O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari ularning xo‘jalikdagi ahamiyati

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

50,8 KB


 
 
 
 
 
 
O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari ularning xo‘jalikdagi ahamiyati. 
 
 
Reja 
1. Relefi va tabiiy sharoitiga umumiy tavsif. 
2. Iqlimi va agroiqlim resurslari, ichki suvlari.  
3. Tabiiy boyliklari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati.  
 
Tayanch iboralar 
 Relef, tabiiy sharoit, tekislik, adir-tog‘, cho‘l, botiq, seysmik mintaqa, iqlim, 
kontinental iqlim, agroiqlim resurslari, ichki suvlari, tabiiy boyliklar, berk havza. 
 
 
1.  Relefi va tabiiy sharoitiga umumiy tavsif. 
 
Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammo-
masalalar bilan ko‘pgina fanlar vakillari ilmiy tadqiqot olib boradilar. Ammo bu 
borada geografiya fani alohida o‘rin tutadi. Chunki tadqiqot ob’ekti tabiat-aholi-
xo‘jalik bo‘lib kelgan va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ularning 
kelajagi to‘g‘risida ish olib borish ushbu huduiy fanlar uchun nihoyatda muhimdir. 
Jumladan, geografiya fanining alohida sohasi bo‘lgan iqtisodiy geografiya tabiiy 
sharoit va tabiiy resurslarning xo‘jalikni ixtisoslashuvi, tarkibiy tuzilishi, joylanish 
xususiyatlariga ta’sirini o‘rganadi. 
O‘zbekiston tabiatining xususiyatlaridan biri uning materik markazida 
joylashgani va okeanlardan uzoqligidir. O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo 
mintaqasining markazida, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, 
g‘arbiy qismi Turon pastekisligini, janubiy va sharqiy qismlari esa tog‘li o‘lkalarni 
o‘z ichiga oladi. Mamlakatimiz hududi jami quruqlikning 0,3%ini, Yevrosiyo 
materigining 0,8%ini, MDHning 2%ini O‘rta Osiyo davlatlari hududining 11,2 
O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari ularning xo‘jalikdagi ahamiyati. Reja 1. Relefi va tabiiy sharoitiga umumiy tavsif. 2. Iqlimi va agroiqlim resurslari, ichki suvlari. 3. Tabiiy boyliklari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati. Tayanch iboralar Relef, tabiiy sharoit, tekislik, adir-tog‘, cho‘l, botiq, seysmik mintaqa, iqlim, kontinental iqlim, agroiqlim resurslari, ichki suvlari, tabiiy boyliklar, berk havza. 1. Relefi va tabiiy sharoitiga umumiy tavsif. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammo- masalalar bilan ko‘pgina fanlar vakillari ilmiy tadqiqot olib boradilar. Ammo bu borada geografiya fani alohida o‘rin tutadi. Chunki tadqiqot ob’ekti tabiat-aholi- xo‘jalik bo‘lib kelgan va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ularning kelajagi to‘g‘risida ish olib borish ushbu huduiy fanlar uchun nihoyatda muhimdir. Jumladan, geografiya fanining alohida sohasi bo‘lgan iqtisodiy geografiya tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning xo‘jalikni ixtisoslashuvi, tarkibiy tuzilishi, joylanish xususiyatlariga ta’sirini o‘rganadi. O‘zbekiston tabiatining xususiyatlaridan biri uning materik markazida joylashgani va okeanlardan uzoqligidir. O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo mintaqasining markazida, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, g‘arbiy qismi Turon pastekisligini, janubiy va sharqiy qismlari esa tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga oladi. Mamlakatimiz hududi jami quruqlikning 0,3%ini, Yevrosiyo materigining 0,8%ini, MDHning 2%ini O‘rta Osiyo davlatlari hududining 11,2  
 
