O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaligining umumiy tavsifi
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
50,1 KB
1
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaligining umumiy tavsifi
Reja
1. Respublika xo‘jaligining tarmoqlar tuzilishi va shakllanish xususiyatlari.
2. O‘zbekiston xo‘jaligini modyernizatsiya va diversifikatsiyalash muammolari.
Tayanch iboralar
Milliy
iqtisodiyot,
xo‘jalik,
sanoat
tarmoqlari,
modyernizatsiya,
diversifikatsiya, yoqilg‘i sanoati, elektroenergetika sanoati, gaz sanoati, neft sanoati,
ko‘mir sanoati
1. Respublika milliy iqtisodiyotining tarmoqlar tuzilishi va shakllanish
xususiyatlari.
Muammoli vaziyat: Sizningcha, mamlakatimiz mustaqillika erishgach, milliy
iqtisodiyot tarmoqlarida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan beri o‘tgan tarixan qisqa davr
ichida katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Ana shu davr mobaynida yuz bergan
olamshumul o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar va eng asosiysi iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishda to‘g‘ri va oqilona yondoshish mamlakat ichidagina
emas, balki jahon hamjamiyatida ham haqli ravishda tan olindi. Mamlakatimiz
iqtisodiyoti ko‘p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish majmuidan iborat bo‘lib, uning
poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg‘i, mashinasozlik, rangli
va qora metallurgiya, kimyo, yyengil va oziqovqat sanoati kabilar ana shunday
makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo davlatlari orasida
iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib
turadi. Eng avvalo tabiiygeografik sharoitning qulayligi, zaminimizda Mendeleev
davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum yerlarimiz
2
borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarini rivoj topishiga olib keldi.
Respublikamiz iqtisodiyoti o‘zining ma’lum tarixiga ega. Boy tabiiy resurslar
va ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘lkasi bo‘lgan O‘zbekiston Sharq va G‘arb
mamlakatlarini bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘lda joylashgan. Bu yerda ishlab
chiqarish, fan va madaniyat yuksak darajada rivojlangan. XVI asrning birinchi
yarmidan boshlab G‘arbiy va Janubiy Yevropa bilan Sharqiy Osiyo mamlakatlari
o‘rtasida qulay dengiz yo‘llarining ochilishi oqibatida O‘rta Osiyo orqali o‘tgan
«Buyuk ipak yo‘li» inqirozga yuz tutdi. O‘z vaqtida ancha bozorgir bo‘lgan mahalliy
mahsulot paxta, ipak, qorako‘l teri, qog‘oz, metal, zargarlik buyumlari ishlab
chiqarish izidan chiqdi. O‘rta Osiyo xonliklarida sanoat mahsulotlari asosan
hunarmandchilik asosida ishlab chiqilar edi. Shahar hayoti XVIII asr oxirlaridan
XIX asr o‘rtalarigacha Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz, Xiva, Urganch, Xorazm,
Qo‘qon, Marg‘ilon, Toshkent kabi shaharlarda ancha jonlangan bo‘lib, ularda
ko‘plab to‘qimachilik, kulolchilik, zargarlik, chilongarlik, duradgorlik halq badiiy
hunarmandligi buyumlari ishlab chiqarilar edi. Ushbu mahsulotlar karvonlar orqali
Hindiston, Eron va Qashqarga, Qozoq o‘lkalari hamda ular orqali Sibir va
Rossiyaning ichki bozorlariga chiqarilar edi. O‘rta Osiyo iqtisodiyotining eng sust
rivojlangan sohalaridan biri transport edi. O‘lkaning uzoq yillar davomida jahon
bozorlaridan ajralib qolishi va tez-tez takrorlanib turiladigan qonli urushlar tufayli
bir vaqtlar obod bo‘lgan karvon yo‘llari qarovsizlik holga kelgan edi.
XIX asrning 2-yarmidan boshlab, Rossiya O‘rta Osiyoni bosib ola boshladi.
Dastlab Qozog‘istonning shimoliy qismlari va Turkmaniston, keyinchalik qolgan
hududlar Rossiyaning mustamlakasiga aylanibgina qolmay, balki imperiya tarkibiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib olindi. Birinchi navbatda Chor Rossiyasi uchun nihoyatda
zarur qimmatli tovar mahsuloti hisoblanadigan paxta yetishtirish imkoniyati katta
bo‘lgan o‘lkalarga temir yo‘llar keltirishga kirishildi. Rossiya o‘lkani avvalo
to‘qimachilik sanoati uchun xom ashyo bazasiga aylantirishga harakat qiladi. O‘rta
Osiyo Rossiyaning oddiy mustamlakasiga aylanibgina qolmay, balki u hududiy
jihatdan imperiya tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib olindi. Xali Sibir rayonlariga
nisbatan ham ancha oldinroq, XIX asr 80-yillari davomida Kaspiy bo‘yidagi
3
Turkmanboshi (oldingi Krasnovodsk)dan Samarqandga, so‘ngra Farg‘ona vodiysi
va Toshkentga olib kelingan temir yo‘llarni faqat paxta tufayligina deb tushunish
lozim.
XIX asr oxiri o‘n yilliklaridan boshlab o‘lkada sanoat korxonalarini qurish
tezlashib bordi. Bu korxonalar negizida asosan paxta tozalash, pilla chuvish, jun
yuvish, paxta yog‘i ishlab chiqarish korxonalari tashkil qilar edi. Shuningdek
o‘lkadagi dastlabki elektr stansiyalari va g‘isht zavodlari ham xuddi shu davrda
qurilgan edi. Sanoatning hududiy joylashuvi tarkib topa boshladi. Og‘ir sanoatning
yaxshi taraqqiy etmaganligi mustamlaka mamlakatlar uchun xosdir. 1913 yilda
hozirgi O‘zbekiston hududida 425 ta sanoat korxonasi bo‘lib, ularning 208 tasi paxta
tozalash, 80 tasi oziq-ovqat, 18 tasi objuvoz, 35 tasi ko‘nchilik, 20 tasi xumdon
yasash, 14 tasi metallsozlik korxonalari edi. Yalpi sanoat mahsulotining 86%i
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlovchi (paxta tozalash va o‘simlik
yog‘i ishlab chiqaruvchi) korxonalarda, 12% oziq-ovqat va ko‘nchilik
korxonalarida, faqat 2%i og‘ir sanoat korxonalarida ishlab chiqilardi.
Og‘ir sanoat tarkibida metalsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi
korxonalardan tashqari u qadar katta bo‘lmagan «Chimyon» neft va «Sho‘rsuv»
oltingugurt konlari hamda Oltiariqda joylashgan Vannanovskiy neftni qayta ishlash
zavodlari bor edi. Barcha sanoat korxonalarining 70%i Farg‘ona vodiysi
shaharlarida to‘plangan edi. Hozirgi tabiiy resurs konlari u vaqtlarda xali ma’lum
bo‘lmagan. Shu boisdan yoqilg‘i, binokorlik materiallari, metall kabilar minglab
kilometr masofalardan tashib keltirilar edi. Jumladan, po‘lat va cho‘yan - Ural va
Sibirdan, ko‘mir - Donbassdan, neft - Bokudan keltirilgan. Bu hol Oktyabr
to‘ntarishidan so‘ng ham saqlanib qoldi. Qishloq xo‘jaligida, Farg‘ona vodiysida
paxta, pilla, Buxoro va Toshkent vohalarida paxta, Zarafshon vodiysi o‘rta qismida
bug‘doy, Zarafshon qo‘yi qismida ko‘proq qora ko‘l teri ishlab chiqarish
ixtisoslashdi. Yangi ekin turlaridan kartoshka, qand lavlagi ekish ham rasm bo‘la
bordi. Metall pluglar kirib kela boshladi.
O‘zbekiston murakkab tarmoq va hududiy tarkibga ega iqtisodiyotga ega.
Unda sanoatning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Respublika sanoati ko‘p tarmoqli
bo‘lib qishloq xo‘jalik mashinasozligi, elektr-energetika, neft va gaz, ko‘mir,
4
mineral o‘g‘itlari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, yyengil va oziq-ovqat sanoati
kabilardir. Mamlakat rivojlangan qishloq xo‘jaligiga ega. O‘zbekistonning
inqilobdan keyingi yillardagi sanoat taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni o‘z
ichiga oladi. Birinchi bosqich-tiklanish davri. Respublikada fuqarolar urushi va
milliy ozodlik kurashi vaqtida izdan chiqqan sanoat korxonalari qayta tiklandi va bir
qancha yangi sanoat korxonalari qurildi. Jumladan Toshkent va Farg‘ona ipakchilik
fabrikalari, Bo‘zsuv GESi, Samarqand va Quvasoyda dizel elekt stansiyalari ishga
tushirildi.
Ikkinchi bosqich-urushgacha bo‘lgan besh yilliklar davri. Birinchi (1928-
1932y) va ikkinchi (1932-1937y) besh yilliklar davrida O‘zbekistonda 831 ta yangi
zavod va fabrikalar ishga tushirildi. Bular orasida Toshkent qishloq xo‘jalik
mashinasozlik zavodi, Toshkent to‘qimachilik kombinati kabilar bor edi. Ikkinchi
besh yillik oxirida O‘zbekiston industrial-agrar respublikaga aylangan edi. Chunki
bu vaqtda kelib yalpi mahsulot ishlab chiqarishda sanoatning hissasi 1913 yiligi
32%dan 1940 yilda 70%gacha ko‘tarildi.
Uchinchi bosqich-II jahon urushi yillarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda Sobiq
ittifoqning G‘arbiy hududlaridan 90ta og‘ir sanoat korxonalari ko‘chirib keltirilib
joylashtirildi. Jumladan, Toshkent samolyotsozlik ishlab chiqarish birlashmasi,
O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi, Chirchiq qishloq xo‘jalik
mashinasozligi zavodi, transformator zavodlari misol bo‘la oladi. Shu yillarda
O‘zbekistonda neft, mis, qo‘rg‘oshin, volfram va molibdenning yangi konlari
o‘zlashtirildi, yirik ko‘mir shaxtalari ishlay boshladi va 6 ta yangi elektr stansiyasi
ishga tushirildi, Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi boshlandi. Natijada
O‘zbekiston sanoatining tarkibida keskin o‘zgarishlar yuz berdi, og‘ir sanoat
salmog‘i 1940-1943 yillar orasida 14,3%dan 48%gacha o‘sdi.
Sanoat taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichi urushdan keyingi sanoat
yuksalishi yillarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘zbekiston xo‘jaligini yangi davr
talabi asosida qisqa muddat ichida qayta qurish bosh masalalardan biri edi. Sanoat
tarmoqlarini
qayta
tuzish
va
kengaytirish,
qishloq
xo‘jalik
ishlarini
mexanizatsiyalash ekin maydonlarini kengaytirish keng ko‘lamda olib borildi.
5
Respublika sanoat taraqqiyotining beshinchi bosqichi 60 yillar boshlaridan
80 yillar o‘rtalarigacha davom etdi. Bu bosqichning muhim xususiyatlari shundaki,
ushbu davrda O‘zbekiston sanoati, tabiiy, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan
yanada kengroq foydalanish, sobiq Ittifoqqa paxta, pilla, qorako‘l teri etqazib berish
yanada ortdi. Xuddi shu davrda Respublika hududidagi yirik gaz konlari
o‘zlashtirildi, nodir metallurgiya sanoati yaratildi, ko‘p tarmoqli mashinasozlik
markazlari barpo etildi, xilma-xil iste’mol mollarini yetarli darajada ishlab chiqarish
yo‘nalishida datlabki qadamlar qo‘yildi. XX asrning 70 yillari kkinchi yarmidan
boshlab, iqtisodiyotda turg‘unlik davri boshlandi. Bu turg‘unlik 1990 yillarda
Respublikalarning mustaqilligini o‘z qo‘llariga kiritishga asos yaratdi. Shu
jumladan, 1991 yil 31 avgustda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston
xo‘jaligida ham yangi davrni boshlab berdi. Bu davrning asosiy vazifasi O‘zbekiston
iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashda tayanch bo‘ladigan xo‘jalik tarmoqlarini
rivojlantirish asosida sanoat tarkibini tubdan takomillashtirish, ularni zamonaviy
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan ta’minlashdan iborat.
5.1-rasm. Sanoatning joylanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Sanoatning joylanishi va
rivojlanishiga ta'sir etuvchi
omillar
iqlim
Tabiiy-geografik
omillar
mehnat resurslari
Iqtisodiy-geografik
omillar
xom ashyo
rel’ef
energetika
transport
tabiiy resurslar bilan
ta’minlanganlik
infratuzilma
i/ch moddiy-texnik bazasi
ekologik
iste’mol
talab va taklif
fan-texnika
taraqqiyoti
6
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi tufayli yuqorida aytib o‘tilgan
kamchiliknuqsonlarni tugatish borasida muhim choratadbirlar amalga oshirildi,
toptalgan huquqlar astasekin o‘zining munosib o‘rnini ola boshladi. Hayotimizning
barcha jabhalarida, shu jumladan iqtisodiyotda katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar
negizida ro‘y beradi va astasekin rivojlanib boradi. Shu bilan birga bunday
mamlakatlarning har biri bu borada o‘ziga xos ayrim xususiyatlarga ega. Bu
xususiyatlar xo‘jalik tarkibi va yo‘nalishi, mamlakatning geografik o‘rni,
tabiiyiqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklari, milliy urfodatlar, aholi an’analari
bilan belgilanadi. Yuqoridagi omillar e’tiborga olinib, respublikamizda bozor
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos modeli shakllantirildi. Bozor iqtisodiyoti
talablari asosida Respublikada o‘rta va kichik biznes faoliyati, tadbirkorlik, ishbilar-
monlik keng tus olmoqda, mulkchilikning turli shakllari vujudga kelmoqda, ishlab
chiqarishda davlat tasarrufidagi faoliyatlar doirasi toraya borib, nodavlat sohasi keng
rivojlanmoqda.
2. O‘zbekiston xo‘jaligini modyernizatsiya va diversifikatsiyalash
muammolari.
Modyernizatsiya, modyernizatsiyalash (frans. moderne — eng yangi,
zamonaviy) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy
talablarga muvofiq o‘zgartirish ma’nosini bildiradi. Modyernizatsiyada mashina,
apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti
talablariga muvofiq qayta ishlanadi.
Diversifikatsiya (lotincha diversificatio-o‘zgarish, xilma-xil taraqqiyot) —
korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari
turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori
samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa
maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat,
qishloq xo‘jaligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari,
xizmat ko‘rsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga
kirib borishi ularning xo‘jalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi.
Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat
7
ko‘rsatadigan hamda ilmiy texnika va ishlanmalar bilan band bo‘lgan keng tarmoqli,
ammo hamisha ham texnologik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan majmualar, masalan,
agrosanoat majmui, o‘rmon-sanoat majmui kabilar vujudga keladi va bu ishlab
chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi.
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni XX asrning 50-yillari
o‘rtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa
davlatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga
keladi. Diversifikatsiya harakteri mazkur davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy omillari,
shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli bo‘lgan umumiy omillar (ilmiy-texnika
inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib
ketmaslik va boshqalar) bilan belgilanadi.
Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoqlilik tusini
oladi. Ular avvalo ko‘p daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (masalan,
elektronika)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan
birga, shu mahsulot uchun zarur bo‘lgan xom ashyoni ham o‘zlari tayyorlashga
kirishadi. Mablag‘larni kam daromadli sohadan tejab ko‘p foyda beradigan
tarmoqlarga sarf etadilar. Masalan, AQSH konsernlari xizmat ko‘rsatish, qurilish,
yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish
va boshqalarda faoliyat yuritdi. Diversifikatsiyalash natijasida O‘zbekiston xalq
xo‘jaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari
qo‘shimcha mahsulotlar, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish ham yo‘lga
qo‘yildi.