O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI.

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

28,9 KB


 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI. 
 
 
 
Reja: 
1. O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotidagi o‘rni.  
2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.  
3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.  
4.Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari. 
1.O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotidagi o‘rni. 
Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo 
viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik 
markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli 
ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.Viloyat markazi hisoblanagan Qarshi bir necha 
arxitektura yodgorliklarga ega. Bular: Ko’kgumbaz masjidi (1463y), Jome’ masjidi, 
Minorali Qo’rg’oncha, Xo’ja Abdulaziz madrasasi, Qilichboy madrasasi, Zaxox – 
Moron shaharchasi xarobalari va Qashqadaryo daryosi ustidan o’tgan qadimiy 
ko’prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik yubileyi munosabati bilan 
yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi yanada oshdi. 
Turistik rayonning yana bir qadimiy shaharlaridan biri Termizdir. Termiz shahri 
eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan 
bog’lovchi korvon yo’llarining chorrahasida paydo bo’lgan. Termiz yonida 
eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar 
topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada 
O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI. Reja: 1. O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. 2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. 3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. 4.Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari. 1.O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.Viloyat markazi hisoblanagan Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklarga ega. Bular: Ko’kgumbaz masjidi (1463y), Jome’ masjidi, Minorali Qo’rg’oncha, Xo’ja Abdulaziz madrasasi, Qilichboy madrasasi, Zaxox – Moron shaharchasi xarobalari va Qashqadaryo daryosi ustidan o’tgan qadimiy ko’prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik yubileyi munosabati bilan yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi yanada oshdi. Turistik rayonning yana bir qadimiy shaharlaridan biri Termizdir. Termiz shahri eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog’lovchi korvon yo’llarining chorrahasida paydo bo’lgan. Termiz yonida eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada  
 
Budda ibodatxonasi xarobalari mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni 
jalb qilmoqda. 
Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi. 
Mintaqaning tabiiy go’zal va o’ziga xos tabiati, relyefi turizmni turli yo’nalishlari 
rivojlantirish imkoni beradi. Ayniqsa, Hisor tog’ining go’zal manzarasi va undagi 
ko’plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam olish va salomatligini tiklashda 
ahamiyati katta. Yana rayondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan 
Kitob geologik qo’riqxognasi, Hisor, Surxondaryo, Payg’ambarorol davlat 
qo’riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, 
bu mintaqada yashayotganxalqning o’zoq o’tmish an’analari, san’ati, madaniyati va 
urf – odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir. 
 
1. 
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. 
 
Qashqadaryo rayoni O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo’lib, u 
cho’l, dasht, tog’oldi va tog’li xududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida 
cho’l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog’ oldi va tog’li hududlariga 
ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan, 
3938 ga maydonga ega bo’lgan, MDH davlatlari ichida yagona - "Kitob davlat 
geologiya qo’riqxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Muborak buyurtmaxonasi", 
1992 yilda tashkil etilgan "Sechenko’l buyurtmaxonasi" mavjud. Qashqadaryo 
rayonida ekoturizmni tarixiy, diniy turizm bilan birgalikda olib borish uchun 
birqancha arxitektura yodgorliklari va diniy qadamjoylar mavjud. 
Hisor rayonida 1983 yilda tashkil toptan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m.bo’lgan, 870 xil o’simlik, 140 
xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo’lgan Hisor davlat qo’riqxonasi 
mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks etgiruvchi 
"Boysun" etnografik-folklor ansambli chiqishlari bilan uyg’unlikda olib borish 
sayohlarni o’ziga ko’proq jalb qilish imkoniyatini beradi. 
Surxondaryo rayonida Kuhitang tog’li hududda 1987 yil tashkil etilgan 53,7 ming ga 
maydonda 800 xil o’simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini 
muhofaza qilishga yo’naltirilgan "Surxon davlat qo’riqxonasi" mavjud. Surxondaryo 
Budda ibodatxonasi xarobalari mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni jalb qilmoqda. Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi. Mintaqaning tabiiy go’zal va o’ziga xos tabiati, relyefi turizmni turli yo’nalishlari rivojlantirish imkoni beradi. Ayniqsa, Hisor tog’ining go’zal manzarasi va undagi ko’plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam olish va salomatligini tiklashda ahamiyati katta. Yana rayondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan Kitob geologik qo’riqxognasi, Hisor, Surxondaryo, Payg’ambarorol davlat qo’riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, bu mintaqada yashayotganxalqning o’zoq o’tmish an’analari, san’ati, madaniyati va urf – odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir. 1. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Qashqadaryo rayoni O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo’lib, u cho’l, dasht, tog’oldi va tog’li xududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho’l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog’ oldi va tog’li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo’lgan, MDH davlatlari ichida yagona - "Kitob davlat geologiya qo’riqxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Muborak buyurtmaxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Sechenko’l buyurtmaxonasi" mavjud. Qashqadaryo rayonida ekoturizmni tarixiy, diniy turizm bilan birgalikda olib borish uchun birqancha arxitektura yodgorliklari va diniy qadamjoylar mavjud. Hisor rayonida 1983 yilda tashkil toptan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m.bo’lgan, 870 xil o’simlik, 140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo’lgan Hisor davlat qo’riqxonasi mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks etgiruvchi "Boysun" etnografik-folklor ansambli chiqishlari bilan uyg’unlikda olib borish sayohlarni o’ziga ko’proq jalb qilish imkoniyatini beradi. Surxondaryo rayonida Kuhitang tog’li hududda 1987 yil tashkil etilgan 53,7 ming ga maydonda 800 xil o’simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo’naltirilgan "Surxon davlat qo’riqxonasi" mavjud. Surxondaryo  
 
rayoni Respublikamizning o’ziga xos rayonlaridan biri hisoblanib, bu yerda quruq 
subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko’p oylarida 
ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor. 
Xulosa qilib aytganda, ekoturistik rayonlashtirishni joyning geoekologik 
xususiyatlaridan kelib chikkan tarzda amalga oshirish tabiat va jamiyat o’rtasidagi 
munosabatlarni uyg’unlashtirishga xizmat qiladi.  
 
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. 
 
Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi. X-XIV asrlar. Bu me’moriy obida 
Eski Termiz qal’asining shimoliy-g`arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad 
ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-falsafiy asarlar 
muallifi, din arbobi, yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy 
maqbarasi qadimgi xonaqoh hujralaridan biri bo`lib, alloma shu yerda faoliyat 
yuritgan: muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan, ular bilan 
suhbatlashgan. SHu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o`g`li 
SHohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o`rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar davridagi 
toshtaroshlik, o`ymakorlik va bezakchilik san’atidan dalolatdir. Hakim at-Termiziy 
880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to`rt yuzdan ortiq asar yozgan. 
SHulardan o`ndan ziyodrog`i bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga 
bag`ishlangan "Jome’ al-usul" nomli qo`lyozma asari O`zbekiston musulmonlari 
idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. 
Sulton Saodat majmuasi. XI asr. Sulton Saodat sayyidlar sulolasining 
maqbarasidir. Bu me’moriy majmua oilaviy maqbaralar va marosim xonalaridan 
iborat bo`lib, asrlar davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir. Birinchi maqbarada 
IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir ismli sayyidning xoki 
yotibdi. U shu atrofdagi yerlarning egasi, Payg`ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi. 
Sulton Saodat mo`g`ullar istilosi paytida vayron qilingan edi. Termizning sharqiy 
tomoniga joylashgan bu ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb yetti asr (X - 
XVII) davomida shakllangan bu me’moriy majmua jami yigirmaga yaqin qabrni o`z 
ichiga oladi. 
rayoni Respublikamizning o’ziga xos rayonlaridan biri hisoblanib, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko’p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor. Xulosa qilib aytganda, ekoturistik rayonlashtirishni joyning geoekologik xususiyatlaridan kelib chikkan tarzda amalga oshirish tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishga xizmat qiladi. 3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi. X-XIV asrlar. Bu me’moriy obida Eski Termiz qal’asining shimoliy-g`arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, din arbobi, yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi xonaqoh hujralaridan biri bo`lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan: muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan, ular bilan suhbatlashgan. SHu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o`g`li SHohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o`rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar davridagi toshtaroshlik, o`ymakorlik va bezakchilik san’atidan dalolatdir. Hakim at-Termiziy 880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to`rt yuzdan ortiq asar yozgan. SHulardan o`ndan ziyodrog`i bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga bag`ishlangan "Jome’ al-usul" nomli qo`lyozma asari O`zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Sulton Saodat majmuasi. XI asr. Sulton Saodat sayyidlar sulolasining maqbarasidir. Bu me’moriy majmua oilaviy maqbaralar va marosim xonalaridan iborat bo`lib, asrlar davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir. Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. U shu atrofdagi yerlarning egasi, Payg`ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi. Sulton Saodat mo`g`ullar istilosi paytida vayron qilingan edi. Termizning sharqiy tomoniga joylashgan bu ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb yetti asr (X - XVII) davomida shakllangan bu me’moriy majmua jami yigirmaga yaqin qabrni o`z ichiga oladi.  
 
Abu Iso at-Termiziy maqbarasi.  Hozirgi SHerobod tumani hududida joylashgan 
ushbu maqbara XI- XII asrlar me’moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. At-Termiziy 
hijriy 209 yilda (mil. 824-825 y.) tavallud topgan. Hofiz az-Zahabiy "Miyzon al-
e’tidol "kitobida Termiziyning hijriy 279 yilda vafot etganini zikr qilib, "Vafot etgan 
vaqtlarida 70 yoshda edilar", deydi. Ismu nasablari - Muhammad ibn Iso ibn Savra 
ibn Muso ibn az-Zahhok as-Sulamiy al-Bug`iy at-Termiziy. Alloma to`plagan 
hadislar ishonchliligi va mo`’tabarligi jihatidan "Sihohi sitta" (oltita eng sahih 
hadislar to`plami)ning biri sanaladi. Yoshliklarida ko`p yillar davomida Iroq, Hijoz 
kabi arab o`lkalarida hadis o`rganib, ularni jamlagan. 250 hijriy yilda Termizga 
qaytganlar. SHu yili Nishopurda Imom al-Buxoriy bilan uchrashib ko`p hadislar 
xususida mubohasalar olib borganlar. Bu buyuk vatandoshimizdan "Al-Jome’ as-
Sahih" ("Sunani Termiziy"), "Ash-SHamoil" ("SHamoili Muhammadiya"), "Al-
Hol", "At-Tarix", "Az-Zuhd", "Al-Asmou val-kunya" ("Ismlar va kunyalar") kabi 
asarlar bizgacha yetib kelgan. 
Jarqo`rg`on minorasi. XII asr boshi. Hozirgi Jarqo`rg`on tumanining Alisher 
Navoiy nomidagi jamoa xo`jaligida joylashgan. O`rta Osiyoning shu turdagi 
minoralari orasida o`zining jimjimador o`n olti tutamlik yarim ustuni bilan ajralib 
turadi. Bu ustunlar qavariq, (qovurg`a) shaklida bo`lib, yuzasi yotiq kesimda ko`p 
yaproqli gulga o`xshaydi. Quyiga tusha borgan sari qavariqlar go`yo yig`ilib 
ketganday tuyuladi. YUqori qismida esa ular ravoqchalar zanjiri va enli epigrafik 
hoshiya bilan jipslashgan. Minora asosi baland sakkiz qirrali kursiga o`rnatilgan. Har 
bir qirraning markazida xushbichim ravoqli tahmonlar bor. Ana shu tahmonlardan 
bittasi janubiy-g`arbiy qirrada minora ichki aylana zinasiga olib chiqadi.  
Oqsaroy. XIV asr. 1378-1379 yillarda Amir Temur Xorazmdagi barcha usta va 
hunarmandlarni Keshga keltirib, shaharda ulkan obodonlashtirshi ishlarini olib 
borgan va o`z davri uchun tengi bo`lmagan Oqsaroyni qurdirgan. Oqsaroy 
poydevoriga qo`yilgan dastlabki g`ishtlar oltin qumdan tayyorlangan. Saroy 
bezaklari orasiga Alloh taologa hamdu sanolar va Amir Temurga maqtov so`zlari 
bitilgan.       
Hazrati Imom maqbarasi.  XIV asr. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad 
SHayboniyning xokini keltirib Dorussiyodatga, o`g`li Jahongir qabri oldiga dafn 
ettirgan. Amir Temur ko`rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo 
Abu Iso at-Termiziy maqbarasi. Hozirgi SHerobod tumani hududida joylashgan ushbu maqbara XI- XII asrlar me’moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. At-Termiziy hijriy 209 yilda (mil. 824-825 y.) tavallud topgan. Hofiz az-Zahabiy "Miyzon al- e’tidol "kitobida Termiziyning hijriy 279 yilda vafot etganini zikr qilib, "Vafot etgan vaqtlarida 70 yoshda edilar", deydi. Ismu nasablari - Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as-Sulamiy al-Bug`iy at-Termiziy. Alloma to`plagan hadislar ishonchliligi va mo`’tabarligi jihatidan "Sihohi sitta" (oltita eng sahih hadislar to`plami)ning biri sanaladi. Yoshliklarida ko`p yillar davomida Iroq, Hijoz kabi arab o`lkalarida hadis o`rganib, ularni jamlagan. 250 hijriy yilda Termizga qaytganlar. SHu yili Nishopurda Imom al-Buxoriy bilan uchrashib ko`p hadislar xususida mubohasalar olib borganlar. Bu buyuk vatandoshimizdan "Al-Jome’ as- Sahih" ("Sunani Termiziy"), "Ash-SHamoil" ("SHamoili Muhammadiya"), "Al- Hol", "At-Tarix", "Az-Zuhd", "Al-Asmou val-kunya" ("Ismlar va kunyalar") kabi asarlar bizgacha yetib kelgan. Jarqo`rg`on minorasi. XII asr boshi. Hozirgi Jarqo`rg`on tumanining Alisher Navoiy nomidagi jamoa xo`jaligida joylashgan. O`rta Osiyoning shu turdagi minoralari orasida o`zining jimjimador o`n olti tutamlik yarim ustuni bilan ajralib turadi. Bu ustunlar qavariq, (qovurg`a) shaklida bo`lib, yuzasi yotiq kesimda ko`p yaproqli gulga o`xshaydi. Quyiga tusha borgan sari qavariqlar go`yo yig`ilib ketganday tuyuladi. YUqori qismida esa ular ravoqchalar zanjiri va enli epigrafik hoshiya bilan jipslashgan. Minora asosi baland sakkiz qirrali kursiga o`rnatilgan. Har bir qirraning markazida xushbichim ravoqli tahmonlar bor. Ana shu tahmonlardan bittasi janubiy-g`arbiy qirrada minora ichki aylana zinasiga olib chiqadi. Oqsaroy. XIV asr. 1378-1379 yillarda Amir Temur Xorazmdagi barcha usta va hunarmandlarni Keshga keltirib, shaharda ulkan obodonlashtirshi ishlarini olib borgan va o`z davri uchun tengi bo`lmagan Oqsaroyni qurdirgan. Oqsaroy poydevoriga qo`yilgan dastlabki g`ishtlar oltin qumdan tayyorlangan. Saroy bezaklari orasiga Alloh taologa hamdu sanolar va Amir Temurga maqtov so`zlari bitilgan. Hazrati Imom maqbarasi. XIV asr. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad SHayboniyning xokini keltirib Dorussiyodatga, o`g`li Jahongir qabri oldiga dafn ettirgan. Amir Temur ko`rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo  
 
etganlar. Muhammad SHayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag`dodiy 
"nomi bilan mashhur bo`lgan. Majmuaga Amir Temur o`zi uchun katta xilxona 
qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o`n olti qirrali asosga qurilgan 
gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar 
bilanbezatilgan. 
SHayx SHamsiddin Kulol maqbarasi. XIVasr. SHayx SHamsiddin Kulol (yoki 
Kulol Faxuriy) Amir Temur va uning otasi Amir Tarag`ayning ustozi, o`z davrida 
ulkan hurmat va e’tiborga ega bo`lgan ulamolardan. Mil. 1370 yilda SHayx dafn 
etilgan joyga Amir Temur maqbara qurdirgan. 1373 yilda olamdan o`tgan Amir 
Tarag`ay ham o`zining vasiyatiga binoan ustozi SHamsiddin Kulol qabrining oyoq 
tomoniga dafn etildi. Maqbara to`g`ri to`rtburchak shaklda qurilgan bo`lib, kirish 
qismiga ulkan gumbaz ishlangan, dastlabki qo`yilgan ikkita katta ustun va asosiy 
poydevor bugungi kungacha saqlangan, devor va gumbazlar Amir Temur davriga 
xos o`ymakor g`ishtdan bezak va jilva bilan bezatilgan. 
Xo`ja Jarroh yodgorlik majmuasi.  Majmua XIV asrga oid bo`lib, hozirgi Qarshi 
shahrining Xudoyzod mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga ko`ra, Sohibqiron Amir 
Temur XIV asr oxirlarida SHom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulug` 
sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri xokidan 
keltirib, Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Al-Jarroh 
birinchi bo`lib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan. 
Husam ota majmuasi. XIV, XVI, XIX asrlar. Hazrat Husam ota asli Makkadan 
Movarounnahrga hijrat qilgan din arbobi bo`lib, Tedyon va Pedyon qishloqlariga 
asos solgan hamda yerli aholi orasida Islom dinini targ`ib qilgan. U 1090-1091 
yillarda olamdan o`tgan. Husam ota va avlodlari dafn etilgan qabr ustiga uning 
muridlari tomonidan maqbara va majmua barpo etilgan. Maqbarada mo`g`ul 
xonlaridan Oqatoy va Masratoy ismlari ko`rsatilgan qabr toshlarining mavjudligi bu 
yerga XIII - XIV asrlarda mo`g`ullar ham dafn etilganini ko`rsatadi. 
Gumbazi Sayyidin maqbarasi. XV asr. 1437-1438 yillarda bunyod etilgan 
Gumbazi Sayyidon maqbarasi o`ziga xos maqbaralar majmuasini tashkil etadi. 
Gumbazlariga naqshinkor bezaklar tushirilgan. Undagi yozuvlarga asoslanib Mirzo 
Ulug`bek avlodlariga oid, degan taxminlar qilinadi. XV - XVII asrlarda maqbara 
ichiga Termiz sayyidlari ismlari ko`rsatilgan bir necha qabrtoshlar olib kirilgan. Bu 
etganlar. Muhammad SHayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag`dodiy "nomi bilan mashhur bo`lgan. Majmuaga Amir Temur o`zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o`n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilanbezatilgan. SHayx SHamsiddin Kulol maqbarasi. XIVasr. SHayx SHamsiddin Kulol (yoki Kulol Faxuriy) Amir Temur va uning otasi Amir Tarag`ayning ustozi, o`z davrida ulkan hurmat va e’tiborga ega bo`lgan ulamolardan. Mil. 1370 yilda SHayx dafn etilgan joyga Amir Temur maqbara qurdirgan. 1373 yilda olamdan o`tgan Amir Tarag`ay ham o`zining vasiyatiga binoan ustozi SHamsiddin Kulol qabrining oyoq tomoniga dafn etildi. Maqbara to`g`ri to`rtburchak shaklda qurilgan bo`lib, kirish qismiga ulkan gumbaz ishlangan, dastlabki qo`yilgan ikkita katta ustun va asosiy poydevor bugungi kungacha saqlangan, devor va gumbazlar Amir Temur davriga xos o`ymakor g`ishtdan bezak va jilva bilan bezatilgan. Xo`ja Jarroh yodgorlik majmuasi. Majmua XIV asrga oid bo`lib, hozirgi Qarshi shahrining Xudoyzod mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga ko`ra, Sohibqiron Amir Temur XIV asr oxirlarida SHom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulug` sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri xokidan keltirib, Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Al-Jarroh birinchi bo`lib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan. Husam ota majmuasi. XIV, XVI, XIX asrlar. Hazrat Husam ota asli Makkadan Movarounnahrga hijrat qilgan din arbobi bo`lib, Tedyon va Pedyon qishloqlariga asos solgan hamda yerli aholi orasida Islom dinini targ`ib qilgan. U 1090-1091 yillarda olamdan o`tgan. Husam ota va avlodlari dafn etilgan qabr ustiga uning muridlari tomonidan maqbara va majmua barpo etilgan. Maqbarada mo`g`ul xonlaridan Oqatoy va Masratoy ismlari ko`rsatilgan qabr toshlarining mavjudligi bu yerga XIII - XIV asrlarda mo`g`ullar ham dafn etilganini ko`rsatadi. Gumbazi Sayyidin maqbarasi. XV asr. 1437-1438 yillarda bunyod etilgan Gumbazi Sayyidon maqbarasi o`ziga xos maqbaralar majmuasini tashkil etadi. Gumbazlariga naqshinkor bezaklar tushirilgan. Undagi yozuvlarga asoslanib Mirzo Ulug`bek avlodlariga oid, degan taxminlar qilinadi. XV - XVII asrlarda maqbara ichiga Termiz sayyidlari ismlari ko`rsatilgan bir necha qabrtoshlar olib kirilgan. Bu  
 
keyinchalik maqbaraning Gumbazi Sayyidon, deb atalishiga olib kelgan. Binoning 
asosi katta bir xonaqoh, gumbaz hamda unga ulanib ketgan mayda xonalardan iborat. 
Langar ota majmuasi. XV- XVI asrlar. Langar ota me’moriy majmuasi hozirgi 
Qamashi tumanining Langar qishlog`ida XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida 
juda katta obro`-e’tibor va salohiyatga ega bo`lgan Kattalangar shayxlari tomonidan 
qurilgan. Maqbarada «Langar ota « nomi bilan tanilgan SHayx Muhammad Sodiq 
(1460-1545), otasi shayx Abul Hasan va avlodlari dafn etilganlar. Maqbarada Amir 
Temur avlodidan bo`lgan ismi ko`rsatilmagan bir shahzodaning ham qabr toshi 
mavjud. 
 
keyinchalik maqbaraning Gumbazi Sayyidon, deb atalishiga olib kelgan. Binoning asosi katta bir xonaqoh, gumbaz hamda unga ulanib ketgan mayda xonalardan iborat. Langar ota majmuasi. XV- XVI asrlar. Langar ota me’moriy majmuasi hozirgi Qamashi tumanining Langar qishlog`ida XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida juda katta obro`-e’tibor va salohiyatga ega bo`lgan Kattalangar shayxlari tomonidan qurilgan. Maqbarada «Langar ota « nomi bilan tanilgan SHayx Muhammad Sodiq (1460-1545), otasi shayx Abul Hasan va avlodlari dafn etilganlar. Maqbarada Amir Temur avlodidan bo`lgan ismi ko`rsatilmagan bir shahzodaning ham qabr toshi mavjud.