O‘ZBEK XALQ OMMAVIY JANRLARI.
Reja:
1. Xalq musiqasi.
2. To’y-marosim qo’shiqlari.
3. Marsiya va yig’i-yo’qlov.
4. Mehnat qo’shiqlari.
5. Afsunli qo’shiq.
6. Terma.(Qo’shiq, lapar, yalla, ashula, katta ashula)
7. O’zbek xalq qo’shiqchiligining ohang tuzilmalari.
O’zbek xalqining o’z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib
taqaladigan musiqa merosi, monodiyaning barcha xilma-xil janrlari hamda boy
tasviriy vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda. U o’zida xalq
ijodi (ya’ni asl folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va
cholg’u asarlar ( jumladan turkumli maqom va boshqa janrlar)ni o’z ichiga olgan
og’zaki an’anadagi professional musiqani birlashtiradi. Qahramonlik hamda
qahramonona-lirik mazmundagi epik asarlar --dostonlar ham muhim o’rin
egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti musiqa ijrochiligi
uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrlari ham g’oyat rang-
barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.
1.Xalq
musiqasi.
O’zbek
folklori
har
qanday
xalq
ijodi kabi
mehnatkashlarning fikri, orzu umidlari, ularning turmushi va ahloqi ,ijtimoiy va
milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq
musiqasining mavzu jihatidan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan
o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z bajaradigan
vazifasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
1.Ma’lum vaqt yoki ma’lum sharoitdagina ijro etiladigan qo’shiq-ashulalar
va cholg’u kuylar. Bular oilaviy-marosim qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari, allalar
va boshqalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan
cholg’u kuylardir.
2. Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, ya’ni hamma joyda ijro etiladigan
qo’shiq va cholg’u kuylar. Ularga o’zbek xalqining an’anaviy musiqali folklor
janrlari--terma (yoki cho’blama), qo’shiq (tor ma’noda) lapar, yalla va ashula,
shuningdek, xuddi ularga o’xshash tipdagi cholg’u p’esalar kiradi.
Har bir guruh o’ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan, ijro etilishi
ma’lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo’shiq
janrlarining mavzui o’zlariga xos ma’lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan
bog’liq bo’lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Bosh mavzudan
ba’zan uchrab turadigan chetlashishlar lirik o’ychanlik va umulashtirilgan
nasihatgo’yliklar doirasida bo’ladi. Misol sifatida kelinni kuyovning uyiga
kuzatayotgan paytda odatda ijro etiladigan “Yor-yor”ni keltirish mumkin.( “Hay
hay o’lan jon o’lan”)
2. To’y-marosim qo’shiqlari. To’y marosim qo’shiqlarining mavzui kelinni
maqtash, er-xotinlik hayotiga taalluqli pand-nasihatlar, kelinning kuyov uyidagi
odob qoidalari, sodir bo’layotgan marosimning ko’tarinkiligi haqidagi obrazli
poetik taqqoslashlar bilan chegaralangan. Misol sifatida keltirilgan “Yor-yor”
shakl tuzilishi jihatidan ikki qismli bo’lib, har bir she’riy misrani o’ziga qamrab
olgan uchta tugallangan kuy tuzilmasidan iborat. Turlicha ohanglar asosida
muayyan metr-ritmik tartibga solingan, tor diapazonli kuylarning bunday
tuzilishi”Yor-yor”
larning
aksariyat
mahalliy
variantlari
(toshkentcha,
andijoncha, chimkentcha va boshqalar) uchun ham xarakterlidir. Yuqorida
eslatilganlardan tashqari to’y marosimining u yoki bu jarayoni bilan bevosita
bog’liq bo’lgan boshqa namunalar (“ Kelin salom” “To’y muborak” va shu
kabilar) ham bor. Ularning har biri o’zining tuzilishi tartibi, ohang xarakteri,
emotsional ta’sirchanligi bilan farq qiladi.
