O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA ISHSIZLIKNI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
1,0 MB
1
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNAT BOZORINING
SHAKLLANISHI VA ISHSIZLIKNI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
2. O'zbekistonda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
faoliyatlarining mezonlari va ko‘rsatkichlari
3. O'zbekistonda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
faoliyatlarining samaradorligini baholash usullari
4. O'zbekiston Respublikasida mehnat bozori va ishsizlikni o'ziga xos xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda
ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi. O‘z-
o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz
amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining shunday
asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi tashkiliy tuzilmaning mavjudligi, uning
mehnat munosabatlarini barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri, sohasidagi huquq va
kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi.
Bu esa ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv
qonunlaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy
munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat
munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish
va ular samarali shakllanishining sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan malakali kadrlar
tayyorlash holatiga bog‘liqdir.
O’zbekiston Respublikasida ishsizlik va u bilan bog’liq muammolar mehnat
bozoridagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini
yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush
darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarini
yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi bilan
ta`minlanmaganligi va natijada, uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga ega
bo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda, jahon mamlakatlari
ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi. Xalqaro
tashkilotlarning bergan ta`rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda — ishga ega
bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu
asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb
3
e`tirof etish uchun qo’shimcha shartlar talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasining
«Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb,
mehnatga qobiliyatli (o’n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta`minlanish
huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan,
ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan, mehnat
qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tishga, malakasini oshirishga
tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e`tirof etiladi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: O’zbekiston Respublikasida mehnat
bozori hamda ishsizlik va uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish hamda zarur
xulosalarni berish kurs ishimning asosiy maqsad va vazifasi hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti: Kurs ishimizning obyekti etib O’zbekiston
Respublikasining ish bilan band bo’lmagan aholisi olindi va bu aholining qanday
qilib ish bilan taminlash masalalari haqida bir qancha ko’rsatmalar berib o’tildi.
Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, asosiy qismda 4 ta reja, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4
ASOSIY QISM.
1. Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Bugungi kunda iqtisodiyotning oldida turgan dolzarb muammolardan biri
mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo,
ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli
foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan.
Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy
qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish
jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi
uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish,
balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlari ham yaxshilanishi
darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi
kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori - bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va
band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda
ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari)
asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi,
shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga
soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq
ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab
agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalari mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan
ehtiyojning hajmi ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va
5
nisbatini shakllantirish;
bozor uslubida xo‘jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy
mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir
ko‘rsatish;
ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga
ko‘maklashish;
ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o‘zgartirishva
tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanish sharti bilan ishga ega bo‘lishdan manfaatdor
bo‘lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti,
kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo‘yicha) tarkibini
ifodalaydi.
SHuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy
mazmuni va uning tarkibiy qismlarining tadqiqoti mazkur bozorning o‘tish davrida
bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi - mehnat bozori shakllanishining asosiy
sharoiti yohud shartidir.
SHu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy
shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo‘lib,
yollanma xodimlarni o‘z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish
beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu erda
shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’ektlarni o‘zaro almashuv munosabatiga
kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy
iste’molchilik yotadi. Ular ham, o‘z navbatida, qayta takror ishlab chiqarishda aholi
ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishi bo‘ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga
erishish uchun o‘zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar
iqtisodiy munosabatlarda bo‘lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish
6
beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘langan
hamda bir-birlariga qaram bo‘lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining
shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday
muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi - taklif qilingan mehnatga layoqatli
aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi.
Mehnat bozori kon’yukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida
yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko‘rsatkichlari oshishi etakchi o‘rin
egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
(kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish, sotib olishning hal qiluvchi
huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari
muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. YUqori unumdor qishloq
xo‘jaligi erlarida va etarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi
ko‘proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko‘rsatadi. YAngi ish joylarini
yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo‘li bilan ishchi kuchiga talab
va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar
vujudga keltiriladi. Bu esa, mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak,
ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
Shu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida
ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi
omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ishchi
kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq
xo‘jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo‘llaniladigan amaldagi
mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy
sarmoyalarni jalb qilish, yangi erlarni o‘zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar
ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko‘lamini kengaytirish, kichik va o‘rta biznes
hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. SHu bilan bir vaqtda ishchi
kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular
7
ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy yordamchi xo‘jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy
tadbirkorlik va o‘z-o‘zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish,
bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflyasiya va ishsizlikni
pasaytirish, mahalliy kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini
oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar
ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko‘maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy
mulkchilikni rivojlantirish, to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lmagan yoki ekologik zararli
korxonalarni yopish, yangi erlarni o‘zlashtirish ko‘lamini qisqartirish, moddiy-
texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyani
qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan tashqari, mazkur
hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning malakasi,
ma’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni
o‘sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo‘jaligida
ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko‘payishi, mehnatni qo‘llash
mintaqalarining etishmasligi va boshqalar.
SHu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi
taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularga
quyidagilar
kiradi:
ishlashni
xohlovchilar,
yollangan
xodimlar
va
ish
beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo‘lgan
mablag‘lar jamg‘armasi; yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxo‘rlar va
bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy
tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo‘lgan
shaxslarni mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy
imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo‘jaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da band
bo‘lganlar soni; qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish
muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor
va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo‘lgan va yangidan
8
yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish
tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar; mulkchilik shakllarining turli-
tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to‘lovga qodir emasligi (bankrotligi) va
hokazo.
Demografik jarayonlarga bog’liq holda, yurtimizda mehnat resurslari soni yil
sayin ortib bormoqda (1-rasm va 1-jadval).
1-rasm.
1-rasm: Mehnatga layoqatli aholi ko’rsatkichi1.
1-jadval; Mehnatga layoqatli aholi bo’yicha ma’lumotlar.
Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
1-jadvaldan ko’rinib turganidek, 2020-2024 yillar davomida mehnat resurslari
soni 2093,0 ming kishiga yoki 1,37 foizga ortgan. Bu davrda mehnat resurslari
sonining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizni tashkil qilgan. Ko’rilayotgan davrda
1 Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
9
mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati respublika hududlarida bir me’yorda
kechmagan. Jumladan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand,
Surxondaryo va Farg’ona viloyatlarida respublika o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori,
qolgan barcha hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy,
Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri) esa past bo’lgan. 2022 yilning 1
yanvar holatiga ko’ra, mehnat resurslari jami aholining 59 foizini tashkil qilib, uning
asosiy qismi (qariyb 60 foizi) Samarqand, Farg’ona, Andijon, Qashqadaryo,
Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida to’plangan.
Yangi ish o’rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini
diversifikasiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik
majburiy ta’lim tizimiga o’tish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik
darajasini yanada oshirish imkonini berdi (2-jadval).
2-jadval
O‘zbekistonda 2019-2023 yillar 1 yanvar holatiga ko‘ra aholi sonining
o‘zgarish dinamikasi (ming kishi)2*
Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
Aholining iqtisodiy faollik darajasi bilan bog‘liq xususiyatlar. Demografik
omillardan tashqari mehnat qobilyatiga ega aholining turli demografik va etnik
guruhlari iqtisodiy faolligi darajasi ham bozor dinamikasining muhim omili
hisoblanadi. Masalan, ayollarning ijtimoiy roli faollashishi ta’siri ostida ularning
ishchi kuchi tarkibiga jadal jalb qilinishi ishchi kuchi taklifining o‘sishiga olib keldi.
Bunda ishlab chiqarish yo’nalishi talab etilayotgan muayyan kasbiy malakaga
2 Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2023 yilda 2019
yilga nisbatan
o‘zgarishi
2019
2020
2021
2022
2023
+Г
foiz
Jami aholi soni
27072,2
27533,3
28001,4
28453,7
30123,3
3051,1
111,2
Shundan:
Shahar aholisi
9584,6
9758,3
14327,8
14618,4
15897,4
5312,8
165,8
Qishloq aholisi
17487,6
17775,0
13673,6
13835,3
14225,9
-3261,7
81,3
10
ega amaldagi xodimlar soni bilan mavjud ish joylari o’rtasidagi bog’liqlikni
ifodalaydi. Qayta hosil qilish yo’nalishi mavjud, yangidan jalb etilayotgan hamda
ishdan bo’shayotgan ish kuchi mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan. Shaxsiy
yo’nalish aholiga ular ehtiyojiga javob beradigan ish joylarini taklif etish
xususiyatini aks ettiradi. Aholi moddiy ne’matlarni yaratuvchi va ularni iste’mol
etuvchi sifatida mehnat salohiyati ko’rsatkichiga ham egadir.
Yuqorida qayd etilgan mehnat bozorini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan
tashkiliy-huquqiy va tuzilmaviy shart-sharoitlar mehnat bozori rivojlanishining
quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga tadbiq etgan holda, mazkur bozorni
shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi:
• mehnat va ish bilan bandlikda erkinlikni ta’minlash. Insonga ijtimoiy
mehnatda qatnashishi yoki qatnashmaslikni tanlash ustuvor huquqi berilishi;
• ish kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi eng samarali o’zaro hamkorlikni
ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish;
• ish bilan bandlik bo’yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Ish
bilan bandlik bo’yicha davlat siyosatining atrofida hamma darajadagi ma’muriy
hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi mustaqilligini hisobga olib
yagona umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish;
• ish bilan bandlikni ta’minlash bo’yicha nazorat. Ish bilan bandlikni
ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi,
tadbirkorlar assosiasiyasining boshqaruv organlari bilan hamkorlikda nazoratni
amalga oshirish;
• ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishda uch tomonlama ijtimoiy
hamkorlik (hukumat, kasaba uyushmalari vakillari va tadbirkorlar vakillari);
• ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan
kam bo’lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
11
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
mezonlari va ko‘rsatkichlari.
Bugungi kunda mehnat resurslari tarkibiga aholining tabiiy harakati
o‘zgarishining ko‘payishi ta’sir ko‘rsatmoqda. SHuni ta’kidlash muhimki, mehnatga
qobiliyatli yoshga kirayotgan yigit va qizlarning ko‘pchiligi mehnatga qobiliyatli
aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni emas, balki uning tabiiy yo‘q bo‘lishi
o‘rnini qoplaydi, ya’ni avlodlarning jadal almashuvi sodir bo‘ladi, u mehnat
resurslarining sifat tarkibi keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda kelgusida
xodimlarning ommaviy ravishda bo‘shatilishi natijasida ish bilan bandlik vaziyati
mehnatga qobiliyatli aholining o‘sishi sezilarli darajada ko‘payishi tufayli
murakkablashuvi mumkin.
2-rasm: 2020-2024 yillarda mehnat bozorida amalga oshirilgan ishlar va
erishilgan hamda 2030-yilgacha erishilishi kerak bo’lgan natijalar3.
Ish bilan bandlik ijtimoiy totuvlik va barqarorlikka erishuvning, jamiyat
iqtisodiy
rivojining
muhim
omilidir.O‘tish
davrida
bandlik
sohasidagi
hukumatimizning inson omiliga qaratilgan strategiyasida mehnatga qodir har bir
inson o‘z qobiliyatlarini o‘stirishi va o‘z mehnat tarzini ta’minlashi uchun sharoitlar
3 Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
12
yaratishi nazarda tutiladi.
Ish bilan bandlik xarakteri kishilarning mulkiy maqomiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘tish davrida mehnat resurslarining ukladlararo erkin taqsimlanishi bo‘lib tursada,
turli ukladlardagi bandlik darajasi, bandlikning daromad keltirishi va qanchaga
tushishi bir xil emas, albatta. Bu tabiiy ravishda ukladlardagi korxonalar
salohiyatiga, ularning bozor bilan ta’minlanishiga, umumiqtisodiy vaziyatga
bog‘liq. Bir uklad uchun bandlik sharoiti qulay bo‘lgani holda, boshqasi uchun
noqulay bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti nuqtai-nazaridan, ishchi haqi darajasi ishchi kuchining
muvozanatlashgan narxidan yuqori o‘rnatilganda, taklifning talabga nisbatan
ko‘pligi paydo bo‘ladi, talab oshgani sari ish haqi ham oshadi, talab kamaygan sari
esa, ish haqi ham kamayadi.
Hozirgi vaqtgacha mavjud bo‘lgan ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi
jamiyat mehnat potensialidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks
ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir.
Ish bilan bandlikdagi tarkibiy tanazzulning bevosita oqibatlari, aqliy mehnat
kishilarining boshqa mamlakatlarga ketib qolishi - ilm-fan sohasidan va ilmiy
bilimlar ko‘proq talab qilinadigan ishlab chiqarish tarmoqlaridan xodimlarning
vositachilik sohalariga, shuningdek, malakasini yo‘qotib, norasmiy faoliyat
sohalariga o‘tib ishlashidir. Qayd qilingan ishsizlik darajasidagi tarkibiy orqaga
ketish ish bilan bandlik xizmati mijozlari orasida mutaxassislar ulushining yuqori
ekanligida namoyon bo‘lmoqda. Holbuki, kadrlar potensialini, ayniqsa, oliy va o‘rta
maxsus ma’lumotli mutaxassislarni shakllantirish uzoq vaqtni hamda mablag‘ni
talab qiladi
Mehnat bozorining asosiy indikatorlaridan biri ishlovchilarning ishga
joylashish ko‘rsatkichidir. SHu nuqtai-nazardan olib qaraladigan bo‘lsa, ishga
joylashganlar sonining ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlarning oshayotganligini
mehnat bozoridagi ijobiy tendensiya sifatida baholash mumkin. Tajribaning
ko‘rsatishicha mamlakat mehnat bozoridagi talab asosan malakasiz mehnatga
yo‘naltirilgan degan fikrni qisman tasdiqlaydi. Ishlovchilar orasida ish joyini tez-tez
13
o‘zgartiradigan, hamda uncha yuqori malakaga ega bo‘lmaganlarning ko‘pligi
mehnat bozoridagi vaziyatni keskinlashtiradigan holatlardan biridir. Ishchi
kuchining qayta taqsimlanishi, uning mehnat bozoridagi harakatiga, binobarin,
ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi miqdor-sifat jihatidan
muvofiqlikka erishish ko‘lamlariga bevosita ta’sir etuvchi omillar ijtimoiy- iqtisodiy
rivojlanishning yangicha sharoitlarini shakllantiradigan makroomillarga bog‘liq.
SHuning uchun ham ishsizlik miqyosining haddan tashqari oshib ketishining oldini
olish va ishsizlarni ishga joylashtirishga yordam berishning samarali tadbirlarini
ishlab chiqish lozim.
3-rasm. Mehnatga layoqatli aholining viloyatlar kesimida taqsimlanishi4.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga bo‘lgan talabni rag‘batlantirishning
birdan-bir vositasi investitsiyalar samaradorligini ta’minlashdir. Mehnatga bo‘lgan
talabning navbatdagi omili o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan mehnat resurslari bilan
bog‘liqdir. Agar bitta stanokni xodim boshqarsa va bu xildagi stanoklar narxi oshsa,
u holda bu stanoklarda ishlaydigan ishchilarga talab boshqa teng sharoitlarda
pasayadi va aksincha bo‘ladi.
Amaliyotda inflyasiya ko‘rsatkichlari bilan aholini ish bilan samarali bandligi
4 Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
14
o‘rtasida teskari mutanosiblik mavjud. Inflyasiya sharoitida, daromad solig‘i
yukining yashirin, norasmiy oshishi yuz beradi. Inflyasiyasiz va daromad solig‘i
chegaralarini qayta ko‘rib chiqmasdan, kompensatsiya qilish maqsadida oylik ish
haqini 10 foiz oshirish daromad solig‘idan tushadigan tushumlarni 16 foizga
ko‘taradi, demak soliqlarning real oshishi 6 foizga teng. Bunday holat fiskal nuqtai-
nazaridan olib qaralganda davlat uchun inflyasiyaga nisbatan iltifotli bo‘lishga
rag‘bat tug‘diradi. Lekin bu erda quyidagilarni nazardan qochirmaslik kerak, ya’ni
bu hodisaning teskari tomoni ham mavjud - ishchilar real daromadining mos
ravishda qisqarishi, talab to‘lov qobiliyatining pasayishi, bu tovar aylanishining
kamayishiga olib keladi va oxir - oqibatda ishlab chiqarish qisqaradi. Bu esa, mehnat
bozorida ish kuchiga bo‘lgan talabni pasayishiga rag‘bat bo‘luvchi inflyasion
moyillikni vujudga keltiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tarkibiy qismlarilarning
faoliyatida ish kuchiga bo‘lgan talabni oshirish bo‘yicha davlat siyosatini bajarishga
qarab mexanizmning ishlab chiqilishi oqilona ish bilan bandlikni ta’minlash sharti
hisoblanadi.
Tashkiliy jihatdan mehnat bozori ijtimoiy institutlar tizimi sifatida maydonga
chiqar ekan, mazkur bozorda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
faoliyatlarining samaradorligini oshirish aholining oqilona ish bilan bandligini
shakllanishida muhim tashkiliy tuzilmalar majmui hisoblanadi. Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirishning
asosiy maqsadlari mehnatdan foydalanish muammolari, uning samaradorligini
oshirish bilan bog‘liqdir.
Yuqorida respublikamizda ish bilan bandlik holati bo‘yicha mehnat va
ijtimoiy-siyosat sohasidagi ba’zi kamchiliklar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirishiga teskari mutonasiblikda
ta’sir etuvchi omillardir.
Amaliyotda aholining oqilona ish bilan bandligi ishchi kuchiga talab va taklif
o‘rtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi. Bunday holda ishsizlikning yo‘l
qo‘yilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga keladi. Bunday muvozanat ish
15
beruvchilar va “mehnat qobiliyati” kishilarining iqtisodiy manfaatlarini eng muqobil
darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasbiy malaka
tayyorgarligi bo‘yicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli, aholining
oqilona ish bilan bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi kuchining
qiymati asosida “mehnat qilish qobiliyati”ni bozorda sotish uchun taklif
qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham ta’minlanadi.
4-rasm: Mehnatga layoqatli aholi ulushi ko’rsatkichlari5.
Yuqorida tushuncha nuqtai nazaridan qaraganda respublikamizda aholining
oqilona ish bilan bandligini shakllanishiga ham to‘la erishilgani yo‘q. Bunga
quyidagi sabablar asosiy to‘siq bo‘lmoqda: davlat mulkini xususiylashtirish
samaradorligining past darajasi; iqtisodiyotda tubdan tarkibiy islohotlarning sekinlik
bilan borishi; mehnat haqining uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi; ish
joylarining past sifatli moddiy-texnika jihozlar bilan ta’minlanishi; ishchi kuchi
5 Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
16
taklifini unga bo‘lgan talabga nisbatan ko‘proq o‘sayotganligi; bo‘sh ish joylari
haqida ishonchli axborotlarning kamligi va mehnat bozorining samarali tartibga
solish mexanizmi takomillashmaganligi.
Mehnat bozorining mehnat munosabatlarini tartibga solishning samarali
mexanizmini takomillashmaganligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirishga va buning natijasi o‘laroq
aholining oqilona ish bilan bandligini shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aholining oqilona ish bilan bandligini ta’minlashning takomillashtirilgan
yangi mexanizmi quyidagi asosiy shart-sharoitlarning ta’sirini tartibga solishi lozim:
ishchi kuchiga talabning oshishi va unga taklifning kamayishi; yollanma ish kuchiga
mehnat haqini (narxini) eng past miqdorini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
minimal iste’mol byudjetidan kam bo‘lmagan holda belgilash; mehnatga qobiliyatli
o‘smirlar, pensionerlar, ko‘p bolalik ayollar va nogironlar ish bilan bandligini
oshirishni
rag‘batlantirish;
ishsizlarning
malakasi,
raqobat
qobiliyati
va
safarbarligini oshirish, ish bilan bandlik xizmati infratuzilmasining samarali
rivojlanishini ta’minlash va boshqalar.
O‘zbekistonda zamonaviy mehnat bozori hali tarkib topish jarayonidadir. U
hali mezon asosida o‘zining yaqqol qiyofasiga ega bo‘lib ulgurganicha yo‘q. Bu
jihatdan uni birinchi turga intiluvchi aralash mehnat bozori deb atash mumkin.
Mazkur bozorning shu jihatlarini e’tiborga olgan holda uning infratuzilmasi
rivojlanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi
mezonlarda o‘z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasida bozor
muvozanatiga erishish; mehnat bozorining sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash;
aholining ish bilan bandligiga oid axborotlar tizimini takomillashtirish; kadrlarning
kasbiy harakatchanligi va eksportabelligini rivojlantirish; ishsizlikni kamaytirish;
malakali mehnat bozorini shakllantirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va
yangi yaratilgan ish joylarining soni, mulkchilikning turli xil shakllari, aholi jon
boshiga ishlab chiqarilgan YAIMning hajmi; ishchi kuchi eksportidan kelgan
tushum miqdori, aholining migratsion oqimi, eksport qilingan ishchi kuchi salmog‘i;
17
mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi, mehnat bozoridagi
raqobatbardoshlik, mehnat bozori institutsion tuzilmalari samaradorligi, samarali va
egiluvchan mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirish; malakali kadrlardan
foydalanish samaradorligi; malakali kadrlarni tayyorlashda moddiy-texnik ta’minot,
oliy va o‘rta toifadagi mutaxassislar salmog‘i; ijtimoiy ishlab chiqarishda band
bo‘lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa miqdori, yangi ishga
joylashtirish, xizmat bo‘yicha boshqa ishga o‘tish munosabati bilan qayta
tayyorgarlik, yangi ish joyiga ko‘chirib keltirish; mehnat bo‘limida hisobda bo‘lgan
bo‘sh ish o‘rinlari va lavozimlarining to‘liq ro‘yxati, mehnat bo‘limida hujjatlarni
rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar, ishsizning huquqlari va majburiyatlari
to‘g‘risidagi to‘liq axborot, ish beruvchilar to‘g‘risidagi axborot, yangi kasbga
tayyorlash va qayta tayyorlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi axborot, mulkchilikning
turli xil shakllari va h.k. Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ularning
ko‘rsatkichlaridan mehnatga layoqatli aholining oqilona ish bilan bandligini
shakllantirishni tartibga solish mexanizmlarini, tegishli maqsadli kompleks dasturini
hamda kompleks tahlili va istiqbolini belgilashning metodologik asoslarini
yaratishda va ularni tadbiq etishda foydalanish mumkin.
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini baholash usullari.
Ish bilan bandlik xizmati o‘zining asosiy mijozlari bilan ishini shunday tashkil
qiladiki, bunda ish beruvchi mehnat bozorining holatiga qarab ishchi kuchi
talabining kelajakdagi o‘zgarishi bo‘yicha oldindan o‘z strategiyasini ishlab chiqishi
va oldinroq kadrlar tayyorlash masalasini hal qilishi zarur; ishsizlarda esa, kasbiy
malakalarini o‘sishiga ichki talabni rivojlantirish va mehnat bozoridagi raqobat
kurashiga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari zarurligini ifodalaydi.
Biz ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun
optimal usullardan foydalanishga harakat qilamiz. Bu bilan bog‘liqlikda biz
oldimizga quyidagi masalalarni qo‘yamiz:
1. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun
tadbiq etilayotgan usullarni tizimlashtirish;
18
2. Hududiy ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini
baholashda ko‘rsatkichlar tizimi va usullarini tahlil etish;
3. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash usullarini
takomillashtirish bo‘yicha tatqiqotlar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Mehnat sohasida ish bilan bandlik xizmati har qanday davlat tashkiloti singari
ierarxiyali (pog‘onali) tuzilmalarga ega, shuning uchun uning faoliyatini baholash
turli darajalardagi boshqaruv organlari sifatida amalga oshiriladi: yuqori darajada -
respublika miqyosida; o‘rta darajada - hudud (viloyat) miqyosida; quyi darajada -
joylardagi mehnat organlari (tuman) miqyosida.
Ko‘pchilik MDH davlatlarida yaqin vaqtlargacha, Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirliklari tomonidan hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari
faoliyatlarining samarali yoki samarasiz ekanligi quyidagi ikkita ko‘rsatkich bilan
baholangan: birinchisi - aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga yig‘ilgan
sug‘urta ajratmalari va bu mablag‘larning ishsizlarga nafaqa to‘lovlari uchun
etarliligi; ikkinchisi- ishsizlik darajasi, mehnat organlari ro‘yxatidan o‘tgan jami
ishsizlar sonini jami iqtisodiy faol aholiga nisbati. Bu ko‘rsatkichlar va natijalar ish
bilan bandlik xizmati faoliyatini samarali yoki samarasiz ekanligini baholash uchun
etarli hisoblangan.
Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
tavsiyasiga muvofiq, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining
samaradorligini hisoblash metodikasini qarab chiqamiz.
Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy
ish bilan bandlik xizmati organlarining faoliyatlarini takomillashtirish hamda
mehnat bozori monitoringini mustahkamlash maqsadida, hududiy ish bilan bandlik
xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar
tizimini kengaytirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza hilish organlari faoliyatini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g'risida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq
19
ishlab chiqilgan hamda ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan
aholi sonini mintaqalar bo‘yicha hisoblab chiqish va shu asosda mehnat
resurslarining tegishli balansini ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ish bilan
bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash uch qismga
bo‘linadi. 1) Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik
darajasini baholash. 2) Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga
joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati faoliyatining
samaradorligi. 3) Ish beruvchilar bilan ishlash.
Hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini
baholash bo‘yicha yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar ish bilan bandlik xizmati
organlari rivojlanishining turli bosqichlarida kengayib bormoqda va maqsaddan
kelib chiqqan holda hamda faoliyat yo‘nalishlaridan bog‘liq ravishda o‘zgarmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand viloyati ish bilan bandlik xizmati
faoliyatining natijalarini respublikamizning boshqa hududiy ish bilan bandlik
xizmati
organlari
faoliyatlari
bilan
har
tomonlama
baholash
bo‘yicha
solishtirishning aniq mezoni ishlab chiqilmagan. SHu sababli, viloyatlar ish bilan
bandlik xizmati organlari faoliyatlarining natijalarini har tomonlama o‘zaro
solishtirish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimining dasturiy ta’minotini ishlab
chiqish va amaliyotga tatbiq etish kerak.
Biz o‘ylaymizki, ishga joylashtirishga ko‘maklashish masalasi ish beruvchilar
va ishsizlar o‘rtasida murosaviy munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Murosaga kelishni bunday baholash mezoni ish beruvchilar va ishsizlar talabini
qondirish imkoniyatlari hisoblanadi. SHunday ekan, ish bilan bandlik xizmati
ishining samaradorligini baholash uchun ish beruvchilar va ishsizlar talabini
qondirilish darajasini aniqlash zarur.
20
4. O'zbekiston Respublikasida mehnat bozori va ishsizlikni o'ziga xos
xususiyatlari.
O`zbekistonda amalga oshiralayotgan barcha islohotlarning tub maqsadi – bu
inson farovonligi, uning munosib turmush darajasini ta`milash hisoblanadi. Bu esa
o`z navbatida davlat tomonidan aholining samarali ish bilan band bo`lishiga barcha
shart- sharoitlarning yaratib berilishida mehnat bozoriga bo`lgan e`tiborni
kuchayishiga olib keladi. Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini
ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi
bandligiga ko‘maklashish strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani amalga
oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko‘rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha
bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali
va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy
o‘sishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda O`zbekiston Respublikasi
Prezidentning 16.09.2021 yildagi PQ-5245 son qarori bilan Mustaqil Davlatlar
Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining aholi bandli giga koʻmaklashish sohasida
hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Bundan bizga ma`lumki Milliy
iqtisodiyotimiz o`sishida va aholi ishsizlik ko`rsatkichalarini pasayib borishda ,
Mehnat bozoriga yetuk malakali kadrlarni tayyorlab berishimiz ham muhim o`rin
tutadi. Har bir davlat rivojlanish darajasi uning aholisining farovon turmush tarzi
bilan o`lchanadi. Aholi farovonligi bevosita uning ish biland bandligiga, ish bilan
bandlilik esa o`z o`zidan Mehnat bozoriga borib taqaladi. Mehnat bozori muhim
ahamiyat kasb e`tishi bizga ko`p jabhada ma`lum bo`ldi , keling endi bu haqida
atroflicha ta`rif berib o`tsak.Mehnat bozori- bu ish kuchi oldi sotdi qilinadigan bozor
hisoblanib, uning asosiy ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va
ular o`rtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va
agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar
sifatida uning boshliqlari tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar
Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi xaridor bilan
sotuvchi o`rtasida to`g`ridan to`g`ri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi
mumkin. Yuqorida imzolangan bitimda ham keng qamrovli masalalarni hal etish
21
ko`zda tutilgan. Misol uchun umumiy mehnat bozorini shakllantirishda
muammolarni hal qilish bilan bir qatorda mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha
yondashuvlarni kelishilgan holda ishlab chiqish, hamda Bitim ishtirokchi
davlatlarida aholi bandligiga koʻmaklashish va ishsizlar sonini qisqartirishga
qaratilgan chora-tadbirlar, dasturlar va хizmatlarni ishlab chiqishda va ularning
samaradorligini oshirishda hamkorlik qilish vazifalari o`rin tutadi. mehnat bozori
hamda mehnatga talab va uning taklifi o’rtasidagi mutanosiblik Ishsizlikni keltirib
chiqarishi mumkin. Shu o`rinda Mehnat bozori orqali ishsizlikka ta`rif berib o`tsak.
5-rasm: Aholi bandlik va ishsizlik grafigi6.
Ishsizlik - ishchi kuchining (iqtisodiy faol aholining) bir qismi bo’lib, ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida ish bilan band bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy
jarayondir. U mehnat bozorida ishchi kuchining nisbatan katta taklifi bilan ishchi
kuchi talabi o’rtasida mavjud bo’ladigan nomuvofiqlikni aks ettiradi. .Ishsizlik va u
bilan
bog’liq
muammolar
mehnat
bozoridagi
ijtimoiy-iqtisodiy
mehnat
munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini
o’rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali
mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada
yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik
darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish, ularni ishga
6 Manba: www.stat.uz rasmiy sayti.
22
tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
Ma’lumki, O’zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari o’rtasida aholisining
jadal o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Mamlakat aholisining soni har yili
o’rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli aholi soni esa 250-300 ming
kishiga ko’paymoqda. Bunday vaziyat o’z navbatida aholining ish bilan bandligini
oshirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o’rinlarini
yaratish borasida uzluksiz ish olib borishni taqozo etadi. Aks holda, aholining
turmush darajasining pasayib borishi, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi
bilan bog’liq muammolar kelib chiqishi mumkin.Natijada iqtisodiy faol aholining
bir qismi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda ish bilan band bo’lmaydi va mehnat
bozorining yordamida o’zining jismoniy va aqliy qobiliyatlarini ro`yobga chiqara
olmaydi. Nazariy jihatdan qaraganda ishsizlik iqtisodiy kategoriya bo’lib, u
insonning mehnat qilish huquqi, uning o’z mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish
huquqi kabi tabiat bergan huquqini amalga oshirish borasida yollanma xodimlar
bilan ish beruvchilar o’rtasida kechadigan munosabatlarni aks ettiradi. Shu bilan
birga, bunda gap nafaqat hayotning o’zini saqlab qolish va takror tiklab borish
uchun zarur bo’lgan vositalarni ta’minlash jihatidan, balki shuningdek hayotiy
faoliyat shakli bo’lmish mehnatga oid tabiiy ehtiyojni ro’yobga chiqarish jihatidan
ham insonning mehnat qilish huquqi, uning mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish
huquqini amalga oshirish to’g’risida boradi.
Muammoga sof iqtisodiy jihatdan qaraganda ishsizlik – mamlakat aholisining
mehnat qilishga qodir bo’lgan va mehnat qilishni istaydigan, har bir aniq paytda soni
ko’proq yoki kamroq bo’ladigan muayyan miqdordagi qismining ish bilan
ta’minlanmaganligidir degan ta’rifni hisobga oladigan bo’lsak, unda ishsizlarga:
a)
ishga ega bo’lmaganlar;
b)
ishlashni istaydiganlar;
v)
ish izlash istagida bo’lgan shaxslar kiradi.
Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy statistika ma’lumotlariga ko’ra
ishsizlar sirasiga va ish bilan band degan maqom berish uchun o’tkazilgan so’rovlar
paytida ish bilan band bo’lmaganlar guruhiga ishdan bo’shagandan so’ng to’rt hafta