Oʻzbekistonda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sosiologiya fanining paydo boʻlishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlari

Yuklangan vaqt

2024-10-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

25,1 KB


 
 
 
 
 
 
Oʻzbekistonda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sosiologiya fanining paydo 
boʻlishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlari 
 
Reja: 
1. Mehribonlik va xayr-saxovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning madaniy-
tarixiy anʼanasi sifatida. 
2. Oʻzbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. 
3. Oʻzbekistonda “Ijtimoiy pedagog” kasbining paydo boʻlishi. 
 
 
Tayanch iboralar: rahmdillik, ijtimoiy pedagog, madaniy-tarixiy anʼana, hayr-
saxovat, rivojlanish, koʻmaklashish, turmush, eʼtiqod, hadis, rahmdillik. 
 
 
 
1. Mehribonlik va xayr-saxovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning 
madaniy-tarixiy anʼanasi sifatida. “Muruvvat” va “saxovat” tushunchalari oʻrtasida 
qanday farq mavjud? Jamiyatimiz ijtimoiy hayotida muruvvat va saxovatpeshalik 
muhim oʻrin tutadi. Mazkur ijtimoiy qadriyatlar zamirida insoniylikni saqlash, oʻz 
shaxsiy manfaatlariga berilmaslik, oʻzgalar manfaatini hisobga olish, el-yurt, davlat 
va jamiyat muammolarini hal etishda faollik koʻrsatish, jamiyatda sogʻlom maʼnaviy 
muhit yaratish kabi yuksak tushunchalar oʻz aksini topgan.  
Muruvvat va saxovat sharq xalqlari hayotida milliy qadriyat darajasiga 
koʻtarilgan. “Muruvvat” soʻzi mardlik, odamgarchilik maʼnolarini ifoda etsa, 
“Saxovat” esa saxiylik, qoʻli ochiqlik maʼnolarini bildiradi. Saxovat tushunchasi 
oʻzida quyidagi maʼnolarni ifoda etadi:  
1) oliyhimmatlilik, saxiylik; himmat qilish; yordam qoʻlini uzatish; himmat 
bilan ehsonu inʼomlar ulashish;
Oʻzbekistonda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sosiologiya fanining paydo boʻlishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlari Reja: 1. Mehribonlik va xayr-saxovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning madaniy- tarixiy anʼanasi sifatida. 2. Oʻzbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. 3. Oʻzbekistonda “Ijtimoiy pedagog” kasbining paydo boʻlishi. Tayanch iboralar: rahmdillik, ijtimoiy pedagog, madaniy-tarixiy anʼana, hayr- saxovat, rivojlanish, koʻmaklashish, turmush, eʼtiqod, hadis, rahmdillik. 1. Mehribonlik va xayr-saxovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy anʼanasi sifatida. “Muruvvat” va “saxovat” tushunchalari oʻrtasida qanday farq mavjud? Jamiyatimiz ijtimoiy hayotida muruvvat va saxovatpeshalik muhim oʻrin tutadi. Mazkur ijtimoiy qadriyatlar zamirida insoniylikni saqlash, oʻz shaxsiy manfaatlariga berilmaslik, oʻzgalar manfaatini hisobga olish, el-yurt, davlat va jamiyat muammolarini hal etishda faollik koʻrsatish, jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhit yaratish kabi yuksak tushunchalar oʻz aksini topgan. Muruvvat va saxovat sharq xalqlari hayotida milliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan. “Muruvvat” soʻzi mardlik, odamgarchilik maʼnolarini ifoda etsa, “Saxovat” esa saxiylik, qoʻli ochiqlik maʼnolarini bildiradi. Saxovat tushunchasi oʻzida quyidagi maʼnolarni ifoda etadi: 1) oliyhimmatlilik, saxiylik; himmat qilish; yordam qoʻlini uzatish; himmat bilan ehsonu inʼomlar ulashish;
 
 
2) koʻchma maʼnoda tabiiy boylik; moʻl hosil; toʻkinlik, moʻl-koʻllik. 
Saxovatlilik insonga xos boʻlgan xususiyatlarning eng oliyjanobidir. Saxovatlilik 
sidqidildan qilingan yaxshilik boʻlib, u be’minnatlilikning nishonasidir. Muruvvat – 
insonparvarlik, biror kishiga qilingan xolisona insoniy yordam, yaxshilik, saxovat, 
lutf. Muruvvat saxovatli, mehr-muhabbatli, oqibatli insonlarning nafaqat oʻz 
tashvishi bilan, balki oʻzgalar tashvishi bilan yashashida, ularning kimgadir moddiy 
va maʼnaviy koʻmaklashishi, xayru-ehson qilish, koʻnglini koʻtarish singari insoniy 
xatti-harakatlarida namoyon boʻladi. Bunday insonlar kam taʼminlangan, 
boquvchisini yoʻqotgan muhtojlarga, nogironlarga, yetimlarga moddiy yordam 
berish bilan birga, bu kabi ezgu amallarni bajarishni oʻz insoniy burchi deb biladi. 
Muruvvat insondagi eng yaxshi fazilatlar ifodasi, joʻmardlik belgisi boʻlib, u turli 
shakllarda namoyon boʻladi: gʻarib va ojiz kishilarning koʻnglini koʻtarish; yetim-
esirlar, keksa va nogironlarning boshini silash, topgan boyligidan bir qismini 
nogironlarga ulashish va boshqalar. Demak, muruvvat moddiy yordamdangina 
iborat emas, aslida mardlik va oliyjanoblikning har qanday koʻrinishi muruvvatdir. 
Bilmasdan notoʻgʻri ish qilgan kishini kechirish, yoshlarning xato va kamchiligini 
bilib-bilmaslikka olish, ammo mavridi kelganda, buni nozik ishoralar bilan 
tushuntirib qoʻyish kabilar ham muruvvatning bir koʻrinishidir. 
Mazkur ikki tushuncha oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlsada, biroq ular 
mohiyatiga koʻra turli sifat va fazilatlarni ifodalashi bilan muayyan farqliklarga ega.  
Muruvvat – bu insonning pok axloqiy tuygʻular, sifat va xususiyatlarga ega 
ekanligini bildirsa, saxovat esa ana shu fazilatlarning amalda roʻyobga chiqishidir. 
Shu maʼnoda “Muruvvat” deganda yaxshilikka, ezgulikka, mardlikka boʻlgan 
xohish-istakni, “Saxovat” deganda esa ijobiy xatti-harakatlar majmuini tushunamiz. 
Mazkur ikki tushunchada yaxlitlikda insonparvarlik, olijanoblik, mardlik, qoʻli 
ochiqlik, odamlarni yaxshi koʻrish, rahmdillik, boshqalarga hamdardlik, boshqalarni 
qoʻllab-quvvatlash, begʻarazlik, mehr-oqibatlilik kabi sifatlar oʻz aksini topadi. 
 
Insonparvarlik tushunchasi boshqa odamlarga va yer yuzidagi barcha tirik 
mavjudotga ezgu, rahmdil, gʻamxoʻr munosabatni namoyon etadigan shaxs sifati, 
insoniylik tarzida baholanadi. “Falsafa qomusiy lugʻat”da insonparvarlik
2) koʻchma maʼnoda tabiiy boylik; moʻl hosil; toʻkinlik, moʻl-koʻllik. Saxovatlilik insonga xos boʻlgan xususiyatlarning eng oliyjanobidir. Saxovatlilik sidqidildan qilingan yaxshilik boʻlib, u be’minnatlilikning nishonasidir. Muruvvat – insonparvarlik, biror kishiga qilingan xolisona insoniy yordam, yaxshilik, saxovat, lutf. Muruvvat saxovatli, mehr-muhabbatli, oqibatli insonlarning nafaqat oʻz tashvishi bilan, balki oʻzgalar tashvishi bilan yashashida, ularning kimgadir moddiy va maʼnaviy koʻmaklashishi, xayru-ehson qilish, koʻnglini koʻtarish singari insoniy xatti-harakatlarida namoyon boʻladi. Bunday insonlar kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan muhtojlarga, nogironlarga, yetimlarga moddiy yordam berish bilan birga, bu kabi ezgu amallarni bajarishni oʻz insoniy burchi deb biladi. Muruvvat insondagi eng yaxshi fazilatlar ifodasi, joʻmardlik belgisi boʻlib, u turli shakllarda namoyon boʻladi: gʻarib va ojiz kishilarning koʻnglini koʻtarish; yetim- esirlar, keksa va nogironlarning boshini silash, topgan boyligidan bir qismini nogironlarga ulashish va boshqalar. Demak, muruvvat moddiy yordamdangina iborat emas, aslida mardlik va oliyjanoblikning har qanday koʻrinishi muruvvatdir. Bilmasdan notoʻgʻri ish qilgan kishini kechirish, yoshlarning xato va kamchiligini bilib-bilmaslikka olish, ammo mavridi kelganda, buni nozik ishoralar bilan tushuntirib qoʻyish kabilar ham muruvvatning bir koʻrinishidir. Mazkur ikki tushuncha oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlsada, biroq ular mohiyatiga koʻra turli sifat va fazilatlarni ifodalashi bilan muayyan farqliklarga ega. Muruvvat – bu insonning pok axloqiy tuygʻular, sifat va xususiyatlarga ega ekanligini bildirsa, saxovat esa ana shu fazilatlarning amalda roʻyobga chiqishidir. Shu maʼnoda “Muruvvat” deganda yaxshilikka, ezgulikka, mardlikka boʻlgan xohish-istakni, “Saxovat” deganda esa ijobiy xatti-harakatlar majmuini tushunamiz. Mazkur ikki tushunchada yaxlitlikda insonparvarlik, olijanoblik, mardlik, qoʻli ochiqlik, odamlarni yaxshi koʻrish, rahmdillik, boshqalarga hamdardlik, boshqalarni qoʻllab-quvvatlash, begʻarazlik, mehr-oqibatlilik kabi sifatlar oʻz aksini topadi. Insonparvarlik tushunchasi boshqa odamlarga va yer yuzidagi barcha tirik mavjudotga ezgu, rahmdil, gʻamxoʻr munosabatni namoyon etadigan shaxs sifati, insoniylik tarzida baholanadi. “Falsafa qomusiy lugʻat”da insonparvarlik
 
 
“Odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy 
farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak maʼnaviy failatlarni rivojlantirishga 
gʻamxoʻrlik qilish gʻoyalari bilan sugʻorilgan dunyoqarash” sifatida qaraladi. 
“Pedagogik ensiklopedik lugʻat”da esa, insonparvarlik shaxs sifatida inson, uning 
erkin rivojlanishi va oʻz qobiliyatlarini namoyon eta olishini qadriyat sifatida qabul 
qilish ekanligi uqtiriladi.  
Keng maʼnoda insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadriyat deb 
belgilaydigan, uning erkinlik, baxtga boʻlgan huquqi, oʻzining qobiliyatlarini 
namoyon etishi va rivojlantirishi, ijtimoiy institutlarning baholash mezonlarida 
inson ravnaqini hisobga oladigan qarashlarning tarixiy oʻzgaruvchan tizimi, 
insoniylik – odamlar orasida kutiladigan meʼyoriy munosabat.  
Mardlik insonning maʼnaviy xislati boʻlib, or-nomus, vijdon va sadoqat, 
shaxning olijanobligini oʻzida ifoda etadi. Mardlik soʻzi xalqimiz oʻrtasida keng 
isteʼmol etiladigan va millatimiz uchun xos boʻlgan fazilatni ifoda etadigan soʻz 
hisoblanadi. Mardlik soʻzi jasorat, qoʻrqmaslik, botirlik kabi soʻzlar bilan 
maʼnodoshdir. Oʻz nafatida mardlik soʻzi insof tushunchasi bilan ham ugʻunlashib 
ketadi.  
Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʻusi, kishilarga 
munosabatda halollik, toʻgʻrilik, tenglik, sofdillik va haqiqatgoʻylikdir. Mardlik 
nima ekanligini anglagan inson ojizlarni himoya qiladi, kambagʻallarga yordam 
beradi, zabunlarning koʻnglini koʻtaradi.  
Ochiqqoʻllik – inson maʼnafiy qiyofasini belgilovchi muhim xususiyat boʻlib, 
saxiylik, qoʻli ochiqlik, hotamtoylik maʼnolarini anglatadi. Ochiqqoʻllik xalqimiz 
maʼnaviyatidan chuqur oʻrin olgan, milliy mentalitetimizga xos xususiyat sifatida 
qadrlanadi. Ochiqqoʻllik xususiyatiga ega kishilar kam taʼminlangan, koʻp bolali, 
iqtisodiy jihatdan qiynalib qolgan oilalarga savob uchun doimiy yordam koʻrsatib 
keladi. Oʻz navbatida ochiqqoʻllik saxiylik xislati bilan uygʻunlashadi. Saxiylik hech 
kimdan narsasini, yaxshiligini ayamaslik, hotamlikni ifoda etadi. Saxiylik qoʻlidan 
kelgancha insonlarga yaxshilik, muruvvat koʻrsatish xususiyatini oʻzida mujassam
“Odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak maʼnaviy failatlarni rivojlantirishga gʻamxoʻrlik qilish gʻoyalari bilan sugʻorilgan dunyoqarash” sifatida qaraladi. “Pedagogik ensiklopedik lugʻat”da esa, insonparvarlik shaxs sifatida inson, uning erkin rivojlanishi va oʻz qobiliyatlarini namoyon eta olishini qadriyat sifatida qabul qilish ekanligi uqtiriladi. Keng maʼnoda insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadriyat deb belgilaydigan, uning erkinlik, baxtga boʻlgan huquqi, oʻzining qobiliyatlarini namoyon etishi va rivojlantirishi, ijtimoiy institutlarning baholash mezonlarida inson ravnaqini hisobga oladigan qarashlarning tarixiy oʻzgaruvchan tizimi, insoniylik – odamlar orasida kutiladigan meʼyoriy munosabat. Mardlik insonning maʼnaviy xislati boʻlib, or-nomus, vijdon va sadoqat, shaxning olijanobligini oʻzida ifoda etadi. Mardlik soʻzi xalqimiz oʻrtasida keng isteʼmol etiladigan va millatimiz uchun xos boʻlgan fazilatni ifoda etadigan soʻz hisoblanadi. Mardlik soʻzi jasorat, qoʻrqmaslik, botirlik kabi soʻzlar bilan maʼnodoshdir. Oʻz nafatida mardlik soʻzi insof tushunchasi bilan ham ugʻunlashib ketadi. Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʻusi, kishilarga munosabatda halollik, toʻgʻrilik, tenglik, sofdillik va haqiqatgoʻylikdir. Mardlik nima ekanligini anglagan inson ojizlarni himoya qiladi, kambagʻallarga yordam beradi, zabunlarning koʻnglini koʻtaradi. Ochiqqoʻllik – inson maʼnafiy qiyofasini belgilovchi muhim xususiyat boʻlib, saxiylik, qoʻli ochiqlik, hotamtoylik maʼnolarini anglatadi. Ochiqqoʻllik xalqimiz maʼnaviyatidan chuqur oʻrin olgan, milliy mentalitetimizga xos xususiyat sifatida qadrlanadi. Ochiqqoʻllik xususiyatiga ega kishilar kam taʼminlangan, koʻp bolali, iqtisodiy jihatdan qiynalib qolgan oilalarga savob uchun doimiy yordam koʻrsatib keladi. Oʻz navbatida ochiqqoʻllik saxiylik xislati bilan uygʻunlashadi. Saxiylik hech kimdan narsasini, yaxshiligini ayamaslik, hotamlikni ifoda etadi. Saxiylik qoʻlidan kelgancha insonlarga yaxshilik, muruvvat koʻrsatish xususiyatini oʻzida mujassam
 
 
etadigan fazilatdir. Saxiylik qilib nochorlarga yordam qoʻlini uzatgan odam, 
yaxshilik yoʻlida qadr topadi. Saxiylik kishining koʻrki, uning zaynatidir. 
Rahmdillik oʻzgalarga nisbatan mehr-shafqat, mehribonlik, insonparvarlik 
tuygʻusini ifodalovchi tushuncha boʻlib, uning tub mohiyati insonni hurmat qilish, 
qadr-qimmatini bilish hamda ularga mehribonlik koʻrsatishdin iboratdir. Rahmdillik 
oʻzgalarga mehr-shafqat koʻrsatish, amaliy koʻmak berish kabi insoniy fazilatlarda 
namoyon boʻladi. Insondagi rahmdillik va mehribonlik uning maʼnaviy 
goʻzalligidan, nozik tabiat egasi ekanligidan dalolat beradi. Rahmdil inson 
yaxshilikdan kuch olib, el manfaatini koʻzlaydi, oʻzgalarga manfaatini oʻz 
manfaatidan ustun qoʻyadi.  
Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlarini shakllantirish muayyan mezonlarga 
asoslanishni talab etadi. Mazkur mezonlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
 begʻarazlik; 
 ixtiyoriylik; 
 aniqlik; 
 yoʻnaltirilganlik; 
 vaqt bilan bogʻliq; 
 meʼyor bilan bogʻliq. 
Shuningdek, muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari quyidagi tamoyillar 
birligini ham talab etadi: 
1. Oshkoralik. Ushbu tamoyil muruvvat va saxovat ochiq, 
toʻgʻridan toʻgʻri, hech qanday yashirin maqsad bilan amalga 
oshirilmasligi lozimligini iofda etadi. 
2. Halollik. Halollik jamiyatning axloqiy meʼyorlariga ongli 
ravishda va ixtiyoriy amalga qilishga undovchi hodisa boʻlib, inson 
xarakterining mohiyatidan kelib chiqib, insoniylik burchining 
vijdonan va ongli bajarilishini talab etadi. 
3. Qonuniylik. Qonuniylik muruvvat va saxovat koʻrsatish 
maqsadga muvofiqlik, qonun va qonun osti hujjatlari hamda davlat-
jamiyat manfaatlariga mos kelishini taqozo etadi.
etadigan fazilatdir. Saxiylik qilib nochorlarga yordam qoʻlini uzatgan odam, yaxshilik yoʻlida qadr topadi. Saxiylik kishining koʻrki, uning zaynatidir. Rahmdillik oʻzgalarga nisbatan mehr-shafqat, mehribonlik, insonparvarlik tuygʻusini ifodalovchi tushuncha boʻlib, uning tub mohiyati insonni hurmat qilish, qadr-qimmatini bilish hamda ularga mehribonlik koʻrsatishdin iboratdir. Rahmdillik oʻzgalarga mehr-shafqat koʻrsatish, amaliy koʻmak berish kabi insoniy fazilatlarda namoyon boʻladi. Insondagi rahmdillik va mehribonlik uning maʼnaviy goʻzalligidan, nozik tabiat egasi ekanligidan dalolat beradi. Rahmdil inson yaxshilikdan kuch olib, el manfaatini koʻzlaydi, oʻzgalarga manfaatini oʻz manfaatidan ustun qoʻyadi. Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlarini shakllantirish muayyan mezonlarga asoslanishni talab etadi. Mazkur mezonlarga quyidagilarni kiritish mumkin:  begʻarazlik;  ixtiyoriylik;  aniqlik;  yoʻnaltirilganlik;  vaqt bilan bogʻliq;  meʼyor bilan bogʻliq. Shuningdek, muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari quyidagi tamoyillar birligini ham talab etadi: 1. Oshkoralik. Ushbu tamoyil muruvvat va saxovat ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri, hech qanday yashirin maqsad bilan amalga oshirilmasligi lozimligini iofda etadi. 2. Halollik. Halollik jamiyatning axloqiy meʼyorlariga ongli ravishda va ixtiyoriy amalga qilishga undovchi hodisa boʻlib, inson xarakterining mohiyatidan kelib chiqib, insoniylik burchining vijdonan va ongli bajarilishini talab etadi. 3. Qonuniylik. Qonuniylik muruvvat va saxovat koʻrsatish maqsadga muvofiqlik, qonun va qonun osti hujjatlari hamda davlat- jamiyat manfaatlariga mos kelishini taqozo etadi.
 
 
4. Xolislik. Muruvvat va saxovat insonning oʻz xoxish-
irodasi timsoli boʻlib qolishi kerak emas, u umuminsoniy meʼyor va 
talablar ifodasi sifatida namoyon boʻlishi zarur. 
 
Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari maʼlum manbalardan doimiy 
oziqlanib turadi. Ularga tarixiylik, vorislik va zamonaviylik kabilarni kiritish 
mumkin. Chunki oʻtmishda kishilarga mehr-muruvvat koʻrsatish, yaxshilik qilishga 
doir anʼanalar kishini ajdodlariga mos fikr yuritishi, oʻz xatti-harakatlarini 
zamonaviylik bilan uygʻunlashtirishiga imkon beradi. 
2.2. Oʻzbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. “Futuvvat” va 
“javonmardlik” tushunchalarini qanday izohlash mumkin? Bugungi kunda 
axloqning umuminsoniy tushunchalari sifatida eʼtirof etilgan ezgulik va yovuzlik, 
vijdon, muhabbat, burch va qadr-qimmat, hayot mazmuni va baxt tushunchalari eng 
avvalo, Sharq falsafiy-axloqiy taʼlimotida talqin qilib berilgan. Mashhur faylasuf-
axloqshunos olim G.A.Golubevaning fikricha: “Mutaxassislar axloq masalalari 
boʻyicha talqinlar miloddan avvalgi birinchi ming yillik oʻrtalarida bir vaqtda va bir-
biridan mustaqil boʻlgan uch hududda – Qadimgi Xitoy (Konfutsiy), Qadimgi 
Hindiston (Budda) va Qadimgi Yunoniston (yetti donishmand) paydo boʻldi” 
Mazkur fikrga qoʻshilgan holda, unga qisman toʻldirish va oʻzgartirish kiritish 
lozim: “Axloq masalalari boʻyicha talqinlar miloddan avvalgi birinchi ming 
yillikning oʻrtalarida bir vaqtda va bir-biridan mustaqil boʻlgan toʻrt hududda – Oʻrta 
Osiyo (Zardoʻsht), Qadimgi Xitoy (Konfutsiy), Qadimgi Hindiston (Budda) va 
Qadimgi Yunoniston (etti donishmand) paydo boʻldi”. Bunday fikr yuritishga oʻziga 
xos asoslar mavjud. Jumladan, nemis faylasufi Artur Shopengaurning “Koʻpgina 
dinlarga Zardoʻshtiylik asos boʻlgan, masalan, bu dindan Yahudiylik kelib chiqqan: 
Ormuzd – Yaxvega, Axriman – Iblisga aylantirilgan” degan fikrini va Fridrix 
Nitsshening “Mening Zardoʻshtim” kitoblarini yodga olishning oʻzi kifoya. 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Oʻrta 
Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta taʼsir 
etdi, yaʼni insonni birinchi oʻringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi 
“Avesto”ni oʻz erasining oʻziga xos ijtimoiy-qomusiy asari deb hisoblash mumkin.
4. Xolislik. Muruvvat va saxovat insonning oʻz xoxish- irodasi timsoli boʻlib qolishi kerak emas, u umuminsoniy meʼyor va talablar ifodasi sifatida namoyon boʻlishi zarur. Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari maʼlum manbalardan doimiy oziqlanib turadi. Ularga tarixiylik, vorislik va zamonaviylik kabilarni kiritish mumkin. Chunki oʻtmishda kishilarga mehr-muruvvat koʻrsatish, yaxshilik qilishga doir anʼanalar kishini ajdodlariga mos fikr yuritishi, oʻz xatti-harakatlarini zamonaviylik bilan uygʻunlashtirishiga imkon beradi. 2.2. Oʻzbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. “Futuvvat” va “javonmardlik” tushunchalarini qanday izohlash mumkin? Bugungi kunda axloqning umuminsoniy tushunchalari sifatida eʼtirof etilgan ezgulik va yovuzlik, vijdon, muhabbat, burch va qadr-qimmat, hayot mazmuni va baxt tushunchalari eng avvalo, Sharq falsafiy-axloqiy taʼlimotida talqin qilib berilgan. Mashhur faylasuf- axloqshunos olim G.A.Golubevaning fikricha: “Mutaxassislar axloq masalalari boʻyicha talqinlar miloddan avvalgi birinchi ming yillik oʻrtalarida bir vaqtda va bir- biridan mustaqil boʻlgan uch hududda – Qadimgi Xitoy (Konfutsiy), Qadimgi Hindiston (Budda) va Qadimgi Yunoniston (yetti donishmand) paydo boʻldi” Mazkur fikrga qoʻshilgan holda, unga qisman toʻldirish va oʻzgartirish kiritish lozim: “Axloq masalalari boʻyicha talqinlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oʻrtalarida bir vaqtda va bir-biridan mustaqil boʻlgan toʻrt hududda – Oʻrta Osiyo (Zardoʻsht), Qadimgi Xitoy (Konfutsiy), Qadimgi Hindiston (Budda) va Qadimgi Yunoniston (etti donishmand) paydo boʻldi”. Bunday fikr yuritishga oʻziga xos asoslar mavjud. Jumladan, nemis faylasufi Artur Shopengaurning “Koʻpgina dinlarga Zardoʻshtiylik asos boʻlgan, masalan, bu dindan Yahudiylik kelib chiqqan: Ormuzd – Yaxvega, Axriman – Iblisga aylantirilgan” degan fikrini va Fridrix Nitsshening “Mening Zardoʻshtim” kitoblarini yodga olishning oʻzi kifoya. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Oʻrta Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta taʼsir etdi, yaʼni insonni birinchi oʻringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto”ni oʻz erasining oʻziga xos ijtimoiy-qomusiy asari deb hisoblash mumkin.
 
 
Zardushtiylik dinida axloqiy meʼyorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan 
edi. “Avesto”da “Inson yaxshi fikrlarga ega boʻlishi, faqat yaxshi soʻzlar soʻzlashi 
va savobli ishlar qilishi lozim” deb yozilgan. 
Zardushtiylikda axloqiylikning asosi, saxovatlilik belgisi – mehnat deb 
koʻrsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga 
urgʻu beriladi.  
 
“Avesto”da bayon qilingan axloq falsafasiga koʻra, odamzot, tabiat va tirik 
jonzotlar abadiy muqaddaslik himoyasida boʻladi. Bu abadiy muqaddaslik 
quyidagilardir: 
1. Ezgu niyat (Vohu-Mana). 
2. Ezgu haqiqat (Asha-Vaxishta). 
3. Cheksiz muruvvat (Spenta-Armayta). 
4. Xohish moʻtadilligi (Xshatra-Variya). 
5. Ezgu maqsad (Xarvatot). 
6. Abadiylik (Amaretat). 
Bu tushunchalarga amal qilish odamlarning ongida “Yaxshilik qilish – eng 
muhim maqsad” degan qadriyatning tarkib topishiga olib kelgan. Natijada 
oʻzgalarga yaxshilikni kasb qilib olgan “ijtimoiy guruhlar” paydo boʻlgan. Masalan, 
“Avesto”da ana shunday guruhlardan biri sifatida Turon harbiylari koʻrsatiladi. 
Unga koʻra Turon harbiylari ezgulikdan kuch olib, odamlar, tabiat va jonzotlarga 
yaxshilik qilishni kasb qilganlar; yomonlikka qarshi kurashganlar. Harbiy 
kishilarning bunday aqidaga ega boʻlishi Sharq xalqlari, jumladan, Oʻzbekiston 
xalqi hayotida muhtojlarga yaxshilik qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash qadimdan 
axloqiy madaniyat unsuri sifatida qabul qilinganidan dalolat beradi. 
Bunday qarash va amallar odamlarning ongi va qalbiga singib ketdi. Masalan, 
bu holni keyinchalik turkiy xalqlar hayotida yana uchratamiz. Turk hoqonligi 
hayotida bunga misollar koʻp. Bir oʻrinda shahzoda Toʻnyuquq shunday deydi: 
“Kunduzi oʻtirmay yuzimning qonini yoʻqotib, terimni gupillatib mehnat qildim, 
elni tuzatdim va tomogʻini but qilib, tarbiya qildim. Davlat ham, davlat boʻldi, xalq 
ham xalq boʻldi”. Demak, endi yaxshilik qilish gʻoyasi davlat xizmatchilari
Zardushtiylik dinida axloqiy meʼyorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da “Inson yaxshi fikrlarga ega boʻlishi, faqat yaxshi soʻzlar soʻzlashi va savobli ishlar qilishi lozim” deb yozilgan. Zardushtiylikda axloqiylikning asosi, saxovatlilik belgisi – mehnat deb koʻrsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urgʻu beriladi. “Avesto”da bayon qilingan axloq falsafasiga koʻra, odamzot, tabiat va tirik jonzotlar abadiy muqaddaslik himoyasida boʻladi. Bu abadiy muqaddaslik quyidagilardir: 1. Ezgu niyat (Vohu-Mana). 2. Ezgu haqiqat (Asha-Vaxishta). 3. Cheksiz muruvvat (Spenta-Armayta). 4. Xohish moʻtadilligi (Xshatra-Variya). 5. Ezgu maqsad (Xarvatot). 6. Abadiylik (Amaretat). Bu tushunchalarga amal qilish odamlarning ongida “Yaxshilik qilish – eng muhim maqsad” degan qadriyatning tarkib topishiga olib kelgan. Natijada oʻzgalarga yaxshilikni kasb qilib olgan “ijtimoiy guruhlar” paydo boʻlgan. Masalan, “Avesto”da ana shunday guruhlardan biri sifatida Turon harbiylari koʻrsatiladi. Unga koʻra Turon harbiylari ezgulikdan kuch olib, odamlar, tabiat va jonzotlarga yaxshilik qilishni kasb qilganlar; yomonlikka qarshi kurashganlar. Harbiy kishilarning bunday aqidaga ega boʻlishi Sharq xalqlari, jumladan, Oʻzbekiston xalqi hayotida muhtojlarga yaxshilik qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash qadimdan axloqiy madaniyat unsuri sifatida qabul qilinganidan dalolat beradi. Bunday qarash va amallar odamlarning ongi va qalbiga singib ketdi. Masalan, bu holni keyinchalik turkiy xalqlar hayotida yana uchratamiz. Turk hoqonligi hayotida bunga misollar koʻp. Bir oʻrinda shahzoda Toʻnyuquq shunday deydi: “Kunduzi oʻtirmay yuzimning qonini yoʻqotib, terimni gupillatib mehnat qildim, elni tuzatdim va tomogʻini but qilib, tarbiya qildim. Davlat ham, davlat boʻldi, xalq ham xalq boʻldi”. Demak, endi yaxshilik qilish gʻoyasi davlat xizmatchilari
 
 
guruhining bosh maslagiga aylanganiga duch kelamiz. Buning natijasida davlat va 
xalq farovonlikka erishgan. Hatto shahzoda Qul Tegin deydiki: “Butun xalqni 
mamnun qildim, endi yovuz emas”. Demak, yaxshilik qilish qadriyati xalqni moddiy 
jihatdan farovon, maʼnaviy jihatdan ezgu boʻlishga olib keladi. Shahzoda Qultegin 
yana deydi: “Qashshoq xalqni yaxshilab oyoqqa turgʻizib qoʻydim, uni boy qildim 
va oz xalqni koʻpaytirdim. Bu soʻzimning yolgʻoni yoʻq. Ey beklar, ey xalq, buni 
eshiting: turkiy xalqni toʻplab, davlat tuting”. 
 
Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari haqida fikr yuritilganda, uning 
maʼnaviy mazmuniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Muruvvatli va saxovatli boʻlish 
koʻp hollarda real namoyon boʻlsada, lekin bu tuygʻu eng avvalo, kishi ongida, 
qalbida tarkib topishi kerak. Bu borada Budda shunday taʼlim beradi: “Mulk 
tuygʻusi narsalar bilan emas, fikr bilan oʻlchanadi; narsalarga ega boʻla turib, 
mulkdor boʻlmaslik mumkin”. Buning maʼnosi shuki, muruvvatli va saxovatli 
boʻlish uchun mulk egasi boʻlish shart emas. Inson yaxshi soʻzi, fikri va 
xushmuomalasi bilan ham muruvvat va saxovat koʻrsatishi mumkin. Sharq falsafiy-
axloqiy taʼlimotida masalaning aynan mana shu jihatiga diqqat qaratiladi. Natijada 
Sharqda har bir kishi ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar oʻzini olijanob his qiladi. Ana 
shu sababli Budda mazkur masalaga alohida eʼtibor bergan: “Olijanob odamni 
topish mushkul ish, u hamma erda ham tugʻilavermaydi; biroq qayerda shunday 
odamlar boʻlsa, oʻsha yerda baxtiyor avlod yashaydi”. Muruvvat va saxovat ana 
shunday katta kuchga ega. 
 
Ayniqsa, muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlariga ega boʻlish islom dini 
tufayli inson va jamiyat hayotining tarkibiy qismiga aylandi. Paygʻambarimiz 
Muhammad (s.a.v.) eng koʻp targʻib qilgan gʻoya muruvvat va saxovatdir. U kishi 
buyuradi: “Kishining saxovati uning iymonida, odobi – aqlida, qadri esa xulqidadir”. 
Bu nihoyatda muhim fikr. Chunki unda saxovat iymonning tarkibiy qismlaridan biri 
sifatida uqtirilmoqda va saxovat muruvvatdan boshlanishi maʼlum. U holda anglash 
mumkinki, iymonli odamda muruvvat va saxovat tuygʻusi boʻladi. Chunki bunday 
inson Alloh oʻzining yaratganlariga muruvvat va saxovat koʻrsatishini anglaydi va 
iymonli odam bu sifatni oʻzlashtiradi. Shu maʼnoda Rasululloh buyuradiki: “Alloh
guruhining bosh maslagiga aylanganiga duch kelamiz. Buning natijasida davlat va xalq farovonlikka erishgan. Hatto shahzoda Qul Tegin deydiki: “Butun xalqni mamnun qildim, endi yovuz emas”. Demak, yaxshilik qilish qadriyati xalqni moddiy jihatdan farovon, maʼnaviy jihatdan ezgu boʻlishga olib keladi. Shahzoda Qultegin yana deydi: “Qashshoq xalqni yaxshilab oyoqqa turgʻizib qoʻydim, uni boy qildim va oz xalqni koʻpaytirdim. Bu soʻzimning yolgʻoni yoʻq. Ey beklar, ey xalq, buni eshiting: turkiy xalqni toʻplab, davlat tuting”. Muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlari haqida fikr yuritilganda, uning maʼnaviy mazmuniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Muruvvatli va saxovatli boʻlish koʻp hollarda real namoyon boʻlsada, lekin bu tuygʻu eng avvalo, kishi ongida, qalbida tarkib topishi kerak. Bu borada Budda shunday taʼlim beradi: “Mulk tuygʻusi narsalar bilan emas, fikr bilan oʻlchanadi; narsalarga ega boʻla turib, mulkdor boʻlmaslik mumkin”. Buning maʼnosi shuki, muruvvatli va saxovatli boʻlish uchun mulk egasi boʻlish shart emas. Inson yaxshi soʻzi, fikri va xushmuomalasi bilan ham muruvvat va saxovat koʻrsatishi mumkin. Sharq falsafiy- axloqiy taʼlimotida masalaning aynan mana shu jihatiga diqqat qaratiladi. Natijada Sharqda har bir kishi ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar oʻzini olijanob his qiladi. Ana shu sababli Budda mazkur masalaga alohida eʼtibor bergan: “Olijanob odamni topish mushkul ish, u hamma erda ham tugʻilavermaydi; biroq qayerda shunday odamlar boʻlsa, oʻsha yerda baxtiyor avlod yashaydi”. Muruvvat va saxovat ana shunday katta kuchga ega. Ayniqsa, muruvvatlilik va saxovatlilik fazilatlariga ega boʻlish islom dini tufayli inson va jamiyat hayotining tarkibiy qismiga aylandi. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) eng koʻp targʻib qilgan gʻoya muruvvat va saxovatdir. U kishi buyuradi: “Kishining saxovati uning iymonida, odobi – aqlida, qadri esa xulqidadir”. Bu nihoyatda muhim fikr. Chunki unda saxovat iymonning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uqtirilmoqda va saxovat muruvvatdan boshlanishi maʼlum. U holda anglash mumkinki, iymonli odamda muruvvat va saxovat tuygʻusi boʻladi. Chunki bunday inson Alloh oʻzining yaratganlariga muruvvat va saxovat koʻrsatishini anglaydi va iymonli odam bu sifatni oʻzlashtiradi. Shu maʼnoda Rasululloh buyuradiki: “Alloh
 
 
taolo ikki xulqni yaxshi koʻrib, ikki xulqdan nafratlanadi. U yaxshi koʻradigan ikki 
xulqi saxiylik va kechirimlilik boʻlib, nafratlanadigan ikki xulq esa, xasislik va 
badfeʼllikdir. Agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni istasa, uni odamlarni 
hojatini chiqarishga safarbar etur”. Mazkur fikrdan yana anglash mumkinki, 
muruvvat va saxovat kishining oʻziga yaxshilikni keltiruvchi omildir. Rasululohning 
ushbu fikri odamlarda muruvvatlilik va saxovatlilikning joʻsh urushiga olib keladi. 
Hatto X asrga kelib bu tamoyilni maslak sifatida qabul qilgan futuvvat harakati 
tarkib topdi va bu harakat musulmon olamida qadriyat darajasiga koʻtarilgani 
maʼlum. 
 
Professor N.Komilovning qayd etishicha, “Futuvvat–mardlik tariqati, 
muruvvat va mehribonlik koʻrsatish, fidoyilik va fidokorlik ilmidir. Javonmard 
odamning (futuvvat ahlining) soʻzi ham, ishi ham, niyati va fikrlari ham pok boʻlgan. 
Ular xalqimiz axloqini tarbiyalashga katta xizmat qildilar”. 
 
Futuvvatchilar muhtojlarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatishni bosh 
maqsad sifatida qabul qilib, muruvvat va saxovat madaniyatini qadriyat darajasiga 
koʻtarganlar. Bu borada Yusuf Xos Xojib quyidagicha fikr yuritadi: 
Aqillik ul ermas ulasa kumush 
Aqi janin xalqqa qilur ulush 
Aqitsa aki er budunka tavar 
Aka yigʻlu turur anglar xalq evar 
(Axiylik, yaʼni futuvvat – bu boylik ulashish emas, 
Futuvvat – bu xalqqa jonni berishdir. 
Xalqqa boylik oqizar saxiy odam, 
Shu sababli odamlar unga intiladi). 
Demak, futuvvat ahli xalqqa nafaqat boylik ulashadi, balki kerak boʻlsa jonini 
ham beradi. Mutafakkir bu bilan futuvvatchilarning muruvvatu saxovatli tengsiz 
kishilar boʻlganligidan xabar beradi. Chunki oʻzgalar uchun jonni fido qilish 
muruvvat va saxovat koʻrsatishning oliy koʻrinishidir. 
Donishmand Unsurulmaoliy Kaykovus futuvvatchilarning dunyoqarashi, 
axloqi va faoliyatini yanada kengroq sharhlab beradi. U deydi: “Futuvvatning asli
taolo ikki xulqni yaxshi koʻrib, ikki xulqdan nafratlanadi. U yaxshi koʻradigan ikki xulqi saxiylik va kechirimlilik boʻlib, nafratlanadigan ikki xulq esa, xasislik va badfeʼllikdir. Agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni istasa, uni odamlarni hojatini chiqarishga safarbar etur”. Mazkur fikrdan yana anglash mumkinki, muruvvat va saxovat kishining oʻziga yaxshilikni keltiruvchi omildir. Rasululohning ushbu fikri odamlarda muruvvatlilik va saxovatlilikning joʻsh urushiga olib keladi. Hatto X asrga kelib bu tamoyilni maslak sifatida qabul qilgan futuvvat harakati tarkib topdi va bu harakat musulmon olamida qadriyat darajasiga koʻtarilgani maʼlum. Professor N.Komilovning qayd etishicha, “Futuvvat–mardlik tariqati, muruvvat va mehribonlik koʻrsatish, fidoyilik va fidokorlik ilmidir. Javonmard odamning (futuvvat ahlining) soʻzi ham, ishi ham, niyati va fikrlari ham pok boʻlgan. Ular xalqimiz axloqini tarbiyalashga katta xizmat qildilar”. Futuvvatchilar muhtojlarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatishni bosh maqsad sifatida qabul qilib, muruvvat va saxovat madaniyatini qadriyat darajasiga koʻtarganlar. Bu borada Yusuf Xos Xojib quyidagicha fikr yuritadi: Aqillik ul ermas ulasa kumush Aqi janin xalqqa qilur ulush Aqitsa aki er budunka tavar Aka yigʻlu turur anglar xalq evar (Axiylik, yaʼni futuvvat – bu boylik ulashish emas, Futuvvat – bu xalqqa jonni berishdir. Xalqqa boylik oqizar saxiy odam, Shu sababli odamlar unga intiladi). Demak, futuvvat ahli xalqqa nafaqat boylik ulashadi, balki kerak boʻlsa jonini ham beradi. Mutafakkir bu bilan futuvvatchilarning muruvvatu saxovatli tengsiz kishilar boʻlganligidan xabar beradi. Chunki oʻzgalar uchun jonni fido qilish muruvvat va saxovat koʻrsatishning oliy koʻrinishidir. Donishmand Unsurulmaoliy Kaykovus futuvvatchilarning dunyoqarashi, axloqi va faoliyatini yanada kengroq sharhlab beradi. U deydi: “Futuvvatning asli