O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING IJTIMOIY, G‘OYAVIY ASOSLARI
Yuklangan vaqt
2024-10-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
33,4 KB
1
O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING
IJTIMOIY, G‘OYAVIY ASOSLARI
1.Korrupsiya shakllanishining sabablari.
2.Korrupsiyaning shakllari.
3.Dunyo va O‘zbekistonda korrupsiyanibartarafetishmexanizmlari.
Tayanch tushunchalar: huquqiy davlat, qonun ustuvorligi, korrupsiya,
jinoyatchilik, xalqaro hujjatlar, fuqarolik jamiyati institutlari.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa
huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga
jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash
bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur.
SH.Mirziyoev
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr –
“Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng
nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash
konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish,
byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish
kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi.
Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu
jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va
huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi,
bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar
2
xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar
ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik,
badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.
Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib,
kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta
to‘siq hisoblanadi”.
“Korrupsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi (lotin tilidan olingan) Sindirmoq,
zarar yetkazmoq, buzmoq, bekor qilmoq. Rim huquqiga ko‘ra, yagona predmet
bo‘yicha majburiyat munosabatlari tomonlaridan biridagi bir necha ishtirokchilar
tushuniladi. Hozirgi kunda “korrupsiya” lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib
olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya albatta bugun
paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi
yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va
boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor
shaxs-larni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.” G‘arb
mutafakkirlaridan biri Sharl Mon-teskye korrupsiyani quyidagicha talqin etgan.
“Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qan-day hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs,
uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’-lum bir maqsadga erishmaguncha
shu yo‘nalishda yuradi.” Korrupsion qilmishlarga oid munosabat Vatanimiz tarixida
ham ancha qadimdan mavjud. Xususan, buyuk bobomiz Amir Temurning “Temur
tuzuklarida” ham amaldorlar xalqdan o‘lpon(soliq) yig‘ishda ham, “Ipak yo‘li” dan
o‘tayotgan savdogarlar karvonlaridan olinadigan yig‘imlarni olishda adoltli va insof
bilan yondoshishlari bel-gilab qo‘yilgan. O‘z davrining mutafakkirlari bo‘lmish
A.Navoiy, Mirzo Ul-ug‘bek, Ahmad Donishlarning asarlarida ham amaldorlar
tomonidan oddiy xalqni ishonchini suistemol qilish holatlari qattiq tanqid ostiga
olingan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov mazkur turdagi jinoyatni
shunday: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu korrupsiya va poraxo‘rlik.
Bu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan
maqsadlarga
erishishga
bevosita
tahdid
tug‘diradi”
deb
ta’riflab,
bu
jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edi. Davlatimiz
3
rahbari Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlis palatalrining qo‘shma majlisidagi “Erkin va
farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz ”mavzusidagi ma’ruzasida: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni
so-dir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l
qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini
amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” deb ta’kidladi.
BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995): Korrupsiya – shaxsiy
manfaatlar yo‘lida foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish.
Korrupsiya - barcha davlatlar uchun xarakterli hodisa. Kорруцияга қарши
кураш бўйича халқаро ҳуқуқ манбалари:
Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida Amerika davlatlari konvensiyasi
(1996)
Jinoyatchilikka qarshi kurashda MDHga a’zo davlatlarning hamkorligi
to‘g‘risida bitim (1998
Коррупция учун жиноий жавобгарлик тўғрисида конвенция
(Европа Кенгаши, 1999)
Коррупция учун жиноий жавобгарлик тўғрисида конвенция
(Африка Иттифоқи, 2003)
Коррупцияга қарши кураш бўйича БМТ конвенцияси (2003)
Коррупцияга қарши кураш бўйича БМТ конвенцияси(БМТ Бош
Ассамблеяси, 58/4-сонли қарор, 2003 йил 31 октябрь)
Преамбула 8 та боб, 71 та моддадан иборат. Преамбула (фр. preambue –
сўз боши, муқаддима) – ҳуқуқий ҳужжатлар, декларация, конвенция ва бошқа
халқаро шартномаларни тайёрлашда сўзбоши сифатида асосий мақсадни
белгилаш қисми. Конвенция 2005 йилнинг 14 декабрида кучга кирган. Уни
158 та давлат ратификация қилган.
БМТ Бош котиблари коррупция ҳақида: Кофи Аннан “Коррупция – бу
жамиятни турли йўллар билан исканжага оладиган даҳшатли иллатдир.”
Антони гутеррриш “Коррупция – бу ижтимоий тараққиётни издан чиқарувчи,
4
тенгсизлик ва адолатсизликни юзага келтирувчи, барча мамлакатни бузувчи
касалликдир.”
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul
qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan
2017 yil 3 yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan
iborat. Ushbu qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy
prinsiplari, ya’ni:
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikningmuqarrarligi.
Qonunning
5-moddada
esa
korrupsiyagaqarshikurashishsohasidagidavlatsiyosatiningasosiyyo‘nalishlari
berilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlatvajamiyathayotiningbarchasohalaridakorrupsiyaningoldiniolishgadoirchora-
tadbirlarniamalgaoshirish;
korrupsiyagaoidhuquqbuzarliklarnio‘zvaqtidaaniqlash,
ulargachekqo‘yish,
ularningoqibatlarini, ulargaimkonberuvchisabablarvashart-sharoitlarnibartarafetish,
korrupsiyagaoidhuquqbuzarliklarnisodiretganlikuchunjavobgarlikningmuqarrarligi
prinsipinita’minlash.
5
BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga a’zo davlat sifatida
mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini
bajarish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ta’kidlash
joizki, so‘ngi yillarda bu borada milliy qonunchiligimizda mukammal huquqiy baza
shakllantirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat
organlari
Porkuratura,
Milliy
xavfsizlik
xizmati,
Adliya,
Ichki
ishlar,
SVOJJDLQKD, Dalvt bojxona xizmati hamda OAVlari va fuqarolik institutlari
o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash bu boradagi asosiy vazifalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor
shaxslarning
o‘z
zimmasiga
yuklatilgan
vazifalarni
bajarishi
yuzasidan
mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi
kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
Qonun asosida davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning joriy yil 2 fevraldagi
«Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul
qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga
qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va
korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar
belgilanganligi alohida qayd etildi.
6
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan
Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Davlat dasturi 51 banddan iborat chora-tadbirlarni qamrab olgan. Unda
korrupsiyaga bevosita yoki bilvosita qarshi qaratilgan, uning tizimli sabablari va
sharoitlarini oldini olishga yo‘naltirilgan 10 qonun, qator qonunosti hujjatlari, chora-
tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, turkum targ‘ibot
tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir
chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z
vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi
sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion
huquqbuzarlik”, va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Qonun hujjatida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari
sifatida:
- qonuniylik;
- fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
- ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik;
- davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi;
- korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha
choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika
idoralararo komissiyasi tomonidan “Korrupsiyasiz ta’lim” deb nomlangan rangli,
o‘quv ko‘rgazma nashr etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalariga
7
etkazildi. Jumladan, bizning viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
ham mazkur ko‘rgazma bilan ta’minlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- yosh avlodning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish,
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish
bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
- korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari va
keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar
sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etishdan iboratdir.
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy
ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16-, 17-, 18-moddalarida o‘z ifodasini
topgan. Ta’kidlash joizki, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan,
huquqiy ta’lim va tarbiya jihatidan etuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
Bas, shunday ekan, o‘zimizga xulosa qilishimiz, farzandlarimizni halollik,
poklik kabi eng yuksak ideallar ruhida tarbiyalashimiz, korrupsiyaning har qanday
ko‘rinishini bartaraf etish uchun birgalikda kurashishimiz bugunning eng dolzarb
vazifasidir.
KORRUPSIYA – jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi uchun ulkan
tahdiddir. Korrupsiya internatsional jinoyat bo‘lib, har bir mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid, jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini
emiruvchi jinoiy-illatdir. Xalqning davlat boshqaruv idoralariga ishonchini
so‘ndiradigan, azaliy ezgu maqsadlar bilan yo‘g‘rilgan islohotlar g‘oyasini
obro‘sizlantiruvchi, qolaversa jamiyat va davlat o‘rtasidagi uzviy aloqani butkul
uzib qo‘yuvchi qora kuchdir.
Davlatimiz
tomonidan
Korrupsiyaga
qarshi
kurash
bo‘yicha
ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2008 yilda BMTning 2003 yil
13 oktyabrdagi «Korrupsiyaga qarshi» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va
ushbu konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun
qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. SHuningdek, 2010 yil mart oyida
8
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida Korrupsiyaga qarshi
kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shildik. Bundan tashqari,
so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda),
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi,
«Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi,
«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki
ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularningbari tom
ma’nodadavlatimiztinchliginivaxalqfarovonligininghuquqiygarovidir.
2017
yil
4
yanvarkuniPrezidentimizSH.Mirziyoevtashabbusibilanqabulqilingan
“Korrupsiyagaqarshikurashishto‘g‘risida”giQonunkengjamoatchiliktomonidankatt
aquvonchbilankutibolindi.
Sababi,
bundanoldinaynanKorrupsiyavaungaqarshikurashsohasidagiamaliychora-
tadbirlarmazmun-
mohiyatinitubdanyoritibberuvchivadavlatorganlariningumumiyholatdavazifavamaj
buriyatlariniuzviyholatdabelgilovchinormativ-xuquqiyhujjatmavjudemasedi.
Qonunijtimoiy-adolatruhidatuzilganbo‘lib,
islohotlarsamaradorligivanatijadorligigasalbiyta’sirko‘rsatayotganomillarnio‘rgani
b,
xalqaroamaliyotbilantaqqoslashvauniodamlarimiz,
ayniqsa,
joylardagitadbirkorlar,
jamoatchiliktashkilotlaribilankengmuhokamaqilishasosidaishlabchiqildi.
SHuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha huquqni
muhofaza qiluvchi idoralar, davlat hokimiyat iorganlari qolaversa har bir fuqaro
mas’ul ekanliginichuqurizohlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan.
Oliy Majlis Senati tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan.
Prezident tomonidan:2017 yil 3 yanvarda imzolangan. № O‘RQ – 419.
9
Matbuotda 2017 yil 4 yanvarda e’lon qilingan.
3-modda. Asosiytushunchalar
UshbuQonundaquyidagiasosiytushunchalarqo‘llaniladi:
korrupsiya —
shaxsningo‘zmansabyokixizmatmavqeidanshaxsiymanfaatlariniyoxudo‘zgashaxsla
rningmanfaatlariniko‘zlabmoddiyyokinomoddiynafolishmaqsadidaqonungaxilofra
vishdafoydalanishi,
xuddishuningdekbundaynafniqonungaxilofravishdataqdimetish;
korrupsiyagaoidhuquqbuzarlik —
korrupsiyaalomatlarigaegabo‘lgan,
sodiretilganligiuchunqonunhujjatlaridajavobgarliknazardatutilganqilmish;
manfaatlarto‘qnashuvi —
shaxsiy
(bevositayokibilvosita)
manfaatdorlikshaxsningmansabyokixizmatmajburiyatlarinilozimdarajadabajarishig
ata’sirko‘rsatayotganyoxudta’sirko‘rsatishimumkinbo‘lganhamdashaxsiymanfaatd
orlikbilanfuqarolarning,
tashkilotlarning,
jamiyatningyokidavlatninghuquqlarivaqonuniymanfaatlario‘rtasidaqarama-
qarshilikyuzagakelayotganyokiyuzagakelishimumkinbo‘lganvaziyat.
7-modda.
Korrupsiyagaqarshikurashishbo‘yichafaoliyatniamalgaoshiruvchidavlatorganlari
Korrupsiyagaqarshikurashishbo‘yichafaoliyatnibevositaamalgaoshiruvchidavlatorg
anlariquyidagilardaniborat:
O‘zbekistonRespublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekistonRespublikasiMilliyxavfsizlikxizmati;
O‘zbekistonRespublikasiIchkiishlarvazirligi;
O‘zbekistonRespublikasiAdliyavazirligi;
O‘zbekistonRespublikasi
Bosh
prokuraturasihuzuridagiSoliq,
valyutagaoidjinoyatlargavajinoiydaromadlarnilegallashtirishgaqarshikurashishdepa
rtamenti.
Korrupsiyagaqarshikurashishbo‘yichafaoliyatniqonunhujjatlarigamuvofiqboshqada
vlatorganlari ham amalgaoshiradi.
10
18-modda. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
huquqiy ta’lim va tarbiya
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy
ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan
holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy
tayyorlashning
sifatini
oshirishga,
ta’lim
dasturlarini
doimiy
ravishda
takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
14-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat
tashkilotlarining va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi
Fuqarolarning
o‘zini
o‘zi
boshqarish
organlari,
nodavlatnotijorattashkilotlarivafuqarolar;
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni
ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;
Korrupsiyagaqarshikurashishto‘g‘risidagiqonunhujjatlariningijroetilishiustidanjam
oatchiliknazoratiniamalgaoshirishi;
21-modda.Manfaatlar
to‘qnashuviningoldiniolishvaunibartarafetishgadoirchora-tadbirlar
Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish
chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan
shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining
xodimlari o‘zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar
to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning
oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
11
Davlat organlarining maxsus bo‘linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar
to‘qnashuvini hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga
oshiradi.
Davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf
etish talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi
Ahamiyatli tomoni, Qonun barcha davlat organlari va jamoat birlashmalari
o‘zaro bahamjihatlikda faoliyat yuritishi lozimligini, shaxslarni birlashtirish, o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining
davlat idoralari bilan birgalikda ish olib borishi va huquqiy targ‘ibot samaradorligini
kuchaytirishni taqazo etmoqda. CHunki faqat kuchli fuqarolik jamiyati barpo qilib
va astoydil kurashibgina korrupsiyaning oldini olishga erishishimiz mumkinligi
yana bir karra eslatildi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish Qonunda alohida bob bilan
belgilandi va mazkur illatga qarshi kurashish sohasida faqat ayrim davlat idoralari
emas, balki har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi va o‘zini bu borada mas’ul
ekanini his etib harakat qilishi darkorligi ko‘zda tutildi. Binobarin fuqarolar o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning
korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi tartibga solingan. Unga ko‘ra, o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish
hamda amalga oshirishda ishtirok etadi, aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini
yuksaltirishda,
jamiyatda
korrupsiyaga
nisbatan
murosasiz
munosabatni shakllantirishda qatnashadi. SHuningdek, ular bu borada jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi hamda davlat organlari va
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda huquqiy
savodxonlik, odamlarni halol mehnat qilishga undash, yoshlarda o‘z bilimi, kuch-
g‘ayrati va ijodiy qobiliyati bilan yuksak marralarga erishish hissini tarbiyalash,
12
barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarida,
fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik madaniyatini shakllantirishning
ahamiyati juda katta. Shu jihatdan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning
qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy
tizim salohiyatini yuksaltirib eng muhimi, xalqimizning davlatga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlaydi.
Nazorat ishi:
1.Korrupsiya shakllanishining sabablari,
2.Korrupsiyaning shakllari.
3.Dunyo va O‘zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari.