O‘ZBEKISTON UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTI
REJA:
1. O‘zbekiston va unga tutash o‘lkalarda iqlim o‘zgarishi.
2. O‘zbekistonning agroiqlimiy okruglari va rayonlari.
3. Suv resurslariga iqlim o‘zgarishining ta’sirini kompleks baholash.
O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi iqlim o‘zgarishining oqibatlariga,
birinchi navbatda, agroiqlimiy va suv resurslari o‘zagrishlarini kiritish mumkin.
Ulardagi o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligida hamda Orolbo‘yi
ekologik holatida va xususan Orol dengizida salbiy ko‘rinishda aks etadi.
Agroiqlimiy resurslarning o‘zgarishi va uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
ta’sirini baholashda bazaviy iqlimiy ssenariyalar sifatida yuqorida ko‘rib chiqilgan
regional iqlimiy ssenariyalar tanlab olingan. Ular 2030 yilgacha bo‘lgan
o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi. Umumiy senariyaviy qiymatlar
O‘zbekiston hududining real iqlimiy xilma-xilligiga moslashtirilgan va shundan
keyin ular agroiqlimiy okruglar va rayonlar guruhlariga bog‘langan. Agroiqlimiy
okruglar va rayonlar bo‘yicha kelajakdagi 2015-2030 yillar davomida o‘rtacha
mavsumiy haroratning o‘zgarishi 3-jadvalda ko‘rsatilgan.
3-jadval
Agroiqlimiy okruglar va rayonlar bo‘yicha o‘rtacha mavsumiy havo
haroratining o‘zgarishi (1995-2005 2005-2010 yillar, 2 2-2020 2020-2030 yillar)
Okruglar
Rayo
nlar
Qish
Bahor
YOz
Kuz
1
2
1
2
1
2
1
2
Ustyurt,
SHimoliy
Qoraqum
1,4
1,0
2,0
0,5
1,0
0,5
1,2
0,7
1,5
Orol
2,3
1,3
2,8
0,5
0,9
0,8
1,6
0,8
1,3
Quyi Amudaryo 5
1,0
2,7
0,2
0,6
0,5
1,0
0,4
0,6
Qizilqum
6-8
1,0
2,5
1,0
1,3
0,4
0,9
0,2
0,5
9-10
1,0
2,5
0,1
0,2
0,2
0,7
1,6
2,2
Sandiqli
11
1,1
1,9
0,1
0,2
0,1
0,3
0,3
1,4
CHirchiq-
Ohangaron
12-14
0,7
1,7
0,2
0,4
0,4
0,8
0,6
1,9
O‘rta Sirdaryo
15-17 0,5
0,5
0,1
0,3
0,3
0,7
0,4
1,1
18-19 0,6
1,2
0,2
0,4
0,1
0,2
0,3
0,7
Farg‘ona
20-26 0,7
1,6
0,3
0,8
0,6
1,0
0,7
2,0
Zarafshon
27-29 0,4
1,0
0,4
1,0
0,4
1,0
0,6
0,9
Qashqadaryo
30-31 0,5
1,2
0,6
1,4
0,3
0,8
0,7
1,6
Surxondaryo
32,33 0,6
1,5
0,1
0,4
0,2
0,2
0,2
0,6
Izoh: okruglar (rayonlar nomeri): 1-Ustyurt, 2,3 - Orol, 4 – SHimoliy Qoraqum,
5 –Quyi Amudaryo, 6-10 - Qizilqum, 11 – Sandiqli, 12-14 –CHirchiq-Ohangaron,
15-19 – O‘rta Sirdaryo, 20-26 - Farg‘ona, 27-29 – Zarafshon, 30-31 - Qashqadaryo,
32-33 - Surxondaryo. Manba: V.Ye.CHub «Izmenenie klimata i ego vliyanie na
prirodno-resursiy potensial Respubliki O‘zbekistan»
3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, cho‘l va chala cho‘l yaylovlari, Quyi
Amudaryoning sug‘oriladigan dehqonchilik rayonlari hamda CHirchiq-Ohangaron
agroiqlimiy rayonlar guruhi uchun sezilarli darajadagi qishki isish xosdir. Bahorgi
isish esa respublika shimolidagi yaylovlarda va Qizilqum okrugi rayonlari hamda
Zarafshon va Qashqadaryo okrugining sug‘orma dehqonchilik rayonlarida namoyon
bo‘ladi. YOzgi isish shimoliy cho‘l yaylovlari, Quyi Amudaryodagi sug‘oriladigan
erlar va Farg‘ona, Zarafshon hamda Qashqadaryo okruglari (1-8, 12-14, 30-31) ning
sug‘oriladigan rayonlari uchun xosdir.
