O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO‘LI
Yuklangan vaqt
2025-03-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
22
Faytl hajmi
58,8 KB
O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT
YO‘LI
Reja
1.O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning
“O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va
taraqqiyot yo‘li.
3.O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya
asoslari.
4.Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
5. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
6.Davlat ramzlari.
Tarixdan ma’lumki, o‘z mamlakati milliy manfaatlarini hisobga olmay, Vatan
taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash mumkin emas. Turli xorijiy mamlakatlar
taraqqiyot modeliga ko‘r-ko‘rona tayanib, ish tutgan MDH doirasidagi ayrim
mamlakatlarda islohotlarda depsinish hollari, tashqi qarzga botish, jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida ochilib, o‘zining zaif tomonlarini ko‘rsatdi. Dunyoda XX
asrning boshlarida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining Amerika va Yevropa
modellari, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa o‘ziga xos Germaniya va Yaponiya
modellari shakllandi. Keyinchalik o‘zini to‘liq oqlagan Janubiy Koreya, Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida taraqqiyot modellari yuzaga keldi. Shuningdek,
mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlarida ko‘proq boshqa modellardan
andoza olingan yo‘llar tanlandi.
Lekin ushbu davlatlar tajribasi biron bir davlatning rivojlanish yo‘lini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib bo‘lmasligini amalda isbotladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari barcha mamlakatlarni bitta manzilga –
erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari
shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo‘lganligi
tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan
biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib
bo‘lmaydi. Fransiyada chop etiladigan «Liberason» gazetasi muxbirining «Turkiya
modeli» xususida bergan savoliga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimov quyidagicha javob bergan edi: «Turkiya bozor munosabatlari yo‘liga
o‘tib erishgan tub o‘zgarishlari bilan ham hurmatga loyiqdir. Biroq, mustaqil
O‘zbekiston Turkiya yo‘lidan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmoqchi emas.
Odamzod birovning bo‘yiga qarab o‘ziga to‘n bichmaydi». Joriy yilning 8
sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida
xaqli
ravishda
ta’kidlaganidek: «Zamonaviy
O‘zbekistonning tarixi
- bu
mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Abdug‘anievich
Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir».
Chorak asr mobaynida umrboqiy modelga aylanib ulgurgan, jamiyatimizni
isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya
qilish hamda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha puxta o‘ylangan,
dunyoda «o‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga
oshirish orqali O‘zbekiston zamonaviy jadal va barqaror rivojlanib borayotgan
davlatga aylandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy
jihatdan belgilab olindi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning
dastlabki
yillarida
mamlakatimizning
rivojlanish
strategiyasi,
islohotlarni
chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish
maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999-yil 14- aprel)
quyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasi
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli
ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni
sarhadlarimiz daxlsizligini, malakatimiz yaxlitligini ta’minlash.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat mas’uliyatli
va murakkab vazifa–iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy
strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard
maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan
ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar
bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tuzumdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga
o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi:
ma’muriy
buyruqbozlik
tizimining
og‘ir
oqibatlarini
tugatib,
iqtisodni
barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich
jarayonida iqtisodiy islohotning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekistonning Birinchi
Pezidenti tomonidan belgilab berildi:
-o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
-qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
-ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo
etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun xujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ularni mazmun-
mohiyati jihatidan quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mukin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi
qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, yer to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-
joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish,
mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, shirkat
xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning
faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik,
sug‘urta, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi
to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi,
korxonalar o‘rtasidagi munosbatlarni tartibga soluvchi, soliq kodeksi, bojxona kodeksi,
monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqidagi qonunlar
qabul qilindi.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar,
xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan belgilanishi mamlakatimiz
tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
O‘zbek modelining hayotga izchil tatbiq etilishi yurtimizning iqtisodiy va
ijtimoiy qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bugun O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil,
barqaror va jadal o‘sayotgan jahondagi juda kam sonli mamlakatlar safidan mustahkam
o‘rin oldi. Ijtimoiy, madaniy sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar nufuzli xalqaro
tashkilot va ekspertlar tomonidan keng e’tirof etilib, yuksak baholanmoqda.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli yuksak zamonaviy texnika va texnologiyaning
mavjudligi,
ishlab
chiqarishning
industrial
tavsifi,
rivojlanishda
axborot
texnologiyalarining o‘rni va ahamiyatining yuqoriligi, xizmat ko‘rsatish sohasining
muttasil o‘sib borishi, iqtisodiy o‘sishning intensiv yo‘li ustuvorligi, iqtisodiyotning
ochiqligi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish,
erkin tadbirkorlikka keng yo‘l ochish orqali bozor munosabatlarini chuqurlashtirish,
iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, xalq farovonligining izchil yuksalishi, milliy
iqtisodiyotning
global
iqtisodiyot
bilan
integratsiyalashuvining
kuchayishi
tendensiyalari bilan tavsiflanmoqda.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli qotib qolgan statik tushuncha emas, albatta.
