Parazitarlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
37,9 KB
Parazitarlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
Reja:
1. Parazitlarga qarshi moddalar haqida tushuncha
2. Gijjalarga qarshi qo‘llaniladigan moddalar
3. Gijjalarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan preparatlar
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
► Gijjalarga qarshi vositalarga umumiy xarakteristika berish, ularning
vakillari, qo‘llanilishi, dozalari va saqlash qoidalari haqida.
► Deratizatsiya qilish uchun ishlatiladigan dorilarga umumiiy xarakteristika
berish. Ularning preparatlari, ishlatilishi, dozalari va saqlash qoidalari, ta’sir
mexanizmi haqida tushunchalar.
► Insektitsid va akaratsid moddalarning umumiy xarakteristika. Ularning
qo‘llanilishi, farmakodinamikasi, va saqlash qoidalari.
► Har xil gurux preparatlarining umumiy xarakteristikasi haqida.
► Fosfororganik, xlororganik birikmalar va karbonatlarning umumiy
xarakteristikasi, ularning vakillari, ishlatilishi saqlash qoidalari to‘g‘risida.
► O‘simliklardan olinadigan insektitsid va akaratsid preparatlar olinishi,
ta’sir mexanizmi va ishlatilishi to‘g‘risida.
► Oltingugurt va uning preparatlariga umumiy xarakteristika, ularning
olinishi, ta’sir mexanizmi, dozalari va qo‘llash, saqlash qoidalari to‘g‘risida.
Antigel’mentik moddalar haqida tushuncha
Gel’mintlar (grek Helmens-gijja )- bular organizmda yashovchi parazit
gijjalar. Ular hayvon organizmini o‘zining zaxarli mahsulotlari va o‘lik a’zolari
zaharlaydi, aniqrog‘i gijjalar o‘lganda organizmga noxush ta’sir ko‘rsatadigan toksik
moddalar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, gelmentlar organizmga katta miqdorda
to‘planib ular qon tomirlar va ichaklar ichki yuzasini mexanik yopib qo‘yadi,
to‘qimalar orqali o‘tib ularni shikastlantiradi, yallig‘lanish chaqiradi va infeksiyani
kirishiga yo‘l ochadi. Gel’mentlar oshqozon ichak kanalida o‘pkada, jigarda
muskullar va boshqa organizmda parazitlik qiladi va gelmentoz kasalliklarni keltirib
chiqaradi.
Veterinariyada gelmentoz kasalliklarni oldini olishda va davolashda maxsus
dori moddalar antigelmentiklar qo‘llaniladi. Antigelmentiklar ( anti-qarshi, helmens
- gijja) hayvon organizmini gijjalardan tozalash maqsadida qo‘llaniladigan dori
moddalar.
Ularni yo‘qotishda ishlatiladigan preparatlarga quyidagi talablar kiradi:
a) preparatlarning ta’sir doirasi keng bo‘lishi kerak;
b) preparatning davo qilish samarasi bir marta berilganida yuqori darajada
bo‘lishi kerak.
v) ular mikroorganizmga zararsiz bo‘lishi kerak.
g) Hayvonlar 12 - 16 soat och dieta holida saqlanishi shart, chunki dori gijjaga
yaxshi ta’sir etadi.
d) Dori qo‘llanilgach 2-4 soat o‘tgach, surgu dorilar qo‘llash kerak, chunki
ichaklardan gijjalarni tez tozalaydi.
Xozirgi vaqtda antigelmint preparatlarining ko‘pchiligi ushbu talablarga javob
bermaydi. Mazkur dorilar asosan gijjalarning turiga qarab tanlab ta’sir ko‘rsatadi.
SHuning uchun ularga davo qilishdan oldin gijjaning turini aniqlash zarur.
Ta’siri.
a) aloxida antigelmentiklar (piperazin, santonin) avval gijjalar muskuli va nerv
sistemasini qo‘zg‘atadi keyin susaytiradi va parazit harakatini to‘xtatadi.
b) aloxida antigelmentiklar ( arekolin ) parazitlar muskullarini falajlaydi,
v) aloxida antigelmentiklar xujayra zaxari hisoblanib parazitlarda modda
almashinuvini buzadi,
g) aloxida antigelmentiklar ( fenotiazin ) parazitni kupayishini to‘xtatadi.
Ma’lumki, gelmintozlarga qarshi kurash asosan muayyan vaqt va jadval
bo‘yicha,
degelmintizatsiya
ishlarini
olib
borishga
asoslanadi.
Odatda,
degelmintizatsiya jarayoni, hayvonlarga kimyoviy antigelmintik preparatlarni
alohida, shuningdek ularni ozuqaga aralashtirib xayvonlar guruhiga berish yoki suv
bilan ichirib (guruhli degelmintizatsiyalash) amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, degelmintizatsiyaning mazmuni, hayvonlarni davriy ravishda
kimyoviy, ba’zan o‘simlik vositalari yordamida haydash yo‘li bilan gelmintlardan
xalos etish sanaladi.
Biroq, bizning fikrimizcha, bir martalik degelmintizatsiya usuli va vositalari
qator kamchiliklarga ega.
Birinchidan, ular odatda hayvon organizmi gelmintlar bilan jadal
invaziyalangan vaqtda, kasallikning klinik belgilari aniq namoyon bo‘lganda hayvon
o‘lishni oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Bu paytda gelmintlar hayvon – xo‘jayin
organizmiga etarlicha patogen ta’sir etgan chuqur, ba’zan esa qaytmas patologik
jarayonlarni chaqirgan bo‘ladi. Chunki gelmintlar aynan preimaginal (prepatent)
rivojlanish davrida hayvon-xo‘jayin organizmiga eng kuchli patologik ta’sir
kursatadi. Bu davrda chuvalchang va preimaginal gijjalarning makroorganizm
to‘qima va organlari bo‘ylab ko‘chishi kuzatiladi. Aynan shu davrda gijjalarning tez
sur’atlarda o‘sishi bilan birga, chuqur patologik oqibatlarga olib keluvchi, jadal
modda almashinuv jarayonlari xam sodir bo‘ladi.
Demak, boshqa kasalliklardagi singari gelmintozlarga qarshi kurashda ham
invaziyaning boshlang‘ich bosqichlarida gelmintlarni ancha sezilarli o‘lgan patogen
ta’sirini bartaraf etishimiz muhim sanaladi.
Ikkinchidan bir martalik, bir yo‘l o‘tkaziladigan degelmintizatsiyalarda
hayvonlar qayta zararlanishga, ya’ni reinvaziyalarga faqat qisqa muddat qarshi tura
oladi. Chunki antigelmintik preparatlarning aksariyati hayvon organizmidan
nisbatan tez chiqib ketgani uchun, organizm yana zararlanishga moyil bo‘lib qoladi.
Demak, zamonaviy antigelmintik preparatlarning ko‘p qismi hayvon
organizmidan nisbatan tez chiqib ketadi. Natijada organizm gelmintoz
qo‘zg‘atuvchilari bilan yana zararlanadi.
Gelmintozlarga qarshi kurashning eng muhim tamoyili sifatida hayvonlar
gelmintlar bilan zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va invaziyaning boshlang‘ich
bosqichlarida patologik jarayon rivojlanishini bartaraf etish gavdalanadi.
Gijjalarga qarshi qo‘llaniladigan vositalar.
Antigelmintiklar- kimyoviy va tabiiy biologik preparatlar bo‘lib,inson va
hayvonlarda uchraydigan gijjalarga qarshi qo‘llaniladigan guruh vositalaridir.
Ushbu guruh vositalari ko‘plab chiqarilayotgan bo‘lsada, ularni hozirgi paytda
ko‘p qo‘llanilayotganlari asosan oshqozon va ichak tizimida parazitlik qilayotgan
gelmintlar trematodlar,sestodlar va nematodlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi
preparatlari amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.
Gelmintlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar qabul qilgan hayvonlar
mahsulotlarini iste’molga chiqarishda, mahsulotlar tarkibida ma’lum miqdorda
preparat qoldig‘ini bor yoki yo‘qligi nazoratdan o‘tkazilishi talab etiladi, aks xolda
odamlarda salbiy holatlar kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarni sodir
bo‘lmasligi va uni oldini olish maqsadida, antigelmintik qabul qilgan hayvonlarni
go‘sht uchun so‘yishga oxirgi marta dori qabul qilingandan 30 kun o‘tgandan so‘ng
ruxsat etiladi.
Antigelmint qabul qilgan va majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘sht
mahsulotlarini,veterinariya qonunchiligida ko‘rsatilgan veterinariya-sanitariya
talablariga muvofiq mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazilib yaroqlilik darajasi
aniqlanadi va shunga qarab xulosa qilinadi.
Xozirgi paytda, yuqorida sanab o‘tilgan ko‘plab preparatlarning mavjud
ekanligiga qaramasdan,yuqori samaradorlikka ega,kam zaharli barchasi uchun
qo‘llanishi mumkin bo‘lgan va arzon gijjalarga qarshi vositalar etarli emas. Bunga
piperazin va fenasol preparatlarini kiritishimiz mumkin. Keyingi yillarda
antigelmintik dori vositalarining ,gijjalarga nisbatan qarshi ta’sir ko‘rsatish
samaradorligi pasayib bormoqda.Asosiy sabab antigelmintlarni uzoq muddat
davomida qo‘llanishi va shunga muvofiq ularga nisbatan gijjalarning rezistentlik
faoliyatining oshib borishligidadir.
Hozirgi
vaqtda
hayvonlar
oshqozon
va
ichaklar
strangilidiozlari
benzimidazollar, levamizol, klozantel, avermektin va fosfor organik birikmalariga;
otlar strangilyatozlari fosfor organiklarga, pirantel, piperazinga; qo‘ylar fatsiolalari
klazantel va triklobenzizol preparatlari ta’siriga nisbatan himoya rezistentligi
mavjudligi aniqlangan.
Gelmintlarga qarshi qo‘llaniladigan vositalarining hayvonlar organizmga
salbiy ta’sirlari asosan, nefrotoksik(to‘rt xlorli uglerod) fotosensibilizatsiya (fenasol
fenotiazin);
gepatotoksik
(tiabendazol,
piperazin).kanserogen
(margumush
preparatlari); mutogen(to‘rt xlorli uglerod margumush preparatlari); teratogen
(albendazol, parbendazol, mebendazol, tetramizol) kabi salbiy ta’sirlarga ega.
Gelmentlar trematod (so‘ruvchilar) sestod (lenta) nematod (yumaloq) larga
bo‘linadi. Farmakalogiyada har bir guruhga ta’sir etuvchi dorilar mavjud.
Asosan trematodozlarda qo‘llaniladigan moddalar.
Geksaxlorparaksilol(Hexachlorpraxilolum) Geksaxlorparaksilol juda ham
mayda, oq kukun shaklida suvda erimaydi,ta’msiz, o‘ziga xos kuchsiz hidga ega.
Hozirgi paytda geksaxlorparaksilolni davolovchi yangi shakli, geksixol preparati
olingan.
Gelmintsizlantirishda, zaharlanishni oldini olish maqsadida, yirik shoxli
hayvonlar ozuqasiga natriy xloriddan 0.15 g/kg tirik vazniga nisbatan va qo‘ylarga
0.2 g/kg miqdorida olib,uni qo‘shib berish tavsiya etiladi. SHuningdek 1-2 xafta
mobaynida nikotin kislotasi va kalsiy preparatlaridan yuborish ham maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Disalon-( Disalonum) Toza holatda,rangsiz ignasimon kukun, suvda
erimaydi,atseton va atsetonnitrilda yaxshi eriydi. Qaynash nuqtasi 173-1770C.
Preparat shaklida-ranid-2.5%li suspenziya holatida ishlab chiqariladi.
Unumlaridan rafoksanid organizmda yaxshi so‘rilib,hayvon qonida uning eng yuqori
miqdori, yuborilgandan 24-48 soat o‘tgandan so‘ng namoyon bo‘ladi.Tarkibidagi
asosiy ta’sir etuvchi vositasi,qon plazma oqsillari bilan mustahkam birikkan holda
bo‘ladi.Preparatning 90 foizi organizmda metabolizmga uchramasdan, avvalgi
holicha, organizmdan tezak orqali ,faqatgina 1foizi siydik bilan ajralib chiqadi.
Preparat 10-15mg/kg(TB)miqdorida,ozuqaga qo‘shilib,2 kun mobaynida beriladi.
Asosan sestodozlarga qo‘llaniladigan moddalar.
Fenasal-( Phenasolum)- och sariqsimon kukun,suvda yomon,spirt,atseton va
sirka kislotasida yaxshi eriydi.
Terapevtik dozalarda(100-250 mg/kg)qo‘ylar uchun , xattoki bo‘g‘ozlik
davrida ham bezarar bo‘lib,zararli ta’siri kuzatilmaydi.
Ishlab chiqarish sanoatida,fenadek,fenalidon,likvafen preparatlari shaklida ishlab
chiqariladi.
Azinoks-(Azinax)-0.5 g tabletkasi tarkibida 50 mg prazikvantel va
qo‘shimcha vositasi saqlaydi.Asosan it va mushuklarga tavsiya etiladi.Itlar uchun 1
tabletkasi 10 kg tirik vazniga nisbatan olib beriladi. Hayvonlar bo‘g‘ozligining oxirgi
uch oyligida hamda uch oyga etmagan yosh hayvonlarga berish taqiqlanadi.
Asosan nematodozlarga qo‘llaniladigan moddalar.
Piperazin tuzi-piperazini ko‘plab tuzlari ma’lum, shulardan-piperazin
adipinat,piperazin-sulfat,piperazin fosfat,piperazin geksagidrat.
Ushbu moddalar ignasimon oq kukunlar bo‘lib,hidsiz,xar-xil darajada erish
xususiyatlariga ega.
Zaharliligi juda past,davolash samaradorligi yuqori bo‘lgan preparatlardir.
Dozasi, ichga 50 mg/kg miqdorida beriladi.
Tetramizol-(Tetramisolum) o‘xshashlari-nilverm,nemitsid.Oq ignasimon
kukun,suvda hona haroratida,etanol,metanol va xloroformda yaxshi eriydi,
Yirik shoxli hayvonlar otlar va itlarga ushbu preparat, yakka tartibda, alohida
beriladi. Preparat hayvonlar oshqozon- ichak tizimi va o‘pkada joylashgan yosh va
etilgan shakldagi nematodlarga qarshi yuqori va faol ta’sir ko‘rsatadi.Preparat bilan
ishlov berilgan sigir sutini birdaniga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Fenotiazin-( Phenothiazinum)-o‘xshashi, tiodifenilamin.Ko‘kimtir-qo‘ng‘ir
rangdagi kukun,suvda erimaydi,atseton,benzol,efir va spirtda yaxshi eriydi. Hayvon
turi va uning alohida o‘ziga xos hususiyatlariga qarab,organizmda preparatning
toksik ta’siri ham kuzatilishi mumkin.
Fenotiazinni toksik ta’siriga boshqa hayvonlarga nisbatan qo‘y va parrandalar
chidamli. Ot va odamlar preparat ta’siriga yuqori sezuvchanlikka ega.
Fenbendazol(Phenbendazolum)-o‘xshash
unumlari
panakur,aksilur,
febomel, febtal; To‘q sariq rangdagi kukun,taa’msiz va hidsiz,suvda erimaydi.
Hayvon organizmi uchun zararsiz.ko‘plab oshqozon-ichak va o‘pka nematodlariga
qarshi ,faol ta’sir ko‘rsatuvchi vosita.Ichga 10-15 mg(TB)kg miqdorida beriladi.
Levamizol(Levamizolum) uning 7.5% va 10%li eritmalari rangsiz, tiniq,
suyuq shaklda bo‘lib, ichga yuborish uchun yirik shoxli hayvonlarga -8 mg/kg,qo‘y
va itlarga 10 mg/kg; teri ostiga esa YSHXga-5 mg/kg miqdorlarida qo‘llash tavsiya
etiladi
Yangi zamonaviy antigelmintiklar.
Al’bendazol(Albendazolum). Ushbu preparatlar kukun va suspenziya
shakllarida ishlab chiqariladi. Toksik ta’siri juda past.
Preparat qabul qilgan mayda shoxli hayvonlar va cho‘chqalarni 10 kundan
so‘ng yirik shoxli hayvonlarni esa 14 kundan so‘ng gushtga so‘yishga ruhsat
beriladi. Sutni esa, antigelmintik berilgandan 4 kun o‘tgandan so‘ng, iste’mol
qilishga ruhsat etiladi.
Ushbu preparatlarni bo‘g‘oz va qochirish davridagi hayvonlarga qo‘llash
taqiqlanadi.
Alben – oq rangli granula yoki tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Asosiy
ta’sir etuvchi moddasi – albendazol
Qishloq xo‘jalik hayvonlari, mo‘ynali hayvonlar va parrandalarni quyidagi
kasalliklarini degelmentizatsiya qilish uchun qo‘llaniladi:
Nematodozlar-diktiokaulyoz,
sistokaulyoz,
strongilyoz,
gemonxoz,
askaridioz, paraskariz, toksakoroz va boshqalar
Sestodozlar – moniezioz, avitellioz, tizaniezioz
Trematodozlar – fassiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz
Qo‘llash va dozasi. Alben hayvonlarga og‘iz orqali och qoldirilib, ekka yoki
guruh holda qishloq xo‘jalik hayvonlarga bir marta, parranda va mo‘ynali
hayvonlarga ikki marta, omuxta em bilan beriladi:
Qoramol – 1 tabletka 50 kg tirik vaznga trematozlarda 1 tablet 35 kg vaznga
qo‘y va echki- 1tabletka 70 kg vaznga, trematozlarda 45 kg vaznga
CHo‘chqa – 1 tabletka 75 kg vaznga
Ot – tabletka 50 kg vaznga
Mo‘ynali hayvon -1 tabletka 25 kg vaznga 2kun davomida
parranda-1 tabletka 35 kg vaznga kuniga 1marta 2kun davomida
Qo‘llash
taqiqlanadi.
Fassiolyozni
utkir
shaklida.
Hayvonlarni
bo‘g‘ozligini 1 davrida.
Albazen – 2,5 % li va 10% li oq emulsiya shaklida ishlab chiqariladi ta’sir
etuvchi modda – albendazol
Ta’siri. Al’bazin keng ta’sir spektrga ega antigel’mintik preparat bo‘lib,
nematodlarni hamma shakllariga, trematod va sestodlarni faqat voyaga etgan
shakllariga ifodali ta’sir etadi. Gel’mentlarni uglevod almashunivini va harakatini
buzish hususiyatiga ega bo‘lib, ularni o‘ldiradi.
Preparat hayvonlarga og‘iz orqali indivial, och qoldirilib qo‘llanilani.
Doza. Qoramolga 2,5% -li 3-4 ml/10kg
10%- li 0,5-1 ml/10kg
Qo‘y, echki 2,5% -li 3-4 ml/10kg
10%- li 0,5-1 ml/10kg
Cho‘chqa 2,5% -li 3-4 ml/10kg
10%- li 0,5-1 ml/10kg
Alvet-suspenziya
shaklida
ishlab
chiqariladi,og‘iz
orqali
qo‘llaniladi,gelmentlarga qarshi keng doirada ta’sir ko‘rsatish xususiyatoga ega
bo‘lgan dori vositasi.
Preparat suspenziya shaklidagi,sutga o‘xshash oq rangda bo‘lgan,10% li
suspenziya,100,250 va 1000 ml miqdoridagi polimer idishlarida ishlab chiqariladi.
Tarkibi: asosiy ta’sir etuvchi vositasi sifatida al’bendazol 10% va yordamchi
qo‘shimchalar
Qo‘llash uchun ko‘rsatma: Alvet yirik va mayda shoxli hayvonlar
cho‘chqalar va parrandalar,nematodoz,trematodoz va sestodoz kasalliklarini oldini
olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi,hayvonlar to‘yimli ozuqalariga
qo‘shib,qoramol,qo‘y,cho‘chqalarga bir martalik,parrandalarga 2 marta beriladi.
Dozasi va qo‘llash usuli. Yirik shoxli hayvonlarga preparat alohida yakka
tartibda,quydagi dozalarda beriladi.
-monieziozda va oshqazon ichak nematodozlarida -3.75 g100 kg tirik vazniga
Qo‘ylarga preparat alohida yoki guruh xolida berilishi mumkin.
-moniziozda va oshqazon-ichak nematodozlarida-2.5g 100 kg tirik vazniga
-Surunkali fasseliyozda-3.75 g100 kg tirik vazniga
Parrandalarga askaridioz va geterakidoz kasalliklarda,2 kun birdaniga, guruh
usulida,kolbikarmga qo‘shilib ,0.5 g 10 kg parranda vazniga nisbatan qo‘llaniladi
Qarshi ko‘rsatma.O‘tkir fasseliyoz, hayvonlarni qochirish vaqtida yuqumli
kasalliklar kuzatilganda va ozg‘in hayvonlarga qo‘llash taqiqlanadi
Preparat qabul qilgan qora molar, qo‘y ,ot va cho‘chqalarni go‘shtga so‘yish,
dori berilgandan keyin 20 kundan so‘ng,parrandalarni 5 kundan so‘ng,ruhsat etiladi.
Sog‘in sigirlar suti,degilmentizatsiya o‘tkazilgan keyin 4 kun o‘tgandan kun sutni
iste’molga chiqarish mumkin.
Drontal(Drontal)-preparatli shakllari drontalplyus, transil-K tabletka shaklida
ishlab chiqariladi.
Drontal tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi bositalari,prazikvantel va pirantel
o‘zaro sinergist ta’sir xususiyatlariga ega bo‘lib,yumaloq va lentasimon gijjalarga
qarshi o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.Ulardagi asosiy tez ta’sir ko‘rsatuvchi
xususiyati,parazit membranasi o‘tkazuvchanligidagi Ca++almashinuvini o‘zgarishini
prazikvantel ta’sirida yuzaga kelib, natijada ulardagi modda almashinuvi
buzilishidan o‘lishga sabab bo‘ladi.
Pirantel preparati xolinergik antagonist sifatida,nikotinga o‘xshash ta’sir
ko‘rsatib,nematodlar asab-muskullar tizimini urab olishi (blakada) tufayli,ularda
falajlikni keltirib chiqaradi.
Qo‘llanilishi: Asosan mushuk nematodlari (toksokoroz, ankilostomoz) va
sestodlar (teniidozlar, dipilidioz, exinokokkoz) chaqiradigan kasalliklardan ximoya
qilish va davolash maqsadlarida qo‘llash tavsiya etiladi.
Ichga bir tabletkadan har 10 kg tirik vaznga nisbatda olinib qo‘llaniladi.
Avermektinlar
Avermektinlar- tarkibi, kimyoviy tuzilishi jixatidan o‘xshash bo‘lgan sakkiz
moddadan iborat dori vositasidir.
Avermektinlar streptomyces avermitilis mikrobning hayoti davomida xosil
bo‘ladigan mahsulotidir.
Ushbu gruh preparatlariga ivermektin, pandeks, baymek,ivomek,
ivertin,abamektin, doramektin, dektomaks, milbemitsin, moksidektin,sediktin,
rustomektin,bulmenktin va boshqalar.
Ko‘rsatilgan preparatlar in’eksiya qilish uchun 1% li eritmalar shaklida
xamda kukunlar,tabletka,maz va aralashma premikslar shaklida ishlab ham
chiqariladi.
Klozantel(Clozantel)-o‘xshash preparatlari ;klozanteks, klozantin, rolenol,
10%li
sontel,faskoverm,in’eksiya
qilish
uchun
ishlab
chiqarilgan
preparatlari,nematod,trematod va ovod lichinkalariga qarshi yuqori ta’sir ko‘rsatish
doirasiga ega.
Dori berilgandan keyin 28 kun o‘tganidan so‘ng hayvonni go‘shtga so‘yish
mumkin.Teri ostiga va muskul orasiga:yshx-2.5-5, mshx-5-7.5 mg/kg(TEV).
Ivermektin – rangsiz suyuqlik tarkibida 1 ml da 10 mg ivermektin saqlaydi.
1% li eritma shaklida 10, 20, 50, 100 ml li flakonlarda ishlab chiqariladi.
Farmokologik ta’sir hususiyati. Oshqazon-ichaklar tizimi va o‘pka
nematodozlari lichinkalari va etilgan shakllariga, oshqozon ovodlariga, bit qon
so‘ruvchilar va sarkoptoidli kanalarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Preparat
parazitlarning,
neyrometiodorlarni
faoliyatini
kuchaytirib,gammaamin yog‘ kislotasini tormozlaydi. Natijada asab ta’sirotlarini
uzatish buziladi va parazitni falaj bo‘lib o‘limga olib keladi.
Ivermik yuborgan joydan tezda so‘rilib,hayvon organ va to‘qimalariga
tarqaladi.
Ivermik organizmdan siydik va o‘t suyuqligi orqali,sog‘iladigan hayvonlarda
sut bilan ham ajratib chiqadi,tashqi muhitda preparativ tezda parchalanib ketadi.
Hayvon organizmga yuborilgandan so‘ng 12-14 kun davomida ta’sir etadi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatma. Ivermik yirik shoxli hayvonlar,qo‘y echki
ot,kiyik,tuya, it,mushuklarning o‘pka va oshqazon ichaklar gelmintozlariga qarshi
shuningdek diktokaulyoz,telaziozda(kuz nematodlarida)gipodermatozda, estrozda,
psaraptozda va sarkoptoz(qichima)demodekoz,sifinkulyatoz va mallofagozda
qo‘llaniladi.
Dozasi. Teri ostiga. Hayvonlarga 1 ml /50 kg tirik vazniga.
cho‘chqa 1 ml/33 kg vazniga
qichimalarda va bitlashga qarshi 8-10 kundan keyin yana qayta qo‘llaniladi.
Qoramollarda laktatsiya vaqtida, tug‘ishga 60 kun qolganda qo‘llash
mumkin emas
Rolenol – rangsiz eritma, tarkibida klozantel saqlaydi ( 1ml da – 50 mg)
Rolenol – uzoq vaqt mobaynida ichki va tashqi parazitlarga ta’sir
ko‘rsatadigan preparat bo‘lib, keng ta’sir spektrga ega, jumladan qoramol va qo‘y
echkilarni nemadotlari, trematodlari va teri gipodermatozlarini davolashda juda
samarali ta’sirga ega.
Qo‘llash.Qoramollarda fassiolyozni voyaga etgan shakllarini, oshqozon –
ichak trimatodozlar chaqiradigan kasalliklarni va gipodermatozlarni davolash va
oldini olishda;
qo‘y –echkilarda fassiolyozni voyaga etgan shakllarini, oshqozon –ichak
nematodozlari, estroz kasalliklarini davolash va oldini olishda
Dozasi. muskul orasiga yoki teri ostiga. Qoramol, qo‘y- echkilarni fassiolyoz
va nematodozlarida 0,5 ml / 10 kg tirik vaznga
qoramol gipodermatozlariga 1 ml /10 kg vaznga
Insektitsid va akaratsid moddalarning umumiy tavsifi.
Insektitsidlar (lotincha insuta – xashorat va coedo o‘ldiraman) xashoratlarni
o‘ldiruvchi farmakologik moddalarga aytiladi.
Akaratsidlar (acarus – kana, coedo - o‘ldiraman) – kanalarni o‘ldirish uchun
qo‘llaniladigan moddalar. Ko‘pincha insektitsidlarni pestitsidlar (pest – ziyon, coedo
– o‘ldiraman) deb nomlanadi.
Bo‘g‘imoyoqli xashoratlar sinfi ichida ko‘pchiligi odam va xayvonlarga katta
ziyon va zarar keltiradi. Ular ko‘pchilik yuqumli va invazion kasalliklar
qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchi hisoblanadilar. Ko‘pchilik xashoratlar odam va
xayvonlarni chaqib bezovta qiladilar. Zaxarli xashoratlar chaqqanda esa o‘sha joyda
yallig‘lanish ro‘y beradi, xatto o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Xayvonlarni kuchli
bezovtalanishi oqibatida maxsuldorligi va chidamliligi pasayib ketadi. Ularning
ko‘pchiligi teri butunligini buzadi va uning sanitariya jixatidan sifatini
yomonlashtiradi, sut va go‘sht sifati ham pasayadi. Masalan: qoramollar bo‘ka
(ovod) kasalligida.
Bo‘g‘imoyoqlilardan veterinariya mutaxassislari chivinlar, pashshalar,
kanalar, bukalar, mokritsa, junxo‘rlar, burgalar, kloplar va bitlarga qarshi qo‘rash
olib boradilar.
Turli bo‘g‘imoyoqlilar zaxarli moddalarga nisbatan chidamliligi xam turlicha
bo‘ladi. Bunga sabab ularning parazitlik qilish joylari ham katta ahamiyat kasb etadi.
CHunki ayrimlari teri ustida parazitlik qilsa, ayrimlari teri ostida hatto muskul
to‘qimasida parazitlik qiladi.
Insektitsidlar
ta’sir
mexanizmi
xam
turlicha.
Ularning
ayrimlari
xashoratlarning xitin qoplamini buzsa, boshqalari nafas olish va ovqat xazm qilish
organlarining faoliyatini buzadi.
Bu moddalar kelib chiqishi bo‘yicha:
1. XOB
2. FOB
3. Karbamitlar.
4. O‘simlikdan olinadigan peritroidlar.
Bu moddalar ta’siri bo‘yicha.
1. Insektitsid - hasharotni o‘ziga.
2. Larvitsid - hasharot lechinkalariga.
3. Ovatsid - hasharot tuxumlariga.
Bu moddalar hashoratlar tushish yo‘li bo‘yicha.
1. Ichaklar orqali - ozuqa bilan.
2. Kontakt - kutikula orqali.
3. Fumugant - nafas yo‘li orqali.
Ta’sir yunalishi bo‘yicha:
1.O‘ldiruvchilar
2 Repellentlar qochiruvchi
3.Attraktantlar- rom etuvchi
Mana shularni xisobga olib qo‘llaniladigan preparatlarga farmatsevtik shakl
beriladi. Xashoratlar xitin pardalari orqali gazsimon va bug‘simon xoldagi
preparatlar yaxshi o‘tadi. Bundan tashqari do‘st xolida xam sepilsa yaxshi samara
beradi.
Ovqat xazm qilish a’zolari orqali ovqatga suyuq va qattiq xolda qo‘shib
berilgan preparatlar tushadi. Nafas a’zolari orqali esa gazsimon va bug‘ xolatidagi
insektitsidlar o‘tadi.
Insektitsidlarni qo‘llash usullari:
Insektitsidlarning tabiiy sharoitda xashoratlar to‘planadigan va ko‘payadigan
joylarga, binolar (molxona, tovuqxona, qo‘tonlarga) ga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
hayvonlar tanasiga qo‘llanilishi mumkin.
Tabiiy sharoitda xashoratlar ko‘payadigan va to‘planadigan joylarni odatda
purkaladigan pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Bundan tashqari maxsus ishlab
chiqarilgan moslamalar bilan sepiladi. Binolarga aerozol usulida yoki suvli eritma
xolida tayyorlangan pestitsidlar bilan ishlov beriladi.
Parazit turi va zararlanish darajasi e’tiborga olingan xolda turli usullar
qo‘llaniladi.
Hayvonlarning yoppasiga kanalar, parazitlar bilan zararlanishida ularga qarshi
qo‘rashish maqsadida maxsus vannalar, eritmalar, suspenziyalar va do‘stlar, hamda
liniment va mazlar qo‘llash mumkin. Buka kasalligida davolovchi preparatlarni
og‘iz orqali ichirish usuli va muskul orasiga in’eksiya qilish usullaridan
foydalaniladi. Uchib yuruvchi xashoratlarga qarshi qo‘rashishda suvli va yog‘li
eritmalar, suspenziyalar, emul’siya va dustlardan foydalaniladi. Ko‘pchilik
insektotsidlar hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi, shuning uchun amaliyotda
ularning subtoksik dozalari qo‘llaniladi.
Bu dozalarni qo‘llashda dorilar qo‘llanmasida yozilgan qoidalarga to‘lig‘icha
rioya qilish kerak. Dorining zaxarliligi, ta’sir qilish muddati, bug‘ozlikka va oriq
hayvonlarga qo‘llash mumkin yoki mumkin emasligini bilgan holda qo‘llash tavsiya
etiladi.
2. a) Fosfororganik birikmalar.
Hozirgi kunda fosfororganiq birikmalar juda katta gurux moddalardan iborat,
ular biologiya, meditsina, veterinariya va o‘simlikshunoslik soxalarida keng
qo‘llanilib kelinmoqda.
Ko‘plab FOB lar kuchli insektitsid, akaritsid va hattoki bakteritsid
hisoblanadi. Ularning eng muhim xususiyatlaridan birinchisi: tashqi muhitning har
qanday sharoitda samarali ta’sir qilish xossasiga ega. Ikkinchidan ular kuchsiz
zaxarli, masalan: xlor organik birikmalarga nisbatan, organizmda tezda parchalanib
ketadi; Uchinchidan bu preparatlarni sintez qilish natijasida yanada samarali va
zaxarsiz preparatlar yaratilmoqda. Organiq fosforning insektitsid ta’sir qiluvchi
(preparatlaridan) birikmalaridan uning unumlari: fosfon kislotasi, fosfor kislotasi va
tisfosfor kislotalari muhim ahamiyatga ega. Fosfororganiq birikmalarning yuqori
insektitsid ta’siri va tashqi muhitning noqulay sharoitlarida ham qo‘chini
yo‘qotmasligi ularning kelajakda yanada keng ko‘lamda ishlatilishi imkon beradi.
Fosfororganiq birikmalarning odam va xayvonlar organizmidagi turli
parazitar bo‘lmagan kasalliklarga qarshi qo‘llanilishi ishlab chiqilmagan bo‘lsada,
ularning ayrimlari mikroblarni o‘ldiruvchi, yana boshqalari ayrim xavfli o‘smalar
o‘sishini bostiruvchi ta’sir qilishi, yana birlari ko‘z ichidagi bosimni tushirish,
ichaklarning ishini yaxshilashi aniqlangan.
Ta’sir mexanizmi: FOB larning ta’sir mexanizmi asosini xolinesterazaning
fosforlanishi tashkil qiladi, bu quyidagi formulada keltirilgan:
Es – Fermentning esteraza qismi:
Ap – Fermentning anion qismi.
Bu reaksiya natijasida faol bo‘lmagan xolinesteraza birikmasi hosil bo‘ladi va
atsetilxolin
parchalanmay
qoladi.
U
ko‘p
miqdorda
to‘planib,
kuchli
autointoksikatsiya va birdaniga modda almashinuvi jarayoni buzilishiga olib keladi.
Xashoratlar o‘limi bir necha daqiqadan keyin ro‘y beradi, chunki markaziy va
periferik gangliyalarda xolinesterazani tezda faolligini pasaytiradi. Ko‘pchilik FOB
lar hayvonlar va xashoratlar organizmida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi va ular
xolinesterazani blokada qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Ayrim FOB lar tezda
oksidlanib qoladi yoki izomerlanadi, buning natijasida kuchsiz birikmalar o‘rniga
kuchli antixolinesteraza moddalar paydo bo‘ladi, shuning uchun chorvachilikda
ularning minimal eng kichik dozalaridan foydalaniladi.
Zaxarliligi: FOB lar noto‘g‘ri va me’yoridan ko‘p miqdorda qo‘llanilganda
kuchli zaxar hisoblanadi. Buning asosini xolinesteraza fermentining faolligi
pasayishi va atsetilxolinning ko‘payib ketishi tashkil qiladi. Zaxarlanish belgilari,
so‘lak ko‘p ajrala boshlaydi, nafas olish qiyinlashadi, bronxospazm, sianoz
qo‘zatiladi, ich ketadi. zaxarlanish kuchli bo‘lsa avval ayrim muskullar qaltirashi,
keyinchalik butun tana muskullari qaltirashi qo‘zatiladi. Bu xol oldi olinmasa
hayvon kollaps holatiga tushadi va o‘lim bilan tugaydi. Zaxarga qarshi antidot –
atropin sul’fat va xolinesteraza reaktivatorlari.
Odamlarning FOB lar bilan zaxarlanishini oldini olish maqsadida FOB lar
bilan berilgan hayvonlar 3 haftadan keyin so‘yishga ruxsat berilishi kerak. bu
muxlatdan oldin so‘yilsa, maxsus sanitariya ekspertiza ko‘rigidan tekshirilib keyin
iste’molga chiqariladi yoki qayta ishlov berishga (kolbasa, sosiska va h.k.)
yuboriladi.
FOB lar toza xolida 1000% (ADV) – faol ta’sir qiluvchi modda – FTM
saqlovchi texnik preparatlar va emul’siyalar, kukunlar, pastalar xolida chiqariladi.
Bundan tashqari 5-12% FTM saqlovchi do‘stlar holida chiqariladi. SHuning uchun
FOB larning davolovchi miqdori FTM bo‘yicha hisoblanadi.
FOB larga: xlorofos, DDVF, karbofos, trixlormetafos, Dibran, trolen,
Amidofos va boshqalar kiradi.
Xlorofos – Chlorophosum 0,0 Dimetil (1-oksidi 2,2-2-trixloretil) fosfonat.
Kristall kukun yoki parafinga o‘xshash massa oq rangda sarg‘ish aralash
bo‘ladi, o‘ziga xos hidli. +250S da erib ketadi, +500S dan yuqori harorat ta’sirida
DDVF ga aylanadi. Suvda 1:7 nisbatda eriydi. Sotish uchun chiqarilgan xlorofos
tarkibida 97 yoki 80% toza modda bo‘ladi. 7-5% li do‘st holida, 50% li spirtda
eritilgan xolida, 11,6% li spirtli-moyli eritma xolida chiqariladi.
Insektitsid sifatida juda xam faol ta’sir qilib 3-10 daqiqa davomida o‘ldiruvchi
ta’sir ko‘rsatadi. Qichima kanalariga eritma xolida qo‘llanilganda kanalar o‘limi 1-