O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI

Yuklangan vaqt

2024-11-11

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

52,1 KB


 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI 
 
 
 
1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha  
2.Soliqlarning va yig‘imlarning turlari 
3.Maxsus soliq rejimlari 
 
1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha 
O‘zbekistonda 
mustaqillik yillarida soliq tizimini takomillashtirish hamda 
soddalashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda taraqqiyotning “o‘zbek 
modeli” deya dunyo e’tirof etayotgan tadrijiy islohotlar muhim omil bo‘ldi. Natijada soliq 
ma’murchiligi shaffofligini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini 
oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan 
yutuqlarga erishilmoqda. Zero, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda izchil hayotga tatbiq 
etilgan chora-tadbirlar iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlashda g‘oyat muhim 
ahamiyatga ega. Shu o‘rinda yosh davlatimiz rivojlanish yo‘lining ustuvor yo‘nalishlari bilan 
bog‘liq bir qator muhim bosqichlarni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Chunki Istiqlolning 
dastlabki yillarida ishlab chiqarish hajmining pasayishi va inflyasiyaning yuqori sur’atlari 
saqlanib turgan bir sharoitda Davlat byudjetiga mablag‘lar tushishini ta’minlash soliq 
tizimining asosiy vazifasi bo‘ldi. Shundan kelib chiqqan holda, soliqlarning fiskal 
funksiyasiga ustuvor ahamiyat qaratildi.  
Bu haqda so‘z yuritilganda, 1991 yilda respublika Davlat byudjeti tasdiqlangan vaqtda 
byudjet taqchilligi qariyb 7,5 foizni tashkil etganini eslash joiz. Bu Davlat byudjeti 
taqchilligini qisqartirish hamda uning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan soliq 
mexanizmini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI 1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha 2.Soliqlarning va yig‘imlarning turlari 3.Maxsus soliq rejimlari 1.Soliqlar va yig‘imlar haqida tushuncha O‘zbekistonda mustaqillik yillarida soliq tizimini takomillashtirish hamda soddalashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deya dunyo e’tirof etayotgan tadrijiy islohotlar muhim omil bo‘ldi. Natijada soliq ma’murchiligi shaffofligini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Zero, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda izchil hayotga tatbiq etilgan chora-tadbirlar iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda yosh davlatimiz rivojlanish yo‘lining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq bir qator muhim bosqichlarni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Chunki Istiqlolning dastlabki yillarida ishlab chiqarish hajmining pasayishi va inflyasiyaning yuqori sur’atlari saqlanib turgan bir sharoitda Davlat byudjetiga mablag‘lar tushishini ta’minlash soliq tizimining asosiy vazifasi bo‘ldi. Shundan kelib chiqqan holda, soliqlarning fiskal funksiyasiga ustuvor ahamiyat qaratildi. Bu haqda so‘z yuritilganda, 1991 yilda respublika Davlat byudjeti tasdiqlangan vaqtda byudjet taqchilligi qariyb 7,5 foizni tashkil etganini eslash joiz. Bu Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish hamda uning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan soliq mexanizmini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
 
 
Mamlakatimizda qisqa muddat ichida soliq solishning yaxlit holdagi normativ-huquqiy 
bazasi yaratilib, 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida” hamda 
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari qabul qilindi. 
SHu bilan birga, 1991 - 1995 yillar davomida sobiq ittifoqda o‘ziga xos an’ana tusiga 
kirgan hamda korxonalarning iqtisodiy holatini hisobga olmagan holda, xo‘jalik yurituvchi 
organlar, kooperativ va jamoat tashkilotlaridan daromad solig‘i, shuningdek, davlat 
korxonalari olgan foydadan undiriladigan hamda mutlaqo fiskal tusga ega bo‘lgan to‘lovlar 
yig‘ishdan voz kechish yo‘li bilan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini 
yaratishni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi. SHular qatorida aslida soliq tusiga ega 
bo‘lmagan, go‘yoki narxlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaralgan va har bir tovarga 
yakka tartibda belgilangan narx qismi bo‘lgan oborotga solinadigan soliq bekor qilindi.  
Sobiq ittifoq davridagi bo‘ydoqlar, yolg‘izlar hamda kam bolali fuqarolarga 
solinadigan soliqlar, shuningdek, eksport va import operatsiyalaridan undiriladigan 
to‘lovlarga ham barham berildi. Aksincha, mazkur to‘lovlarning o‘rniga bozor iqtisodiyoti 
talablariga javob beradigan, masalan, sub’yektlarning amalda olgan daromadi hisoblangan 
korxonalarning daromadlariga solinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i 
singari yangi turdagi soliqlar amaliyotga joriy etildi.  
Eng muhimi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliq 
imtiyozlari berilib, soliqdan to‘liq yoki qisman ozod bo‘lishga asoslangan yangi mexanizmlar 
qo‘llanila boshlandi. Yurtimizda 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasining tashkil etilishi milliy soliq tizimini shakllantirishda tom ma’noda yangi davrni 
boshlab berdi. 
1995 - 2005 yillari soliq tizimini oqilona yuritish bosqichiga to‘g‘ri kelib, mazkur 
jarayonda respublikaning soliq qonunchiligiga asos solindi va uning huquqiy bazasi 
mustahkamlandi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga qonuniy maqom berish, uning 
huquqiy asoslarni belgilash hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini aniq 
shakllantirish maqsadida 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati 
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Mamlakatimizda qisqa muddat ichida soliq solishning yaxlit holdagi normativ-huquqiy bazasi yaratilib, 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida” hamda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. SHu bilan birga, 1991 - 1995 yillar davomida sobiq ittifoqda o‘ziga xos an’ana tusiga kirgan hamda korxonalarning iqtisodiy holatini hisobga olmagan holda, xo‘jalik yurituvchi organlar, kooperativ va jamoat tashkilotlaridan daromad solig‘i, shuningdek, davlat korxonalari olgan foydadan undiriladigan hamda mutlaqo fiskal tusga ega bo‘lgan to‘lovlar yig‘ishdan voz kechish yo‘li bilan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi. SHular qatorida aslida soliq tusiga ega bo‘lmagan, go‘yoki narxlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaralgan va har bir tovarga yakka tartibda belgilangan narx qismi bo‘lgan oborotga solinadigan soliq bekor qilindi. Sobiq ittifoq davridagi bo‘ydoqlar, yolg‘izlar hamda kam bolali fuqarolarga solinadigan soliqlar, shuningdek, eksport va import operatsiyalaridan undiriladigan to‘lovlarga ham barham berildi. Aksincha, mazkur to‘lovlarning o‘rniga bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, masalan, sub’yektlarning amalda olgan daromadi hisoblangan korxonalarning daromadlariga solinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i singari yangi turdagi soliqlar amaliyotga joriy etildi. Eng muhimi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari berilib, soliqdan to‘liq yoki qisman ozod bo‘lishga asoslangan yangi mexanizmlar qo‘llanila boshlandi. Yurtimizda 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashkil etilishi milliy soliq tizimini shakllantirishda tom ma’noda yangi davrni boshlab berdi. 1995 - 2005 yillari soliq tizimini oqilona yuritish bosqichiga to‘g‘ri kelib, mazkur jarayonda respublikaning soliq qonunchiligiga asos solindi va uning huquqiy bazasi mustahkamlandi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga qonuniy maqom berish, uning huquqiy asoslarni belgilash hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini aniq shakllantirish maqsadida 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
 
 
Mazkur Qonunga muvofiq, davlat soliq organlari zimmasiga soliqlar hamda boshqa 
majburiy to‘lovlarning byudjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlashdek eng muhim 
davlat vazifasi yuklandi. SHuningdek, 1997 yilda tizimda yagona huquqiy asos sifatida 
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. 2019 yilda esa yangi tahriri qabul 
qilindi. 
SHuni aytish kerakki, Istiqlol yillarida mustaqil mamlakatimizning soliq siyosatini 
belgilab beruvchi 39 ta qonun, davlatimiz rahbarining 44 ta farmoni va 96 ta qarori hamda 
Vazirlar Mahkamasining 233 ta qarori qabul qilindi. Ularning orasida bevosita davlat soliq 
xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati 
ham mavjud. Bu, ta’kidlanganidek, tizimning puxta va ishonchli qonunchilik bazasini 
shakllantirish imkoniyatini yaratdi.  
SHunday qilib, chorak asr davomida O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni 
samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi to‘laqonli soliq tizimini yaratishga erishildi. 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida dunyodagi 
boshqa davlatlar bilan soliq solish sohasidagi o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-
huquqiy bazasini mustahkamlash siyosatini izchil olib bormoqda.  
1993 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Rossiya, Germaniya, Italiya, 
SHveysariya, Niderlandiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Sloveniya, Irlandiya, Ispaniya va 
boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad 
va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risida 52 ta bitim 
imzolangani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir.  
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma 
majlisida davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalishlar qatorida iqtisodiyotni isloh 
qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, soliq siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni 
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash singari muhim masalalar belgilab olindi.  
Shulardan kelib chiqqan holda, soliq tizimini takomillashtirish, soliq to‘lovlarini 
unifikatsiya qilish, soliq stavkalarini pasaytirish hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini 
oshirish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarildi.
Mazkur Qonunga muvofiq, davlat soliq organlari zimmasiga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning byudjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlashdek eng muhim davlat vazifasi yuklandi. SHuningdek, 1997 yilda tizimda yagona huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. 2019 yilda esa yangi tahriri qabul qilindi. SHuni aytish kerakki, Istiqlol yillarida mustaqil mamlakatimizning soliq siyosatini belgilab beruvchi 39 ta qonun, davlatimiz rahbarining 44 ta farmoni va 96 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 233 ta qarori qabul qilindi. Ularning orasida bevosita davlat soliq xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati ham mavjud. Bu, ta’kidlanganidek, tizimning puxta va ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish imkoniyatini yaratdi. SHunday qilib, chorak asr davomida O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi to‘laqonli soliq tizimini yaratishga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida dunyodagi boshqa davlatlar bilan soliq solish sohasidagi o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy- huquqiy bazasini mustahkamlash siyosatini izchil olib bormoqda. 1993 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Rossiya, Germaniya, Italiya, SHveysariya, Niderlandiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Sloveniya, Irlandiya, Ispaniya va boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risida 52 ta bitim imzolangani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalishlar qatorida iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash singari muhim masalalar belgilab olindi. Shulardan kelib chiqqan holda, soliq tizimini takomillashtirish, soliq to‘lovlarini unifikatsiya qilish, soliq stavkalarini pasaytirish hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarildi.
 
 
2019 yilda yangi tahrirdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, soliq solish 
masalalari bo‘yicha amaliyotda sinalgan xalqaro tamoyil va yondashuvlar asosida ishlab 
chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi.  
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda byudjet tizimi deb 
yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi. 
Yig‘im deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi 
shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik 
ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni 
yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi. 
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, 
shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha 
tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi. 
 
2. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari 
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
2) aksiz solig‘i; 
3) foyda solig‘i; 
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
7) mol-mulk solig‘i; 
8) yer solig‘i; 
9) ijtimoiy soliq. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy 
etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik 
hujjatlarida belgilanadi. 
Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga
2019 yilda yangi tahrirdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, soliq solish masalalari bo‘yicha amaliyotda sinalgan xalqaro tamoyil va yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda byudjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi. Yig‘im deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi. Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi. 2. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 2) aksiz solig‘i; 3) foyda solig‘i; 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‘i; 8) yer solig‘i; 9) ijtimoiy soliq. O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga
 
 
kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im; 
2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan: 
- alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im; 
- umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya 
qilish uchun yig‘im. 
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar 
ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali 
tranziti uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. 
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy 
ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi 
haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan 
yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq 
to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. 
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi 
va uning hududi orqali tranziti yig‘imlarning soliq solish obyektidir. 
 
 
3.Maxsus soliq rejimlari 
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida 
quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 
1) aylanmadan olinadigan soliq; 
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga 
soliq solishning alohida tartibi; 
4) O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi. 
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga 
soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan 
investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda 
muayyan muddat uchun belgilanadi. 
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq 
stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im; 2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan: - alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im; - umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im. Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti yig‘imlarning soliq solish obyektidir. 3.Maxsus soliq rejimlari Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 1) aylanmadan olinadigan soliq; 2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi; 4) O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
 
 
 
4.Soliq munosabatlarining sub’yektlari va hujjatlar almashish tartibi 
Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining 
sub’yektlaridir. 
Soliq organlari hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy 
kabinetiga yuboradi. YUborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan 
keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb 
hisoblanadi. 
Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, 
hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh 
kundan keyin olingan deb hisoblanadi. 
Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana 
ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin. 
Soliq to‘lovchilar, soliq organlariga hujjatlarni ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq 
to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda - jo‘natilgan kun, pochta orqali 
yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. 
Xujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning 
shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to‘ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog‘ozda yoki 
telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy 
kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan 
yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. 
YUridik shaxslarning alohida bo‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va 
yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va 
tartibda ushbu alohida bo‘linmalar joylashgan eri bo‘yicha bajaradi. 
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida bo‘linmalarni 
hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni) 
to‘laydi. 
YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb 
e’tirof etiladi.
4.Soliq munosabatlarining sub’yektlari va hujjatlar almashish tartibi Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining sub’yektlaridir. Soliq organlari hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. YUborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi. Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin. Soliq to‘lovchilar, soliq organlariga hujjatlarni ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda - jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Xujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to‘ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. YUridik shaxslarning alohida bo‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida bo‘linmalar joylashgan eri bo‘yicha bajaradi. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida bo‘linmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni) to‘laydi. YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
 
 
Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: 
- soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) 
amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, 
soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va 
arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul 
olish; 
-o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli 
organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish; 
-soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; 
-soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan 
summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish; 
-soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash; 
-soliq solish ob’yektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda 
o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; 
-o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish 
chog‘ida hozir bo‘lish; 
-sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu 
tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; 
-soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi 
qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; 
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor 
shaxslarining soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan 
talablarini bajarmaslik; 
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan 
hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan 
belgilangan tartibda shikoyat qilish; 
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular 
mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli etkazilgan 
zararlarning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; 
- soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib 
chiqish jarayonida ishtirok etish;
Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: - soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish; -o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish; -soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; -soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish; -soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash; -soliq solish ob’yektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; -o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish; -sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; -soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini bajarmaslik; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli etkazilgan zararlarning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; - soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish;
 
 
- soliq munosabatlari masalalariga oid o‘z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq 
maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash; 
- soliq siriga rioya etish va uni saqlash. 
Soliq to‘lovchilar soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan 
o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega 
bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq 
to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. 
Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar 
mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi. 
Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik 
yoki lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda 
tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari 
- Soliq to‘lovchilar: 
- belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab 
chiqarishi va to‘lashi; 
- hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv 
xatini olganida soliq organiga kelishi; 
- tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, 
cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; 
- soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga 
soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, 
shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini 
ta’minlashi; 
- soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, 
ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik 
qilmasligi; 
- soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur 
bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan 
keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;
- soliq munosabatlari masalalariga oid o‘z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash; - soliq siriga rioya etish va uni saqlash. Soliq to‘lovchilar soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi. Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari - Soliq to‘lovchilar: - belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi; - hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; - tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; - soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi; - soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi; - soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;
 
 
- o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston 
Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar 
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart. 
YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, 
o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari 
to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar 
to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan 
e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. 
Zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan 
shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan 
munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning 
soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini 
ta’minlashi kerak. 
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas 
mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan 
majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk ob’yekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet 
el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.  
YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z 
muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. 
CHet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu 
qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’yekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs 
tanloviga ko‘ra, xabar mol-mulk ob’yektlarining biri turgan erdagi soliq organiga taqdim 
etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi 
munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston 
Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham 
bo‘ladi. 
Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar 
ham bo‘lishi mumkin. 
Zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va byudjet 
tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
- o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart. YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. Zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak. Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk ob’yekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart. YUridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. CHet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’yekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar mol-mulk ob’yektlarining biri turgan erdagi soliq organiga taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi. Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
 
 
Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
soliq to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi. 
Soliq agentlari: 
soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet 
tizimiga o‘tkazishi; 
soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining soliq 
qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran 
bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; 
hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va 
byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida 
yuritishi; 
soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; 
soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish 
uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning da’vo muddati mobaynida but saqlanishini 
ta’minlashi shart. 
Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
bo‘lishi mumkin. 
Soliq to‘lovchi soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok 
etishga haqli. 
Vakilning vakolatlari Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga 
qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi. 
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik 
qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi. 
YUridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida 
ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik 
shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va 
soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini
Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi. Soliq agentlari: soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet tizimiga o‘tkazishi; soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining soliq qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida yuritishi; soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning da’vo muddati mobaynida but saqlanishini ta’minlashi shart. Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchi soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli. Vakilning vakolatlari Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi. YUridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini
 
 
ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq 
to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin. 
YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki 
fuqarolik qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga 
oshiradi. 
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z vakolatlarini fuqarolik 
qonunchilikka muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. 
Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq 
to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi. 
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun 
asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli 
vakili hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma 
qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq 
huquqiy 
munosabatlarda 
mazkur 
konsolidatsiyalashgan 
guruh 
ishtirokchilarining 
manfaatlarini ifodalashga haqli: 
soliq 
to‘lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan 
guruhini 
tuzish 
to‘g‘risidagi 
shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga 
o‘zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va 
uni tugatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; 
soliq 
to‘lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan 
guruhi 
ishtirokchisidan 
soliq 
to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni 
majburiy undirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; 
soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar 
(harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa. 
Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda 
ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab 
qoladi.
ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin. YUridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z vakolatlarini fuqarolik qonunchilikka muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli: soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va uni tugatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa. Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi.