Oʻzbek xalq pedagogikasi va islom taʼlimotida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalari

Yuklangan vaqt

2024-10-20

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

27,6 KB


 
 
 
 
 
 
Oʻzbek xalq pedagogikasi va islom taʼlimotida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalari 
 
Reja: 
1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri. 
Oʻzbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy gʻoyalari. 
2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli. 
3. Xalq tajribasida tarbiya uslubi. 
 
 
Tayanch tushunchalar: xalq, pedagogika, taʼlim, tarbiya, masala, ijtimoiy, 
xarakter, oʻzbek etnografiyasi, mukammal inson, model, islom, monoteistik din, 
hadis, ijtimoiy-pedagogik fikrlarning yoritilishi.haqidagi bilimlarni shakllantirish. 
 
 
1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy 
xarakteri. Oʻzbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy gʻoyalari. Xalq 
pedagogikasi mazkur xalq paydo boʻlgan kundan boshlanib, nihoyatda keng 
qamrovli va serjilo, serqirra boʻladi. Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar 
davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq ogʻzaki ijodiga kiruvchi turli 
janrlardagi asarlarda va Qurʼoni Karim hamda paygʻambarimizning hadislarida oʻz 
ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan 
ogʻzaki tarzda boʻlib, u har bir avlod unga oʻz tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini 
qoʻshgan holda bizgacha yetib kelgan. 
Oʻzbek xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi boʻlmaydi. 
Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chogʻda 
tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari eʼtiborga olingan holda, 
Oʻzbek xalq pedagogikasi va islom taʼlimotida ijtimoiy-pedagogik gʻoyalari Reja: 1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri. Oʻzbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy gʻoyalari. 2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli. 3. Xalq tajribasida tarbiya uslubi. Tayanch tushunchalar: xalq, pedagogika, taʼlim, tarbiya, masala, ijtimoiy, xarakter, oʻzbek etnografiyasi, mukammal inson, model, islom, monoteistik din, hadis, ijtimoiy-pedagogik fikrlarning yoritilishi.haqidagi bilimlarni shakllantirish. 1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri. Oʻzbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy gʻoyalari. Xalq pedagogikasi mazkur xalq paydo boʻlgan kundan boshlanib, nihoyatda keng qamrovli va serjilo, serqirra boʻladi. Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq ogʻzaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va Qurʼoni Karim hamda paygʻambarimizning hadislarida oʻz ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan ogʻzaki tarzda boʻlib, u har bir avlod unga oʻz tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qoʻshgan holda bizgacha yetib kelgan. Oʻzbek xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi boʻlmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chogʻda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari eʼtiborga olingan holda,  
 
yetti oʻlchab bir kesishga amal qilinadi, shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun 
va ertani oʻylab ish tutadi, yaʼni tarbiyani oʻtmishni unutmaslik, bugunning qadriga 
etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi 
har bir voqea-hodisa, predmet, koʻrinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan 
mukammal foydalanadi. Xalq pedagogikasida ishontirish, isbotlash, taʼsir, ibrat 
namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash kabilar tarbiyada muhim oʻrin tutadi. 
Masalan, dov-daraxt, togʻ-tosh, parranda-darrandalarga bagʻishlangan folklor 
namunalari bularning zaminida ekologik tarbiya yotadi.   
“Oʻzbek xalq pedagogikasi” xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy 
qismidir. Uning qamrovi nihoyatda keng, bagʻoyat serqirra va serjilo tushuncha 
boʻlib, u shu xalq paydo boʻlgan butun davrni oʻz ichiga oladi. 
Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-
axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq ogʻzaki ijodi, qadrshunosligi, 
udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yoʻnalishlarini, diniy-axloqiy 
taʼlimotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida 
toʻplangan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, maʼrifiy, estetik, 
maʼnaviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini 
loʻnda, ammo bagʻoyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. Ilk bor 
yaratilayotgan “Oʻzbek xalq pedagogikasi”da dono xalqimizning taʼlim-tarbiya, 
axloq, odob, inson qadriyatlari va uning maʼnaviy ustuvorligi, iymon-eʼtiqodi 
butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, anʼanalari 
tabarruk islomning odob-axloq, ilmu fan haqidagi taʼlimotiga bogʻliq holda, 
muqaddas Qurʼoni karim va paygʻambarimiz Muhammad Rasulullohning muborak 
hadisi shariflariga suyangan holda yoritish moʻljallangan. Tadqiqotda Ollohning 
ilohiy moʻjizasi – hayot sarvari insonning ona qornida paydo boʻlishidan tortib, to 
tugʻilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga yetguncha hamda oila qurgunga 
qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha boʻlgan axloqiy, aqliy, estetik 
mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bogʻliq oʻyinlar, 
xalq pedagogik anʼanalarining hozirgi zamon yosh avlod taʼlim-tarbiyasida tutgan 
oʻrni hamda ahamiyati haqida soʻz yuritiladi. Shu bilan birga oʻzbek anʼanaviy, 
yetti oʻlchab bir kesishga amal qilinadi, shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani oʻylab ish tutadi, yaʼni tarbiyani oʻtmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, koʻrinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi. Xalq pedagogikasida ishontirish, isbotlash, taʼsir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash kabilar tarbiyada muhim oʻrin tutadi. Masalan, dov-daraxt, togʻ-tosh, parranda-darrandalarga bagʻishlangan folklor namunalari bularning zaminida ekologik tarbiya yotadi. “Oʻzbek xalq pedagogikasi” xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy qismidir. Uning qamrovi nihoyatda keng, bagʻoyat serqirra va serjilo tushuncha boʻlib, u shu xalq paydo boʻlgan butun davrni oʻz ichiga oladi. Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy- axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq ogʻzaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yoʻnalishlarini, diniy-axloqiy taʼlimotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida toʻplangan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, maʼrifiy, estetik, maʼnaviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini loʻnda, ammo bagʻoyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. Ilk bor yaratilayotgan “Oʻzbek xalq pedagogikasi”da dono xalqimizning taʼlim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning maʼnaviy ustuvorligi, iymon-eʼtiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, anʼanalari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu fan haqidagi taʼlimotiga bogʻliq holda, muqaddas Qurʼoni karim va paygʻambarimiz Muhammad Rasulullohning muborak hadisi shariflariga suyangan holda yoritish moʻljallangan. Tadqiqotda Ollohning ilohiy moʻjizasi – hayot sarvari insonning ona qornida paydo boʻlishidan tortib, to tugʻilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga yetguncha hamda oila qurgunga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha boʻlgan axloqiy, aqliy, estetik mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bogʻliq oʻyinlar, xalq pedagogik anʼanalarining hozirgi zamon yosh avlod taʼlim-tarbiyasida tutgan oʻrni hamda ahamiyati haqida soʻz yuritiladi. Shu bilan birga oʻzbek anʼanaviy,  
 
ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy 
qarashlar, ularning oʻziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bagʻoyat dolzarb 
mavzularni yoritishga ham harakat qilinadi. 
Maʼlumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan 
va ular bizga alohida qoʻllanma-dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay, balki 
asosan xalq ogʻzaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, 
qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan hamda Ollohning soʻzi 
bilan boʻlgan Qurʼoni karim va hadisu-shariflarda oʻz ifodasini topgan. Demak, xalq 
pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan ogʻzaki tarzda boʻlib, u har bir 
avlod unga oʻz tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qoʻshgan holda bizgacha yetib 
kelgan. Bugungi kunda esa shu uzoq asrlar davomida taʼlim-tarbiya qoʻllanmasi, 
vositasi boʻlib kelgan xalqning pedagogik qarashlarini toʻplash, oʻrganish va chop 
etish vazifasi turibdiki, bu vazifani bajarish yoʻqolish arafasiga kelib qolgan milliy 
qadriyatlarimiz, 
axloqimiz, 
urf-odat, 
rasm-rusumlarimizni, 
udumlarimizni, 
anʼanalarimizni asrab qolish va tiklash uchun nihoyatda zarurdir. 
Oʻzbek xalq pedagogikasi anʼanalari oʻquv qoʻllanmasi uzoq yillik ilmiy, 
pedagogik izlanishlar, amaliy faoliyatlar natijalaridan kelib chiqqan holda jonli, 
ilmiy-ommaviy tilda yozilgan. Xalqning oilaviy-maishiy hayoti, taʼlim-tarbiyaviy 
axloq-odobga oid hayotiy yoʻl-yoʻriqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa 
misollar dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qoʻshiqlari, asotirlar, naqllar, 
rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi soʻzlar, aforizmlar, 
topishmoqlar, tezaytishlar, bolalar oʻyinlari, allalar, toʻy va aza qoʻshiqlari, 
aytimlari, olqish va qargʻishlar, suyush-erkalash qoʻshiqlari, erkalamalar, 
ovutmachoqlar, 
qiziqmachoqlar, 
yalinchoqlar, 
hukmlagichlar, 
chorlamalar, 
cheklashmoqchalar, guldur-guplar, sanamalar, oʻyin-kulgular bilan bogʻliq lapar, 
aytishuv, oʻlan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qoʻshiqlari ramazon, 
boychechak, yomgʻir, quyosh, yulduzsuv aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, 
masxaralamalar, “Navroʻz”, “Mehrjon”, bahor, kuz, qish, yoz aytim-qoʻshiq 
ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan bogʻliq nasriy 
va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar dunyosiga oid namunalar hamda 
ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning oʻziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bagʻoyat dolzarb mavzularni yoritishga ham harakat qilinadi. Maʼlumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qoʻllanma-dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay, balki asosan xalq ogʻzaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan hamda Ollohning soʻzi bilan boʻlgan Qurʼoni karim va hadisu-shariflarda oʻz ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan ogʻzaki tarzda boʻlib, u har bir avlod unga oʻz tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qoʻshgan holda bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda esa shu uzoq asrlar davomida taʼlim-tarbiya qoʻllanmasi, vositasi boʻlib kelgan xalqning pedagogik qarashlarini toʻplash, oʻrganish va chop etish vazifasi turibdiki, bu vazifani bajarish yoʻqolish arafasiga kelib qolgan milliy qadriyatlarimiz, axloqimiz, urf-odat, rasm-rusumlarimizni, udumlarimizni, anʼanalarimizni asrab qolish va tiklash uchun nihoyatda zarurdir. Oʻzbek xalq pedagogikasi anʼanalari oʻquv qoʻllanmasi uzoq yillik ilmiy, pedagogik izlanishlar, amaliy faoliyatlar natijalaridan kelib chiqqan holda jonli, ilmiy-ommaviy tilda yozilgan. Xalqning oilaviy-maishiy hayoti, taʼlim-tarbiyaviy axloq-odobga oid hayotiy yoʻl-yoʻriqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qoʻshiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi soʻzlar, aforizmlar, topishmoqlar, tezaytishlar, bolalar oʻyinlari, allalar, toʻy va aza qoʻshiqlari, aytimlari, olqish va qargʻishlar, suyush-erkalash qoʻshiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, sanamalar, oʻyin-kulgular bilan bogʻliq lapar, aytishuv, oʻlan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qoʻshiqlari ramazon, boychechak, yomgʻir, quyosh, yulduzsuv aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masxaralamalar, “Navroʻz”, “Mehrjon”, bahor, kuz, qish, yoz aytim-qoʻshiq ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan bogʻliq nasriy va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar dunyosiga oid namunalar hamda  
 
mifologik tasavvurlar aks etgan asarlar bilan boyitilgan. Qurʼoni karim, hadis hamda 
sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlariga doir parchalar ham mazkur 
qoʻllanmaning 
sahifalarini 
bezashi 
tabiiydir. 
“Oʻzbek 
xalq 
anʼanaviy 
pedagogikasi”ga oid materiallarni bamisoli ummonga qiyos qilish mumkin. Biz 
ushbu tadqiqotni faqat debocha deb bilib, shu ummondan olingan qatralar orqali 
xalqimizni, uning ayrim sahifalari bilan tanishtirishni oʻz oldimizga maqsad qilib 
qoʻydik. Koʻp jildlarga va koʻp yillarga moʻljallangan oʻzbek xalq pedagogikasi 
katta kuchni, jamoa mehnatini talab qiladi. 
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo 
yomon boʻlib tugʻilmaydi u birday tugʻiladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, 
dastavval ota-ona, oila, mahalla-koʻy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-
tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros oilaviy pedagogika, xalq 
pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik anʼanalari, 
jamiyatning bu sohadagi saʼy-harakatlari hal qiluvchi oʻrin tutadi. Xalq 
taʼkidlashicha, bola boshdan toʻgʻri, haqqoniy tarbiyalansa u kelgusida yaxshi inson 
boʻlib yetishadi, egri yoʻlda tarbiyalansa yomon kishiga aylanadi. Zero, “Koʻchat 
boshdan, bola yoshdan” maqoliga amal qilish xalq anʼanaviy pedagogikasining bosh 
yoʻnalishidir. Shu boisdan, xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, yaʼni 
birlamchi-ikkilamchisi boʻlmaydi: hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha 
chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab 
tomonlari eʼtiborga olingan holda, yetti oʻlchab bir kesishga amal qilinadi. 
Xarakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani oʻylab ish tutadi, 
yaʼni tarbiyani oʻtmishni unutmaslik, bugunni qadriga yetishlik, kelajakka umid 
asnosida olib boradi. 
Xalq pedagogikasining yana bir ibratli jihati bor. Bu hayot, tabiat va 
jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, koʻrinish, qisqasi jonli-jonsiz neki bor, 
undan mukammal foydalanishdir. Kezi kelganda xalq anʼanaviy pedagogikasida 
ishontirish, isbotlash, taʼsir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida 
oʻrin tutishini aytib oʻtish zarur. Buni ayniqsa dov-daraxt, togʻ-tosh, parranda-
darrandaga bagʻishlangan folklor namunalarida yaqqol koʻrish mumkin. Xalqning 
mifologik tasavvurlar aks etgan asarlar bilan boyitilgan. Qurʼoni karim, hadis hamda sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlariga doir parchalar ham mazkur qoʻllanmaning sahifalarini bezashi tabiiydir. “Oʻzbek xalq anʼanaviy pedagogikasi”ga oid materiallarni bamisoli ummonga qiyos qilish mumkin. Biz ushbu tadqiqotni faqat debocha deb bilib, shu ummondan olingan qatralar orqali xalqimizni, uning ayrim sahifalari bilan tanishtirishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻydik. Koʻp jildlarga va koʻp yillarga moʻljallangan oʻzbek xalq pedagogikasi katta kuchni, jamoa mehnatini talab qiladi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon boʻlib tugʻilmaydi u birday tugʻiladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-koʻy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat- tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik anʼanalari, jamiyatning bu sohadagi saʼy-harakatlari hal qiluvchi oʻrin tutadi. Xalq taʼkidlashicha, bola boshdan toʻgʻri, haqqoniy tarbiyalansa u kelgusida yaxshi inson boʻlib yetishadi, egri yoʻlda tarbiyalansa yomon kishiga aylanadi. Zero, “Koʻchat boshdan, bola yoshdan” maqoliga amal qilish xalq anʼanaviy pedagogikasining bosh yoʻnalishidir. Shu boisdan, xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, yaʼni birlamchi-ikkilamchisi boʻlmaydi: hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari eʼtiborga olingan holda, yetti oʻlchab bir kesishga amal qilinadi. Xarakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani oʻylab ish tutadi, yaʼni tarbiyani oʻtmishni unutmaslik, bugunni qadriga yetishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi. Xalq pedagogikasining yana bir ibratli jihati bor. Bu hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, koʻrinish, qisqasi jonli-jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanishdir. Kezi kelganda xalq anʼanaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, taʼsir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida oʻrin tutishini aytib oʻtish zarur. Buni ayniqsa dov-daraxt, togʻ-tosh, parranda- darrandaga bagʻishlangan folklor namunalarida yaqqol koʻrish mumkin. Xalqning  
 
bunday qarashlari tag-zaminida toʻrt unsurni asrash, avaylash, yaʼni ekologik 
tarbiyani anglash qiyin emas. Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk soʻzlar duo-
olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Darvoqe, xalq anʼanaviy pedagogikasida yaxshi 
soʻz, duo-olqishning taʼsir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson maʼnaviy ustuvorligi, 
iymon-eʼtiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama mukammal kamoloti 
borasida tutgan oʻrni va roliga alohida ahamiyat beriladi. El-yurt uchun har 
tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga qaratilgan oʻzbek xalq pedagogikasi 
ham ayrim shaxslar yoxud bir-ikki jamoa ular qanchalik iqtidorli-isteʼdodli 
boʻlishmasin, tomonidan yaratilmagan, albatta. Uni xalqimiz asru asrlar bilan 
oʻlchanuvchi hayotida oʻzining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida 
tutgan tutimlari, saʼy-harakatlari, yoʻl-yoʻriqlari, aql-zakovatlari bilan yaratgan. 
Ayni chog‘da oʻzbek xalq pedagogikasi oʻz rivojida, boyib, mukammallashib 
borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, yaʼni mumtoz adabiyot, sanʼat, ogʻzaki 
ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi 
sohalar bagʻrida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada boʻladi, eng yaxshi 
namunalarini oʻziga qabul qilib oladi. Hamisha safarlarda boʻlib, oʻzga yurt kishilari 
bilan muloqotlarda boʻlish, izlanishlar olib borishdan toliqmaslik kabi xislatlar 
oʻzbek xalqi harakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik, baynalmilallik, 
hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni oʻziga eʼtiqod qilib olgan 
oʻzbek xalq pedagogikasi ayni chog‘da sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy 
ravishda bahramand boʻlgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan 
va uning eng goʻzal namunalarini oʻziga qabul qilib olgan. 
Shunday qilib, oʻzbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar ota-bobolarimiz uzoq 
moziyda yaratgan va koʻz qorachigʻiday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota meros, 
sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi 
eng yaxshi namunalar, allomalaru adabiyot va folklor ijodkorlari-ijrochilarining bu 
boradagi saʼy-harakatlari, yaratgan asarlari bilan qoʻshilgan holda shakllanganligi, 
rivojlanganligi va boyib borganligini eʼtirof etish birdan-bir toʻgʻri yoʻldir. 
Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Ajdod-avlodlarning axloqiy, 
maʼrifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi rol 
bunday qarashlari tag-zaminida toʻrt unsurni asrash, avaylash, yaʼni ekologik tarbiyani anglash qiyin emas. Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk soʻzlar duo- olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Darvoqe, xalq anʼanaviy pedagogikasida yaxshi soʻz, duo-olqishning taʼsir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson maʼnaviy ustuvorligi, iymon-eʼtiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama mukammal kamoloti borasida tutgan oʻrni va roliga alohida ahamiyat beriladi. El-yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga qaratilgan oʻzbek xalq pedagogikasi ham ayrim shaxslar yoxud bir-ikki jamoa ular qanchalik iqtidorli-isteʼdodli boʻlishmasin, tomonidan yaratilmagan, albatta. Uni xalqimiz asru asrlar bilan oʻlchanuvchi hayotida oʻzining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, saʼy-harakatlari, yoʻl-yoʻriqlari, aql-zakovatlari bilan yaratgan. Ayni chog‘da oʻzbek xalq pedagogikasi oʻz rivojida, boyib, mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, yaʼni mumtoz adabiyot, sanʼat, ogʻzaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bagʻrida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada boʻladi, eng yaxshi namunalarini oʻziga qabul qilib oladi. Hamisha safarlarda boʻlib, oʻzga yurt kishilari bilan muloqotlarda boʻlish, izlanishlar olib borishdan toliqmaslik kabi xislatlar oʻzbek xalqi harakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik, baynalmilallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni oʻziga eʼtiqod qilib olgan oʻzbek xalq pedagogikasi ayni chog‘da sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand boʻlgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng goʻzal namunalarini oʻziga qabul qilib olgan. Shunday qilib, oʻzbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va koʻz qorachigʻiday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota meros, sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, allomalaru adabiyot va folklor ijodkorlari-ijrochilarining bu boradagi saʼy-harakatlari, yaratgan asarlari bilan qoʻshilgan holda shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini eʼtirof etish birdan-bir toʻgʻri yoʻldir. Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Ajdod-avlodlarning axloqiy, maʼrifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi rol  
 
