O‘ZBEK XONLIKLARI DAVRIDAGI TIBBIYOT. O‘VROPA MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNING PAYDO BO’LISHI
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
23,9 KB
O‘ZBEK XONLIKLARI DAVRIDAGI TIBBIYOT. O‘VROPA
MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNING PAYDO BO’LISHI
Reja:
1. Xorazmshoxlar davridagi tibbiyot.
2. Somoniylar davridagi tibbiyot
3. Koraxoniylar davridagi tibbiyot
4. O’vropa mamlakatlarda O’rta asr davridagi tibbiyot
a) odam anatomiyasi fanining shakllanishi va rivojlanishi
b) fiziologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi.
v) klinik tibbiyotning rivojlanishi
Xorasmshoxlar davridagi tibbiyot:
IX-X asrga kelib jaxonga mashxur bo’lgan qadimgi Xorazmning mavkei
kaytadan ko’tarila boshladi. O’sha davrda xukumronlik qilgan shox Ma’mun ibn
Muhammad shimoliy va janubiy shoxlarini birlashtirib, yagona Xorazm davlatini
parpo etdi. U ilm-fanning kadriga etar va fan axllarini xar tomonlama qo’llab-
quvvatlardi. Uning saroyida unlab olimlar, faylasuflar, san’at namayondalari,
shoirlar va xaqimlar yashar edilar.
Xorazmdagi olimlar shox saroyida tashkil etilgan «Olimlar jamiyati»ga
uyushgan edilar. Bu jamiyat tarixda «Ma’mun akademiyasi» nomi bilan mashxur
bo’lgan. «Akademik» ga buyuk o’zbek ensiklopedist olimi Abu Rayxon Beruniy
raxbarlik qilardi. «Akademiya»ga o’sha zamonda ma’lum bo’lgan fanlarning hamma
soxalari bo’yicha yirik mutaxassislar, shu jumladan taniqli tib olimlari ham a’zo
edilar. Ulardan bizga mashxur Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masixiy, Abu Abdulox
Iloxiy, Abu Mansur Kamariy ma’lum.
Somoniylar davridagi tibbiyot. IX-X asrlarda Buxoro davlatida ham
iqtisodiy xayot, fan va madaniyat yoqsaldi. Bu davrda Buxoroda Somoniylar
xukumronlik qilar edilar. Bu3xoro xokimlari saroyda ham olimlar, shoirlar, san’at
namoyondalari o’zlari uchun qo’lay sharoit topgan edilar. Ma’lumotlarga ko’ra.
Buxoroda ham somoniylar davrida «Olimlar jamiyati», bo’lgan, saroyda katta
kutubxona bo’lib unda dunyo fanlarining hamma soxalariga oid ko’p nodir asarlar
saqlangan. Podshox saroyida xizmat qiluvchi olimlar, saroy amaldorlari va ba’zi
saroyga yaqin kishilargina bu erdagi kitoblarni ukish imqoniyatiga ega bo’lganlar.
Mashxur xaqim Ibn Sinoning yozishicha, u o’sha vaqtda xokimlik qilgan Buxoro
amiri Nux ibn Manso’rni ogir xastalikdan tuzatgandan so’nggina unga shu saroy
kutubxonasidagi nodir kitoblardan foydalanishga ruxsat berilgan.
O’sha zamondagi Buxoroda yashab ijod qilgan olimlar haqida etarli ma’lumot
yoq. Faqat bir necha xaqimni bilamiz xolos. SHular jumlasiga mashxur Abu Ali ibn
Sino ham kiradi.
Qoraxoniylar davridagi tibbiyot: X asr oxirida Buxoro xokimligi
qoraxoniylar tomonidan zabt etildi. Qoraxoniylar ham mamlakatni iqtisodiy va
madaniy jixatdan rivojlantirishga xarakat qildilar. Tibbiyot soxasida ham ancha
siljish yu’z berdi. Shaxarlarda kasalxona va shifoxonalar barpo etildi. Ularda tajribali
xaqimlar xizmat qilardilar. 1066 yilda Samarkand xumkdorli tamgochxonning
famoni bilan Samarkand shaxrida kasalxona ko’rilib ishga tushirildi. Kasalxona
bilan bir vaqtda tibbiy madrasa ham barpo etildi. U tarixda «Tibbiyot bilim maskani»
nomi bilan ma’lum. Kasalxonaga bosh tabib qilib o’sha vaqtdagi yirik xaqimlardan
biri bo’lgan Muhammad ibn Abdumalik as-Safar tayinlangan. Bundan tashqari bu
erda boshqa mashxur xaqimlar ham xizmat qilganlar. Bulardan biri Najibudin
Samarkandiy bo’lgan.
Bu davrda O’vropada moddiy va ma’naviy xayot turg’unlik davrini boshidan
kechirdi. Fanda sxolastika xuqmronlik qildi. Xar qanday erkin fikr ta’kib ostiga
olindi. Daxriylar bilan kurashish uchun daxshatli inqvizitsiya qo’llanildi. Ilg’or fan
namoyandalari o’tda kuydirildi.
O’vropada O’rta asr davrining rivojlana boshlangan nuqtasi deb 476 yil qabul
qilingan. Shu yil German kabilalari qadimgi klassik qo’ldorlik davlati bo’lgan Rim
imperiyasi tor-mor qildilar. Shu bilan birgalikda qadimgi antik madaniyatini ham
tugatdilar. O’vropada ijtimoiy xayotning hamma soxalari katolik dini ta’sirida qoldi.
Din barcha ilmiy va progressiv uchoqlarni yoq qildi. Shu tariqa tibbiyot fani ham o’z
taraqqiyotidan to’xtadi.
Bu soxada diniy tushunchalar xukm sura boshladi. Deyarli xech qanday
kashfiyot qilinmadi. Anatomik va fiziologik tekshirishlar olib borilmadi.
Dorifununlardagi o’qitiladigan fanlar din aqidalariga moslashtirildi. Kasallar
ibodatxonalarda davolanardilar. Dindorlar xudo va payg’ambarlar odamlarga qilgan
gunoxlari uchun kasallikni o’zlari beradilar va o’zlari oladilar deb, fikr yuritdilar.
Tibbiyot soxasida afso’ngarlik, dioxonlik va shomonlik keng tarqaldi. Bu davr
kariyb ming yilcha (XVasrgacha) davom etdi. XVI-XVII asrlarga kelib Ovrupada
madaniy jonlanish yo’z berdi. Tajriba va ko’zdan kechirishga asoslangan
eksperimental fan tez rivojlana boshladi. YAngi bo’layotgan burlayotgan burjuaziya
fan kshilarini qo’llab quvvatladi. Buning natijasida fanning hamma soxalari,
ayniqsa, aniq fanlar tez rivojlandi.
Tibbiyotda ham yirik kashfiyotlar qilindi. Umuman ilm fan va tibbiyotda
yangi davr boshlandi. Bu davr uygonish davriga kelib tibbiy fanlar ham tez rivojlana
boshladi.
Mikroskopning kashf etilishini gollandiyalik olim Antoni Levenguk nomi
bilan boglaydir. Mikroskopning kashf etilishi juda katta vokea bo’ldi. Bu
kashfiyotdan boshlab tibiiy fanlar va tibbiyot olamida yangi davr boshlandi. YAngi
fanlar – gistologiya, mikrobiologiya, bakteriologiya, embriologiya fanlar kelib
chiqdi.
Uygonish davrining buyuk muvaffaqiyatlaridan biri – odam anatomiyasi va
fiziologiyasi soxasidagi yutuqlar edi. Ular mustaqil fan sifatida shaqlandi. Bunda
mashxur belgiyalik olim Andres Vezalusning xizmati juda katta. Bu olimni odam
anatomiyasi fanining asoschisi desak bo’ladi. U birinchi bo’lib xaqiqiy odam
anatomiyasini o’rgandi va bu oxadagi ilgarigi xatoliklarga xotima kuydi. Andreas
Vezaliusning xayoti va faoliyati o’zi bir kaxramonlikdir. Uning xayoti katta tarixiy
ahamiyatga ega, kashfiyotlar esa bebahodir.
Uygonish davrida odam anatomiyasi bilan birga fiziologiya fani ham
rivojlandi. Bu fanning shakllanishi mashxur ingliz olimi Vilyam Xarvey nomi bilan
bog’liq.
Vilyam Xarvey fiziologiya fanidan yangi davr ochgan olimdir. I.P. pavlov
aynan Vilyam Xarvey fiziologiyani mustaqil fan darasiga ko’tardi, deb yozgan edi.
Uyganish davri tibbiyotning yutuqlaridan biri yoqumli kasalliklar masalasini
o’rganish bo’ldi. Bu masala ustidan olimlar chuquroq uylay boshladilar.
SHundaylardan biri Jirolalo Frakastro (1478-1553) edi. U toshmali tif, bezgak,
qizamiq, sil va zaxm kasalliklarni chuqur tekshirdi. Temur davrida tibbiyot fani
yuksak darajaga ko’tarilgan ediki, u vaqtda xatto o’lgan odamning jasadini
balzamlash usulini ham bilganlar. Masalan, Temurning o’zi, Bibixoni va Temurning
o’gillari, Jaxongir va Mirzo Shoxrux, nabirasi – Muhammad sultonning kabrlari
ochib qo’ilganda ularning jasadi mumiyolanganligi aniqlangan.
Ulugbek (Muhammad taragay Ko’ragoniy) faqat davlat arbobi bo’libgina
kolmay, shu bilan birga buyuk olim sifatida ham mushxur, Turixchilarning
yozishicha, u bilimlarning deyarli hammasi bilan shug’ullangan. Ulugbek ko’p
vaqtini bobosi Amir Temur tashkil etgan buyuk kutubxona «Kitob gumbazi»da turli
kitoblarni mutoala qilish bilan utkazgan. Boshqa kitoblar qatorida tibga oid asarlarni
ko’p ukigan. U bu soxada Kichik bir risola yozgani ham mu’lum.
Ammo astronomiya soxasida Ulugbek katta olim sifatida dunyoga
mashxurdir. Lekin tibbiyot ilmiga ham katta ahamiyat bergan. Samarkandda bir
kasalxona ko’rdirib, unda ishlash uchun Kirmon shaxridan mashxur tabib
Burxoniddin Nafis ibn Avazni taklif etgan. SHu tabib tibga oid bir qancha asar
yozgan. SHulardan biri «Dori tayyorlash san’ati» nomli asari ham bo’lgan. Bu
kitobda muallif oddiy va murakkab dorilar retseptini to’zish, ularni tayyorlash va
ishlatish usullarini bayon etgan.
O’sha davrda tibiblar O’rtasida moxir jarroxlar ham bo’lgan. SHulardan biri
Tojiddin xaqim edi. Bu jarrox ancha murakkab operatsiyalarni ham qilgan.
Masalan, ko’z kataraktasini operatsiya yo’li bilan muvaffaqiyatli davolagan.
Operatsiya vaqtida esa tez-tez o’z qo’lini mayda qilib tugralgan piyozga botirib
olarkan. Ma’lumki piyozda mikroblarni uldiruvchi fitonsidlar bo’ladi.
Ulugbek ko’rdirgan rasadxona va madrasa koshida «Baytul xikma» ya’ni,
olimlar uyi bor edi. Bu Akademiyaga yo’zga yaqin olish uyushgan.
O’rta Osiyoda XV-XVI asarlarda tibbiyotning rivojlanishi Alisher Navoiy
nomi bilan bog’liq bo’lgan Navoiy o’zi tabib bo’lmasa ham, tibbiyotning
rivojlanishida juda katta rol o’ynaydi, hamda u insonparvar olim va davlat arbobi
sifatida mamlakatda sog’liqni saqlash ishlarining rivojlanishiga katta xissa qushdi.
Navoiyning tashabbusi bilan mamlakatda 300 dan ortiq turli madaniy maishiy
binolar, kasalxonalar, dorixonalar va tibbiy maktablar barpo etildi. Navoiyning
tibbiyot, tabiblar va salomatlikni saqlash haqidagi fikr va muloxazalari uning
mashxur «maxbub-qo’lub» (Kalblar sevgilisi) nomli kitobida bayon etilgan. Kitobda
asosan Navoiyning siyosiy ijtimoiy, axloqiy va tarbiyaviy qarashlari bayon etilgan.
Xirot tibbiy kompleksi. 1480-1481 yillarda Xirotda Navoiyning ko’rsatmasi
va ishtiroki bilan shaxar chetidagi eng ko’rkam joyda, «Injil» kali buyida tibbiy
kompleks parpo etildi.
Bu kompleksga «SHifoxiya» nomi kasalxona, «Safoxiya» nomli hammom
xovo’z hamda «Ixlosiya» nomli madrasa ko’rgan.
Ulug xaqim Ibn Sino kasalxonalari ko’rilishida o’lkaning tibbiy iklim
sharoitini xisobga olish, bemorlarga mumkinqadar qo’lay sharoit yaratib berish
ko’zda to’tilishi lozim, deb tavsiya qilingan edi.
«Ixlosiya» madrasasida ko’zga ko’ringan olimlar mudarrislik qilganlar.
Ulardan Amir Burxoniddin Atoullox Nayshapuriy, Amir MO’rtazo, Mavlono
Fasixiddin Nizomiy kabi olimlar ayniqsa katta shuxrat qozondilar.
Bobur saroyidagi fozillar qatorida yirik tibbiyot olimlari ham bor edi.
SHulardan biri o’sha zamonda ko’zga ko’ringan tabiblardan Yusuf ibn Muhammad
ibn Yusuf al-Xorazimiydir. Bu tabib Yusufiy nomi bilan tanilgan. U tib ilmiga oid
ko’p asar yozgan. Birinchi asarini olim yosh paytida yozgan edi. Bu asar «Ovqat va
ichimliklar haqida risola» deb atalgan. Asarda muallif normat ovqatlanish tartibi va
suyoqliklarni iste’mol qilish qoidalarini ko’rsatadi. Keyingi asari «Muruvvatli
kishilarga foyda keltirish» deb atalgan. Unda sog’liqni saqlash muassasalari bayon
etilgan. Yusuf tabibning eng mashxur asari «Kasalliklarni davolash» dir. Bu asarda
organizmdagi barcha a’zolarning kasalliklari, ularni aniqlash va davolash tadbirlari
bayon etilgan.
Qisqacha xulosa:
Bizga mu’lum bo’ldiki, buyuk ajdodlarimiz ham tibbiyot ilmiga befarq qaramay, uni
rivojlanishida o’ziga xos xizmat ko’rsatganlar. Ayniqsa buyuk ajdodimiz Alisher
Navoiy o’z tashabbusi bilan xirot shaxrida «Shifoxiya» kasalxonasini va boshqa
ko’plab
shifoxona
va
dorixona
ko’rdirganligi,
tibbiyotning o’ziga
xos
rivojlanganligini ko’rsatib turibdi.
Savollar:
1. Temuriylar davrida qaysi tabiblar etishib chiqqan?
2. Ulugbekning saroyi kim edi, u kaerlik?
3. Navoiy tashabbusi bilan qanday kompleks parpo etilgan?