O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. (O‘zbekiston yer fondining tarkibi va tuzilishi)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

197,7 KB


 
1 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. 
 
 
Reja 
1. O‘zbekiston yer fondining tarkibi va tuzilishi 
2. Dehqonchilik va uning yetakchi tarmoqlari. Paxtachilik-to‘qimachilik 
klastyerlarining tashkil etilishi 
3. Chorvachilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni va 
ahamiyati. 
Tayanch iboralar 
Qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, chorvachilik, yer fondi, texnika ekinlari, 
donchilik, sabzavotchilik, polizchilik, qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, 
echkichilik, tuyachilik, pillachilik, parrandachilik, darrandachilik 
1. O‘zbekiston yer fondining  tuzilishi. 
Yer fondi mamlakat chegaralari doirasidagi (qisman qo‘shni davlatlardagi) 
korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning foydalanish maqsadiga qarab 
toifalarga  bo‘lingan maydondir. O‘zbekiston yer fondi 44,892 mln ga bo‘lib, 
respublikamizda har 100ga yerdan 7ga dehqonchilikka yaroqli. Bu esa qishloq 
xo‘jaligida har bir gektar yerdan tejab-tergab, oqilona foydalanish lozimligini 
ko‘rsatadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
muvaffaqiyati, aholi turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotning barqaror 
holatini ta’minlash natijalari qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasiga uzviy 
bog‘liqdir. 
Rivojlangan mamlakatlarda yer fondi erga egalik qilish harakteriga ko‘ra, 
davlatga tegishli yerlar (milliy parklar va qo‘riqxonalar) turli tashkilotlarga qarashli 
yerlar (munitsipal (nemischa “munizi-palitat”, lot. “munitsipium” - o‘zini o‘zi idora 
qiluvchi jamoa — bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o‘zini o‘zi 
1 O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Reja 1. O‘zbekiston yer fondining tarkibi va tuzilishi 2. Dehqonchilik va uning yetakchi tarmoqlari. Paxtachilik-to‘qimachilik klastyerlarining tashkil etilishi 3. Chorvachilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati. Tayanch iboralar Qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, chorvachilik, yer fondi, texnika ekinlari, donchilik, sabzavotchilik, polizchilik, qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, tuyachilik, pillachilik, parrandachilik, darrandachilik 1. O‘zbekiston yer fondining tuzilishi. Yer fondi mamlakat chegaralari doirasidagi (qisman qo‘shni davlatlardagi) korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning foydalanish maqsadiga qarab toifalarga bo‘lingan maydondir. O‘zbekiston yer fondi 44,892 mln ga bo‘lib, respublikamizda har 100ga yerdan 7ga dehqonchilikka yaroqli. Bu esa qishloq xo‘jaligida har bir gektar yerdan tejab-tergab, oqilona foydalanish lozimligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati, aholi turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlash natijalari qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasiga uzviy bog‘liqdir. Rivojlangan mamlakatlarda yer fondi erga egalik qilish harakteriga ko‘ra, davlatga tegishli yerlar (milliy parklar va qo‘riqxonalar) turli tashkilotlarga qarashli yerlar (munitsipal (nemischa “munizi-palitat”, lot. “munitsipium” - o‘zini o‘zi idora qiluvchi jamoa — bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o‘zini o‘zi  
2 
 
boshqaruvchi saylab qo‘yiladigan organlarning majmui), cherkov yerlari) va xususiy 
shaxslarga qarashli yerlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda yer davlat mulki hisoblanadi 
va u hech kimga xususiy mulk sifatida berilmaydi. Bu O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida alohida modda bilan qonuniylashtirilgan. Davlat muayyan 
muddatlarga va vaqtinchalik foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi bilan 
shug‘illanadigan korxona va xo‘jaliklarga, shuningdek, fuqarolarga yer ajratib 
beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ga muvofiq, yer fondi yerlardan 
foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra 8 toifaga ajratilgan: 
1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 
berilgan yoki ana shu maqsadga ko‘ra mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga 
mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, 
haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov – daraxtzorlar 
va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi; 
2. Aholi punkt (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punkti) larning yerlari 
– shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlarichegarasi doirasidagi 
yerlar; 
3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda mo‘ljallangan 
yerlar – ko‘rsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslar uchun 
beriladigan yerlar; 
4. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga 
mo‘ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy 
davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm 
uchun foydalaniladigan yerlar; 
5. Tarixiy – madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar 
joylashgan yerlar; 
6. O‘rmon fondi yerlari – o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek, o‘rmon bilan 
qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; 
7. Suv fondi yerlari – suv obektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar 
va suv obektlarining qirg‘oqlari boylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 
8. Zahira yerlar. 
2 boshqaruvchi saylab qo‘yiladigan organlarning majmui), cherkov yerlari) va xususiy shaxslarga qarashli yerlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda yer davlat mulki hisoblanadi va u hech kimga xususiy mulk sifatida berilmaydi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida modda bilan qonuniylashtirilgan. Davlat muayyan muddatlarga va vaqtinchalik foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi bilan shug‘illanadigan korxona va xo‘jaliklarga, shuningdek, fuqarolarga yer ajratib beradi. O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ga muvofiq, yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra 8 toifaga ajratilgan: 1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga ko‘ra mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov – daraxtzorlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi; 2. Aholi punkt (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punkti) larning yerlari – shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlarichegarasi doirasidagi yerlar; 3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda mo‘ljallangan yerlar – ko‘rsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslar uchun beriladigan yerlar; 4. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 5. Tarixiy – madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6. O‘rmon fondi yerlari – o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek, o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; 7. Suv fondi yerlari – suv obektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obektlarining qirg‘oqlari boylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8. Zahira yerlar.  
3 
 
Yer fondining mazkur toifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari 
tarkibi bilan belgilanadi. Shu sababli ular o‘zgarmas hisoblanmaydi va bir toifadan 
ikkinchi toifaga o‘tib turishi mumkin. Yerlarning bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tishi 
natijasida yer fondida tarkibiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Yer kodeksi»ga muvofiq, 
yer umummilliy boylik hisoblanadi. Shu sababli hozirgi va kelajak avlodlarning 
manfaatlarini ko‘zlab, undan ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanish va uni 
muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va 
yaxshilash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlik asosida 
rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash iqtisodiyotni 
erkinlashtirish jarayonlari izchillik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda hal 
etilishi lozim bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi. 
 
 
Manba: “Ergeodezkadastr” ma’lumoti (2019y) 
3 Yer fondining mazkur toifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari tarkibi bilan belgilanadi. Shu sababli ular o‘zgarmas hisoblanmaydi va bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tib turishi mumkin. Yerlarning bir toifadan ikkinchi toifaga o‘tishi natijasida yer fondida tarkibiy o‘zgarishlar yuz beradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Yer kodeksi»ga muvofiq, yer umummilliy boylik hisoblanadi. Shu sababli hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab, undan ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlari izchillik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar jumlasiga kiradi. Manba: “Ergeodezkadastr” ma’lumoti (2019y)  
4 
 
Yer fondini turli guruhlarga ajratish mumkin. Xususan qishloq xo‘jaligida yerdan 
foydalanish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan yer fondi tarkibini quyidagi 
belgilari bo‘yicha o‘rganish maqsadga muvofiq: 
– belgilangan maqsadga ko‘ra; 
– sifat holatiga ko‘ra; 
– ma’muriy – hududiy bo‘linishiga ko‘ra; 
– xo‘jalik maqsadida foydalanishiga ko‘ra; 
 
Ishlab chiqarish jarayonida foydalanish xususiyatiga ko‘ra yer fondini 2  
guruhga bo‘lish mumkin:  
 -  asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanilayotgan yerlar; 
 - iqtisodiyotning sanoat va boshqa tarmoqlarini joylashtirish uchun makon 
vazifasini bajarayotgan yerlar. Birinchi guruhga qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlari, 
ikkinchi guruhga ega qolgan barcha yerlar kiradi. Yer fondining asosiy qismini 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tashkil qiladi. Respublikamizda mazkur 
toifadagi yerlar maydoni 2017 yil 1 yanvar holatigi ko‘ra 20174 ming gektarni, yoki 
respublika yer fondining 44,94 foizini tashkil qiladi.  
1. Dehqonchilik  va uning yetakchi tarmoqlari. Paxtachilik-
to‘qimachilik klastyerlarining tashkil etilishi 
Dehqonchilikning eng muhim tarmog‘i dalachilik bo‘lib, u madaniy ekinlarni 
yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Umumjahon qishloq xo‘jaligida 1500ga yaqin 
madaniy o‘simliklar ekiladi. Ular o‘zining morfologik belgilari va biologik hamda 
texnologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan faqatgina 90ga yaqini 
dala o‘simliklari bo‘lib, o‘sishi va rivojlanishi, tabiiy-iqlimiy sharoitga moslashuvi 
va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Madaniy o‘simliklar qaysi 
sohada foydalanishiga ko‘ra va boshqa tipik xususiyatlariga ko‘ra muayyan 
guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Madaniy o‘simliklarning xo‘jalikda ishlatilishi va 
ulardan olinadigan mahsulotlarga qarab shartli ravishda guruhlarga ajratish mumkin. 
Masalan, kartoshka va makkajo‘xori ayni paytda oziq-ovqat va em-xashak, g‘o‘za 
va zig‘ir texnik va moyli ekin hisoblanadi.  
Dalachilik qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari(guruhlari)ga ko‘ra quyidagi 
xo‘jaliklarga bo‘linadi: donli ekinlar, texnika ekinlari, sabzavot, poliz, kartoshka, 
4 Yer fondini turli guruhlarga ajratish mumkin. Xususan qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan yer fondi tarkibini quyidagi belgilari bo‘yicha o‘rganish maqsadga muvofiq: – belgilangan maqsadga ko‘ra; – sifat holatiga ko‘ra; – ma’muriy – hududiy bo‘linishiga ko‘ra; – xo‘jalik maqsadida foydalanishiga ko‘ra; Ishlab chiqarish jarayonida foydalanish xususiyatiga ko‘ra yer fondini 2 guruhga bo‘lish mumkin: - asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanilayotgan yerlar; - iqtisodiyotning sanoat va boshqa tarmoqlarini joylashtirish uchun makon vazifasini bajarayotgan yerlar. Birinchi guruhga qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlari, ikkinchi guruhga ega qolgan barcha yerlar kiradi. Yer fondining asosiy qismini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tashkil qiladi. Respublikamizda mazkur toifadagi yerlar maydoni 2017 yil 1 yanvar holatigi ko‘ra 20174 ming gektarni, yoki respublika yer fondining 44,94 foizini tashkil qiladi. 1. Dehqonchilik va uning yetakchi tarmoqlari. Paxtachilik- to‘qimachilik klastyerlarining tashkil etilishi Dehqonchilikning eng muhim tarmog‘i dalachilik bo‘lib, u madaniy ekinlarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Umumjahon qishloq xo‘jaligida 1500ga yaqin madaniy o‘simliklar ekiladi. Ular o‘zining morfologik belgilari va biologik hamda texnologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan faqatgina 90ga yaqini dala o‘simliklari bo‘lib, o‘sishi va rivojlanishi, tabiiy-iqlimiy sharoitga moslashuvi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Madaniy o‘simliklar qaysi sohada foydalanishiga ko‘ra va boshqa tipik xususiyatlariga ko‘ra muayyan guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Madaniy o‘simliklarning xo‘jalikda ishlatilishi va ulardan olinadigan mahsulotlarga qarab shartli ravishda guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, kartoshka va makkajo‘xori ayni paytda oziq-ovqat va em-xashak, g‘o‘za va zig‘ir texnik va moyli ekin hisoblanadi. Dalachilik qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari(guruhlari)ga ko‘ra quyidagi xo‘jaliklarga bo‘linadi: donli ekinlar, texnika ekinlari, sabzavot, poliz, kartoshka,  
5 
 
em-hashak ekinlari. Bu va boshqa yanada tabaqalashgan dehqonchilik 
tarmoqlarining bo‘linishi shartlidir.  
Respublika xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning quyidagi tiplari ko‘p tarqalgan:  
1. Paxtachilik;  
2. G‘allachilik-chorvachilik;  
3. Bog‘dorchilik (qorako‘lchilik);  
4. Bog‘dorchilik-sabzavotchilik;  
5. Sholichilik;  
6. Bog‘dorchilik-uzumchilik;  
7. Sabzavotchilik;  
8. Parrandachilik;  
9. Shahar atrofi xo‘jaligi (sabzavot-sut yetishtirish).  
 
Paxtachilik O‘zbekiston iqtisodiyotining tizim tashkil etuvchi tarmoqlaridan 
biridir. Mamlakatimizda paxta tozalash korxonalarini modyernizasiyalash va texnik 
qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xom ashyosini qayta ishlash rentabelligini, 
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan 
Buxoro viloyatida klaster usulida ishlab chiqarish majmuasining barpo etilayotgani 
fikrimizga bir misoldir. Yurtboshimizning “Buxoro viloyatida zamonaviy 
paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori 
shu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarga mustahkam poydevor yaratdi. Mazkur 
qaror ijrosini ta’minlash maqsadida " BST Cluster " korxonasi tarkibida  mas’uliyati 
cheklangan jamiyat shaklidagi "Buhara cotton textile" qo‘shma korxonasi hamda 
"BST Cluster Agrokompleks" mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etildi. 
 
Mazkur klaster korxonasi tumanning Nurafshon, Bog‘iturkon, Qoqishtuvon, 
Mirishkor va SHo‘rcha hududlaridagi 8 ming ga ekin maydonlarini egallaydi. 
Klaster korxonasi tomonidan dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan 
zamonaviy kalava, uni bo‘yash va to‘quv-trikotaj fabrikalari tashkil etilishi nazarda 
tutilgan. 
 
Mazkur loyihaga ko‘ra kelgusida klastyerda jami 8ta kompaniya faoliyati 
yo‘lga qo‘yiladi. Paxta ekish agrokompleksi, paxtani qayta ishlash va tozalash 
5 em-hashak ekinlari. Bu va boshqa yanada tabaqalashgan dehqonchilik tarmoqlarining bo‘linishi shartlidir. Respublika xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning quyidagi tiplari ko‘p tarqalgan: 1. Paxtachilik; 2. G‘allachilik-chorvachilik; 3. Bog‘dorchilik (qorako‘lchilik); 4. Bog‘dorchilik-sabzavotchilik; 5. Sholichilik; 6. Bog‘dorchilik-uzumchilik; 7. Sabzavotchilik; 8. Parrandachilik; 9. Shahar atrofi xo‘jaligi (sabzavot-sut yetishtirish). Paxtachilik O‘zbekiston iqtisodiyotining tizim tashkil etuvchi tarmoqlaridan biridir. Mamlakatimizda paxta tozalash korxonalarini modyernizasiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xom ashyosini qayta ishlash rentabelligini, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan Buxoro viloyatida klaster usulida ishlab chiqarish majmuasining barpo etilayotgani fikrimizga bir misoldir. Yurtboshimizning “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori shu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarga mustahkam poydevor yaratdi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida " BST Cluster " korxonasi tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Buhara cotton textile" qo‘shma korxonasi hamda "BST Cluster Agrokompleks" mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etildi. Mazkur klaster korxonasi tumanning Nurafshon, Bog‘iturkon, Qoqishtuvon, Mirishkor va SHo‘rcha hududlaridagi 8 ming ga ekin maydonlarini egallaydi. Klaster korxonasi tomonidan dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy kalava, uni bo‘yash va to‘quv-trikotaj fabrikalari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Mazkur loyihaga ko‘ra kelgusida klastyerda jami 8ta kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Paxta ekish agrokompleksi, paxtani qayta ishlash va tozalash  
6 
 
zavodi, 5ta fabrikani o‘z ichiga olgan to‘qimachilik majmuasi, yog‘-moy zavodi, 12 
ming bosh qoramol parvarishlashga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi, biogaz 
ishlab chiqarish zavodi, tejamkor texnologiyalarga asoslangan 20 gekralik issiqxona, 
25 turdan ortiq sut va go‘sht mahsulotlari tayyorlanadigan korxona shular 
jumlasidandir. matoni bo‘yashda ishlatiladigan qimmatbaho tabiiy bo‘yoq 
olinadigan indigo-ferum o‘simligi ham aynan klaster hududida ekilmoqda.  
 
Joriy yildan boshlab, O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning 
samarali shakllaridan biri-klastyerlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Birgina Toshkent viloyatining Piskent, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on 
va Bo‘ka tumanlarida paxtachilik-to‘qimachilik klaster loyihalari amalga oshiriladi. 
Xususan, Quyi Chirchiq tumanida 2018-2020 yillarda paxta yetishtirishdan tayyor 
mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni o‘zida to‘la jamlagan klaster 
loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. bu maqsadlar uchun 59 million dollardan 
ziyod investisiya jalb etiladi. 600dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Joriy yilda 
mamlakatimizda 60 dan ziyod ana shunday loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 
Mazkur model paxta xom ashyosini yetishtirish, mahsulotni paxta tozalash 
korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor 
to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan yagona ishlab 
chiqarish siklini tashkil etishni ko‘zda tutadi.  
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285 
sonli "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida"gi Farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klastyerlarini o‘rta muddatli 
istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi 
komissiya tarkibi tasdiqlangan. Farmon ijrosini ta’minlash va aholining 
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 
Mirishkor va G‘uzor tumanlarida "O‘zsanoatqurilishbank"ning kredit mablag‘lari 
ko‘magida G‘uzor Tekstil Impeks MCHJ tomonidan innovasion paxta-to‘qimachilik 
klasteri ishga tushiriladi. To‘rt bosqichli loyihalar asosida amalga oshadigan mazkur 
loyiha ishga tushishi natijasida korxona tomonidan yiliga 35 ming tonna chigitli 
paxta, 20 ming tonna kalava ip, 23,6 mln dona tayyor mahsulot, 2,9 ming tonna paxta 
yog‘i va 7,9 ming tonna shrot ishlab chiqarish hamda 38,0 mln AQSH dollari 
6 zavodi, 5ta fabrikani o‘z ichiga olgan to‘qimachilik majmuasi, yog‘-moy zavodi, 12 ming bosh qoramol parvarishlashga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi, biogaz ishlab chiqarish zavodi, tejamkor texnologiyalarga asoslangan 20 gekralik issiqxona, 25 turdan ortiq sut va go‘sht mahsulotlari tayyorlanadigan korxona shular jumlasidandir. matoni bo‘yashda ishlatiladigan qimmatbaho tabiiy bo‘yoq olinadigan indigo-ferum o‘simligi ham aynan klaster hududida ekilmoqda. Joriy yildan boshlab, O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning samarali shakllaridan biri-klastyerlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina Toshkent viloyatining Piskent, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on va Bo‘ka tumanlarida paxtachilik-to‘qimachilik klaster loyihalari amalga oshiriladi. Xususan, Quyi Chirchiq tumanida 2018-2020 yillarda paxta yetishtirishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni o‘zida to‘la jamlagan klaster loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. bu maqsadlar uchun 59 million dollardan ziyod investisiya jalb etiladi. 600dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Joriy yilda mamlakatimizda 60 dan ziyod ana shunday loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur model paxta xom ashyosini yetishtirish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan yagona ishlab chiqarish siklini tashkil etishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285 sonli "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klastyerlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlangan. Farmon ijrosini ta’minlash va aholining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Mirishkor va G‘uzor tumanlarida "O‘zsanoatqurilishbank"ning kredit mablag‘lari ko‘magida G‘uzor Tekstil Impeks MCHJ tomonidan innovasion paxta-to‘qimachilik klasteri ishga tushiriladi. To‘rt bosqichli loyihalar asosida amalga oshadigan mazkur loyiha ishga tushishi natijasida korxona tomonidan yiliga 35 ming tonna chigitli paxta, 20 ming tonna kalava ip, 23,6 mln dona tayyor mahsulot, 2,9 ming tonna paxta yog‘i va 7,9 ming tonna shrot ishlab chiqarish hamda 38,0 mln AQSH dollari  
7 
 
miqdoridagi mahsulotlarning xorijga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu 
loyihani amalga oshirish uchun “Trutzshler” (Germaniya), “Rieter” (Shveysariya), 
“Elektro-jet Textile Machinery” (Hindiston), “Murata manufasturing Co.Ltd.”, 
“JUKI” (Yaponiya) kabi xalqaro miqyosdagi kompaniyalardan eng zamonaviy 
asbob - uskunalar olib kelinadi. ishlab chiqarish uchun mahalliy xom ashyo 
yetishtirish uchun Mirishkor tumanida 10 ming ga maydonda paxta yetishtirilib, 
G‘uzor tumanida qayta ishlanib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi.   
2. Chorvachilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni va 
ahamiyati. 
Chorvachilik qishloq  xo‘jaligida muhim o‘rin tutadi. U o‘z ahamiyati jihatdan 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida dehqonchilikdan keyingi o‘rinda tursada, aholini 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik 
aholini oziq-ovqat mahsulotlari - go‘sht, sut, yog‘, tuxum va boshqalar bilan 
ta’minlaydi, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga esa xom ashyo (yung, go‘sht, 
teri, sut va boshqalar) etkazib beradi. Shuningdek, chorvachilik xo‘jalik uchun ishchi 
kuchi (jonli transort) - ot, tuya, eshak, bug‘u va mahalliy o‘g‘it beradi. Chorvachilik 
mahsulotlaridan turli xil qilmmatli dori-darmonlar (shifobaxsh zardob, garmonal 
preparatlar va b.) olinadi.  
Dehqonchilikda ayrim ekinlar yetishtirishda asosiy mahsulot bilan birga 
chorvachilikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar (somon, poxol, kepak, 
sabzovotchilik va kartoshkachilik, bog‘dorchiilk chiqindilari…) ham olinadi. Em-
xashak yetishtirishni ko‘paytirish, uning sifatini yaxshilash chorva mahsuldorligini 
oshirishning zaruriy shartidir. Chorvachilikning rivojlanishi esa dehqonchilik 
tarmoqlarini yanada yuksaltirish, umuman qishloq xo‘jaligining moddiy va mehnat 
resurslaridan yaxshiroq foydalanish, ekin hosildorligini oshirish imkonini beradi.  
 
 O‘zbekistonning tabiiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishga qancha 
qulaylik yaratgan bo‘lsa, chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish uchun ham 
shunchalik qulaydir. Obikor dehqonchilik hududlarida qoramolchilik, asalarichilik, 
qo‘ychilik, cho‘l va tog‘ oldi zonalarida qorako‘lchilik, tuyachilik, yilqichilik, 
echkichilik, daryo va ko‘l havzalarida baliqchilik, darrandachilik rivojlangan. 
Mamlakatimiz hududidagi cho‘llardan yil davomida yaylov sifatida foydalanish 
7 miqdoridagi mahsulotlarning xorijga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun “Trutzshler” (Germaniya), “Rieter” (Shveysariya), “Elektro-jet Textile Machinery” (Hindiston), “Murata manufasturing Co.Ltd.”, “JUKI” (Yaponiya) kabi xalqaro miqyosdagi kompaniyalardan eng zamonaviy asbob - uskunalar olib kelinadi. ishlab chiqarish uchun mahalliy xom ashyo yetishtirish uchun Mirishkor tumanida 10 ming ga maydonda paxta yetishtirilib, G‘uzor tumanida qayta ishlanib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish tashkil etiladi. 2. Chorvachilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati. Chorvachilik qishloq xo‘jaligida muhim o‘rin tutadi. U o‘z ahamiyati jihatdan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida dehqonchilikdan keyingi o‘rinda tursada, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari - go‘sht, sut, yog‘, tuxum va boshqalar bilan ta’minlaydi, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga esa xom ashyo (yung, go‘sht, teri, sut va boshqalar) etkazib beradi. Shuningdek, chorvachilik xo‘jalik uchun ishchi kuchi (jonli transort) - ot, tuya, eshak, bug‘u va mahalliy o‘g‘it beradi. Chorvachilik mahsulotlaridan turli xil qilmmatli dori-darmonlar (shifobaxsh zardob, garmonal preparatlar va b.) olinadi. Dehqonchilikda ayrim ekinlar yetishtirishda asosiy mahsulot bilan birga chorvachilikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar (somon, poxol, kepak, sabzovotchilik va kartoshkachilik, bog‘dorchiilk chiqindilari…) ham olinadi. Em- xashak yetishtirishni ko‘paytirish, uning sifatini yaxshilash chorva mahsuldorligini oshirishning zaruriy shartidir. Chorvachilikning rivojlanishi esa dehqonchilik tarmoqlarini yanada yuksaltirish, umuman qishloq xo‘jaligining moddiy va mehnat resurslaridan yaxshiroq foydalanish, ekin hosildorligini oshirish imkonini beradi. O‘zbekistonning tabiiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishga qancha qulaylik yaratgan bo‘lsa, chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish uchun ham shunchalik qulaydir. Obikor dehqonchilik hududlarida qoramolchilik, asalarichilik, qo‘ychilik, cho‘l va tog‘ oldi zonalarida qorako‘lchilik, tuyachilik, yilqichilik, echkichilik, daryo va ko‘l havzalarida baliqchilik, darrandachilik rivojlangan. Mamlakatimiz hududidagi cho‘llardan yil davomida yaylov sifatida foydalanish  
8 
 
mumkin. Qishloq xo‘jaligi yerlarining 7,7% chorva mollari ozuqa bazasini yaratish 
uchun ajratilgan. Bularda yiliga 10 mln tonnadan ortiq pichan va silos yig‘ishtirib 
olinadi. Respublikamiz aholisining moddiy farovonligini oshirishda qishloq 
xo‘jaligining o‘rni beqiyos bo‘lib, aholi ehtiyoji uchun zarur tovarlarning 85%i 
mazkur tarmoq zimmasiga to‘g‘ri keladi.  
O‘zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Bundan 4-5 ming 
yil muqaddam chorvachilikning qoramolchilik, qo‘ychilik va echkichilik hamda 
yilqichilik va tuyachilik tarmoqlari shakllangan. Respublikaning tuproq va tabiiy-
iqlim sharoitlari - unumdor sug‘oriladigan yerlar, qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘oldi 
yaylovlari, daryolar qayirlari chorvachilikning rivoji uchun qulay. Chorvachilik 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining obikor dehqonchilikdan keyingi muhim 
tarmog‘idir. Sug‘oriladigan yerlarda, asosan qoramolchilik, parrandachilik, 
ipakchilik, quyonchilik, cho‘o‘chqachilik, asalarichilik, qir-adirlar, dasht-cho‘l va 
tog‘ oldi yaylovlarida esa qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv 
havzalarida baliqchilik rivojlangan. Resublikamizda qorako‘lchilik xalqaro 
ahamiyat kasb etgan. Qorako‘lchilik tabiiy va iqtisodiy omillar, ozuqa resurslariga 
bog‘liq ravishda mintaqalar bo‘yicha ixtisoslashib, rivojlanib bormoqda. 
Mustaqillik yillarida chorvachilikda xususiy sektorga e’tibor kuchaytirildi, 
qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martda «Respublika 
chorvachiligida iqtisodiy islohrtni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 
1994 yil 23 fevralda «Chorvachilikda iktisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda 
dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya 
qilish choralari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi. Unga ko‘ra zarar bilan 
ishlayotgan 1499 ta qoramolchilik fermalari mazkur ferma jamoalari va fermyerlarga 
xususiy mulk qilib berildi (1995). 2012 yil 22 oktabrda “O‘zbekistonda fermerlik 
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.  
 
Chorvachilikda fermer xo‘jaliklari tashkil etish va ularni rivojlantirishga katta 
e’tibor berilmoqda. Bularni va shaxsiy chorvachilikni em-xashak, mexanizatsiya va 
transport bilan ta’minlash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
8 mumkin. Qishloq xo‘jaligi yerlarining 7,7% chorva mollari ozuqa bazasini yaratish uchun ajratilgan. Bularda yiliga 10 mln tonnadan ortiq pichan va silos yig‘ishtirib olinadi. Respublikamiz aholisining moddiy farovonligini oshirishda qishloq xo‘jaligining o‘rni beqiyos bo‘lib, aholi ehtiyoji uchun zarur tovarlarning 85%i mazkur tarmoq zimmasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Bundan 4-5 ming yil muqaddam chorvachilikning qoramolchilik, qo‘ychilik va echkichilik hamda yilqichilik va tuyachilik tarmoqlari shakllangan. Respublikaning tuproq va tabiiy- iqlim sharoitlari - unumdor sug‘oriladigan yerlar, qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘oldi yaylovlari, daryolar qayirlari chorvachilikning rivoji uchun qulay. Chorvachilik O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining obikor dehqonchilikdan keyingi muhim tarmog‘idir. Sug‘oriladigan yerlarda, asosan qoramolchilik, parrandachilik, ipakchilik, quyonchilik, cho‘o‘chqachilik, asalarichilik, qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘ oldi yaylovlarida esa qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida baliqchilik rivojlangan. Resublikamizda qorako‘lchilik xalqaro ahamiyat kasb etgan. Qorako‘lchilik tabiiy va iqtisodiy omillar, ozuqa resurslariga bog‘liq ravishda mintaqalar bo‘yicha ixtisoslashib, rivojlanib bormoqda. Mustaqillik yillarida chorvachilikda xususiy sektorga e’tibor kuchaytirildi, qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martda «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohrtni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «Chorvachilikda iktisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi. Unga ko‘ra zarar bilan ishlayotgan 1499 ta qoramolchilik fermalari mazkur ferma jamoalari va fermyerlarga xususiy mulk qilib berildi (1995). 2012 yil 22 oktabrda “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Chorvachilikda fermer xo‘jaliklari tashkil etish va ularni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Bularni va shaxsiy chorvachilikni em-xashak, mexanizatsiya va transport bilan ta’minlash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.  
9 
 
Qoramolchilik Respublika chorvachiligida asosiy o‘rinda turadi. Yetishtiriladigan 
jami go‘shtning 75—80%, sutning 99,9% shu tarmoqqa to‘gri keladi.  
O‘zbekistonning turli tabiiy-iqlim sharoitlarida sut (qora-ola, qizilcho‘l, bushuev), 
sut-go‘sht (shvis) va go‘sht (qozoqi oqbosh, santa-gertruda, aberdin-angus) 
yo‘nalishidagi qoramol zotlari boqiladi. Qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta 
xo‘jalik bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona 
viloyatlarida va Qoraqalog‘istondadir.  
O‘zbekistonda qo‘ylar, asosan yaylovda boqiladi (ob-havo sharoiti noqulay 
hollarda qo‘shimcha oziqlantiriladi). Respublikada qo‘ychilikning qorako‘l teri, 
go‘sht-yog‘ va jun uchun boqiladigan tarmoqlari rivojlangan. Respublikamizda 
qorako‘lchilik xalqaro ahamiyatga ega. Qorako‘l terilari o‘zining nafisligi, 
pishiqligi, rang-barang tuslarda tovlanib turishi bilan jahon mo‘yna bozorida yuqori 
baholanadi. 
O‘zbekistonda 120ga yaqin ixtisoslashgan qorako‘lchilik xo‘jaliklari bo‘lib, 5 
mln boshga yaqin qorako‘l qo‘ylari boqiladi. Qorako‘l qo‘ylari Navoiy, Buxoro, 
Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
eng ko‘p boqiladi. Qorako‘l terisining arabi (qora), sherozi (kulrang) va oltin tusli 
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekistonda yetishtirilgan qorako‘l terilari 
O‘zbekiston-Gretsiya hamkorligida tashkil etilgan «Buxoro-Omega» qo‘shma 
korxonasida qayta ishlanadi. Qorako‘l terilar, asosan mo‘yna bozorlarida, jumladan 
Sankt-Peterburg, Kopengagen (Daniya) va Finlandiya mo‘yna kimoshdi 
savdolarida, xalqaro yarmarkalarda, shuningdek Yevropa va Amerika bozorlarida 
sotiladi. 2017 yil 1 yanvar holatiga, respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklarida 
yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 12181,4 ming boshni, shu jumladan 
sigirlar – 4217,3 ming boshni, qo‘y va echkilar – 19697,9 ming boshni , cho‘chqalar 
– 85,5 ming boshni, otlar – 221,4 ming boshni, tuyalar – 17,4 ming boshni, 
parrandalar – 67037,7 ming boshni, asalari oilalari – 428,9 mingtani tashkil etdi.  
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni xo‘jaliklar toifalari kesimida 
tahlil etilganda, yildan-yilga fermer xo‘jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o‘z 
navbatida qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa 
kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan 
9 Qoramolchilik Respublika chorvachiligida asosiy o‘rinda turadi. Yetishtiriladigan jami go‘shtning 75—80%, sutning 99,9% shu tarmoqqa to‘gri keladi. O‘zbekistonning turli tabiiy-iqlim sharoitlarida sut (qora-ola, qizilcho‘l, bushuev), sut-go‘sht (shvis) va go‘sht (qozoqi oqbosh, santa-gertruda, aberdin-angus) yo‘nalishidagi qoramol zotlari boqiladi. Qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta xo‘jalik bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlarida va Qoraqalog‘istondadir. O‘zbekistonda qo‘ylar, asosan yaylovda boqiladi (ob-havo sharoiti noqulay hollarda qo‘shimcha oziqlantiriladi). Respublikada qo‘ychilikning qorako‘l teri, go‘sht-yog‘ va jun uchun boqiladigan tarmoqlari rivojlangan. Respublikamizda qorako‘lchilik xalqaro ahamiyatga ega. Qorako‘l terilari o‘zining nafisligi, pishiqligi, rang-barang tuslarda tovlanib turishi bilan jahon mo‘yna bozorida yuqori baholanadi. O‘zbekistonda 120ga yaqin ixtisoslashgan qorako‘lchilik xo‘jaliklari bo‘lib, 5 mln boshga yaqin qorako‘l qo‘ylari boqiladi. Qorako‘l qo‘ylari Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng ko‘p boqiladi. Qorako‘l terisining arabi (qora), sherozi (kulrang) va oltin tusli mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekistonda yetishtirilgan qorako‘l terilari O‘zbekiston-Gretsiya hamkorligida tashkil etilgan «Buxoro-Omega» qo‘shma korxonasida qayta ishlanadi. Qorako‘l terilar, asosan mo‘yna bozorlarida, jumladan Sankt-Peterburg, Kopengagen (Daniya) va Finlandiya mo‘yna kimoshdi savdolarida, xalqaro yarmarkalarda, shuningdek Yevropa va Amerika bozorlarida sotiladi. 2017 yil 1 yanvar holatiga, respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 12181,4 ming boshni, shu jumladan sigirlar – 4217,3 ming boshni, qo‘y va echkilar – 19697,9 ming boshni , cho‘chqalar – 85,5 ming boshni, otlar – 221,4 ming boshni, tuyalar – 17,4 ming boshni, parrandalar – 67037,7 ming boshni, asalari oilalari – 428,9 mingtani tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni xo‘jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan-yilga fermer xo‘jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan  
10 
 
past rentabelli qishloq xo‘jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular 
negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer 
xo‘jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotida fermer 
xo‘jaliklari ulushining 2000 yildagi 5,5 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha 
ko‘payishida hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 
ulushini esa 2000 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 2,0 foizgacha kamayishida o‘z 
ifodasini topdi. 
2019 yilda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining barcha toifadagi xo‘jaliklarga 
nisbatan ulushi xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha hududlar kesimida tahlil qilinganda 
barcha hududlarda eng yuqori ko‘rsatkichlar dehqon (shaxsiy yordamchi) 
xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Surxondaryo 
(73,9%), Navoiy (71,9%) hamda Buxoro (70,8%) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri 
keldi.Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi barcha toifadagi 
xo‘jaliklarga nisbatan ulushi hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori 
ko‘rsatkichlar Samarqand (39,9%), Sirdaryo (37,5%) va Qashqadaryo (37,1%) 
viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. 
 
10 past rentabelli qishloq xo‘jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotida fermer xo‘jaliklari ulushining 2000 yildagi 5,5 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha ko‘payishida hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushini esa 2000 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 2,0 foizgacha kamayishida o‘z ifodasini topdi. 2019 yilda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining barcha toifadagi xo‘jaliklarga nisbatan ulushi xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha hududlar kesimida tahlil qilinganda barcha hududlarda eng yuqori ko‘rsatkichlar dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Surxondaryo (73,9%), Navoiy (71,9%) hamda Buxoro (70,8%) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi barcha toifadagi xo‘jaliklarga nisbatan ulushi hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkichlar Samarqand (39,9%), Sirdaryo (37,5%) va Qashqadaryo (37,1%) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.