foizini egallaydi. Jahon aholisining 0,42%ini, Yevrosiyo materigi aholisining 
0,56%ini, MDH aholisining 9,4%ini O‘rta Osiyo davlatlari aholisining esa 45,4% ni 
birlashtiradi. 
O‘zbekiston hududi relefiga ko‘ra, tekislik va adir-tog‘ qismlarga bo‘linadi. 
Tekisliklar, asosan, shimoli-g‘arbda bo‘lib, Turon tekisligining bir qismidan iborat. 
Tog‘lar mamlakatning sharqida joylashgan. Ustyurt platosining O‘zbekiston 
hududida joylashgan qismining o‘rtacha balandligi 120-180m, eng baland joyi 290m 
(Qorabovur qirlari). Orolbo‘yi pasttekisligidan janubi-sharqda asosiy qismi platodan 
iborat Qizilqum cho‘li (umumiy maydoni qariyb 300 ming km2) joylashgan. 
Qizilqumning shimoli-g‘arbiy chekkasida kenglik bo‘ylab Bo‘kantov qoldiq tog‘lari 
(eng baland joyi — Irlir tog‘i, 764m) cho‘zilgan. Undan janubda Mingbuloq botig‘i 
joylashgan, botiqning tubi Qizilqumda, umuman O‘zbekistonda eng past nuqtadir 
(dengiz sathidan 12 m past). 
Respublika hududi janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga cho‘zilgan va yuzasi ham 
shu yo‘nalishda yirik daryolar oqimiga mos ravishda pasayib boradi. Mamlakatning 
shimoli-g‘arbiy chekkasida, Qizilqum bilan Ustyurt oralig‘ida Orol dengizi 
joylashgan. Hududining katta qismini (78,7 foiz) tekisliklar egallaydi, qolgan qismi 
esa (21,3 foiz) tog‘lardan va tog‘ oralig‘i botiqlaridan iborat. Mamlakat relefida 
tekisliklar, tepaliklar va tog‘liklar o‘ziga xos ravishda uyg‘unlashib ketgan. 
Mamlakat hududidagi tog‘larning eng baland qismi 4643m ga teng Hazrati Sulton 
cho‘qqisi (Hisor tizmasida)dir. 
2.1-jadval. O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tgan ba’zi kuchli zilzilalar 
t/r 
Zilzilalar nomi 
Yillar 
t/r 
Zilzilalar nomi 
Yillar 
1 
Urganch  
1240 
13 
Chotqol 
1946 
2 
Urgut 
1797 
14 
Sangzor 
1957 
3 
Buxoro 
1818 
15 
Burchmulla 
1959 
4 
Buxoro 
1821 
16 
Qoshtepa 
1965 
5 
O‘sh 
1883 
17 
Toshkent 
1966 
6 
Andijon 
1902 
18 
Qizilqum 
1968 
7 
 Oim 
1903 
19 
Gazli 
1976 
8 
 Qoratog‘ 
1907 
20 
Botkent 
1977 
foizini egallaydi. Jahon aholisining 0,42%ini, Yevrosiyo materigi aholisining 0,56%ini, MDH aholisining 9,4%ini O‘rta Osiyo davlatlari aholisining esa 45,4% ni birlashtiradi. O‘zbekiston hududi relefiga ko‘ra, tekislik va adir-tog‘ qismlarga bo‘linadi. Tekisliklar, asosan, shimoli-g‘arbda bo‘lib, Turon tekisligining bir qismidan iborat. Tog‘lar mamlakatning sharqida joylashgan. Ustyurt platosining O‘zbekiston hududida joylashgan qismining o‘rtacha balandligi 120-180m, eng baland joyi 290m (Qorabovur qirlari). Orolbo‘yi pasttekisligidan janubi-sharqda asosiy qismi platodan iborat Qizilqum cho‘li (umumiy maydoni qariyb 300 ming km2) joylashgan. Qizilqumning shimoli-g‘arbiy chekkasida kenglik bo‘ylab Bo‘kantov qoldiq tog‘lari (eng baland joyi — Irlir tog‘i, 764m) cho‘zilgan. Undan janubda Mingbuloq botig‘i joylashgan, botiqning tubi Qizilqumda, umuman O‘zbekistonda eng past nuqtadir (dengiz sathidan 12 m past). Respublika hududi janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga cho‘zilgan va yuzasi ham shu yo‘nalishda yirik daryolar oqimiga mos ravishda pasayib boradi. Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasida, Qizilqum bilan Ustyurt oralig‘ida Orol dengizi joylashgan. Hududining katta qismini (78,7 foiz) tekisliklar egallaydi, qolgan qismi esa (21,3 foiz) tog‘lardan va tog‘ oralig‘i botiqlaridan iborat. Mamlakat relefida tekisliklar, tepaliklar va tog‘liklar o‘ziga xos ravishda uyg‘unlashib ketgan. Mamlakat hududidagi tog‘larning eng baland qismi 4643m ga teng Hazrati Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasida)dir. 2.1-jadval. O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tgan ba’zi kuchli zilzilalar t/r Zilzilalar nomi Yillar t/r Zilzilalar nomi Yillar 1 Urganch 1240 13 Chotqol 1946 2 Urgut 1797 14 Sangzor 1957 3 Buxoro 1818 15 Burchmulla 1959 4 Buxoro 1821 16 Qoshtepa 1965 5 O‘sh 1883 17 Toshkent 1966 6 Andijon 1902 18 Qizilqum 1968 7 Oim 1903 19 Gazli 1976 8 Qoratog‘ 1907 20 Botkent 1977  
 
9 
Namangan 
1927 
21 
Tovoqsoy 
1977 
10 
Tomdibuloq 
1932 
22 
Haydarkon 
1977 
11 
Boysun 
1935 
23 
Nazarbek 
1980 
12 
Piskom 
1937 
24 
Pop 
1984 
 
