O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari, mehnat bozori (O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni va ko‘payishi)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

54,8 KB


 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari, mehnat bozori 
 
 
Reja 
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni va ko‘payishi. 
2. Aholining jinsiy, yosh va milliy tarkibi. 
Tayanch iboralar 
Aholi, aholisining soni, aholining ko‘payishi, aholining jinsiy tarkibi, 
aholining yosh tarkibi, aholining milliy tarkibi, aholining joylanishi, aholining 
zichligi, shahar aholisi, qishloq aholisi, urbanizatsiya, mehnat resurslari, aholining 
ijtimoiy tarkibi 
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni va ko‘payishi. 
Savol: O‘ylab ko‘ringchi, aholining soni va ijtimoiy tarkibini o‘rganish 
qanday iqtisodiy ahamiyatga ega? 
 
Geografiya fani aholi va unga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni qadimdan 
o‘rganib keladi. Jamiyat tashkil topganidan to hozirgi davrga qadar muntazam 
rivojlanib kelmoqda. Jamiyat rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik 
jarayonlar uzviy bog‘liq holda sodir bo‘ladi va rivojlanishning asosiy omilini tashkil 
etadi. Jamiyat taraqqiyotini mukammal o‘rganish birinchi navbatda, demografik 
jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil etishni taqozo etadi. Amerikalik mashhur olim 
U.Ayzard fikricha, u yoki bu hududning xo‘jaligi murakkab jumboq bo‘lib, uni 
echishni aynan aholi bo‘g‘inidan boshlamoq kerak. Demografik ma’lumotlarga 
ko‘ra, O‘zbekistonning hozirgi hududida 1865 yilda 3 mln 320 ming kishi yashagan. 
1897 yilga kelib, uning aholisi 3 mln 948 ming kishiga etgan. Aholining yillik o‘sishi 
0,55%ni tashkil etdi. 1913-1940 yillarda O‘zbekiston aholisi yiliga 1,5%dan o‘sdi. 
1940-1959 yillarda aholining yillik o‘sish sur’ati 1,1%ni tashkil qildi. 1959-1970 
yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlari oraliq davrida O‘zbekiston aholisining yillik 
o‘sish sur’atlari 3,35% ni tashkil etdi. 1979-1989 yillar davrida respublika aholisi 
O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari, mehnat bozori Reja 1. O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni va ko‘payishi. 2. Aholining jinsiy, yosh va milliy tarkibi. Tayanch iboralar Aholi, aholisining soni, aholining ko‘payishi, aholining jinsiy tarkibi, aholining yosh tarkibi, aholining milliy tarkibi, aholining joylanishi, aholining zichligi, shahar aholisi, qishloq aholisi, urbanizatsiya, mehnat resurslari, aholining ijtimoiy tarkibi 1. O‘zbekiston Respublikasi aholisining soni va ko‘payishi. Savol: O‘ylab ko‘ringchi, aholining soni va ijtimoiy tarkibini o‘rganish qanday iqtisodiy ahamiyatga ega? Geografiya fani aholi va unga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni qadimdan o‘rganib keladi. Jamiyat tashkil topganidan to hozirgi davrga qadar muntazam rivojlanib kelmoqda. Jamiyat rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlar uzviy bog‘liq holda sodir bo‘ladi va rivojlanishning asosiy omilini tashkil etadi. Jamiyat taraqqiyotini mukammal o‘rganish birinchi navbatda, demografik jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil etishni taqozo etadi. Amerikalik mashhur olim U.Ayzard fikricha, u yoki bu hududning xo‘jaligi murakkab jumboq bo‘lib, uni echishni aynan aholi bo‘g‘inidan boshlamoq kerak. Demografik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning hozirgi hududida 1865 yilda 3 mln 320 ming kishi yashagan. 1897 yilga kelib, uning aholisi 3 mln 948 ming kishiga etgan. Aholining yillik o‘sishi 0,55%ni tashkil etdi. 1913-1940 yillarda O‘zbekiston aholisi yiliga 1,5%dan o‘sdi. 1940-1959 yillarda aholining yillik o‘sish sur’ati 1,1%ni tashkil qildi. 1959-1970 yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlari oraliq davrida O‘zbekiston aholisining yillik o‘sish sur’atlari 3,35% ni tashkil etdi. 1979-1989 yillar davrida respublika aholisi  
 
har 10 yilda 4,5mln. kishiga ko‘paydi, uning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,6%ni 
tashkil etdi. Respublikamiz aholisi oxirgi o‘n yilda o‘rtacha 507 ming kishidanga 
ko‘payib borib, 2020 yil davomida esa 650,3 ming kishiga yoki 2%ga o‘sdi. 
O‘zbekiston aholisining bunday yuqori sur’atlar bilan o‘sishi asosan aholining 
tabiiy ko‘payishi hisobiga ro‘y bergan. Keyingi yillarda ham aholi ko‘payishining 
yuqori ko‘rsatgichlarda saqlanib qolganligini ko‘rish mumkin. Bu qator ijtimoiy-
iqtisodiy sabablar bilan bog‘liqdir. Ular qo‘yidagilar: 
-O‘zbeklar va boshqa mahalliy millat vakillari orasida an’anaviy ko‘p 
bolalikning barqaror holda bo‘lganligi; 
-Urbanizatsiya darajasining pastligi tufayli aholi asosiy qismining qishloq 
xo‘jaligida bandligi; 
-Oilada bolalar sonini oldindan belgilash va tug‘ilishni cheklash choralarini 
qo‘llashning keng tarqalmaganligi. 
        -Mahalliy millat ayollari orasida ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok 
etmaydiganlar salmog‘ining yuqoriligi va boshqalar. 
  
Respublika hududlari kesimida 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra eng ko‘p aholi 
soni Samarqand viloyatida 3798,7 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 
11,4%) tashkil etib, keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati 3683,1 ming kishi (11,0%), 
Qashqadaryo viloyati 3213,3 ming kishi (9,6%), Andijon viloyati 3066,7 ming kishi 
(9,2%)ni tashkil etdi. 2019 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 3 mln. kishidan  oshgan 
hududlar soni 4 tani tashkil etdi. 
Bu qiziq! BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yili  jahon aholisi 7,7 mlrd kishini 
tashkil etdi. Shundan erkaklar - 50,4%. Ayollar - 49,6%. Demografik ma’lumotlarga 
ko‘ra, jahonda har 0,24 sekundda 1ta chaqaloq, 1 soatda esa 15218,7ta chaqoloq 
tug‘iladi. Har 0,56 sekundda 1ta odam o‘ladi. Har 1 soatda esa 6471,7 ta odam o‘ladi. 
3.1-jadval. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni va zichligi dinamikasi 
 
Yillar 
Jami aholi, 
ming kishi 
Shu jumladan 
Aholi 
zichligi, 
1 km2/kishi 
shahar 
aholisi 
foiz 
 
qishloq 
aholisi 
foiz 
 
1865 
3320,0 
466,0 
14,0 
2854 
86,0 
7,4 
har 10 yilda 4,5mln. kishiga ko‘paydi, uning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,6%ni tashkil etdi. Respublikamiz aholisi oxirgi o‘n yilda o‘rtacha 507 ming kishidanga ko‘payib borib, 2020 yil davomida esa 650,3 ming kishiga yoki 2%ga o‘sdi. O‘zbekiston aholisining bunday yuqori sur’atlar bilan o‘sishi asosan aholining tabiiy ko‘payishi hisobiga ro‘y bergan. Keyingi yillarda ham aholi ko‘payishining yuqori ko‘rsatgichlarda saqlanib qolganligini ko‘rish mumkin. Bu qator ijtimoiy- iqtisodiy sabablar bilan bog‘liqdir. Ular qo‘yidagilar: -O‘zbeklar va boshqa mahalliy millat vakillari orasida an’anaviy ko‘p bolalikning barqaror holda bo‘lganligi; -Urbanizatsiya darajasining pastligi tufayli aholi asosiy qismining qishloq xo‘jaligida bandligi; -Oilada bolalar sonini oldindan belgilash va tug‘ilishni cheklash choralarini qo‘llashning keng tarqalmaganligi. -Mahalliy millat ayollari orasida ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar salmog‘ining yuqoriligi va boshqalar. Respublika hududlari kesimida 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3798,7 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4%) tashkil etib, keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati 3683,1 ming kishi (11,0%), Qashqadaryo viloyati 3213,3 ming kishi (9,6%), Andijon viloyati 3066,7 ming kishi (9,2%)ni tashkil etdi. 2019 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 3 mln. kishidan oshgan hududlar soni 4 tani tashkil etdi. Bu qiziq! BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yili jahon aholisi 7,7 mlrd kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar - 50,4%. Ayollar - 49,6%. Demografik ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda har 0,24 sekundda 1ta chaqaloq, 1 soatda esa 15218,7ta chaqoloq tug‘iladi. Har 0,56 sekundda 1ta odam o‘ladi. Har 1 soatda esa 6471,7 ta odam o‘ladi. 3.1-jadval. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni va zichligi dinamikasi Yillar Jami aholi, ming kishi Shu jumladan Aholi zichligi, 1 km2/kishi shahar aholisi foiz qishloq aholisi foiz 1865 3320,0 466,0 14,0 2854 86,0 7,4  
 
1897 
3948,0 
743,0 
18,8 
3205 
81,2 
8,8 
1913 
4334,0 
1060,0 
24,5 
3274 
75,5 
9,6 
1926 
4621,0 
1012,0 
22,0 
3609 
78,0 
10,3 
1939 
6374,0 
1470,0 
23,0 
4877 
77,0 
14,2 
1940 
6551,0 
1606,0 
24,5 
4945 
75,5 
14,6 
1959 
8119,0 
2729,0 
33,6 
5390 
66,4 
18,0 
1970 
11799,0 
4322,0 
36,6 
7477 
63,4 
26,3 
1979 
15391,0 
6348,0 
41,2 
9043 
58,8 
34,3 
1989 
19906,0 
8106,0 
40,7 
11800 
59,3 
44,3 
1999 
24 135,6 
9195,7 
38,1 
14939,9 61,9 
53,8 
2009 
27533,4 
10551,0 38,0 
17215 
62,0 
61,3 
2020 
33905,8 
17100,0 50,5 
16700,0 49,5 
75,5 
 
3.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni o’sishi 
Aholining takror barpo bo‘lishi natijasida aholi soni va uning yosh-jinsiy 
tarkibi muntazam o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy tarkibida 
ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi. O‘lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga ta’sir 
etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlar jamiyatda ma’lum sotsial 
muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Aholining takror barpo bo‘lish 
jarayoni esa, o‘z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. 
Shu bois aholining takror barpo bo‘lish jarayoni jamiyat taraqqiyotining har bir 
bosqichida o‘ziga xos hususiyatlarga, qonuniyatlarga egadir.  
O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 768,3 mingta bola 
0
5000000
10000000
15000000
20000000
25000000
30000000
35000000
1926
1939
1970
1999
1897
1989
2020
1979
1959
2009
3948,0
4621,0
6374,0 8119,0 11799,0
15391,0
19906,0
24 135,6
27 533,4
33905,8
1897 3948,0 743,0 18,8 3205 81,2 8,8 1913 4334,0 1060,0 24,5 3274 75,5 9,6 1926 4621,0 1012,0 22,0 3609 78,0 10,3 1939 6374,0 1470,0 23,0 4877 77,0 14,2 1940 6551,0 1606,0 24,5 4945 75,5 14,6 1959 8119,0 2729,0 33,6 5390 66,4 18,0 1970 11799,0 4322,0 36,6 7477 63,4 26,3 1979 15391,0 6348,0 41,2 9043 58,8 34,3 1989 19906,0 8106,0 40,7 11800 59,3 44,3 1999 24 135,6 9195,7 38,1 14939,9 61,9 53,8 2009 27533,4 10551,0 38,0 17215 62,0 61,3 2020 33905,8 17100,0 50,5 16700,0 49,5 75,5 3.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni o’sishi Aholining takror barpo bo‘lishi natijasida aholi soni va uning yosh-jinsiy tarkibi muntazam o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy tarkibida ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi. O‘lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga ta’sir etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlar jamiyatda ma’lum sotsial muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Aholining takror barpo bo‘lish jarayoni esa, o‘z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Shu bois aholining takror barpo bo‘lish jarayoni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida o‘ziga xos hususiyatlarga, qonuniyatlarga egadir. O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 768,3 mingta bola 0 5000000 10000000 15000000 20000000 25000000 30000000 35000000 1926 1939 1970 1999 1897 1989 2020 1979 1959 2009 3948,0 4621,0 6374,0 8119,0 11799,0 15391,0 19906,0 24 135,6 27 533,4 33905,8  
 
tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish 
koeffitsienti 22,1 promilleni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 0,7 
promillega kamaydi (2016 yilda 22,8 promille bo‘lgan). Tug‘ilish koeffitsienti 2016 
yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida o‘sgan (25,7 promilledan 25,9 
promillega) bo‘lib, sezilarli darajada kamayish esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
(21,9 promilledan  20,7 promillega), Farg‘ona (22,2 promilledan 21,0 promillega), 
Toshkent  (20,3 promilledan 19,2 promillega), Xorazm (22,2 promilledan 21,0 
promillega), Buxoro (20,9 promilledan 20,0 promillega) va Jizzax (24,5 promilledan   
23,6 promillega) viloyatlarida kuzatildi. 
Mamlakatimizda 2020 yil 1 yanvar holatiga 154,7  mingta o‘lim qayd etilgan 
bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 6,8 mingtaga kamayganligini (2018 yil 1 nvar holatiga-
161,5 ming) ko‘rish mumkin. Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsienti 
5,0 promilleni tashkil etdi. O‘lim koeffitsienti 2016 yilning mos davriga nisbatan  
sezilarli darajada o‘sishi Andijon (5,1 promilledan 5,4 promillega), Jizzax (4,2 
promilledan 4,4 promillega), Qashqadaryo (4,1 promilledan 4,3 promillega), 
Namangan  (4,7 promilledan 4,9 promillega), Surxondaryo  (4,3 promilledan 4,5 
promillega) va Farg‘ona  (4,8 promilledan 5,0 promillega) viloyatlarida kuzatildi. 
 
46,8%-O‘zbekiston aholisi 
 
3.2-rasm. O‘zbekiston aholisining O‘rta Osiyo davlatlari aholisidagi ulushi 
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 
33905,8 ming kishini tashkil etdi. Jumladan, shahar aholisi soni 16805,0 ming 
kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16449,1 ming kishini 
(49,5 %) tashkil etdi. Aholining o‘rtacha zichligi – 74  kishi/ km2.. O‘zbekiston aholi 
46,8%
tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsienti 22,1 promilleni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2016 yilda 22,8 promille bo‘lgan). Tug‘ilish koeffitsienti 2016 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida o‘sgan (25,7 promilledan 25,9 promillega) bo‘lib, sezilarli darajada kamayish esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 promilledan 20,7 promillega), Farg‘ona (22,2 promilledan 21,0 promillega), Toshkent (20,3 promilledan 19,2 promillega), Xorazm (22,2 promilledan 21,0 promillega), Buxoro (20,9 promilledan 20,0 promillega) va Jizzax (24,5 promilledan 23,6 promillega) viloyatlarida kuzatildi. Mamlakatimizda 2020 yil 1 yanvar holatiga 154,7 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 6,8 mingtaga kamayganligini (2018 yil 1 nvar holatiga- 161,5 ming) ko‘rish mumkin. Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsienti 5,0 promilleni tashkil etdi. O‘lim koeffitsienti 2016 yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada o‘sishi Andijon (5,1 promilledan 5,4 promillega), Jizzax (4,2 promilledan 4,4 promillega), Qashqadaryo (4,1 promilledan 4,3 promillega), Namangan (4,7 promilledan 4,9 promillega), Surxondaryo (4,3 promilledan 4,5 promillega) va Farg‘ona (4,8 promilledan 5,0 promillega) viloyatlarida kuzatildi. 46,8%-O‘zbekiston aholisi 3.2-rasm. O‘zbekiston aholisining O‘rta Osiyo davlatlari aholisidagi ulushi O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33905,8 ming kishini tashkil etdi. Jumladan, shahar aholisi soni 16805,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16449,1 ming kishini (49,5 %) tashkil etdi. Aholining o‘rtacha zichligi – 74 kishi/ km2.. O‘zbekiston aholi 46,8%  
 
soniga ko‘ra, O‘rta Osiyoda 1-o‘rinni egallab, mintaqadagi umumiy 66,1 mln 
aholining 46,8% mamlakatimiz hududida yashaydi. 
2.  Aholining jinsiy, yosh va milliy tarkibi. 
Aholining jinsiy va yosh tarkibi muhim demografik ko‘rsatgichlardan bo‘lib, 
ular mehnat resurslarining, maktabgacha hamda maktab yoshdagi bolalarning, 
nafaqaxo‘rligining hozirgi va kelajakdagi sonini aniqlash, turli jins va yoshdagi aholi 
uchun zarur bo‘lgan keng iste’mol mollari ishlab chiqarishni rejalashtirish imkonini 
beradi. Tabiatda erkaklar bilan ayollar bir har xil miqdorda tug‘ilmaydi. Aslida 100 
ta qiz bola tug‘ilganda taxminan 104-107 ta o‘g‘il bola tug‘ilsa ham, lekin 15 
yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda ikkala jins nisbati tenglashadi. Lekin aholining 
bundan keyingi yoshlar buyicha guruhlarida aholining jins tarkibi turli 
mamlakatlarda turlicha. Dunyodagi mamlakatlarning taxminan yarmida ayollar soni 
erkaklardan ortiq. Bunga sabab shuki, ayollarning o‘rtacha umri erkaklarnikiga 
qaraganda biroz ortiq bo‘ladi. Ba’zi bir mamlakatlarda ayolarning erkaklar soniga 
qaraganda ancha ko‘pligiga bu mamlakatlarda ikkinchi Jahon urushida erkaklarning 
ko‘plab qirilib ketganligi sabab bo‘lgan. Lekin hayotga yangi yosh avlodlarning kirib 
kelishi bilan aholi sonidagi bu farqlar asta-sekin kamayib boryapti.  
O‘zbekiston aholisining jinsiy va yosh tarkibi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Inqilobdan oldingi davrlarda O‘zbekiston aholisining jinsiy tarkibida erkaklar 
ayollarga nisbatdan ko‘pchilikni tashkil qilgan, bunday xususiyatlar 1939 yilgi 
Butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlarda ham aks etdi. O‘sha yili respublika 
aholisining 51,6%i erkaklar va 48,4%i xotin-qizlardan iborat bo‘lgan. 1959 yilgi 
Butunittifoq aholi ro‘yxati yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklar soni jami 
aholining 48%ini tashkil qildi. 1989 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlariga 
ko‘ra esa O‘zbekiston aholisining 49,4%ini erkaklar va 50,6%ini xotin-qizlar tashkil 
etdi. 2009 yili bu ko‘rsatkich mos ravishda 48,2% va 51,8% ni, 2013 yilda esa ayollar 
umumaholining 49,9%ini, erkaklar esa 50,1%ni tashkil etdi. Keyingi yillarda ham 
aholining jinsiy tarkibida ayollar salmog‘i kamligi bilan ko‘zga tashlanadi. 2020 yil 
1 yanvar holatiga ko‘ra, jami aholining  50,3%ini erkaklar va 49,7%ini xotin-qizlar 
tashkil etdi. 
 
O‘zbekiston jahonning ko‘p millatli mamlakatlaridan biri. Unda 100 dan ortiq 
millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Aholining ko‘pchiligini o‘zbeklar tashkil 
soniga ko‘ra, O‘rta Osiyoda 1-o‘rinni egallab, mintaqadagi umumiy 66,1 mln aholining 46,8% mamlakatimiz hududida yashaydi. 2. Aholining jinsiy, yosh va milliy tarkibi. Aholining jinsiy va yosh tarkibi muhim demografik ko‘rsatgichlardan bo‘lib, ular mehnat resurslarining, maktabgacha hamda maktab yoshdagi bolalarning, nafaqaxo‘rligining hozirgi va kelajakdagi sonini aniqlash, turli jins va yoshdagi aholi uchun zarur bo‘lgan keng iste’mol mollari ishlab chiqarishni rejalashtirish imkonini beradi. Tabiatda erkaklar bilan ayollar bir har xil miqdorda tug‘ilmaydi. Aslida 100 ta qiz bola tug‘ilganda taxminan 104-107 ta o‘g‘il bola tug‘ilsa ham, lekin 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda ikkala jins nisbati tenglashadi. Lekin aholining bundan keyingi yoshlar buyicha guruhlarida aholining jins tarkibi turli mamlakatlarda turlicha. Dunyodagi mamlakatlarning taxminan yarmida ayollar soni erkaklardan ortiq. Bunga sabab shuki, ayollarning o‘rtacha umri erkaklarnikiga qaraganda biroz ortiq bo‘ladi. Ba’zi bir mamlakatlarda ayolarning erkaklar soniga qaraganda ancha ko‘pligiga bu mamlakatlarda ikkinchi Jahon urushida erkaklarning ko‘plab qirilib ketganligi sabab bo‘lgan. Lekin hayotga yangi yosh avlodlarning kirib kelishi bilan aholi sonidagi bu farqlar asta-sekin kamayib boryapti. O‘zbekiston aholisining jinsiy va yosh tarkibi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Inqilobdan oldingi davrlarda O‘zbekiston aholisining jinsiy tarkibida erkaklar ayollarga nisbatdan ko‘pchilikni tashkil qilgan, bunday xususiyatlar 1939 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlarda ham aks etdi. O‘sha yili respublika aholisining 51,6%i erkaklar va 48,4%i xotin-qizlardan iborat bo‘lgan. 1959 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklar soni jami aholining 48%ini tashkil qildi. 1989 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra esa O‘zbekiston aholisining 49,4%ini erkaklar va 50,6%ini xotin-qizlar tashkil etdi. 2009 yili bu ko‘rsatkich mos ravishda 48,2% va 51,8% ni, 2013 yilda esa ayollar umumaholining 49,9%ini, erkaklar esa 50,1%ni tashkil etdi. Keyingi yillarda ham aholining jinsiy tarkibida ayollar salmog‘i kamligi bilan ko‘zga tashlanadi. 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, jami aholining 50,3%ini erkaklar va 49,7%ini xotin-qizlar tashkil etdi. O‘zbekiston jahonning ko‘p millatli mamlakatlaridan biri. Unda 100 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Aholining ko‘pchiligini o‘zbeklar tashkil  
 
qiladi. (83,8%). Bundan tashqari tojiklar (4,8%), qozoqlar (2,5%), ruslar (2,3%), 
qoraqalpoqlar (2,2%), qirg‘izlar (0,9%), turkmanlar (0,6%), tatarlar (0,6%), 
koreyslar (0,6%), ukrainlar (0,2%) va boshqalar (1,5%) istiqomat qilishadi. 
Respublika aholisining 30,3 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5 %i 
mehnatga layoqatli yoshdagilar  va 10,2 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 
qiladi. (83,8%). Bundan tashqari tojiklar (4,8%), qozoqlar (2,5%), ruslar (2,3%), qoraqalpoqlar (2,2%), qirg‘izlar (0,9%), turkmanlar (0,6%), tatarlar (0,6%), koreyslar (0,6%), ukrainlar (0,2%) va boshqalar (1,5%) istiqomat qilishadi. Respublika aholisining 30,3 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.