Oziq-ovqat mahsulotlarini organizmda hazm bo`lishi va so`rilishi
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
58,6 KB
Oziq-ovqat mahsulotlarini organizmda hazm bo`lishi va so`rilishi
Me’dada ovqatning hazmlanishi.
Iste’mol qilingan ovqatlar og’iz bo’shlig’idan me’daga tushadi va u yerda
navbatdagi kimyoviy va mexanik qayta ishlanadi. 10-12 yoshli bolalarning
me’dasining hajmi 1,5 L gacha bo’lsa, voyaga yetgan odamlarda esa 3,0 L gacha
bo’ladi. Suyuqliklarni ko’p iste’mol qiluvchi odamlarda esa me’daning hajmi
ayrim paytlarda 5-10 l.gacha yetishi mumkin bo’lsa, otlarda 6-15 l, qoramollarda
esa – 100 l.ga yaqindir. Odamlar me’dasi odatda ikkita hazmlovchi bir-biridan
tuzilishi va funksiyasi jihatidan jiddiy farq qiluvchi ikkita bo’shliqdan iborat
bo’lib, ular fundal va pilorik qismlar deb ataladi.
Bir kamerali oshqozonga ega bo’lgan hayvonlarda esa me’dalar uch qismga
farqlanadi va kardial qismi ham mavjud. Kardial qism bezsiz, fundal va pilorik
qismlar bezli bo’shliqlar hisoblanadi. Odamlarda fundal bo’shlig’i me’daning
umumiy hajmining 4/5 qismini tashkil etsa, pilorik bo’shlig’i 1/5 qismini tashkil
etadi. Bu bo’shliqlar doimo bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lib turish bilan birga
muskulli qovuzloq (pilorik oldi sfinektri) bilan ajralib turadi. Bunday ajralib turish
ovqat hazmining ayrim davrlarida yuz beradi. me’daning shilliq qavatida bez
hujayralari bo’lib, ular bosh, qoplama va qo’shimcha bezlarga farqlanadi. Fundal
qismidagi bosh hujayralardan fermentlar, qo’shimcha bezlardan – shilliq va
qoplama bezlardan xlorid kislota ishlab chiqiladi. Xlorid kislotaning hosil
bo’lishida oqsillarning sulfagidril guruhi ishtirok etadi. Fundal qismning shirasi
kislotali muhitga ega bo’lsa, pilorik qism esa ishqoriy muhitga ega bo’ladi.
Me’daning pilorik qismida faqatgina bosh hujayralarni eslatuvchi hujayralar
bo’lib ularning miqdori fundal qismidagidan ancha kam va qoplama bezlar bilan
birgalikda shilliq parda devorlarida joylashgan bo’ladi. Bundan tashqari pilorik
qism fundal qismidan kuchli rivojlangan muskulli devor bo’lishi bilan farq qiladi.
Unda moddalarning so’rilishi kuzatiladi, lekin fundal qismida esa so’rilish
jarayoni juda kuchsiz holda bajariladi.
Me’da shirasining tarkibi. Me’daning fundal qismining shirasi 99-99,5 %
suvdan, 0,3-0,4 % qattiq moddalardan va 0,4-0,5 % mineral tuzlardan (xloridar,
azot tuzi, fosfatlar, sulfatlar, xlorid kislota va hokazo) iborat bo’lib odamlar
me’dasining toza shirasining muhiti 1,0 dan 2,5 (ph) gacha o’zgarib turadi. Kislota
fermentlarni faollashtirish bilan, oqsillarni ko’pchitadi va bu bilan unga
fermentlarning ta’sirini yengillashtiradi. Odamlarda bir kecha-kunduzda 1,5-2 l
me’da shirasi ajralsa, otlarda 30 l.gacha ajraladi. Oqsillar bilan oziqlantirilganda
me’da shirasining miqdori ortsa, uglevodlar bilan oziqlantirilganida esa kamayadi.
Shira tarkibida quyidagi fermentlar bo’ladi:
1. Pepsin - oqsillarni albumoz va peptonlargacha gidrolizlovchi proteolitik
ferment bo’lib, go’sht oqsillarini juda tez parchalasa, tuxum oqsillarini sekin
parchalaydi. Pepsin pepsinogenga xlorid kislota ta’sir etishida hosil bo’ladi.
Pepsin muhit ph 1,5-2,0 bo’lganda faol proteolitik ta’sir ko’rsatadi.
2. Gastraksin – pepsinga nisbatan faol, lekin tuxum oqsilini ancha kuchsiz
hazm qiladi, ph-3,2 bo’lganida maksimal darajadagi faollik ko’rsatadi.
3. Pepsin V yoki parapepsin parapepsinogendan hosil bo’ladi.
4. Rennin, shirdon fermenti yoki ximozin (u sut emizuvchilar oshqozonida,
ayniqsa buzoqlar shirdonida katta miqdorda bo’ladi). Sutni ivitadi, undan ivigan
oqsil kaziyenni ajralib chiqishini va erimaydigan shaklga o’tishini ta’minlaydi.
Neytral, kuchsiz kislotali va ishqorli muhitda faoliyat ko’rsatadi.