O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismini egallagan tog‘liklar respublikaning 
suvga bo‘lgan talab-ehtiyojini ma’lum jihatdan ta’minlab turishda ahamiyat kasb 
etadi. Respublikamiz sharqiy qismlarida tog‘lar oralig‘ida bir qancha tog‘ oralig‘i 
botiqlari joylashgan bo‘lib, shulardan ayniqsa Farg‘ona botig‘i va Surxondaryo 
vodiylari Chirchiq-Ohangaron o‘ziga xosdir. Farg‘ona botig‘i shimoldan janubga 
190-200km, g‘arbdan sharqga esa 370km masofaga cho‘zilgan. Vodiy hamma 
tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bodomsimon shaklni hosil qilgan. Faqatgina 
g‘arbiy qismida Ho‘jand darvozasi orqali Mirzacho‘l va Dalvarzin tekisliklari bilan 
tutashgan. O‘zbekistonning tekislik qismlariga asosan Ustyurt platosi va Qizilqum 
cho‘llari kiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston hududi seysmik 
mintaqada joylashgan. Bu yerda qator yuqori balli zilzilalar bo‘lib o‘tgan. 
2. Iqlimi va agroiqlim resurslari, ichki suvlari. 
O‘zbekiston iqlimi quruq-kontinental bo‘lib, quyidagi o‘ziga xosliklarga ega: 
- Yozi juda issiq va uzoq. Iyul oyining o‘rtacha harorati +300C, eng yuqori 
havo harorati Termizda +470C ga etadi. 
- Qishda havo harorati 00 gacha pasayadi. Yanvar oyida Ustyurtda -90C, 
Toshkentda -10C, Termizda esa -30C bo‘ladi.   
- O‘zbekiston iqlimiga shimoldan Arktika va G‘arbiy Sibirdan, g‘arbdan esa 
Atlantika okeanidan keladigan havo massalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Arktika havo 
massalari sovuq va quruq bo‘lsa, Atlantika okeani havo massalari nam va iliqdir.  
- Yog‘in 
miqdori 
hududlar 
bo‘yicha 
notekis 
taqsimlangan. 
Respublikamizning g‘arbiy qismlarida o‘rtacha 100mm dan janubi-sharqda 700-
800mm gacha yog‘in tushadi.Yog‘inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga 
to‘g‘ri keladi. Eng kam yog‘in yoz oylarida bo‘ladi. Bu davrda jami yog‘in 
miqdorining atigi 7-10 foiz yog‘adi. 
9 Namangan 1927 21 Tovoqsoy 1977 10 Tomdibuloq 1932 22 Haydarkon 1977 11 Boysun 1935 23 Nazarbek 1980 12 Piskom 1937 24 Pop 1984 O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismini egallagan tog‘liklar respublikaning suvga bo‘lgan talab-ehtiyojini ma’lum jihatdan ta’minlab turishda ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz sharqiy qismlarida tog‘lar oralig‘ida bir qancha tog‘ oralig‘i botiqlari joylashgan bo‘lib, shulardan ayniqsa Farg‘ona botig‘i va Surxondaryo vodiylari Chirchiq-Ohangaron o‘ziga xosdir. Farg‘ona botig‘i shimoldan janubga 190-200km, g‘arbdan sharqga esa 370km masofaga cho‘zilgan. Vodiy hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bodomsimon shaklni hosil qilgan. Faqatgina g‘arbiy qismida Ho‘jand darvozasi orqali Mirzacho‘l va Dalvarzin tekisliklari bilan tutashgan. O‘zbekistonning tekislik qismlariga asosan Ustyurt platosi va Qizilqum cho‘llari kiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston hududi seysmik mintaqada joylashgan. Bu yerda qator yuqori balli zilzilalar bo‘lib o‘tgan. 2. Iqlimi va agroiqlim resurslari, ichki suvlari. O‘zbekiston iqlimi quruq-kontinental bo‘lib, quyidagi o‘ziga xosliklarga ega: - Yozi juda issiq va uzoq. Iyul oyining o‘rtacha harorati +300C, eng yuqori havo harorati Termizda +470C ga etadi. - Qishda havo harorati 00 gacha pasayadi. Yanvar oyida Ustyurtda -90C, Toshkentda -10C, Termizda esa -30C bo‘ladi. - O‘zbekiston iqlimiga shimoldan Arktika va G‘arbiy Sibirdan, g‘arbdan esa Atlantika okeanidan keladigan havo massalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Arktika havo massalari sovuq va quruq bo‘lsa, Atlantika okeani havo massalari nam va iliqdir. - Yog‘in miqdori hududlar bo‘yicha notekis taqsimlangan. Respublikamizning g‘arbiy qismlarida o‘rtacha 100mm dan janubi-sharqda 700- 800mm gacha yog‘in tushadi.Yog‘inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Eng kam yog‘in yoz oylarida bo‘ladi. Bu davrda jami yog‘in miqdorining atigi 7-10 foiz yog‘adi.  
 
- Respublika hududida bir qancha mahalliy shamollar hosil bo‘ladi. Bular 
Farg‘ona vodiysida Qo‘qon shamoli, Dalvarzin tekisligida Bekobod shamoli, 
Surxondaryo vodiysida issiq “Afg‘on” shamolidir. 
- Quyoshdan kelayotgan issiqlik hudud iqlimining tarkib topishida muhim 
omil bo‘lishi bilan birga, respublikaning tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi va 
O‘zbekistonda qimmatli issiqsevar o‘simliklarni yetishtirishga imkon beradi. 
Quyosh radiatsiyasidan sanoatda, maishiy xizmatda, tibbiyotda ham keng 
foydalaniladi. 
Savol: Nima uchun O‘rta Osiyodagi ikki eng yirik daryo oqib o‘tishiga 
qaramay, respublikaning suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirmaydi? 
Respublika daryolari berk havzaga kiradi, ular hudud bo‘yicha notekis 
taqsimlangan. Daryolar asosan tog‘lardan boshlanadi va ko‘pchiligi tekisliklarga 
kelib, sug‘orishga ishlatilganligi sababli qurib qoladi. O‘zbekiston hududining 
qariyb uchdan ikki qismini egallagan poyonsiz tekisliklarda suv manbalari juda ham 
kam. Ayni paytda respublika sharqiy qismida joylashgan tog‘lardan ko‘plab soy va 
daryolar boshlanadi. 
Yer usti suvlarining respublika hududlari boylab notekis taqsimlanishi 
mamlakatimiz tabiiy sharoiti natijasidir. Bu esa o‘z navbatida mamlakat qishloq 
ho‘jaligining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonni suv bilan 
tahminlashda O‘rta Osiyoning eng yirik daryolari: Amudaryo va Sirdaryo katta 
ahamiyatga egadir. Eng uzun daryo Sirdaryo bo‘lib, uning o‘zunligi 2981 km ni 
tashkil qiladi. Eng sersuv daryo esa Amudaryo, uning uzunligi 2660 km dir. Ammo 
bu ikki daryo respublikaning suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirmaydi. 
O‘zbekiston dehqonchiligi sun’iy sug‘orishga asoslangan mintaqalar qatoriga 
kiradi. Shu sababli, daryolar mohiyatan, ularning roli mavjud dehqonchilik yyerlari 
uchungina emas, balki yangi yyerlarni o‘zlashtirish uchun ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Respublika hududida sug‘orishni yaxshilash maqsadida qadimdan daryolardan 
ko‘plab kanallar qazilgan. Ayniqsa  Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq 
daryolaridan, Farg‘ona vodiysidagi Qoradaryo, Norin, Isfara, So‘h kabi soylardan 
qator kanallar boshlangan. Bu kanallar asosan sug‘orish maqsadida hamda 
gidroelektrostansiyalar qurilishida katta ahamiyatga egadir. Eng yirik kanallardan 
Katta Farg‘ona kanali, Shimoliy Farg‘ona, Namangan, Eski Anhor, Amu-Buxoro, 
- Respublika hududida bir qancha mahalliy shamollar hosil bo‘ladi. Bular Farg‘ona vodiysida Qo‘qon shamoli, Dalvarzin tekisligida Bekobod shamoli, Surxondaryo vodiysida issiq “Afg‘on” shamolidir. - Quyoshdan kelayotgan issiqlik hudud iqlimining tarkib topishida muhim omil bo‘lishi bilan birga, respublikaning tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi va O‘zbekistonda qimmatli issiqsevar o‘simliklarni yetishtirishga imkon beradi. Quyosh radiatsiyasidan sanoatda, maishiy xizmatda, tibbiyotda ham keng foydalaniladi. Savol: Nima uchun O‘rta Osiyodagi ikki eng yirik daryo oqib o‘tishiga qaramay, respublikaning suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirmaydi? Respublika daryolari berk havzaga kiradi, ular hudud bo‘yicha notekis taqsimlangan. Daryolar asosan tog‘lardan boshlanadi va ko‘pchiligi tekisliklarga kelib, sug‘orishga ishlatilganligi sababli qurib qoladi. O‘zbekiston hududining qariyb uchdan ikki qismini egallagan poyonsiz tekisliklarda suv manbalari juda ham kam. Ayni paytda respublika sharqiy qismida joylashgan tog‘lardan ko‘plab soy va daryolar boshlanadi. Yer usti suvlarining respublika hududlari boylab notekis taqsimlanishi mamlakatimiz tabiiy sharoiti natijasidir. Bu esa o‘z navbatida mamlakat qishloq ho‘jaligining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonni suv bilan tahminlashda O‘rta Osiyoning eng yirik daryolari: Amudaryo va Sirdaryo katta ahamiyatga egadir. Eng uzun daryo Sirdaryo bo‘lib, uning o‘zunligi 2981 km ni tashkil qiladi. Eng sersuv daryo esa Amudaryo, uning uzunligi 2660 km dir. Ammo bu ikki daryo respublikaning suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirmaydi. O‘zbekiston dehqonchiligi sun’iy sug‘orishga asoslangan mintaqalar qatoriga kiradi. Shu sababli, daryolar mohiyatan, ularning roli mavjud dehqonchilik yyerlari uchungina emas, balki yangi yyerlarni o‘zlashtirish uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Respublika hududida sug‘orishni yaxshilash maqsadida qadimdan daryolardan ko‘plab kanallar qazilgan. Ayniqsa Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq daryolaridan, Farg‘ona vodiysidagi Qoradaryo, Norin, Isfara, So‘h kabi soylardan qator kanallar boshlangan. Bu kanallar asosan sug‘orish maqsadida hamda gidroelektrostansiyalar qurilishida katta ahamiyatga egadir. Eng yirik kanallardan Katta Farg‘ona kanali, Shimoliy Farg‘ona, Namangan, Eski Anhor, Amu-Buxoro,  
 