3. Marsiya va yig’i-yo’qlov. To’y marosimdagilardan farqli o’laroq marsiya
va boshqa yig’i-yo’qlovlar uchun badiha tarzidagi rivoj va metr-ritmik erkinlik
xarakterlidir. Ular uch xil bo’ladi:
A) muayyan metr-ritmik tartibga solinmagan melodik tuzilmaning badiha
yo’li bilan rivojlanuvidan iborat marsiya va yig’ilar. Barcha badihago’yliklarda
bo’lganidek, bu erda ma’lum hasratli ohanglardan foydalanilishi, rechitatsiyaning
xarakterli usullari ijrochining o’z kayfiyati va imkoniyatini belgilovchi omil
bo’ladi;
B) garchi ma’lum metr-ritmik erkinlikka yo’l qo’yilsada, ohangi deyarli
o’zgartirilmay qaytariladigan kuplet tuzumli kuyga ega yig’i-yo’qlovlar. Bularda
badihago’ylik faqat poetik matndagina saqlanib, kuylar asosiy melodik
tuzilmalarning intonatsion va ritmik o’zgarishlariga asoslanadi:
Keltirilgan yig’ida tugal kuy tuzilmalarining kengayishi yoki torayishi,
hamda bu jarayonning poetik matn tuzilmasi har bir she’riy misra yoki baytdagi
bo’g’inning o’zgarishiga bog’liq ekanini sezish qiyin emas;
V) metr-ritmik jihatdan nisbatan tartibga tushganligi va o’ziga xos ijro uslubi
bilan xarakterlanuvchi marsiyalar. Ulardagi yakkaxonlikka, unison, xor ( erkaklar
yoki ayollar guruhi) jo’r bo’ladi. “ Sadr” yoki “Jahrxonlik” deb ataluvchi bu
marsiyalar marosim bilan bog’liq bo’lib, odatda marhumning jasadini olib
chiqish oldidan ijro etiladi.
4. Mehnat qo’shiqlari.O’zbek musiqa folklorida mehnat qo’shiqlari ham
alohida o’rin egallaydi. Garchi ularda mehnat jarayonining xarakteri o’z aksini
topsada, lirik o’ychanlikning nasriy bayoni katta ahamiyat kasb etadi. Bularga
misol sifatida “Mayda”, “Yozi”, “Yorg’ichoq” kabilarni ko’rsatish mumkin.
Mana masalan, g’alla yanchish paytida, dalada ijro etiladigan “ Mayda”.
Mazkur misolda kuzatilayotganidek, ish hayvonini sifatlovchi misralar bilan
bir qatorda lirik mazmunli to’rtliklar, odatda sigirlar, echkilar, hamda qo’ylarni
sog’ayotganda aytiladigan “ Xo’sh-xo’sh”, “ Chiray-chiray”, “ Turay-turay” deb
nomlanuvchi afsunli erkalash qo’shiqlari uchun ham xarakterlidir.
5.Afsunli qo’shiq. Afsunli qo’shiqlar ma’lum marosimlarni bajo keltirish,
masalan, yomg’ir chaqirish, quyosh va oy tutilishini to’xtatishni iltijo qilish,
hamda boshqalarda ham muhim o’rin tutadi.
Birinchi guruh qo’shiqlariga qarama-qarshi o’laroq, ikkinchi guruh
qo’shiqlarining har bir janrida o’z mavzuining g’oyat rang-barangligini ko’ramiz.
Ko’p qirrali muhabbat lirikasi, satira va yumor, tarixiy mavzu, ijtimoiy norozilik
ushbu guruhga tegishli har bir janr terma ( yoki cho’blama) qo’shiq, lapar, yalla
va ashulalar asosini (garchi ular bir biridan ravshan ifodalangan xarakterli
musiqali xususiyatlari bilan farqlansa ham) tashkil qilishi mumkin.
6. Terma. Terma o’z kuyining ma’lum darajada rechitativligi, tor diapazoni
va ixcham shakli bilan xarakterlanadi:
Termalar matni mazmuni turli xil bo’lib, ko’pincha barmoq vaznidagi etti-
sakkiz bo’g’inli misralardan iborat bo’ladi.
Baxshilar tomonidan ijro etiladigan rivojlangan shakldagi termalarda esa
deyarli ko’p bo’g’inli misralarni ko’ramiz.
Qo’shiq. Qo’shiq--(janr sifatida) nisbatan kichik diapazonli kuydan iborat
bo’lib, barmoq vaznidagi nasriy she’rning to’rtlikdan iborat bir bandini (yoki bir
ikki misrasini) qamrab oladi. Ayni vaqtda har bir she’riy misraga tugal melodik
tuzilma moslashtirilgan bo’ladi.
Qo’shiq juda keng tarqalgan janrlardan bo’lib, o’z mazmunining xilma-
xilligi, qo’p qirraliligi bilan alohida ajralib turadi. Qo’shiq kuylari uchun usulning
ravonligi va aniqligi xarakterlidir.
Qo’shiqda har bir misradan so’ng naqorat, so’z va shuningdek, har bir
navbatdagi banddan ( yoki uning yarmidan) keyin keladigan naqoratlarni ham
juda ham ko’p uchratish mumkin.
Qo’shiq musiqali poetik asarlarning ko’pgina belgilari lapar uchun ham
(garchi u odatda naqoratsiz bo’lsada) xarakterlidir.
Lapar. Lapar raqsbop kuyga ega bo’lib, ko’pincha o’yin-raqs bilan ijro etiladi.
Laparni odatda ikki qo’shiqchi dialog shaklida ijro etadi. Uning matnlari asosan
ishqiy-lirik yoki didaktik hazilnamo yoki yumor she’rlardan tashkil topadi.
Bu misolda, yigit va qiz o’rtasidagi dialog bir kuyning takrorlanishida ijro
etiladi. Dialog matni har xil kuyga asoslanishi ham mumkin. Bunday hollarda
matnning ikkinchi (“javob”) bandi qo’shiqning birinchi ( va har bir
keyingi)”savol” bandidagi ohangni rivojlantiruvchi kuy tuzilmasiga mos keladi.
Shuningdek, Xorazmda raqs jo’rligida, yakka ijrochi aytadigan qo’shiqlar ham,
lapar kuylar garchi mazmunan bir xil bo’lsada, laparning har ikki turi qo’shiqdan
o’z kuyining raqsbopligi bilan farqlanadi.
Ayrim xududlarda “Lapar” atamasi o’lan deb yuritiladigan dialog shaklidagi
to’y-marosim qo’shiqlariga nisbatan ham qo’llaniladiki, bu aytishuv kelin hamda
kuyov tomon vakillarining har bir guruhida alohida- alohida unison xor sifatida
ijro etilishi yoki yakkaxonlar dialogi tusida bo’lishi mumkin.
Yalla.Unison xor boshqa janr--yallada alohida o’rin egallaydi. Odatda yalla
ham raqs jo’rligida ijro etilib, u ikki xil bo’ladi.
Birinchisining kuyi nisbatan tor diapazonli bo’lib, she’rdagi har bir band va
uning o’yinlari yakkaxon yallachi, naqorat esa unison xor (bir guruhg’ sozanda
yoki ashulachilar, ko’pincha tinglovchilardan iborat guruh) tomonidan aytiladi.
Bunday yallalarda har bir band naqorat bilan boshlanib naqorat bilan
tugallanadi.(“Olmacha anoringga balli”)
Bu kabi namunalardan farq qilgan holdab yallaning ikkinchi xili uchun,
aksincha, nisbatan keng diapazonli rivojlangan kuy xarakterlidir. Unda unison
xorning yakkaxon ijrosi bilan almashinib turishini ko’ramiz. Raqsni esa endi
qo’shiqchi-yallachining o’zi emas, balki alohida raqqlsa (yoki raqqos) ijro etadi.
O’z kuyining rivojlanish uslubi va xarakteri jihatidan bu yalla turi ashula janriga
mos keladi.
Ashula. Ashula o’z kuyining cho’ziq xamda rivojlanganligi, diapazonining
kengligi, usulining sezilarli darajada sinkopaliligi bilan xarakterlanadi. Ashula
asosini nafaqat barmoq vaznidagi, balki professional poeziyaga xos aruz
vaznidagi she’rlar ham tashkil etadi. Odatda ashula kuyi she’riy matni to’la (
ba’zan she’rning bir necha bandi va kam hollarda esa bir bandini) qamrab oladi.
Falsafiy ma’noli fikrga ega bo’lgan, shuningdek sog’inch, alam va hasratni
ifodalovchi ishqiy-lirik mazmun ko’proq ashula tematikasi uchun xosdir.
Ashulaning rivojlangan namunalari esa og’zaki an’anadagi professional
musiqaga kiradi. Bunga ashula janrining yana bir boshqa turi--katta ashula yoki
panis (patnusaki) ashula ham tegishli.
Katta ashula. Katta ashula o’z kuyining deklamatsion xarakterdaligi,
diapazonining kengligi ( uch oktavaga yaqin), asosiy ohang tuzilmaning badiha
tarzida ( improvizatsiya) yo’li bilan unda rivojlantirilishi xam o’z ritm-