Me’da shirasida bulardan tashqari proteolitik ferment bo’lmagan fermentlar
ham uchraydi: lipaza – emulsiyalangan yog’larni parchalovchi; amilaza –
uglevodlarni parchalovchi; lizosim – bakteriosidlik funksiyasini bajaruvchi, ya’ni
bakteriyalarni parchalovchi va boshqalar. Ularning miqdori kam, yosh bolalarda
lipaza lipokinaza fermenti ta’sirida faollashadi.
Me’daning pilorik qismining shirasi ishqoriy muhitga (ph-8) ega. Uning
tarkibida hali xuddi o’sha yuqoridagi fermentlar bor bo’lsada, ularning miqdori
kam bo’ladi va ishqoriy muhitga ta’sir ko’rsatadi. O’tkazilgan tadqiqot ishlarining
natijalariga ko’ra pilorik qism shirasining hazmlovchi kuchi fundal qismidagidan
4 marta kam ekan (E.E.Martinson,1952).
Me’da shilliq pardasining bezlari shiralardan tashqari shilimshiq modda ham
ajratadi va o’z navbatida me’da shilliq pardasining turli mexanik va ximik
ta’sirlardan saqlovchi himoya funktsiyasini bajaradi. Bundan tashqari shilimshiq
modda o’z yuzasida fermentlarni jamlab olishi hisobiga (qayta so’rishi –
adsorbsiyalash) ozuqalarni hazmlashda ishtirok etadi.
Mo’tadil fiziologik holatlarda me’da o’z-o’zidan hazmlanishi mumkin emas,
chunki uning devorlarida antifermentlar ham mavjuddir. Demak, shuni ta’kidlash
mumkinki fermentlar tirik hujayra-to’qima oqsillarini parchalay olmaydi, balki
faqatgina denaturatsiyaga uchragan oqsillargagina o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Me’daning shilliq pardasi bo’ylab harakatlanuvchi xlorid kislotaning vodorod
ionlari uni parchalashi mumkin, lekin uning kirishiga shilliq pardaning baland
silindr shaklidagi epitelial hujayralari va qon tomirlaridan teskari yo’nalishda
harakat qilayotgan natriy ionlari baryer sifatida qarshilik ko’rsatadi.
Odamlar 20 yoshga kirganida me’da shirasining ajralish miqdori va undagi
saqlanuvchi fermentlar va xlorid kislotaning miqdori ham kamayadi.
Me’da shirasining tarkibiga turli ozuqali qo’zg’atuvchilarning ta’siri.
Odamlarda unchalik katta bo’lmagan miqdordagi shira doimiy ravishda ajraladi,
lekin kechqurun va ertalab uning sekresiyasi minimal holga tushadi yoki
to’xtaydi. Bundan tashqari sharoitga, oziqlanish xarakteriga va inson yoshiga
bog’liq holda shira ajralishining individual ravishdagi o’zgarishlari ham
kuzatiladi.
Me’dada ovqatning hazm qilinishi.
1-me’da, 2-jigar, 3-me’da osti bezi, 4-ichak, 5-o’t xaltasi.
U tiniq, rangsiz, kislota muhitli suyuqliq bo’lib, tarkibida xilma-xil organik va
anorganik moddalar uchraydi. Shiraning, anopganik moddalarning kalsiy, kaliy,
natriy, magniy, alimuyniy kabi elementlarning, xlorli, vodorodli, karbonatli va
sulfatli tuzlar va xlorid kislota tashkil qiladi. Organik moddalar esa sut kislota
oqsillar, aminokislotalar; pepsin, ximozin, lipaza, elastoza (jelatinaza), katepsin
kabi fermentlardan tashkil topgandir. Shira tarkibida xlorid kislota medadagi
hazm hujayralarida muhim rol o’ynaydi. Jumladan u boshqa organik kislotalar
bilan birgalikda shiraga kislotali muhit beradi. Me’da shirasining asosiy fermenti
bo’lmish pepsin esa faqat o’sha kislotali muhit tarkibida bo’ladi. Xlorid kislota
me’da hazm jarayonlarining to’g’ri borishida, achish-bijg’ish jarayonlarini
ro’yobga chiqarishda, xilma-xil mineral moddalarning erishida, me’da va ichakda
harakat faoliyatlarining, hususan me’dadan o’n ikki barmoq ichakga ozuqa
o’tkazishini boshqarishda ishtirok etadi. Bu kislota oqsillarni bo’rttirib, hazm
bo’lishiga yordam beradi. Shirada o’rtacha 0.4-0.5% atrofida xlorid kislota bo’lib,
u erkin va xilma-xil organik moddalar bilan birikgan holda uchraydi. Me’da
shirasida sezilarli miqdorda xlorid kislota bo’lsa ham, u me’da devoriga zararli
ta’sir qilmaydi. G.Devmport me’da devorining xlorid kislota ta’sirida
hazmlanmasligi (himoya to’siq) xususiyati katta ahamiyatga ega deb
ta’kidlaydi.Uning fikricha, shilliq pardalar silindrik epiteliyalarning ustki
murakkab lipidlar bilan qoplangan. Shuning uchun normada silindrik epiteliyalar
orasidan H+ ionlari shilliq parda tomoniga, ichkaridagi Na+ ionlari esa, me’da
ichiga o’tmaydi; shunga ko’ra shilliq pardani kislota jarohatlantirmaydi. Agar
lipidlarning parchalanishi uchun sharoit tug’ilsa (organizmda bu lipidlarni o’t
kislotasining tuzlari, o’t tarkibidagi lizosim, to’qimalardagi gistaminni
parchalaydi), me’da devorining baryer funksiyasi buzilib, H+ kationi shilliq
pardaga, Na+ kationi esa, me’da ichiga o’ta oladigan bo’lib qoladi. Oqibatda
me’daning shilliq pardasi kislota ta’sirida jarohatlanib, ma’lum darajada hazm
bo’ladi va tezda bitmaydigan yaralar paydo bo’ladi. Me’dada bo’lib o’tadigan
hazm jarayonlarining jadalligi, fermentlar faolligi va faoliyati bilan belgilanadi.
Binobarin, me’dada ovqat hazm bo’lishida fermentlar hal qiluvchi omil bo’lib
xisoblanadi. Me’da shirasining fermentlari quyidagicha xarakterlanadi:
Pepsin. Bu fermentni me’da shilliq pardasidagi bosh hujayralar eng faol
pepsinogen modda ajratadi. Pepsinogen xlorid kislota ta’sirida faol pepsinga
aylanadi. Uning faoliyati uchun muhit o’ta kislotali, pH 0,8–2,0, harorat esa 38 –
400 atrofida bo’lishi lozim. Pepsin proteolitik ferment bo’lib, oqsillarni albumoz
va peptonlargacha parchalaydi. Pepsinni ta’sir shiddati turli xil oqsillar uchun bir
xil emas. Jumladan, u fibrinni, go’sht oqsillarini ancha tez parchalagani holda
tuxum oqsili va kollagenni ancha sekin parchalaydi. Pepsinning hazm kuchini
aniqlash uchun Mett usulidan foydalanadi. Buning uchun qismlarga bo’lingan va
tuxum oqsili to’ldirilgan maxsus shisha naycha tana haroratigacha isitilgan me’da
shirasiga solinadi. Keyin ma’lum vaqt davomida shiradagi pepsin ta’sirida
naychadagi pepsinning hazm kuchi to’g’risida fikr yuritadi.
Ximozin (renin) fermenti asosan kuchsiz kislotali, kuchsiz ishqoriy yoki neytral
muhitlarda kalsiy ionlarining ishtirokida faol bo’ladi. Sut emuvchi hayvonlarda
muhim ahamiyatga ega. Chunki u sut, oqsili – kazeinogenga ta’sir qilib, uni
kazeinga aylantiradi, sutni ivitadi. Shu sababli sut emadigan hayvonlarning me’da
shirasida ximozin boshqa fermentlarga qaraganda ko’proq bo’ladi. Hayvon
ulg’aya borib, ozuqa iste’mol qilishga o’ta borgan sari, me’da shirasida ximozin
kamayib, pepsin bilan xlorid kislota ko’payadi.
Katepsin – kuchsiz kislotali muhitda, faol. Oqsillarni peptidlargacha parchalaydi.
Lipazia – odam va hayvonlar uchun ahamiyatli bo’lib, miqdori juda kam,
me’daning pilorus qismining bosh hujayralarida hosil bo’ladi. Bu ferment neytral
yog’larni glitserin va yog’ kislotalarigacha parchalaydi. Asosan emultsiya
holidagi yog’larga, masalan sut yog’lariga yaxshi ta’sir qiladi.
Elastaza (jelatinaza) – miqdori juda kam bo’lib, proteolitik fermentlar qatoriga
kiradi, biriktiruvchi to’qima oqsili – jelatinani parchalaydi. Toza me’da shirasida
amilolitik fermentlar bo’lmaydi. Ammo me’dada uglevodlar qisman parchalanadi.
Chunki me’daga tushgan ozuqa luqmasiga shira asta-sekin shimiladi. Luqmaning
ichki qismiga shira shimilib borgancha u yerdagi muhit ishqoriyligicha turadi;
shunga ko’ra luqma bilan kelgan so’lak va ozuqa fermentlari ta’sir ko’rsatishda
davom etadi. Luqmaning me’da shirasi shimilgan joylarida esa muhit zudlik bilan
o’zgarib kislotali bo’lib qoladi, oqibatda amilolitik fermentlarning faolligi so’nadi
va me’da shirasi fermentlari ta’sir ko’rsata boshlaydi. Me’da pilorus qismining
shirasi fundal qismi shirasidan farq qiladi. Me’daning bu qismidan ajralgan shira
zaif ishqoriy muhitga ega. Tarkibida pepsin kam, buning ustiga pepsinning
faolligi, demak shiraning hazmlash kuchi past pilorus shirasi – yog’li ozuqalarni
parchalashda, katta ahamiyatga ega. Chunki yog’li ozuqalar iste’mol qilinganda
me’daning fundal qismidagi hujayralar faoliyati tormozlanadi. Shu sababli
me’daning fundal qismida yog’larga aloqador biriktiruvchi to’qimalar to’la hazm
bo’lmaydi. Bu to’qimalar pilorusda kuchsiz kislotali muhitdagi pepsin ta’sirida
hazm bo’ladi. Shundan keyingina yog’lar ichaklarda batamom hazm bo’lishi
mumkin. Me’dadagi qo’shimcha bezlar ajratadigan shilimshiq ham hazm
jarayonlarining yaxshi kechishida katta ahamiyatga ega. U me’da devorini turli
ta’sirotlardan saqlaydi. Jumladan, dag’al ozuqalarni ho’llab, yumshatadi, shu
tariqa me’da devoriga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytiradi, kislota va boshqa
zararli moddalarni suyultirib, zararsizlantiradi. Me’da shirasining tarkibida faol
proteolitik ferment –pepsin bo’lsada, me’da devorining o’zi shu ferment ta’sirida
hazm bo’lmaydi. Buning sababi to’g’risida bir necha fikrlar bayon etilgan. Ayrim
olimlar buning boisi shilimshiq va himoya – to’siq xususiyatlari tufayli me’da
devori saqlanib qoladi, deb xisoblasa, boshqalari me’da devori bo’ylab oqayotgan
qonning ishqoriy muhitga egaligi pepsin faolligini pasaytiradi, deb tushuntiradilar.
Keyingi paytlarda me’da devorida antipepsin hosil bo’lib turadi, degan
ma’lumotlar paydo bo’ldi.
Me’dada hazm bo’lgan oziq moddalarning ichakka o’tkazilishi.
Ozuqa me’daga tegishli ravishda hazm bolganidan keyin, me’da devorining,
peristaltik harakati va pilorus sfinkterining faoliyati tufayli o’n ikki barmoq
ichakka o’tkaziladi. Me’daga ozuqa luqmalarining tushishi undagi harakatlarni
jumladan, peristaltik harakatni ancha jonlantiradi va yaxshi aralishib hazm bo’la
boshlaydi hamda me’daning pilorus qismiga o’tadi. Me’da tubidan kelayotgan o’ta
kislotali shu ozuqa bo’tqasi pilorus retseptorlarini ta’sirlaydi. Oqibatda hosil
bo’lgan qo’zg’alish adashgan nervlarning afferent tolalari orqali uning uzunchoq
miyadagi markaziy yadrosi qisqartiladi.
Markaziy javob reaksiyasi tufayli pilorus sfinkteri ochiladi va pilorusning ritm
bilan ko’chli qisqarishi natijasida ozuqa u yerdagi ishqorli muhitda o’z ta’sirini
avalroq namayon qila olmaydi. Shu sababli to ichakdagi ozuqaning kislotali ta’siri
namayon bo’lgunicha, me’dadan ichakka ozuqa o’taveradi. Ichakka o’tgan ozuqa
ko’paya borib, oqibatda o’zining kislotali ta’sirini namoyon qiladi. Oqibatda ichak
devoridagi retseptorlar ta’sirlanib hosil bo’lgan qo’zg’alish markazga uzatiladi va
refleks yo’li bilan pilorus sfinkterining yopilishiga sabab bo’ladi. Ichakka o’tgan
ozuqa ichakdagi ishqoriy muhit ta’sirida neytrallashmaguncha, sfinkter yopiq qoladi.
Ozuqa ichakdagi ishqoriy muhit neytral holga kelishi bilan me’daning tubidan
pilorusiga o’tgan ozuqa, pilorusidagi retseptorlarni qo’zg’atib pilorus sfinkterini
yana ochadi va ozuqa yana ichakka o’tadi. Sfinkternig ochilib-yopilishi ana shu
tariqa takrorlanaveradi, natijada me’dada hazm bo’layotgan ozuqa ichakka bo’linib-
bo’linib o’tib turadi.
Me’daning harakati va pilorus sfenkterining tabiyatiga, demak, ozuqaning
me’dadan ichakka o’tkazilishiga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi. Ozuqaning xili,
konsistensiyasi (quyuq, suyuqlik darajasi), muhiti, osmotik bosimi va ichaklarning
ozuqa bilan nechoqli to’lishuvi ana shunday omillardandir. Me’dadan ichakka suv
va suyuq ozuqa tezroq o’tsa, quyuq ozuqa sekinroq o’tadi. Uglevodli ozuqa jadalroq,
oqsilli ozuqa esa sekinroq o’tadi, yog’li ozuqa esa yana ham sekin o’tadi. Chunki
ichakka o’tadigan yog’lar, u erda enterogastron hosil bo’lishiga olib keladi,
enterogastron esa me’da devori harakatini susaytiradi va shunga ko’ra ozuqa o’tishi
bir muncha tormozlanadi. Ishqorli ozuqa ichakka kislotali ozuqaga qaraganda tezroq,
gipertonik eritmalar esa, izotonik eritmalarga aylanganidan keyingina o’tadi.
Ozuqaning me’dadan ichakka o’tish tezligiga harakat ham ta’sir ko’rsatadi.
Jumladan, issiq harorat suvning ichakka o’tkazilishini tezlashtirsa, kislotali
moddalar evakuatsiyasini ancha tormozlaydi. Issiq harorat ta’sirida ichak ishqoriy
muhitini zaiflashtirib, me’dadan o’tgan kislotali mahsulotlarning ichakda tezda
neytrallashavermasligi shunga sabab bo’ladi.
Ozuqalarning ichaklarda hazm bo’lishi.
Me’dada etarlicha hazm bo’lgan ozuqa massasi ichakka o’tkaziladi va u yerda
hazm bo’lishda davom etadi. Qushlarning ichagi kalta, me’da osti bezi va jigari
katta bo’ladi. Ozuqalar tovuqlar hazm tizimidan boshdan-oyoq bor-yo’g’i 24
soatda bosib o’tadi. Hazm tizimining, ayniqsa uning asosiy qismlaridan biri
bo’lgan ichakning kalta bo’lishi, hazm jarayonlarining nihoyatda jadal kechishini
taqozo qiladi. Me’da osti bezi va jigar kattaligining sababi ham shunda. Hajmi
kattaligi tufayli, bu bezlar nihoyatda faollik qiladi, oqibatda ichakka suyuqliklarni
(me’da osti bezi shirasi va o’tni) ancha jadallik bilan ajratadi. Bular esa o’z
navbatida ichakka oziqalarning jadal ravishda hazm bo’lishini ta’minlaydi.
Jigarning chap va o’ng qismidagi o’t yo’llari birikib, o’t havzasini hosil qiladi.
Ana shu o’t havzasidan o’t zaruriyat tug’ilganda o’t pufagiga tushmasdan ichakka
chiqarilishi mumkin. Demak, o’t ikki yo’l bilan: o’t pufagi yoki bevosita o’t
havzasi orqali ichakka chiqariladi. Qush zo’r berib oziqlanayotgan paytda o’t
pufagi va jigaridan birdaniga o’t chiqariladi. Qushlarning ko’r ichagiga faqat
ximusning bir qismi tushadi. Ko’r ichakka bakteriyalar ishtirokida oqsillar,
yog’lar va uglevodlar parchalanadi. Sut emizuvchilar ichagida ko’zatiladigan
harakatlarga o’xshash bo’lib, peristaltik harakat bilan birgalikda ancha jonli-
antiperistaltik harakat ham kuzatiladi. Shu sababli qushlarning ichagida hazm
bo’layotgan ozuqa yengillik bilan me’dasiga qaytarilishi mumkin. Qushlarning
ichagi to’g’ri ichak bilan tugallanadi, to’g’ri ichak kloakaga ochiladi. Kloaka 4
qismdan iborat bo’lib, to’g’ri ichak uning eng katta qismiga ochiladi. Keyingi
qismiga tuxum yoki urug’ yo’llari va siydik yo’llari ochiladi. Defekatsiya jarayoni
ham sut emizuvchilardagidek yuzaga chiqadi. Qush axlati tarkibida 74% atrofida
suv bo’ladi, chunki siydik ham axlat bilan birga chiqariladi. Gong ustida
mochevina oq kristallari bo’ladi. Qushlarda so’rilish jarayonlari intensivdir.
Ichakning shilliq pardasida juda ko’p so’rg’ichlar bor. Ular ko’ndalang egri-bugri
bo’lib joylashgan, bu so’rilish jarayonlarining intensiv kechishini ta’minlaydi.
Yo’g’on ichaklarida suv va unda erigan ayrim ohak va mineral moddalar so’riladi.
Ichaklarda kuzatiladigan sekretor va motor jarayonlar sut emizuvchilardagidek
boshqariladi.
O’n ikki barmoqli ichakda ovqat hazmi.
Ovqat hazmi kanalining markaziy qismi bo’lib ingichka ichaklar tizimining
boshlang’ich qismi o’n ikki barmoqli ichak hisoblanadi va u yerga tushuvchi oziq
moddalar uchta: me’da osti, o’t va ichaklarning hazm shiralari ta’siriga uchraydi.
O’n ikki barmoqli ichakka oziq moddalar tushmaganida u yerdagi muhit
kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega bo’ladi. (pH-o’rtacha 7,2-8,0 teng). Me’dadan
kislotali moddalari o’n ikki barmoqli ichakka tushganidan keyin u yerdagi ishqorli
shiralar bilan neytrallanguniga qadar pH odamlarning o’n ikki barmoqli ichagida
muhit 4,5-8,0 ga qadar o’zgarib turadi. O’n ikki barmoqli ichakka hazm shiralarini
ajratuvchi hazm bezlarining faoliyati me’dadagi ovqat hazmi bilan uzviy
bog’langan.
Me’da osti bezi shirasining tarkibi va hazmlovchi xususiyatlari.
Odamlarning me’daosti bezi shirasi – rangsiz, tiniq suyuqlik bo’lib, 98,7 %
suv saqlab muhiti ishqoriydir (ph 7,5 dan 8,5 gacha) va bu ko’rsatkich natriy
gidrooksidining miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Shu sababli ham katta
miqdordagi shiraning yo’qolishi organizmning kislota – ishqor muvozanatining
buzilishiga ham olib keladi. Shira tarkibida 10 % miqdorgacha yetadigan qattiq
moddalarning asosiy qismini oqsillar tashkil qiladi. Shiradagi fermentlarning
miqdoriga qarab oqsillarning miqdori 0,1 dan 10 % gacha o’zgarib turadi.
Me’daosti bezining shirasida proteazalar, amilazalar va lipaza fermentlari
saqlanadi. Bular orasida bosh yoki asosiy bo’lib proteolitik ferment tripsinogen
hisoblanadi va bu ferment ichaklar shirasi – entrokinaza fermenti ta’sirida faol –
tripsinga aylanadi. Tripsin bir necha proteazalar; tripsinni o’zi, ximotripsin va
karboksipeptidazalardan iboratdir. Ximotripsin ham faol bo’lmagan holatdagi
ximotripsinogendan entrokinaza fermenti ta’sirida faol holatga o’tadi. Tripsin
pepsindan farqli o’laroq kuchsiz ishqoriy, neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda
butun oqsillarni va albumoz hamda peptonar kabi oqsillar parchalanishining
mahsulotlarini so’rilishi uchun yaroqli bo’lgan oxirgi mahsulotlargacha –
aminokislotalargacha parchalaydi.
Ikkinchi proteolitik ferment – eripsin va u faol holda ajraladi. U butun
oqsillarga
ta’sir
ko’rsatmasdan
balki
peptonlar
va
albumozlarni
aminokislotalargacha parchalaydi.
Me’daosti
bezining
amilolitik
fermentlari:
amilaza
kraxmalni
disaxaridlargacha parchalasa, mal’taza – disaxaridlarni monosaxaridlargacha va
laktaza sut qandini monosaxaridlargacha parchalaydi. Bu fermentlar neytral
muhitda ancha faol bo’ladilar.
Me’daosti bezi shirasining lipazasi yog’larni gliserin va yog’ kislotalarigacha
parchalaydi, yog’ kislotalari ishqorlar bilan birikib sovun hosil qiladi.
Deyarlik barcha lipaza faol bo’lmagan holatda ajraladi va o’t kislotalari
yordamida faollashadi.
Me’daosti bezi shirasi va o’t suyuqligi ishqorlari yordamida yog’lar
emulsiyalanadi
va
natijada
uning
hazmlanishi
ortadi.
Fosfolipazalar
fosfolipidlarni parchalaydi. Me’daosti bezida proteolitik fermentlar faoliyatini
tormozlovchi oqsilli modda hosil bo’ladi. Taxmin qilinishicha bu modda bezning
o’zini o’z-o’zidan hazmlanishidan himoya qiladi.
Me’daosti bezi shirasining ajralishi. Odamlar va itlarda me’daosti bezining
shirasi
oziqlar
bo’lmaganida
yoki
ozuqaviy
qo’zg’atuvchilar
ta’sir
ko’rsatmaganda juda kam ajraladi yoki umuman ajralmaydi. Me’daosti bezining
shirasi ovqatlanish boshlanganidan 1-3 minut o’tganidan keyin boshlanadi. Har
bir turdagi ozuqaga turli miqdordagi, tarkibdagi turli fermentlar ajralishi bilan
farqlanadi. Shira ajralishining borishi ham, uning davomiyligi ham ozuqalar
turiga bog’liq holda kechadi.
Odamlarda me’daosti bezi shirasining ajralishi qanchalik ko’p yog’li ovqat
iste’mol qilsa, u shuncha kamaya boradi va yog’siz go’sht iste’mol qilganiga
nisbatan 2,5 marta kamayib ketadi.
Yog’li ovqatlarni ko’plab iste’mol qilish esa lipazalar ajralishini, ugevodlarni
iste’mol qilinishi – amilazalarni va oqsilli oziqlar esa tripsin ajralishini
tezlashtiradi. Kavshovchi hayvonlarga xashakni silos bilan almashtirilishi esa
tripsin va amilazalar faolligini oshiradi.
Sut iste’mol qilinishi esa barcha fermentlar ajralishini chaqiradi.
Odamlarda bir kecha-kunduzda 1,5-2,0 l me’da osti bezi shirasi, itlarda 600-
800 ml, kavshovchilarda – 6-7 l, cho’chqalarda –8 l va ko’proq ajaraladi.
Odamlarda shiraning ajralish tezligi bir minutda o’rtacha 4,7 ml. bo’lsa itlarda 2,3
ml.ni tashkil etadi.
Ovqat hazm kanalida so’rilishi jarayoni
Oziq moddalar ovqat hazmi tizimida kimyoviy qayta ishlanishi natijasida,
to’yimli moddalarning parchalanishi natijasida mahsulotlarning suvda erigan
eritmalari hosil bo’ladi, ya’ni shilliq pardalarning epitelial hujayralari orqali qon
va limfa tomirlariga tushadi.
Ovqat hazmi kanali devorlariga tegib turuvchi oziqlar qatlami tabiiyki, dastlab
ichaklar shilliq pardalarida joylashgan bez hujayralaridan ajraluvchi hazm shiralari
tarkibidagi fermentlar ta’sirida parchalanadi va uning parchalanish mahsulotlari
hazmlanish darajasiga qarab so’riladi. Shu sababli ham hazmlanish kanali
devorlaridan uzoqlashayotgan oziqlar qatlamidagi ovqat hazmi kanalining shilliq
pardasidan uzoqlashgan sari moddalarning hazmlanishi va so’rilishi kamaya boradi.
So’rilish – ichki va tashqi muhit oralig’ida joylashgan ovqat hazmi kanali
devorlarida joylashgan hujayralarga xos bo’lgan fizioligik jarayondir.
Me’dada faqatgina uglevodlar parchalananishining mahsulotlari hamda suv,
tuzlar va alkogol juda sekin so’riladi. O’n ikki barmoqli ichakda to’yimli
moddalarning uncha katta –8% dan ortiq bo’lmagan qismi so’riladi.
So’rilishining asosiy joyi bo’lib och va yonbosh ichak hisoblanadi. odamlarning
ichaklarining umumiy so’ruvchi yuzasi 5 m2 ni tashkil etadi. Ichaklarning shilliq
pardasida 4 mln. ga yaqin so’rg’ichlar bo’lib, uning yuzasini 8 martacha
kengaytiradi, demak uning yuzasi 40 m2 ni tashkil etadi. Bundan tashqari hilpildoq
epiteliyaning har bir kvadrat millimetrli yuzasida so’rg’ichlarni o’rab turuvchi,
faqatgina elektron mikroskop ostida ko’rish mumkin bo’lgan har qaysisi 50 dan 200
mln. gacha miqdordagi sitoplazmatik silindr shaklidagi o’siqliklardan iborat popukli
kigizga o’xshash epiteliya yopib turadi, demak ichaklarning umumiy so’ruvchi
yuzasi 500-600 m2 ni tashkil etadi.
Har bir so’rg’ichga 1-3 arteriolalar kelib tutashgan bo’ladi. Odamlarda har bir
arteriola to’g’ridan-to’g’ri epitelial hujayralar tagida joylashuvchi 15 tadan 20 gacha
kapillyarlarga tarmoqlanib ketadi. So’rilish bajarilmagan paytda so’rg’ichlar
kapillyarlarining katta qismi faoliyat ko’rsatishmaydi va arteriolalardagi qon
bevosita mayda venalarga o’tadi. So’rilish paytida so’rg’ichlarning kapillyarlari
ochiladi va ularning teshiklari kengayadi.
Kapillyarlarning yuzasini deyarli 80% ni epiteliya tashkil etadi, demak
ichaklarning epitelyasi katta yuzada qon bilan to’g’ridan to’g’ri tutashgan bo’ladi,
ya’ni so’rilishni ta’minlaydi. So’rg’ichlarning ichida limfa tomirlari ham mavjud.
Limfa tomirlarida klapanlar bo’lganligi sababli limfa so’rg’ichlardan faqat bir
tomonga qarab oqadi. Limfa suyuqligi ko’krak oqimiga tushguniga qadar albatta
biron bir limfa tugunidan o’tadi.
So’rg’ichlarda meysnerli bog’lam bilan tutashgan silliq muskulli tolalar va nerv
turlari bo’lib ular shilliqosti qatlam tagida joylashgan. Bu silliq muskulli tolalar
qisqarib turadi. Bu paytda so’rg’ichlar torayadi va ulardagi qon hamda limfa siqiladi,
so’rg’ichlar bo’shashganidan keyin, to’yimli moddalarning suvdagi eritmasi epitelial
hujayralar orqali o’tadi, ya’ni yana so’riladi.
So’rg’ichlarning qisqarishi va bo’shashishi ovqatlangandan keyin bir necha
soat davomida bajariladi. Bundan qisqarishlarning chastotasi 1 minut davomida 6
martagacha kuzatiladi.
Ozuqa massalari so’rg’ichlarning asosiga tegishi bilan ularning qisqarishi
boshlanadi. Meysner o’rimininng ishtirokida qisqarish chaqiriladi va yuz nervlari
ta’sirlanganda esa ularning qisqarishini tezlashishini chaqiradi.
Me’da shirasi tarkibida ajraladigan xlorid kislota so’rg’ichlarni qisqarishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi ichaklarning shilliq pardasidan villikininnin gormoni
ajralishini ta’min etadi.
Piyoz,
sarimsoq
piyoz,
qalampirlarning
suyultirilgan
eritmalari
so’rg’ichlarning faolligini 5 martadan ortiq tezlashtiradi.
So’rilish nazariyasi. Dyubua–Reymon (1908) so’rilishni faqatgina ximik-fizik
jarayoni ekanligi va u osmos, diffuziya va filtrlanish bilan ta’min etiladi deb taxmin
qilgan. Lekin shuni ta’kidlash kerakki so’rilish jarayoni faqatgina filtrlanishning
natijasi emasdir, chunki kapillyarlardagi qon bosimi 30-40 mm. sim. ust. teng bo’lsa,
ingichka ichaklar yuzasida esa 5 mm. sim. ust. teng, ichaklar qisqarganida uning 10
mm. sim. ust. ortishi mumkin, ammo so’rilish u ortishi bilan yana ortaveradi.
