PEDAGOGIK PRAGDIGMALAR VA ULARNING IJTIMOIY TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI
Yuklangan vaqt
2025-01-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
36,7 KB
PEDAGOGIK PRAGDIGMALAR VA ULARNING IJTIMOIY
TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI.
Reja:
1.Zamonaviy pedagogik paradigmalar quydagi besh qismda farqlanadi.
2.O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
TAYANCH SO’ZLAR: ta’lim, paradigma, ta’limiy paradigma, an’anaviy
ta’lim, bixiviorizm, fenomen, texnokratiya, ezoterika.
Barchamizga ma’lumki, shaxs tarbiyasi xilma-xil qadriyatlarga tayanib,
amalga oshiriladi:
- transtsendental (tarbiyalanuvchini mutlaq qadriyatlar – Haqiqat, Yaratguvchiga
yaqinlashtirish);
- sotsiotsentrik (erkinlik, tenglik, mehnat, tinchlik, ijod, insonparvarlik va
boshqalar);
- antropotsentrik (individuallik, foydalilik, o‘z-o‘zini namoyon etish va boshqalar).
Shaxsning har tomonlama kamol toptirishdagi tayanch qadriyatlarni belgilab olish
o‘z navbatida ta’limiy paradigmalarni tanlab olishga ham imkon beradi.
Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zining o‘zi keng ma’noda turmush va
fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos
tuzilishga
ega
nazariya,
deb
izohlanadi.
Pedagogikada paradigma atamasining ikki xil ma’nosini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, bu faylasuf T.Kunning klassik ta’limotiga yaqin bo‘lib, umummilliy
tushuncha hisoblangan paradigmalar ilmiy faoliyat modeli, tadqiqot me’yorlari,
mezonlari, standartlari yig‘indisi, paradigma – ilmiy jamiyatdagi aniq fanlar yoki
qator fanlarda umumiy tarzda qabul qilingan dunyoni tushuntirishga yetakchi
yondashuv,
bir
butun
g‘oyalar,
qadriyatlar
yig‘indisi.
E.V.Berejkova,
V.V.Kraevskiy, N.A.Korshunova kabi olimlar ham xuddi shunday nuqtai nazarga
asoslanadilar.
Xususan, E.V.Berejkova va V.V.Kraevskiylar tomonidan paradigma tushunchasiga
shunday ta’rif berilgan: “Paradigma – fanning obyekti emas, uning o‘zi nazariy
standartlar, metodologik me’yorlar, qadriyatli mezonlar sifatidagi ilmiy faoliyat.
Paradigma – aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni qo‘yish va
ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli
tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya (yoki
muammolarni qo‘yish modeli).
Paradigmani ikkinchi tarzda tushunish uni ta’lim tizimini loyihalashning asosi,
g‘oya, yondashuv, tayanch modeli yoki ta’lim strategiyasi sifatida izohlanadi.
Bunday talqin etishda qoidaga muvofiq ta’limiy paradigmalar tushunchasidan
foydalaniladi va u ta’limning asosiy yo‘nalganligini aks ettiruvchi atamalar,
qo‘yilgan pedagogik g‘oyalarning manbai va usulini o‘ziga qo‘shib oladi. Demak,
shakllantiruvchi, insonparvar va ezoterik (I.A.Kolesnikov) avtoritar, manipulyativ
va qo‘llab-quvvatlovchi (G.B.Kornetov), an’anaviy shakllantiruvchi, an’anaviy
rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan (S.V.Kulnevich) an’anaviy, ratsional va
insonparvar (V.Ya.Pilipovskiy) ma’naviy va dunyoviy (I.A.Solovsova), pedagogik,
androgogik, akmeologik, kognitiv va kommunikativ (Yu.G.Fokin) va boshqa
paradigmalar ajratib ko‘rsatiladi.
A.Kostinning
tasnifiga
muvofiq
fundamental
zamonaviy
paradigmalarga
quyidagilar kiradi.
- asosida faoliyatli yondashuv turadigan, markazida bilim turadigan, ob’ektiv-
axboriy yondashuvli ta’lim mazmunini tashkil etishning fanga doir modeli;
- asosida faoliyatli yondashuv turadigan texnologik o‘qitish yoki o‘quvchilarning
faoliyatiga bog‘liq holdagi tuzilishga muvofiq ta’lim mazmunini tashkil etishning
texnologik yo‘naltirilgan modeli;
- asosida o‘z mavqeini belgilab olish usullari, ta’limning individual yo‘nalganligi
turadigan, asosiysi semantik individual rivojlanish bilan ta’lim mazmunining
qo‘shilish usullari bo‘lgan ta’lim mazmunini tashkil etishning shaxsga
yo‘naltirilgan, ya’ni antroponimik (P.G Izedrovich bo‘yicha) modeli;
- asosida so‘nggi ijtimoiy madaniy mexanizmlarni translyasiya qilish va ta’limiy
qadriyatlarni qaytadan tiklash turadigan uyushma, xalq, etnik guruhlarning turli-
tuman ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosliklari asosida tashkil etiladigan ta’lim
mazmunini tanlab olishning ijtimoiy modeli;
- ta’limning maqsadli yo‘nalganligi yaxlit tarzda shaxsning rivojlanishini va o‘z-
o‘zini rivojlanishiga yordam berish hamda zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga
asoslangan axborotlashtirishga almashtiriladi. SHu nuqtai nazardan dunyoning
ehtimoliy modeli, uni o‘zlashtirish darajasini nafaqat uning bilishi, qanchalik
darajada tushunishini, ya’ni mazmunini egallaganligini aniqlab beradi;
ta’lim jarayonining ta’lim oluvchilarning ehtiyoj, qiziqish va imkoniyatlari bilan
bog‘liqlikda tashkil etilishi, shaxsiy fikriy faoliyatni ta’minlash, mazkur ehtiyoj,
qiziqish, imkoniyatlarni namoyon etish uchun zarur sharoitni yaratish asosida ta’lim
oluvchiga nisbatan nuktai nazar o‘zgaradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqishni talab etadigan yangi
paradigmalarning paydo bo‘lishi amaliyotchi pedagoglarda ular asosida o‘z
faoliyatini qayta qurish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Biroq “shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim”, “shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish” tushunchalari mazmuni kundalik,
shuningdek ilmiy darajada ham bir xil ma’noni ifoda etmaydi. SHaxsga
yo‘naltirilgan o‘qitishning
mavjud konsepsiyasi uning an’anaviy, fanga
yo‘naltirilgan o‘qitishdan o‘ziga xosligi va farqi, eng avvalo shundaki,
o‘zlashtirilgan bilim va faoliyat usullari faqat birgina maqsadni aks ettirmay, balki
insonning “shaxs bo‘lish” ehtiyojini amalga oshirish (A.V.Petrovskiy), “uning
sub’ektivligini
shakllantirish”,
shaxsning
sub’ektiv
tajribasini
boyitish
(I.S.Yakimanskaya), “shaxsiy vazifalar”ni amalga oshirish (V.V.Serikov),
madaniyat kishisi sifatidagi individning shakllanishi (E.V.Bondarevskaya) sharti,
vositasidir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va o‘qitish jarayonlarini aynanlashtirishga
intilish shaxsga o‘qitishning madaniy uyg‘unligi, insoniy muvofiqligi va hayotiy
moslashuvchanlik tavsifi, eng avvalo, didaktik emas, tarbiyaviy maqsadlarni amalga
oshirishga yo‘nalganligi bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining asosiy tavsifi uning
boshqa maqsadga yo‘nalganligi va ishtirokchilarga boshqacha yondashuvni ifoda
etishidadir: talabalarni o‘z hayotiy faoliyat usullari, o‘z individualligini talabga
javob beradigan tarzda amalga oshiruvchi o‘quv jarayonining haqiqiy sub’yektiga,
o‘qituvchini esa, talaba faoliyati tashkilotchisi, boshqaruvchisi, talabalar va
madaniyat orasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in, talabani madaniyatga olib kirish va undagi
o‘z o‘rnini belgilab olishni ta’minlovchisiga aylantirishdir.
Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo‘lishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u butun madaniy rivojlanish jarayonida
yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi
(E.Fromm, J.P.Sartr, V.Frankl, N.Berdyaev, A.Maslou, K.Rodjers va boshqalar)
asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari – har bir alohida
inson hayotining o‘ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat
ekanligini
e’tirof
etish.
Insonparvar
falsafa
va
psixologiya
o‘z-o‘zini
realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya
e’tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka
erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida
namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ularni amalga
oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va
insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga
asoslangan insonparvar munosabatlarni o‘rnatish jarayonida sodir bo‘ladi.
Asosida ta’limga yangicha yondashuv yotadigan g‘oyalarning rivojlanishida
psixologlar ham muhim hissa qo‘shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson
rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta’limot (L.S.Vigotskiy),
shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning refleksiv
imkoniyatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish
qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar (A.Leontev, L.Ansiferova, A.Petrovskiy,
P.Galperin, V.Davidov va boshqalar).
O‘z-o‘zini tashkillash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z o‘rnini belgilab olish, o‘z-o‘zini
realizatsiyalash, o‘z-o‘zini aktuallashtirish g‘oyalarini sinergetika, insonparvar
falsafa va psixologiya tomonidan tantanali suratda e’lon qilinishi mohiyatida
quyidagilar aks etadigan ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan paradigmasining namoyon
bo‘lishini belgilab berish zamonaviy ijtimoiy-madaniy vaziyatlarda ayniqsa talab
etilishini ko‘rsatdi: inson murakkab, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi tizim sifatida
qaraladi, har bir shaxsning noyobligi va takrorlanmasligi hamda uning rivojlanish
traektoriyasi, o‘z qadr-qimmati e’tirof etiladi.
Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta’limiy, tarbiyaviy), ta’limning bosh
maqsadi – madaniyatga yondashuvga, o‘quv-tarbiya jarayoni doirasida hal
etiladigan vazifalariga, pedagog va talabalar orasidagi o‘zaro ta’sir etish tavsifiga
ko‘ra paradigmalar farqlanadi.
Biz esa, quyida ko‘proq va keng tarqalgan besh paradigmaga alohida to‘xtalib
o‘tamiz:
1. An’anaviy-konservativ (bilimga yo‘naltirilgan paradigma).
2. Fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi).
3. Ratsionalistik (bixevioristik, xulq-atvorli).
4. Texnokratik.
5. Ezoterik. Paradigma yunoncha, “paradeigma” so’zidan olingan bo’lib misol,
namuna ma’nosini anglatadi.
Pedagogika fani rivoji va ma’lim bosqichida ta’lim va tarbiya muammolarini
hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik
ko’rsatmalar to’plami hisoblanib, konseptual model sifatida qo’llaniladi.
Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondoshuv
mavjud bular quydagilar
1-qadriyatli (aksiologik) yondoshuv- madaniyat inson hayotining mazmuni
sifatida tushuniladi.
2-Faoliyatli yondoshuv asosat madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarni
yaratishga yo’naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3-Shaxsiy yondoshuv –madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo’ladi.
Har bir paradigma muayyan ta’lim muammolarini hal etishga
yo’naltiriladi. Hususan
- ijtimoiy institut sifatida o’quv muassasalarining vazifalari;
- ta’limning samarali tizimi;
- o’quv yurtlari oldida turgan eng muhim ustuvor masala;
- ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
- muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Zamonaviy pedagogik paradigmalar quydagi besh qismda farqlanadi.
An’anaviy –konservativ (bilimga yo’naltirilgan)
paradigma;
Ratsionalistik (bixevioristik, xulq- atvorga
doir) paradigma;
Gumanistik (yunoncha phainomenon
fenomenologik hisoblangan, alohida nodir
odan, mashxur) paradigma:
Texnokratik (aniq bilimlarni berish) ilmiy-
texnik paradigma:
Ezoterik (yunoncha esoterikos, ichki, sirli, yashirin, )
paradigma:
An’anaviy –konservativ (bilimga yo’naltirilgan) paradigma; J.Majo,
L.Kro, J.Kapel va boshqalar ijod etishgan
Yosh avlodning individual rivojlanishi, madaniy meroslarimizning muhim
elementlari bilim, ko’nikma-malaka, va qadriyatlarni saqlab qolgan holda avloddan-
avlodga o’tkazish.
Ratsionalistik (bixevioristik, (inglizcha bexavior xulq) xulq- atvorga doir)
paradigma;
P.Blum, R.Ganye, B,Skinner va boshqalar ijod etishgan
Bu paradigmaning diqqat markazida ta’lim mazmuni emas balki o’quvchilar
tomonidan turli bilimlarni o’zlashtirishini ta’minlovchi samarali usullar haqida
aytilgan.
Insonga hos hamma ta’sirlanishlar uning fikrlari, sezgi va harakatlarida
ifodalanadi deb (R.Tayler).
O’quvchilar faqat o’zlashtirib qolmasdan balki muvofaqiyatli o’qishlari
mumkin (P.Blum)
Qachonki ta’lim jarayoniga mos ta’limiy usullar qo’llanilsa degan.
Gumanistik (yunoncha phainomenon fenomenologik hisoblangan, alohida
nodir odan, mashxur) paradigma:
A.Maslou, A.Kombs. K.Rodjers, L.S.Vugodskiylar ijod etgan.
O’quvchilarning aloxida individual-psixologik hususiyatlarini hisobga olib,
ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabad bildirish. 1991 yidan UZB
da keng qo’llanila boshladi.
Texnokratik (aniq bilimlarni berish) ilmiy-texnik paradigma:
shaxs muayyan (o’rtacha standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi
bo’lsagina jamiyat rivojlanadi o’sish amalga oshadi paradigmaning bosh g’oyasi
Ezoterik (yunoncha esoterikos, ichki, sirli, yashirin) paradigma:
bu paradigma haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina faxmlash asisuda
erishish mumkin dagan asosiy g’oyasi mavjud
2.O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
.
O’qitish - o’qituvchi va o’quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi
faoliyati jarayoni bo’lib, bu jarayonda o’quvchilarni rivojlantirishni amalga
oshiradigan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
O’qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi.
O’qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o’quvchilarda bilim, ko’nikma,
malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O’qitish natijasi sifatida
bilimlarining to’liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va
amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir.
O’qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-
axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o’z
ifodasini topadi.
O’qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning
munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro
munosabatlari, o’quvchilarning idrok yetish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi
hisoblanadi.
O’qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o’quvchi nutqining, fikrlashi,
shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional irodaviy, intellektual
sohalarini rivojlantirishda o’z aksini topadi.
O’qitish jarayonida o’quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari,
analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim
belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish,
uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga yerishiladi.
3. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
Ta’limda o’quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o’quvchining bilish
faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bilishga qiziqish o’qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani
maktabga, darslarga, o’z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga
ko’maklashadi.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko’rsatkichi sifatida
mo’tadillik, ishtiyoq, o’rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo’lishi,
nostandart o’quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o’quv vazifasini hal yetishdagi
mustaqillik va boshqalarni aytib o’ tish mumkin