O‘zbekistonning jahon siyosiy xaritasidagi o‘rni, ma’muriy-hududiy bo‘linishi
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
125,1 KB
O‘zbekistonning jahon siyosiy xaritasidagi o‘rni, ma’muriy-hududiy bo‘linishi
Reja
1. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining o‘rganish ob’ekti,
predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Fanning tadqiqot usullari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni.
4. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy bo‘linishi.
Tayanch iboralar
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, tadqiqot usullari, kartografik, taqqoslash,
statistika, rayonlashtirish, balans, tarixiy, tizim-tarkib, ekstropolyasiya usuli
1. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining o‘rganish ob’ekti,
predmeti, maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani iqtisodiy va ijtimoiy fan
bo‘lib, geografiya fanlar sistemasiga kiradi. Bu fan respublikamizda sodir
bo‘layotgan iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni hududiy geografik jihatdan o‘rganadi.
Bu fan bir tomondan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, ikkinchi tomondan esa tabiiy
qonuniyatlarga tayangan holda tabiat-aholi-xo‘jalik sistemasidagi hududiy o‘zaro
ta’sir munosabatlarni tadqiq etadi. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
fanining o‘rganish ob’ekti ishlab chiqarish kuchlarining turli xil hududlardagi
sistemasidan yoki har xil masshtabdagi hududiy ishlab chiqarish komplekslari, uning
shakllanish jarayonlarini, yuritilish va boshqarish, joylashtirish qonuniyatlarini
o‘rganishdan iborat. Bu fan har xil tizimdagi ishlab chiqarish majmualarini tashkil
qilish va joylashtirish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Bugungi kunda jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy
o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni xususiy tashkil etishda
fanning bevosita ishtiroki ortib bormokda. Xalq xo‘jaligini hududiy tashkil etishni
takomillashtirish, geografik mehnat taqsimoti asosida yangi iqtisodiy rayonlar,
hududiy ishlab chiqarish majmualari, shahar va transport tizimi, moddiy va ma’naviy
infrastruktura tarmoqlarini shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos qonuniyatlar
mavjuddir. Ularni mukammal o‘rganish ushbu fanning asosiy maqsad va vazifalarini
belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani bir tomondan iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish, ikkinchi tomondan esa tarbiya qonunlariga tayangan holda
tabiat-aholi-xo‘jalik tizimidagi hududiy o‘zaro ta’sir munosabatlarni tadqiq etadi.
Uning asosiy o‘rganadigan, tekshiradigan ob’ekti ishlab chiqarish kuchlarining har
xil hududdagi tizimidan yoki har xil masshtabdagi hududiy ishlab chiqarish
komplekslari, uning shakllanish jarayonlarining yuritilishini, boshqarish va
joylashtirish qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida ayrim tarmoqlar yoki
rayonlarni o‘rganishdan tarmoqlararo va hududiy ishlab chiqarish majmualarini turli
yirik miqyosidagi davlat, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy rayonlar va zonalarni har
tomonlama chuqur tahlil qilishga e’tibor ortmoqda. Shuning uchun bu fanni
o‘rganish hozirgi vaqtda ahamiyatlidir.
2. Fanning tadqiqot usullari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Har bir fan o‘zining ilmiy tadqiqot uslublariga egadir. O‘zbekiston iqtisodiy
va ijtimoiy geografiyasi fanining ilmiy tadqiqot uslublari va ulardan maqsad
doirasida foydalanish xususiyatlariga kelsak ular quyidagilardan iboratdir:
taqqoslash, kartografiya, statistik, matematik, modellashtirish, tarixiy, tizimi-tarkib,
esktropolyasiya, energiya ishlab chiqarish majmualari va boshqalardir.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani asosan tabiiy geografiya,
iqtisodiy nazariya hamda xususiy tarmoqlar iqtisodiyotining statistika, demografiya,
tarix, kartografiya va boshqa fanlar bilan yaqindan aloqadordir. Bu fan birinchi galda
tabiiy geografiya fani bilan yaqindan aloqadadir. Chunki iqtisodiy geografiya u yoki
bu regionni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o‘rganayotganda, o‘sha joyning tabiiy
sharoiti, tabiiy resurslarining hududiy xususiyatlarini har tomonlama bilmasdan
turib, o‘sha joyga iqtisodiy jihatdan baho bermasdan turib, ishlab chiqarish
kuchlarini ilmiy jihatdan tashkil qilish va joylashtirish mumkin emas. Ya’ni tabiat
jamiyat taraqqiyotida eng muhim moddiy sharoitlardan biridir.
1.1-rasm. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining boshqa fanlar bilan
aloqadorligi
Iqtisodiy geografiya fani iqtisod fani bilan ham yaqindan aloqadordir. Chunki,
u yoki bu mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarini iqtisodiy geografik jihatdan
o‘rganayotganda iqtisodiy nazariyaga va bozor iqtisodiy sharoitiga oid kishilar va
ayrim iqtisodiy mulohazalardan bu fan foydalanadi. O‘zbekiston iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyasi fani statistik fanlar bilan ham aloqadordir, chunki
mamlakatlarni xo‘jalik tarmoqlarini yoki aholi mehnat resurslarini o‘rganayotganda
va boshqa sohalarda, statistik ma’lumotlardan iqtisodiy geografiya fani keng
foydalanadi. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani kartografiya fani
bilan ham yaqindan aloqadordir, chunki u yoki bu davlatlarni iqtisodiy geografik
jihatdan o‘rganayotganda kartografiyadan keng foydalaniladi. Bu fanda karta-sxema
kartogramma, diogramma usullarisiz hech mumkin emasdir. Bundan tashqari
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani “Demografiya” fani bilan ham
yaqindan aloqadordir. Chunki, aholi va mehnat resursi jamiyatda eng asosiy kuch
O‘zbekiston
gegrafiyasi
Gegrafiya
fanlari
Iqtisodiy va
ijtimoiy
fanlari
Gidrologiya
Tuproqlar
geografiyasi
Geologiya va
geomorfologiya
biogeografiya
Topografiya va
kartografiya
Transport
geografiyasi
Sanoat
geografiyasi
Transport
geografiyasi
Iqtisodiyot
tarix
Matematika va
statistika
sotsiologiya
Umumiy yer
bilimi
Toponomika
Aholi
geografiyasi
Jahon
geografiyasi
hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida aholi bo‘limi asosiy
qism hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni
Mustaqillika erishgan O‘zbekiston, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini o‘z
manfaatlari asosida mustaqil tashkil etishga kirishdi. Hozirgi paytda uning
mustaqilligini 120 dan ortiq davlatlar tan oldi, 150 dan ortiq mamlakatlarning
elchixonalari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga va
boshqa ko‘pgina nufuzli dunyoviy, siyosiy, iqtisodiy tashkilotlarga teng huquqli
a’zodir. Maydoni - 448,97 ming km2. Maydonining kattaligiga ko‘ra jahonda – 55-
o‘rinda turadi. Aholisi – 32650 ming kishi (2018yil 1 yanvar). Aholi soniga ko‘ra
jahonda 44-o‘rinda turadi (2017y). Poytaxti – Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Yevrosiyoning o‘rtasida, Markaziy Osiyo siyosiy
geografik mintaqasida joylashgan. U bevosita jahon okeaniga chiqish imkoniyatiga
ega emas. Mamlakatimiz sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari bilan,
janubi-g‘arbda Turkmaniston Respublikasi, shimolda katta masofada Qozog‘iston
Respublikasi bilan chegaradosh. Janub tomondan Amudaryo orqali Afg‘oniston
davlati bilan chegaradosh. CHegaralarining umumiy uzunligi - 6621km. Eng chekka
shimoliy nuqtasi shim.-sharqda — Ustyurt platosida Orol dengizining g‘arbiy
sohilida, 450 361 shimoliy kenglikda, eng chekka janubiy nuqtasi 370 111 shimoliy
kenglikda joylashgan. Eng chekka g‘arbiy nuqtasi 560 sharqiy uzoqlikda, eng chekka
sharqiy nuqtasi esa 730 101 sharqiy uzoqlikda joylashgan. Mamlakatimiz hududi
g‘arbdan sharqqa tomon - 1425 km, shimoldan janubga – 930 km masofaga
cho‘zilgan. Respublika hududi janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga cho‘zilgan va
yuzasi ham shu yo‘nalishda yirik daryolar oqimiga mos ravishda pasayib boradi. Eng
baland nuqtasi 4643m bo‘lib, Hisor tizmasidadir. Eng past nuqtasi esa dengiz
sathidan -12m pastda joylashgan Mingbuloq botig‘i hisoblanadi. Davlat tuzumi –
Prezidentlik Respublikasi. Mustaqillik kuni -1991yil, 1sentyabr.
Ma’lumki, iqtisodiy geografik o‘rin, shu jumladan, siyosiy geografik mavqe
tabiiy geografik o‘ringa nisbatan tarixan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Binobarin, bir
vaqtlar qulay bo‘lgan holat keyinchalik noqulay yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Shu
nuqtai nazardan yondoshganda, o‘lkamizning qadimgi iqtisodiy va siyosiy geografik
o‘rni ancha qulay bo‘lgan. Zero, o‘sha davrlarda quruqlik transporti-karvon yo‘llar
katta ahamiyat kasb etgan, vatanimiz esa mag‘rib va mashriq mamlakatlarini
tutashtiruvchi xalqaro savdo yo‘llar o‘tgan hududda – Buyuk Ipak yo‘lining
markazida joylashgan. Hozirgi davrda esa u yoki bu davlat siyosiy-iqtisodiy
rivojlanishi, eng avvalo, suv transportiga bog‘liq, chunki yer yuzida quruqlikdan
ko‘ra suv ko‘proq, dengiz yoki okeanlar orqali aloqa esa boshqa vositalarga nisbatan
qulay va arzon. Shuning uchun mamlakatning Jahon okeaniga chiqishi yoki uning
yirik daryolar yordami bilan bunday imkoniyatga ega bo‘lishi siyosiy geografik
o‘rnining yaxshilanishiga yordam beradi.
O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni xususiyatlarini, mutaxassislar
e’tirof etganlaridek, uch jixatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
O‘zbekistonning mikrogeografik o‘rni O‘zbekiston Respublikasining O‘rta
Osiyodagi mustaqil davltlarga nisbatan tutgan o‘rni avvalo uning iqtisodiy mintaqa
markaziy qismida joylashganligi, juda qulay transport imkoniyatlarini belgilaydi.
Mamlakatimiz O‘rta Osiyoning o‘ziga xos temir yo‘l darvozasi ham xisoblanadi.
O‘rta Osiyodagi birinchi temir yo‘llar ham O‘zbekistonni qo‘shni davlatlar bilan
bog‘lagan. 1880 – 1886 yillarda qurilgan Krasnovodsk – Chorjo‘y temir yo‘li 1899
yillarda Farg‘ona vodiysiga etkazilgan. Shu va 1905 yilda ishga tushirilgan
Toshkent-Orenburg temir yo‘li hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
O‘zbekistonning bu boradagi roli yaqin kelajakda qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston,
Qozog‘iston Respublikalarini, Eron, Afg‘oniston, Turkiya kabi mamlakatlar bilan
tashqi iqtisodiy aloqalarni olib borishda yanada kuchayadi.
O‘zbekiston Respublikasi chegaralarining muhim xususiyatlaridan biri
ularning aksariyat qismi tekisliklar orqali o‘tishidir. Xatto uning bilan ulkan tog‘lar
o‘lkalari-Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari o‘rtasidagi chegaralar ham asosan
qulay tog‘ oralig‘i vodiylari yoki u qadar baland bo‘lmagan tog‘ tizmalari orqali
o‘tgan. Ularni bog‘lab turadigan transport yo‘llari shu sababli iqtisodiy jihatdan
qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan hududlar orkali o‘tgan. Bu holat qo‘shni
respublikalar bilan xilma-xil iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda yanada qo‘shimcha
qulayliklar tug‘diradi. Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk
Ipak yo‘li O‘zbekiston orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi
aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni jadal ketgan.
Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo-Tinch okean mintaqasiga
olib boradigan quruqlikdagi yo‘llar shu yerda kesishadi. O‘rta Osiyo davlatlari
Hindiston yarim orolini Rossiya va Yevropa bilan bog‘lab turadi.
Mezogeografik o‘rni, avvalo uning O‘rta Osiyo-Qozog‘iston mikro
mintaqasidagi tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Bu yerda ham respublikaning markaziy
movqeiga ega ekanligi asosiy ijobiy xolat hisoblanadi. Bu, avvalo, O‘zbekiston
hududining juda katta masofada Qazog‘iston hududi bilan tutashligida ko‘rinadi.
1996 yili Turkmanistonning janubi-sharqidagi Tejen daryosi bo‘ylab Eronning
Mashhad shahrigacha 305 km masofaga ega bo‘lgan Tejen-Saraxs-Mashhad temir
yo‘li qurildi. Bu yo‘l O‘rta Osiyo Respublikalarini Eron orqali Hind okeani
havzasiga chiqish imkoniyatini beradi.
1.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining maydoniga ko‘ra O‘rta Osiyo mintaqasida
va Yevrosiyo materigida tutgan o‘rni
Makrogeografik o‘rni - O‘zbekiston dengizga tutash emas, shu sababli u
dengizga chiqish uchun boshqa mamlakatlar hududi orqali o‘tishi kerak. Bu esa qator
qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonning hukumat boshliqlari
makro iqtisodiy geografik o‘rindagi qiyinchiliklarni bartaraf etish borasida qator
ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, qadimda bu yerda rivoj topgan Buyuk Ipak
yo‘lini qaytadan tiklash ya’ni G‘arbiy Yevropa mamlakatlarini Osiyoning sharqiy
qismidagi mamlakatlar bilan O‘rta Osiyo hududi orqali o‘tadigan avtomobil, temir
yo‘llar bilan bog‘lash, Afg‘oniston va Eron hududi orqali Fors qo‘ltig‘iga chiqish
borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, temir yo‘l transporti respublikalar va rayonlarning o‘zaro iqtisodiy
aloqalarida ular o‘rtasida olib boriladigan yuk ayirboshlashda barcha tarnsport
tarmoqlari orasida yetakchi o‘rinda turadi. Shu naqtai-nazardan olib qaraganda
11,2%
O‘zbekiston Respublikasining maydoni
0,8%
O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni yaxshi mavqega egadir. Vatanimiz milliy
va siyosiy mustaqilligini mustahkamlash ko‘p jihatdan uning barcha ichki va tashqi
imkoniyatlaridan foydalanishni talab etadi. Bu o‘rinda geografik omillarning
ahamiyati ham sezilarlidir. Jumladan, iqtisodiy va siyosiy geografik o‘rni, maydoni,
chegaralari, yer-suv, mineral xom ashyo resurslarining hududiy tarkibi, ma’muriy-
hududiy tuzilishi, mehnat resurslarining hududiy tarkibi, transport shaxobchalari,
urbanizatsiya jarayoni, infrastruktura tarmoqlarining joylanishi, shaharlarning to‘ri
va tizimi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojiga ta’sir etmay qolmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy bo‘linishi.
Jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida Respublikamiz hududida bir necha bor
markazlashgan davlatlar barpo bo‘ldi. O‘lkamiz hududida iqtisodiy-ijtimoiy hayot
rivojlanib bordi, fan, madaniyat yuksak darajaga ko‘tarildi, bu yerda yashovchi
halqlar necha bor bosqinchilik zarbalariga duchor bo‘ldi. Masalan, Arab istilosi
(666-714), Mo‘g‘illar istilosi (1218-1266). Chor rossiyasi (1816-1817) Turkistonni
bosib olishi kabilar. Rossiya bosib olgan davrgacha Turkistonda Qo‘qon, Xiva
xonliklari va Buxoro Amirligi xukm surgan edi. 1865 yildan boshlab Markaziy
Osiyoni shu jumladan O‘zbekistonni chor Rossiyasi bosib oldi.
1.3-rasm.O‘zbekiston Respublikasining ramzlari
1.1-jadval. O‘zbekiston Respublikasining maydoni, mamuriy hududiy bo‘linishi
Maydoni
ming km.kv
Mamuriy hududiy bo‘linishi
Qishloq
tumanlari
soni
Shaharlar
Shahar tipidagi
posyolkalar
O‘zbekiston
Respulikasi
448,97
159
119
1071
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
166,59
14
12
26
Andijon
4,30
14
11
83
Buxoro
40,32
11
11
62
Jizzax
21,21
12
6
43
Qashqadaryo
28,57
13
12
123
Navoiy
110,99
8
6
38
Namangan
7,44
11
8
120
Samarqand
16,77
14
11
88
Surxondaryo
20,10
14
8
114
Sirdaryo
4,28
8
5
21
Toshkent
15,26
15
16
97
Farg‘ona
6,76
15
9
206
Xorazm
6,05
10
3
58
Toshkent sh.
0,33
-
XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘zbekistonning hozirgi chegara hududida
ma’muriy jihatdan quyidagilar ajratilgan:
1. Buxoro amirligi: Ma’muriy jihatdan 28 ta beklikdan iborat bo‘lgan.
2. Xiva xonligi: Ma’muriy jihatdan 20 ta beklikdan iborat bo‘lgan.
3. Turkiston general gubernatorligi: Ma’muriy jihatdan Toshkent, Samarqand,
Farg‘ona oblastlari, uezd va qishloq jamoalaridan iborat bo‘lgan.
1.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi.
1938 yili
tashkil etilgan
viloyatlar
Samarqand
Toshkent
Farg’ona
Zarafshon
(Buxoro)
Xorazm
1941 yili
tashkil etilgan
viloyatlar
Andijon,
Namangan,
Surxondaryo
1943 yili
tashkil etilgan
viloyatlar
Qashqadaro
(1964 yili qayta
tashkil etilgan)
1963 yili
tashkil etilgan
viloyat
Sirdaryo
1936 yili
tashkil etilgan
viloyatlar
Qoraqalpog’iston
O’zbekiston SSR
tarkibiga kirdi. 1992
yilda O’zbekiston
Respublikasi
tarkibida
suveren davlat
sifatida e'lon
qilingan
1973 yili
tashkil etilgan
viloyat
Jizzax
(1990 йилда қайта
1982 yili
tashkil etilgan
viloyatlar
Navoiy
(1992 yili qayta
tashkil etilgan)