O‘zbekiston shimolidagi cho‘l rayonlarida kuz davri bir muncha isiydi va uning
davomiyligi ortadi. Asosiy isish esa Qizilqum okrugining janubiy qismiga CHirchiq-
Ohangaron, O‘rta Sirdaryo, Farg‘ona va Qashqadaryo okruglari (1-4, 9-11, 20-26,
30, 31)ga tegishlidir. Umuman, mamlakatning cho‘l va chala cho‘l rayonlarida eng
yuqori darajadagi harorat o‘zgarishlari qish – bahor davrlariga, sug‘oriladigan
hududlarda esa yozgi-kuzgi davrga to‘g‘ri keladi.
Qoraqalpog‘istonda barcha mavsumlarda havo haroratining sezilarli darajada
ko‘tarilishi kutiladi. Natijada hududning termik resurslari ortadi. Qashqadaryo,
Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bahor 0,5 – 2,0 0S, yoz
– 1,5-2,5 0S, kuz – 0,5 – 2,0 0S, qish esa 1,5 – 3,5 0S ga isiydi. Boshqa viloyatlarda
havo haroratining bahorgi–yozgi–kuzgi davrlardagi o‘zgarishi 1,5 0S dan ortmaydi.
Isish natijasida quruq tropiklar bilan mo‘‘tadil iqlim mintaqalari orasidagi chegara
shimolga tomon 150–200 km ga suriladi, balandlik iqlim mintaqalarida esa 150 –
200 metrga ko‘tariladi. Agroiqlimiy resurslarning asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni 10 0S
dan yuqori samarali haroratlar yig‘indisi, bahor va kuzda havo haroratining 0, 5, 10,
15 0S dan o‘tish muddatlari, oxirgi bahorgi va erta kuzgi qora sovuqlarning
muddatlari o‘zgarishlarida umumiy trend bilan bir qatorda ma’lum sikllik qayd
etiladi. Agrometeorologik parametrlar qiymatlarini 2020 –2030 yillargacha
ekstropolyasiya qilish uchun havo haroratining regional o‘zgarishidagi orttirmaning
qiymatlari aniqlashtirildi va bu holat birinchi regional iqlimiy ssenariy bilan
moslashtirildi.
Agroiqlimiy rayonlar bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun bahor va
kuzda havo haroratining 0, 5, 10, 150S dan o‘tish muddatlari o‘rtasidagi davrlar
davomiyligining
mumkin
bo‘lgan
o‘zgarishlari
baholandi.
Bunda
iqlim
o‘zgarishining issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar emissiyasini hisobga oluvchi
ssenariysidan foydalanildi. O‘zbekiston bo‘yicha sovuq bo‘lmagan davrlar
davomiyligi o‘rtacha 8-15 kunga ortadi, havo haroratining 5-10 0S dan o‘tish
muddatlari bahorda 5-10 kunga erta muddatga surilsa, kuzda esa 5-15 kunga kech
muddatga suriladi.
O‘zbekiston tog‘ zonasi (Turkiston va Hisor tog‘ tizmalari tarmoqlari, G‘arbiy
Tiyanshan) termik resurslarining o‘zgarishini baholash natijalari shuni ko‘rsatdiki,
bahorda havo haroratining +50S dan barqaror o‘tish muddatlari ko‘p yillik me’yorga
nisbatan G‘arbiy Tiyanshan tog‘larida 3-8, Samarqand viloyatida 6-7, Qashqadaryo
va Surxondaryo viloyatlarida 9-12 kun erta kuzatiladi. SHunga mos ravishda yaylov
o‘simliklarining vegetatsiyasi ham shuncha kun erta boshlanadi.
Respublika
agroiqlimiy
resurslarining
xilma-xilligi,
ularning
yillaro
o‘zgargaruvchanligi va iqlimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda
havo haroratining taxmin qilinayotgan o‘sishi, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligiga har tomonloma ta’sirini hisobga olishni talab etadi. Atrof muhitda
karbonat angidrid konsentratsiyasining ortishidan kelib chiqadigan bevosita effekt
ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va mahsuldorligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘simliklar vegetatsiyasining barcha qulay sharoitlari bilan bir qatorda
karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining ikki marta ko‘payishi jo‘xori, paxta,
tariq, sabzavot ekinlari hamda bug‘doy, sholi, arpa, suli hosildorligini 1 % dan 10 %
gacha oshiradi. Karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining o‘sishi, ayrim noqulay
sharoitlarda, masalan, nam etishmasligida ham, ekinlar mahsuldorligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. SHu bilan birga qo‘rg‘oqchilikka uchragan lalmikor dehqonchilikda
hosildorlikning yillararo tebranishi ham kamayishi mumkin. Lekin karbonat angidrid
gazi konsentratsiyasining o‘sishi sharoitida ekinlarni parvarishlash, tuproqni zarur
moddalar bilan to‘yintirish hosildorlikning yanada yuqori darajada bo‘lishini
ta’minlaydi. Barcha qishloq xo‘jalik ekinlari uchun hosildorlikning eng yuqori
darajada ortishi o‘rtacha 20 – 40 % ga etishi mumkin. Organik moddalar, ayniqsa,
fosfor etishmaganda, hosildorlik ortishi tufayli olinadigan foydali imkoniyatni
yo‘qotishimiz ham mumkin.
Iqlimiy ssenariyalarga ko‘ra, yozgi haroratning o‘sishi uncha katta emas, lekin
qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda noqulay hisoblangan o‘ta issiq kunlar
soni ortishi mumkin. O‘zgidrometga qarashli NIGMI olimlari A.X.Abdullaev va
F.A.Mo‘minovlarning ma’lumotlaridan ma’lumki, maksimal havo haroratining 400S
yuqori bo‘lishi tropik va mo‘‘tadil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
etishtirishda, ayniqsa, ularning gullashi davrida, noqulaylik keltirib chiqaradi. Havo
haroratining 25 0S dan yuqori bo‘lishi karamga, 27-29 0S dan yuqori bo‘lganda
kartoshkaga, 35-40 0S–pomidorga, 39-40 0S dan yuqori bo‘lishi esa poliz va texnika
ekinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Havo haroratining 25 0S dan yuqori bo‘lgan kunlar sonining 10-30 kundan 50-
70 kunlargacha ortishi karam hosildorligini 10-55 % ga kamaytiradi. 35-40 0S
haroratli kunlar sonining 10 dan 50-80 kungacha ko‘payishi pomidor hosildorligini
10-50 % ga kamaytiradi. Poliz ekinlari uchun havo haroratining 40 0S dan yuqori
bo‘lgan kunlar sonining 5 dan 25 gacha ortishi, hosildorlikni 9-42 % ga kamaytiradi.
Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 30 0S dan yuqori harorat
kuzatilgan kunlar sonining me’yorga nisbatan 15 dan 30 kungacha ortishi, paxta
hosildorligini 9-22 % ga, qolgan paxta etishtiruvchi rayonlarda esa 0-8 % ga
kamaytiradi. Hozirgi kunda va kelajakda O‘zbekistonning asosiy sug‘oriladigan
maydonlari barcha viloyatlarda g‘o‘za ekinlari bilan band bo‘ladi. Maydoni bo‘yicha
ikkinchi o‘rinni donli ekinlar, so‘ng sholi va kartoshka egallaydi.
Orol dengizi havzasi asosiy daryolari suv resurslarining mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlarini baholash. O‘tmishda ishlab chiqilgan va amaliyotda mavjud bo‘lgan
gidrologik va suv xo‘jaligi hisoblashlari oqimning va uning hosil bo‘lishini
belgilaydigan gidrometeorologik jarayonlarning barqarorligiga asoslanadi. Keyingi
yillarda global iqlim o‘zgarishi oqibatida bunday qarashlar qayta ko‘rib
chiqilmoqda. Hozirgi kunda kechayotgan iqlim o‘zagrishlari global gidrologik
siklning faollashishiga olib keladi va regional suv resurslariga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Oqimning hosil bo‘lish shart-sharoitlari va buning oqibatida daryolar
havzalarining suv balansi tashkil etuvchilari ham o‘zgaradi. Regionda amalga
oshirilgan
uzoq
davrli
gidrometeorologik
kuzatishlar
ma’lumotlarining
ko‘rsatishicha, hozirgi kunda kechayotgan global isish O‘rta Osiyo sharoitida
gidrologik siklning ayrim komponentlarida trend sifatida aks etmoqda: bug‘lanish
qatlami ortmoqda, qor qoplami kamaymoqda, tog‘lardagi muzlanish sezilarli
darajada qisqarmoqda, gidrometeorologik qatorlarning o‘zgaruvchanligi ham
o‘smoqda.
Suv resurslariga iqlim o‘zgarishining ta’sirini kompleks baholash murakkab
vazifa hisoblanadi. Bu masala turli yondoshuvlardan foydalanish yo‘li bilan bir
necha marta o‘rganilgan va qator baholashlar bir-biriga yaqin natijalarni bergan.
O‘zgidrometga qarashli NIGMI mutaxassislari tog‘ daryolari oqimi hosil
bo‘lishining matematik modeli asosida iqlim o‘zgarishining turli ssenariyalarini
e’tiborga olib, tegishli hisoblashlarni bajarganlar. Natijalarning dalolat berishicha,
yaqin 20-30 yil davomida, iqlimiy parametrlar o‘zgarishining yuqorida ko‘rib
chiqilgan diapazonlarida, suv resurslarining jiddiy o‘zgarishi kutilmaydi. SHu bilan
birga iqlimiy parametrlarning yillik o‘zgarishi daryo oqimiga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Havo haroratining yillik bir tekis ko‘tarilishi sharoitida iqlimning isishi
tufayli vegetatsiya davridagi o‘rtacha suv sarflari kamayadi.
Muz suvlari hisobiga to‘yinuvchi daryolarda haroratning yil davomida sezilarli
darajada ko‘tarilishi oqimning asosiy ko‘rsatkichlari qiymatlarining kattalashishiga
olib kelishi mumkin. Lekin, oqimning bu davrdagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishi tabiiy
o‘zgaruvchanlik chegrasida bo‘ladi va oqim miqdoridagi o‘zgarish 3–10% dan 2–
7% gacha oraliqda baholanadi. Qatorichi korrelyasiyasini baholash va garmonikani
ajratishga asoslangan hisoblashlar yaqin kelajakda asosiy daryolar oqimida
kuzatilishi mumkin bo‘lgan trendni aniqlashga imkon berdi. Karki (Amudaryo) va
Bekobod-CHaqir (Sirdaryo) gidrologik stvorlari uchun tiklangan shartli-tabiiy oqim
qatorlarini tahlil qilish misolida aytish mumkinki, yaqin yillar davomida
daryolarning suvliligi o‘rtacha ko‘p yillik miqdor darajasida bo‘ladi. 2030 yilda,
hatto region uchun eng maqbul hisoblangan iqlimiy ssenariya (oqim hosil bo‘lish
zonasida atmosfera yog‘inlarining 10-20 % ga ortishi va haroratning 0,5 0S ga
ko‘tarilishi) dan foydalanilganda ham ko‘rib chiqilayotgan zonada yuza oqimning
bazaviy o‘rtacha qiymatga nisbatan 10 % ga ko‘payishini kutish mumkin.
YOg‘inlarning yog‘ish rejimining turlichaligini nazarda tutadigan ssenariyalardan
foydalanish bilan bog‘liq holda daryolar oqimining o‘rtacha miqdori hozirgi
me’yorga nisbatan 90 – 110 % atrofida, variatsiya koeffitsienti esa ko‘p suvli yillarni
qamrab olgan hisob davridagi kabi ortishi mumkin.
Yirik daryolar havzalarida hosil bo‘ladigan suv resurslarining iqlim
o‘zgarishiga nisbatan reaksiyasi, birinchi navbatda, daryolarning asosiy to‘yinish
manbalari nisbatlarining o‘zgarishida aks etadi. Bu esa ular gidrologik rejimining
o‘zgarishiga olib keladi. Agar hozirgi kunda Piskom daryosi havzasi oqimining hosil
bo‘lishida qor suvlarining hissasi 60-75 % deb baholansa, iqlim o‘zgarishining turli
ssenariyalaridan foydalanishga asoslangan modelli hisoblashlarda bu miqdor 15-30
% ga kamayadi.
Sirdaryo havzasi daryolari yillik oqimida turli baholashlar bo‘yicha muzlik
suvlarining hissasi 8-15 % bo‘lsa, kelajakda uning 20 % gacha ortishi kutilmoqda.
Amudaryo havzasi daryolarida muzlik suvlari hisobiga to‘yinish 32-39 % gacha
ortishi mumkin. Daryolar oqimining yomg‘ir suvlari hisobiga to‘yinishi hozirgi
kunda 12-15 % ni tashkil esa, kelajakda bu miqdor 20-35 % gacha ortishi mumkin.
Havo haroratining ko‘tarilishi bilan atmosfera yog‘inlarining katta qismi yomg‘ir
ko‘rinishida yog‘adi, oqimning bug‘lanish hisobiga yo‘qotilishi ortadi, tog‘larda
qishki qor to‘planishi kamayadi, muzlanishning qisqarishi davom etadi. Bu
jarayonlar boshqa gidrologik parametrlarda, jumladan, anomal jarayonlar, ya’ni sel
hodisalari va tog‘ ko‘llari to‘g‘onlari buzilishining faollashuvida salbiy ko‘rinishda
aks etadi. SHu bilan birga, ular boshqa ko‘rinishdagi, ya’ni daryolar suv rejimiga u
yoki bu darajada ta’sir etadigan oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
O‘zgidrometga qarashli NIGMI da ishlab chiqilgan kichik tog‘ daryolari oqimi hosil
bo‘lishining matematik modeli O‘zbekistonning turli balandlik va iqlimiy
zonalaridagi kichik havzalar oqimining iqlimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishiga
nisbatan reaksiyasini baholashga imkon berdi. Mazkur model bo‘yicha baholash
meteorologik parametrlarning o‘zgarishi asosida amalga oshiriladi. Kichik
daryolarning iqlimiy o‘zgarishlarga nisbatan reaksiyasi diapazoni ancha katta.
To‘yinish manbalari va turli balandlik zonalarida oqimning hosil bo‘lish
qonuniyatlariga asoslangan differensial tahlil quyidagilarni bayon etishga imkon
beradi: eng katta o‘zgarishlarni tog‘larning muzlikoldi zonalarida kutish lozim,
chunki daryolar havzalarining bunday qismlarida oqimning muzlik suvlari hisobiga
to‘yinishi ortadi, muzlanish esa kamayadi. Ma’lumki, muzlanish maydoni havza
maydonining 1G‘3 qismiga teng bo‘lganda, oqim hosil bo‘lishida qor va muzlik
suvlarining hissalari tenglashadi. Bunday sharoitda va, shu bilan birga, kutilayotgan
isishda, atmosfera yog‘inlarining har qanday o‘zgarishlarida, daryolardagi oqim
miqdori ortadi.
Isish bilan bir vaqtda yog‘inlarning kamayishini ham hisobga oladigan
ssenariyalardan foydalanilganda o‘rta va quyi balandlik zonalarida hosil bo‘ladigan
oqim kamayadi. Ekstremal ssenariyalar asosida oqimni umumiy baholash shuni
ko‘rsatdiki, oqim hosil bo‘lish zonasida eng katta aridlashuv SSSM modeli (o‘rtacha
yillik haroratning ko‘tarilishi 6,5 0S, yog‘in miqdorlarning kamayishi 11%) ga to‘g‘ri
keladi. Mazkur model bo‘yicha karbonat angidrid konsentratsiyasining ikki marta
ortishi sharoitida Sirdaryo oqimining kamayishi 28% ni, Amudaryoniki esa 40 % ni
tashkil etadi. Iqlim o‘zgarishi UMKO modeli asosida rivojlanadigan bo‘lsa ham
noqulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ma’lumki, ushbu model bo‘yicha havo
harorati 5,20S ga ko‘tarilishi, yillik yog‘inlar esa 6 % ga ortishi mumkin. Bunday
sharoitda Amudaryo oqimining 21 % ga, Sirdaryo oqimining 15% ga kamayishi
kutiladi. GFDL va GISS ssenariyalariga ko‘ra oqim hosil bo‘lish zonasida o‘rtacha
yillik harorat 3-4 0S ga ko‘tarilib, yog‘inlarning o‘rtacha yillik miqdori esa 10-15 %
ga ortadi. Bunday sharoitda Amudaryo va Sirdaryo oqimining sezilarli kamayishini
kutmasa ham bo‘ladi.
2030 yilgacha tuzilgan regional iqlimiy ssenariyalar asosida bajarilgan
hisoblashlar ham daryolar oqimining hozirgi darajada saqlanishini ko‘rsatmoqda.
Lekin, bunda oqimning yillararo tebranishi ortadi. Uzoq kelajakka mo‘ljallangan
baholashlar esa ancha tushkun bo‘lishi mumkin. CHunki, muzlik suvlari hisobiga
hosil bo‘lgan oqim muzliklar degradatsiyasi tufayli yildan-yilga kamayib boradi. Bu
holat, ayniqsa, Amudaryo havzasi daryolari oqimining hosil bo‘lish rejimida yaqqol
aks etishi mumkin. YUqorida qayd etilganidek mazkur havza daryolarining ko‘plari
muzlik-qor va qormuzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar tipiga kiradi. Bu holat