O’ZBEK XONLIKLARI DAVRIDAGI TIBBIYOT. KAPITALISTIK TUZUMINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI, SHU DARVDAGI TIBBIYOT
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
22,2 KB
O’ZBEK XONLIKLARI DAVRIDAGI TIBBIYOT. KAPITALISTIK
TUZUMINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI, SHU DARVDAGI
TIBBIYOT
Reja:
1. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davridagi tibbiyot.
2. So’nggi o’zbek xonliklari davridagi tibbiyot.
3. Kapitalizm davridagi tibbiyot va uning rivojlanishi.
4. Tibbiyot soxasidagi kashfiyotlar.
Shayboniylar davrida O’zbekiston xududida yashagan yirik tabiblardan
bizga Muhammad Xusayin Mirokiy as-Samarkandiy, Shox Ali Xurosoniy,
Toshkentlik Mullo Muhammad Yusuf tabib, Ubaydullo ibn Yusuf Ali al-Okiylilar
maolum.
SHayboniylar xukumronlik qilgan davirda (XVI-asr) mamlakatda tibbiyot
anchagina rivojlandi. Deyarli xar bir shaxarda kasalxona, nogironlar uyi, dorixona
va tibbiy maktablar bulardi.
Masalan, XVI-asr O’rtasida Toshkentning ko’rkam chekkasida «CHorbog»
degan joyida maxsus kasalxona ko’rilganligi ma’lum. Bu erda bemorlar va
yaradorlar davolanganlar. Kasalxonalarda tajribali tabiblar ishlardilar. Ular
tabiblarga tib ilmidan dars ham berardilar. CHunki bilimli bu tabiblar tibga oid
asarlar ham yozganlar.
XVI-asrning oxiriga kelib o’zaro urishlar natijasida sha yboniylar
davlati
zaiflashib koldi. Bu vaqtda janubda Eron shoxlari mamlakatga taxdid sola
boshladilar. SHimolda esa rus podshoxidan madad olgan qozoq xonlari xujum
boshladilar. Oxirgi shayboniylardan biri – Abdulmumin mamlakatni birlashtirishga
o’rinib ko’rdi. Ammo ayrim viloyatlarning bekalari uni qo’llab – quvatlamadilar.
Aksincha, ular dushmanlar bilan kelish yo’lini tutdilar. Abdumumin uldirildi. Bu
bilan shayboniylar sulolasi ham tugadi.
1599 yilda Mavorounnaxirning xoni qilib, Koki Muhammad saylandi. U
boshqa o’zbek kabilaisdan – Ashtarxoniylardan edi. SHunday qilib, Ashtarxoniylar
sulolasiga asos solindi. Bular ham mamlakatdagi parchalanib ketish jarayonini
tuxtata olmadilar. Markazdan chetlanish tendensiyasi kuchlib bo’lib chiqdi. O’lka va
viloyatlarning boshqalari ko’pincha markaziy xukumatga buysunishdan bosh tortar
edilar. Bundan tashqari, davlat ishlarida ruxoniylar o’z tasirlarini borgan sari
kuchlirok utkaza boshladilar. Markaziy xukumat boshligi SHayx va ulamolar hamda
viloyat xokimlari ishtiroksiz biron muhim ishni amalga oshira olmasdi. SHuning
uchun mamlakatning iqtisodiy va madaniy xayotida ko’zga ko’rina o’zgarish yo’z
bermadi. Siyosiy xayotda o’zaro urishlar davom etdi.
SHunday qilib, Ashtarxoniylar xukumronlik qilgan davrida Movarounnaxirda
iqtisodiy va madaniy xayot soxasida unchalik silchish ko’rinmadi. Bundan tibbiyot
istisno edi. Bu soxada zarurat bo’lganligi uchun ba’zi bir siljish alomatlari ko’zga
ko’rindi. Ayrim shaxarlarda kasalxonalarda parpo etildi, ularda bemorlarni davolash
bilan birga talabalar ham o’qitilardi.
Bu vaqtda ko’zga ko’ringan tadbirlardan biri Subxonqo’lixondir. U Buxoro
amiri edi. Tibga oid ikkita asari borligi ma’lum edi. Bular «Subxon tibbiyoti» va
«Subxonning xayotbaxsh tibbiyotidir».
«Subxon tibbiyoti» da muallif oson, tushunarli qilib xar xil kasalliklarni
aniqlash va davolash to’g’risida so’z yuritadi.
«Subxonning xayotbaxsh tibbiyoti» esa asosan dorilarga bag’ishlangan. Kitob
sakkiz qismdan iborat bo’lib, xar bir qismdan dorilarning sifati, tayyorlanishi
vaishlatilishiga oid ayrim masalalar yoritilgan.
O’zbekiston tibbiyoti tarixda yana bir davlat arbobi, tib ilmi bilan
shug’ullangan. Bu Xorazm xoni Abulg’ozixondir. Uning tibga oid kitobi «Insonga
foydali kitob» deb atalgan. Bu asar turt qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda oddiy
dorilarning xossalari, ularni tayyorlash va ishlatish usullari bayon etilgan. Ikkinchi
qism – murakkab dorilarga bag’ishlangan. Uchunchi qismda tibbiyotda ko’p
ishlatiladigan umumiy dorilar haqida so’z yuritiladi. Kitobning turtinchi qismi
tibbiyotning umumiy nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan.
XVIII-asr o’rtalariga kelib, xozirgi O’zbekiston xududi va Turkmaniston,
Kirgiziston hamda Tojikistonning ko’pgina qismi uch O’zbek xonligi – Quqon,
Xorazm xonliklari va Buxoro amirligi O’rtasida taqsimlab olingan edi. Bu xonliklar
xududida yashovchi axolining ko’pchiligini o’zbeklar tashkil etardilar. Ayrim shaxar
va qishloqlarda tojiklar yashardilar. Xiva va Buxoro xonliklarining g’arbiy va
janubiy qismida turkmanlar joylashgan edi. Quqon xonligining shimolida kirgizlar
va qozoqlar, Orol dengizi atrofida esa qorakalpoklar yashar edilar.
Ayrim xonalar mamlakat iqtisodiyotini ko’tarish, davlatni mustaxkamlash va
ba’zi - bir obodonchilik ishlarini amalga oshirishga o’rinib ko’rdilar. Urushlar
davomida vayron bo’lgan sug’orish inshoatlarini qisman tikladilar, yangi kanallar
ham qazidilar. Masalan, Farg’ona vodiysi Shaxrixon, Andijon va Yangiariq kanallari
barpo etildi. Toshkent viloyatida 1822-1842 yillarda Xonariq kanali qazildi. Bunday
ishlar Buxoro amirligi va Xorazm xonligida ham amalga oshirildi va o’z samarasini
berdi. Ba’zi tabiblar tib soxasida asarlar ham yaratdilar.
XVIII-XIX asrlarda O’zbekiston xududida ko’zga ko’ringan tabiblar
yashaganlar: Junaydillo Xozik, Xazoraspiy, Maxmud Yaponiy, Axmadxuja tabib,
Qodir tabib Nurillo tabib va boshqalar.
O’vropa mamlakatlarida sanoat kapitalizmi davrida tibbiyotning
rivojlanishi
Ovrupa mamlakatlarida uygonish davridan so’ng iqtisodiy xayot, fan va madaniyat
soxasida yangi davr boshlandi. SHaxarlarda yirik sanoat korxonalari, fabrika va
zavodlar paydo bo’ldi. Ularda texnika vositalari qo’llanila boshladi.
Tabiiy fanlar, ayniqsa aniq fanlar tez rivojlandi. Fan va madaniyat yoqsaldi. Bu
jarayonlar XVIII-XIX asarlarga kelib, ayniqsa tezlashdi. Bunday umumiy
yoqsalish jarayonida tibbiyot ham tez rivojlana boshladi.
Yangi-yangi diagnostika usullari ishlab chiqildi, kasallarni davolash
takomillashdi. Tibbiyotda ishlatiladigan dori-darmonlarning xillari ko’paydi.
Tibbiyotning nazariy asoslari ham kengaydi.
Bu davr uch buyuk kashfiyot bilan xarakterlanadi. Bular moddaning
saqlanish va bir xolatdan ikkinchi xolatga o’tish qonuni, ikkinchi – xujayra
nazariyasi, uchunchi – Darvining evolyusion rivojlanish nazariyasi. Bu kashfiyotlar
va texnika soxasidagi yangiliklar tibbiyotning rovojlanishida katta rol uynadi.
Davrning evolyusion nazariyasi sog va kasal organizning tashqi muxit bilan
munosabatini aniqlashga yordam berdi. Buning natijasida kasallikning paydo
bo’lishi, uning okibatini bilish va davolash, choralarini ishlab chiqish imqoniyati
yaratildi. Ilgari kasallarni davolashda tashqi muxit xisobga olinmas edi. Endi darvin
nazariyasiga asosan kasallarga muolaja qilishda u yashab to’rgan sharoit, atrof-muxit
va uning organizmga ta’siri e’tiborga olinadigan bo’ldi.
XVIII-XIX asrga kelib mikroskopik anatomiya fani gistologiya shaqllandi. Bu
faning asoschisi chex olimi YAn Pukine (1787-1869) xisoblanadi. U 1837 yilda
birinchi bo’lib xayvon va odam organlari xujayralardan iborat ekanligini isbotladi.
Patologik anatomiya fani ham shaqllandi. Bu fanning asoschisi Italiya olimi
Jovanni Battista Morgani xisoblanadi. (1687-1771).
XVIII-XIX asrlarda tibbiyotning yana bir muhim nazariy soxasi – fiziologiya
juda tez rivojlandi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Eksperimental fiziologiyaning
asoschilaridan Fransua Mojandi, Ioxann Muller, Dubua Reymon, Klod Berner,
Xreman Xelmgols kabi fiziologlar.