O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
tashqi
siyosatining
asosiy
ustuvor
tamoyillari.
2.
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi hamda jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini ortib borishi.
3.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli
hamkorliklari.
4.
O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari.
5.
O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan
o‘zaro hamkorlik aloqalari.
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib
kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki
harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun
mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z
taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat
boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish
maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi.
O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy
imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon
hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O‘zbekistonning
Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu xududda istiqomat qiladigan xalqlarning
qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat
yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni
faqat qog‘ozlarda federatsiya sub’ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos.
O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij
bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning
dastlabki
kunlaridan
boshlab
O‘zbekistonda
xalqaro
tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik
aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali
milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston
bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti
sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z
hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy
qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal
etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, - deb 1991 yil 31
avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi
Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston
Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-
moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi
siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda
davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan xolda nizoli mojarolarni
tinch yo‘l bilan hal etish;
tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni
o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga
intilish;
xalqaro huquq normalarini tan olgan xolda jahon hamjamiyatida
xalqaro talablarga rioya qilish;
tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro
tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro
huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya
darajasida ham mustahkamladi. Halqaro huquqning tamoyillari va normalarining
butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa halqaro huquq bitimlardan,
Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy
qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni
o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor
qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama
asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning
asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar
yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish
imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida
mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi
o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik pritsiplarga asoslangan holda
olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida
respublikani 111 davlat, 2015 yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan
ortiq davlat tan oldi. 2018 yilga kelib, ularning 134 tasi bilan diplomatik, siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh,
Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va
boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat
diplomatik missiyasi akkreditatsiyadan o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta
nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida
O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng
huquqlik, demokratik pritsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash,
respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi
va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan
ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992 yil 2 martda O‘zbekiston xalqaro
munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat
sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega
bo‘ldi. 1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid
Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi.
O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga
kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global
muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi
siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993 yil Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan
birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar
siyosatidan darak berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995 yil BMTning
ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‘ilishida
so‘zlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada
kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik,
ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezident
muayyan “olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib,
tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va
O‘zbekiston “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni ta’minlash bo‘yicha
kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish
xaqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan global muammo
ham ko‘tarildi. Prezident I.A.Karimov “Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq
ekologik fojea, butun yer yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million
kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi global
muammo” ekanligini ko‘rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz
bu muammoni hal etish mumkin emasligini ham asoslab berdi.
1995 yil 16 sentyabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va
hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi ish boshladi. Dunyoning
ko‘p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston rahbarining so‘zlagan nutqi
bosh hujjat sifatida qabul qilindi.
Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning,
aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir
emas. Shu bois ham O‘zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy
barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko‘pgina davlatlar
va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi. BMT Bosh Assambleyasining
sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi
yig‘ilishlarda O‘zbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi, BMT boshchiligidagi “6+2” guruhining
tuzilishiga asos bo‘lgan edi. (O‘zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston,
Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va “Tolibon” harakati) Ushbu
guruhning 1999 yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro
voqea bo‘ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o‘zida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning
yakuni sifatida 19 iyul kuni “Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal
qilishning asosiy pritsiplari to‘g‘risidagi” tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat
BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O‘zbekiston
rahbariyatining ko‘p yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. 2017 yil 4-6 dekabr kunlari
Afg‘oniston
Prezidentining
mamlakatimizga
rasmiy
tashrifi
ikki
davlat
munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha siyosiy, savdo-
iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga oid qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston
tomoni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish yo‘lida e’tiborga molik
tashabbuslar bilan chiqdi. Xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan
2018 yilning 26-27 mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik
va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi
Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda 20 dan ortiq
davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etdi.
2010 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan BMTning insoniyat rivojlanish
maqsadlariga bag‘ishlangan “Ming yillik” sammitida O‘zbekiston ushbu nufuzli
xalqaro tashkilot tomonidan qo‘yilgan ijtimoiy dasturlarni bajarish borasidagi
e’tirofga molik mulohazalar bilan chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil sentyabrda
bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlab, zamonaviy
dunyodagi ma’lum global muammolarga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratdi.
Jumladan, Prezident o‘z nutqida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, Orol fojeasi,
yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ma’rifat, bag‘rikenglik masalalariga alohida to‘xtaldi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” tamoyilini
xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risidagi taklif davlat rahbarlari va
delegatsiyalari o‘rtasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu tamoyil 50 dan
ziyod davlatning qo‘llab-quvvatlashi natijasida 2018 yil 12 dekabr kuni BMT
tomonidan qabul qilindi. BMT Bosh kotibi A.Guterrish bilan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 10 iyunda Samarqand
shahridagi uchrashuvi va keyingi bir qator uchrashuvlar xalqaro nufuzli
tashkilotning O‘zbekistonning jahonda tinchlik va barqarorlik, hamjihatlik va
hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi sa’y-harakatiga berilgan yuqori bahosidan
darak beradi.
O‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda
xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi
istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO,
EKO, Islom konferensiya, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali
hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik
yo‘lidagi hamkorlik” Dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy
qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida
o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston xududida amerikaliklar bilan
o‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans 96” harbiy mashqlarida qatnashdilar.
Shuningdek respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada
o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi
hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib,
ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. O‘zbekistonning
“Tinchlik yo‘lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida
kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni
rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. NATO Bosh kotibi
X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga
tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik yo‘lidagi
siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi.
O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirgan yillari Yevropa xavfsizlik va
hamkorlik tashkilotining (EXHT) katta mansabdor xodimlari qo‘mitasining
Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib
kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992 yil 26 fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot
kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan
beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi
ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YeXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari
bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi
respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu
byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YeXHTning “Inson xuquqlari bo‘yicha
milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida”
mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy
Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq
ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli
masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki
tanchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning
1996 yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik
doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi.
1999 yil 18-19 noyabr kunlari 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning
Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha
dolzarb
muammolar,
jumladan
Yevropada
xavfsizlik
va
hamkorlikni
mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston
rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning
ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish
mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti yig‘ilishda
global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini
kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan
yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida
ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash
davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni
AQSh senatorlaridan biri bo‘lgan Liberman tasdiqlab, quyidagilarni ta’kidlagan edi:
“O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz
muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, - deydi.
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga
ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim
bo‘yicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996
yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan
Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya
shahrida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida imzolandi.
Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar
va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi-sammitda imzolangan sheriklik
va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil
kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. 2017 yil
noyabrida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Samarqandga tashrifi o‘zaro
hamkorlik borasida yangi sahifani ochdi. 2018 yil 23 noyabrda Bryusselda bo‘lib
o‘tgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlarining
uchrashuvida bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi “Islom konferensiyasi tashkiloti”, “Qo‘shilmaslik
harakati” kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular
orasida, ayniqsa, 1985 yilda tuzilgan, yuzdan ortiq a’zoga ega “Qo‘shilmaslik
harakati” tomonidan olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston tashqi siyosatining
asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish, turli
harbiy-siyosiy
bloklar
faoliyatida
qatnashmaslik,
tinchliksevarlik
kabi
yo‘nalishlarga to‘la mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi.
O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida
jaxon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar
qatoriga kirdi. Shu bois O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish
yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi,
Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy
tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib oldi. Shu
bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk
tashkiloti, BMTning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Yelektr aloqasi bo‘yicha
xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi,
Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni tiklab
oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda.
BMTning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YuNESKO
tashkiloti bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu
kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. O‘zbekiston 1993 yil YuNESKOga
a’zo bo‘lgan edi.
1994 yilga kelib esa O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari
bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o‘zaro hamkorligimizning
samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. 1996 yilga kelib Toshkentda
YuNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va
YuNESKO tashkiloti o‘rtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib bordi.
1996 yil O‘zbekiston Prezidenti ham YuNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif
bilan bordi. Bu tashrif chog‘ida I.A.Karimov YuNESKO Ijroiya kengashining 149-
sessiyasida nutq so‘zladi. YuNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti
ishtirokida YuNESKO qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va
ma’rifatning gullab-yashnashi” ko‘rgazmasini ochdi.
O‘zbekiston bilan YuNESKOning o‘zaro hamkorligi kengayshi natijasida
YuNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000
yil 28 dekabrda esa Shahrisabz shahri YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Shaxrisabz bu
ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Bunday aloqalar o‘z
navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarib, hamkorligimiz
sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o‘tkazilgan barcha
tadbirlarda YuNESKO ishtirok etmoqda. Xususan, Amir Temur tavallud topgan
kunining 660 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi
kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500
yilligi, Samarqandda shahrining 2750 yilligi, Toshkent shahrining 2200 yilligi,
Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi kabi
tadbirlar bevosita YuNESKO homiyligida o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu aloqalar
yanada kengaymoqda.
Xususan, 2018 yil 8 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev Fransiya davlatiga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida YuNESKO
Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, birgalikda O‘zbekiston bilan YuNESKO
aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini
imzoladilar. 2019 yil avgust oyining oxirgi o‘n kunligida YuNESKO Bosh direktori
Odri Azule Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XII xalqaro “Sharq taronalari” musiqa
festivalida bevosita ishtirok etdi.
Mustaqil O‘zbekiston 2001 yilning iyun oyida “Shanxay beshligi” deb
yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan Sammitida bu
tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1998 yili tashkil etilgan “Shanxay
beshligi”da Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari
a’zodir. Shundan keyin “Shanxay hamkorlik tashkiloti” nomi bilan yuritilib bosh
maqsad har tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni bir vaqtda xalqaro
terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni tashkilotning faoliyat markazida
turadigan bo‘ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan
Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalarini tashqi ishlar, mudofaa
vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi.
2005 yilning 2 iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida “Shanxay
hamkorligi” tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo
davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi
sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga
kuzatuvchi sifatida qabul qilingan edi. 2016 yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib
o‘tgan ShHT yig‘ilishidaPokiston va Hindiston tashkilotning teng a’zosi sifatida
qabul qilindi. Astana uchrashuvi qatnashchilari “Terrorizm va ekstremizmga qarshi
kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro iqtisodiy aloqalarni
kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi. Tashkilotning faoliyat ko‘lamini
kengaytirish maqsadida 2005-2006 yillarda ShHTning Banklararo birlashmasi,
Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi.
2017 yil 9 iyunda Astanada bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari yig‘ilishida
iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayot bobidagi qator masalalar bo‘yicha fikr
almashilib, umumiy xulosalarga kelindi.
2018 yil 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik
tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. A’zo davlatlar rahbarlari
2017 yilgi Astana sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va
iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga doir
birinchi galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan
pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi.
A’zo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan
hamda “Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025 yilgacha mo‘ljallangan
rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari
qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma
sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng
uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p
tomonlama aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni
mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi.
Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari
uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bo‘lgan Sharq mamlakatlari bilan o‘zaro
aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni
kengaytirdi. Shuningdek, O‘zbekiston 1992 yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron
tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va 1992 yil
Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston davlat va hukumat rahbarlari
bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yo‘l aloqasini tiklash maqsadida Tajan-
Seraxs-Mashhad yo‘li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston
uchun dengiz yo‘llariga, xalqaro transport tarmog‘iga, tovar va kapital xalqaro
bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar
madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog‘liq bo‘ldi. Bu yo‘ldagi harakatlar
natijasida savdo-sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o‘qitish imkoniyatlariga
yo‘l ochildi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarida
Qozog‘iston alohida o‘rin egallaydi. 2018 yilga kelib Qozog‘iston bilan o‘zaro
hamkorlik aloqalariga oid 170 dan ziyod hujjatlar imzolangan bo‘lib, ular orasida
“Abadiy do‘stlik” va “Strategik sheriklik” to‘g‘risidagi shartnomalar alohida o‘rin
egallaydi. Oxirgi yillarda bu hamkorlik aloqalariga katta ahamiyat berilib,
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi bir qator
uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 2017 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan Prezident
Sh.M.Mirziyoevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini
yanada rivojlantirishda yangi sahifani ochdi. O‘zbekistonda qozog‘istonlik
investorlar ishtirokida 260 ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘shni
davlatda yurtimiz ishbilarmonlari ishtirokida 105 ta biznes sub’ekti faoliyat olib
bormoqda. 2017 yil Ostona va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan biznes-forumlar
natijasi bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi
kelishuvlarga erishildi. Siyosiy jabhadagi muloqotlar rivoji iqtisodiy aloqalarni
yanada jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Bu nafaqat savdo aylanmasi va
sarmoyalar hajmini kengaytirishga xizmat qiladi, balki madaniy-gumanitar aloqalar
rivojini ham kafolatlaydi. O‘tgan yilning sentyabr oyida ikki davlat rahbarlari 2018
yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili hamda 2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston
yilini o‘tkazishga kelishib olgan edi. Qozog‘iston Respublikasi 2018 yilni
mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qildi. Bu qozoq eli va Qozog‘iston
davlatining o‘zbek xalqiga hurmati, yurtimizga yuksak ehtiromi ramzidir.
Shuningdek, 2017 yildan boshlab Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston,
Afg‘oniston davlatlari bilan ham o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish
masalasida qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etildi. A’zo davlatlar rahbarlari 2017
yilgi Ostona sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida
kechayotgan jarayonlar asnosida ShHTni yanada rivojlantirishga doir birinchi
galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasi
qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi.
A’zo davlatlar ShHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan
hamda “Shanxay ruhi”ga tayangan holda ShHTni 2025 yilgacha mo‘ljallangan
rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari
qayd etildi. Bugungi kunda ShHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma
sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng
uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi.
O‘zbekistonning AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi,
Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya
Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik
bir-birining ishiga aralashmaslik, xalqaro huquq normalarida belgilangan qoidalarga
va tamoyillara asoslandi.
Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun
voqeligi isbotlab turibdi. O‘zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur
yo‘ndoshishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy
sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni
jalb etishda O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
- O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni
ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va
muassasalar tuzish;
- Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini zamonaviylashiga
ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini
o‘tkazish;
- Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o‘ta muhim sohalarni ishlab
chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobat bardosh mahsulot ishlab
chiqarishga qaratish;
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni
erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlarning ahamiyati katta
bo‘ldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi
va “Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik
to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu
qatorda respublika chet el investitsiyalarini ishonchli sug‘urta bilan himoyalashni
ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish,
xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi.
Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq
sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O‘zbekiston iqtisodiga umumiy
hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to‘lashdan
ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan
loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq to‘lashdan va
korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiya bilan
qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to‘lashdan ozod qilindi. Ishlab
chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to‘lovlari ancha
kamaytirildi.
Bu o‘rinda shuni aytib o‘tmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam
ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar
tarmog‘i tashkil etildi. Bular qatorida “O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta
kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar
va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonga 12 milliard
amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. O‘zbekistonga
kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qo‘shma
korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga etdi.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda o‘z mavqeiga ega bo‘lib borishi
quvonarli holdir. Bu o‘rinda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab AQSh
bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni keng
miqyosda olib borilishi xususida to‘xtab o‘tmoq lozim. O‘zbekistonda
mustaqillikning dastlabki yillaridan AQSh bilan O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan
o‘zaro manfaatli shartnomalar asosida O‘zbekistonga AQShning sarmoyalari kirib
keldi. Bu sarmoyalar ishtirokida respublikada qo‘shma korxonalar tashkil topib
faoliyat ko‘rsatib turibdi. O‘zaro tuzilgan shartnomalarga ko‘ra, AQSh
O‘zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti boyliklarini o‘zlashtirish uchun katta
sarmoya mablag‘larni ajratishni o‘z zimmasiga oldi, natijada respublikaga
Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O‘zbekistonda Amerikaning
“Nyumont-Mayning” kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan
“Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi qurib ishga tushirildi.
Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O‘zbekistonda “SamKuchavto”,
“UzDEUavto”, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash
zavodi va boshqalar qurildi.
Koreya Respublikasi sarmoyadorlari bilan “O‘zDEUavto”, “O‘zDEU
elektroniks” hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o‘laroq O‘zbekiston
jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o‘rin egalladi va
yuqori baholarga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari
yangilandi.
1991 yil 8 dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi
munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning
vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va
Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13 dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo
va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish
zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda jami 11
davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini
tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga,
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘
tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
- tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi
chegarani muxofaza qilish;
- umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, YevroOsiyo
bozorini shakllantirish;
- iqtisodiy islohot o‘tkazish;
- bojxona siyosatini birga olib borish;
-transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
- ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
- uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish;
Umuman aytganda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Hamdo‘stlik
mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga
alohida ahamiyat berdi.
O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikka katta e’tibor berib, uning ishtiroki
quyidagi holatlarda belgilab berildi:
- yangi mustaqil davlatlarning ko‘p yillar mobaynida tarkib topgan
munosabatlari chuqurlashishi halqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib
kelishi mumkinligi;
- respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo‘lgan
sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida shakllanganligi, mustaqillik yillarida
bo‘lsa, MDH doirasidagi davlatlarning o‘zaro aloqalarini uzib qo‘yishi ishlab
chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi;
- MDH doirasidagi davlatlarda chegaralarning ochiqligini saqlab qolish
respublikada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni va millatlararo munosabatlarda
totuvlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi;
- mustaqil davlatlarning o‘zaro hamkorligi xalqaro maqomda o‘z mavqeini
saqlab qolishi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanishi;
1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari
bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari,
tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro
iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona
va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi.
O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma
hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa
mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun
mustahkam asos yaratdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston 1996 yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya,
Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham
1999 yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning
nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur
tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport
yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001
yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda
O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni
mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va tashqi
siyosatida yuz bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu
tashkilotga a’zoligini bekor qildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli
va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tmoq joizdir. Bu
ikki mamlakat o‘rtasidagi 1992 yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy,
iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi.
2003 yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi
uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning “Gazprom” va “Lukoyl”
kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlayotgan
korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat
o‘rtasidagi tovar almashuv 2002 yili bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa,
2003 yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.
2004 yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham
mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi.
O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu
jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar,
Transport vazirlari O‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha
bitimlar tuzdi. Shu yili 16 iyunda ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida
bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa
masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan
300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya
qo‘shma korxonalari ishga tushdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin O‘zbekiston bilan o‘zaro
munosabatlarga to‘xtalib: “...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan
manfaatdormiz” - degan edi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federatsiyasi bilan, balki Ukraina bilan
ham keng yo‘lga qo‘yildi. 1994 yili Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat
tashrifi bilan Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining
o‘rtasidagi o‘zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq
xo‘jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda
o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish
bilan aloqador bo‘lgan masalalar asosiy o‘rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki
madaniy aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. Leonid Kuchma o‘zining O‘zbekistonga
tashrifi davomida O‘zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo‘ldi. O‘z
navbatida O‘zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki
davlat o‘rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi
300 million AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekiston Ukrainaga rangli metall, gazlama
va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib bergan bo‘lsa, Ukrainadan O‘zbekistonga
texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 20 dan ortiq
o‘zbek-ukraina qo‘shma korxonalari ishlab turibdi.
2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya
davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘z ishini boshladi.
Sammitda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro
savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish
uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona
sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini
kengaytirish masalalari muhokama etildi.
2017 yildan boshlab, MDH davlatlari bilan o‘zaro munosabatlar yangi sifat
pog‘onasiga ko‘tarildi. Xususan, MDH davlatlari bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy
aloqalar hajmi 20 % ga ko‘tarildi. MDH davlatlarining 2017 yil 11 oktyabrdagi
Sochi sammitida unga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining “Oila instituti va
an’anaviy
oilaviy
qadriyatlarni
qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha”
bayonoti,
Hamdo‘stlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan
urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror qabul
qilindi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm
va qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish
sohalaridagi hamkorligiga doir konsepsiyalar ma’qullandi. Shuningdek, MDH