quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so’zlarni 
ajratib olishdi va nima uchun ajratib olish sababiui izohlab berishadi. Bu usulni biz 
kartochkalar yordamida va kompyuterda bajartirdik. Ortiqchasini ajratishgandan 
so’ng mavzuga taalluqli so’zlarni husnixat bilan daftarlariga yozdirdik. Berilgan 
topshiriqlardan namunalar keltiramiz: Otlar ichidan ortiqchasini ajrat. Daraxt, suv, 
osmon, ko’k, mard, kamalak, yomg’ir, tiniq. Sifatlar ichidan ortiqchasini ajrat. 
Baland, keng, choynak, piyola, tor, katta, past, cho’mich, kapkir, kichik. Fe’llar 
ichidan ortiqchasini ajrat. Yuvindi, tebrandi, yugurdi, dutor, rubob, chrchadi, 
yangradi. Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar tovush, bo’g’in, so’z va 
gaplarni grafik ifodalar ostida anglab, tushunib boradilar [5; 10]. Ona tili 
darsliklarida ham grafik ifodalardan foydalaniladi. Masalan, 1-sinfda ayrim harflar 
imlosi katakchalar ifodasidan joy nomlarini topib qo’llashda, topishmoq she’rning 
javobi o’rnida  belgi bildirgan so’zlarni gap mazmuniga mos va o’rinli qo’llashga 
o’rgatishda  gap mazmuniga mos harakat bildirgan so’zlarni qo’yishda, narsa va 
harakatni bildirgan so’zlardan gap mazmuniga mosini tanlashga o’rgatishda to’g’ri 
chiziq ifodasidan foydalanilgan.  
    2- sinf ” Ona tili” darsligida ayrim harflar imlosida grafik belgi sifatida nuqta 
belgisidan , krossvorddan, shaxs va narsa nomini, belgini, sanoq va tartibni, 
harakatni bildirgan, so’zlarni gap mazmuniga mosini tanlab qo’yishda uch nuqta 
belgisidan foydalanilgan.  
    3- sinfda ”Ona tili” darsligida so’z tarkibini o’rganishda, otning ma’no 
turlarini 
o’rganishda, 
gap 
bo’laklarining 
bog’lanishida 
grafik 
tasvirdan 
foydalanilgan.  
    4- sinf ”Ona tili” darsligida ham shu kabi grafik tasvirlar qo’llangan. 
Yuqoridagi tahlil shuni ko’rsatadiki, ona tili darsliklarida grafik tasvirlardan 
grammatik qoidasini anglatishdagina foydalanilgan. Lekin bu grafik tasvirlarda 
maqsadga yo’naltirilgan holda izchil rivojlantiruvchi tamoyil nazrada tutilmagan. 
Grafik tasvirlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavhum tafakkurini o’stirishda 
juda qo’l kelishi bilan birga, o’quvchining tilning yozma shaklini egallashga bo’lgan 
qiziqishini oshiradi, tilning bir butun qoliplangan Sistema ekanini anglashlarini 
Logotip
so’zlar arlashtirib berildi. O’quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so’zlarni ajratib olishdi va nima uchun ajratib olish sababiui izohlab berishadi. Bu usulni biz kartochkalar yordamida va kompyuterda bajartirdik. Ortiqchasini ajratishgandan so’ng mavzuga taalluqli so’zlarni husnixat bilan daftarlariga yozdirdik. Berilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz: Otlar ichidan ortiqchasini ajrat. Daraxt, suv, osmon, ko’k, mard, kamalak, yomg’ir, tiniq. Sifatlar ichidan ortiqchasini ajrat. Baland, keng, choynak, piyola, tor, katta, past, cho’mich, kapkir, kichik. Fe’llar ichidan ortiqchasini ajrat. Yuvindi, tebrandi, yugurdi, dutor, rubob, chrchadi, yangradi. Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar tovush, bo’g’in, so’z va gaplarni grafik ifodalar ostida anglab, tushunib boradilar [5; 10]. Ona tili darsliklarida ham grafik ifodalardan foydalaniladi. Masalan, 1-sinfda ayrim harflar imlosi katakchalar ifodasidan joy nomlarini topib qo’llashda, topishmoq she’rning javobi o’rnida belgi bildirgan so’zlarni gap mazmuniga mos va o’rinli qo’llashga o’rgatishda gap mazmuniga mos harakat bildirgan so’zlarni qo’yishda, narsa va harakatni bildirgan so’zlardan gap mazmuniga mosini tanlashga o’rgatishda to’g’ri chiziq ifodasidan foydalanilgan. 2- sinf ” Ona tili” darsligida ayrim harflar imlosida grafik belgi sifatida nuqta belgisidan , krossvorddan, shaxs va narsa nomini, belgini, sanoq va tartibni, harakatni bildirgan, so’zlarni gap mazmuniga mosini tanlab qo’yishda uch nuqta belgisidan foydalanilgan. 3- sinfda ”Ona tili” darsligida so’z tarkibini o’rganishda, otning ma’no turlarini o’rganishda, gap bo’laklarining bog’lanishida grafik tasvirdan foydalanilgan. 4- sinf ”Ona tili” darsligida ham shu kabi grafik tasvirlar qo’llangan. Yuqoridagi tahlil shuni ko’rsatadiki, ona tili darsliklarida grafik tasvirlardan grammatik qoidasini anglatishdagina foydalanilgan. Lekin bu grafik tasvirlarda maqsadga yo’naltirilgan holda izchil rivojlantiruvchi tamoyil nazrada tutilmagan. Grafik tasvirlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavhum tafakkurini o’stirishda juda qo’l kelishi bilan birga, o’quvchining tilning yozma shaklini egallashga bo’lgan qiziqishini oshiradi, tilning bir butun qoliplangan Sistema ekanini anglashlarini
 
 
ta’minlaydi. Ayniqsa, o’zlashtirishi qiyin o’quvchilarga kata metodik yordam 
bo’ladi. Grafik tasvir ijodiy xarakterda bo’lsa, ular o’quvchilarning ijodiy 
fikrlashlarini rivojlantiradi, aktivlashtiradi. Topshiriqni bajarishda o’z kuchiga 
ishonchni paydo qiladi. Grafik tasvirlardan foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yishda 
ona tili ta limi oldida turgan masalalar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish; Ikkinchidan, grafik 
tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil tizimini ishlab chiqish; 
Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida foydalanish 
zarurligini belgilab olish; To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini 
ishlab chiqish. Hozirgi kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha , 
bo’g’in ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi,gap 
bo’laklari ifodasi mavjud [8; 4]. Ko’rinadiki, grafik tasvirlardan ona tilidan 
o’rganiladigan barcha mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik 
tasvirning izchil sistemasini ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik tasvirli 
topshiriqlar ko’zlangan ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari yangi 
nazariy qoidani o’rganishda, mustahkamlashda qo’llab ko’rdik. Ular mavzuni 
yaxshi o’zlashtirishlariga katta yordam berdi. Masalan, 4- sinfda ot turkumini 
o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad o’quvchilarning ot turkumiga oid 
so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri 
foydalanishga o’rgatish bo’ldi. Buning uchun quyidagi tizimdagi grafik tasvirlardan 
foydalanildi:  
1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi.Sxemalariga qarab, kim 
birinchi ularni tartiblashtiradi? Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi, 
ko’karadi, yashil, isiydi, issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq.  
2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga matn 
sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi? Yil qaysi fasl bilan 
boshlanadi? Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi? So’zlardan sxemaga mos gap 
tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi) Qor, qish, oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan, 
keldi. Gapni birikmalarga ajrating. Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda 
qo’ying. Ulardan bir voqeani ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala 
Logotip
ta’minlaydi. Ayniqsa, o’zlashtirishi qiyin o’quvchilarga kata metodik yordam bo’ladi. Grafik tasvir ijodiy xarakterda bo’lsa, ular o’quvchilarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradi, aktivlashtiradi. Topshiriqni bajarishda o’z kuchiga ishonchni paydo qiladi. Grafik tasvirlardan foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yishda ona tili ta limi oldida turgan masalalar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish; Ikkinchidan, grafik tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil tizimini ishlab chiqish; Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida foydalanish zarurligini belgilab olish; To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini ishlab chiqish. Hozirgi kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha , bo’g’in ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi,gap bo’laklari ifodasi mavjud [8; 4]. Ko’rinadiki, grafik tasvirlardan ona tilidan o’rganiladigan barcha mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik tasvirning izchil sistemasini ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik tasvirli topshiriqlar ko’zlangan ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari yangi nazariy qoidani o’rganishda, mustahkamlashda qo’llab ko’rdik. Ular mavzuni yaxshi o’zlashtirishlariga katta yordam berdi. Masalan, 4- sinfda ot turkumini o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad o’quvchilarning ot turkumiga oid so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish bo’ldi. Buning uchun quyidagi tizimdagi grafik tasvirlardan foydalanildi: 1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi.Sxemalariga qarab, kim birinchi ularni tartiblashtiradi? Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi, ko’karadi, yashil, isiydi, issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq. 2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga matn sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi? Yil qaysi fasl bilan boshlanadi? Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi? So’zlardan sxemaga mos gap tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi) Qor, qish, oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan, keldi. Gapni birikmalarga ajrating. Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda qo’ying. Ulardan bir voqeani ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala
 
 
guruhga bir xil rasmlar beriladi. Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham 
beriladi. Ularning ijodiy ishlari taqqoslanadi va baholanadi. “Kim ko’p so’z tuzadi?“ 
o’yini. Kartochkalarga bosma harflar tarqoqlikda yozib qo’yiladi. O’quvchilar shu 
harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin kompyuter dasturiga ham kiritilishi 
mumkin. 1. Berilgan harflar ishtirokida otlar tuzib yozing.  
2. Berilgan harflar ishtirokida sifatlar tuzib yozing.  
3. Berilgan harflar ishtirokida fe’llar tuzib yozing.  
4. Berilgan harflar ishtirokida turli turkumga oid so’zlar tuzib yozing. 
Kartochkalardan namunalar:  
T X N O A B L K I U 
 Tuzilgan so’zlar: Non, nok, ota, ona, bola, kaklik, kakku, tulki, ukki, tok, bobo, 
aka, uka, xon va hokazo. 
    Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan bog’liq topshiriqlar 
beriladi.Masalan, tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni ma’nosiga ko’ra 
turlarga ajrating. Xulosa Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va 
intellektual salohiyatning oshib borishi zamonaviy bilimlarning egallanishiga turtki 
bo’ladi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi innovasion o’zgarishlar va ularni zamonamizning 
yangi ilg’or talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish muhim vazifa va 
maqsadlardan biribir.  
    Bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi va 
to’plangan tajribani tahlil qilish, umumlashtirish asosida mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanishga 
e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan jamiyatning 
barcha jabhalari, xususan, ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnalogiyalaridan 
keng foydalanishni yo’lga qo’yishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o’laroq, bugun 
jamiyatning barcha sohalari va xalqimiz turmush tarziga kompyuter texnalogiyalari 
chuqur kirib borayapti [3; 30]. Jamiyat hayotiga kompyuterning keng miqiyosda 
kirib kelishi fuqarolarga axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. 
Tobora shakllanib borayotgan kompyuter texnologiya axborotni yetkazish va qabul 
qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil 
Logotip
guruhga bir xil rasmlar beriladi. Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham beriladi. Ularning ijodiy ishlari taqqoslanadi va baholanadi. “Kim ko’p so’z tuzadi?“ o’yini. Kartochkalarga bosma harflar tarqoqlikda yozib qo’yiladi. O’quvchilar shu harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin kompyuter dasturiga ham kiritilishi mumkin. 1. Berilgan harflar ishtirokida otlar tuzib yozing. 2. Berilgan harflar ishtirokida sifatlar tuzib yozing. 3. Berilgan harflar ishtirokida fe’llar tuzib yozing. 4. Berilgan harflar ishtirokida turli turkumga oid so’zlar tuzib yozing. Kartochkalardan namunalar: T X N O A B L K I U Tuzilgan so’zlar: Non, nok, ota, ona, bola, kaklik, kakku, tulki, ukki, tok, bobo, aka, uka, xon va hokazo. Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan bog’liq topshiriqlar beriladi.Masalan, tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni ma’nosiga ko’ra turlarga ajrating. Xulosa Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va intellektual salohiyatning oshib borishi zamonaviy bilimlarning egallanishiga turtki bo’ladi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi innovasion o’zgarishlar va ularni zamonamizning yangi ilg’or talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish muhim vazifa va maqsadlardan biribir. Bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi va to’plangan tajribani tahlil qilish, umumlashtirish asosida mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan jamiyatning barcha jabhalari, xususan, ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnalogiyalaridan keng foydalanishni yo’lga qo’yishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o’laroq, bugun jamiyatning barcha sohalari va xalqimiz turmush tarziga kompyuter texnalogiyalari chuqur kirib borayapti [3; 30]. Jamiyat hayotiga kompyuterning keng miqiyosda kirib kelishi fuqarolarga axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Tobora shakllanib borayotgan kompyuter texnologiya axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil
 
 
qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan axborot vositalaridan texnikalar 
alohida ahamiyatga egadir. Texnika “Inson-kompyuter” interaktiv (dialogik) 
muloqotning yangi takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda keng 
va har taraflama axborot oladi [6; 440]. Texnika vositalari asosida o’quvchilarga 
ta’lim va tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalasidandir. Texnika vositalari 
uning mazmun-mohiyati, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan olib 
boriladigan dars undan foydalanish metodikasi, multimediali didaktik o’yinlardan 
foydalanish usullari, tavsiyalar, amaliy ma’lumotlar muhimdir. Mazkur texnika 
vositalaridan foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli 
hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, ijtimoiy, iqtisodiy, 
ma’naviy, aqliy, axloqiy xislatlarini shakllantirishga ko’maklashishdir. 
 
 
 
 
 
II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA OT SO’Z TURKUMINI 
O’RGATISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH 
2.1. O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH METODIKASI 
     Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari 
(so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va 
xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga 
ta’siretish vazifasini bajaradi.  
     Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim 
vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda 
muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir.  
      Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda 
tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik 
qurilishi, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi 
ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik 
Logotip
qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan axborot vositalaridan texnikalar alohida ahamiyatga egadir. Texnika “Inson-kompyuter” interaktiv (dialogik) muloqotning yangi takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har taraflama axborot oladi [6; 440]. Texnika vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalasidandir. Texnika vositalari uning mazmun-mohiyati, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan olib boriladigan dars undan foydalanish metodikasi, multimediali didaktik o’yinlardan foydalanish usullari, tavsiyalar, amaliy ma’lumotlar muhimdir. Mazkur texnika vositalaridan foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, aqliy, axloqiy xislatlarini shakllantirishga ko’maklashishdir. II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA OT SO’Z TURKUMINI O’RGATISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH 2.1. O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH METODIKASI Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’siretish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir. Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik
 
 
qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va 
priyomlarni qo‘llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar 
nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:  
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar 
nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma 
bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.  
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material 
qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.  
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari 
yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli 
o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.  
    Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:  
1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.  
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq 
malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.  
3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.  
    Nutq o‘stirishda uch yunalish aniq ajraladi:  
1) so‘z ustida ishlash;  
2)so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;  
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.  
    So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib 
leksikalogiya (frazealogiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis 
xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab 
sintaktik butunlik lingvistikaga asoslanadi. Nutq o‘stirishda izchyaillik to‘rt shartni, 
ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini 
umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. 
Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z 
fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar [9; 28]. 
Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan “o‘ylangan” 
(fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar 
Logotip
qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur: 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular: 1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish. 2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. 3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish. Nutq o‘stirishda uch yunalish aniq ajraladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2)so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash. So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikalogiya (frazealogiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikaga asoslanadi. Nutq o‘stirishda izchyaillik to‘rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar [9; 28]. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan “o‘ylangan” (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar