O‘ZBEKISTON CHO‘L ZONASI TUPROQLARI. Cho’l zonasi tuproqlari

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

1,7 MB


 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON CHO‘L ZONASI TUPROQLARI. 
 
Reja 
1. Cho’l zonasi tuproqlari.  
2. Tarqalishi 
 
 
 
Tayanch iboralar:Cho’l zonasi tuproqlari, sur-qo’ng’ir tusli, qumli cho’l 
tuproqlari, gidromorf, o’tloqi, o’tloqi-botqoq, botqoq tuproqlar,  bo’z tuproqlar 
mintaqasi tuproqlar. 
 
1. Cho’l zonasining tuproqlari. 
Cho’llar – doimiy quruq va issiq iqlimli viloyatlarda shakllangan, 
lanshaftlarning alohida tiplaridir. Yer sharida cho’llar mo’tadil iliq (subboreal), iliq 
(subtropik) va issiq (tropik) bioiqlim mintaqalarida tarqalgan. Cho’llar barcha 
qit’alarda katta maydonlarni egallaydi. MDH da cho’l zonasi chala cho’llar 
zonasining Janubida joylashgan bo’lib, Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy 
Qozog’istonning Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik 
maydonlarini egallaydi. Kura-Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi 
ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z 
ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha boradi. Janub va sharq tomonidan 
cho’l zonasining Kopettog’, Pomir-Oloy va Tyanshan tog’larining etaklariga 
tutashadi. G’arbda esa Kaspiy dengiz bilan chegaralanadi. 
O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70 foizi cho’l zonasida 
joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Sherobod, Qarshi cho’llari va 
boshqa territoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln/ga.  
O‘ZBEKISTON CHO‘L ZONASI TUPROQLARI. Reja 1. Cho’l zonasi tuproqlari. 2. Tarqalishi Tayanch iboralar:Cho’l zonasi tuproqlari, sur-qo’ng’ir tusli, qumli cho’l tuproqlari, gidromorf, o’tloqi, o’tloqi-botqoq, botqoq tuproqlar, bo’z tuproqlar mintaqasi tuproqlar. 1. Cho’l zonasining tuproqlari. Cho’llar – doimiy quruq va issiq iqlimli viloyatlarda shakllangan, lanshaftlarning alohida tiplaridir. Yer sharida cho’llar mo’tadil iliq (subboreal), iliq (subtropik) va issiq (tropik) bioiqlim mintaqalarida tarqalgan. Cho’llar barcha qit’alarda katta maydonlarni egallaydi. MDH da cho’l zonasi chala cho’llar zonasining Janubida joylashgan bo’lib, Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’istonning Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Kura-Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha boradi. Janub va sharq tomonidan cho’l zonasining Kopettog’, Pomir-Oloy va Tyanshan tog’larining etaklariga tutashadi. G’arbda esa Kaspiy dengiz bilan chegaralanadi. O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70 foizi cho’l zonasida joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Sherobod, Qarshi cho’llari va boshqa territoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln/ga.  
 
Cho’l zonasining zonal tuproqlari: sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, taqir va taqirli 
tuproqlardan iborat bo’lib, qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar 
(maydonining 40 foizi) va sho’rxoklar (13 foizga yaqin) ham keng tarqalgan. Cho’l 
zonasi tuproq qoplami nihoyatda  murakkab va o’zining kompleksli bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. 
Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq, 
o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil 
etadi. 
Iqlimi. Cho’l zonasi iqlimining nihoyatda quruq bo’lishi, yozgi davrda 
haroratning yuqoriligi, mavsumiy va sutkali haroratning keskin farq qilishi, 
atmosfera yog’inlari miqdorining kamligi (namlanish koeffisiyenti 0-0,15) bilan 
xarakterlanadi. Zonaning turli nohiyalarida atmosfera yog’inlarining o’rtacha 
miqdori 75 dan 200 mm ni tashkil etadi. Bu zonada yog’inlarga nisbatan namning 
bug’lanishi 10-20 barobar ko’p . 
O’rtacha harorat 18 0C (15-200). 5 0C yuqori harorat li davr 194-235 va 230-
275 kun davom etadi. 
Sovuq bo’lmaydigan davr shimolda 160-200 kun, janubda 195-248 kunga 
barobar. 
Cho’l zonasining 10 0C dan yuqori harorat yig’indisi 4000-5000 0C bo’lib, 
quyosh radiasiyasining intensivligi ham yuqori ekanligi zona iqlimining quruq 
subtropiklarga yaqinligini ko’rsatadi. Iqlimning yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlari 
o’simliklar olamiga, tuproq paydo bo’lish jarayonlariga va tuproqlardan qishloq 
xo’jaligida foydalanish xarakteriga ta’sir qiladi. 
Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Cho’l zonasining relyefi juda 
murakkab va xilma-xil. Qoraqum, Qizilqum va Muyunqum kabi qumli cho’llarni 
o’z ichiga oluvchi Turon pasttekisligi nihoyatda katta maydonni egallaydi (20-
rasm). Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, To’rg’ay, Murg’ob va Atrek 
daryolarining qadimgi va hozirgi zamon deltalari hamda O’zboyning qadimgi 
vodiysi katta territoriyani tashkil etadi. Sari-Qamish botig’i massivi ham ancha 
katta. 
Cho’l zonasining zonal tuproqlari: sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo’lib, qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (maydonining 40 foizi) va sho’rxoklar (13 foizga yaqin) ham keng tarqalgan. Cho’l zonasi tuproq qoplami nihoyatda murakkab va o’zining kompleksli bo’lishi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq, o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi. Iqlimi. Cho’l zonasi iqlimining nihoyatda quruq bo’lishi, yozgi davrda haroratning yuqoriligi, mavsumiy va sutkali haroratning keskin farq qilishi, atmosfera yog’inlari miqdorining kamligi (namlanish koeffisiyenti 0-0,15) bilan xarakterlanadi. Zonaning turli nohiyalarida atmosfera yog’inlarining o’rtacha miqdori 75 dan 200 mm ni tashkil etadi. Bu zonada yog’inlarga nisbatan namning bug’lanishi 10-20 barobar ko’p . O’rtacha harorat 18 0C (15-200). 5 0C yuqori harorat li davr 194-235 va 230- 275 kun davom etadi. Sovuq bo’lmaydigan davr shimolda 160-200 kun, janubda 195-248 kunga barobar. Cho’l zonasining 10 0C dan yuqori harorat yig’indisi 4000-5000 0C bo’lib, quyosh radiasiyasining intensivligi ham yuqori ekanligi zona iqlimining quruq subtropiklarga yaqinligini ko’rsatadi. Iqlimning yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlari o’simliklar olamiga, tuproq paydo bo’lish jarayonlariga va tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish xarakteriga ta’sir qiladi. Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Cho’l zonasining relyefi juda murakkab va xilma-xil. Qoraqum, Qizilqum va Muyunqum kabi qumli cho’llarni o’z ichiga oluvchi Turon pasttekisligi nihoyatda katta maydonni egallaydi (20- rasm). Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, To’rg’ay, Murg’ob va Atrek daryolarining qadimgi va hozirgi zamon deltalari hamda O’zboyning qadimgi vodiysi katta territoriyani tashkil etadi. Sari-Qamish botig’i massivi ham ancha katta.  
 
Cho’l zonasida turli mexanik tarkibli, har xil sho’rlangan va karbonatli 
qadimgi va hozirgi –zamon allyuvial va ko’lallyuvial jinslar, uchlamchi davrning 
gipsli, ohakli va gil yotqiziqlari, dengiz qum va gilli jinslarning ellyuviy va 
dellyuviysi, turli ohaktoshlar, slanes, mergelli gillardan iborat cho’kindi jinslari, 
magmatik jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar 
uchraydi. 
 
 
 
Cho’l zonasi landshafti. 
Cho’l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng 
tarqalgan.  
O’simliklari o’zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli o’simliklar qoplamida ildizlari 
ancha chuqurda o’sadigan turli yarim butalar va butalar asosiy rol o’ynaydi. Efimer 
o’simliklari yozda kuyib , kuzda  yana tiklana boshlaydi. 
Joyning relyefi, tuproqning namlanish va tuz rejimlarining xususiyatiga ko’ra 
o’simlik turlari ham o’zgaradi. O’simliklar qoplamining xarakteriga ko’ra: qumli 
cho’l o’simliklari, gilli cho’llar o’simligi va gipsli sho’rxokli o’simliklar ajratiladi. 
Qumli cho’llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek, 
ko’p yillik o’simliklar, jumladan cho’l butalaridan, ko’proq boyalich buyurg’un, 
juzg’un yoki qandim, qum akasiyasi, cherkezlar, oq saksovul (Holoxylon persium) 
singarilar asosiy rol o’ynaydi. 
21 - rasm 
Cho’l zonasida turli mexanik tarkibli, har xil sho’rlangan va karbonatli qadimgi va hozirgi –zamon allyuvial va ko’lallyuvial jinslar, uchlamchi davrning gipsli, ohakli va gil yotqiziqlari, dengiz qum va gilli jinslarning ellyuviy va dellyuviysi, turli ohaktoshlar, slanes, mergelli gillardan iborat cho’kindi jinslari, magmatik jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar uchraydi. Cho’l zonasi landshafti. Cho’l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng tarqalgan. O’simliklari o’zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bo’lishi bilan xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli o’simliklar qoplamida ildizlari ancha chuqurda o’sadigan turli yarim butalar va butalar asosiy rol o’ynaydi. Efimer o’simliklari yozda kuyib , kuzda yana tiklana boshlaydi. Joyning relyefi, tuproqning namlanish va tuz rejimlarining xususiyatiga ko’ra o’simlik turlari ham o’zgaradi. O’simliklar qoplamining xarakteriga ko’ra: qumli cho’l o’simliklari, gilli cho’llar o’simligi va gipsli sho’rxokli o’simliklar ajratiladi. Qumli cho’llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek, ko’p yillik o’simliklar, jumladan cho’l butalaridan, ko’proq boyalich buyurg’un, juzg’un yoki qandim, qum akasiyasi, cherkezlar, oq saksovul (Holoxylon persium) singarilar asosiy rol o’ynaydi. 21 - rasm  
 
Ustyurt, Betpakdala platosi, Qoraqum va Qizilqumning gipslangan gilli 
cho’llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvoq-sho’rali o’simliklar 
asosiy rol o’ynaydi. Gilli cho’llar yuzasida suv o’tlari va lishayniklar tez-tez 
uchraydi. sho’rxokli yerlarda bir yillik va ko’p yillik sho’ralar asosiy rol o’ynaydi. 
Sur – qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar, ularning kelib chiqishi va klassifikasiyasi. 
O’zbekistonda sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar Ustyurtda, Qizilqum, Malik, 
Qarshi, Sherobod-Surxon cho’llarida, shuningdek tog’ oldi past tekisliklarida keng 
tarqalgan. Respublikamizda bu tuproqlar maydoni 10882 ming ga yoki 40,30% 
tashkil etadi.(U.Tojiyev, X.Namozov va boshqalar, 2004 y). 
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan 
bo’z  tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruyev va N.A.Dimo uni dastlab 
strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo’z tuproqlari, B.V.Gorbunov 
primitiv (yosh) bo’z tuproqlarning tipchasi sifatida qarab keldilar. Keyinchalik 
I.P.Gerasimov sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlarni alohida mustaqil tipga ajratishni 
tavsiya etadi. 
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini asoslash, ularni har 
tomonlama o’rganish va aloxida tipga ajratish soxasida B.V. Gorbunov, 
R.V.Kimberg, S.A.Shuvalov (1949), G.I.Dolenko (1953) va Ye.V.Lobova 
(1960)larning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan 
tashqari O’zbekiston cho’l mintaqasi sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genezisi, 
geografiyasi, ekologiyasi va meliorasiyasini o’rganishda A.Rasulov (1969), 
N.V.Kimberg (1974), B.V.Gorbunov, G.M.Konobeyeva, A.I.Tverdostup (1928), 
R.Q.Qo’ziyev (1978), A.E.Ergashev, U.K.Kosimov, A.T.Jo’rayev (1978) va 
boshqalar katta hissa qo’shganlar. 
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarining genezisi bo’yicha ikki fikr mavjud. Birinchi 
fikrga ko’ra, sur qo’ng’ir tusli tuproqlar o’ziga xos iqlim va o’simlik omillari 
ta’sirida rivojlanadi. 
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning 
kserofit-efemerli o’simliklari ta’sirida 
kechadigan tuproq 
paydo 
bo’lish 
jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Cho’llarining ana shunday 
Ustyurt, Betpakdala platosi, Qoraqum va Qizilqumning gipslangan gilli cho’llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvoq-sho’rali o’simliklar asosiy rol o’ynaydi. Gilli cho’llar yuzasida suv o’tlari va lishayniklar tez-tez uchraydi. sho’rxokli yerlarda bir yillik va ko’p yillik sho’ralar asosiy rol o’ynaydi. Sur – qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar, ularning kelib chiqishi va klassifikasiyasi. O’zbekistonda sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar Ustyurtda, Qizilqum, Malik, Qarshi, Sherobod-Surxon cho’llarida, shuningdek tog’ oldi past tekisliklarida keng tarqalgan. Respublikamizda bu tuproqlar maydoni 10882 ming ga yoki 40,30% tashkil etadi.(U.Tojiyev, X.Namozov va boshqalar, 2004 y). Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruyev va N.A.Dimo uni dastlab strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo’z tuproqlari, B.V.Gorbunov primitiv (yosh) bo’z tuproqlarning tipchasi sifatida qarab keldilar. Keyinchalik I.P.Gerasimov sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlarni alohida mustaqil tipga ajratishni tavsiya etadi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini asoslash, ularni har tomonlama o’rganish va aloxida tipga ajratish soxasida B.V. Gorbunov, R.V.Kimberg, S.A.Shuvalov (1949), G.I.Dolenko (1953) va Ye.V.Lobova (1960)larning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston cho’l mintaqasi sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genezisi, geografiyasi, ekologiyasi va meliorasiyasini o’rganishda A.Rasulov (1969), N.V.Kimberg (1974), B.V.Gorbunov, G.M.Konobeyeva, A.I.Tverdostup (1928), R.Q.Qo’ziyev (1978), A.E.Ergashev, U.K.Kosimov, A.T.Jo’rayev (1978) va boshqalar katta hissa qo’shganlar. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarining genezisi bo’yicha ikki fikr mavjud. Birinchi fikrga ko’ra, sur qo’ng’ir tusli tuproqlar o’ziga xos iqlim va o’simlik omillari ta’sirida rivojlanadi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning kserofit-efemerli o’simliklari ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo’lish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Cho’llarining ana shunday  
 
sharoitida tuproq paydo bo’lish jarayonlari, jumladan, tuproqda gumusning 
to’planishi qisqa va davriy xarakterga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi. Qisqa bahor 
mavsumida o’simliklar jadal rivojlanib, mikroorganizmlar va jonivorlarning ham 
biologik aktivligi kuchayadi. Natijada o’simlik qoldiqlari bir mavsumning o’zida 
deyarli to’liq ravishda parchalanib, minerallashadi. Shu sababli tuproqda gumus 
nihoyatda kam to’planadi. Yozning juda issiq va quruq davrlarida tuproqdagi 
biologik jarayonlar deyarli to’xtab qoladi. 
Cho’l tuproqlarida gumusning kam to’planishi, deyarli barcha joylarda 
tuproqning sho’rlanganligi moddalar biologik aylanishining xususiyatlari bilan 
bog’liq. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda o’sadigan o’simliklarning yer ustida va 
ildizlari hisobida to’planadigan organik massasi miqdori har gektarga o’rtacha 10s 
ni tashkil etadi va bu dashtlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Cho’l 
o’simliklari biomassasining 80 foizi ildizlarga to’g’ri keladi. Bu yerdagi 
o’simliklarning qoldiqlarida kul moddasining ko’p bo’lishi xarakterlidir. 
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlaridagi cho’l o’simliklari biomassasida 200 kg/ga 
miqdorida har xil kimyoviy elementlar to’planadi. Bunda kalsiy va magniy bilan bir 
qatorda natriy ham ancha ko’p to’planadi. Natriy miqdorining ko’payishi bilan 
tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va sho’rtoblanish jarayoni ham rivojlanadi. 
Sho’ra o’simliklari tarkibida natriy bilan bir qatorda xlor va oltigugurt ham ancha 
ko’p saqlanadi. 
Yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi sababli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda 
yuvilmaydigan suv rejimi yuzaga keladi. Tuproq profilining kam namlanishi bu 
tuproqlarda karbonatlanish va sho’rxoksimonlanish jarayonlarining rivojlanishiga 
sabab bo’ladi. 
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar yuzasida qatqaloqli gorizontning hosil bo’lishi, 
tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar) 
holati va tuproqning gidrotermik rejimi bilan bog’liq. Tuproqlarning yuqori 
dispersligi tuproq eritmasining o’ta ishqoriyligi bilan belgilanadi. Shuvoq-sho’ra 
o’simliklarining qoldiqlari parchalanib, minerallanganda natriy, kalsiy bikarbonati 
va karbonatlari hosil bo’lib, ishqoriyligini oshiradi. Natriy va kalsiy 
sharoitida tuproq paydo bo’lish jarayonlari, jumladan, tuproqda gumusning to’planishi qisqa va davriy xarakterga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi. Qisqa bahor mavsumida o’simliklar jadal rivojlanib, mikroorganizmlar va jonivorlarning ham biologik aktivligi kuchayadi. Natijada o’simlik qoldiqlari bir mavsumning o’zida deyarli to’liq ravishda parchalanib, minerallashadi. Shu sababli tuproqda gumus nihoyatda kam to’planadi. Yozning juda issiq va quruq davrlarida tuproqdagi biologik jarayonlar deyarli to’xtab qoladi. Cho’l tuproqlarida gumusning kam to’planishi, deyarli barcha joylarda tuproqning sho’rlanganligi moddalar biologik aylanishining xususiyatlari bilan bog’liq. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda o’sadigan o’simliklarning yer ustida va ildizlari hisobida to’planadigan organik massasi miqdori har gektarga o’rtacha 10s ni tashkil etadi va bu dashtlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Cho’l o’simliklari biomassasining 80 foizi ildizlarga to’g’ri keladi. Bu yerdagi o’simliklarning qoldiqlarida kul moddasining ko’p bo’lishi xarakterlidir. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlaridagi cho’l o’simliklari biomassasida 200 kg/ga miqdorida har xil kimyoviy elementlar to’planadi. Bunda kalsiy va magniy bilan bir qatorda natriy ham ancha ko’p to’planadi. Natriy miqdorining ko’payishi bilan tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va sho’rtoblanish jarayoni ham rivojlanadi. Sho’ra o’simliklari tarkibida natriy bilan bir qatorda xlor va oltigugurt ham ancha ko’p saqlanadi. Yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi sababli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda yuvilmaydigan suv rejimi yuzaga keladi. Tuproq profilining kam namlanishi bu tuproqlarda karbonatlanish va sho’rxoksimonlanish jarayonlarining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar yuzasida qatqaloqli gorizontning hosil bo’lishi, tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar) holati va tuproqning gidrotermik rejimi bilan bog’liq. Tuproqlarning yuqori dispersligi tuproq eritmasining o’ta ishqoriyligi bilan belgilanadi. Shuvoq-sho’ra o’simliklarining qoldiqlari parchalanib, minerallanganda natriy, kalsiy bikarbonati va karbonatlari hosil bo’lib, ishqoriyligini oshiradi. Natriy va kalsiy  
 
bikarbonatlarining karbonatlarga o’tishi tufayli tuproqning  massasi sementlanib, 
qatqaloqning mustahkamligi ham oshadi. Tuproqning qatqaloqli qatlam ostidagi 
tangachasimon qatlamli gorizonti dispers kolloid zarrachalarning, tuproq yuqori 
qatlamlaridan yuvib olib kelinishi natijasida yuzaga keladi. Tuproq profilining o’rta 
qismlari kolloid zarrachalar bilan boyiganligi sababli, bu qatlamda suvning o’tishi 
sekinlashib, alyumosilikatlarning nurash jarayonlari esa kuchayadi va qator gilli 
minerallar hosil bo’ladi. Tangachasimon qatlamli gorizontning hosil bo’lishini ba’zi 
tadqiqotchilar qish mavsumidagi tuproqning muzlashi bilan bog’laydi. Qishning 
izg’irin sovuq davrida tuproq eritmasi, uning yuqori qatlamlariga qadar ko’tarilib 
muzlagach tangacha-qatlamli struktura hosil bo’ladi.(V.G.Zolnikov, Ye.V.Lobova). 
Tuproqning temir birikmalari bilan boyishining sababi: tarkibida temir (II oksidi) 
bo’lgan minerallarning nurashi va shuningdek tuproqdagi qisqa muddatli anaerob 
jarayonlarning yuzaga kelishidir. Keyinchalik bu temir birikmalari oksidlanib va 
degidratasiyalanib (suvsizlanib) minerallar yuzasida temir pardasi hosil bo’ladi. 
Boshqa nuqtai nazarga qaraganda (V.A.Kovda 1946, 1973; N.G.Minashina, 
1974; I.N.Stepanov,1975 va boshqalar) bu tuproqlar qadimiy nam iqlim davrlarida 
hosil bo’lgan bo’lib, ularning qatlamlaridagi karbonatlar, gipslar va oson eruvchan 
tuzlarning to’planishi hamda shu tuproqlarga mansub bo’lgan gillanish, temirlanish 
jarayonlari, o’sha uzoq davrlarda yer yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlarining 
(gidromorf tuproq paydo bo’lish omillari) ta’sirida rivojlangan va taraqqiy topgan. 
Klassifikasiyasi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik 
sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarga bo’linadi 
(Ye.V.Lobova, 1966). 
Birinchi tipchasi – Turon pasttekisligining g’arbiy cho’llarida va Ustyurt 
baland tekisligida keng tarqalgan. Ikkinchisi esa Betpakdala baland tekisligining 
Sharqida va Balxash atrofida tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tipi termik 
rejimlari va rivojlanish sharoitiga ko’ra hozirgi vaqtda 3 tipchaga bo’linadi: 
Muzlaydigan juda iliq sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari (Mangqishloq, 
Markaziy Ustyurt, Qizilqum va Betpaqdalaning shimoliy qismi va boshqa joylarda 
tarqalgan). 
bikarbonatlarining karbonatlarga o’tishi tufayli tuproqning massasi sementlanib, qatqaloqning mustahkamligi ham oshadi. Tuproqning qatqaloqli qatlam ostidagi tangachasimon qatlamli gorizonti dispers kolloid zarrachalarning, tuproq yuqori qatlamlaridan yuvib olib kelinishi natijasida yuzaga keladi. Tuproq profilining o’rta qismlari kolloid zarrachalar bilan boyiganligi sababli, bu qatlamda suvning o’tishi sekinlashib, alyumosilikatlarning nurash jarayonlari esa kuchayadi va qator gilli minerallar hosil bo’ladi. Tangachasimon qatlamli gorizontning hosil bo’lishini ba’zi tadqiqotchilar qish mavsumidagi tuproqning muzlashi bilan bog’laydi. Qishning izg’irin sovuq davrida tuproq eritmasi, uning yuqori qatlamlariga qadar ko’tarilib muzlagach tangacha-qatlamli struktura hosil bo’ladi.(V.G.Zolnikov, Ye.V.Lobova). Tuproqning temir birikmalari bilan boyishining sababi: tarkibida temir (II oksidi) bo’lgan minerallarning nurashi va shuningdek tuproqdagi qisqa muddatli anaerob jarayonlarning yuzaga kelishidir. Keyinchalik bu temir birikmalari oksidlanib va degidratasiyalanib (suvsizlanib) minerallar yuzasida temir pardasi hosil bo’ladi. Boshqa nuqtai nazarga qaraganda (V.A.Kovda 1946, 1973; N.G.Minashina, 1974; I.N.Stepanov,1975 va boshqalar) bu tuproqlar qadimiy nam iqlim davrlarida hosil bo’lgan bo’lib, ularning qatlamlaridagi karbonatlar, gipslar va oson eruvchan tuzlarning to’planishi hamda shu tuproqlarga mansub bo’lgan gillanish, temirlanish jarayonlari, o’sha uzoq davrlarda yer yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlarining (gidromorf tuproq paydo bo’lish omillari) ta’sirida rivojlangan va taraqqiy topgan. Klassifikasiyasi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarga bo’linadi (Ye.V.Lobova, 1966). Birinchi tipchasi – Turon pasttekisligining g’arbiy cho’llarida va Ustyurt baland tekisligida keng tarqalgan. Ikkinchisi esa Betpakdala baland tekisligining Sharqida va Balxash atrofida tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tipi termik rejimlari va rivojlanish sharoitiga ko’ra hozirgi vaqtda 3 tipchaga bo’linadi: Muzlaydigan juda iliq sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari (Mangqishloq, Markaziy Ustyurt, Qizilqum va Betpaqdalaning shimoliy qismi va boshqa joylarda tarqalgan).  
 
Qisqa muddatli muzlaydigan subtropik sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari 
(Mangqishloq, Ustyurg va Qizilqumning Janubiy qismi, Krasnovod yarim oroli, 
Zaunguz Qoraqumi, Farg’ona vodiysining tog’oldi tekisliklari); 
Issiq subtropiklarning muzlaydigan sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari 
(Qoraqum, Kopetdog’ va boshqa joylarda uchraydi). 
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar quyidagi avlodlarga ajratiladi: Sho’rxoksimon 
oddiy sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar (suvda oson eriydigan tuzlar 30sm chuqurlikda 
joylashgan); 
Bu tuproqlarning o’simliklar kam bo’lgan ochiq yuzasida har xil darz ketgan 
yoriqchalar bo’ladi va yuzasidagi qatqalog’i uncha mustahkam emas. Oq shuvoq va 
boyalich o’simligi xarakterli; 
Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, deyarli yuza qismida suvda oson 
eriydigan tuzlar (0,3 foizdan ko’p) saqlangan bo’ladi. Xarakterli o’simliklari 
buyurgun va sho’raning har xil turlari hisoblanadi. 
Gipsli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar 50-70sm chuqurlikda biroz qum saqlagan 
noto’g’ri shakldagi ignasimon yoki tabletkasimon gips kristallarini saqlagan bo’ladi. 
12-15sm chuqurlikda ko’p miqdorda labsimon ignachali gips saqlovchi sur-qo’ng’ir 
tusli tuproqlar alohida avlodga ajratiladi; 
Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli gipsli tuproqlar ko’p miqdorda (70-80 foiz) gips 
saqlovchi gorizontning mavjudligi bilan xarakterlanadi; 
Taqirli sho’rtobsimon sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar mustahkam qatqaloq 
qatlamli bo’lishi, poligonal (yuzasi har xil shakldagi yorilib turadigan) yuzasi va 
umumiy ishqoriyligining yuqori bo’lishi bilan farqlanadi. 
Uncha katta bo’lmagan maydonlarda o’tloq-sur-qung’ir tusli cho’l tuproqlari 
tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin bo’lgan pastqam joylarda boshoqdoshlar 
va shuvoqli o’simliklar ostida hosil bo’ladi. 
O’tloq – sur – qo’ng’ir tusli tuproqlar ona jinslarining xossalariga va relyef 
sharoitlariga ko’ra to’rli darajada ishqorsizlangan va sho’rlangan bo’ladi. 
Nazorat savollari: 
Qisqa muddatli muzlaydigan subtropik sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari (Mangqishloq, Ustyurg va Qizilqumning Janubiy qismi, Krasnovod yarim oroli, Zaunguz Qoraqumi, Farg’ona vodiysining tog’oldi tekisliklari); Issiq subtropiklarning muzlaydigan sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari (Qoraqum, Kopetdog’ va boshqa joylarda uchraydi). Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar quyidagi avlodlarga ajratiladi: Sho’rxoksimon oddiy sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar (suvda oson eriydigan tuzlar 30sm chuqurlikda joylashgan); Bu tuproqlarning o’simliklar kam bo’lgan ochiq yuzasida har xil darz ketgan yoriqchalar bo’ladi va yuzasidagi qatqalog’i uncha mustahkam emas. Oq shuvoq va boyalich o’simligi xarakterli; Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, deyarli yuza qismida suvda oson eriydigan tuzlar (0,3 foizdan ko’p) saqlangan bo’ladi. Xarakterli o’simliklari buyurgun va sho’raning har xil turlari hisoblanadi. Gipsli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar 50-70sm chuqurlikda biroz qum saqlagan noto’g’ri shakldagi ignasimon yoki tabletkasimon gips kristallarini saqlagan bo’ladi. 12-15sm chuqurlikda ko’p miqdorda labsimon ignachali gips saqlovchi sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar alohida avlodga ajratiladi; Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli gipsli tuproqlar ko’p miqdorda (70-80 foiz) gips saqlovchi gorizontning mavjudligi bilan xarakterlanadi; Taqirli sho’rtobsimon sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar mustahkam qatqaloq qatlamli bo’lishi, poligonal (yuzasi har xil shakldagi yorilib turadigan) yuzasi va umumiy ishqoriyligining yuqori bo’lishi bilan farqlanadi. Uncha katta bo’lmagan maydonlarda o’tloq-sur-qung’ir tusli cho’l tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin bo’lgan pastqam joylarda boshoqdoshlar va shuvoqli o’simliklar ostida hosil bo’ladi. O’tloq – sur – qo’ng’ir tusli tuproqlar ona jinslarining xossalariga va relyef sharoitlariga ko’ra to’rli darajada ishqorsizlangan va sho’rlangan bo’ladi. Nazorat savollari:  
 
1. Cho’l (arid) zonasi tuproqlarining morfogenetik xususiyatlaridagi farqlar 
asosida qanday provinsiyalarga ajratiladi? 
       2. Cho’l zonasi asosiy gidromorf tuproqlari tiplarini ko’rsating va tavsiflang? 
       3. Cho’l zonasi o’tloq tuproqlarini izohlab bering? 
 
1. Cho’l (arid) zonasi tuproqlarining morfogenetik xususiyatlaridagi farqlar asosida qanday provinsiyalarga ajratiladi? 2. Cho’l zonasi asosiy gidromorf tuproqlari tiplarini ko’rsating va tavsiflang? 3. Cho’l zonasi o’tloq tuproqlarini izohlab bering?