Oziq-ovqat xavfsizligining buguni va kelajagi.
Ma’ruza rejasi:
1.Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining rivojlaaanishi
2.Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining bugungi
kundagi ahamiyati.
3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining kelajagi
Xalqlarning ovqatlanish tarzi ular madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Shu boisdan ham ovqatlanish madaniyati jamiyatning rivojlanish tarixi bilan
bevosita bog‘liq. Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy dunyosi Qadimiy Sharq va
antiq dunyo madaniyati negizida vujudga kelgan. Uning eng rivojlanish davri arab-
musulmon davlatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu davr sharq tiklanish
davri deb ataladi. Ushbu davrda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida xalqlar
ma’naviy hayotining negizi hisoblangan dunyoqarashlar, siyosat, axloq, fan va dinda
ifodalangan tasavvurlar, ma’naviy etiqodlar, ruhiy holat, turmush tarzi, shu
jumladan ovqatlanish tarzi, qayta yangilanib boshladi.
Ovqatlanish bo‘yicha ilk bor dunyoqarashlar olovning paydo bo‘lishi bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan. Qadimiy hindilar agar issiqlik olovdan chiqsa va olov
ovqatni pishirsa, demak, olov oshqozonda ovqatning hazm bo‘lishini ta’minlaydi
degan fikrda bo‘lishgan. Gippokrat ham ovqat issiqliq tufayli hazm bo‘ladi degan.
Akslepiada fikriga ko‘ra taom qanday chaynab yutilgan bo‘lsa, parchalanmasdan
butun tanaga tarqaladi. Erazistrat taom oshqozonda ishqalanib eziladi, Praksagor
shogirdi Plistonik taom oshqozonda irib ketadi degan.
Maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda «Oziqa moddalar»
tushunchasi taomlar va mahsulotlarning oqsillarini, uglevodlarini va yog‘larini o‘z
ichiga oladi. Ushbu bandda ularning miqdorlarini taomlarda yetishmaganda yoki
me’yoridan doimo ortiq bo‘lganda organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari
o‘rganiladi.
Bundan oldin ta’kidlab o‘tilganidek, taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarining
oziqa moddalaridan eng asosiysi oqsil hisoblanadi. Yana bir bor talabalar diqqatini
tortish o‘rinliki, hayot oqsilsiz bo‘lmaydi. Shu boisdan ham iste’mol qilinadigan
taomlarda oqsil miqdorining doimo yoki uzokroq muddat davomida yetishmasligi,
meyoridan oshiq tushganga qaraganda, organizm uchun juda og‘ir kechadi.
Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon uni
saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelgan. Yetishtirilgan mahsulotni nes-
nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish
qadimdan inson extiyojlaridan biri bulgan. Ko‘chmanchi xalqlar yig‘ilgan meva va
urug‘larni saqlash uchun maxsus yertulalar qurishgan. Qabilalar o‘troq bo‘lib yashay
boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlash, shunindek, zararkunandalardan
boshlashgan.
Mamlakatimizning turli hududlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tuzumi davridayoq amalga
oshirilganligidan dalolat beradi. Bu yerda mahsulotlar saqlanadigan ko‘za va boshqa
turli idishlar topilgan.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-
havo yil va bir kecha-kunduz davomida o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli go‘sht,
yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqdan esa
sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari
saqlashning eng qadimgi usullaridan ko‘mib yoki osib saqlash, qoqi qilish, quritish
kabilar keng qo‘llaniladi. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva,
go‘sht, qazi va tuxumni ko‘mib saqlash, poliz mahsulotlarini osib saqlash, turli
meva, turli qovun, pomidordan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayhon,
jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng qo‘llanib kelingan.Asosan, quruq
mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha,
chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan qog‘oz qutilarda saqlangan.
A.M. Muzaffarov (1909-1987) O‘zbekistonda eksperimental algologiya-ning
asoschisidir. Olim mikroskopik suv o‘tlarini iqlim, ekologik sharoit-larga qarab
taraqqiy etishini o‘rganib mamlakatimizning suv o‘tlari va tuban o‘simliklarining
ta’rifnomasini nashr qilgan. Respublikamizda suv o‘tlari-ni katta hajmda o‘stirib,
qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun sanoat qurilmalarini ishlab chiqqan.
A.S/GXolmuradov
(1939-1997)
mikroorganizmlarni
vitaminlari
va
kofermentlarini o‘rgangan. Shu birikmalardan biologik preparatlar tayyorlab, ularni
chorvachilikda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqqan.
A.S. Xolmuradov O‘zR fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institu-tini
direktori bo‘lgan vaqtida mikrobiolog - fan doktorlari pleyadasini (atoqli arboblar
guruhi) tayyorladi. hozirgi vaqtda ular O‘zbekistonda mikro-biologiya fanining
asosiy yo‘nalishlarini boshqarib bormoqdalar.
M.I. Mavlyani O‘zbekiston mintaqasining achitqilarini o‘rgangan. Oziq-
ovqat sanoati uchun yuqori faol (aktiv) achitqilarning turini tanlovi, yangi navlari
(seleksiyasi) va tasnifini (sistematikasini) yaratdi. Olima achitqi-larning faol
turlarini non va sharob ishlab chiqarishlarga joriy qildi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat
chiqindilarini asosida achitqilar yordamida oqsilga boy yem tayyorladi.
Q.D. Davronovning ilmiy inshari mikroorganizmlar fermentlari sohasida
bo‘lib, ayniqsa lipaza bo‘yicha chuqur tadqiqotlar qilgan. Olim, lipaza fermentini
faol ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarning yangi navini yaratib, ularning
maxalliy shtammlari lipazani sintez qilishi yo‘llarini o‘rgandi hamda ferment
tarkibini (strukturasini) va issiqqa bardoshlik mexanizmini aniqladi.
Dunyo dietolog olimlarining fikriga qaraganda sababi ko‘zga aniq ko‘rinib
turmaydigan kasalliklarning deyarli 99% noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Bu
ratsional ovqatlanishning odam sog‘ligi uchun ahamiyati o‘ta kattaligidan yaqqol
dalolat beradi. Ovqatlanishning inson sog‘ligiga ta’sirini hisobga olib, olimlar
ovqatlanish muammolari bilan qadimdan shug‘ullanib kelishgan. Ovqatlanish
fanining rivojlanishiga hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashab o‘tgan olimlar ham
katta hissa qo‘shishgan.
Butun dunyoda, shu jumladan Markaziy Osiyoda, ovqatlanish konsepsiyalari
va ularning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlarning dunyoqarashlari
V.I.Is’haqov va T.I. Is’haqovalarning monografiyasida (Drevo mudrosti i zdorovya.
Pitanie v istorii kulturы narodov Vostoka. – T.: “Fan”, 1991) batafsil ko‘rib
chiqilgan.
2.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti
xamda Jahon sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, xozirgi vaqtda
dunyoda deyarli xar to‘qqiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz
aholisining 30 foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy
mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda.
“Er yuzi aholisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut oziq-
ovqat dasturini xal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy
sababi ekani, natijada atrof-muxitning ekologik jihatdan buzilishi xamon davom
etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari, tez-tez
takrorlanayotgan qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug‘orish
uchun yer osti suvlarining tugab borayotgani, irrigatsiya, meloratsiya va yerlarning
unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladigan investesiyalarning yetarli emasligi
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida xal etishni talab qilayotgan o‘ta muhim
mhammolar”dir [14].
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi
kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida xal etishni talab qilayotgan o‘ta
muhim mhammolar, xech shubxasiz, shu boradagi sa’y-xarakatlarni yanada
muvofiqlashtirish va keng miqiyosdagi xalqaro xamkorlikni, kelajakka qaratilgan
yondashuv va xulosalarni birgalikda ishlab chiqishni taqozo etadi. Va o‘z-o‘zidan
tushunarliki, jahonning turli mamlakatlarida to‘plangan tajriba va amaliyot bilan
tizimli va doimiy ravishda almashib turishni talab qiladi [25]. Oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash borasida xal etishni talab qilayotgan o‘ta muhim
mhammolar yuzasidan Prezident I.A.Karimov tomonidan jahonning turli
mamlakatlarida to‘plangan tajriba va amaliyot bilan tizimli va doimiy ravishda
almashib turish g‘oyalarining ilgari surilayotganligi respublika iqtisodiyoti
barqarorligini ta’minlovchi asosiy omilga aylanadi.
Global darajada moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan bugo‘ngi
sharoitda jahon xamjamiyati tashkilotlariga a’zo bo‘lish va teng xuquqda faoliyat
ko‘rsatish, ikkinchi tomondan, agrosanoat majmuasi sohalarida tom ma’noda
modernizatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish hisobidan faqatgina majmua
korxonalarini emas, balki milliy iqtisodiyotning barcha sohalarini samarali faoliyat
ko‘rsatishi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Agrosanoat majmuasi sohalarida modernizatsiyalash jarayonlari davlat
va xududiy jihatdan yirik tadbirlar hisoblanib, bu tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli
amalga oshirilishi natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilar
talabini qondirish, ichki va tashqi bozorga xaridorbop va raqobatbardosh mahsulot
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning real sektorini samarali faoliyat
ko‘rsatishi va shu kabi boshqa ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Oziq-
ovqat xavfsizligiga erishish mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy ko‘mak,
barqaror iqtisodiy o‘sishga qaratilgan ko‘p tomonlama strategiyalarni ishlab chiqish
va amalga oshirishni talab qiladi.
16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini
saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Oziq-ovqat
mahsulotlarining arzon va yetarliligi xalq roziligining asosiy omillaridan biri. Buni
ta’minlash maqsadida so‘nggi 3 yilda oziq-ovqat, chorvachilik, meva-sabzavotchilik
va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun 28 trillion so‘m
kredit mablag‘lari ajratildi. Birgina chorvachilik yo‘nalishida 11 trillion so‘mlik
loyihalar amalga oshirildi.Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining narx-
navoga ta’siri inobatga olinib, joriy yil aprel oyidan boshlab asosiy turdagi oziq-
ovqat mahsulotlari importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.Lekin shunga
qaramay, oxirgi vaqtlarda go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar mahsulotlarining
narxi keskin oshdi. Dunyo bozorida o‘tgan 9 oyda o‘simlik yog‘i 15 foizga,
O‘zbekistonda esa 26 foizga ortgan. Yig‘ilishda ichki bozorni oziq-ovqat
mahsulotlari bilan to‘ldirish, narx-navo barqarorligini saqlash masalalari atroflicha
muhokama qilindi. "Bugundan barcha choralarni ko‘rib, amaldagi tizimni
o‘zgartirmasak, ertaga qish va bahor oylarida qiyin bo‘ladi. Oziq-ovqat
mahsulotlarini ko‘paytirib, bozordagi narx-navoni arzon qilsak, odamlarni, ayniqsa,
kam ta’minlanganlarni rozi qila olamiz", dedi Shavkat Mirziyoev.
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimida hudud aholisining keyingi yil
maygacha go‘sht, tuxum, un, yog‘, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyozga
bo‘lgan ehtiyoji, bu mahsulotlarni qachon, qaerdan olish bo‘yicha aniq hisob-kitob
bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Har bir hududda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha alohida jamg‘armalar tashkil etilishi
belgilandi. Hudud rahbarlari tadbirkorlarni jalb qilib, yetishmaydigan asosiy oziq-
ovqat mahsulotlarini jamg‘arma hisobidan boshqa joydan olib kelish yoki import
qilishni yo‘lga qo‘yadi. Bunday tadbirkorlar uchun kredit foizining bir qismi
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qoplab beriladi.
Import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari narxini arzonlashtirish maqsadida
yirik xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahalliy birjadagi ishtirokini kengaytirish
zarurligi ta’kidlandi.Toshkent shahrining har bir tumaniga respublikaning muayyan
viloyatini biriktirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari rastalari va dala do‘konlari tashkil
etish muhimligi qayd etildi.