O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

42,1 KB


 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR 
 
 
Reja 
1. 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. 
2. 
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari. 
3. 
Aholini turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash. 
4. 
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. 
 
 
O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini 
yuqori daraja ta’minlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uni har 
tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy 
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli 
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng 
qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish 
uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy 
siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy 
siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular 
quyidagilardan iboratdir: 
♦ 
Ijtimoiy siyosatii o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga 
egaligi; 
♦ 
Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi; 
♦ 
Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR Reja 1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. 2. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Aholini turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash. 4. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uni har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: ♦ Ijtimoiy siyosatii o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga egaligi; ♦ Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi; ♦ Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
 
 
♦ 
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq 
manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish; 
♦ 
Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish. 
 O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat qilib belgilangan: 
♦ 
Aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash; 
♦ 
Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini 
shakllantirish; 
♦ 
Aholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning o‘sishini 
ta’minlash; 
♦ 
Aholining 
daromad 
va 
mulkka 
egalik 
darajasining 
keskin 
tabaqalashuvining oldini olish; 
♦ 
Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi 
asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda: 
♦ 
Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning 
har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; 
♦ 
Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; 
♦ 
Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan 
beriladigan imtiyozlar; 
♦ 
Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; 
♦ 
Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar; 
♦ 
Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish; 
♦ 
Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; 
♦ 
Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari; 
♦ 
Ishsizlik nafaqasi; 
♦ 
Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda 
sotilishini ta’minlash;
♦ Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish; ♦ Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: ♦ Aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash; ♦ Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish; ♦ Aholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning o‘sishini ta’minlash; ♦ Aholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin tabaqalashuvining oldini olish; ♦ Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda: ♦ Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; ♦ Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; ♦ Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar; ♦ Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; ♦ Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar; ♦ Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish; ♦ Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; ♦ Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari; ♦ Ishsizlik nafaqasi; ♦ Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda sotilishini ta’minlash;
 
 
♦ 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni 
byudjet hisobidan qoplash; 
♦ 
Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, 
jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash. 
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo 
etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali 
ta’minlash mumkin. Chunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy 
masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat 
taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shuning 
uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni 
davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib 
borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini 
oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida, aholi jon 
boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar o‘sishining 
ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Aholining daromadlar tarkibida yollanma 
ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017 yillarda 45,0% dan 34,3% ga kamaydi, 
mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 25,0% dan 34,5% ga 
o‘sdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF- 4848-
sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni 
har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan 
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat 
xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun 
loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va 
tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
♦ Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash; ♦ Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash va mustahkamlash. Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. Chunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida, aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar o‘sishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Aholining daromadlar tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017 yillarda 45,0% dan 34,3% ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 25,0% dan 34,5% ga o‘sdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF- 4848- sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
 
 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib 
borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy 
faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-transport muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-
fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini 
takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli 
ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.  
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga 
yo‘llagan murojaatnomasida kambag‘allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish 
siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi. 
Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam 
ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar 
kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada 
uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi. 
Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli 
ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish 
to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz 
seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga 
oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-transport muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm- fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida kambag‘allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi. Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat
 
 
dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu 
beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish 
ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan: 
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real 
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-
joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli 
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport 
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”. 
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta 
tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga 
olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, 
mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan 
aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu 
bejiz emas edi. 
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan 
tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. 
Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan 
ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud 
iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan 
shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli 
o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham 
bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, 
ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham 
tabiiy holdir. 
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga 
muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan: “Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”. O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi. Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham tabiiy holdir. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
 
 
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-
boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi. 
O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon tajribalarini 
mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish 
maqsadi ham yotadi. 
Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan 
bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga 
tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda 
davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qat’iy 
qoidaga izchil amal qilib kelinyapti. 
Birinchi Prezident I. Karimovning 1993 yili chop etilgan “O‘zbekiston - bozor 
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh tamoyildan har 
birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, “Kuchli ijtimoiy 
siyosat - iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb nomlangan yettinchi 
bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib berilgan. 
Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I. Karimov ta’limotida o‘z-o‘zidan yoki 
birdaniga shakllanib qolmagan. Bu - uning davlatchilik borasidagi tadrijiy tafakkuri 
mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992 yili yozilgan 
“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan ayrim qat’iy 
pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor. 
Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash, 
fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol 
shug‘ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga 
erishishdan iborat. 
1997 yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga 
qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda esa, 
avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor qilinsa, 
o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan ijtimoiy masala 
o‘rtaga qo‘yiladi.  2007 yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya yili” bo‘ldi.
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval- boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi. O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish maqsadi ham yotadi. Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qat’iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti. Birinchi Prezident I. Karimovning 1993 yili chop etilgan “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, “Kuchli ijtimoiy siyosat - iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb nomlangan yettinchi bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib berilgan. Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I. Karimov ta’limotida o‘z-o‘zidan yoki birdaniga shakllanib qolmagan. Bu - uning davlatchilik borasidagi tadrijiy tafakkuri mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992 yili yozilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan ayrim qat’iy pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor. Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol shug‘ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan iborat. 1997 yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor qilinsa, o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi. 2007 yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya yili” bo‘ldi.
 
 
 Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam 
va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni miliy mexanizmi 
ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar 
yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir 
necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va 
stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat 
tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari paydo 
bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti. 
2017 yilning aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb 
nomlanishi amalda davlat siyosatining izchilligidan dalolat beradi. 
 
Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. 
Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud 
an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti. 
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar 
ko‘lami esa har kanday kishini mamnun etadi. “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident 
Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob 
qilindi. 
Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda 
qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr 
avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 - 
2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni 
qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 
ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, 
namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish 
mo‘ljallangan”.
Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni miliy mexanizmi ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari paydo bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti. 2017 yilning aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat siyosatining izchilligidan dalolat beradi. Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti. Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami esa har kanday kishini mamnun etadi. “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 - 2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan”.
 
 
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini 
yanada takomillashtiri va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Aholi bandligini 
ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini 
oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari 
rahbarlarini shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” (06.05), 
“Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va 
ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari 
mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida” (14.08), “2018 - 2019 yillar, turizm sohasiki rivojlantirish 
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari 
chiqdi. 
 
Ayniqsa, 
aholi 
ijtimoiy 
himoyasi 
va 
sog‘lig‘ini 
saqlash 
tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat 
ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtiri chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan 
foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (18.04), 
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.06) va boshqa 
Farmonlari qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash 
sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.04), 
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” (04.04), “Xotira 
va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtiri va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari rahbarlarini shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” (06.05), “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish chora- tadbirlari to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida” (14.08), “2018 - 2019 yillar, turizm sohasiki rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi. Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtiri chora-tadbirlari to‘g‘risida” (18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (18.04), “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.06) va boshqa Farmonlari qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.04), “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” (04.04), “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
 
 
(04.04), “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini 
yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish 
chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017 - 2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va 
kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish 
dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018 - 2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini 
rivojlantir dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017 - 2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy 
fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017 - 2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan 
oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya 
yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning 
samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.06), “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 - 
2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.06), “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari 
bilan ta’minlash tizimni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” (17.07) boshqa Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan 
ko‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(01.08) Farmoyishi chikdi. 
Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga 
oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon 
narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda 
aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga 
qo‘yildi. 
Hozirgi paytda mamlakatimiz barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali 
qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal 
davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi 
bag‘oyat minnatdor. 
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy kurilishi maydoniga aylandi. Xususan, 
Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har taraflama
(04.04), “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017 - 2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018 - 2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantir dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017 - 2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017 - 2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora- tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.06), “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 - 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.06), “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07) boshqa Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi chikdi. Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi paytda mamlakatimiz barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi bag‘oyat minnatdor. Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy kurilishi maydoniga aylandi. Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har taraflama
 
 
shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma-pesh 
bitkazipyapti. 
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni 
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga 
oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti. 
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi 
mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga 
parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil 
yo‘li ham kuriladi. Shuningdek, Sergelini bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga 
bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral 
yo‘lga ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning 
yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti. 
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish 
ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017/2018 o‘kuv yilida 
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish 
to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Ma’daniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy 
uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha 
xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida kayd 
etish lozim. 
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz 
berdi. 
2017 yilning 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV 
qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 
qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu 
borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma-pesh bitkazipyapti. Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti. Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil yo‘li ham kuriladi. Shuningdek, Sergelini bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral yo‘lga ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti. Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017/2018 o‘kuv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Ma’daniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida kayd etish lozim. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz berdi. 2017 yilning 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
 
 
harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30 iyun Yoshlar kuni sifatida 
bayram qilinadigan bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati 
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida”gi (05.07. 2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p 
qonunosti hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini 
yaxshilashga qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi. 
Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. 
Poytaxtimizning  mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay 
sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari 
ta’mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar 
uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida 
yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. 
Bu ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti. 
Bularning bari - ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini 
ko‘tarishni ko‘zlab amalga oshirilyapti. 
O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, 
o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016 yildagi 1293,8 
ming so‘mdan 2019 yilda 2324,5 ming so‘mga oshdi. 
Jahon bankining «O‘zbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy 
xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-
mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 
million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos 
davriga nisbatan 12 foizga oshgan. 
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y-
harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish 
uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va
harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30 iyun Yoshlar kuni sifatida bayram qilinadigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida”gi (05.07. 2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p qonunosti hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini yaxshilashga qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi. Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Poytaxtimizning mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari ta’mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. Bu ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti. Bularning bari - ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarishni ko‘zlab amalga oshirilyapti. O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016 yildagi 1293,8 ming so‘mdan 2019 yilda 2324,5 ming so‘mga oshdi. Jahon bankining «O‘zbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar- mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y- harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va