Bo‘zsuv va boshqalardir. O‘zbekiston hududida 250ga yaqin ko‘llar bo‘lib, ular 
asosan mayda ko‘llardan iborat.  
Hozirgi kunda mamlakatimizda jami 55ta suv ombori, 160 ming suv inshooti 
bor. Yirik suv omborlaridan–Tuyamo‘yin, Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz, 
Ohangaron, Janubiy Surxon, Chimqo‘rg‘on va boshqalar misol bo‘ladi. Suv 
omborlari asosan daryo rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni 
to‘plab, yozda suv tanqis bo‘lgan paytda ekin dalalarini suv bilan ta’minlash 
maqsadida qurilgan. 
Respublikamiz yer osti suvlariga ham boy. Ayniqsa ularning zahiralari 
tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida ko‘plab topilgan. Artezian suvlaridan 
tashqari mineral suvlar ham ko‘p bo‘lib, ularning yirik zahiralari Farg‘ona, 
Surxondaryo va Chirchiq vodiylarida topilgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 70ga 
yaqin shifobaxsh mineral suv manbalari mavjud. Bulardan eng asosiylari Toshkent, 
Chortoq, Farg‘ona, Oltiariq, Chimyon, Jayronxona va boshqa hududlarda topilgan. 
Bunday suvlar tarkibida oltingugurt, vodorod, radiy, yod, brom kabilar ko‘p. 
O‘zbekistonda ishlatiladigan yalpi suv miqdori 62-65 km3 ga teng. Buning 25 km3 
Amudaryodan, 11 km3 esa Sirdaryodan olinadi. Qolgan qismi kichik daryo va soylar 
hamda yer osti suvlari hisobiga to‘ldiriladi. Respublika boy agroiqlim resursga ega 
kunlar yoki vegetatsiya davri quyi Amudaryoda 190-200 kun, Farg‘ona vodiysida 
210-225 kun, Toshkentda 200-210 kun, O‘zbekistonning janubida 230-270 kundir. 
Mana shu sovuksiz kunlar Harorat umumiy yigindisi 4500-5500 S Haroratni tashkil 
qiladi. mana shunday iqlim sharoitida issiqsevar, uzoq vegetatsiya davrini talab 
qiluvchi subtropik o‘simliklar o‘sishga ekinlar etqazib berish imokniyatiga egadir. 
Yana eng muhimi, bir yerdan yiliga 2-3 marta hosil olish imkoniyatiga egadir. 
3. Tabiiy boyliklari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati. 
O‘zbekiston haqiqiy mustaqillikka ega bo‘lgandan keyin tabiiy resurslarni 
izlash, o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish Respublika xo‘jaligini har 
tomonlama rivojlantirish uchun katta va keng istiqbollar ochib berdi. Hozirgi fan-
texnika taraqqiyoti davrida tabiatga ta’sir ortib bormoqda. Bunday jarayonda 
O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ulardan tejab-tergab 
foydalanish va kelajak-avlodlar manfaatlarini ham ko‘zlab ish yuritishni taqozo 
etadi. Tekshirishlar va hayot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tabiati kishilarning 
Bo‘zsuv va boshqalardir. O‘zbekiston hududida 250ga yaqin ko‘llar bo‘lib, ular asosan mayda ko‘llardan iborat. Hozirgi kunda mamlakatimizda jami 55ta suv ombori, 160 ming suv inshooti bor. Yirik suv omborlaridan–Tuyamo‘yin, Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz, Ohangaron, Janubiy Surxon, Chimqo‘rg‘on va boshqalar misol bo‘ladi. Suv omborlari asosan daryo rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to‘plab, yozda suv tanqis bo‘lgan paytda ekin dalalarini suv bilan ta’minlash maqsadida qurilgan. Respublikamiz yer osti suvlariga ham boy. Ayniqsa ularning zahiralari tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida ko‘plab topilgan. Artezian suvlaridan tashqari mineral suvlar ham ko‘p bo‘lib, ularning yirik zahiralari Farg‘ona, Surxondaryo va Chirchiq vodiylarida topilgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 70ga yaqin shifobaxsh mineral suv manbalari mavjud. Bulardan eng asosiylari Toshkent, Chortoq, Farg‘ona, Oltiariq, Chimyon, Jayronxona va boshqa hududlarda topilgan. Bunday suvlar tarkibida oltingugurt, vodorod, radiy, yod, brom kabilar ko‘p. O‘zbekistonda ishlatiladigan yalpi suv miqdori 62-65 km3 ga teng. Buning 25 km3 Amudaryodan, 11 km3 esa Sirdaryodan olinadi. Qolgan qismi kichik daryo va soylar hamda yer osti suvlari hisobiga to‘ldiriladi. Respublika boy agroiqlim resursga ega kunlar yoki vegetatsiya davri quyi Amudaryoda 190-200 kun, Farg‘ona vodiysida 210-225 kun, Toshkentda 200-210 kun, O‘zbekistonning janubida 230-270 kundir. Mana shu sovuksiz kunlar Harorat umumiy yigindisi 4500-5500 S Haroratni tashkil qiladi. mana shunday iqlim sharoitida issiqsevar, uzoq vegetatsiya davrini talab qiluvchi subtropik o‘simliklar o‘sishga ekinlar etqazib berish imokniyatiga egadir. Yana eng muhimi, bir yerdan yiliga 2-3 marta hosil olish imkoniyatiga egadir. 3. Tabiiy boyliklari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati. O‘zbekiston haqiqiy mustaqillikka ega bo‘lgandan keyin tabiiy resurslarni izlash, o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish Respublika xo‘jaligini har tomonlama rivojlantirish uchun katta va keng istiqbollar ochib berdi. Hozirgi fan- texnika taraqqiyoti davrida tabiatga ta’sir ortib bormoqda. Bunday jarayonda O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ulardan tejab-tergab foydalanish va kelajak-avlodlar manfaatlarini ham ko‘zlab ish yuritishni taqozo etadi. Tekshirishlar va hayot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tabiati kishilarning  
 
yashashi, Respublikada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish hamda kelajak 
istiqboli uchun juda qulaydir. O‘zbekistonda ishga solinayotgan foydali qazilma 
konlari o‘zining zahiralari kattaligi bilangina emas, balki bir qator hususiyatlari bilan 
ham ajralib turadi. Bu xususiyatlar quydagilar: 
1.  Tabiiy va mineral xomashyo zahiralari yirik konlarda to‘plangan, ularni 
qazib olingan joyning o‘zida kompleks qayta ishlash imkoniyati mavjud.  
2.  Foydali qazilmalarning ko‘pgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar 
miqdori ko‘p bo‘libgina qolmay, katta miqdorda yo‘ldosh elementlarga ham ega. 
3. 
 Konlarning ko‘pchiligida qazilmani ochiq usulda olish mumkin, 
rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiyil Bu texnologiya foydali 
komponentlarni ko‘p miqdorda chiqarishni va jahon bozorida haridorgir mahsulot 
olishni ta’minlaydi. 
4.  Ko‘pgina foydali qazilma konlari aholi zich yashaydigan yaxshi 
o‘zlashtirilgan mintaqalarda joylashgan. Ular transport yo‘llariga va hududlar 
o‘rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi 
foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega. 
5.  Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar, tog‘-kon 
sanoati mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tizimi 
mavjud. 
 
 
2.2-jadval. O‘zbekiston hududida tarqalgan foydali qazilmalarning 
turlari  
№ 
Foydali 
qazilma 
turi 
Foydali qazilma 
nomi 
Tarqalgan hududlari 
1 
Yoqilg‘i 
energetika 
boyliklar 
Neft , gaz, ko‘mir 
Xovdog, Uchqizil, Ko‘kaydi, Odamtosh, 
Gumbuloq, 
Pachkamar, 
Qizilbayroq, 
Omanota, Mubo-rak, Oqjar, Saritosh, 
Jarqoq, 
Qorovulbozor,Gazli,Ohangaron, 
Sharg‘un, Boysun. 
2 Rudali 
foydali 
Temir, titan, marga-
nets, xrom, volfram, 
Qazg‘antog‘, 
Syurenota, 
SHabrez, 
Mingbuloq, Ixnach, Chimgan, Orololdi, 
yashashi, Respublikada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish hamda kelajak istiqboli uchun juda qulaydir. O‘zbekistonda ishga solinayotgan foydali qazilma konlari o‘zining zahiralari kattaligi bilangina emas, balki bir qator hususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Bu xususiyatlar quydagilar: 1. Tabiiy va mineral xomashyo zahiralari yirik konlarda to‘plangan, ularni qazib olingan joyning o‘zida kompleks qayta ishlash imkoniyati mavjud. 2. Foydali qazilmalarning ko‘pgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar miqdori ko‘p bo‘libgina qolmay, katta miqdorda yo‘ldosh elementlarga ham ega. 3. Konlarning ko‘pchiligida qazilmani ochiq usulda olish mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiyil Bu texnologiya foydali komponentlarni ko‘p miqdorda chiqarishni va jahon bozorida haridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi. 4. Ko‘pgina foydali qazilma konlari aholi zich yashaydigan yaxshi o‘zlashtirilgan mintaqalarda joylashgan. Ular transport yo‘llariga va hududlar o‘rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega. 5. Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar, tog‘-kon sanoati mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tizimi mavjud. 2.2-jadval. O‘zbekiston hududida tarqalgan foydali qazilmalarning turlari № Foydali qazilma turi Foydali qazilma nomi Tarqalgan hududlari 1 Yoqilg‘i energetika boyliklar Neft , gaz, ko‘mir Xovdog, Uchqizil, Ko‘kaydi, Odamtosh, Gumbuloq, Pachkamar, Qizilbayroq, Omanota, Mubo-rak, Oqjar, Saritosh, Jarqoq, Qorovulbozor,Gazli,Ohangaron, Sharg‘un, Boysun. 2 Rudali foydali Temir, titan, marga- nets, xrom, volfram, Qazg‘antog‘, Syurenota, SHabrez, Mingbuloq, Ixnach, Chimgan, Orololdi,  
 
qazilmalar molibden, qalay, vis-
mut, simob, surma, 
qo‘rg‘oshin, rux, mis 
va h.k. 
Qizilqum, 
Tamdi-tog‘, 
Sulton 
Vays, 
Qalmoqir, Ingichka, Chaqilkalon, Yaxton, 
Kamangaron, Qoratepa, Jom, Sariko‘l, 
Sazag‘an, Langar, Qo‘ytosh, Obizarang, 
Oygaing, Shaugaz, Kengko‘l, Maydontol, 
Sargar-don, Muruntog‘, Kokpatas . 
3 Kimyoviy 
xom 
ashyolar 
Osh tuzi, kaliy tuzi, 
fosforit 
konlari, 
oltingugurut, flyu-orit, 
mo‘miyo  
Boybichakon, 
xo‘jaikon, 
Tyubega-
tang,Oqbosh, 
Laylimkon, 
Odam-tosh, 
Oqmachit, Molg‘ulozor, Nurota tog‘lari va 
Surxondaryo 
botig‘ida, 
Qizilarcha, 
Andijon, 
Qurshob, 
xisor 
tizmasining 
janubi-g‘arbiy hududlari. 
4 Alyumin 
xom 
ashyolariga 
Kaolin, alunit, boksit, 
bentonitli 
Qurama, Chotqol, Qorjantog‘ tiz malari 
yonbag‘irlarida, Qizil-qum, Nurota, Hisor 
tog‘larida, Azkamar, Kattaqo‘rg‘on va 
boshqalar. 
5 Nometal 
xom 
ashyolar 
Grafit, asbest, korund, 
topaz, bryuza, tog‘ 
billuri, yashma, nefrit, 
lazurit, kvars qumlari, 
qimmatbaho va yarim 
qimmatbaho toshlar 
Toshqazgan, Sulton Vays tizma-si, Janubiy 
Farg‘ona, Hisor tizmalari, Sharaqsoy, 
Oqtosh, 
Olmabuloq, 
Kenqol, 
G‘ava, 
Charkasar, 
Sargardon, 
Ungurlikon, 
SHaugaz, 
Urgaz, 
Qalmoqqir, 
Urgaz, 
Aqturpoq, 
Ibrohimota, 
Samarqandiq, 
Ayaqoshi Irlir, Ouminzatog‘, Muruntog‘, 
Tosh- qazgan,  Maydontol, G‘unjak, 
Ajinakamar, Mayskiy, Ozod-boshi, Jeruy, 
Karmana  
6 Qurilish 
materialla
ri 
Soz 
tuproq, 
qum, 
shag‘al, ohaktoshlar. 
gips, marmar, granit, 
granodiort, 
gabbro, 
tuf, parfir 
Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda, G‘ozg‘on, 
Omonqo‘ton, Arqutsoy, daryolarning quyi 
oqimida va h.q.  
qazilmalar molibden, qalay, vis- mut, simob, surma, qo‘rg‘oshin, rux, mis va h.k. Qizilqum, Tamdi-tog‘, Sulton Vays, Qalmoqir, Ingichka, Chaqilkalon, Yaxton, Kamangaron, Qoratepa, Jom, Sariko‘l, Sazag‘an, Langar, Qo‘ytosh, Obizarang, Oygaing, Shaugaz, Kengko‘l, Maydontol, Sargar-don, Muruntog‘, Kokpatas . 3 Kimyoviy xom ashyolar Osh tuzi, kaliy tuzi, fosforit konlari, oltingugurut, flyu-orit, mo‘miyo Boybichakon, xo‘jaikon, Tyubega- tang,Oqbosh, Laylimkon, Odam-tosh, Oqmachit, Molg‘ulozor, Nurota tog‘lari va Surxondaryo botig‘ida, Qizilarcha, Andijon, Qurshob, xisor tizmasining janubi-g‘arbiy hududlari. 4 Alyumin xom ashyolariga Kaolin, alunit, boksit, bentonitli Qurama, Chotqol, Qorjantog‘ tiz malari yonbag‘irlarida, Qizil-qum, Nurota, Hisor tog‘larida, Azkamar, Kattaqo‘rg‘on va boshqalar. 5 Nometal xom ashyolar Grafit, asbest, korund, topaz, bryuza, tog‘ billuri, yashma, nefrit, lazurit, kvars qumlari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar Toshqazgan, Sulton Vays tizma-si, Janubiy Farg‘ona, Hisor tizmalari, Sharaqsoy, Oqtosh, Olmabuloq, Kenqol, G‘ava, Charkasar, Sargardon, Ungurlikon, SHaugaz, Urgaz, Qalmoqqir, Urgaz, Aqturpoq, Ibrohimota, Samarqandiq, Ayaqoshi Irlir, Ouminzatog‘, Muruntog‘, Tosh- qazgan, Maydontol, G‘unjak, Ajinakamar, Mayskiy, Ozod-boshi, Jeruy, Karmana 6 Qurilish materialla ri Soz tuproq, qum, shag‘al, ohaktoshlar. gips, marmar, granit, granodiort, gabbro, tuf, parfir Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda, G‘ozg‘on, Omonqo‘ton, Arqutsoy, daryolarning quyi oqimida va h.q.  
 
7 Gidro-
mineral 
boyliklar 
Yer osti suvlari 
Xo‘jai Pok, Obi-shifo, Arashan, Chimyon, 
Polvontosh, 
Xo‘jaobod, 
Sho’rsuv, 
Shimoliy So‘x, Xoudag, Andijon, Chortoq, 
Nagornaya, Maxasa, Qorako‘l 
 
 
 
 
O‘zbekiston turli foydali qazilmalarga boy. Uning hududida Mendelev davriy 
sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod 
turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar 
aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan, 
60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan 
bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi 
Neft  va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155ta istiqbolli kon, qimmatbaho 
metallar bo‘yicha 40dan ortiq, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40, konchilik – 
kimyo xom ashyosi bo‘yicha 15ta kon qidirib topilgan (I.Karimov, 1997). 
Respublikada 1935 yilda volfram, molibden, 1952 yilda kurgoshin, rux, 1959 yilda 
mis qazib chiqarish va boyitish hamda ularning konsentratlarini tayyorlash sanoati 
vujudga keldi. Dastlabki paytlarda respublikamizda tayyorlangan konsentratlar 
boshqa respublikalarga tayyor mahsulot olish uchun jo‘natilar edi. Keyingi yillarda 
ushbu sanoat barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi to‘la siklli 
sanoat tarmog‘iga aylandi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. 
O‘zbekiston oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish 
bo‘yicha 7- o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga 
kiradi. Bu yerda oltin ochiq usulda qazib olinadi. U Yevrosiyo materigidagi ruda 
tarkibida oltin yuqori darajada bo‘lgan eng yirik kon hisoblanadi. Muruntovdan har 
yili millionlab m3 ruda qazib olinadi. Oltin tozalashda affinaj (eng sof metall olish) 
jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. O‘zbekiston tabiiy gaz bo‘yicha 
MDHda Rossiya va Turkmanistondan keyin 3-o‘rinda turadi. Respublikada dastlabki 
neft koni Farg‘ona vodiysida 1904 yilda topilgan CHimyon konidir. Keyinchalik bu 
mintaqada Polvontosh, So‘x, Janubiy Olamushuk, Andijon va boshqa konlar ochildi. 
Mustaqillik yillarida esa (1992) Namangan viloyatida Mingbuloq koni topildi. 
Neftni qayta ishlash maqsadida Farg‘ona va Oltiariqda neftni qayta ishlash zavodlari 
7 Gidro- mineral boyliklar Yer osti suvlari Xo‘jai Pok, Obi-shifo, Arashan, Chimyon, Polvontosh, Xo‘jaobod, Sho’rsuv, Shimoliy So‘x, Xoudag, Andijon, Chortoq, Nagornaya, Maxasa, Qorako‘l O‘zbekiston turli foydali qazilmalarga boy. Uning hududida Mendelev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan, 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi Neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40dan ortiq, nodir va radioaktiv metallar bo‘yicha 40, konchilik – kimyo xom ashyosi bo‘yicha 15ta kon qidirib topilgan (I.Karimov, 1997). Respublikada 1935 yilda volfram, molibden, 1952 yilda kurgoshin, rux, 1959 yilda mis qazib chiqarish va boyitish hamda ularning konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga keldi. Dastlabki paytlarda respublikamizda tayyorlangan konsentratlar boshqa respublikalarga tayyor mahsulot olish uchun jo‘natilar edi. Keyingi yillarda ushbu sanoat barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi to‘la siklli sanoat tarmog‘iga aylandi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. O‘zbekiston oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish bo‘yicha 7- o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. Bu yerda oltin ochiq usulda qazib olinadi. U Yevrosiyo materigidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bo‘lgan eng yirik kon hisoblanadi. Muruntovdan har yili millionlab m3 ruda qazib olinadi. Oltin tozalashda affinaj (eng sof metall olish) jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. O‘zbekiston tabiiy gaz bo‘yicha MDHda Rossiya va Turkmanistondan keyin 3-o‘rinda turadi. Respublikada dastlabki neft koni Farg‘ona vodiysida 1904 yilda topilgan CHimyon konidir. Keyinchalik bu mintaqada Polvontosh, So‘x, Janubiy Olamushuk, Andijon va boshqa konlar ochildi. Mustaqillik yillarida esa (1992) Namangan viloyatida Mingbuloq koni topildi. Neftni qayta ishlash maqsadida Farg‘ona va Oltiariqda neftni qayta ishlash zavodlari  
 
qurilgan. Hozirgi kunga kelib, Surxon vodiysida, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 
hududida ham neft konlari ochilgan. 
Respublikada qazib olinadigan ko‘mirning 95 % i Toshkent viloyatida Angren 
ko‘mir havzasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda ko‘mir ochiq usulda qazib olinadi. Shu 
sababli mahsulotning tannarxi ancha arzondir. Surxondaryo viloyati tog‘larida 
sanoatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan toshko‘mir konlari topilgan. Bular Sharg‘un 
va Boysun konlari bo‘lib, kokslanuvchanligi bilan ajralib turadi. Oltin zahiralari 
bo‘yicha 17ta kon aniqlangan, asosan 3ta yirik hududda, ya’ni Qizilqumda, Chotqol-
Qurama tog‘larida hamda Nurota tizmasida joylashgan. Hozirgi kunda Qizilqumdagi 
Muruntov va Ko‘kpotas, Chotqol-Qurama tog‘laridagi Sarichekuv (mis va 
polimetallarga yo‘ldosh bo‘lib uchraydi), Ko‘chbuloq, Chodak, Nurota tizmasidagi 
Marjanbuloq, Zarmiton va boshqalardan qazib olinmoqda. 
Volfram rudasining yirik konlari: Qo‘ytosh, Ingichka, Qoratepa, Yaxton, 
shuningdek, Choshtepa, Kamangaron, Jom, Sariko‘l, G‘arbiy Tyanshandagi 
Sargardon, Maydontol, Og‘ayni konlarida ham tarqalgan bo‘lib, Ingichka va 
Qo‘ytosh konlaridan qazib olinmoqda. Molibden rudasining Yirik konlari: G‘arbiy 
Hisorning Obizarang, Chotqolning Chavatsoy, Ungirtosh, Ogayni, Qurama 
tizmasining Shovg‘az, Olmaliq konlari ma’lum. Olmaliqda mis-porfir rudalaridan 
yo‘ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda.  
qurilgan. Hozirgi kunga kelib, Surxon vodiysida, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hududida ham neft konlari ochilgan. Respublikada qazib olinadigan ko‘mirning 95 % i Toshkent viloyatida Angren ko‘mir havzasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda ko‘mir ochiq usulda qazib olinadi. Shu sababli mahsulotning tannarxi ancha arzondir. Surxondaryo viloyati tog‘larida sanoatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan toshko‘mir konlari topilgan. Bular Sharg‘un va Boysun konlari bo‘lib, kokslanuvchanligi bilan ajralib turadi. Oltin zahiralari bo‘yicha 17ta kon aniqlangan, asosan 3ta yirik hududda, ya’ni Qizilqumda, Chotqol- Qurama tog‘larida hamda Nurota tizmasida joylashgan. Hozirgi kunda Qizilqumdagi Muruntov va Ko‘kpotas, Chotqol-Qurama tog‘laridagi Sarichekuv (mis va polimetallarga yo‘ldosh bo‘lib uchraydi), Ko‘chbuloq, Chodak, Nurota tizmasidagi Marjanbuloq, Zarmiton va boshqalardan qazib olinmoqda. Volfram rudasining yirik konlari: Qo‘ytosh, Ingichka, Qoratepa, Yaxton, shuningdek, Choshtepa, Kamangaron, Jom, Sariko‘l, G‘arbiy Tyanshandagi Sargardon, Maydontol, Og‘ayni konlarida ham tarqalgan bo‘lib, Ingichka va Qo‘ytosh konlaridan qazib olinmoqda. Molibden rudasining Yirik konlari: G‘arbiy Hisorning Obizarang, Chotqolning Chavatsoy, Ungirtosh, Ogayni, Qurama tizmasining Shovg‘az, Olmaliq konlari ma’lum. Olmaliqda mis-porfir rudalaridan yo‘ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda.  
 
 
2.1-rasm.O‘zbekiston hududida keng tarqalgan qazilma boylik turlari 
Alyuminiy rudasining yirik konlari-alunit konlari Qurama, va Xisor konlarida 
topilgan. Angren xavzasidagi ko‘mir qatlamlari tagida tarkibida alyuminiy bo‘lgan 
kaolin qatlamining qalinligi 2 metrdan 46 metrgacha etadi. Fosforitning katta 
zaxirasi Qizilqumda topildi va undan foydalanilmoqda. Oltingugurt Farg‘ona 
vodiysidagi Sho‘rsuv konidan qazib olingan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 
oltingugurtning katta qismi Muborak gazini qayta ishlash zavodida ajratib 
olinmoqda. World Nuclear Association, european Nuclear Society va British 
Geological Survey ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltinning tasdiqlangan 
zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni, qazib olish bo‘yicha 7- o‘rinni egallab, yiliga 80 
tonnaga yaqin oltin qazib olinmoqda. Molibden zahirasi bo‘yicha 8-o‘rinni, mis 
zahirasi bo‘yicha 10-o‘rinni, uran zahirasi bo‘yicha 11-12 (uni qazib olish bo‘yicha 
7) -o‘rinni, tabiiy gaz zahirasi bo‘yicha 14-o‘rinni egallaydi. 
 
O‘zbekiston 
hududida keng 
tarqalgan qazilma 
boyliklar 
Таbiiy gaz 
 
Uran 
 
Мis 
 
Volfram 
 
Qo’rg’oshin 
 
 Кvarts (оqqum) 
Flyuorit 
 (plavik shpat) 
Каliy tuzi 
Оltin 
 
Neft 
 
Моlibden 
Оsh tuzi 
Таlk 
Оhaktosh 
Rux 
 
Маrmar 
Аlyuminiy 
 
Fosforit 
 
2.1-rasm.O‘zbekiston hududida keng tarqalgan qazilma boylik turlari Alyuminiy rudasining yirik konlari-alunit konlari Qurama, va Xisor konlarida topilgan. Angren xavzasidagi ko‘mir qatlamlari tagida tarkibida alyuminiy bo‘lgan kaolin qatlamining qalinligi 2 metrdan 46 metrgacha etadi. Fosforitning katta zaxirasi Qizilqumda topildi va undan foydalanilmoqda. Oltingugurt Farg‘ona vodiysidagi Sho‘rsuv konidan qazib olingan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning katta qismi Muborak gazini qayta ishlash zavodida ajratib olinmoqda. World Nuclear Association, european Nuclear Society va British Geological Survey ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni, qazib olish bo‘yicha 7- o‘rinni egallab, yiliga 80 tonnaga yaqin oltin qazib olinmoqda. Molibden zahirasi bo‘yicha 8-o‘rinni, mis zahirasi bo‘yicha 10-o‘rinni, uran zahirasi bo‘yicha 11-12 (uni qazib olish bo‘yicha 7) -o‘rinni, tabiiy gaz zahirasi bo‘yicha 14-o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston hududida keng tarqalgan qazilma boyliklar Таbiiy gaz Uran Мis Volfram Qo’rg’oshin Кvarts (оqqum) Flyuorit (plavik shpat) Каliy tuzi Оltin Neft Моlibden Оsh tuzi Таlk Оhaktosh Rux Маrmar Аlyuminiy Fosforit