O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati.
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
20,5 KB
O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning
mohiyati.
Reja:
1. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari
2. Davlat va jamiyat.
3. Kadrlar tayyorlash tizimida fan.
4. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir:
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi'kadrlar tayyorlash va ularni
qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib,
ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi;
fan yukori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan
ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun
ochiq bo`lishini va hayot o`zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
O`zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi
sohasidagi shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash
sohasida jahon ilg`or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash
tizimining barcha jihatlariga daxldor bo`lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Shaxs.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta’lim
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
SHu tarzda fuqaroning eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish,
ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo`yicha
mehnat qilish huquqi ro`yobga chiqariladi.
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonun umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar
jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib
borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o`tish huquqini va keng
imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim standartlari
orqali sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko`rish kafolatlanadi. Ta’lim
olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi
shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini
olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko`rsatish
sohasida faoliyat ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi.
Davlat va jamiyat.
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining
kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ta’lim
muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
-
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o`z malakasini oshirish
huquqlari ro`yobga chiqarilishiga;
-
Majburiy umumiy o`rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejida ta’lim olish yo`nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o`rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi olishga;
-
Davlat grantlari yoki pullikshartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy
o`quv yurtidan keyingi ta’lim olish hukuqiga;
-
Davlat ta’lim muassasalarini mablag` bilan ta’minlashga;
-
Ta’lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun
shartsharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini
rivojlantirishga;
-
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo`llabkuvvatlashga;
Sog`liq va rivojlanishda nuqsoni bo`lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat
beradilar.
Uzluksiz ta’lim.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O`zbekiston
Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini kondiruvchi
ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur
shartsharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari
Oliy ta’lim o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki
(bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va
pullikshartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat mutaxassisliklar yo`nalishi bo`yicha fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to`rt yil davom etadigan tayanch oliy
ta’limdir.
Bakalavrlik
dasturi
tugallanganidan
so`ng
bitiruvchilarga
davlat
attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo`yicha "bakalavr" darajasi beriladi va davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish
huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo`yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta’limdir.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik
dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi,
kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur:
-
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab
chiqish va joriy etish;
-
oliy ta’lim muassasalari uchun professoro`kituvchi kadrlar tayyorlash,
shu jumladan chet ellardagi etakchi o`kuv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
-
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o`zgartishlar o`tkazish;
-
oliy
ta’lim
muassasalari
boshqaruvini
takomillashtirish,
Au
muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari,
jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
-
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
-
o`qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distantsion
ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o`zlashtirish;
-
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul
tizimidan foydalangan holda talabalarni o`qitishni jadallashtirish;
-
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo`nalishini ta’minlash.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’limkasb-
hunar manfaatlarini kanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o`kuv yurtlarida va ilmiytadqiqot
muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik)
olish mumkin. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlari (aspirantura,
doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsyasi
natijalariga ko`ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib,
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’limni qo`llabquvvatlash va rivojlantirish
tadbirlari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimini takomillashtirish;
-
kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda
ilg`or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda
tayyorlash;
-
rivojlangan mamlakatlarning ilg`or ta’lim muassasalari va ilmiy
markazlarida ustuvor yo`nalishlar bo`yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
-
fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan
xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.
Kadrlar
malakasini
oshirish
va
ularni
qayta
tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb
bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga karatilgan. Kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o`qish
natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki
sertifikat topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish
va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
-
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida
yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
-
yuqori malakali o`qituvchimutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular
bilan to`ldirib borishni ta’minlash;
-
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu
sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib
borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;
-
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim
muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o`tkazish tizimini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish;
-
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli
shaklidagi tashkilot va muassasalarning talabehtiyojlariga muvofiq kadrlar va
mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni
ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga
ko`maklashish;
-
professional treningning ilg`or texnologiya va uskunalarini, shuningdek
murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab
chiqish, yaratish va amaliy o`zlashtirib olish.
Maktabdan tashqari ta’lim.
Bolalar va o`smirlarning ta’limga bo`lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi
talabehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaktini va dam olishini tashkil etish
uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda
maktabdan tashkari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan
tashqari
ta’limni
rivojlantirish,
uning
tuzilmasi
va
mazmunmundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni
amalga oshirish kerak:
-
ta’lim berish va kamol toptirishga yo`naltirilgan xizmatlar ko`rsatuvchi
muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko`paytirish;
-
milliy pedagogik kadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg`or tajribani
inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
-
o`quvchilarning bo`sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy
sport va jismoniy tarbiyasog`lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq
hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari
va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
Kadrlar tayyorlash tizimida fan.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o`z ichiga
oladi, bu sohada:
-
tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi yangi
fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida
ommalashtirish, o`rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;
-
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
-
kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiytadqiqot jihatidan ta’minlash
infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish
maqsadida bilimning turli sohalari bo`yicha axborot bazasi shakllantiriladi;
-
mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir
bo`ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal
etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga
oshiriladi.
Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun
quyidagilar zarur:
-
ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o`zlashtirish yuzasidan
maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo`li bilan ilm-
fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash choratadbilarini ishlab chiqish;
-
ilg`or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun
eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini o`quv-
tarbiya jarayoniga o`z vaqtida joriy etish mexanizmini ro`yobga chiqarish;
-
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash
yuzasidan ilmiytadqiqot ishlarini olib borish;
-
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy
ijodiyotini har tomonlama qo`llabquvvatlash;
-
ta’lim muassasalarida ilmiytadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar
darajasini baholashga zamonaviy yondashuvni ro`yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar
va texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obro` e’tibori
va ijtimoiy maqomini oshirish;
-
mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini
faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida
ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o`zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;
-
fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma’naviy va moddiy
rag`batlantirish tiziminy ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari
uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta’sis etish, maxsus stipendiyalar sonini
ko`paytirish, yoshlar ilmiytexnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan ko`rgazma va
ekspozitsiyalarini tashkil etish.
2) Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha
uchun ochiq bo`lishini va hayot o’zgarishlariga moslanuvchanligini ta’minlaydi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va
kasb-hunar tayyorgarligi ko`rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat
ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Shaxs ta’lim
xizmatlarining
yaratuvchisi
sifatida
tegishli
malaka
darajasini
olgach,
ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko`rsatish sohasida
faoliyat ko`rsatadi va o`z bilimi va tajribasini o`rgatishda ishtirok etadi.
3) Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining
kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim
muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: fuqarolarning bilim olish, kasb
tanlash va o`z malakasini oshirish hquqlari ro`yobga chiqarilishiga; majburiy va
o’rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo`nalishini
tanlash huquqi asosida majburiy o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; davlat
grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o`quv yurtidan keyingi
ta’lim olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag`bilan ta’minlashga;
ta’lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish
borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta’lim
jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga; sog`liq va
rivojlanishda nuqsoni bo`lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o`z ichiga
oladi, bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi yangi
fundamental va
amaliy
bilimlar
shakllanadi,
kadrlar
tayyorlash tizimida
ommalashtirish, o`rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar
tayyorlash jarayoini ilmiy-tadkikot jihatidan taominlash infrastrukturasi vujudga
keltiriladi,
ta’limning
soxalari
bo`yicha
axborot
bazasi
shakllantiriladi;
mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integrasiyasi sodir bo`ladi, zamonaviy
ilm-fan va texnologiyalarning eng muxim muammolarini hal etish uchun ilmiy
yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
4) Ishlab chiqarishning talab-extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining
yo`nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi,
vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari so`radi, ta’limning
muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish
pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.