Uning xarakteri va shakl-shamoyilini belgilaydigan asosiy tamoyillar saqlanib qolgan
holda doimo yangi vazifa va qoidalar bilan bo-yitilib, takomillashtirilib borilmoqda.
Zero, hayot barcha tartib qoidalarga o‘z tuzatishlarini kiritib boraveradi. Jamiyat
hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishning tarkibiy
tuzilishini diversifikatsiyalash, innovatsion texnologiyani izchil rivojlantirish, sanoat
mahsulotlari yetkazib berishni yanada kengroq mahalliylashtirish — «o‘zbekcha
taraqqiyot»ning mantiqiy davomidir.
Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi davlatimiz rahbari
ma’ruzasida O‘zbekistonni joriy yilda rivojlantirishning 6 ta eng muhim ustuvor
yo‘nalishi orasida iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish,
texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya
qilish markaziy o‘ringa qo‘yildi. Shu maqsadda 370 dan ortiq strategik loyihani ko‘zda
tutadigan investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Barcha investitsiyalarning to‘rtdan uch
qismi ichki manbalar hisobidan moliyalashtirilib, ular yangi quvvatlarni yaratish,
rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilmoqda. Bularning hammasi oxir-
oqibatda milliy iqtisodiyotimiz rivojlanishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish,
o‘zbek modelining hayotbaxsh kuchini butun dunyoga yana bir bor namoyish etish
imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholini
ijtimoiy himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab oldi. Bu esa olib
borilayotgan islohotlarning avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishining yorqin dalili
ekanligini isbotlaydi. Dunyo e’tirof etgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh
tamoyilning aynan biri ham kuchli ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, «Bozor
mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga
oshirilmog‘i lozim. Davlat o‘z aholisini himoya qila olgan taqdirdagina, insonparvar
hisoblanadi»69 deyilgan.
Shu maqsadda har yili ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan saramoyalarning
ko‘lami ortib bormoqda. Masalan, 2006 yilda byudjet mablag‘larining 51,9% i 2008
―Ijtimoiy himoya yili Davlat dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyasiga 484
mlrd, so‘mdan ortiq (53,8%), «Yoshlar yili» da 1,5 trln. so‘mdan ortiq (54,6%),
«Barkamol avlod yili» doirasida 1 trillion 700 milliard so‘m, «Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik» yilida 2 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. 2016 yil – Sog‘lom ona
va bola yilida mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va
davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant
mablag‘lari yo‘naltirildi, farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turganidek aholining ijtimoiy himoyasiga
yo‘naltirilgan mablag‘larning miqdori yildan-yilga ortib bormoqda va bu boshqa
sohalarga nisbatan ham ko‘pni tashkil qiladi.
Shunday ekan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholining kam
ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo‘llab quvvatlashning
qonunchilik tizimi izchil shakllana bordi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 39-moddasida: «Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini
yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollarda davlat ijtimoiy taminotini olishga haqli» deb mustahkamlangan. O‘zbekiston
Respublikasida imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy himoya qilish pensiya, ijtimoiy
yordam va ijtimoiy xizmat ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy himoyaning bir
ko‘rinishi sifatida pensiya 3 xil toifadagi fuqarolarga beriladi.
1. Yoshga doir
2. Nogironlik
3. Boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan beriladigan pensiya sifatida
ta’minlanadi.
1997 yilda ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyaviy ta’minlash uchun davlat
byudjetidan 123 milliard so‘m yoki byudjet xarajatlarining 40 foizi ajratildi. Shu
jumladan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha 30mlrd so‘m sog‘liqni saqlash,
gazlashtirish, suv ta’minoti va jtimoiy sohaning boshqa ob’ektlari qurilishi uchun 34
mldr so‘m ajratildi. Yil davomida 6.7 mln.kv.metr uy-joy ishga tushirildi. 16
yoshgacha farzandi bor bo‘lgan oilalarga nafaqa to‘lash uchun 9.6 mlrd. So‘m
sarflandi.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy
ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirilib bormoqda. 1997 yil sentyabr oyidan
boshlab, xar yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy
etildi kam ta’minlangan oilalarning boshlangich sinflarda uqiydigan bolalariga bepul
qishki issiq kiyimlar berish yulga quyildi. Serfarzand va kam ta’minlangan oilalarni
ijtimoiy himoyalash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Kam ta’minlangan
oilalarga
va
ko‘p
bolali
muhtoj
oilalarga
moddiy
yordam
to‘lovlarini
moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va maxalliy byudjet vositalaridir.
Kam ta’minlangan oilalarga 1998 yilda tulangan nafaqalarning umumiy miqdori 3
mlrd. so‘mni tashkil qildi, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqalar
- 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam tizimini kuchaytirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 7 dekabrdagi qarori bilan 2000-2005
yillarda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni
kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek,
«Nogironlik guruhini aniqlash hamda protez-ortopediya va reabilitatsiya texnika
vositalari bilan ta’minlashda tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert
komissiyalari faoliyatida byurokratik tartib tamoyillar bartaraf etilmagan.
Har yili davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish
uchun millyardlab mablag‘ ajratiladi. Masalan, «2007-2010 yillarda yolg‘iz keksalar,
pensinerlar va nogironlarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmat
tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Dasturining mantiqiy davomi
sifatida qabul qilingan 2011 yil 30 maydagi «2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar,
pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq nogironlarni reabilitatsiya
qilish va protezlash milliy markazinining 150 o‘ringa mo‘ljallangan davolash korpusi
ta’mirlandi. Samarqand viloyati nogironlar uchun rebilitatsiya markazida esa 75 o‘rinli
yangi reabilitatsiya binosini qurish ishlari yakunlandi90. Keksalar va nogironlar
istiqomat qiladigan «Sahovat» va «Muruvvat» uylarida ham yolg‘iz qariya va
nogironlar uchun uyidagidek sharoit yaratish maqsadida 2012 yilda 9573,0 mln.
so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
2011 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirining «O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda
ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»93 gi Buyrug‘iga
asosan ijtimoiy xizmat xodimlarining asosiy vazifalari tizimi ishlab chiqildi. Unga
ko‘ra ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan nogironlar uchun zarur oziq-ovqat
mahsulotlarini uyiga yetkazib berish, kiyimlari va uy anjomlarini tozalab berish, tibbiy
yordam ko‘rsatish kabi vazifalar yuklangan va ular aholining ishsiz qatlamidan saralab
olinadi. Tuman badlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari
tomonidan ijtimoiy xizmat xodimlarining faoliyati monitoring qilib boriladi va har
haftalik natijaga ko‘ra uning faoliyatiga baho beriladi. Lekin, mehribonlik uylari,
bolalar uylariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va himoya qilish Respublika reabilitatsiya
markazida bor-yo‘g‘i bir necha oliy ma’lumotli ijtimoiy xizmatchi lavozimi joriy
etilgan. Ya’ni, Respublika bo‘ylab atigi 40 ta professional ijtimoiy xizmatchi lavozimi
mavjud.
Manzilli ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga
ehtiyojmand aholi qatlamlarining turmush darajasi sifatini oshirish, 2008-2013 yillarda
O‘zbekistonda nogironlar jamiyati tarkibidagi viloyat tuman nogironlar jamiyatlari
jismoniy imkoniyatlari cheklangan turli yoshdagi aholi qatlamlarini qo‘llab
quvvatlashga yo‘naltirilgan 135 dan ortiq loyiha uchun 1 mlard 614,5 mln so‘mdan
ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan. «Mustahkam oila yili» Davlat dasturini (2012 yil)
amalga oshirish doirasida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini aholining
ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga yanada keng
jalb qilish, ularning sifatini yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘lida jamoat
fondi va parlament komissiyasi o‘z tajribasida davlat granti ajratish bo‘yicha birinchi
marta qo‘shma tanlov o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 yanvardagi ―Uy-joylar
qurishni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli Dasturlarini samarali amalga oshirish
to‘g‘risida‖gi PQ-3480 sonli qaroriga asosan 2018 yil Dasturiga 22 145 ta yangilangan
namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi belgilangan.
2019 yillarda nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan xotin-qizlarga jami 3
mingta uy berilishi rejalashtirilgan, shundan 1 ming 640 tasi sentyabr oyigacha
berilishi mo‘ljallangan bo‘lib, shu kungacha jami 1 ming 691 nafar uy-joyga muhtoj,
nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi
―Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, nogironligi bo‘lgan, kam
ta’minlangan farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy joy sharoitini
yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylarni berish to‘g‘risidagi 285-son qaroriga
muvofiq, Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Xotin-qizlarni va oilani qo‘lab quvvatlash
jamoat fondi orqali 2020 yilning 1 yanvar holatiga 1207 nafar uy-joyga muhtoj, og‘ir
turmush sharoitidagi va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun jami 47,7 mlrd. so‘mlik
boshlang‘ich to‘lov miqdori to‘lab berildi. Umumiy qilib olganda, O‘zbekiston
Respublikasida ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning kompleks tizimi
yaratildi.
Umumiy qilib olganda, Respublika bo‘yicha har yili 100 ming nafardan ortiq
fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun 150 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘
ajratiladi. Birgina Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 95 mingdan ortiq keksa va
nogironlar ijtimoiy yordam olishadi. Shulardan 30 ming nafari sog‘lomlashtirish
maskanlarida, 17 mingi reabilitatsiya markazlarida, 16 mingiga uyda ijtimoiy xizmat
ko‘rsatiladi, 12 mingiga har yili protez-ortopediya mahsulotlari taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning
kompleks tizimi yaratildi.
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sur’ati tubdan
o‘zgardi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo, aholining
hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o‘tdi. Amalga
oshirilgan barcha islohotlar ―Inson manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun
degan tamoyilga asoslandi. Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy
valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash, soliq-byudjet islohotlarini
olib borishga asosiy e’tibor qaratildi.
Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va 2017 yil 5 sentyabrdan milliy valyutamiz
– so‘mning erkin ayirboshlanishi ta’minlandi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘z
valyuta resurslarini erkin tasarruf etishlari yo‘lidagi barcha sun’iy to‘siqlar bartaraf
etildi va ular tomonidan valyuta tushumlarini sotish majburiyatlari bekor qilindi.
Yuridik shaxslar uchun mahsulotlarni import qilishda chet el valyutasini erkin xarid
qilish va chet el investorlarining foydani erkin olib chiqish imkoniyati yaratildi.
Fuqarolarga chet elda ta’lim olish yoki davolanish, turizm, biznes va boshqa maqsadlar
uchun valyuta mablag‘larini hech qanday to‘siqlarsiz qonuniy sotib olishi va sotish
imkoniyati yaratildi. Mazkur islohotlar dunyoning yetakchi moliya institutlari, shu
jumladan, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va Osiyo tarraqiyot banki tomonidan
e’tirof etildi. Inflyatsiya darajasi hamda ichki bozorda iste’mol tovarlar narxlarining
barqarorligini nazorat qilish kuchaytirildi. Ushbu maqsadda, resurs bazasi 100 million
dollarga teng ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirish jamg‘armasi
tashkil etildi. Hayot uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni sotib olish uchun
qo‘shimcha 70 million dollar ajratildi. Tashqi savdoni liberallashtirish va samarador
bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida bojxona to‘lovlari stavkalari ikki baravar
pasaytirildi. Ichki bozor uchun zarur bo‘lgan 8 ming turdan ziyod import tovarlari
uchun bojxona to‘lovlari keskin pasaytirildi, jumladan, import boji bo‘yicha 3 550 ta
va aksiz solig‘i bo‘yicha 1 122 ta mahsulotlarga nisbatan nol darajali stavkalar
belgilandi. Xalqaro andozalarga mos ravishda, hukumat, barcha vazirlik va idoralar
hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi,
pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati to‘g‘risidagi barcha statistik va tahliliy
ma’lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning yana bir o‘ziga xos ustuvor yo‘nalishi, bu
davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning
o‘rni va ahamiyatini oshirishdir. Bunda, eng avvalo, xususiylashtirilgan korxonalar
bilan ishlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulkini
boshqarish uslublari tamoman o‘zgartirilib, quyidagi ijobiy natijalarga erishildi:
birinchidan, korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi qo‘llab-quvvatlashning yangi
amaliyoti joriy etildi, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha
investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda davlat tomonidan ko‘maklashish yo‘lga
qo‘yildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyat yuritmayotgan va to‘liq quvvat bilan
ishlamayotgan korxonalar maydonlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil
etish imkoniyati berildi. Bu esa, yuqori qiymatdagi investitsiyalarni o‘zlashtirish va
minglab ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatini berdi. Ushbu loyihalarni moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish maxsus
jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma tomonidan tegishli kredit liniyalari
ochildi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida
1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi
oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.
Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv
xo‘jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur
tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash
va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan
yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6
foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida
2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.
Uchinchidan,
faoliyat
yuritmayotgan,
bo‘shab
yotgan
va
samarali
foydalanilmayotgan yirik ob’ektlar va yer uchastkalarida yil davomida 45 ta yangi
kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning umumiy soni 75 taga yetkazildi. Ularda
yuqori talabga ega bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yirik
investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
o‘zgartirildi, bunda ish o‘rinlarini tashkil etish va odamlar uchun munosib turmush
sharoitlarini yaratish ustuvor maqsad etib belgilandi.
Erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat hududlarining tashkil
qilinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi yuqori texnologik
ishlab chiqarishni tashkil qilish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali
foydalanishning asosiy omili bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot
darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish
ishlari bilan yaqindan tanishish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha
aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlarni qabul qilish maqsadida 2017 yilning o‘tgan
davri mobaynida respublikaning barcha mintaqalariga, ayrimlariga esa takror tashrif
buyurdilar. Har bir tashrif natijasi bo‘yicha har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Milliy valyutaning tezkor o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish
maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalariga moliyaviy yordam berish
bo‘yicha tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, neft va gaz, kimyo va
energetika tarmoqlari korxonalarining yillar mobaynida to‘planib qolgan debitorlik va
kreditorlik qarzdorliklari kamaytirildi, neft mahsulotlari bo‘yicha hisoblangan aksiz
solig‘i neftni qayta ishlash zavodlariga qoldirildi, O‘zbekiston tiklanish va tarraqiyot
jamg‘armasi tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish choralari ko‘rildi. Yangi tashkil
etilgan sanoat korxonalarida yetti mingdan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari
foydalanishga topshirildi, yuzdan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish
o‘zlashtirildi. Natijada qayta ishlash sanoatining jami sanoatdagi ulushi 80 foizdan
ortiqni tashkil etdi, mehnat unumdorligi qariyb 6 foizga oshdi. Mahalliy xom ashyoni
chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini
tashkil etishga qaratilgan yirik investitsion loyihalarning amalga oshirilishi qariyb 67,4
trillion so‘mlik kapital qo‘yilmalarni o‘zlartirish imkonini berdi.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish mamlakat eksport hajmini baoqarorligini
oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishish muhim omilga aylanib,
eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan
o‘sib bormoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga
oshirish bo‘yicha dasturda ―Sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish,
investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yangicha yondashuv chora tadbirlari
belgilab berilgan.
Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan
munosabatlardagi yondashuv o‘zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog‘ida, Xitoy
Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSh, Koreya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston
bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ikki
tomonlama davlatlararo shartnomalar imzolandi. Yevropa tiklanish va tarraqqiyot
banki bilan to‘laqonli munosabatlar tiklandi, bank tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikka 190 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ajratildi. Turli
yo‘nalishlarda 20 dan ortiq loyihalar ishlab chiqildi. Yevropa investitsiya banki,
Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o‘rnatildi. O‘zbekiston yangi tuzilgan
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi.
Ikkinchidan, tashqi savdo faoliyatidagi barcha sun’iy to‘siqlar olib tashlandi.
Xususan, oldindan to‘lovlarsiz va kafolat majburiyatlarisiz eksport qilish tartibi joriy
etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-
tadbirlar natijasida eksport hajmi 11,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va oldingi
yil shu davr ko‘rsatkichiga nisbatan 126 foizga oshdi. Tashqi savdo saldosi 519,5
million dollarni tashkil etdi. MDH davlatlari ichida mahsulot eksport qilinadigan eng
yirik davlatlar qatoriga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hamda uzoq
xorijiy mamlakatlar – Xitoy, Turkiya, Afg‘oniston, Eron, Koreya Respublikasi va
Fransiya davlatlarini kiritish mumkin. Barcha qayd etib o‘tilgan mamlakatlar bo‘yicha
eksportning o‘sish dinamikasiga erishildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, huquqiy jamiyat va
demokratik davlat barpo etish yo‘lida siyosiy islohotlarni amalga oshirishni kun
tartibidagi dolzarb masala sifatida belgilab oldi.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik shakli zamonaviy tizim
o‘zagini tashkil etadi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII-sessiyasida “Prezident
saylovlari to‘g‘risida” Qonun va “Prezident saylovini tayinlash to‘g‘risida” Qaror
qabul qilindi.
Bu qonunga ko‘ra, Prezident lavozimiga 35 yoshga to‘lgan, davlat tilini
biladigan, saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekistonda muqim yashayotgan O‘zbekiston
fuqarosi saylanishi mumkin.
Prezident 7 (5) yil muddatga saylanadi, bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan
ortiq Prezident bo‘lishi mumkin emas, Prezident saylashning asosiy prinsiplari:
umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri, yashirin ovoz berish bilan, fuqarolarning saylovda
ixtiyoriy qatnashishi, saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan fuqarolarning saylovda
qatnashishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi respublika
Konstitutsiyasining 19-bobida aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 89-
moddasida Prezident davlat boshlig‘i va davlat organlarining faoliyatini ta’minlashi
qayd etilgan. Prezidentning shaxsi daxlsiz bo‘lib, u qonun bilan muhofaza etiladi deya,
belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 93-moddasida Prezidentning vazifalari, uning
vakolatiga kiradigan masalalar doirasi belgilangan.
Prezident bir vaqtning o‘zida Konstitutsiya, inson va fuqaro huquqlarining
kafili bo‘lib, davlat hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlaydi, qonunlar ishlab
chiqishda bevosita ishtirok etadi. Prezident bir vaqtning o‘zida Qurolli kuchlar Oliy
bosh qo‘mondoni, Xavfsizlik kengashining raisi bo‘lib ham hisoblanadi. Vakolati
tugagach, iste’foga chiqqan Prezident umrbod parlament yuqori palatasi - senat a’zosi
lavozimini egallaydi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Prezident vakolat muddati 2007 yil dekabrda
tugashi munosabati bilan 2007 yil 23 dekabrda navbatdagi Prezident saylovi o‘tkazildi.
XDPdan
A.Rustamov,
Adolat
SDPdan
D.Toshmuhammedova,
saylovchilar
tashabbuskor guruhi (STG)dan A.Saidov, LDP dan I.Karimov nomzodi ko‘rsatildi.
Saylovda ro‘yxatga olingan 16.297.000 saylovchidan 90,6 %i qatnashdi. I.Karimov
uchun saylovchilarning 88,1 %i ovoz berdi. 2007 yil 27 dekabrda bo‘lgan Markaziy
saylov komissiyasi majlisida I.Karimov Prezident lavozimiga saylandi deb qaror
qilindi.
2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga
muvofiq Islom Karimov 5 yillik muddatga mamlakatning oliy lavozimiga saylandi.
Islom Karimov O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik
fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy
yo‘nalishini ishlab chiqdi, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni
birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bordi. Mana shunday buyuk ishlarni
amalga
oshirgan
O‘zbekiston
Respublikasining
birinchi
Prezidenti
Islom
Abdug‘anievich Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot
etdi. U 2016 yil 3 sentyabr kuni Samarqand shahrida dafn etildi. Dafn marosimida
jahonning 17 ta mamlakatidan delegatsiyalar, davlat rahbarlari, ko‘plab rasmiy doira
vakillari, respublikaning keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etdilar.
2016 yil 8 sentyabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish
vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov
komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016 yil 4 dekabr’ kuni bo‘lib o‘tgan
ovoz berish jarayonida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar
saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini aniqladi. Bu ro‘yxatga
kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga ko‘ra, Sarvar
Sa’dullaevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda
ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi ovoz berdi, Shavkat
Miromonovich Mirziyoevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz
berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi,
Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki
3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki
3,46 foiz saylovchilar ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish jarayonini beshta xalqaro tashkilot – yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari
uyushmasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda Amerika, yevropa, Osiyo va
Afrikaning 46 ta davlatidan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kuzatib borgani siyosiy
kampaniya demokratiya talablari asosida ochiq va oshkora o‘tganining yorqin dalilidir.
Saylov jarayonini monitoring qilishda siyosiy partiyalardan 37 mingdan ortiq
kuzatuvchi ham faol ishtirok etdi.
Majlisda qayd etilganidek, 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlar yo‘lida
– dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash, mamlakatni
siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizatsiya qilish, xalq uchun erkin, tinch va farovon
hayotni ta’minlash borasida yana bir ulkan qadam qo‘yganini, ta’bir joiz bo‘lsa,
mustaqil taraqqiyotining yangi davriga kirib borayotganini yaqqol namoyish etdi.
2016 yil 4 dekabr’ kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha
saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o‘z
vazifasini bajarishga kirishdi.
O‘tgan qisqa vaqt davomida Prezident Sh.M.Mirziyoev rahnamoligida
yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib
borish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, respublikaning shahar va
tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining
turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli va samarali
tadbirlarni amalga oshirilmoqda.