oʻynadi. Oddiy insonlarrni yoxud buyuk allomalar, shunchaki fuqaromi va yo yurt 
sultonlari, kichik suvoriymi yoki ulugʻ sarkardami, baribir xalq tomonidan 
yaratilgan, amalda boʻlgan xalqona tarbiya anʼanalariga toʻla amal qilgan, unga 
suyangan, tayangan holda yashasa, faoliyat koʻrsatsa kam boʻlmagan, el-yurt 
nazariga tushgan, olqishiga sazovor boʻlgan. 
Xalq pedagogikasining bunchalik taʼsir kuchi, ahamiyati nima-da? 
Yashovchanligi, “umri” ning shunchalar uzoq muddatlar bilan oʻlchanishi, uni hech 
qanday kuch-qudrat bilan tenglashtirib boʻlmasligining boisi qayerda? Oʻzbek xalq 
anʼanaviy pedagogikasini uzoq yillar oʻrganishimiz, har bir nuqtalariga chuqur 
diqqat-eʼtibor berganimiz oqibat-natijasida shunday xulosaga keldik. Xalq 
pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib borishining, fuqaro, 
vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning hayotiyligi, 
taʼsirchanligi, serqirra, sermaʼnoligida boʻlsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq 
tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli anʼanalarda yaratilishi, yashashi, hayot, 
inson muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari yechimini 
hal qilishga qaratilgani, uchinchidan, umuminsoniy yoʻnalishga, umumbashariy 
gʻoya-maqsadlarga qaratilgan boʻlganligidir. Shu bois, boshqa dunyoqarash, 
mafkura, maʼnaviyat omillari kabi, xalq pedagogikasi tarix toʻfonlari-yu ur-
yiqitlariga, toʻs-toʻpolonlarga bardosh berib, tajriba-sinovlardan muvaffaqiyat bilan 
oʻtib, toblanib, sayqallashib, hech bir payt, hech bir davrda u qanchalik ogʻir, 
murakkab, qiyin boʻlmasin, baribir oʻz faoliyatini toʻxtatmasdan, aksincha faol 
xizmat qilib, avlodlar tarbiyasi, kamoloti borasida hal qiluvchi rolni oʻynab keldi. 
Kezi kelganda shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, xalq pedagogikasi bamisoli jonli 
organizm, qaynar buloq, oʻlmas, oʻchmas, doimo boyib, koʻpayib boruvchi ilohiy, 
moʻjizaviy tarbiya sohasidir. Xalq bor ekan, el yashar ekan, bu soha yashayveradi, 
oʻzining avlod-ajdodlarga beminnat “xizmati”ni oʻtayveradi. Zero, xalq orzu-umidi, 
quvonch-tashvishlari, gʻam-gʻussasi-yu armonlari, shodlik, baxtiyorlik onlari-yu 
qadr-qimmatlari, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik qarashlari, dunyoqarashi, 
falsafiy-axloqiy 
tushunchalari, 
hayotiy, 
taʼlim-tarbiyaviy 
xulosalari 
xalq 
pedagogikasida zuhr etiladi. Oʻzbek xalq pedagogikasi oʻzining yoʻnalishi, ibratli 
oʻynadi. Oddiy insonlarrni yoxud buyuk allomalar, shunchaki fuqaromi va yo yurt sultonlari, kichik suvoriymi yoki ulugʻ sarkardami, baribir xalq tomonidan yaratilgan, amalda boʻlgan xalqona tarbiya anʼanalariga toʻla amal qilgan, unga suyangan, tayangan holda yashasa, faoliyat koʻrsatsa kam boʻlmagan, el-yurt nazariga tushgan, olqishiga sazovor boʻlgan. Xalq pedagogikasining bunchalik taʼsir kuchi, ahamiyati nima-da? Yashovchanligi, “umri” ning shunchalar uzoq muddatlar bilan oʻlchanishi, uni hech qanday kuch-qudrat bilan tenglashtirib boʻlmasligining boisi qayerda? Oʻzbek xalq anʼanaviy pedagogikasini uzoq yillar oʻrganishimiz, har bir nuqtalariga chuqur diqqat-eʼtibor berganimiz oqibat-natijasida shunday xulosaga keldik. Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib borishining, fuqaro, vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning hayotiyligi, taʼsirchanligi, serqirra, sermaʼnoligida boʻlsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli anʼanalarda yaratilishi, yashashi, hayot, inson muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari yechimini hal qilishga qaratilgani, uchinchidan, umuminsoniy yoʻnalishga, umumbashariy gʻoya-maqsadlarga qaratilgan boʻlganligidir. Shu bois, boshqa dunyoqarash, mafkura, maʼnaviyat omillari kabi, xalq pedagogikasi tarix toʻfonlari-yu ur- yiqitlariga, toʻs-toʻpolonlarga bardosh berib, tajriba-sinovlardan muvaffaqiyat bilan oʻtib, toblanib, sayqallashib, hech bir payt, hech bir davrda u qanchalik ogʻir, murakkab, qiyin boʻlmasin, baribir oʻz faoliyatini toʻxtatmasdan, aksincha faol xizmat qilib, avlodlar tarbiyasi, kamoloti borasida hal qiluvchi rolni oʻynab keldi. Kezi kelganda shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, xalq pedagogikasi bamisoli jonli organizm, qaynar buloq, oʻlmas, oʻchmas, doimo boyib, koʻpayib boruvchi ilohiy, moʻjizaviy tarbiya sohasidir. Xalq bor ekan, el yashar ekan, bu soha yashayveradi, oʻzining avlod-ajdodlarga beminnat “xizmati”ni oʻtayveradi. Zero, xalq orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, gʻam-gʻussasi-yu armonlari, shodlik, baxtiyorlik onlari-yu qadr-qimmatlari, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik qarashlari, dunyoqarashi, falsafiy-axloqiy tushunchalari, hayotiy, taʼlim-tarbiyaviy xulosalari xalq pedagogikasida zuhr etiladi. Oʻzbek xalq pedagogikasi oʻzining yoʻnalishi, ibratli  
 
xulosalarga boyligi, bebaho asarlari, maʼno-mantiq jihatdan mukammalligi, 
teranligi, uslubi, odobnomasi, odatnomasi, ibratnomasi bilan har qanday millat, el 
havas qilsa arziydigan buyuk merosdir. 
Mustaqillikka erishib, oʻzimizning yorqin milliy istiqlolimizga ega boʻlgach, 
umuminsoniy va oʻzbekona qadriyatlarni har tomonlama chuqurroq anglay 
boshladik. Mustaqil vatanga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, 
maʼnaviy ustuvor, iymon-eʼtiqodi butun, oʻz xalqi, oʻz ona-vataniga fidoiy, jismoniy 
barkamol kishilar yetkazish uchun ularning axloqiy-jismoniy tarbiyasiga alohida 
ahamiyat bera boshladik. Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning 
kelgusi boshqaruvchisi yangi avlod tarbiyasi birinchi oʻringa chiqdi. Juda qiyin, oʻta 
masʼuliyatli, katta gʻayrat-shijoat, kuch-quvvat, mehnat talab etadigan bu vazifani 
uddalashimizda ogʻzaki ijod, mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, elshunoslik, 
udumshunoslik, qadrshunoslik, marosimshunoslik qatorida xalq pedagogikasining 
oʻrni va roli beqiyosdir. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, 
taʼlim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan 
harakterlanadi. Uning oldiga qoʻygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni choqda 
xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida 
tarbiyalashdir. Har qanday boylikning nihoyasi boʻladi, oltin, zar, zarbobga 
oʻralishning umri qisqa. Osmonoʻpar binolar qulashi, sulolalar kelib-ketishi, 
avlodlar ketidan yangilari kelishi tabiiy, ammo xalq pedagogikasi hayqirib oquvchi 
daryoday uygʻoq, musaffo chashmaday betinim, quyosh taftiday issiq, oy nuriday 
nurafshon, hayotning oʻziday goʻzal, bedor insonlarday uygʻoq holda avlodlar 
tarbiyasida hamisha oʻz vazifasi aytilgandek, inson odobi, xulqi, kamoloti 
borasidagi xizmatini oʻtayveradi, hech qachon toliqmaydi charchamaydi. 
5.2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli. Yurtimiz Oʻzbekiston 
mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umum 
xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga 
aylangan maʼnaviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy anʼanalarning 
qadri koʻtarilishi kerakligi etirof etildi, bir soʻz bilan aytganda, zoʻrlik va ongsizlik 
oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari koʻzini tozalashga kirishildi. 
xulosalarga boyligi, bebaho asarlari, maʼno-mantiq jihatdan mukammalligi, teranligi, uslubi, odobnomasi, odatnomasi, ibratnomasi bilan har qanday millat, el havas qilsa arziydigan buyuk merosdir. Mustaqillikka erishib, oʻzimizning yorqin milliy istiqlolimizga ega boʻlgach, umuminsoniy va oʻzbekona qadriyatlarni har tomonlama chuqurroq anglay boshladik. Mustaqil vatanga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, maʼnaviy ustuvor, iymon-eʼtiqodi butun, oʻz xalqi, oʻz ona-vataniga fidoiy, jismoniy barkamol kishilar yetkazish uchun ularning axloqiy-jismoniy tarbiyasiga alohida ahamiyat bera boshladik. Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi yangi avlod tarbiyasi birinchi oʻringa chiqdi. Juda qiyin, oʻta masʼuliyatli, katta gʻayrat-shijoat, kuch-quvvat, mehnat talab etadigan bu vazifani uddalashimizda ogʻzaki ijod, mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, marosimshunoslik qatorida xalq pedagogikasining oʻrni va roli beqiyosdir. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, taʼlim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan harakterlanadi. Uning oldiga qoʻygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni choqda xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. Har qanday boylikning nihoyasi boʻladi, oltin, zar, zarbobga oʻralishning umri qisqa. Osmonoʻpar binolar qulashi, sulolalar kelib-ketishi, avlodlar ketidan yangilari kelishi tabiiy, ammo xalq pedagogikasi hayqirib oquvchi daryoday uygʻoq, musaffo chashmaday betinim, quyosh taftiday issiq, oy nuriday nurafshon, hayotning oʻziday goʻzal, bedor insonlarday uygʻoq holda avlodlar tarbiyasida hamisha oʻz vazifasi aytilgandek, inson odobi, xulqi, kamoloti borasidagi xizmatini oʻtayveradi, hech qachon toliqmaydi charchamaydi. 5.2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli. Yurtimiz Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umum xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan maʼnaviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy anʼanalarning qadri koʻtarilishi kerakligi etirof etildi, bir soʻz bilan aytganda, zoʻrlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari koʻzini tozalashga kirishildi.  
 
Ilgarilari milliy anʼanalar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning 
tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir “Illat” qidirildi. Hayotbaxsh xalq anʼanalari 
kamsitildi. Baʼzi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom 
supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlari eskilikka 
yoʻyildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati 
eʼtibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar. Yevropacha 
madaniy hayotga tezroq koʻniktirish uchun bir yarim ming yillik tarix, maʼnaviy 
meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha oʻzgartirildi. Kaltabinlik shu darajaga borib 
yetdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning hammasi diniy deb yoʻqotildi. Xullas, 
qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va anʼanalar ham, maʼnaviy xazina durdonalari 
ham, hur fikrli xalq farzandlari ham yoʻqotildi.  
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga 
urinayapmiz. Xalq anʼanalari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun 
chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga toʻliq javob berish uchun 
anʼananing oʻzi nima? degan savolga javob izlab koʻraylik. Anʼana nima? 
“Anʼana” asli arabcha soʻz boʻlib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, 
otalardan bolalarga oʻtib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, 
qarashlar va shu kabilardir. Anʼana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, 
milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy anʼanalar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh 
va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va anʼanalarni 
oʻrganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga taʼsir 
etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. 
Taʼlim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilgʻor, hayotda oʻzini oqlagan 
anʼanalarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qoʻllash, ulardan foydalanish kabi 
vazifalar hamisha dolzarb boʻlib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, 
millatlararo doʻstlik, ekologik tarbiyaga doir anʼanalarni oilaviy tarbiya jarayoniga 
tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil koʻrsatmalari 
asosida tarbiyalashni keng qoʻllash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Dunyoda necha millat, necha xalq boʻlsa, hammasining oʻziga xos 
turmush tarzi, oʻtmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bogʻliq anʼanalari 
Ilgarilari milliy anʼanalar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir “Illat” qidirildi. Hayotbaxsh xalq anʼanalari kamsitildi. Baʼzi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlari eskilikka yoʻyildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati eʼtibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar. Yevropacha madaniy hayotga tezroq koʻniktirish uchun bir yarim ming yillik tarix, maʼnaviy meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha oʻzgartirildi. Kaltabinlik shu darajaga borib yetdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning hammasi diniy deb yoʻqotildi. Xullas, qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va anʼanalar ham, maʼnaviy xazina durdonalari ham, hur fikrli xalq farzandlari ham yoʻqotildi. Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq anʼanalari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga toʻliq javob berish uchun anʼananing oʻzi nima? degan savolga javob izlab koʻraylik. Anʼana nima? “Anʼana” asli arabcha soʻz boʻlib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga oʻtib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. Anʼana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy anʼanalar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va anʼanalarni oʻrganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga taʼsir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Taʼlim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilgʻor, hayotda oʻzini oqlagan anʼanalarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qoʻllash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb boʻlib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo doʻstlik, ekologik tarbiyaga doir anʼanalarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil koʻrsatmalari asosida tarbiyalashni keng qoʻllash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda necha millat, necha xalq boʻlsa, hammasining oʻziga xos turmush tarzi, oʻtmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bogʻliq anʼanalari  
 
mavjuddir. Oʻzbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, 
taʼlim-tarbiya, madaniyat anʼanalari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. 
Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining 
ularni chuqur bilishi maʼnaviyatining magʻzi toʻqligi omilidir. Bu hamisha, hamma 
avlod tomonidan eʼtirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning “Qobusnoma”sidan 
tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” 
(“Baxt keltiruvchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”(“Haqiqat 
sovgʻalari”) kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning oʻlmas sheʼriyatida, 
Munis Xorazmiyning “Savditaʼlim”, Qori Niyoziyning “Hayot maktabi”, Abdulla 
Avloniyning “Guliston yoxud axloq” asarlarida sharq xalqlari, oʻzbek xalqiga xos 
boʻlgan ibratli tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos boʻlgan 
ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondoʻstlik, 
maʼrifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulugʻlash, farzandga mehrli va fidoyi 
boʻlishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan boʻlsa, ajab emas. 
Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va anʼanalarni chuqur oʻrganish, ularni tahlil 
qilish, turkumlashtirish, ularning paydo boʻlish yoʻllari, evolyusion taraqqiyotni 
bilish, aniqlash, ilmiy asoslangan gʻoyalarni ilgari surish va shular asosida 
anʼanalardan foydalanish yoʻllarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning 
hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. 
Qadim zamonlardan, hatto oʻzbek xalqining yozuvi boʻlmagan paytlardanoq 
yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy 
omillar hal qiluvchi oʻrin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi 
samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur 
oʻrganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga 
nazar tashlash bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Oilaviy 
anʼanalarga bolalarning tugʻilishlari bilan bogʻliq boʻlgan marosimlar, urf-odatlar, 
bolalar tarbiyasiga taalluqli boʻlgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan 
amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu 
xususiyatlariga koʻra oilaviy anʼanalar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq 
mavjuddir. Oʻzbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, taʼlim-tarbiya, madaniyat anʼanalari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi maʼnaviyatining magʻzi toʻqligi omilidir. Bu hamisha, hamma avlod tomonidan eʼtirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning “Qobusnoma”sidan tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”(“Haqiqat sovgʻalari”) kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning oʻlmas sheʼriyatida, Munis Xorazmiyning “Savditaʼlim”, Qori Niyoziyning “Hayot maktabi”, Abdulla Avloniyning “Guliston yoxud axloq” asarlarida sharq xalqlari, oʻzbek xalqiga xos boʻlgan ibratli tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos boʻlgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondoʻstlik, maʼrifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulugʻlash, farzandga mehrli va fidoyi boʻlishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan boʻlsa, ajab emas. Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va anʼanalarni chuqur oʻrganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo boʻlish yoʻllari, evolyusion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangan gʻoyalarni ilgari surish va shular asosida anʼanalardan foydalanish yoʻllarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. Qadim zamonlardan, hatto oʻzbek xalqining yozuvi boʻlmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi oʻrin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur oʻrganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Oilaviy anʼanalarga bolalarning tugʻilishlari bilan bogʻliq boʻlgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli boʻlgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga koʻra oilaviy anʼanalar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq  
 
koʻrinishidagi oilaviy anʼanalarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, 
xalqchil, qancha keng tarqalgan boʻlsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq 
yashaydi.  
5.3. Xalq tajribasida tarbiya uslubi. Sharq xalqlari, jumladan oʻzbeklar 
bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning 
ham oqibati toʻgʻri baholangan. Yoshga monand taʼsir koʻrsatish yoʻl va vositalari 
yaratilgan. Kerak boʻlganda ragʻbatlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim boʻlsa 
jazolangan. “Bir bolaga etti mahalla ota-ona” deb bejiz aytilmagan. Tarbiya borasida 
xatolikka yoʻl qoʻygan bola u kimligidan qatʼi nazar jazolangan. Noaxloqiy xatti-
harakatlarni qisqa va lekin oʻta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan “yomon boʻladi” 
iborasi bilan tavsiflangan. 
Masalan, xalqimizning qadimdan amal qilib  kelayotgan odob-axloq 
qoidalariga koʻra nonga hurmat ulugʻlangan va non ushogʻi bexosdan erga tushib 
ketsa, “yomon boʻladi” deb, uni qoʻlga olib koʻzga surtib oʻpib, ogʻizga solingan 
yoki chetga olib qoʻyilgan. Suvga tuflash -“gunoh” boʻladi, “yomon boʻladi” deb 
tushuntirishgan. Qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biroq, kishi 
uni “harom” qilishga botinolmagan. Bolalarga bu “yomon boʻladi” iborasi orqali 
yetkazilgan. Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa oʻsha idishlar “harom” 
hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Kechqurun qozon yuvuqsiz qolsa 
“harom” boʻlgay. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qoʻyilgan. Ikki qoʻlini 
orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib, 
koʻpchilik oldida uzatib oʻtirish odobsizlik hisoblangan. 
“Yomon boʻladi” iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga gʻamxoʻrlik 
tarbiyalangan, yetim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor 
yetkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-
qizlarga bexayolik qilish “yomon boʻlish”ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda 
bolaning yoshi, xatti-harakatlari, oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan. 
Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi Qurʼoni karim, hadislardan 
misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar 
ota-ona, 
aka-uka, 
opa-singil, 
qoʻni-qoʻshnilarning 
ijobiy 
xatti-harakatlari 
koʻrinishidagi oilaviy anʼanalarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan boʻlsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. 5.3. Xalq tajribasida tarbiya uslubi. Sharq xalqlari, jumladan oʻzbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning ham oqibati toʻgʻri baholangan. Yoshga monand taʼsir koʻrsatish yoʻl va vositalari yaratilgan. Kerak boʻlganda ragʻbatlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim boʻlsa jazolangan. “Bir bolaga etti mahalla ota-ona” deb bejiz aytilmagan. Tarbiya borasida xatolikka yoʻl qoʻygan bola u kimligidan qatʼi nazar jazolangan. Noaxloqiy xatti- harakatlarni qisqa va lekin oʻta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan “yomon boʻladi” iborasi bilan tavsiflangan. Masalan, xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob-axloq qoidalariga koʻra nonga hurmat ulugʻlangan va non ushogʻi bexosdan erga tushib ketsa, “yomon boʻladi” deb, uni qoʻlga olib koʻzga surtib oʻpib, ogʻizga solingan yoki chetga olib qoʻyilgan. Suvga tuflash -“gunoh” boʻladi, “yomon boʻladi” deb tushuntirishgan. Qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biroq, kishi uni “harom” qilishga botinolmagan. Bolalarga bu “yomon boʻladi” iborasi orqali yetkazilgan. Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa oʻsha idishlar “harom” hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Kechqurun qozon yuvuqsiz qolsa “harom” boʻlgay. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qoʻyilgan. Ikki qoʻlini orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib, koʻpchilik oldida uzatib oʻtirish odobsizlik hisoblangan. “Yomon boʻladi” iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga gʻamxoʻrlik tarbiyalangan, yetim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor yetkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin- qizlarga bexayolik qilish “yomon boʻlish”ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolaning yoshi, xatti-harakatlari, oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi Qurʼoni karim, hadislardan misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qoʻni-qoʻshnilarning ijobiy xatti-harakatlari  
 
namunasida tarbiyalangan. 
Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin 
ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, “yomon boʻladi” iborasi 
orqali davom ettirilgan. Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlasa, 
“yomon boʻladi”, erta saharda eshik ochilmasa, “yomon boʻladi”, “kunlik 
rizqimizdan benasib qolamiz” iboralari bolalarni erta turishga undagan. Kechki payt 
quyosh botish arafasida uxlasa, “yomon boʻladi” deb uqtirilgan. Hayvonlarga, 
qushlarga tosh otma, ozor berma, “yomon boʻladi”, mevalarni tishlab tashlama, 
“yomon boʻladi”, qush uyasini buzma, ekinlarni payhon qilma, “yomon boʻladi”, 
kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat, uni avaylab-asrashga oʻrgatilgan, hozirgi 
soʻzimiz bilan aytilganda ekologik tarbiya asoslari berilgan. 
Saranjom-sarishtalik — uyning bezagi, tejamkorlik — farovonlik kaliti, 
toʻgʻrilik, halollik-—koʻngil xotirjamligi ekanligini mehnatkash xalqimiz 
unutmagan va oilada bolalarni ana shunday fazilatlar asosida tarbiyalashga doimo 
vaqt topisha olgan. “Toma-toma koʻl boʻlur, tommay qolsa, choʻl boʻlur” xalq, 
maqolining qimmati ham ana shunda. 
Oʻzbek xalqida bolalar bilan bogʻliq juda koʻp yaxshi anʼanalar bor. Xalq 
pedagogikasi bolalarga mehr-muhabbat, ularni sevish, erkalash, parvarish qilish, 
taʼlim-tarbiya berish, ehtiyotlash kabi insoniy qa-rashlarni targʻib qilib kelgan. 
Oilada yangi insonning dunyoga kelishini barcha xalqlar qadimdan kishi hayotidagi 
eng quvonchli hodisa sifatida nishonlab kelganlar. Xalqimiz ana shu quvonchni 
ifoda etuvchi turli urf-odatlarni ijod etgan. Oʻzbeklarning qadimiy urf-odatlariga 
koʻra yangi chaqaloqning dunyoga kelishi faqat uning ota-onasi uchungina emas, 
balki hamma qarindosh-urugʻlari va mahalla-koʻy uchun ham sevinchli hodisa 
hisoblangan. Biz xalq ogʻzaki ijodi asarlarini koʻzdan kechirar ekanmiz, xalqning 
nom qoʻyish odatiga keng oʻrin berilganini koʻramiz. Sharq xalqlari, xususan oʻzbek 
xalqida shunday odat bor: bolalarga oiladagi kattalar, elu yurt oʻrtasida moʻtabar 
boʻlgan kishilar, eʼtiborli qariyalar nom qoʻyadilar. Bu qadimdan qolgan rasmdir. 
Mentalitet xatto bir mafkura boshqasiga oʻzgarganda ham oʻzining asosiy 
parametrlarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet biz 
namunasida tarbiyalangan. Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, “yomon boʻladi” iborasi orqali davom ettirilgan. Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlasa, “yomon boʻladi”, erta saharda eshik ochilmasa, “yomon boʻladi”, “kunlik rizqimizdan benasib qolamiz” iboralari bolalarni erta turishga undagan. Kechki payt quyosh botish arafasida uxlasa, “yomon boʻladi” deb uqtirilgan. Hayvonlarga, qushlarga tosh otma, ozor berma, “yomon boʻladi”, mevalarni tishlab tashlama, “yomon boʻladi”, qush uyasini buzma, ekinlarni payhon qilma, “yomon boʻladi”, kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat, uni avaylab-asrashga oʻrgatilgan, hozirgi soʻzimiz bilan aytilganda ekologik tarbiya asoslari berilgan. Saranjom-sarishtalik — uyning bezagi, tejamkorlik — farovonlik kaliti, toʻgʻrilik, halollik-—koʻngil xotirjamligi ekanligini mehnatkash xalqimiz unutmagan va oilada bolalarni ana shunday fazilatlar asosida tarbiyalashga doimo vaqt topisha olgan. “Toma-toma koʻl boʻlur, tommay qolsa, choʻl boʻlur” xalq, maqolining qimmati ham ana shunda. Oʻzbek xalqida bolalar bilan bogʻliq juda koʻp yaxshi anʼanalar bor. Xalq pedagogikasi bolalarga mehr-muhabbat, ularni sevish, erkalash, parvarish qilish, taʼlim-tarbiya berish, ehtiyotlash kabi insoniy qa-rashlarni targʻib qilib kelgan. Oilada yangi insonning dunyoga kelishini barcha xalqlar qadimdan kishi hayotidagi eng quvonchli hodisa sifatida nishonlab kelganlar. Xalqimiz ana shu quvonchni ifoda etuvchi turli urf-odatlarni ijod etgan. Oʻzbeklarning qadimiy urf-odatlariga koʻra yangi chaqaloqning dunyoga kelishi faqat uning ota-onasi uchungina emas, balki hamma qarindosh-urugʻlari va mahalla-koʻy uchun ham sevinchli hodisa hisoblangan. Biz xalq ogʻzaki ijodi asarlarini koʻzdan kechirar ekanmiz, xalqning nom qoʻyish odatiga keng oʻrin berilganini koʻramiz. Sharq xalqlari, xususan oʻzbek xalqida shunday odat bor: bolalarga oiladagi kattalar, elu yurt oʻrtasida moʻtabar boʻlgan kishilar, eʼtiborli qariyalar nom qoʻyadilar. Bu qadimdan qolgan rasmdir. Mentalitet xatto bir mafkura boshqasiga oʻzgarganda ham oʻzining asosiy parametrlarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet biz  
 
madaniyatga tegishli odamlarda umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan 
aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqi ular quyidagi ijtimoiy hodisalar: 
ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka 
munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, 
zamon va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon boʻladi. 
Mentalitet — bu xalq madaniyatining keng maydondagi kvintesseksiyasidir. 
“Mentalitet” kategoriyasi odatda ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida tushuniladi. 
Mentalitet tushunchasining tarkibini psixologik tahlili mentalitet tushunchasini 
muayyan madaniyatda yashovchi odamlarning integral tasviri sifatida tushunish 
imkonini beradi. Bu tahlil I.G.Dubrov, V.I.Kukushkin, A.S.Pamarin, V.S.Barulinlar 
tomonidan oʻtkazilgan. Boshqacha aytganda mentalitet jamiyatning maʼnaviy-ruhiy 
qiyofasi, jamiyat psixologiya fanining asosiy oʻlchovi  sifatida tushuniladi. 
Mentalitet ijtimoiylashuv jarayonida muhim oʻrin tutadi, chunki u ijtimoiy 
axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda 
boʻladi: 
-ishlab chiqarish quroli va mehnatning jamoat natijalari; 
-obyektiv ijtimoiy munosabatlar; 
-til. 
Mentalitet ijtimoiy axborotning oʻziga xos qismi sifatida oʻzining uzatish 
kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz, va boshqa keng 
tarqalgan matnlar, til strukturalari, kundalik yumushlar hisoblanadi. Xozirgi kunda 
hali fanda mentalitet tushunchasi tor va keng maʼnoda tushuniladi. 
Keng maʼnoda mentalitet jamiyat, jamiyat ongini qabul qilish oʻziga xosligi 
sifatida oʻzicha oʻzining tabiat va ijtimoiylashtirishni qabul qilishga oʻzicha 
dunyoga munosabatda boʻlish imkonini beradi. Mentalitet (tor maʼnoda) avlodlar 
tajribasi, milliy xarakter va dunyoqarash asoslari, ijtimoiy axborotning eng kam 
o‘zgaruvchan qismi 
Tarbiyalanuvchilarning milliy psixologik xususiyatlarini ijtimoiy pedagog 
inobatga olishi kerak. Milliy psixologiyani bila turib, u tarbiya ishining sifatini 
oshirishda kerakli qoidalarni topa olish mumkin. Etnopsixologiya pedagogika faniga 
madaniyatga tegishli odamlarda umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqi ular quyidagi ijtimoiy hodisalar: ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon boʻladi. Mentalitet — bu xalq madaniyatining keng maydondagi kvintesseksiyasidir. “Mentalitet” kategoriyasi odatda ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida tushuniladi. Mentalitet tushunchasining tarkibini psixologik tahlili mentalitet tushunchasini muayyan madaniyatda yashovchi odamlarning integral tasviri sifatida tushunish imkonini beradi. Bu tahlil I.G.Dubrov, V.I.Kukushkin, A.S.Pamarin, V.S.Barulinlar tomonidan oʻtkazilgan. Boshqacha aytganda mentalitet jamiyatning maʼnaviy-ruhiy qiyofasi, jamiyat psixologiya fanining asosiy oʻlchovi sifatida tushuniladi. Mentalitet ijtimoiylashuv jarayonida muhim oʻrin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda boʻladi: -ishlab chiqarish quroli va mehnatning jamoat natijalari; -obyektiv ijtimoiy munosabatlar; -til. Mentalitet ijtimoiy axborotning oʻziga xos qismi sifatida oʻzining uzatish kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz, va boshqa keng tarqalgan matnlar, til strukturalari, kundalik yumushlar hisoblanadi. Xozirgi kunda hali fanda mentalitet tushunchasi tor va keng maʼnoda tushuniladi. Keng maʼnoda mentalitet jamiyat, jamiyat ongini qabul qilish oʻziga xosligi sifatida oʻzicha oʻzining tabiat va ijtimoiylashtirishni qabul qilishga oʻzicha dunyoga munosabatda boʻlish imkonini beradi. Mentalitet (tor maʼnoda) avlodlar tajribasi, milliy xarakter va dunyoqarash asoslari, ijtimoiy axborotning eng kam o‘zgaruvchan qismi Tarbiyalanuvchilarning milliy psixologik xususiyatlarini ijtimoiy pedagog inobatga olishi kerak. Milliy psixologiyani bila turib, u tarbiya ishining sifatini oshirishda kerakli qoidalarni topa olish mumkin. Etnopsixologiya pedagogika faniga  
 
muayyan milliy guruhlar vakillari tomonidan tarbiyaviy taʼsir choralarini qabul 
qilishning oʻziga xoslik, turli xalqlarning tarixiy tajribasini inobatga olib tarbiya 
tadbirlarining mazmunini, u yoki bu millat vakillarining tarbiya choralariga 
koʻnikishlari xususiyatlarini, aniq etnik guruh vakillarida milliy psixologiyaning 
ifodalanishini, turli xalqlarda tarbiyaviy taʼsir paytida nizomiy munosabatlarning 
ifodalanishi 
xususiyatlarini, 
milliy 
mintaqalarda 
odamlarga 
nisbatan 
qoʻllanilayotgan psixologik taʼsirga bogʻliq ravishda tarbiya ishining mahsuldorligi, 
turli millat vakillarining muomalasi jarayonida shaxslararo munosabatlarning 
shakllanishini oʻrganishga yordam beradi. 
Insonlarning milliy psixologik xususiyatlari ularning faoliyatiga 3 darajada 
taʼsir koʻrsatadi: 
-faoliyatning milliy oʻziga xosligi; 
-inson hislatlarining milliy xususiyati; 
-axloqiy xolatning milliy oʻziga xosligi. 
Milliy psixologik xususiyatlar nafaqat inson ruhiyatining inʼikosining umumiy 
xarakteriga taʼsir koʻrsatadi, balki bu jarayonga muayyan tuzilish va mazmunini 
kasb ettirishdan iborat. (Konstitutsiya funksiya koʻnikish (milliy-psixologik 
xususiyatlar odamlarning faoliyat sharoitlariga koʻnikishiga yordam berishi yoki 
toʻsqinlik qilishi) jarayonlarining milliy oʻziga xosligini, barqarorlik shaklida 
amalga oshirish mumkin). 
Milliy psixologiyada ijtimoiy ong xodisasi sifatida 4 ta sohani ajratsa boʻladi. 
Motivatsion fan sohasi milliy umumiylikning sabablari va gʻoyalarining oʻziga 
xosligini xarakterlaydi. Intellektual soha esa milliy psixika tashuvchilarining 
tafakkurining oʻziga xosligini xarakterlaydi. Bu jihat ularda aqliy hislatlar 
mavjudligida ifodalanadi. Kommunikativ soha esa har bir xalqning oʻrnatilib 
boʻlingan oʻzaro munosabatlar meʼyorlari, oʻz axloq stereotiplari, oʻz rahbarlik 
shakllari mavjudligidan dalolat beradi. Shunday xalq gipotezasi mavjudki, har bir 
xalq nerv tizimi va aqlining tugʻma xususiyatlarining faoliyat yuritishida oʻz 
xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning emotsional-irodaviy va aqliy 
sohalarining oʻziga xosligini keltirib chiqaradi. 
muayyan milliy guruhlar vakillari tomonidan tarbiyaviy taʼsir choralarini qabul qilishning oʻziga xoslik, turli xalqlarning tarixiy tajribasini inobatga olib tarbiya tadbirlarining mazmunini, u yoki bu millat vakillarining tarbiya choralariga koʻnikishlari xususiyatlarini, aniq etnik guruh vakillarida milliy psixologiyaning ifodalanishini, turli xalqlarda tarbiyaviy taʼsir paytida nizomiy munosabatlarning ifodalanishi xususiyatlarini, milliy mintaqalarda odamlarga nisbatan qoʻllanilayotgan psixologik taʼsirga bogʻliq ravishda tarbiya ishining mahsuldorligi, turli millat vakillarining muomalasi jarayonida shaxslararo munosabatlarning shakllanishini oʻrganishga yordam beradi. Insonlarning milliy psixologik xususiyatlari ularning faoliyatiga 3 darajada taʼsir koʻrsatadi: -faoliyatning milliy oʻziga xosligi; -inson hislatlarining milliy xususiyati; -axloqiy xolatning milliy oʻziga xosligi. Milliy psixologik xususiyatlar nafaqat inson ruhiyatining inʼikosining umumiy xarakteriga taʼsir koʻrsatadi, balki bu jarayonga muayyan tuzilish va mazmunini kasb ettirishdan iborat. (Konstitutsiya funksiya koʻnikish (milliy-psixologik xususiyatlar odamlarning faoliyat sharoitlariga koʻnikishiga yordam berishi yoki toʻsqinlik qilishi) jarayonlarining milliy oʻziga xosligini, barqarorlik shaklida amalga oshirish mumkin). Milliy psixologiyada ijtimoiy ong xodisasi sifatida 4 ta sohani ajratsa boʻladi. Motivatsion fan sohasi milliy umumiylikning sabablari va gʻoyalarining oʻziga xosligini xarakterlaydi. Intellektual soha esa milliy psixika tashuvchilarining tafakkurining oʻziga xosligini xarakterlaydi. Bu jihat ularda aqliy hislatlar mavjudligida ifodalanadi. Kommunikativ soha esa har bir xalqning oʻrnatilib boʻlingan oʻzaro munosabatlar meʼyorlari, oʻz axloq stereotiplari, oʻz rahbarlik shakllari mavjudligidan dalolat beradi. Shunday xalq gipotezasi mavjudki, har bir xalq nerv tizimi va aqlining tugʻma xususiyatlarining faoliyat yuritishida oʻz xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning emotsional-irodaviy va aqliy sohalarining oʻziga xosligini keltirib chiqaradi.  
 
Milliy psixologik xususiyatlar koʻnikma va stereotiplar mexanizmlari orqali 
namoyon boʻladi. Qurilmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul 
qilishidir, yaʼni qurilma muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror bir milliy jamoa 
vakili oʻz etnik sharoitlaridan kelib chiqib milliy mentaliteti shaxsning 
ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy meʼyorlari va qadriyatlar, shaxsiy va 
ijtimoiy rivojlanish yoʻnalishlarini mustahkamlash, atrof-muhitdagi odamlarga baho 
berish, oʻz millati nuqtayi nazariga mos kelmaydigan gʻoyalarni qoralash vazifasini 
bajaradi. Ijtimoiy va pedagogik amaliyot, bir qator tadqiqotlar insonning milliy 
majburiyatini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar sifatida oilani eʼtirof etadi. 
Oila:-milliy axloqiy normalarni oʻzlashtirish, milliy madaniy muhitga va uning 
qadriyatlariga koʻnikishning eng bevosita va abadiy manbasi hisoblanadi. 
 millat psixologiyasi jihatlarining taqlid yoʻli orqali alohida shaxslar ongi va 
ruhiy olamiga kirishini taʼkidlaydi. 
 milliy qadriyatlarga amal qiladi, ularni saqlaydi. 
 oʻzining milliy tarbiyaviy ahamiyati inson hayoti davomida saqlab qoladi. 
 milliy odatlar, urf va anʼanalarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi. 
Oilaning barcha sanab oʻtilgan xususiyatlari oʻzbek oilasida oʻzining yorqin 
ifodasini topadi. Oʻzbek xalqi vakillarining shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy 
xususiyatlari, oilada milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllanlgan va avloddan-
avlodga oʻtib taʼlim-tarbiya, odat, marosimlar, qoidalar shaklida mustahkamlangan. 
Bunday qadriyatlarga avvalom oʻz yurtining oʻtmishiga hurmat, milliy anʼanalarga 
sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga 
mehnat faoliyatining xarakteri va yoʻnaltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish 
darajasi, madaniy taʼlim darajasi taʼsir qiladi. Milliy xislatlarning shakllanishining 
asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning 
shakllanishi, saqlanishi va boshqa avlodlarga uzatilishi vositasi milliy odat va 
anʼanalar hisoblanadi. 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri 
deganda nimani tushunasiz.? 
Milliy psixologik xususiyatlar koʻnikma va stereotiplar mexanizmlari orqali namoyon boʻladi. Qurilmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul qilishidir, yaʼni qurilma muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror bir milliy jamoa vakili oʻz etnik sharoitlaridan kelib chiqib milliy mentaliteti shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy meʼyorlari va qadriyatlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish yoʻnalishlarini mustahkamlash, atrof-muhitdagi odamlarga baho berish, oʻz millati nuqtayi nazariga mos kelmaydigan gʻoyalarni qoralash vazifasini bajaradi. Ijtimoiy va pedagogik amaliyot, bir qator tadqiqotlar insonning milliy majburiyatini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar sifatida oilani eʼtirof etadi. Oila:-milliy axloqiy normalarni oʻzlashtirish, milliy madaniy muhitga va uning qadriyatlariga koʻnikishning eng bevosita va abadiy manbasi hisoblanadi.  millat psixologiyasi jihatlarining taqlid yoʻli orqali alohida shaxslar ongi va ruhiy olamiga kirishini taʼkidlaydi.  milliy qadriyatlarga amal qiladi, ularni saqlaydi.  oʻzining milliy tarbiyaviy ahamiyati inson hayoti davomida saqlab qoladi.  milliy odatlar, urf va anʼanalarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi. Oilaning barcha sanab oʻtilgan xususiyatlari oʻzbek oilasida oʻzining yorqin ifodasini topadi. Oʻzbek xalqi vakillarining shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy xususiyatlari, oilada milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllanlgan va avloddan- avlodga oʻtib taʼlim-tarbiya, odat, marosimlar, qoidalar shaklida mustahkamlangan. Bunday qadriyatlarga avvalom oʻz yurtining oʻtmishiga hurmat, milliy anʼanalarga sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga mehnat faoliyatining xarakteri va yoʻnaltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish darajasi, madaniy taʼlim darajasi taʼsir qiladi. Milliy xislatlarning shakllanishining asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning shakllanishi, saqlanishi va boshqa avlodlarga uzatilishi vositasi milliy odat va anʼanalar hisoblanadi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 1. Oʻzbek xalq pedagogikasida taʼlim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri deganda nimani tushunasiz.?  
 
2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli qanday tushunchaga ega 
boʻldingiz? 
3. Oʻzbek xalq pedagogikasi anʼanalari? 
4. An’ana so‘zining ma’nosi? 
5. Mentalitet — bu? 
6. Xalq tajribasida tarbiya uslubi? 
7. “Oʻzbek xalq pedagogikasi” xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy qismi 
sifatida? 
 
2. Oʻzbek etnografiyasida mukammal inson modeli qanday tushunchaga ega boʻldingiz? 3. Oʻzbek xalq pedagogikasi anʼanalari? 4. An’ana so‘zining ma’nosi? 5. Mentalitet — bu? 6. Xalq tajribasida tarbiya uslubi? 7. “Oʻzbek xalq pedagogikasi” xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida?