O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

35,7 KB


 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va 
nufuzini ortib borishi 
 
 
 
Reja: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy soha indekslari haqida qisqacha ma’lumot. 
        2.“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning 
yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati. 
      3.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar 
bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni oshirishda O‘zbekiston 
Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish 
konsepsiyasining o‘rni. 
.  
 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy soha indekslari haqida qisqacha ma’lumot. 
Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari 
uchun xizmat qilishida davlat siyosatidagi ustuvorligini ta’minlash hamda 
mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini jadallashtirish va investor 
mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda amalga 
oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida 
turli sohalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va 
indekslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan 
har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo 
aholisi barcha qatlamining e’tibori shu mamlakatga qaratiladi: investitsion muhit,
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi Reja: 1. Ijtimoiy-iqtisodiy soha indekslari haqida qisqacha ma’lumot. 2.“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati. 3.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni oshirishda O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasining o‘rni. . 1. Ijtimoiy-iqtisodiy soha indekslari haqida qisqacha ma’lumot. Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari uchun xizmat qilishida davlat siyosatidagi ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini jadallashtirish va investor mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida turli sohalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va indekslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e’tibori shu mamlakatga qaratiladi: investitsion muhit,
 
 
turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush 
darajasi va farovonligi yaxshilanadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat 
yo‘nalishiga qarab ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. 
Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investitsiya va barqaror 
rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, demokratiya 
hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli 
Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 
(keyingi o‘rinlarda Vazirlik) quyidagi halqaro reyting va indekslarga O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash uchun mas’ul etib belgilangan. 
Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo‘yicha davlat 
organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro 
tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary 
Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga 
asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o‘zining rasmiy veb saytlarida 
e’lon qilib boradi. 
2020 yilgi reyting natijalariga ko‘ra Biznes yuritish va Iqtisodiy erkinlik 
indeksida Yangi Zelandiya, Gong Kong hamda Singapurni yuqori 3 talik davlatlar 
qatorida ko‘rish mumkin. Indikatorlar bo‘yicha reytingi yuqori davlatlar tahlil 
qilinganda, Yangi Zelandiya Biznes yuritish indeksining korxonalarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish (100.0) va kredit olish indikatorida (100.0), Singapur kontraktlar ijrosini 
ta’minlashda (84.5) hamda Gong Kong qurilish uchun ruxsatnoma olishda (93.5) 
dunyoda yetakchilik qiladi. Umr ko‘rish davomiyligi 85.3 yil, kutilayotgan ta’lim 
yillari 18.1 yil, o‘rtacha ta’lim yillari 12.6 yil hamda aholi jon boshiga yalpi milliy 
daromad 68 059.0 AQSh dollari bo‘lgan Inson kamoloti indeksida Norvegiya davlati 
2001 yildan beri (2007, 2008 yillar bundan mustasno) ushbu reytingni boshqarib 
kelmoqda. 
So‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro reytinglar tasnifiga 
ko‘ra, Biznes yuritish indeksida top 20-talik islohotchimamlakatlar, Iqtisodiy 
erkinlik indeksida davlatda iqtisodiyot asosan erkin bo‘lmagan davlatlar, Inson
turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo‘nalishiga qarab ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investitsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik) quyidagi halqaro reyting va indekslarga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash uchun mas’ul etib belgilangan. Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo‘yicha davlat organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o‘zining rasmiy veb saytlarida e’lon qilib boradi. 2020 yilgi reyting natijalariga ko‘ra Biznes yuritish va Iqtisodiy erkinlik indeksida Yangi Zelandiya, Gong Kong hamda Singapurni yuqori 3 talik davlatlar qatorida ko‘rish mumkin. Indikatorlar bo‘yicha reytingi yuqori davlatlar tahlil qilinganda, Yangi Zelandiya Biznes yuritish indeksining korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (100.0) va kredit olish indikatorida (100.0), Singapur kontraktlar ijrosini ta’minlashda (84.5) hamda Gong Kong qurilish uchun ruxsatnoma olishda (93.5) dunyoda yetakchilik qiladi. Umr ko‘rish davomiyligi 85.3 yil, kutilayotgan ta’lim yillari 18.1 yil, o‘rtacha ta’lim yillari 12.6 yil hamda aholi jon boshiga yalpi milliy daromad 68 059.0 AQSh dollari bo‘lgan Inson kamoloti indeksida Norvegiya davlati 2001 yildan beri (2007, 2008 yillar bundan mustasno) ushbu reytingni boshqarib kelmoqda. So‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro reytinglar tasnifiga ko‘ra, Biznes yuritish indeksida top 20-talik islohotchimamlakatlar, Iqtisodiy erkinlik indeksida davlatda iqtisodiyot asosan erkin bo‘lmagan davlatlar, Inson
 
 
kamoloti indeksi bo‘yicha inson taraqqiyoti darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar 
qatoridan o‘rin oldi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda o‘rnini quyidagi 
ikki yo‘nalish bo‘yicha izohlash mumkin: - indikatorlar ko‘rsatkichining o‘zgarishi: 
Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 10 ta yo‘nalishning 9 tasida (to‘lovga 
qobiliyatsizlikni hal qilishdan tashqari), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi (sud 
faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichidan tashqari) barcha indikatorlarda hamda Inson 
kamoloti indeksi bo‘yicha umr ko‘rish davomiyligi indikatorida 2020 yilda 2019 
yilga nisbatan o‘sishga erishgan; - indikatorlar o‘rnining pastligi: turlari bo‘yicha 
eng so‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 3 yo‘nalish 
(qurilish uchun ruxsatnomalar olishda 132-o‘rin, xalqaro savdoda 152-o‘rin va 
to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishda 100-o‘rin), Iqtisodiy erkinlik indeksi 
tarkibidagi 6 yo‘nalish (sud faoliyati samaradorligida 123-o‘rin, davlat yaxlitligida 
142-o‘rin, monetar erkinlikda 175-o‘rin, savdo erkinligida 129-o‘rin, investitsiyalar 
erkinligida 169-o‘rin va moliyaviy erkinlikda 162-o‘rin) hamda Inson kamoloti 
indeksi bo‘yicha 3 yo‘nalish (umr ko‘rish davomiyligida 117-o‘rin, kutilayotgan 
ta’lim yillarida 128-o‘rin va aholi jon boshiga YaMDda 126-o‘rin) indikatori juda 
past ko‘rsatkich sifatida baholangan. Oxirgi to‘rt yil davomida barcha sohalarda 
bo‘lgani kabi mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro 
maydondagi imidjini mustahkamlash borasida ko‘plab shu jumladan, xalqaro 
reyting va indekslarda ham salmoqli yutuqlarga erishildi. Bu yutuqlarni O‘zbekiston 
Respublikasining 2011-2020 yillardagi xalqaro reyting va indekslardagi dinamikasi 
orqali ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan grafikdan mamlakatimizning 
Biznes yuritish indeksi bo‘yicha 2020 yil 2011 yilga nisbatan 81 ta pog‘onaga, 
Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha 49 ta pog‘onaga hamda Inson kamoloti indeksi 
bo‘yicha esa 7 ta pog‘ona (2020 yilgi reyting natijalari 2020 yil dekabr oyida e’lon 
qilinishini hisobga olib, 2019 yil yakunlariga nisbatan olindi)ga yuqorilab, bu borada 
bir qancha yutuqlarga erishayotganini ko‘rish mumkin. 
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini 
mustahkamlash maqsadida qabul qilingan PF-6003-sonli Farmonning 3-ilovasida 
2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
kamoloti indeksi bo‘yicha inson taraqqiyoti darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda o‘rnini quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha izohlash mumkin: - indikatorlar ko‘rsatkichining o‘zgarishi: Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 10 ta yo‘nalishning 9 tasida (to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishdan tashqari), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi (sud faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichidan tashqari) barcha indikatorlarda hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha umr ko‘rish davomiyligi indikatorida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan o‘sishga erishgan; - indikatorlar o‘rnining pastligi: turlari bo‘yicha eng so‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 3 yo‘nalish (qurilish uchun ruxsatnomalar olishda 132-o‘rin, xalqaro savdoda 152-o‘rin va to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishda 100-o‘rin), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi 6 yo‘nalish (sud faoliyati samaradorligida 123-o‘rin, davlat yaxlitligida 142-o‘rin, monetar erkinlikda 175-o‘rin, savdo erkinligida 129-o‘rin, investitsiyalar erkinligida 169-o‘rin va moliyaviy erkinlikda 162-o‘rin) hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha 3 yo‘nalish (umr ko‘rish davomiyligida 117-o‘rin, kutilayotgan ta’lim yillarida 128-o‘rin va aholi jon boshiga YaMDda 126-o‘rin) indikatori juda past ko‘rsatkich sifatida baholangan. Oxirgi to‘rt yil davomida barcha sohalarda bo‘lgani kabi mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash borasida ko‘plab shu jumladan, xalqaro reyting va indekslarda ham salmoqli yutuqlarga erishildi. Bu yutuqlarni O‘zbekiston Respublikasining 2011-2020 yillardagi xalqaro reyting va indekslardagi dinamikasi orqali ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan grafikdan mamlakatimizning Biznes yuritish indeksi bo‘yicha 2020 yil 2011 yilga nisbatan 81 ta pog‘onaga, Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha 49 ta pog‘onaga hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha esa 7 ta pog‘ona (2020 yilgi reyting natijalari 2020 yil dekabr oyida e’lon qilinishini hisobga olib, 2019 yil yakunlariga nisbatan olindi)ga yuqorilab, bu borada bir qancha yutuqlarga erishayotganini ko‘rish mumkin. Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan PF-6003-sonli Farmonning 3-ilovasida 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
 
 
indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) belgilab 
berilgan. 
Hozirgi kunda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish 
va berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlik tomonidan har bir 
indeks bo‘yicha tegishli vazirlik, idora hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan 
idoralararo ishchi guruh tarkibi tuzilmoqda hamda 2020 yil ikkinchi yarmi uchun 
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choratadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Respublika 
Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilmoqda. 
 
        2.“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli 
ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati. 
Bugun 
O‘zbekiston 
mintaqada 
barcha 
sohalarda 
jadal 
sur’atlarda 
rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e’tirof. 
Rivojlanish, taraqqiyot esa o‘z-o‘zdan bo‘lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda 
kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan 
ko‘tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat 
mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu e’tiroflar, dastlabki yutuqlar o‘zimizniki albatta. 
Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir. 
Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va 
indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan 
tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi Farmoni ana 
shu sa’y-harakatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan 
ahamiyatli. 
Oliy 
Majlis 
Qonunchilik 
palatasida 
4 
iyun 
kuni 
«O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida 
parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusida o‘tkazilgan 
seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda 
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar 
atroflicha muhokama qilindi.
indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) belgilab berilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish va berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlik tomonidan har bir indeks bo‘yicha tegishli vazirlik, idora hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan idoralararo ishchi guruh tarkibi tuzilmoqda hamda 2020 yil ikkinchi yarmi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choratadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Respublika Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilmoqda. 2.“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati. Bugun O‘zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e’tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o‘z-o‘zdan bo‘lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko‘tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu e’tiroflar, dastlabki yutuqlar o‘zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi Farmoni ana shu sa’y-harakatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusida o‘tkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
 
 
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining 
Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy 
forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist 
Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy 
aloqalar yo‘lga qo‘yildi. 
O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda 
chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni 
sezilarli darajada o‘sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro 
reyting agentliklarining bahosiga ko‘ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit 
reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda. 
Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 
2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga 
oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon 
bergan 
to‘rtta 
islohotni 
amalga 
oshirgani 
to‘g‘risidagi axborotni tarqatdi. 
Shuningdek, 2019 yilda O‘zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 
mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 7 pog‘onaga ko‘tarildi. 
2019 
yilning 
sentyabr 
oyida 
Jahon 
bankining 
Boshqaruv 
sifati 
indikatorlarining 2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston Respublikasi 
bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma’lum bo‘ldi. Xususan, «Korrupsiyani 
nazorat qilish» indeksida 1 pog‘onaga, «Hukumat samaradorligi» indeksida 3 
pog‘onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog‘onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 
4 pog‘onaga, «So‘z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog‘onaga ko‘tarildi. 
Seminarda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi Farmoni bilan xalqaro 
reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, 
davlat organlarining birinchi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul qilib belgilangani alohida 
qayd etib o‘tildi. 
Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati 
tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil 
etilishi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni sezilarli darajada o‘sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko‘ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda. Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to‘rtta islohotni amalga oshirgani to‘g‘risidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019 yilda O‘zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 7 pog‘onaga ko‘tarildi. 2019 yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma’lum bo‘ldi. Xususan, «Korrupsiyani nazorat qilish» indeksida 1 pog‘onaga, «Hukumat samaradorligi» indeksida 3 pog‘onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog‘onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 4 pog‘onaga, «So‘z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog‘onaga ko‘tarildi. Seminarda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul qilib belgilangani alohida qayd etib o‘tildi. Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish
 
 
imkoniyatini yaratishi, bu esa o‘z navbatida ko‘zlangan natijaga erishishda ayni 
muddao bo‘lishi qayd etildi. 
So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy 
erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» 
indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarilganligi 
e’tirof etilib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga mo‘ljallangan 
2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida ishga tushirilishi belgilangan 
«O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali haqida ma’lumot 
berildi. 
Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo‘yicha tizimli ishlar amalga 
oshirilayotganligi va mazkur sohada so‘nggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti 
normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo‘nalishning 
ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo‘naltirilgan 
faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi. 
Xalqaro 
reyting 
va 
indekslarni 
belgilashda 
qanday 
faktorlar, 
ko‘rsatgichlar mezon bo‘lib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat 
o‘rtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni ko‘tarish 
uchun qanday omillarga e’tiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga 
erishilishini huquqiy jihatdan to‘liq ta’minlash uchun parlament qanday hujjatlar 
qabul qilinishiga e’tiborni oshirishi talab etiladi? Seminarda tegishli mas’ul vazirlik 
va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan ko‘tarilgan shunday 
masalalarni atroflicha va to‘liq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament a’zolari 
o‘zlarining qimmatli takliflarini bildirish barobarida ushbu yo‘nalish uchun xos 
bo‘lgan o‘ta nozik jihatlarni, ko‘nikmalarni o‘rganganliklarini e’tirof etdilar. 
Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy 
taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub 
o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash 
maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlashda parlamentning nazorat va qonun 
ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish lozimligiga alohida ahamiyat qaratib 
kelinmoqda.
imkoniyatini yaratishi, bu esa o‘z navbatida ko‘zlangan natijaga erishishda ayni muddao bo‘lishi qayd etildi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarilganligi e’tirof etilib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijasini aks ettirishga mo‘ljallangan 2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida ishga tushirilishi belgilangan «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali haqida ma’lumot berildi. Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada so‘nggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo‘nalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, ko‘rsatgichlar mezon bo‘lib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni ko‘tarish uchun qanday omillarga e’tiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan to‘liq ta’minlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga e’tiborni oshirishi talab etiladi? Seminarda tegishli mas’ul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan ko‘tarilgan shunday masalalarni atroflicha va to‘liq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament a’zolari o‘zlarining qimmatli takliflarini bildirish barobarida ushbu yo‘nalish uchun xos bo‘lgan o‘ta nozik jihatlarni, ko‘nikmalarni o‘rganganliklarini e’tirof etdilar. Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish lozimligiga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda.
 
 
 
3.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va 
indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni oshirishda 
O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks 
rivojlantirish konsepsiyasining o‘rni. 
2030 
yilgacha 
O‘zbekistonni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sish bararorligini 
ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va 
eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini 
pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish 
nazarda tutiladi.    
  2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
konsepsiyasini ishlab 
chiqish 
mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan  
2017–2021 
yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yo‘nalishlari 
bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasiga, Hukumatning moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning barcha 
jihatlarini isloh qilish, tarmoqlar va hududlarning iqtisodiy salohiyatini 
oshirish va ijtimoiy masalalarni hal etish bilan bog‘liq qabul qilingan 
qarorlariga asoslanadi.  Konsepsiyani ishlab chiqish zarurati  uzoq muddatli 
istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini cheklaydigan mavjud 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, xavf-xatar va tahdidlarni hal etish, 
shuningdek, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning hozirgi holatidan barqaror 
rivojlanishga o‘tishning maqsadlari va ustuvorliklarini belgilash  va aholi 
hayot darajasini oshirish bilan bog‘liqdir.   
Konsepsiya 
2030 
yilgacha 
bo‘lgan 
davrda 
belgilangan 
O‘zbekiston 
Respublikasini Barqaror rivojlantirish maqsadlari prinsiplari va vazifalariga, 
aynan quyidagilarga javob beradi: 
 1.Kam ta’minlanganlik darajasini hamma joyda qisqartirish, oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlash,  qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga
3.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni oshirishda O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasining o‘rni. 2030 yilgacha O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sish bararorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi. 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish mamlakatda amalga oshirilayotgan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga, Hukumatning moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning barcha jihatlarini isloh qilish, tarmoqlar va hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy masalalarni hal etish bilan bog‘liq qabul qilingan qarorlariga asoslanadi. Konsepsiyani ishlab chiqish zarurati uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini cheklaydigan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, xavf-xatar va tahdidlarni hal etish, shuningdek, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning hozirgi holatidan barqaror rivojlanishga o‘tishning maqsadlari va ustuvorliklarini belgilash va aholi hayot darajasini oshirish bilan bog‘liqdir. Konsepsiya 2030 yilgacha bo‘lgan davrda belgilangan O‘zbekiston Respublikasini Barqaror rivojlantirish maqsadlari prinsiplari va vazifalariga, aynan quyidagilarga javob beradi: 1.Kam ta’minlanganlik darajasini hamma joyda qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga
 
 
ko‘maklashish,  sog‘lom turmush tarzini yuritish, barchani qamrab oladigan 
sifatli ta’limni ta’minlash,  butun umr davomida ta’lim olish imkoniyatini 
rag‘batlantirish, gender tenglik  vazifalarini hal etish. 
 2.Suv 
resurslarini 
saqlash 
va 
oqilona 
foydalanish, 
sanitariyani 
rivojlantirish,  barcha uchun qimmat bo‘lmagan, ishonchli, barqaror va 
zamonaviy  energiya manbalaridan foydalanishni ta’minlash. 
3.Unumli bandlikni ta’minlash, puxta  infratuzilmani yaratish keng qamrovli 
va  barqaror industrlashtirish va innovatsiyalarga ko‘maklashish asosida 
barqaror va  umum qamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish. 
4.Shaharlar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, gavjumligi   va 
ekologik 
barqarorligini 
ta’minlash, 
shuningdek, 
iste’mol 
va 
ishlab 
chiqarishning oqilona  modellariga o‘tish, iqlim o‘zgarishi va uning 
oqibatlariga qarshi kurashishning shoshilinch choralarini ko‘rish. 
Konsepsiya  iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘lib xizmat 
qiladigan O‘zbekiston Respublikasini o‘rtacha va uzoq muddatli ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari va vazifalarini belgilaydi 
va asoslaydi. 
Bunda, maqsadlar sifatida Konsepsiyada jadal va barqaror o‘sish sharoitlarida 
respublika har bir fuqarosining sog‘lom va samarali hayotini ta’minlaydigan 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yer, suv va 
energetika resurslaridan ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun saqlab 
qolgan holda samarali foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, Orol 
dengizining ekologik inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, atrof muhitni 
yaxshilash  ko‘rib chiqiladi  
 Prognozlar bo‘yicha 2030 yilga borib real yalpi ichki mahsulotning o‘sishini 
2,1 baravar va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot o‘sishini xorijiy 
valyutada 3 baravar yoki 2018 yildagi 1533 AQSh dollariga nisbatan 4538 
AQSh dollarigacha ta’minlash ko‘rib chiqiladi. Qo‘yilgan maqsadlarga 
erishish uchun iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’atlarini 6,4 foizdan past 
bo‘lmagan darajada qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘ladi.
ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzini yuritish, barchani qamrab oladigan sifatli ta’limni ta’minlash, butun umr davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish, gender tenglik vazifalarini hal etish. 2.Suv resurslarini saqlash va oqilona foydalanish, sanitariyani rivojlantirish, barcha uchun qimmat bo‘lmagan, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan foydalanishni ta’minlash. 3.Unumli bandlikni ta’minlash, puxta infratuzilmani yaratish keng qamrovli va barqaror industrlashtirish va innovatsiyalarga ko‘maklashish asosida barqaror va umum qamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish. 4.Shaharlar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, gavjumligi va ekologik barqarorligini ta’minlash, shuningdek, iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tish, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashishning shoshilinch choralarini ko‘rish. Konsepsiya iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘lib xizmat qiladigan O‘zbekiston Respublikasini o‘rtacha va uzoq muddatli ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari va vazifalarini belgilaydi va asoslaydi. Bunda, maqsadlar sifatida Konsepsiyada jadal va barqaror o‘sish sharoitlarida respublika har bir fuqarosining sog‘lom va samarali hayotini ta’minlaydigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yer, suv va energetika resurslaridan ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun saqlab qolgan holda samarali foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, Orol dengizining ekologik inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, atrof muhitni yaxshilash ko‘rib chiqiladi Prognozlar bo‘yicha 2030 yilga borib real yalpi ichki mahsulotning o‘sishini 2,1 baravar va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot o‘sishini xorijiy valyutada 3 baravar yoki 2018 yildagi 1533 AQSh dollariga nisbatan 4538 AQSh dollarigacha ta’minlash ko‘rib chiqiladi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’atlarini 6,4 foizdan past bo‘lmagan darajada qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘ladi.