Oziq-ovqatlarda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
29,0 KB
Oziq-ovqatlarda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar
Ma’ruza rejasi:
1. Mikroorganizmlar haqida tushuncha
2. Mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga tasir etuvchi faktorlar
3. Kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar
Fizologiya mikroorganizmlarning muhim xayot funksiyalarini o‘rganadi:
oziklanish, nafas olish, o‘sish ko‘payish va tashqi muhitga bo‘lgan reaksiyalarni.
Fiziologiyaning asosiy masalalaridan biri mikroorganizmlarning tashqi muhit bilan
bo‘lgan o‘zaro ta’siri. Mikroorganizmlar xayoti tashqi muhit bilan chambarchas
bog‘langan. Masalan chiruvchi bakteriyalar go‘shtga tushib uni aynitadi, achitqilar
qandli eritmalarni spirt va karbonat angidridga aylantiradi va hakozo. Faqat
mikroorganizmlar fiziologiyasini bilgan holda odam mikroblar hayot jarayonlarini
o‘rganib, zararli mikroblarni yo‘q qilib, foydalilarini esa xalq ho‘jaligida ishlatishi
mumkin.
Mikroorganizmlarning hayot kechirishi uchun ularning tashqi muxit bilan
modda almashinuvi eng zarur omildir. Mikroorganizmlarning modda almashinuvi
tashqi muhitdan xujayraga ozuqani kirishi va ularning xayot jarayonida hosil bo‘lgan
chiqindi moddalarining chiqib ketishidan iborat. Modda almashinuvining asosiy
jarayonlariga oziqlanish va nafas olish kiradi. Oziklanish - bu ozuqani xujayraga
kirib o‘zlashtirilishi (assimilyatsiya). Bir qisim ozuqa o‘zlashtirilib mikrob
xujayrasining qurilishiga va har-xil moddasining yangilanishiga ketadi. Ozuqaning
boshqa qismi parchalanib energiya xosil qiladi. Energiya xujayraning xamma xayot
funksiyalarini taminlaydi. Nafas olish jarayonida murakkab organik moddalar
soddaroq moddalargacha oksidlanadi, ba’zan esa mineral moddalar xam oksidlanadi.
(dissimilyatsiya).
Oziklanish va nafas olish jarayonlari o‘zaro mahkam bog‘liq bo‘lib,
organizmga bir vaqtda yotadi. Bunda doyim parchalanish va sintez reaksiyalari
bo‘lib turadi.
Mikroorganizmlarning xayot kechirishini o‘rganish uchun ularning kimyoviy
tarkibini bilish zarur. Mikroorganizmlarning xujayrasi xayvon va o‘simliklar
xujayrasi kabi suv va quruq moddadan iborat. Quruq modda esa organik va mineral
modda birikmalaridan tashkil topgan. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha mineral moddalar
bir-biridan farq qiladi. Bir xil turdagi mikroblarning ham xujayralarning kimyoviy
moddalari yoshga qarab ozuqa va tashqi muxitga qarab o‘zgarib turadi.
Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi o‘zgarib turadi va murakkab, hilma-xil
bo‘lishiga qaramay u aniqyaangan. Hozirgi vaqtda 70dan ortiq kimyoviy element
mikrob xujayrasida aniklangan.
Uglerod, vodorod, kislorod, azot orgonogen elementlar deb ataladi, chunki ular
organik moddalarning asosini[gashkil qiladilar. Organik moddalarni kuydirganda bu
elementlar gazga aylanib uchib ketadi: karbonat angidrid, azot oksidlari va suv
bo‘lib. Shunda mineral moddalar kulda qoladilar, shu sababdan ularni kulli
elementlar deb ataydilar. Mikroelementlardan: mis, ruh, marganes, nikel, yod,
molibden va boshqalar mikrob xujayrasida juda kam miqdorda uchraydi. Suv
mikroblar tanasining eng asosiy massasini tashkil etadi va unga mikroblarning
og‘irligini 70-90% to‘g‘ri keladi. Suvda xamma muxim organik va mineral moddalar
erib turadi. Faqat suv borligidagina tirik xueayrada ko‘pchilik kimyoviy reaksiyalar
o‘tib borishi mumkin.
Suvning bir qismi xujayraning kalloidlari bilan bog‘lanib, xujayraning
strukturasiga kiradi va uni bog‘langan suv deyiladi. Suvning tashqi qismi erkin suv
bo‘lib, xujayraning organik va mineral moddalarini eritib turadi. Tashqi muxitning
sharoitiga qarab erkin suvningmiqdori xujayralarda o‘zgarib turadi. Erkin suv
xujayradan yo‘qoladi modda almashinuvi o‘zgaradi, bokdangan suvning yo‘qolishi
xujayraning xalok bo‘lishiga olib keladi.
Suvdan tashqari mikrob xujayrasi oqsil, uglevod, lipid, ferment, vitamin va
xilma-xil mineral moddalardan tashkil topgan. Kulli elementlarning ko‘p qismi
organik modda tarkibiga kiradi.
Oqsil ko‘pchilik bakteriyalarda quruq oqirligiga nisbatan 50-80% bo‘ladi,
achitqilarda quruq og‘irligiga nisbatan 40-60%, mog‘orlarda esa 15-40% bo‘ladi.
Yosh
xujayralarda
qarisiga
nisbatan
oqsil
ko‘proq
bo‘ladi.
Oqsillar
mikroorganizmlar xujayrasining asosiy strukturasini tashkil etaib, xilma-xil
murakkab funksiyalarni bajaradi. Shularning ichida nasl sakdanishni ham. Mikroblar
xujayrasida oqsillar ko‘p bo‘lib, ular aminokislotalar tarkibi bilan bir - biridanfarq
qiladi.
Mikroblar oqsillarining tuzilishi va aminokislotalarning terilishi turlidir. Har bir
tirik organizm: hayvon, o‘simlik, mikrob, har bir ferment xam o‘ziga hos spetsefik
oqsilga ega bo‘ladi.
Oqsillar orasvda nukleoproteidlar katta „axamiyatga ega. Ularning tarikibvda
aminokislotalardan tashqari DNK vaTNK bo‘lib, ular oqsil <, sintezinivujudga
keltiradilar.
Uglevodlarning axamiyati xam katta. Ular oqsil va yog‘ning sintezida, xujayra
qobig‘i kapsulalarining qurilishvda xizmat qiladilar, hamda nafas olish jarayonvda
energetik material sifatvda xizmat qiladi. Uglevodlar bakteriyalarning quruq
moddasini 10-30% ni, mog‘or zamburug‘larning 40-60%ni tashkil etadi. Uglevodlar
mikroorganizmlar xujayrasida mono va disaxarvd shaklda, ammo ko‘proq
polisaxaridlar: glikogen, dekstran, kleychatka va unga yaqin birikmalarda bo‘ladi .
Pentozalar DNK va GNK tarkibvda, glikogen jamg‘arma ozuqa moddasida, ^
dekstran va unga yaqin birikmalar qobiq va kapsula tarkibvda uchraydi. Yog‘ va
o‘g‘ga o‘xshash moddalar (lipovdlar) o‘rtacha xisobda mikroorganizmlarda quruq
og‘irligiga nisbatan 3-7% oshmaydi. Ba’zi mog‘or zamburug‘lari va achitqilarda
60% va uvdan ortiq bo‘ladi. Yog‘ bog‘langan xolda qobiq va protoplazmada, va
erkin holda jamg‘arma ozuqa moddalarda bo‘lib energetik material rolini bajaradi.
Xujayrada organik modsalardan yana organik kislotalar va ularning tuzlari ,
pigmentlar , vitaminlar va boshqa moddalar mavjud. Pigmentlar xujayra sharbatida
joylashadi.
tushintiruvidir. Aslida esa bu jarayon murakkabrokdir. Oziqlanish usuli bo‘yicha
mikroorganizmlar hilma-xildir. Ba’zilari^ayyor organik modda bilan ozikdanadilar,
ular geteratrof deb nomlanadi. Boshqalari xujayrasining organik moddasini mineral
moddadan tuzadi- ular avtotrof deb ataladi. Geterotroflar: saprofit va parazitlarga
bo‘linadi. Saprofitlar xayvon va o‘simliklar substratidan va tuproq suvidagi organik
moddalardan oziqlanadilar va ko‘p oziq-ovqatni aynitadilar. Parazitlar faqat tirik
organizmda rivojlanadi. Eng muxim ozuqa elementlardan uglerod va azotdir.
Mikroorganizmlarnining uglerodni o‘zlashtirishi. Aftotroflarga mineral
birikmalardan organik modsanisintez qilishi uchun energiya kerak. Bu energiyani
ular ba’zi mineral moddalarning oksidlanish reaksiyalaridan oladilar. Bu jarayon
xemosintez deb ataladi. Ba’zi mikroorganizmlar mineral modsalarni organik
modsanisintez qilish uchun quyosh energiyasidan foydalanib fotosintez qilatsilar.
Fotosintez qiluvchi bakteriyalarga suv o‘tlari va pigmentli bakteriyalar kiratsi.
Ular tarkibitsa bakterioxlorinva bakteripurpurin pigmentlari mavjus bo‘lib, yahil
o‘simliklarsagi xlorofil vazifasini bajaratsi.
Xemosintez qiluvchi bakteriyalarga vosoros bakteriyalari (vosorodni suvgacha
oksvdlaysigan), nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar (ammiakni azot kisotasigacha
oksislovchi) va boshqalar kiratsi.
Mikroorganizmning azot o‘zlashtirishi. Mikroblar uchun azot ozuqasi turlitsir:
oqsil mosdalaridan boshlab havo azotigacha. Har bir tur azotli ozuqani
o‘zlashtirishda o‘rtasagi maxsulot sifatitsa ammiak hosil bo‘lib, keyin u xujayraning
oqsil sinteziga ketadi. Ko‘pchilik saprofitlar (bakteriya, mog‘or zamburug‘i,
achitqilar) azotni oqsil moddalarsan ularning parchalarvdan va mineral azotli
birikmalarsan olatsilar.
Parazitlar ayniqsa azotga talabchan bqlatsi. Ular faqat tirik organrzmning azotli
modsalarini o‘zlashtira oladilar.Avtotroflar azotni ammiakli, azotli va nordon azotli
tuzlardan oladilar.
Mikroorganizmlarni
mineral
elementlarni
o‘zlashtirishi.
Ko‘pchilik
mikroorganizmlar oltingugrt, fosfor, magniy, temirni mineral tuzlarsan o‘zlashtira
oladilar. Ba’zilari esa elementlarni organik modsalarsan olatsilar.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsillar va mineral moddalar
ahamiyati
Ovqatlanish — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish
qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi
rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi.
Toʻgʻri O. barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.
Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa kasalliklarda alohida tuziladigan
ratsion hamda O. rejimi davo shartlaridan hisoblanad.Ovqat organizmning uygʻun
ravishda rivojlanishi hamda bir meʼyorda ishlab turishini taʼminlay oladigan boʻlishi
kerak, buning uchun ovqat ratsionining miqdori va sifati, kishining kasb-kori, yoshi,
jinsiga tegishli ehtiyojlarga monand kelishi lozim. Organizmning fiziologik
ehtiyojlari turli shart-sharoitlarga bogʻliq. Bularning koʻpchiligi doimo oʻzgarib
turadi. Shu sababli hayotning har bir fursati uchun aniq toʻgʻri keladigan ovqat
boʻlishi amalda mumkin emas. Biroq odamda maxsus regulyator (bosh-qaruv)
mexanizmlar boʻlib, ular maz-kur paytda oʻziga kerakli miqdordagi zarur oziq
moddalarni yeyilgan ovqatdan ajratib oladi va oʻzlashtiradi. Lekin organizmdagi
moslashtiruvchi regulyator qobiliyatlarning ham maʼlum chegarasi bor; bolalar va
keksalarda ular ancha cheklangan. Bundan tashqari, bir qancha oziq moddalar, mas,
vitaminlar, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarni (qarang Oqsillar) odam
organizmi moddalar almashinuvi jarayonida hosil qila (sintezlay) ol-maydi. Bu
moddalar organizmga ovqat bilan tayyor holda kirib turishi kerak, aks holda sifatsiz
Ovqatlanish natijasida kasalliklar paydo boʻladi.
Ovqatlanish jarayonida organizm hayot faoliyati uchun muhim oziq moddalar
(oqsil, yogʻ, uglevod, vitaminlar, mineral tuzlar)ni olib turadi. Bular esa oʻzlash-
tirilishi jarayonida organizmning energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirib boradi.
Biror xil oziq-ovqat maxsu-loti organizmda oʻzlashtirilganida ajralib chiqadigan
energiya miqdori shu mahsulotning kaloriyasidir. Turli oziq moddalar va energiyaga
boʻlgan ehtiyoj odamning yoshi, jinsi hamda mehnat tarziga qarab har xil boʻladi.
Mehnat faoliyati harakterini hisobga olgan holda ovqat ratsionini toʻgʻri tuzish
uchun ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi mutaxassis olimlar katta yoshdagi
kishilarning hammasini 4 gu-ruhga boʻlishadi. Birinchi guruhga jis-moniy kuch sarf
qilmaydigan yoki kam jismoniy kuch sarflab ishlaydigan kishilar: akliy mehnat
xodimlari, ishda asabiga zoʻr keladigan xodimlar; boshqarish pultlarining xodimlari:
dispetcherlar,
barcha
xizmatchilar
ki-radi.
Ikkinchi
guruhga
mexanizatsiyalashtirilgan korxona xodimlari va jismoniy zoʻriqmasdan ishlovchi
xodimlar: hamshiralar, sanitarkalar, sotuvchi, aloqachi, tikuvchi, avtomatlashtirilgan
jarayonlarda band ishchilar va boshqa kiradi. Uchinchi guruhga meh-nat sharoitlari
qisman mexanizatsiyalashtirilgan korxonalar va xizmat koʻrsatish sohasida ancha
jismoniy kuch sarflab ishlaydigan xodimlar, sta-nokchi, toʻquvchi, poyabzalchi,
metro poyezdi, avtobus, tramvay, trolleybuslarning haydovchilari, umumiy
ovqatlanish korxonalari xodimlari (maʼmuriy boshqarma apparatidan tashqari) va
boshqa
kiradi.
Toʻrtinchi
guruhga
yarim
mexanizatsiyalashtirilgan
yoki
mexanizatsiyalashtirilmagan korxonalarda oʻrtacha ogʻir va ogʻir mehnat qiladigan
xodimlar: kon ishchilari, shaxtyorlar, yuk avtomobillari haydovchilari, metallurglar,
temirchilar, qishloq xoʻjaligi xodimlari va mexanizatorlar, yogʻoch tayyorlashda
band boʻlgan ishchilar va boshqa kiradi. Ovqat ratsionini toʻgʻri tuzish uchun,
albatta, oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini bilish lozim. Oqsillar
ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ovqatda oqsillar yetishmasa, organizm
yukumli kasalliklarga koʻproq moyil boʻlib qoladi, qon yaratilishi susayadi, oʻsib
kelayotgan orga-nizmning rivojlanishi sekinlashadi, nerv sistemasi, jigar va boshqa
aʼzolar fa-oliyati buziladi, ogʻir kasalliklardan keyin hujayralarning tiklanishi qi-
yinlashadi, shuningdek, ratsionda oqsillarning ortiqcha boʻlishi ham organizmga
ziyon. Ovqatlanishning Oʻzbekistonda qabul qilingan fiziologik meʼyorlarida
ratsiondagi umumiy kaloriyalarning 14% chasi oqsillar hisobiga qoplanadigan
boʻlishi tavsiya etilgan.
Oʻsimlik mahsulotlari — don, dukkaklilar, kartoshka va boshqa organizmni
oqsillar bilan taʼminlab turadigan qimmatli va muhim manbadir.
Goʻsht va balikda boʻladigan azotli estraktiv moddalar ovqatlanishda juda
muhim ahamiyatga ega. Goʻsht va baliq shoʻrvalarida ekstraktiv moddalar
mavjudligi koʻproq hazm shiralari ishlanib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm
boʻlishiga yordam beradi.
Uglevodlar. Normal hayot faoliyati uchun zarur energiyaning yarmidan
koʻprogʻini odam organizmi uglevodlardan oladi. Ular, asosan, oʻsimliklardan
oldinadigan mahsulotlarda boʻladi. Uglevodlar non, yormalar, kartoshkada kraxmal
va qand holida, qandolat mahsulotlari, shirin mevalarda esa qand holida koʻp
uchraydi. Nerv sistemasi, muskullar, yurak, jigar va boshqa aʼzolar faoliyatida
uglevodlar muhim rol oʻynaydi.Yormalar, makaron yoki dukkaklilardan
tayyorlangan, kartoshka yoki sabza-votlardan pishirilgan taom va garnirdan kuniga
ikki mahal yeb turish, 400— 500 g non va 90—100 g atrofida qand hamda
shirinliklar isteʼmol qilish katta yoshli odamning uglevodlarga boʻlgan sutkalik
ehtiyojini bemalol krndiradi.Oʻsimlik mahsulotlarida organizmni energiya bilan
taʼminlab turadigan uglevodlar bilan birga oziq hisoblanmaydigan uglevod —
kletchatkalar ham boʻladi. Kletchatka taxminan 25% miqdorida oʻzlashtirilib, ovqat
ratsionida energiya manbai sifatida amaliy ahamiya-ti yoʻq. Biroq u ichakning
normal ishlashiga yordam beradi: ichak devorlariga taʼsir etib, ularni harakatga kel-
tiradi — ichak peristaltikasini qoʻzgʻatadi. Kletchatkasi yoʻq ovqat yeyil-ganda
peristaltika susayib ich krti-shi mumkin.Kishi har kuni sariq magʻiz bugʻdoy non,
javdar non, sabzavotlardan ta-novul qilib turishi kerak, Hoʻlligi-cha va xomligicha
yeyiladigan sabzavot va mevalar juda foydali, shuningdek, ularda pektin moddalar
ham bor. Bu moddalar uglevodlar toifasidan boʻlib, oziqdi qimmatga ega. Ularning
ovqat hazm boʻlishidagi asosiy ahamiyati peristaltikani kuchaytirib, ichakning
yaxshiroq boʻshalib turishiga yordam berishidir.
Yogʻlar organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan tayyor yonilgi
materialidir; ular organizm tomonidan oqsillar, baʼzi mineral tuzlar, shuningdek,
yogʻda eriydigan vitaminlarning normal oʻzlashtirilib borishi uchun ham zarur.
Ovqat ratsionida yogʻlar boʻlishi taomning mazasini yaxshilaydi va ishtahani ochadi.
Ovqat bilan birga qabul qilinadigan yogʻlar organizmda qisman yogʻ zaxirasi
hosil qilishga sarflanadi. Yogʻlarga boʻlgan ehtiyojning qondirilishi yogʻning turi va
sifatiga bogʻliq. Hayvon va oʻsimlik yogʻlari bir-birining oʻrnini bosa oladi. Ovqat
ratsionidagi yogʻlar meʼyori odamlarning yoshi, mehnat faoliyati va iklimiy
xususiyatlarga qarab belgilanadi. Oʻzbekiston aholisi uchun taklif etilgan ovqat
meʼyorlarida kaloriyalarning 30% ini yogʻlar hisobiga qondirish koʻzda tutilgan.
Sutkalik ovqat ratsionidagi yogʻlarni normalashda har 1000 kkal ga 35 g yogʻ
moʻljallanadi.Ovqat ratsioniga kiradigan yogʻlarning sifat tarkibi maʼlum
ahamiyatga ega. Ovqatga har xil hayvon, parranda va baliqlar yogʻi, shuningdek,
oʻsimlik moyi qoʻshish foydali. Kunlik ratsionda 70—85 g cha hayvonlar yogʻi
(shulardan, 40 grammi tabiiy holda, qol-gani har xil oziqovqat, tabiiy mah-sulotlar
tarkibida) boʻlishi lozim. Ovqat ratsioni tarkibiga baʼzi yogʻsi-mon moddalar —