So’rilish jarayonida diffuziya va osmos va diffuziya qonuniyatlariga qarshi
gipotonik eritmalaridan suvni so’rilishini tushuntirishning imkoni yo’q.
Itlarning izolyasiya qilingan ichagining kesilgan bo’lagida so’rilish jarayonini
o’rganishda, ichakning ushbu bo’lagiga qon kiritilishi shuni ko’rsatadiki, ichak
devorining har ikki tomonida bir xil suyuqlik qon bo’lishiga qaramasdan ichak
ichidagi qon, biroz muddat o’tganidan keyin so’rilib ketadi. Ichakka narkotik
moddalar ta’sir ettirilganida so’rilish vaqtincha to’xtaydi va ichak to’qimalari
o’lganidan keyin to’lig’icha to’xtaydi. Bu esa shuni ko’rsatib turibdiki, so’rilish
faqatgina fizik-ximik jarayon bo’lib qolmay balki ichaklarning mo’tadil hayot
faoliyatida epitelial hujayralariga xos bo’lgan fizioligik jarayondir.
Buning fiziologik jarayon ekanligini so’rilish paytida ichaklar epiteliyasida
kislorodni iste’mol qilinishining ortishi va yuzaga keladigan morfologik o’zgarishlar
ham ko’rsatib turibdi.
So’rilish asab tizimi bilan boshqariladi va shartli reflektor yo’l bilan o’zgarishi
mumkin. Asab tizimi so’rilish jarayoniga tomirlar harakatini va ichaklar
motorikasini boshqaruvchi nervlar bilan ta’sir ko’rsatadi.
Adashgan nerv so’rilishni tezlashtirsa, simpatik, uyat nervlari keskin
kamaytiradi.
Ayrim ichki sekretsiya bezlari gormonlari (gipofiz, qolqonsimon bez, me’daosti
bezi) uglevodlar so’rilishini tezlashtiradi. O’t suyuqligi yog’larning so’rilishini
faqatgina ichaklarda tezlashtirib qolmasdan, balki me’dada ham so’rilishini
tezlashtiradi.
Suv, tuzlar va parchalanish mahsulotlarining so’rilish yo’li.
Suv va tuzlar so’rilishidan keyin qon tomirlariga tushadi. Agarda katta
miqdorda suv va tuzlar so’rilsa suvning bir qismi to’g’ridan-to’g’ri limfaga
tushadi. Odamlarda katta miqdorda 10 l gacha ayrim paytlarda 15-20 l gacha suv
so’riladi. Ularning bir qismi (5-8 l) so’rilgan hazm shiralarining tarkibiga kiradi,
qolgan qismi iste’mol qilingan ozuqalar tarkibiga kiradi va ichimlik suvi sifatida
qabul qilinadi. Odamlarda faqatgina 150 ml. suv ichaklardan najas tarkibida
chiqariladi. Odamlarda 22-25 minut ichida 1 l suv so’riladi. Suvning so’rilishida
osmos muhim rol o’ynaydi.
Osh tuzi eritmasining so’rilishi uning konsentrasiyasi 1% gacha ortganda
tezlashadi. Gipotonik eritmalar esa juda yengil so’riladi. Ichaklarda bosimning
oshishi osh tuzi eritmasining so’rilishini tezlashtiradi, aksincha osh tuzining
konsentrasiyasi 1,5% gacha ko’tariladigan bo’lsa so’rilish to’xtaydi. Yuqori
konsentrasiyaga ega bo’lgan tuzlar eritmasi suvning qondan ichaklarga o’tishini
tezlashtiradi va xuddi bo’shashtiruvchi sifatida ta’sir ko’rsatadi. Kalsiy tuzlari juda
kam miqdorda so’riladi, lekin ular ovqat hazm tizimiga ortiqcha yog’lar bilan birga
tushganida ularning so’rilishi tezlashadi.
Itlarning ichagida qand eritmasining konsentrasiyasi qondagidan kam, shu
sababli avval suv so’ngra qand so’riladi, agarda qand eritmasining konsentrasiyasi
qondagidan ko’p bo’lsa, avval qand so’ngra esa suv so’riladi.
So’rilgan oqsillar qon tomirlariga to’shadi va uning katta qismi
aminokislotalarning suvdagi eritmasi holida so’rilsa, ayrim qismlari peptonlar va
albumozlar shaklida so’riladi va nihoyat uncha katta bo’lmagan qismigina
o’zgarmagan holda so’riladi. Bunday oqsillarga qon zardobi, tuxum va sut oqsillari
kiradi, chunki ularning hammasi suvda eriydigan oqsillardir. Juda kam miqdorda
o’zgarmaydigan oqsillar limfa tomirlarga tushadi.
Yangi tug’ilgan bolalarning ichaklarida jiddiy miqdordagi o’zgarmaydigan
oqsillar so’riladi. Bu holat katta miqdorda oqsillar so’rilganida organizm uchun
zarrarli ham bo’lishi mumkin.