O‘ZBEKISTONNING CHO‘L ZO‘NASI TUPROQLARI
REJA
1. Cho’l zonasi tuproqlari.
2. Gidromorf tuproqlar
Kalit so’zlar: Tuproq, gorizontal zonallik, cho’l tuproqlari, tuproq okurugi,
tuproq rayoni tuproqlar sistematikasi,Tayga-o’rmon, Podzollar, gleyli podzol,
genezisi.
Cho’l zonasining tuproqlari. Cho’llar – doimiy quruq va issiq iqlimli
viloyatlarda shakllangan, lanshaftlarning alohida tiplaridir. Yer sharida cho’llar
mo’tadil iliq (subboreal), iliq (subtropik) va issiq (tropik) bioiqlim mintaqalarida
tarqalgan. Cho’llar barcha qit’alarda katta maydonlarni egallaydi. MDH da cho’l
zonasi chala cho’llar zonasining Janubida joylashgan bo’lib, Rossiya, O’rta Osiyo
va Janubiy Qozog’istonning Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta
tekislik maydonlarini egallaydi. Kura-Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh
qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt
platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha boradi. Janub va
sharq tomonidan cho’l zonasining Kopettog’, Pomir-Oloy va Tyanshan tog’larining
etaklariga tutashadi. G’arbda esa Kaspiy dengiz bilan chegaralanadi.
O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70 foizi cho’l zonasida
joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Sherobod, Qarshi cho’llari va
boshqa territoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln/ga.
Cho’l zonasining zonal tuproqlari: sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, taqir va taqirli
tuproqlardan iborat bo’lib, qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar
(maydonining 40 foizi) va sho’rxoklar (13 foizga yaqin) ham keng tarqalgan. Cho’l
zonasi tuproq qoplami nihoyatda murakkab va o’zining kompleksli bo’lishi bilan
xarakterlanadi.
Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq,
o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil
etadi.
Tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlari.
Iqlimi. Cho’l zonasi iqlimining nihoyatda quruq bo’lishi, yozgi davrda
haroratning yuqoriligi, mavsumiy va sutkali haroratning keskin farq qilishi,
atmosfera yog’inlari miqdorining kamligi (namlanish koeffisiyenti 0-0,15) bilan
xarakterlanadi. Zonaning turli nohiyalarida atmosfera yog’inlarining o’rtacha
miqdori 75 dan 200 mm ni tashkil etadi. Bu zonada yog’inlarga nisbatan namning
bug’lanishi 10-20 barobar ko’p .
O’rtacha harorat 18 0C (15-200). 5 0C yuqori harorat li davr 194-235 va 230-
275 kun davom etadi.
Sovuq bo’lmaydigan davr shimolda 160-200 kun, janubda 195-248 kunga
barobar.
Cho’l zonasining 10 0C dan yuqori harorat yig’indisi 4000-5000 0C bo’lib,
quyosh radiasiyasining intensivligi ham yuqori ekanligi zona iqlimining quruq
subtropiklarga yaqinligini ko’rsatadi. Iqlimning yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlari
o’simliklar olamiga, tuproq paydo bo’lish jarayonlariga va tuproqlardan qishloq
xo’jaligida foydalanish xarakteriga ta’sir qiladi.
Relyefi va tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Cho’l zonasining relyefi juda
murakkab va xilma-xil. Qoraqum, Qizilqum va Muyunqum kabi qumli cho’llarni
o’z ichiga oluvchi Turon pasttekisligi nihoyatda katta maydonni egallaydi (20-
rasm). Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryo, Tajang, To’rg’ay, Murg’ob va Atrek
daryolarining qadimgi va hozirgi zamon deltalari hamda O’zboyning qadimgi
vodiysi katta territoriyani tashkil etadi. Sari-Qamish botig’i massivi ham ancha
katta.
Cho’l zonasida turli mexanik tarkibli, har xil sho’rlangan va karbonatli qadimgi
va hozirgi –zamon allyuvial va ko’lallyuvial jinslar, uchlamchi davrning gipsli,
ohakli va gil yotqiziqlari, dengiz qum va gilli jinslarning ellyuviy va dellyuviysi,
turli ohaktoshlar, slanes, mergelli gillardan iborat cho’kindi jinslari, magmatik
jinslarining elyuviysi, delyuviysining ancha skeletli jinslari va x.z.lar uchraydi.
Cho’l zonasi landshafti.
Cho’l zonasida qadimgi allyuvial qumli yotqiziqlar va qumlar ham keng
tarqalgan.
O’simliklari o’zining kserofitligi, juda siyrak va kompleksli bo’lishi bilan
xarakterlanadi. Iqlimining juda quruqligi sababli o’simliklar qoplamida ildizlari
ancha chuqurda o’sadigan turli yarim butalar va butalar asosiy rol o’ynaydi. Efimer
o’simliklari yozda kuyib , kuzda yana tiklana boshlaydi.
Joyning relyefi, tuproqning namlanish va tuz rejimlarining xususiyatiga ko’ra
o’simlik turlari ham o’zgaradi. O’simliklar qoplamining xarakteriga ko’ra: qumli
cho’l o’simliklari, gilli cho’llar o’simligi va gipsli sho’rxokli o’simliklar ajratiladi.
Qumli cho’llarda efemer va efemeroidlar asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek,
ko’p yillik o’simliklar, jumladan cho’l butalaridan, ko’proq boyalich buyurg’un,
22 - rasm
juzg’un yoki qandim, qum akasiyasi, cherkezlar, oq saksovul (Holoxylon persium)
singarilar asosiy rol o’ynaydi.
Ustyurt, Betpakdala platosi, Qoraqum va Qizilqumning gipslangan gilli
cho’llarida biroz efemer va efemeroidlar aralashgan shuvoq-sho’rali o’simliklar
asosiy rol o’ynaydi. Gilli cho’llar yuzasida suv o’tlari va lishayniklar tez-tez
uchraydi. sho’rxokli yerlarda bir yillik va ko’p yillik sho’ralar asosiy rol o’ynaydi.
Sur – qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar, ularning kelib chiqishi va
klassifikasiyasi.
O’zbekistonda sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar Ustyurtda, Qizilqum, Malik, Qarshi,
Sherobod-Surxon cho’llarida, shuningdek tog’ oldi past tekisliklarida keng
tarqalgan. Respublikamizda bu tuproqlar maydoni 10882 ming ga yoki 40,30%
tashkil etadi.(U.Tojiyev, X.Namozov va boshqalar, 2004 y).
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan
bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruyev va N.A.Dimo uni dastlab
strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo’z tuproqlari, B.V.Gorbunov
primitiv (yosh) bo’z tuproqlarning tipchasi sifatida qarab keldilar. Keyinchalik
I.P.Gerasimov sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlarni alohida mustaqil tipga ajratishni
tavsiya etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini asoslash, ularni har
tomonlama o’rganish va aloxida tipga ajratish soxasida B.V. Gorbunov,
R.V.Kimberg, S.A.Shuvalov (1949), G.I.Dolenko (1953) va Ye.V.Lobova
(1960)larning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan
tashqari O’zbekiston cho’l mintaqasi sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning genezisi,
geografiyasi, ekologiyasi va meliorasiyasini o’rganishda A.Rasulov (1969),
N.V.Kimberg (1974), B.V.Gorbunov, G.M.Konobeyeva, A.I.Tverdostup (1928),
R.Q.Qo’ziyev (1978), A.E.Ergashev, U.K.Kosimov, A.T.Jo’rayev (1978) va
boshqalar katta hissa qo’shganlar.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarining genezisi bo’yicha ikki fikr mavjud. Birinchi
fikrga ko’ra, sur qo’ng’ir tusli tuproqlar o’ziga xos iqlim va o’simlik omillari
ta’sirida rivojlanadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning
kserofit-efemerli o’simliklari ta’sirida
kechadigan tuproq
paydo
bo’lish
jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Cho’llarining ana shunday
sharoitida tuproq paydo bo’lish jarayonlari, jumladan, tuproqda gumusning
to’planishi qisqa va davriy xarakterga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi. Qisqa bahor
mavsumida o’simliklar jadal rivojlanib, mikroorganizmlar va jonivorlarning ham
biologik aktivligi kuchayadi. Natijada o’simlik qoldiqlari bir mavsumning o’zida
deyarli to’liq ravishda parchalanib, minerallashadi. Shu sababli tuproqda gumus
nihoyatda kam to’planadi. Yozning juda issiq va quruq davrlarida tuproqdagi
biologik jarayonlar deyarli to’xtab qoladi.
Cho’l tuproqlarida gumusning kam to’planishi, deyarli barcha joylarda
tuproqning sho’rlanganligi moddalar biologik aylanishining xususiyatlari bilan
bog’liq. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda o’sadigan o’simliklarning yer ustida va
ildizlari hisobida to’planadigan organik massasi miqdori har gektarga o’rtacha 10s
ni tashkil etadi va bu dashtlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Cho’l
o’simliklari biomassasining 80 foizi ildizlarga to’g’ri keladi. Bu yerdagi
o’simliklarning qoldiqlarida kul moddasining ko’p bo’lishi xarakterlidir.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlaridagi cho’l o’simliklari biomassasida 200 kg/ga
miqdorida har xil kimyoviy elementlar to’planadi. Bunda kalsiy va magniy bilan bir
qatorda natriy ham ancha ko’p to’planadi. Natriy miqdorining ko’payishi bilan
tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va sho’rtoblanish jarayoni ham rivojlanadi.
Sho’ra o’simliklari tarkibida natriy bilan bir qatorda xlor va oltigugurt ham ancha
ko’p saqlanadi.
Yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi sababli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda
yuvilmaydigan suv rejimi yuzaga keladi. Tuproq profilining kam namlanishi bu
tuproqlarda karbonatlanish va sho’rxoksimonlanish jarayonlarining rivojlanishiga
sabab bo’ladi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar yuzasida qatqaloqli gorizontning hosil bo’lishi,
tuproqdagi organik va mineral moddalarning yuqori dispers (mayda zarrachalar)
holati va tuproqning gidrotermik rejimi bilan bog’liq. Tuproqlarning yuqori
dispersligi tuproq eritmasining o’ta ishqoriyligi bilan belgilanadi. Shuvoq-sho’ra
o’simliklarining qoldiqlari parchalanib, minerallanganda natriy, kalsiy bikarbonati
va karbonatlari hosil bo’lib, ishqoriyligini oshiradi. Natriy va kalsiy
bikarbonatlarining karbonatlarga o’tishi tufayli tuproqning massasi sementlanib,
qatqaloqning mustahkamligi ham oshadi. Tuproqning qatqaloqli qatlam ostidagi
tangachasimon qatlamli gorizonti dispers kolloid zarrachalarning, tuproq yuqori
qatlamlaridan yuvib olib kelinishi natijasida yuzaga keladi. Tuproq profilining o’rta
qismlari kolloid zarrachalar bilan boyiganligi sababli, bu qatlamda suvning o’tishi
sekinlashib, alyumosilikatlarning nurash jarayonlari esa kuchayadi va qator gilli
minerallar hosil bo’ladi. Tangachasimon qatlamli gorizontning hosil bo’lishini ba’zi
tadqiqotchilar qish mavsumidagi tuproqning muzlashi bilan bog’laydi. Qishning
izg’irin sovuq davrida tuproq eritmasi, uning yuqori qatlamlariga qadar ko’tarilib
muzlagach tangacha-qatlamli struktura hosil bo’ladi.(V.G.Zolnikov, Ye.V.Lobova).
Tuproqning temir birikmalari bilan boyishining sababi: tarkibida temir (II oksidi)
bo’lgan minerallarning nurashi va shuningdek tuproqdagi qisqa muddatli anaerob
jarayonlarning yuzaga kelishidir. Keyinchalik bu temir birikmalari oksidlanib va
degidratasiyalanib (suvsizlanib) minerallar yuzasida temir pardasi hosil bo’ladi.
Boshqa nuqtai nazarga qaraganda (V.A.Kovda 1946, 1973; N.G.Minashina,
1974; I.N.Stepanov,1975 va boshqalar) bu tuproqlar qadimiy nam iqlim davrlarida
hosil bo’lgan bo’lib, ularning qatlamlaridagi karbonatlar, gipslar va oson eruvchan
tuzlarning to’planishi hamda shu tuproqlarga mansub bo’lgan gillanish, temirlanish
jarayonlari, o’sha uzoq davrlarda yer yuzasiga yaqin joylashgan sizot suvlarining
(gidromorf tuproq paydo bo’lish omillari) ta’sirida rivojlangan va taraqqiy topgan.
Klassifikasiyasi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik
sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarga bo’linadi
(Ye.V.Lobova, 1966).
Birinchi tipchasi – Turon pasttekisligining g’arbiy cho’llarida va Ustyurt
baland tekisligida keng tarqalgan. Ikkinchisi esa Betpakdala baland tekisligining
Sharqida va Balxash atrofida tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tipi termik
rejimlari va rivojlanish sharoitiga ko’ra hozirgi vaqtda 3 tipchaga bo’linadi:
Muzlaydigan juda iliq sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari (Mangqishloq,
Markaziy Ustyurt, Qizilqum va Betpaqdalaning shimoliy qismi va boshqa joylarda
tarqalgan).
Qisqa muddatli muzlaydigan subtropik sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari
(Mangqishloq, Ustyurg va Qizilqumning Janubiy qismi, Krasnovod yarim oroli,
Zaunguz Qoraqumi, Farg’ona vodiysining tog’oldi tekisliklari);
Issiq subtropiklarning muzlaydigan sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlari
(Qoraqum, Kopetdog’ va boshqa joylarda uchraydi).
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar quyidagi avlodlarga ajratiladi: Sho’rxoksimon
oddiy sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar (suvda oson eriydigan tuzlar 30sm chuqurlikda
joylashgan);
Bu tuproqlarning o’simliklar kam bo’lgan ochiq yuzasida har xil darz ketgan
yoriqchalar bo’ladi va yuzasidagi qatqalog’i uncha mustahkam emas. Oq shuvoq va
boyalich o’simligi xarakterli;
Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, deyarli yuza qismida suvda oson
eriydigan tuzlar (0,3 foizdan ko’p) saqlangan bo’ladi. Xarakterli o’simliklari
buyurgun va sho’raning har xil turlari hisoblanadi.
Gipsli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar 50-70sm chuqurlikda biroz qum saqlagan
noto’g’ri shakldagi ignasimon yoki tabletkasimon gips kristallarini saqlagan bo’ladi.
12-15sm chuqurlikda ko’p miqdorda labsimon ignachali gips saqlovchi sur-qo’ng’ir
tusli tuproqlar alohida avlodga ajratiladi;
Sho’rxokli sur-qo’ng’ir tusli gipsli tuproqlar ko’p miqdorda (70-80 foiz) gips
saqlovchi gorizontning mavjudligi bilan xarakterlanadi;
Taqirli sho’rtobsimon sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar mustahkam qatqaloq
qatlamli bo’lishi, poligonal (yuzasi har xil shakldagi yorilib turadigan) yuzasi va
umumiy ishqoriyligining yuqori bo’lishi bilan farqlanadi.
Uncha katta bo’lmagan maydonlarda o’tloq-sur-qung’ir tusli cho’l tuproqlari
tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin bo’lgan pastqam joylarda boshoqdoshlar
va shuvoqli o’simliklar ostida hosil bo’ladi.
O’tloq – sur – qo’ng’ir tusli tuproqlar ona jinslarining xossalariga va relyef
sharoitlariga ko’ra to’rli darajada ishqorsizlangan va sho’rlangan bo’ladi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi, tarkibi, xossalari va agronomik
tavsifi. Morfologik tuzilishi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning profili bir-biridan
keskin farq qiladigan quyidagi gorizontlardan iborat: tuproqning yuzasi 2-4 sm,
ba’zan 5sm qalinlikdagi sarg’ish bo’z tusli mayda g’ovak, teshiklardan iborat
qatqaloq (Aq) bilan qoplangan. Qatqaloqqa ba’zan chag’irtosh yoki qum yopishgan
bo’ladi. Qatqaloq ostida deyarli shunday tusli tangacha-qatlamli (5-7sm) A gorizont
ajralib turadi. Bu gorizontdan pastda rangi to’qroq, ko’pincha och jigarrang tusli zich
ba’zan temirga boy va gil ko’p to’plangan, uvoqli, prizmatik- uvoqli gorizont (B)
joylashgan. Zichlangan gorizontning yuqori qismida (ba’zan barcha profil bo’ylab)
karbonatlarning oqish dog’lari, konkresiyalari ajralib turadi. Karbonatlar tuproq
profilining yuqori va o’rta qismlarida ko’proq to’planadi. Zichlangan qatlamning
pastki qismida, 18-25 sm chuqurlikda sarg’ish tusli gips kristallari va suvda oson
eriydigan tuzlar bo’lgan qatlam ajralib turadi. Zichlangan gorizont qumoq tarkibli
tuproqlarda 25-30sm chuqurlikka qadar bo’ladi. (21 - rasm).
Ustyurtning sho’rtoblanmagan sur-qo’ng’ir tusli tuproqlari profilining qalinligi
60 sm ga qadarli bo’lib, qatqalog’i 5 sm dan oshmaydi, tangachali-qatlamli gorizonti
12-19 sm chuqurlikda tugaydi.
23 - rasm
Chirin
di
Nozik dispers
massa
Kvars
Kalsit (1)
Gips (2)
Suvda eriydigan
tuzlar
G’ovak qatqaloqdan iborat qoplama
Gipsli yangi yaralma
Shunday tuzilishli profil Ustyurt, Qizilqum, Qoraqum, Janubiy Turkmaniston,
Janubiy O’zbekiston (Sherobod vodiysi) ning sur-qo’ng’ir tusli tuproqlari uchun
xarakterli.
Ustyurtning sho’rtoblanmagan sur-qo’ng’ir tusli tuproqlari profilining qalinligi
60 sm ga qadarli bo’lib, qatqalog’i 5 sm dan oshmaydi, tangachali-qatlamli gorizonti
12-19 sm chuqurlikda tugaydi.
Shunday tuzilishli profil Ustyurt, Qizilqum, Qoraqum, Janubiy Turkmaniston,
Janubiy O’zbekiston (Sherobod vodiysi) ning sur-qo’ng’ir tusli tuproqlari uchun
xarakterli.
Mexanik va minerologik tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona
jinslarda shakllanganligi sababli, ularning mexanik tarkibi ham har xil bo’lib,
ko’proq qumloq va yengil qumoq xillari tarqalgan. Bu tuproqlar yuzasida ko’pincha
qirrali shag’al toshlar bo’ladi. Tuproq yuqori qatlamlarida mayda qum va yirik
chang fraksiyalarning, illyuvial (V) gorizontida esa 0,001 mm dan kichik loyqa
zarrachalarning ko’p (11-28 foiz) bo’lishi xarakterli (69-jadval)
Tuproq tarkibida jinslarning kam nuraganligi sababli, birlamchi minerallar
ko’p. Yirik fraksiyalarda dala shpatlari, slyudalar, kvars., rogovaya obmanka va
karbonotlar
ko’proq
bo’ladi.
Loyqa
fraksiyalarda
gidroslyudalar
va
montmorillonitlar gruppasiga mansub minerallar ko’p, ba’zan esa biroz gematit va
gibbsit aralashgan. Qo’shimcha minerallardan turli amorf moddalar, kvars, kamroq
kaolinit uchraydi.
Kimyoviy tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning umumiy kimyoviy tarkibi
analizi shuni ko’rsatadiki, oksidli birikmalar tuproq profili bo’ylab, deyarli bir xilda
tarqalgan. Ammo kalsiy oksidi tuproqning yuqori gorizontida ko’proq.
Sho’rtoblangan tuproq ayirmalarida temir va alyuminiy oksidlari miqdori
tuproqning pastki qatlamlarida biroz oshadi(44-jadval).
Tuproq tarkibida jinslarning kam nuraganligi sababli, birlamchi minerallar
ko’p. Yirik fraksiyalarda dala shpatlari, slyudalar, kvars., rogovaya obmanka va
karbonotlar
ko’proq
bo’ladi.
Loyqa
fraksiyalarda
gidroslyudalar
va
montmorillonitlar gruppasiga mansub minerallar ko’p, ba’zan esa biroz gematit va
gibbsit aralashgan. Qo’shimcha minerallardan turli amorf moddalar, kvars, kamroq
kaolinit uchraydi.
Kimyoviy tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning umumiy kimyoviy tarkibi
analizi shuni ko’rsatadiki, oksidli birikmalar tuproq profili bo’ylab, deyarli bir xilda
tarqalgan. Ammo kalsiy oksidi tuproqning yuqori gorizontida ko’proq.
Sho’rtoblangan tuproq ayirmalarida temir va alyuminiy oksidlari miqdori
tuproqning pastki qatlamlarida biroz oshadi(44-jadval).
44 - jadval
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning mexanik tarkibi
Tuproq
namunasi
olingan
chuqurligi, sm
Fraksiyalar (foiz hisobida)
>0,25
0,25-
0,1
0,1-
0,05
0,05-
0,01
0,01-
0,005
0,005-
0,001
<0,00
1
<0,0
1
Janubiy-G’arbiy Qizilqum (N.A. Buskov)
0-10
10-15
20-30
50-60
80-90
10,36
8,37
6,10
6,71
13,07
4,02
3,91
3,22
9,77
22,50
62,56
63,95
34,80
54,82
53,87
8,70
6,70
6,60
9,33
0,89
2,30
3,78
1,71
2,81
1,56
3,97
5,68
8,59
5,37
1,37
4,64
7,61
18,98
11,19
7,74
11,0
17,07
29,28
19,37
9,67
Ustyurt platosi (S.A.Shuvalov)
0-5
6-11
30-40
1,83
0,98
1,35
3,93
3,35
4,40
16,46
11,44
22,45
34,60
28,85
25,65
11,35
8,95
7,90
22,20
22,80
16,05
8,60
27,65
22,20
42,15
69,40
46,15
Devxona platosi (M.U.Umarov)
0-5
5-12
12-28
28-45
29,7
17,3
17,5
24,6
16,1
16,8
16,0
14,6
26,4
26,7
16,5
17,7
16,8
22,5
9,5
10,4
2,6
4,0
4,2
4,2
4,4
7,7
13,7
8,3
4,0
5,0
24,0
17,6
11,0
16,7
41,3
30,1
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda gumus miqdori kam (0,2-0,8 foiz). Gumus
tarkibida fulvokislotalar gumin kislotalariga nisbatan ko’p. Uglerodning azotga
nisbati ancha kichik (C:N=5-8) Azot 0,02-0,06, fosfor 0,09-0,15, kaliy 1,20-1,40
foizni tashkil etadi. Fosfor va kaliyning harakatchan formasi ham oz Ellyuviy
jinslarda shakllangan tuproqlarda prolyuviydagiga nisbatan gumus va boshqa oziqa
moddalar kam bo’ladi (37-jadval).
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning singdirish sig’imi uncha katta emas va 100g
tuproqda 5-8mg ekv.ni tashkil etadi. Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy va magniy
ko’p. Tipik sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning singdiruvchi kompleksida magniy
nisbatan ko’proq (20-34 foiz). Sho’rtobli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda natriy
miqdori 10-20 foiz va undan ham ortadi (45-jadval).
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning reaksiyasi ishqoriy. Karbonatlar asosan
tuproqning yuqori gorizontlarida to’planib, uncha chuqur bo’lmagan qatlamda gips
saqlanadi. Gipsli jinslarda paydo bo’lgan sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda gips ayniqsa
ko’p.
45-jadval
Sur – qo’ng’ir tuproqlar agrokimyoviy tarkibi
Tuproq
namunasi
olingan
chuqurligi, sm
Gumus,
foiz
Kaliy
C:N
Umumiy
azot, foiz
Fosfor
Umumi
y foiz
Harakat
chan,
mg/kg
Umu
miy,
foiz
Harakat
chan,
mg/kg
Elyuviy jinslardagi qumoq sur-qo’ng’ir tusli tuproq
(M.A.Rasulov)
0-5
5-12
12-28
28-45
0,39
0,29
0,23
0,23
0,027
0,018
0,017
0,015
0,155
0,113
0,080
0,054
15,0
11,25
1,50
1,25
1,22
1,42
1,82
1,53
23,0
250,0
250,0
130,0
8,4
9,3
8,8
8,8
Bu tuproqlarning 30-40sm chuqurligida deyarli doim sho’rlanish alomatlari
bo’ladi. Tuzlardan kalsiy sulfat asosiy rol o’ynaydi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar
uchun xloridli-sulfatli sho’rlanish xarakterli (46-jadval).
46-jadval
Singdirilgan asoslar tarkibi.
Tuproq va joyning
nomi
Tuproq
namunasi
olingan
chuqurlik,
sm
Singdiril-
gan kationlar
yig’indisi
(100
g.mg/ekv)
Yig’indisiga nisbatan foiz
hisobida
Ca2+
Mg2+ K+
Na+
Tipik
sur-qo’ng’ir
tusli
Janubiy
O’zbekiston
(A.N.Rozanov)
Tipik sur-qo’ng’ir tusli
Nurota
vodiysi
(I.I.Boboxo’jayev)
Sho’rtobli sur-qo’ng’ir
tusli.
Qarshi
cho’li
(N.V.Kimberg)
5-10
12-22
25-30
0-7
15-25
25-35
50-80
90-120
0-5
5-15
30-40
2,32
8,09
6,21
6,94
5,95
7,11
5,27
5,51
5,41
5,18
5,48
53,3
0
64,8
0
63,8
0
84,8
2
85,0
7
86,1
7
70,0
0
74,6
6
20,5
25,5
34,5
11,8
0
11,4
3
9,33
23,0
7
20,6
3
12,0
8,6
14,9
26,6
9,6
11,4
0,95
1,01
2,15
2,63
2,32
5,3
6,5
6,7
Yo’q
0,1
0,3
2,43
2,49
2,35
4,30
2,39
9,8
10,8
10,2
Suv-fizik
xossalari.
Sur-qo’ng’ir
tusli
tuproqlarda
struktura
yaxshi
ifodalanmagan. Tuproqning qatqaloqli qatlami va sho’rtobsimon gorizonti ancha
zich bo’lib, suvni kam o’tkazadi. Tuproqning yuqori gorizontlarida zichlik ancha
yuqori (1,4-1,5g/sm3) bo’lganidan umumiy va aerasiya kovakligi ham past.
Tuproqning illyuvial gorizontida maksimal gigroskopiklik 3-5 foiz bo’lib, shunga
ko’ra so’lish namligi ham yuqori. Eng kam nam sig’imi 11-14 foiz atrofida (40-
jadval). Sur – qo’ng’ir tusli tuproqlarning suv-fizik xossalari umuman zonaning
provinsial xususiyatlari bilan belgilanadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish va
unumdorligini oshirish tadbirlari. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar O’rta Osiyoda
keng tarqalgan bo’lib, 40,5mln gektarga yaqin. Ulardan qishloq xo’jaligida asosan
yaylovlar sifatida foydalaniladi. Ammo sug’orib dehqonchilik qilinadigan
maydonlar juda kam.
47-jadval
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning kimyoviy tarkibi
(quruq tuproqqa nisbatan foiz hisobida).
Tuproq
namunasi
olingan
chuqurlik,
sm
Quruq
qoldiq
Umumiy
ishqo-
riylik
(HCO3)
Cl-
SO42- Ca2
+
Mg2+ Na+
Karbonat-lardagi
CO3
Gipsdagi SO4-2
Sho’rtobsimon sur-qo’ng’ir tusli tuproq (Qizilqum Ye.V.Lobova)
72,9
74,1
68,2
0-4
4-10
12-20
25-35
40-50
140-150
0,22
0,14
0,14
0,61
1,40
1,50
0,09
0,06
0,06
0,02
0,02
0,02
0,01
0,01
0,01
0,01
0,06
0,07
0,02
0,01
0,01
0,33
0,80
0,82
0,01
0,01
0,01
0,12
0,31
0,25
0,02
0,01
0,01
0,01
0,02
0,05
0,02
0,01
0,01
0,02
0,02
0,07
4,5
5,1
6,1
7,5
3,8
4,7
0,07
0,07
0,95
1,10
38,34
3,70
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning uncha katta bo’lmagan maydonlari
Tojikistonda (Xo’ja-Baqirgan, Samgar) va O’zbekiston (Malikcho’l, Buxoro
viloyati, Qarshi, Surxon-Sherobod cho’llari, Farg’ona vodiysi) da o’zlashtirilib,
sug’oriladigan dehqonchilikda foydalanilib kelinmoqda.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproq (Qarshi cho’li, A.Rasulov)
0-3
12-28
45-65
80-100
130-170
0,50
0,64
1,11
1,84
2,80
Yo’q
0,003
yo’q
-*-
-*-
0,165
0,130
0,210
0,180
0,435
0,008
0,213
0,460
0,995
0,946
0,009
0,019
0,098
0,289
-
0,109
0,006
0,028
0,028
-
0,220
0,198
0,020
0,216
-
7,1
6,6
4,6
5,4
3,4
izi
-*-
29,0
13,7
25,2
48 jadval
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning fizikaviy va suv xossalari
Devxona platosi (M.U.Umarov)
Chuqur-
ligi, sm
Zich-
lik
g/sm3
Qattiq solish-
tirma fazasi
zich ligi, g/ sm3
Umumiy ko
vakligi, foiz
Maksimal
gigroskopiklik,
foiz
So’lish
namligi, foiz
Eng kam
namligi, foiz
Aerasiya
kovak-ligi
hajmiga
nisbatan, foiz
0-5
5-12
12-18
28-45
1,47
1,52
1,31
1,31
2,60
2,63
2,57
2,50
44
42
49
50
1,5
1,4
3,4
5,5
2,5
2,1
7,4
9,8
14,0
14,3
14,2
15,4
24
20
32
35
45-65
1,38
2,59
51
3,9
-
18,0
36
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning uncha katta bo’lmagan maydonlari
Tojikistonda (Xo’ja-Baqirgan, Samgar) va O’zbekiston (Malikcho’l, Buxoro
viloyati, Qarshi, Surxon-Sherobod cho’llari, Farg’ona vodiysi) da o’zlashtirilib,
sug’oriladigan dehqonchilikda foydalanilib kelinmoqda.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning suv-fizik va agrokimyoviy xossalari ancha
noqulay, tuproq va ona jinslarida gipsning ko’p va yaqin joylashganligi, relyefning
murakkabligi singarilar sababli, bu tuproqlarni o’zlashtirish ancha qiyin.
Qalin va g’ovak to’rtlamchi davr yotqiziqlarda shakllangan sur-qo’ng’ir tusli
tuproqlar ancha qulay meliorativ xossalarega. Bunday tuproqlardan qishloq
xo’jaligida foydalanish samaradorligi ko’pincha gips qatlamining joylashuv
chuqurligiga, tuproq ustki gorizontining unumdorligiga, jumladan toshloqlik
darajasiga bog’liq. O’zbekistonda (Malikcho’l, Qarshi cho’li) gipsli sur-qo’ng’ir
tusli tuproqlardan samarali foydalanish bo’yicha ancha tajribalar to’plangan va
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligida
foydalanish antijasida sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning unumdorligiga yaxshilanib
boradi. Sug’oriladigan maydonlarda gumus, azotva fosforlarning umumiy miqdori
ko’payib, bu elementlarning harakatchan formasi ham ancha oshadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar mineral va organik o’g’itlarga juda talabchan.
Malikcho’l sharoitida bu tuproqlarni azot bilan o’g’itlash tufayli paxta hosili har
gektariga o’rtacha 4,7 s oshgan. Ammo azot va fosfor o’g’itlaridan birga
foydalanilganda (N320 va 180 kr) paxta hosili deyarli ikki barobar ortib, gektariga
41,6 s ni tashkil etgan (S.Yallayev). Shu rayonning sur-qo’ng’ir tuproqlariga 10 t.
go’ng, N180, va fosfor 120 kg qo’llanilganda paxta hosili 32,5 s/ga bo’lgan
(S.Mirzayev). Farg’ona viloyati sharoitida o’tkazilgan tajribalar ham sur-qo’ng’ir
tusli tuproqlarda o’g’itlarning yuqori samaradorligini ko’rsatadi.
Nazorat savollari.
1. Cho’l (arid) zonasi tuproqlarining morfogenetik xususiyatlaridagi farqlar
asosida qanday provinsiyalarga ajratiladi?
2. Gidromorf tuproqlar klassifikasiyasini izohlang?
3. Cho’l zonasi asosiy gidromorf tuproqlari tiplarini ko’rsating va tavsiflang?
Tavsiya qilingan adabiyotlar.
1. 1. Boboxo‘jayev I., Uzokov P.- “Tuproqshunoslik”. “Mehnat” T 1995.
2. 2. Qo‘ziev R.K.- «Genetik tuproqshunoslik muammolari», T.1996
3. 3. Гафурова Л.А ва бошқалар “Мелиоратив тупроқшунослик” –Т.
2002
4. 4.Кауричев И.С. «Почвоведение», Москва «Высшая школа», 1989
5. 5. Маxсудов X.М., Одилов А.А. Эрозияшунослик Т.1998 й.
6. 6. Турсунов Л. - “Тупроқ физикаси”, “Меҳнат” нашриёти. Т.1988 .
7. 7.И. Турапов, Х. Номозов Тупроқ бонитировкаси Т-2010
8. 8.Белоусов М.А. «Физиологические основны корневого питания
хлопчатника», - Т.: «Фан», 1975.