O’ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY O’RNI VA KELAJAGI (O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

20,4 KB


 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY O’RNI VA KELAJAGI 
 
 
 
Reja:  
1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida 
2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni 
 
 
Ushbu mavzuda O’zbekiston dunyo iqtisodiy va siyosiy xaritasida, 
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni mavzulari bilan tanishasiz. 
  
Prezidentimiz I. A. Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan 
kitobida mamlakatimiz geosiyosiy o’rni har tomonlama va chuqur tahlil etilgan. 
Unda O’zbekiston qulay geostrategik o’rniga ega ekanligi asoslab berilgan. 
O’zbekiston qulay geostrategik o’ringa egaligidan tashqari O’rta Osiyo 
mintaqasining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakati hamdir.  
 
Ushbu mavzular bilan tanishar ekansiz, respublikamizning hozirgi zamon 
siyosiy va iqtisodiy xaritasida egallagan o’rni to’g’risida batafsil ma’lumotga ega 
bo’lasiz. 
 
1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida 
 
 
O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoning markazida joylashgan bo’lib, 
hududi shimoli g’arbda Orol dengizi va Ustyurt platosidan, janubda Afg’oniston 
bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyanshan va Hisor-Orol 
tog’larigacha cho’zilgan.  
O’ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY O’RNI VA KELAJAGI Reja: 1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida 2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni Ushbu mavzuda O’zbekiston dunyo iqtisodiy va siyosiy xaritasida, O’zbekistonning geosiyosiy o’rni mavzulari bilan tanishasiz. Prezidentimiz I. A. Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan kitobida mamlakatimiz geosiyosiy o’rni har tomonlama va chuqur tahlil etilgan. Unda O’zbekiston qulay geostrategik o’rniga ega ekanligi asoslab berilgan. O’zbekiston qulay geostrategik o’ringa egaligidan tashqari O’rta Osiyo mintaqasining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakati hamdir. Ushbu mavzular bilan tanishar ekansiz, respublikamizning hozirgi zamon siyosiy va iqtisodiy xaritasida egallagan o’rni to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz. 1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoning markazida joylashgan bo’lib, hududi shimoli g’arbda Orol dengizi va Ustyurt platosidan, janubda Afg’oniston bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyanshan va Hisor-Orol tog’larigacha cho’zilgan.  
 
 
Hududining eng muhum jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli 
cho’qqilar, baland tog’ muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan bepoyon cho’l 
va qir-adirlar mavjud. 
 
O’zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km, shuning to’rtdan uch qismini 
tekisliklar va platolar, qolgan to’rtdan bir qismini tog’ oldi hududlari va tog’lar 
tashkil etadi. Hududning katta qismida mo’tadil iqlim, faqat chekka janubida 
subtropik iqlim hukmron.  
 
O’zbekistonning makrogeografik o’rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha 
uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol 
tomonda Qozog’iston va Rossiya (Novorossiysk, Naxodka), Latviya (Klaypeda) 
portlari, janubi g’arb tomonda Fors ko’rfazidagi (Abadan) portga Turkmaniston va 
Eron hududlari orqali avtomobil vat emir yo’llarda boorish mumkin. Undan tashqari 
Qirg’iziston va Xitoy hududlari orqali (Toshkent – Andijon – O’sh – Ergashtom – 
Qashqar – Tinch okean) Tinch okeanga, Afg’oniston va Pokiston hududlari orqali 
Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo ohirgi yo’nalish to’g’risida 
Afg’onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilashgandan keyingina so’z yuritish 
mumkin. 
 
O’zbekistonning mezogeografik o’rni ham makrogeografik o’rniga o’xshab 
ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikrogeografik (ya’ni O’rta Osiyo 
mintaqasidagi) o’rni qulay deb baholanadi. O’zbekiston O’rta Osiyo mamlakatlari 
o’rtasida joylashgan, shuning uvhun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun 
ko’prik vazifasini bajaradi.. 
 
O’zbekiston xilma-xil tabiiy, ayniqsa, mineral resurslarga boy mamlakat. U 
O’rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. Unda 
sug’orma dehqonchilik va u bilan bog’liq paxtachilik, ipakchilik va qorako’lchilik 
yuqori darajada taraqqiy etgan. Shu sababli, O’zbekiston paxta, pilla yetishtirish 
hamda qorako’l teri tayyorlash bo’yicha jahon mamlakatlari orasida yuqori o’rinlarni 
egallab kelmoqda.  
 
O’zbekiston rivojlangan sanoat majmuiga ega. Sanoat tarmoqlari ichida 
elektroenergetika, yoqilg’I sanoati, mashinasozlik (traktorsozlik va qishloq xo’jaligi 
mashinasozligi, avtomobilsozlik), kimyo va neft kimyosi, qurilish materiallari, 
yengil va oziq-ovqat sanoati katta ahamiyatga ega.  
Hududining eng muhum jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli cho’qqilar, baland tog’ muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan bepoyon cho’l va qir-adirlar mavjud. O’zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km, shuning to’rtdan uch qismini tekisliklar va platolar, qolgan to’rtdan bir qismini tog’ oldi hududlari va tog’lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mo’tadil iqlim, faqat chekka janubida subtropik iqlim hukmron. O’zbekistonning makrogeografik o’rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol tomonda Qozog’iston va Rossiya (Novorossiysk, Naxodka), Latviya (Klaypeda) portlari, janubi g’arb tomonda Fors ko’rfazidagi (Abadan) portga Turkmaniston va Eron hududlari orqali avtomobil vat emir yo’llarda boorish mumkin. Undan tashqari Qirg’iziston va Xitoy hududlari orqali (Toshkent – Andijon – O’sh – Ergashtom – Qashqar – Tinch okean) Tinch okeanga, Afg’oniston va Pokiston hududlari orqali Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo ohirgi yo’nalish to’g’risida Afg’onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilashgandan keyingina so’z yuritish mumkin. O’zbekistonning mezogeografik o’rni ham makrogeografik o’rniga o’xshab ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikrogeografik (ya’ni O’rta Osiyo mintaqasidagi) o’rni qulay deb baholanadi. O’zbekiston O’rta Osiyo mamlakatlari o’rtasida joylashgan, shuning uvhun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun ko’prik vazifasini bajaradi.. O’zbekiston xilma-xil tabiiy, ayniqsa, mineral resurslarga boy mamlakat. U O’rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. Unda sug’orma dehqonchilik va u bilan bog’liq paxtachilik, ipakchilik va qorako’lchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Shu sababli, O’zbekiston paxta, pilla yetishtirish hamda qorako’l teri tayyorlash bo’yicha jahon mamlakatlari orasida yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda. O’zbekiston rivojlangan sanoat majmuiga ega. Sanoat tarmoqlari ichida elektroenergetika, yoqilg’I sanoati, mashinasozlik (traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik), kimyo va neft kimyosi, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati katta ahamiyatga ega.  
 
 
O’zbekistonda 2002-yilda 2,5 mln tonna ko’mir, 7,5 mln tonna neft, 57 mlrd 
kub m gaz qazib olindi. Tabiiy gazning deyarli 20 foizi eksport qilinadi. 
Mamlakatimiz dunyoda oltin, kumush, qo’rg’oshin, rux, mis v auran rudalari qazib 
olishda ham yuqori o’rinlarni egallaydi. 
 
O’zbekiston kimyoviy xomashyo resurslari (osh va kaliy tuzlari, fosforitlar), 
bezak toshlari (granit, mramor) va qurilish materiallarining katta zaxiralariga ega. 
Bularning barchasi jahon miqyosida mamlakat obro’sini ko’taradi va uni dunyoga 
mashxur qiladi.  
 
Shu bilan birga, mineral resurslar, ayniqsa, strategik ahamiyatga ega 
resurslarning (oltin, neft, gaz) katta zaxiralari mavjudligi O’zbekistonning 
geostrategic ahamiyatini oshiradi. Agar mineral resurslarga yer-suv resurslari 
qo’shilsa, mamlakat ahamiyati yanada yuqoriga ko’tariladi. Chunki yer-suv 
resurslari asosida dehqonchilik ekinlari yetishtiriladigan sug’orma dehqonchilik 
rivojlangan. Respublikada 4 mln gektardan ziyod sug’orma yerlar mavjud. Bu MDH 
mamlakatlari ichida Rossiyadan keyingi ikkinchi ko’rsatkichdir. Sug’orma 
yerlarning deyarli 95 foizi haydaladigan yerlardan iborat. Haydaladigan yerlarga 
yana bahorikor dehqonchilik yerlari ham qo’shiladi. Haydaladigan yerlarning 
umumiy maydoni ham 4 mln gektardan oshadi. Inson resurslarining 50,3 foizini 
mehnat resurslari tashkil etadi. 
 
O’zbekiston aholisining soni 2002-yil 1-yanvar ma’lumotlariga ko’ra 25,2 
mln ga yetdi. Shundan 12,7 mln kishi mehnat resurslarini tashkil etdi. O’zbekiston 
aholi soni bo’yicha jahondagi 230 ta mamlakat ichida 37-o’rinni egallaydi. Jami 
aholining 37,1 foizi shahar va shaharchalarda, 62,9 foizi qishloq joylarida istiqomat 
qiladi. 
Shahar 
aholisining 
hissasiga 
ko’ra 
O’zbekiston 
O’rta 
Osiyoda 
Turkmanistondan keyingi o’rinda turadi. Lekin mintaqadagi shahar va 
shaharchalarning asosiy qismi, shu jumladan, yirik va katta shahsrlarning ko’pchiligi 
O’zbekistonda joylashgan.  
 
O’zbekiston dunyo miqyosida neft qazib olish bo’yicha 22-24, gaz bo’yicha 
5-6-o’rinlarni egallaydi. Mamlakat aholi jon boshiga hisoblaganda elektroenergiya 
(1900 kVt/soat), mineral o’g’itlar, sement ishlab chiqarish bo’yicha ham jahon 
mamlakatlari ichida munosib o’rinlarni egallaydi hamda qator Osiyo va Afrika 
mamlaktlaridan oldinda turadi.  
O’zbekistonda 2002-yilda 2,5 mln tonna ko’mir, 7,5 mln tonna neft, 57 mlrd kub m gaz qazib olindi. Tabiiy gazning deyarli 20 foizi eksport qilinadi. Mamlakatimiz dunyoda oltin, kumush, qo’rg’oshin, rux, mis v auran rudalari qazib olishda ham yuqori o’rinlarni egallaydi. O’zbekiston kimyoviy xomashyo resurslari (osh va kaliy tuzlari, fosforitlar), bezak toshlari (granit, mramor) va qurilish materiallarining katta zaxiralariga ega. Bularning barchasi jahon miqyosida mamlakat obro’sini ko’taradi va uni dunyoga mashxur qiladi. Shu bilan birga, mineral resurslar, ayniqsa, strategik ahamiyatga ega resurslarning (oltin, neft, gaz) katta zaxiralari mavjudligi O’zbekistonning geostrategic ahamiyatini oshiradi. Agar mineral resurslarga yer-suv resurslari qo’shilsa, mamlakat ahamiyati yanada yuqoriga ko’tariladi. Chunki yer-suv resurslari asosida dehqonchilik ekinlari yetishtiriladigan sug’orma dehqonchilik rivojlangan. Respublikada 4 mln gektardan ziyod sug’orma yerlar mavjud. Bu MDH mamlakatlari ichida Rossiyadan keyingi ikkinchi ko’rsatkichdir. Sug’orma yerlarning deyarli 95 foizi haydaladigan yerlardan iborat. Haydaladigan yerlarga yana bahorikor dehqonchilik yerlari ham qo’shiladi. Haydaladigan yerlarning umumiy maydoni ham 4 mln gektardan oshadi. Inson resurslarining 50,3 foizini mehnat resurslari tashkil etadi. O’zbekiston aholisining soni 2002-yil 1-yanvar ma’lumotlariga ko’ra 25,2 mln ga yetdi. Shundan 12,7 mln kishi mehnat resurslarini tashkil etdi. O’zbekiston aholi soni bo’yicha jahondagi 230 ta mamlakat ichida 37-o’rinni egallaydi. Jami aholining 37,1 foizi shahar va shaharchalarda, 62,9 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Shahar aholisining hissasiga ko’ra O’zbekiston O’rta Osiyoda Turkmanistondan keyingi o’rinda turadi. Lekin mintaqadagi shahar va shaharchalarning asosiy qismi, shu jumladan, yirik va katta shahsrlarning ko’pchiligi O’zbekistonda joylashgan. O’zbekiston dunyo miqyosida neft qazib olish bo’yicha 22-24, gaz bo’yicha 5-6-o’rinlarni egallaydi. Mamlakat aholi jon boshiga hisoblaganda elektroenergiya (1900 kVt/soat), mineral o’g’itlar, sement ishlab chiqarish bo’yicha ham jahon mamlakatlari ichida munosib o’rinlarni egallaydi hamda qator Osiyo va Afrika mamlaktlaridan oldinda turadi.  
 
Geografik o’rin – tarixiy kategoriya bo’lib, u biron obyektning boshqa 
obyektga nisbatan qanday joylashganligi, uning sabablari va omillari to’g’risidagi 
ma’lumotlarga asoslanadi.  
 
Tekislik – Yer yuzasining mutlaq balandligi 400 metrgacha bo’lgan tekis 
qismi. 
 
Tog’li hududlar – mutlaq balandligi 500 metrdan 1000 metrgacha bo’lgan 
past tog’lardan, 1000 dan 2000 metrgacha o’rtacha balandlikdagi tog’lardan, 2000 
metrdan ortiq bo’lgan baland tog’lardan tashkil topgan.  
 
Shahar – aholisi soni 7 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan band 
aholisining kamida uchdan ikki qismi qishloq xo’jaligi bilan aloqador bo’lmagan 
tarmoqlarda mehnat qilayotgan manzilgoh. 
 
Shaharcha – aholisining soni 3 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan band 
aholisining kamida yarmi qishloq xo’jaligi bilan aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 
mehnat qilayotgan manzilgoh.  
 
2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni 
 
1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil 
suveren davlatlarning, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining vujudga 
kelishiga sabab bo’ldi. 
O’zbekiston Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining 
ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama va 
ko’p tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi. 
Sobiq 
Ittifoqning 
parchalanib 
ketishi 
va 
O’zbekistonning 
Davlat 
mustaqilligiga erishishi natijasida mamlakatimizda quyidagi o’zgarishlar sodir 
bo’ldi: 
1. Ilgari “markaz” tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O’zbekistonning o’zi 
mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda. 
2. Ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga   
oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalaning nazariy va amaliy muammolari 
yechimini taqozo etmoqda.  
Geografik o’rin – tarixiy kategoriya bo’lib, u biron obyektning boshqa obyektga nisbatan qanday joylashganligi, uning sabablari va omillari to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Tekislik – Yer yuzasining mutlaq balandligi 400 metrgacha bo’lgan tekis qismi. Tog’li hududlar – mutlaq balandligi 500 metrdan 1000 metrgacha bo’lgan past tog’lardan, 1000 dan 2000 metrgacha o’rtacha balandlikdagi tog’lardan, 2000 metrdan ortiq bo’lgan baland tog’lardan tashkil topgan. Shahar – aholisi soni 7 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan band aholisining kamida uchdan ikki qismi qishloq xo’jaligi bilan aloqador bo’lmagan tarmoqlarda mehnat qilayotgan manzilgoh. Shaharcha – aholisining soni 3 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan band aholisining kamida yarmi qishloq xo’jaligi bilan aloqador bo’lmagan tarmoqlarda mehnat qilayotgan manzilgoh. 2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni 1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. O’zbekiston Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishishi natijasida mamlakatimizda quyidagi o’zgarishlar sodir bo’ldi: 1. Ilgari “markaz” tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O’zbekistonning o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda. 2. Ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalaning nazariy va amaliy muammolari yechimini taqozo etmoqda.  
 
3. O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi 
g’arbida joylashgan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida “bufer-
davlat” rolini bajarmoqda. 
4. O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSH pozitsiyasini qo’llayotgan 
mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy samaralar 
berishi mumkin. 
5.  O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil 
tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSH va 
Rossiya e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasdan 
yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston Prezidenti I. A. 
Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSH pozitsiyasini qo’llab-
quvvatlash – hozirgi vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir. Shu bilan birga 
O’zbekiston qo’shni davlatlar, dastavval, Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini 
davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.  
O’rta Osiyo – tarixiy-geografik hudud. O’rta osiyo birinchi bor xorij (rus) 
sayyohlari tomonidan XIX asrda tilga olingan. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyo 
mintaqa sifatida qabul qilingan.  
 
Bilimingizni sinab ko’ring: 
 
 
1. O’zbekiston hududiga xos xususiyatlarni aytib bering. 
2. Mamlakatning mikrogeografik o’rni qanday?  
3. O’zbekiston Dunyo okeaniga chiqish uchun qanday yo’llarga ega? 
4. O’zbekistonda qaysi Tovar mahsulotlari ishlab chiqariladi? 
5. O’zbekiston qaysi mineral resurslari bilan dunyo mamlakatlari o’rtasida 
munosib o’rinlarni egallaydi? 
6. O’zbekiston qaysi qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha dunyoda oldingi 
o’rinlarda turadi? 
7. Mamlakat aholisining soni bo’yicha O’rta Osiyoda va dunyoda qanday 
mavqega ega? 
8. O’zbekiston qaysi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha dunyo 
mamlakatlari o’rtasida ajralib turadi? 
3. O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi g’arbida joylashgan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida “bufer- davlat” rolini bajarmoqda. 4. O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSH pozitsiyasini qo’llayotgan mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy samaralar berishi mumkin. 5. O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSH va Rossiya e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasdan yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSH pozitsiyasini qo’llab- quvvatlash – hozirgi vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir. Shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlar, dastavval, Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir. O’rta Osiyo – tarixiy-geografik hudud. O’rta osiyo birinchi bor xorij (rus) sayyohlari tomonidan XIX asrda tilga olingan. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyo mintaqa sifatida qabul qilingan. Bilimingizni sinab ko’ring: 1. O’zbekiston hududiga xos xususiyatlarni aytib bering. 2. Mamlakatning mikrogeografik o’rni qanday? 3. O’zbekiston Dunyo okeaniga chiqish uchun qanday yo’llarga ega? 4. O’zbekistonda qaysi Tovar mahsulotlari ishlab chiqariladi? 5. O’zbekiston qaysi mineral resurslari bilan dunyo mamlakatlari o’rtasida munosib o’rinlarni egallaydi? 6. O’zbekiston qaysi qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi? 7. Mamlakat aholisining soni bo’yicha O’rta Osiyoda va dunyoda qanday mavqega ega? 8. O’zbekiston qaysi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha dunyo mamlakatlari o’rtasida ajralib turadi?  
 
9.  O’zbekistonning geosiyosiy salohiyatini qanday baholaysiz? 
10. 
O’zbekistonning O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni qaysi 
davlatlarning e’tiborini totrmoqda? 
 
9. O’zbekistonning geosiyosiy salohiyatini qanday baholaysiz? 10. O’zbekistonning O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni qaysi davlatlarning e’tiborini totrmoqda?