O‘ZBEKISTONNI TURISTIK RAYONLASHTIRISH XUSUSIYATLARI.
Reja:
1.
Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish.
2.
Turistik rayonlashtirishda ijtimoiy, iqtisodiy, geografik va ekologik jihatlarga
e’tibor qaratilishi.
3.
Mintaqaviy turistik rayonlashtirishning tajribasi. O‘zbekistonda turistik
rayonlashtirishda yondashuvlar.
4.
O‘zbekistonning turistik rayonlari – Toshkent turistik rayoni, Farg‘ona turistik
rayoni, Mirzacho‘l tursitik rayoni, Samarqand turistik rayoni, Buxoro-Qizilqum
turistik rayoni Janubiy turistik rayon.
5.
Qo‘yi Amudaryo turistik rayoni.
6.
Turistik rayonlardagi turistik resurslar salohiyati.
1.1 Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida
rayonlashtirish.
Turistik rayonlashtirish sohaviy yoki tarmoq rayonlashtirish turkumiga kiradi.
Bunday rayonlashtirishda hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv asos
qilib olinadi. Turistik rayonni shakllantiruvchi omillar sifatida tabiat landshaftlari,
ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy – tarixiy obyektlar va turistik infrastruktura xizmat
qiladi (A.S.Soliyev, M.R.Usmonov, Turizm geografiyasi. 2005).
O’zbekistonda turistik rayonlashtirish mutaxasislar tomonidan keyingi yillarda
amalga oshirilmoqda. Bu borada ham turli qarashlar mavjud. Masalan,
M.R.Usmonov o’zining tadqiqotlarida mamlakatimizda 6ta turistik rayonni ajratgan
(Toshkent, Mirzacho’l, Farg’ona, Zarafshon, Janubiy, Qo’yi Amudaryo turistik
rayonlari). A.N.Norchayev esa o’z tadqiqotlarida 7ta turistik rayonni ajratgan
(Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg’ona, Jizzax - Sirdaryo, Qashqadaryo
- Surxondaryo turistik rayonlari). Biz yuqoridagi medologik asoslarga ko’ra
mamlakatimizni quyidagicha rayonlashtirishni taklif qildik:
1. Toshkent turistik rayoni (Toshkent viloyati);
2. Farg’ona turistik rayoni (Farg’ona, Namangan,Andijon viloyatlari);
3. Mirzacho’l turistik rayoni (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari);
4. Samarqand turistik rayoni (Samarqand viloyati);
5. Buxoro – Qizilqum turistik rayoni (Buxoro, Navoiy viloyatlari);
6. Janubiy turistik rayoni (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari);
7. Quyi Amudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi).
12.4 O‘zbekistonning turistik rayonlari – Toshkent turistik rayoni, Farg‘ona
turistik rayoni, Mirzacho‘l tursitik rayoni, Samarqand turistik rayoni,
Buxoro-Qizilqum turistik rayoni Janubiy turistik rayon.
Toshkent turistik rayoni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat
mintaqa hisoblanadi. Toshkent shahri – Markaziy Osiyoning eng yirik shahri –
O’zbekistonning Respublikasi poytaxtidir. Toshkent qadimiy shaharlardan
hisoblanib, u haqidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi II asrdagi Xitoy
solnomalarida uchraydi.
Farg’ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat (Farg’ona,
Andijon, Namangan), eng so’lim, tabiati go’zal maskandir. Rayon o’zoq tarixga ega
hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham ahamiyatini yuqotmagan.
Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo’qon shahrida bir qancha arxitektura
yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo’qonning oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi,
Modarixon maqbarasi shular jumlasidandir.
Mirzacho’l turistik rayoni o’zining tabiiy rekreasiya resurslari, o’ziga xos
landshaft zonalari va qadimiy manzilgohlari bilan mashhur. Jizzax viloyatining
Morguzar va Turkiston tog’ tizmalaridagi tabiiy va rekreasiya maskanlari, Sangzor
daryosi havzasining landshaft zonalari ushbu rayonning turizm imkoniyatlarini
oshiradi. Undan tashqari Zomin va Baxmal tog’ va tog’oldi mintaqalari aziz
qadamjolar hamda dam olish maskanlariga boy hisoblanadi.
Samarqand turistik rayoni mamlakatimizning asosiy turizm markazidir.
Turistik rayon ma’muriy jihatdan Samarqand viloyatidan iborat bo’lib,
respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik jihatdan qulay mintaqada joylashgan.
Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni
uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi
ham turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi.
Buxoro - Qizilqum turistik rayoni respublikamizning asosiy turizm
markazlaridan hisoblanadi. Bu rayonga Buxoro va Navoiy viloyatlari kiradi. Turistik
resurslarga eng boy shahar bu Buxoro shahridir. Shahar o’zining 170 tadan ortiq
bebaho, takrorlanmas tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan jahonga mashhur.
Hozirgi kunda shaharning umumiy maydoni 710 gektardan ortiq bo’lib borgan sari
go’zallashib bormoqda va sayyohlar oqimining ko’payishiga imkoniyat keng
ochilmoqda.
Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo
viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik
markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli
ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.
Qo’yi Amudaryo turistik rayoni .O’zbekiston Respublikasining eng g’arbiy
qismida, ma’muriy jihatdan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan
iborat. U o’zining madaniy – tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari,
hunarmandchiligi va san’atining o’ziga xosligi, hamda tabiiy – rekreasiya resurslari
bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Albatta bu turistik rayonning o’zagini
Xorazm vohasi tashkil etadi. Bu voha o’zining qadimiy madaniyati, ilmu – fan va
san’ati bilan mashhurdir.
12.5 Turistik rayonlardagi turistik resurslar salohiyati.
O’zbekiston
turistik
rayonlardagi
turistik
resurslar
salohiyati
keng
imkoniyatlarga ega. Turizmni bu sohasini rivojlantirish uchun rayonlashtirishni
amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Ekologik turizm nuqtai nazardan ekoturistik
rayonlashtirish – ma’lum bir hududni uning ekoturistik holati, imkoniyati va kelajak
istiqbollariga ko’ra ajratishdir.
Ekoturistik rayonlashtirishning ilmiy asosi sifatida qo’yidagi geoekologik
tasnifiy belgilar olindi:
- har bir tabiiy geografik kompleks qaytarilmas ekoturistik imkoniyatlarga, ya’ni
regionallik xususiyatlariga ega;
- ekoturistik obyekt chegarasi doimo ham ma’muriy chegara to’g’ri
kelavermaydi, ya’ni tabiiy geografik kompleks ta’sir doirasida turadi va shuning
uchun ham undan kompleks foydalanish imkoniyati ochib berilishi lozim.
Tabiatga uyushtirilgan sayyohlik mohiyatida tabiatni muhofaza qilish,
turistlarning ekologik ongi va madaniyatini ko’tarish, buzilgan tabiat
komplekslarini qayta tiklash masalalari turishi lozim;
- ekoturistik rayonlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish va uning
jozibadorligini namoyon etish uchun ekoturstik marshurutlar, tarixiy, tabiiy,
ma’naviy-ma’rifiy, diniy kabi turistik sayohatlar bilan birga olib borish
imkoniyatlarini hisobga olish, ekoturistlarni milliy g’oya ruhida tarbiyalash
imkoniyatini yuzaga chiqarish va h.k.
Yuqorida aytib o’tilgan ilmiy prinsip va asoslarga binoan A.Nig’matov va
N.Shomuratovalar O’zbekiston hududini 14 ta ekoturistik rayonga ajratgan..
Ustyurt ekoturistik rayoni. Ustyurt - O’zbekistonning shimoliy-g’arbi –
Qoraqalpog’istonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan yassi tekislik).
Uning maydoni juda katta (200 ming km2 ), yo’llari asfaltsiz, o’nqir-cho’nqir
yo’llardan iborat bo’lgani uchun ham ekoturistik marshurutlar “djip ” rusumdagi
mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda olib borilgani maqul. Ustyurtning
sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan ekoturistik obyektlariga :
- “chink”- dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlar bilan
o’ralgan plato, doimiy oqar suvlarga ega bo’lmagan, lekin yer osti suvlariga ega
supasimon tekisligi;
- davolash xususiyatiga ega bo’lgan juda katta (1000 km2) tuzli Borsakelmas
sho’rxoki. Unda o’simlik dunyosi deyarli yo’q. Osh tuzi va balchiqli tuzning
qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi ochilgan Qo’ng’irot soda zavodi aynan
Borsakelmas tuzlari hisobiga qurilgan ;
- neolit davridan qolgan “ustyurt makoni”. Unda 60 yaqin qadimiy odamlar
yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy ham
ekoturistik ahamiyatga moyili “Tempa” makoni bo’lib, undan arxeolog S.P.
Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspedisiyasi 1300 dan ortiq chaqmoqtosh
qurollari topilgan.
Orol va Orolbo’yi rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo’lgani uchun
ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik obyekt bo’lib
hisoblanadi. Ekoturistik marshurutlar bir paytning o’zida ham Orolning qurilgan,
ham uning ta’sirida turgan Orol atrofi hududlarini qamrab olishi zarur. Ekoturlar
nafaqat trekking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertalyotlar orqali
ham amalga oshirish lozim. Zero u masofadan turib katta va tekis maydonni
yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoliy
g’arbiy qismida joylashgan va kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas
oroli insonlarni atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik
obyektdir. Unda Qozog’iston Respublikasi Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil qilgan.
Amudaryo rayoni. Amudaryoning o’zaniga yaqin har ikkala sohillarida
to’qayzorlar mavjud bo’lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft
ko’rinishlardan bo’lib hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o’ng sohilida to’qay
langshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto’qay
qo’riqxonasi tashkil etilgan. Unga ma’rifiy-ma’naviy maqsadda tashrif buyurishni
uyushtirish mumkin. Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil
etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g’arbiy qismida, Amudaryoning o’ng
qirg’og’ida, kembriy va kembriygacha burmalangan tog’ jinslari ochilmalaridan
iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog’lariga ekoturlar uyushtirish mumkin.
Amudaryo rayonida O’zbekistonning ko’hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan.
Xorazmdagi arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi.
Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish tavsiya etiladi.
Qizilqum rayoni cheksiz qumliklardan iborat bo’lsada, lekin boy o’simlik va
hayvonot olamiga ega. Bu yerda eolrelef shakllari – qum marzalari, do’ng qumliklar
faqatgina shu yerga xos bo’lgan go’zal tabiat manzaralariga ega. U “sahro kemasi”
— tuyalarda ekuskursiyalar uyushtirish ekzotik turizmni eslatadi. 1971 yilda tashkil
etilgan va 10.3 mingga maydonda joylashgan Qizilqum davlat qo’riqxonasida
to’qay va cho’l landshafiga xos bulgan o’simlik va xayvonlarni muhofaza etadi.
Ekoturistik obyektlardan biri bulgan qo’riqxonada buxoro bo’g’usi (xongul),
tung’iz, qirgovul, echkemar, jayron, qum charxiloni, turkiston kobrasini va xattoki,
Prajivalskiy otlari saqlanadi. Ko’rkam tabiat o’rtasidagi ovullarda mehmon bo’lib,
yulduzli osmon ostida kechani o’tkazish sayyohlarga zavq bag’ishlaydi. Kizilqumda
bahor oylarida kishilarga estetik zavq berib, xordiq chiqaradigan chiroyli gulli
o’simliklar – lola, chuchmoma, eremurus, lolaqizg’aldoq, boychechak kabilar
o’zgacha go’zallik kasb etadi. Qizilqum rayoni yilning barcha fasllarida ajoyibdir.
Tuyalar karvoni esa unga yanayam ekzotik tus beradi, hamda uni jozibadorligini
ortiradi.
Nurota rayoni o’zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura
yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni
17,8 ming ga bo’lgan Nurota tog’ yong’oqzor - meva qo’riqxonasi mavjud. Bu
qo’riqxonaga "Ekosan" qoshidagi "Ekosantur" firmasi tomonidan ko’plab
marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog’ning janubiy yon bag’rida joylashgan shamol
tasirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang toshli «Samjigumon», «Koriz qoldiqlari»
kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning mo’him obyektlaridan bo’lib hisoblanadi.
Nurota tog’ oldida joylashgan "Chashma bo’log’i" ko’p asrlardan buyon Nurota
shahri va uning atrofidagi qishloqlarni suv bilan taminlash bilan bir qatorda diniy
ziyoratgohdir. Buloq yakinida "Chilistun" masjidi, Madrasa, Abul Xasan Nuriy
maqbarasi va qalasi joylashgan Chashmadagi baliqlar ilohiy hisoblanadi. Baliqdan
taralayotan nur inson nigohini lol qoldiradi.
Qoratog’ tizmasiniig janubiy yon bag’rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda
avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni
163 m2 keladigan "Maydon karst g’ori", Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130
m, absolyut balandligi 1100 m. maydoni 70 m2 keladigan «Xonaixudo karst g’or»da
speleoturizmni rivojlantirish mumnin. Bulardan tashkari, XI asrda bunyod etilgan va
XVIII asr boshlarigacha turgan "Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning tuxtash
joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo’lgan. Rabot Malik yonida
ming yillik tarixga ega bo’lan madaniyat yodgorligi - sardoba uchraydi. Yer ichiga
12 m. botirilan sardobada butun yoz buyi muzdek va toza suv saqlangan.
Zarafshon rayonida Zarafshon daryolari qayirlarida joylashgan tuqay
landshafti, undagi o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun
tashkillashtrilgan "Zarafshon qo’rikxonasi" mavjud. Buxoro viloyatinint Shofrikon
o’rmon xujaligi x,ududida joylashgan qum cho’l landshafti, u yerdagi o’simliklar va
hayvonlar hamda tarixiy yodgorlik (Vardanza shaxar xarobalari) davlatning alohida
etibori bilan qo’rikdanadi. "Vardanza qo’riqxonasi", "To’dakul flora va faunasini
boyitish
buyurtmaxonasi",
Qoravulbozor
xo’jaligida
joylashgan
"Jayron-
ekomarkazi", suv va botqoqqa moslashgan qushlarni kupaytiruvchi "Dengizkul
buyurtmaxonasi", Zarafshon tog’ tizimlaridagi Omonquton va Temurlang karst
g’orlari kabilar. Zarafshon ekoturistik rayonda O’zbekistonning qadimgi shaharlari
Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy
arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga
muvofikdir.
Aydarko’l
rayonidagi
ko’llar
tizimining
paydo
bo’lishi
bevosita
Mirzacho’lning o’zlashtirilishi bilan bog’likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj
suvlarining Aydarko’l botig’i tomon harakatlanishi natijasida botikdagi Tuzkon
ko’lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko’l ko’llarining paydo bo’lishiga olib
keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o’zgarishlar Chordara suv omboridagi (1969)
ortikcha suvlarning tashlanishi bilan bog’liq. Bu suvlarning to’planishi natijasida
Arnasoy ko’llari birlashib yagona Aydarko’llar tizimini va undagi faunani boyitib
beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
Sirdaryo rayoni Sirdaryo o’zanidagi tuqayzorlari bilan ajralib turadi.
Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo’lib, unda
juda ko’p qushlar yig’iladi va manzarali ekoturistik obyekt bo’lib hisoblaniladi.
Chirchiq - Ohangaron tog’li ekoturistik rayonda xalqaro ekologik rezervat
joylashgani uchun ham uning xuquqiy maqomi tabiatga ara-lashmaslik prinsipiga
moslashgirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan
foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik
yo’lakchalar orkali, kam sonli turistik guruhchalarga bo’lingan tarzda, yilning
hayvonot olamini urchimaydigan va ko’paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda
aylanish maqsadga muvofikdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy
aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo’naltirilgan
turmush tarzini ijobiy tomonlarga o’zgartiradi.
Fargona rayoni ekoturizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga kasb etadi.
Chunki undagi landshaftlarining turli-tumanligi markazdagi cho’llardan tortib, to
maftunkor tog’ cho’qqilari barchani o’ziga jalb etadi. Tog’lardagi tez oqar va ba’zida
kechuv qiyin bo’lgan daralarda raftlarda oqish (rafting), Janubiy Farg’onadagi balan-
dligi 10 m keladigan, dam olayotgan tuyalarni eslatuvchi ekzotik relyef shakillariga
hamda «Yozyovon davlat tabiat yodgorligi»dagi ajoyib tabiiy qum massivi (1994
yilda tashkil etilgan va maydoni 1,9 ming ga) piyoda turlar uyushtirish mumkin.
Koksu vodiysida 120 yil avval vujudga kelgan, oq, kulrang qoyalar bilan uralgan
toza, muzdek suvli ko’k va yashil ko’llar ham ekoturizm obyektidir.
Farg’ona vodiysida milliy hunarmandchilik juda ham rivojlanganligi tufayli uni
ekoturizm bilan o’ygunlikda olib borish mumkin. Rishtonda avloddan-avlodga o’tib
keluvchi kulolchilik san’ati, Chustda do’ppiduzlik, pichoqchilik va temirchilik,
Marg’ilonda atlas to’kish kabi milliy hunarmandchilik asrlar davomida taraqqiy etib
kelmokda.
Turkiston rayonida ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan hududlarda
uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining
shimoliy yonbag’rida 1959 yilda tashkil etilgan, absolyut balandligi 1760-3500 m.
umumiy maydoni 21735 ga bo’lgan "Zomin davlat qo’riqxonasi". Maydoni 24110
ga bo’lgan noyob tog’-archa ekosistemalarini tiklash va rekreasiya maqsadlarida
foydalanish uchun 1978 yilda tashkil etilgan "Zomin milliy bog’i" mavjud.
. Qashqadaryo rayoni O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo’lib, u
cho’l, dasht, tog’oldi va tog’li xududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida
cho’l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog’ oldi va tog’li hududlariga
ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan,
3938 ga maydonga ega bo’lgan, MDH davlatlari ichida yagona - "Kitob davlat
geologiya qo’riqxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Muborak buyurtmaxonasi",
1992 yilda tashkil etilgan "Sechenko’l buyurtmaxonasi" mavjud. Qashqadaryo
rayonida ekoturizmni tarixiy, diniy turizm bilan birgalikda olib borish uchun
birqancha arxitektura yodgorliklari va diniy qadamjoylar mavjud.
Hisor rayonida 1983 yilda tashkil toptan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va
suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m.bo’lgan, 870 xil o’simlik,
140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo’lgan Hisor davlat
qo’riqxonasi mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks
etgiruvchi "Boysun" etnografik-folklor ansambli chiqishlari bilan uyg’unlikda olib
borish sayohlarni o’ziga ko’proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
Surxondaryo rayonida Kuhitang tog’li hududda 1987 yil tashkil etilgan 53,7
ming ga maydonda 800 xil o’simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon
turlarini muhofaza qilishga yo’naltirilgan "Surxon davlat qo’riqxonasi" mavjud.
Surxondaryo rayoni Respublikamizning o’ziga xos rayonlaridan biri hisoblanib, bu
yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko’p
oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor.
Xulosa qilib aytganda, ekoturistik rayonlashtirishni joyning geoekologik
xususiyatlaridan kelib chikkan tarzda amalga oshirish tabiat va jamiyat o’rtasidagi
munosabatlarni uyg’unlashtirishga xizmat qiladi.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Hududiy rekrayesiya tizimlari (HRT) va hududiy turistik majmualar (HTM)
haqida tushuncha bering.
2. Turistik – rekreasiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va xususiyatlari
nimalardan iborat?
3. O’zbekistonda turistik rayonlashtirishda qanday yondoshuvlar mavjud?
4. O’zbekistonning turistik rayonlariga ta’rif bering.
5. O’zbekistonda ekturistik rayonlariga ta’rif bering.